Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 12.02.2018 y. PF-5330-son "Qishloq va suv хoʻjaligini davlat tomonidan boshqarish tizimini tubdan takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

12.02.2018 y.

N PF-5330



QIShLOQ VA SUV XOʻJALIGINI DAVLAT

TOMONIDAN BOShQARISh TIZIMINI TUBDAN

TAKOMILLAShTIRIShGA DOIR TAShKILIY

ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA


Qishloq va suv хoʻjaligini davlat tomonidan boshqarilishini maqbullashtirish va samaradorligini oshirish, mas’uliyat sohalarini aniq chegaralash va oydinlashtirish, ushbu sohada dolzarb va muayyan muammolarni hal etish uchun mavjud kuch va vositalar bilan oqilona ta’minlash maqsadida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasi bilan belgilangan vazifalarga muvofiq:


1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 9 fevraldagi F-5208-sonli farmoyishi bilan tegishli respublika komissiyasi tuzilgan va suv хoʻjaligi tizimini isloh qilish hamda suv хoʻjaligi tarmoini boshqarishni takomillashtirishga oid asosiy yoʻnalishlar belgilab berilgan.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi negizida:

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq хoʻjaligi vazirligi;

Oʻzbekiston Respublikasi Suv хoʻjaligi vazirligi tashkil etilsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasini amalga oshirish komissiyasi hamda Suv хoʻjaligi tizimini isloh qilish va suv хoʻjaligi tarmoini boshqarishni takomillashtirish boʻyicha takliflarni tayyorlash respublika komissiyasi (A.N. Aripov) bir oy muddatda qishloq va suv хoʻjaligini amaldagi boshqarish tizimini har tomonlama oʻrganish va kompleks tahlil etish natijalari asosida, shuningdek, ilor хorijiy tajribani hisobga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq хoʻjaligi vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Suv хoʻjaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorining loyihasini kiritsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasidagi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv хoʻjaligi vaziri - Qishloq va suv хoʻjaligi, qishloq хoʻjaligi va oziq ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari kompleksi rahbari lavozimi tugatilsin.


5. Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasiga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - Qishloq va suv хoʻjaligi, qishloq хoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari kompleksi rahbari lavozimi kiritilsin.


6. Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Suv хoʻjaligi vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻrisida takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin


7. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                     Sh. Mirziyoyev



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz)