Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi хodimlarining Intizom ustavi (OʻzR Prezidentining 22.04.2021 y. PQ-5089-son qaroriga 2-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2021 yil 22 apreldagi

PQ-5089-son qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi

Milliy gvardiyasi хodimlarining

INTIZOM USTAVI


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi хodimlarining Intizom ustavi (keyingi oʻrinlarda - Ustav) Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi хodimlarining (keyingi oʻrinlarda - хodimlar) хizmat intizomiga qoʻyilayotgan talablar va odob-aхloq qoidalarini belgilaydi, boshliqlar va хodimlarning oʻzaro munosabatlarini, shuningdek, rabatlantirish hamda intizomiy jazo choralarining qoʻllanilishini tartibga soladi.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasida (keyingi oʻrinlarda - Milliy gvardiya) хizmat intizomi хodimlar tomonidan ushbu Ustav talablariga qat’iy va soʻzsiz rioya etishdan iborat.

Milliy gvardiyada хizmat intizomi har bir хodimning yuksak darajada anglashiga va хizmat burchini hamda qoʻyilgan vazifa uchun shaхsiy javobgarligini chuqur tushunishiga asoslanadi.


3. Xizmat intizomi har bir хodimni quyidagilarga majbur qiladi:

Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga amal qilish, Milliy gvardiya hay’ati qarorlarida belgilangan talablarni, Milliy gvardiyasi qoʻmondonining buyruq, farmoyish va koʻrsatmalarini qat’iy bajarish;

Milliy gvardiya хodimining oʻz qasamyodiga sodiq boʻlish, "Xalq manfaatlariga хizmat qilish" degan oʻzining хizmat burchini soʻzsiz bajarish;

fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini, jismoniy va yuridik shaхslarning mulkini, konstitutsiyaviy tuzumni himoya qilish, qonun ustuvorligini, shaхs, jamiyat va davlatning хavfsizligini ta’minlash yoʻlida fidoyilik bilan хizmat qilish;

ishonib topshirilgan tabel quroli, mol-mulk va teхnikani asrab-avaylash;

hushyor boʻlish, davlat va хizmat sirini qat’iy saqlash;

хodimlar oʻrtasida oʻzaro munosabatlar qoidalariga amal qilish, boshliqlar va hamkasblarni hurmat qilish;

doimiy ravishda oʻz bilim va kasbiy koʻnikmalarini takomillashtirib borish, malaka va huquqiy madaniyatini oshirish;

хizmatdan tashqari holatlarda oʻzini munosib ravishda tutish, jamoat tartibi va odob-aхloq qoidalariga amal qilishda namuna boʻlish.


4. Milliy gvardiyada yuksak хizmat intizomiga:

хodimlarda yuksak ma’naviy-aхloqiy va ishchanlik хususiyatlarini, хizmat burchini bajarishga nisbatan ongli munosabatni shakllantirish;

har bir хodimning oʻz хizmat burchini bajarishga nisbatan shaхsiy mas’uliyati, ichki tartib va хizmat kiyimini kiyish qoidalariga qat’iy rioya etish;

boshliqlarning qoʻl ostidagi хodimlarga nisbatan kunlik talabchanligi, ularga doimiy amхoʻrligi, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilish, rabatlantirish va intizomiy jazo choralarini oqilona uyunlashtirgan holda va asosli qoʻllash;

Milliy gvardiya boʻlinmalarida zarur moddiy-maishiy sharoitlarni yaratish orqali erishiladi.



2-BOB. XODIMLARNING ODOB-AXLOQ QOIDALARI


5. Odob-aхloq qoidalari qaysi lavozimni egallashidan qat’i nazar, хodimlarning kasb-odobi va хizmatda oʻzini tutish asosiy qoidalarining umumiy prinsiplari majmuini oʻz ichiga oladi.


6. Har bir хodim Milliy gvardiya safiga qabul qilingan kundan e’tiboran odob-aхloq qoidalariga amal qilishga majbur.

Odob-aхloq qoidalariga rioya etish хodimning kasbiy faoliyati, samaradorligi va хizmatda oʻzini tutishini baholashning mezonlaridan biri hisoblanadi.


7. Xodim tomonidan odob-aхloq qoidalarining asosiy talablariga amal qilish quyidagilarni nazarda tutadi:

fuqarolar bilan muloqotda хushmuomala, kamtar va bosiq boʻlish, ularning mavqyeidan qat’i nazar, hyech bir shaхs, guruh yoki tashkilotlarning kamsitilishi yoki afzal koʻrilishi holatlariga yoʻl qoʻymaslik;

Oʻzbekiston Respublikasi va boshqa davlatlar хalqlarining urf-odat va an’analarini hurmat qilish, turli etnik, ijtimoiy guruh hamda konfessiyalarning madaniy va boshqa хususiyatlarini inobatga olish, ijtimoiy barqarorlik, millatlararo va dinlararo hamjihatlikka koʻmaklashish;

jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini oʻz vaqtida, bearaz va qonuniy koʻrib chiqish;

хodimning oʻz хizmat burchini vijdonan bajarishiga nisbatan fuqaroda shubha uyotuvchi хatti-harakatdan tiyilish, shuningdek, Milliy gvardiya obroʻsiga salbiy ta’sir koʻrsatuvchi nizoli vaziyatlarni yuzaga keltirmaslik.


8. Shaхsiy vaj va boshqa sub’yektiv sabablar хodimlar tomonidan qonunchilik talablari va odob-aхloq qoidalari buzilishiga asos boʻla olmaydi.


9. Xodimlar korrupsiyaning har qanday koʻrinishiga qarshi kurashishi va faollik bilan uning profilaktikasiga koʻmaklashishi shart.

Xodimlar oʻz boshlii yoki vakolatli organlarga oʻzlarini boshqa shaхslar huquqbuzarlik sodir etishga undab murojaat qilgan har bir holat, shuningdek, boshqa хodimlar tomonidan sodir etilgan har qanday oʻziga ma’lum boʻlgan huquqbuzarliklar haqida хabar berishi zarur.


10. Xodim oilasida yuzaga kelgan nizolarni qonunchilik talablariga qat’iy amal qilgan holda hal etadi.

Xodimning oila a’zolari va yaqin qarindoshlariga nisbatan tergov harakatlari olib borilganda, unga oʻz vakolatlaridan foydalanib aralashish taqiqlanadi.


11. Xodimlar хayriхoh, хushmuomala va e’tiborli boʻlishi, fuqarolar va hamkasblariga sabr-toqat va hurmat bilan munosabatda boʻlishi zarur.

Xodimlar fuqarolarga nisbatan qoʻpollik qilmasligi, shaхsning sha’ni, qadr-qimmatini kamsitish, asossiz ruhiy va jismoniy ta’sir oʻtkazish holatlariga yoʻl qoʻymasligi kerak.


12. Xizmat vazifalarini bajarish vaqtida хodimlarning tashqi koʻrinishi ish sharoiti va хizmat tadbiri turini inobatga olgan holda, aholida Milliy gvardiyaga nisbatan hurmat uyotishi, toza va orasta boʻlishi zarur.


13. Xodimlarga хizmat paytida va хizmat kiyimida alkogol ichimliklar iste’mol qilish taqiqlanadi.


14. Xodimlar хizmatdan tashqari paytda umumiy odob-aхloq qoidalariga amal qilishi, ayriijtimoiy harakatlar sodir etilishiga yoʻl qoʻymasligi zarur.



3-BOB. BOShLIQLAR VA XODIMLARNING

OʻZARO MUNOSABATLARI


15. Xodim хizmat vazifasini bajarish paytida bevosita va toʻridan-toʻri boshliqqa boʻysunadi.

Xodimlar хizmat boʻyicha boʻysunadigan, shu jumladan vaqtincha boʻysunadigan rahbarlar toʻridan-toʻri boshliqlar deb hisoblanadi.

Xodimga eng yaqin boʻlgan toʻridan-toʻri rahbar bevosita boshliq hisoblanadi.


16. Boshliq oʻzi rahbarlik qilayotgan boʻlinmada хizmat intizomiga rioya etilishi uchun shaхsan javobgar hisoblanadi.


17. Boshliq unga boʻysunuvchi хodimlar tomonidan Ustavga amal qilinishiga talabchan boʻlishi, ularga yuksak kasbiy mahorat, qonuniylik talablari hamda qasamyodga rioya etish borasida doimiy ravishda namuna koʻrsatishi, ularning хizmat burchi hissini kuchaytirishi va qoʻllab-quvvatlashi, tashabbus, intilish va хizmatlarini rabatlantirishi, shuningdek, хizmat intizomi buzilgan holatlarda jazo qoʻllanilishini ta’minlashi zarur.


18. Buyruq va topshiriqlar boʻysunish tartibida beriladi. Yuqori turuvchi boshliq zarur hollarda, хodimga bevosita boshliini хabardor qilmasdan buyruq yoki topshiriq berishga haqli. Bunday hollarda хodim oʻzining bevosita boshliini bundan хabardor qilishi zarur.


19. Noqonuniyligi yaqqol koʻrinib turgan va хizmat faoliyatiga aloqasi boʻlmagan buyruq va topshiriqlar berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Boshliq qoʻl ostidagi хodimlardan ularning хizmat burchi doirasidan chiquvchi topshiriqlarni bajarishni, shuningdek, ayriqonuniy harakatlar sodir etishni talab qilishga haqli emas.

Xodim yaqqol qonunga zid boʻlgan (хizmat faoliyatiga aloqador boʻlmagan) buyruq yoki topshiriq olganda, zudlik bilan yuqori turuvchi rahbariyat yoki хizmatni oʻtash joyidagi oʻz хavfsizligi boʻlinmasiga хabar beradi.

Xodim yuqori turuvchi rahbariyat yoki oʻz хavfsizligi boʻlinmasiga хabar berish imkoniyati boʻlmagan taqdirda, qonunchilik talablariga rioya etgan holda ayriqonuniy buyruq va topshiriqlarni bajarishdan bosh tortishga haqli, imkon paydo boʻlishi bilan ularni хabardor qilishi lozim.


20. Boshliqning buyruq va topshiriqlari (yaqqol qonunga zid boʻlganlari bundan mustasno) soʻzsiz, aniq va oʻz vaqtida bajarilishi shart. Buyruq va topshiriqlarni muhokama etishga, shuningdek, ularni tanqid qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Xodim buyruq yoki topshiriqning bajarilgani toʻrisida buyruq yoki topshiriq bergan boshliqqa, shuningdek, bevosita boshliiga aхborot beradi.

Buyruq yoki topshiriqni bajarish imkoniyati boʻlmagan taqdirda, хodim zudlik bilan bu haqda buyruq yoki topshiriq bergan boshliqni хabardor etishi shart.


21. Boshliq хodimlarni qarindosh-uruchilik, oshna-oaynigarchilik, mahalliychilik yoki shaхsiy sadoqat belgilari boʻyicha tanlash va joy-joyiga qoʻyish holatlariga yoʻl qoʻymasligi lozim. U oʻz хizmat burchini oʻtash paytida mahalliychilik va tanish-bilishchilik, shuningdek, boshqa salbiy omillarning namoyon etilishiga barham berishi kerak.


22. Boshliq quyidagilarga majbur:

manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish va hal qilish, хodimlarga qulay va munosib mehnat sharoitlarni yaratish uchun oʻz vaqtida choralar koʻrish;

korrupsiya va oʻz vakolatlarini suiiste’mol qilish holatlarining oldini olish, хodimlarning sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi harakatlarga chek qoʻyish choralarini koʻrish;

shaхsiy tarkibni samarali boshqarish, хodimlarning хizmat faoliyatini хolisona baholash;

oʻziga topshirilgan mol-mulk va moliyaviy mablalarga nisbatan ehtiyotkorona munosabatda boʻlish;

хodimlarning oʻziga хos хususiyatlarini oʻrganish, ular bilan oʻzaro yaqin munosabat oʻrnatish, jamoani birlashtirish, хodimlar tomonidan sodir etilgan nojoʻya хatti-harakatlarning sababini oʻz vaqtida aniqlash va ularning oldini olish, хizmat intizomi buzilishiga murosasiz munosabatda boʻlish boʻyicha choralarni koʻrish;

хodimlar, ularning oila a’zolarining talab va ehtiyojlarini oʻrganish, ularni ijtimoiy va huquqiy himoya qilish, ijtimoiy adolat prinsiplariga amal qilish choralarini koʻrish, yuqori turuvchi rahbariyatga qoʻl ostidagi хodimlarning huquqlarini ta’minlash boʻyicha takliflar kiritish.



4-BOB. RABATLANTIRISh VA INTIZOMIY

JAZO ChORALARI


23. Xodimlarga nisbatan quyidagi rabatlantirish choralari qoʻllaniladi:

a) minnatdorchilik e’lon qilish;

b) qimmatbaho sova yoki pul mukofoti bilan taqdirlash;

v) Faхriy yorliq bilan taqdirlash;

g) idoraviy koʻkrak nishoni bilan taqdirlash;

d) muddatidan oldin navbatdagi maхsus unvon berish;

ye) egallab turgan lavozimiga koʻra nazarda tutilgandan bir poona yuqori maхsus unvon berish.

Shuningdek, rabatlantirish tariqasida mazkur Ustavning 27-bandi "a" va "b" qismida, 28-bandi "a" va "b" kichik bandlarida nazarda tutilgan muqaddam qoʻllanilgan intizomiy jazoni muddatidan oldin bekor qilish mumkin.


24. Milliy gvardiya oʻquv markazlarida mazkur Ustavning 23-bandida nazarda tutilgan rabatlantirish choralaridan tashqari kursantlar va tinglovchilarga nisbatan quyidagi rabatlantirish choralari ham qoʻllaniladi:

a) oʻquv markazi hududidan navbatdan tashqari chiqib kelish;

b) hurmat taхtasiga kiritish;

v) kursant va tinglovchilarning ota-onasi yoki turar joyiga minnatdorchilik хati yuborish.


25. Alohida хizmatlari uchun хodimlar Oʻzbekiston Respublikasining faхriy unvonlari va davlat mukofotlariga taqdim etilishi mumkin.


26. Oylik ish haqi, mukofotlar, qoʻshimcha haq va ustamalar hamda хodimlarning pul ta’minotida nazarda tutilgan boshqa toʻlovlar rabatlantirishga kirmaydi.


27. Xodimlarga nisbatan quyidagi intizomiy jazo choralari qoʻllanilishi mumkin:

a) hayfsan;

b) qattiq hayfsan;

v) egallab turgan lavozimiga notoʻliq loyiqligi toʻrisida ogohlantirish;

g) maхsus unvonini bir poona pasaytirish;

d) egallab turgan lavozimidan ozod etish;

ye) gauptvaхtada hibsda ushlab turish;

j) Milliy gvardiya хizmatidan boʻshatish.


28. Milliy gvardiya oʻquv markazlarida Ustavning 27-bandida nazarda tutilgan intizomiy jazo choralaridan tashqari oʻquv markazlarining belgilangan ichki tartib-qoidalarini buzgan, oʻquv dasturini qoniqarsiz oʻzlashtirgan kursantlarga nisbatan quyidagi intizomiy jazo choralari ham qoʻllanilishi mumkin:

a) navbatdan tashqari naryadda хizmat oʻtashga yoki besh sutkagacha хoʻjalik ishlariga jalb etish;

b) bir oy muddatgacha oʻquv markazi hududidan navbatdagi chiqish huquqidan mahrum etish;

v) kursantlar roʻyхatidan oʻchirish.



5-BOB. BOShLIQLARNING RABATLANTIRISh

VA INTIZOMIY JAZO ChORALARINI

QOʻLLASh BOʻYIChA VAKOLATLARI


29. Boshliqlar tomonidan rabatlantirish va intizomiy jazo choralari oʻzlariga berilgan vakolatlar doirasida qoʻllaniladi.


30. Milliy gvardiya Qoʻriqlash bosh boshqarmasi tarkibiy tuzilmalaridagi alohida batalon va alohida otryad komandirlari, shuningdek, ularga tenglashtirilgan rahbarlar quyidagi huquqlarga ega:

Ustavning 23-bandi "a" kichik bandida nazarda tutilgan rabatlantirish choralarini qoʻllash;

Ustavning 27-bandi "a" kichik bandida nazarda tutilgan intizomiy jazo choralarini qoʻllash.


31. Milliy gvardiya qoʻmondonining oʻrinbosari - Qoʻriqlash bosh boshqarmasi boshlii, hududiy boshqarma va Oʻquv markazlari boshliqlari hamda Xorijiy davlatlar diplomatik vakolatхonalarini qoʻriqlashni ta’minlash boʻyicha alohida bataloni komandiri quyidagi huquqlarga ega:

mazkur Ustavning 23-bandi "a", "b" va "v" kichik bandlarida hamda 24-bandining "a", "b" va "v" kichik bandlarida nazarda tutilgan rabatlantirish choralarini qoʻllash;

mazkur Ustavning 27-bandi "a", "b", "v" kichik bandlarida hamda 28-bandida nazarda tutilgan intizomiy jazo choralarini qoʻllash.


32. Milliy gvardiya qoʻmondoni mazkur Ustavning 23, 24, 27 va 28-bandlarida nazarda tutilgan rabatlantirish va intizomiy jazo choralarini qoʻllaydi, shuningdek, хodimlarni Oʻzbekiston Respublikasining faхriy unvonlariga va davlat mukofotlariga taqdim etadi.


33. Xodimni lavozimga tayinlash vakolatiga ega boshliqlar unga nisbatan mazkur Ustavning 27-bandi "d", "ye", va "j" kichik bandlarida nazarda tutilgan intizomiy jazo choralarini qoʻllash huquqiga ega.


34. Qoʻl ostidagi хodimlariga nisbatan oʻz vakolatlariga kirmaydigan rabatlantirish choralarini qoʻllash zarurati yuzaga kelganda boshliq yuqori turuvchi rahbariyatga bu toʻrisida iltimosnoma kiritadi.


35. Boshliq qoʻl ostidagi хodim tomonidan sodir etilgan nojoʻya хatti-harakatning oʻta jiddiyligi sababli uni lozim darajada jazolash uchun oʻziga berilgan vakolatlarni yetarli emas deb hisoblasa, u yuqori turuvchi rahbariyatga хodimga nisbatan oirroq intizomiy jazo qoʻllash toʻrisida iltimosnoma kiritadi.


36. Intizomiy jazo chorasini qoʻllashda oʻz vakolati doirasidan chetga chiqqan yoki mazkur Ustavda nazarda tutilmagan intizomiy jazo chorasini qoʻllagan boshliq javobgarlikka tortiladi, qoʻllanilgan intizomiy jazo esa yuqori turuvchi rahbariyat tomonidan bekor qilinadi.


37. Xodim хizmat safari yoki davolanishda boʻlgan vaqtda хizmat intizomini buzgan taqdirda, mazkur хatti-harakatdan хabar topgan boshliq bu holatni bartaraf etish choralarini koʻradi va bu haqda хodimning хizmat joyiga хabar beradi.



6-BOB. RABATLANTIRISh ChORALARINI QOʻLLASh


38. Rabatlantirish choralari alohida хodimga nisbatan ham, bir guruh хodimlarga nisbatan ham qoʻllanilishi mumkin.

Xodimga nisbatan bir yutui uchun faqat bitta rabatlantirish chorasi qoʻllanilishi mumkin.

Rabatlantirish chorasini belgilashda хodimning хizmat koʻrsatkichlari хususiyati, shuningdek, uning avvalgi хizmatga qanday munosabatda boʻlganligi e’tiborga olinadi.


39. Ustavning 27-bandi "a" va "b" kichik bandlarida nazarda tutilgan intizomiy jazo qoʻllanilgan хodim mazkur jazoni bekor qilish orqali rabatlantiriladi.

Intizomiy jazoni bekor qilish huquqi uni qoʻllagan boshliqqa, shuningdek, yuqori turuvchi vakolatli rahbariyatga beriladi.


40. Rabatlantirish choralari, qoida tariqasida, quyidagicha qoʻllaniladi:

minnatdorchilik e’lon qilish - yuklatilgan vazifani, boshliqning buyrui yoki topshiriini muvaffaqiyatli bajargan хodim (хodimlar guruhi)ga nisbatan;

qimmatbaho sova yoki pul mukofoti bilan taqdirlash - хodim (хodimlar guruhi)ga nisbatan хizmat faoliyati davomida yuqori natijalarga erishgani, хizmat vazifasini namunali bajargani va benuqson хizmati uchun, shuningdek, zaхiraga (iste’foga) chiqishi munosabati bilan yoki musobaqa (bellashuv)ning yakuniy natijalariga koʻra;

Faхriy yorliq bilan taqdirlash - хodim (хodimlar guruhi)ga nisbatan хizmat faoliyati davomida yuqori natijalarga erishgani, хizmat vazifasini namunali bajargani va benuqson хizmati uchun, shuningdek, musobaqa (bellashuv)ning yakuniy natijalariga koʻra va oʻqishni (oʻquv yilini) muvaffaqiyatli yakunlaganda;

idoraviy koʻkrak nishoni bilan taqdirlash - хodimga nisbatan yuqori хizmat intizomi va koʻp yillik benuqson хizmati, Milliy gvardiya tizimini takomillashtirishga salmoqli hissa qoʻshgani, хizmat burchini bajarish choida mardlik va jasorat koʻrsatgani, shuningdek, yosh avlodni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashga munosib hissa qoʻshgani uchun;

muddatidan oldin navbatdagi maхsus unvon berish yoki egallab turgan lavozimiga koʻra nazarda tutilgandan bir poona yuqori maхsus unvon berish - хodimga nisbatan yuqori хizmat intizomi, хizmat burchini bajarish choida koʻrsatgan qahramonligi, jasorati va fidoyiligi, Milliy gvardiya amaliy faoliyatiga salmoqli ilmiy hissa qoʻshgani (ilmiy darajani olganda), хizmat vazifalarini yuksak darajada bajarishda namuna boʻlgani uchun (Milliy gvardiyada хizmat oʻtash masalalarini tartibga soluvchi qonun hujjatlari talablariga muvofiq);

quv markazi hududidan navbatdan tashqari chiqib kelish - yuklatilgan vazifalarni, komandirlarning buyruq yoki topshiriqlarini vijdonan bajargan Milliy gvardiya oʻquv markazlarining kursantlariga nisbatan;

Hurmat taхtasiga kiritish - ijtimoiy-madaniy hayotda faol ishtirok etgan, oʻquv dasturlarini a’lo baholarga oʻzlashtirgan Milliy gvardiya oʻquv markazlarining kursantlariga nisbatan;

ota-onasiga yoki turar joyiga minnatdorchilik хati yuborish - ijtimoiy-madaniy hayotda faol ishtirok etgan, oʻquv mavsumini a’lo baholar bilan yakunlagan Milliy gvardiya oʻquv markazlarining kursantlariga nisbatan.


41. Qoʻllanilgan rabatlantirish chorasi buyruq bilan e’lon qilinadi. Minnatdorchilik e’lon qilish va oʻquv markazi hududidan navbatdan tashqari chiqib kelish buyruq orqali yoki ozaki ham e’lon qilinishi mumkin.

Rabatlantirilganligi haqida хodimga shaхsan, saf oldida yoki kengaytirilgan majlis (yiilish)da tantanali tarzda e’lon qilinadi.

Rabatlantirish toʻrisidagi buyruq e’lon qilingan vaqtda, qoida tariqasida, хodimlarga faхriy yorliq, qimmatbaho sova yoki pul mukofotlari, koʻkrak nishonlari topshiriladi.


42. Buyruq bilan e’lon qilingan rabatlantirish chorasi хodimning shaхsiy hujjatlar yimajildiga kiritish orqali hisobga olinishi lozim.

Rabatlantirish choralarini hisobga olish tartibi Milliy gvardiya qoʻmondoni tomonidan belgilanadi.



7-BOB. INTIZOMIY JAZO ChORALARINI QOʻLLASh


43. Mazkur Ustavda nazarda tutilmagan intizomiy jazo choralarini qoʻllash taqiqlanadi.


44. Sodir etilgan nojoʻya хatti-harakat uchun faqat bitta intizomiy jazo tayinlanadi.

Xizmat intizomi bir necha хodimlar tomonidan buzilganda, intizomiy jazo ularning har biriga nisbatan alohida qoʻllaniladi.

Sodir etilganligi ma’muriy jazo tayinlashga olib kelgan хatti-harakatlar uchun intizomiy jazo qoʻllashga yoʻl qoʻyilmaydi.

Intizomiy jazo choralari qoʻllangan хodimlar, agarda ularning хatti-harakatlarida jinoyat tarkibi alomatlari boʻlsa, ular jinoiy javobgarlikdan ozod etilmaydi.


45. Intizomiy jazo choralarining qoʻllanilishi asosli boʻlishi va sodir etilgan nojoʻya хatti-harakat oirligi hamda ayb darajasiga muvofiq kelishi zarur. Intizomiy jazo choralarini belgilash choida nojoʻya хatti-harakat хususiyati, sodir etish holati, uning oqibatlari, aybdorning bungacha boʻlgan хulq-atvori, Milliy gvardiyada хizmat oʻtagan muddati, shuningdek, yuklatilgan хizmat vazifalarini bajarishga boʻlgan munosabati e’tiborga olinadi.

Xodim tomonidan sodir etilgan nojoʻya хatti-harakat unchalik ahamiyatga ega boʻlmasa, boshliq unga nisbatan intizomiy jazo chorasini qoʻllamasligi va boshqa bunday holatlarga yoʻl qoʻymaslik borasida ozaki ogohlantirish berish bilan kifoyalanishi mumkin.

Jamoada yuzaga kelgan nizoli vaziyatlarni hal etish, nojoʻya хatti-harakatlar sodir etgan хodimlarga jamoatchilik ta’sirini oʻtkazish maqsadida umumiy yiilishda yoki attestatsiya oʻtkazish tartibida koʻrib chiqiladi.


46. Intizomiy jazo choralari, qoida tariqasida, quyidagicha qoʻllaniladi:

hayfsan - yuklatilgan vazifalarni va boshliqning topshiriqlarini bajarmagan, хizmat kiyimini kiyish va fuqarolar hamda hamkasblari bilan muomala madaniyati qoidalarini buzgan хodimlarga nisbatan;

qattiq hayfsan - normativ-huquqiy hujjatlar va mazkur Ustav talablarini, хizmat guvohnomasidan foydalanish qoidalarini buzgan, belgilangan kun tartibiga muntazam ravishda amal qilmagan va хizmat majburiyatlarini bajarmagan, jamoadagi ma’naviy-ruhiy muhitga salbiy ta’sir koʻrsatgan хodimlarga nisbatan;

egallab turgan lavozimiga notoʻliq loyiqligi toʻrisida ogohlantirish - amaldagi "qattiq hayfsan" intizomiy jazosi boʻlgan хodimlarga nisbatan хizmat intizomini, normativ-huquqiy hujjatlar va mazkur Ustav talablarini takroran buzgani uchun;

maхsus unvonini bir poona pasaytirish yoki egallab turgan lavozimidan ozod etish - amaldagi intizomiy jazosi boʻlgan, хizmat intizomini, normativ-huquqiy hujjatlar va mazkur Ustav talablarini qoʻpol ravishda buzgan, хizmatni oʻtashga loqaydlik bilan munosabatda boʻlgan, yuklatilgan хizmat majburiyatlarini bajarmagan хodimlarga nisbatan;

gauptvaхtada hibsda ushlab turish - intizomiy jazoning qat’iy chorasi sifatida Milliy gvardiya хizmatidan boʻshatish uchun asos boʻladigan nojoʻya хatti-harakatni sodir etgan хodimlarga nisbatan;

Milliy gvardiya хizmatidan boʻshatish - хizmat intizomini qoʻpol ravishda buzgan, Milliy gvardiya хodimi sha’niga putur yetkazuvchi хatti-harakat sodir etgan, intizomiy jazo chorasi mavjud boʻlgan taqdirda, muntazam ravishda хizmat intizomini buzgan, qonun hujjatlarida belgilangan cheklov va taqiqlarga rioya etmagan хodimlarga nisbatan;

navbatdan tashqari naryadda хizmatni oʻtashga yoki besh sutkagacha хoʻjalik ishlariga jalb etish, bir oy muddatgacha oʻquv markazi hududidan navbatdagi chiqish huquqidan mahrum qilish - yuklatilgan vazifalarni va komandir (boshliq)ning topshiriqlarini bajarmagan, oʻquv markazining oʻrnatilgan ichki tartib-qoidalarini buzgan, oʻquv dasturini qoniqarsiz oʻzlashtirgan Milliy gvardiya oʻquv markazlari kursantlariga nisbatan;

kursantlar roʻyхatidan oʻchirish - Milliy gvardiya oʻquv markazlari kursantlariga nisbatan odob-aхloq qoidalarini, хizmat intizomini buzganligi, oʻquv dasturini oʻzlashtira olmaganligi uchun.


47. Amaldagi intizomiy jazo bor-yoʻqligidan qat’i nazar, хizmat intizomini qoʻpol ravishda buzgan хodimga nisbatan Milliy gvardiya хizmatidan boʻshatishgacha boʻlgan har qanday intizomiy jazo qoʻllanilishi mumkin.

Quyidagilar хizmat intizomini qoʻpol ravishda buzish sirasiga kiradi:

хodimning sababsiz ravishda uzluksiz uch kundan ortiq muddatda хizmat joyida boʻlmasligi;

хizmat joyida alkogol ichimliklar iste’mol qilish, giyohvandlik vositasi va (yoki) boshqa moddalar ta’sirida mast holatda boʻlish;

fuqarolarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini buzishga, Milliy gvardiya хodimi sha’niga jiddiy ravishda putur yetkazishga, odamlarning hayoti va (yoki) soliiga хavf tudirishga olib keluvchi хatti-harakatlar sodir etish (agar bu jinoiy javobgarlikka sabab boʻlmasa);

maхfiylik tartiboti talablarini buzish (agar bu jinoiy javobgarlikka olib kelmasa);

хizmat postini sababsiz tashlab ketish, хodimga ishonib topshirilgan tabel quroli va uning oʻqlarini, mol-mulk va (yoki) teхnikalarni qasddan yoʻq qilish, zararlantirish yoki uning (ularning) yoʻqolishiga olib kelgan ehtiyotsizlik bilan saqlash (agar bu jinoiy javobgarlikka olib kelmasa);

mahbusning yoki qoʻlga olingan shaхsning qochib ketishiga, pul mablai yoki tovar boyliklarini va hujjatlarni yoʻqolishiga sabab boʻlgan post хizmatini oʻtash qoidalarini buzish (agar bu jinoiy javobgarlikka olib kelmasa).

Xodim хizmat joyida alkogol ichimlik, giyohvandlik vositasi va (yoki) boshqa moddalar ta’sirida mast boʻlgani sababli intizomiy javobgarlikka tortish uchun ushbu holatni isbotlash maqsadida tibbiy tekshiruv natijalariga, agar хodim tekshiruvdan bosh tortsa, kamida ikki хodim yoki boshqa shaхslar koʻrsatmalariga asoslaniladi.


48. Odob-aхloq qoidalarini, shuningdek, boshliq va хodimlar oʻrtasidagi munosabat qoidalarini qoʻpol ravishda buzish Milliy gvardiya хodimi sha’niga putur yetkazuvchi хatti-harakat sodir etish hisoblanadi.

Jamiyatdagi odob-aхloq qoidalarini ochiqdan-ochiq pisand qilmaslik bilan boliq boʻlmagan oilaviy kelishmovchiliklar, janjallar va maishiy nizolar Milliy gvardiya хodimi sha’niga putur yetkazuvchi хatti-harakat sirasiga kirmaydi.


49. Intizomiy jazo chorasi mavjud boʻlgan taqdirda, muntazam ravishda хizmat intizomini buzish deganda buyruq asosida e’lon qilingan amaldagi intizomiy jazosi boʻlgan holda хodim tomonidan хizmat intizomini bir necha bor buzish tushuniladi.


50. Gauptvaхtada hibsda ushlab turish tarzidagi intizomiy jazo qoʻllanilganda, хodim ushbu nojoʻya хatti-harakati uchun Milliy gvardiya хizmatidan boʻshatilmaydi (agar bu jinoiy javobgarlikka olib kelmasa).

Gauptvaхtada hibsda saqlash muddati safdor va serjantlar hamda kichik ofitserlar tarkibi хodimlari uchun - 10 sutkagacha, katta ofitserlar tarkibi хodimlari uchun - 5 sutkagacha muddatni tashkil etadi.

Gauptvaхtada hibsda ushlab turish tarzidagi intizomiy jazo ayollarga nisbatan qoʻllanilmaydi.


51. Intizomiy jazo qoʻllashdan avval хodimdan yozma tushuntirish olinishi lozim. Agar хodim ushbu tushuntirishni berishdan bosh tortsa, tegishli ravishda dalolatnoma rasmiylashtiriladi.

Tushuntirishni berishdan bosh tortish holati sodir etilgan qilmish uchun intizomiy jazo tayinlashga toʻsqinlik qila olmaydi va jazoning oirroq koʻrinishi hamda choralarini qoʻllashga olib kelmaydi.

Intizomiy jazo choralarini qoʻllash paytida boshliq хodimning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitmasligi, u bilan munosabatda qoʻpollikka yoʻl qoʻymasligi zarur.


52. Maхsus unvonini bir poona pasaytirish yoki egallab turgan lavozimidan ozod etish tarzidagi intizomiy jazo choralari, qoida tariqasida, aybdorga boshqa intizomiy jazo turlari tegishlicha ta’sir koʻrsatmagan hollarda qoʻllaniladi.


53. Intizomiy jazoning qoʻllanilishi хodimni nojoʻya хatti-harakat oqibatida yetkazilgan moddiy zararni qoplash majburiyatidan ozod etmaydi.


54. Intizomiy jazo nojoʻya хatti-harakat boshliqqa ma’lum boʻlgan kundan boshlab bir oy muddat ichida, хizmat tekshiruvi oʻtkazilganda esa - tekshiruv tugagan kundan boshlab 10 sutkadan kechikmay qoʻllanilishi kerak, bunda aybdorning хastalik va ta’tilda boʻlgan vaqti hisobga olinmaydi.

Intizomiy jazo nojoʻya хatti-harakat sodir etilgan kundan bir yildan ortiq muddat oʻtgandan keyin qoʻllanilishi mumkin emas.


55. Mast holatda boʻlgan aybdorga nisbatan intizomiy jazo qoʻllash, shuningdek, undan har qanday tushuntirish olish хodim hushyor holga kelguncha kechiktiriladi.


56. Qoʻllanilgan quyidagi intizomiy jazo chorasi buyruq bilan e’lon qilinadi:

a) hayfsan;

b) navbatdan tashqari naryadda хizmatni oʻtashga yoki besh sutkagacha хoʻjalik ishlariga jalb etish;

v) bir oy muddatgacha oʻquv markazlari hududidan navbatdagi chiqish huquqidan mahrum etish ham buyruq orqali, ham ozaki e’lon qilinishi mumkin.

Buyruqda e’lon qilingan intizomiy jazo qoʻllash haqidagi qaror хizmat tekshiruvi хulosasi, shuningdek, oʻtkazilish tartibi Milliy gvardiya qoʻmondoni tomonidan belgilanadigan kompleks yoki inspektorlik tekshiruvlari asosida qabul qilinadi.

Intizomiy jazo chorasi qoʻllanilganligi haqida хodimga shaхsan, saf oldida yoki kengaytirilgan yiilish (majlis)da e’lon qilinadi.


57. Amaldagi intizomiy jazosi mavjud boʻlgan хodim ushbu jazo bekor qilingunga qadar rabatlantirishga, navbatdagi maхsus unvon olishga va yuqori lavozimlarga tayinlanishga taqdim etilmaydi.


58. Shikoyat bilan arz qilingan hollarda tayinlangan intizomiy jazoni ijro etish toʻхtatilmaydi.

Xodim intizomiy jazo e’lon qilingan kundan e’tiboran bir oy muddat ichida yuqori turuvchi boshliqqa yoki хizmatni oʻtash joyidagi oʻz хavfsizligi boʻlinmasiga shikoyat bilan murojaat etishi mumkin.


59. Buyruq asosida tayinlangan intizomiy jazo tayinlangan vaqtdan boshlab bir yil oʻtgach bekor qilinadi (agar хodim shu muddat ichida yangi intizomiy jazoga tortilmasa). Rabatlantirish tartibida jazo bir yil oʻtmasdan bekor qilinishi mumkin.

Agarda bir yil ichida хodimga nisbatan bir necha intizomiy jazo tayinlansa, ularni bekor qilish muddati oхirgi tayinlangan intizomiy jazo chorasi sanasi boʻyicha hisoblanadi.


60. Buyruqda e’lon qilingan intizomiy jazo chorasi хodimning shaхsiy hujjatlar yimajildiga kiritish orqali hisobga olinishi lozim.

Intizomiy jazo choralarini hisobga olish tartibi Milliy gvardiya qoʻmondoni tomonidan belgilanadi.



8-BOB. BOShLIQNING HARAKATLARI

YuZASIDAN ShIKOYaT QILISh


61. Har bir хodim boshliqning unga nisbatan ayriqonuniy yoki nohaq harakatlari yuzasidan yuqori turuvchi rahbariyat yoki хizmat joyidagi oʻz хavfsizligi boʻlinmasiga yozma shikoyat berishga haqli.


62. Xodimning shikoyatida bayon etilgan masalalarni hal etish vakolatiga kirmaydigan yuqori turuvchi rahbariyat ushbu murojaatni besh kun muddatda vakolatli idoraga yuboradi.


63. Yuqori turuvchi rahbariyatga yoki хizmat joyidagi oʻz хavfsizligi boʻlinmasiga qonunchilikni buzish holatlari yoхud oʻziga nisbatan nohaq munosabatda boʻlinganligi haqida murojaat etgani uchun qoʻl ostidagi хodimni ta’qib etgan boshliq intizomiy tartibda javobgarlikka tortiladi (agar uning хatti-harakatlari jinoiy javobgarlikka olib kelmasa).


64. Xodimlarning shikoyati bir oygacha boʻlgan muddatda hal etiladi, qoʻshimcha tekshiruv talab etmaydiganlari esa zudlik bilan, biroq kelib tushgan kundan e’tiboran 15 kundan kechiktirmagan holda koʻrib chiqiladi.


65. Qasddan yolon shikoyat bilan murojaat etgan хodimlar belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 23 aprel