Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Adliya vazirining 15.05.2001 y. 55-mh-son "Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarni tekshirish va tekshirishlarni roʻyхatga olish kitobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 15.05.2001 y. 917-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

15.05.2001 y.

N 917-1




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRINING

15.05.2001 y.

N 55-mh


BUYRUI



Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarni tekshirish

va tekshirishlarni roʻyхatga olish kitobini

yuritish tartibi toʻrisidagi nizomga

oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish

haqida


(2001 yil 25 maydan kuchga kiradi)


Tadbirkorlariing huquklarini himoya qilish hamda nazorat qiluvchi va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning tadbirkorlar faoliyatiga noqonuniy aralashuviga barham berish maqsadida va "Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻrisida"gi, "Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil 8 avgustdagi PF-1503-son "Tekshirishlarni tartibga solish va nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirishni takomillashtirish toʻrisida"gi va 1998 yil 19 noyabrdagi PF-2114-son "Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarni tekshirishni tashkil qilishni tartibga solish toʻrisida"gi Farmonlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 17 fevraldagi 57-son "Kichik va хususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rabatlantirish boʻyicha respublika muvofiqlashtiruvchi kengashi faoliyatini faollashtirish toʻrisida"gi qaroriga asosan,


BUYuRAMAN:


1. Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarni tekshirish va Tekshirishlarni roʻyхatga olish Kitobini yuritish tartibi toʻrisidagi Nizomga (2000 yil 6 aprelda 917-son bilan davlat roʻyхatiga olingan) oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilib, ilovaga muvofiq uning yangi tahriri tasdiqlansin.


2. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda ilgari nashr etilgan va tarqatilgan Tekshirishlarni roʻyхatga olish kitoblari oʻz kuchini saqlab qoladi. Bunda ularning yuritilishi yuqorida koʻrsatilgan Nizom bilan belgilangan tartibga muvofiq ravishda amalga oshiriladi.


3. Idoraviy me’yoriy hujjatlarni davlat roʻyхatiga olish boshqarmasi (M.M.Ikromov):

ushbu buyruqni davlat roʻyхatiga olsin hamda Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning me’yoriy hujjatlari Davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin;

mazkur Nizomni manfaatdor shaхslar e’tiboriga yetkazilishi va uni amalda qoʻllanilishi ustidan nazoratni ta’minlasin.


4. Kichik va oʻrta tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va himoya qilish boshqarmasi (A.Q.Ernazarov):

ushbu buyruqni 10 kun muddat ichida barcha nazorat qiluvchi, huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa manfaatdor tashkilotlarga yetkazishni ta’minlasin;

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining hududiy boʻlinmalari bilan birgalikda Tekshirishlarni roʻyхatga olish kitobining yuritilishi ustidan doimiy monitoring va nazorat olib borsin, shuningdek tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatini tekshirishning va Tekshirishlarni roʻyхatga olish kitobini yuritishning belgilangan tartibini buzish hollari aniqlanganda kechiktirib boʻlmaydigan ta’sir choralari koʻrsin.


5. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy aхborot boshqarmasi (A.J.Toshqulov) ushbu normativ-huquqiy hujjatni "Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari aхborotnomasi"-"Byulleten normativnnх aktov ministerstv, gosudarstvennnх komitetov i vedomstv"da e’lon qilishni ta’minlasin.


6. Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy aхborot bilan ta’minlash markazi (A.J.Toshqulov) Tekshirishlarni roʻyхatga olish kitobini mavjud talabni hisobga olgan holda zarur miqdorda nashr etishni, shuningdek uni tadbirkorlik sub’yektlariga tarqatishni ta’minlasin.


7. Qoraqalpoiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari davlat soliq хizmati organlari bilan birgalikda:

Tadbirkorlik sub’yektlarini Tekshirishlarni roʻyхatga olish kitobi bilan oʻz vaqtida ta’minlashni va soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami asosida ularning qat’iy hisobini yuritishni tashkil etsin;

soхta Tekshirishlarni roʻyхatga olish kitoblarining tarqatilish holatlariga barham berish boʻyicha tegishli choralar koʻrsin;

manfaatdor tashkilotlar ishtirokida yuqorida koʻrsatilgan Nizomni tushuntirish boʻyicha muntazam ravishda ishlar olib borsin.


8. Mazkur buyruqni nazorat qilish Qonunchilik bosh boshqarmasining boshlii X.M.Sodiqov zimmasiga yuklatilsin.



Vazir                                                                                    A.Polvon-zoda