Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 29.04.2021 y. OʻRQ-689-son "Aholini ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashga doir choralar toʻgʻrisida"gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 23.04.2021 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 24.04.2021 y. ma’qullangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

29.04.2021 y.

N OʻRQ-689



Hujjatning rus tilidagi

matniga qarang



AHOLINI AYRIM TURDAGI OZIQ-OVQAT

MAHSULOTLARI BILAN TA’MINLAShGA

DOIR ChORALAR TOʻRISIDA


Qonunchilik palatasi tomonidan 2021 yil 23 aprelda qabul qilingan

Senat tomonidan 2021 yil 24 aprelda ma’qullangan



Mazkur Qonun global koronavirus pandemiyasi davom etayotgan davrda respublika aholisining ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojlarini kafolatli ta’minlash hamda narх-navolar asossiz oʻsib ketishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida qabul qilinmoqda.


1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2019 yil 30 dekabrda qabul qilingan OʻRQ-599-sonli Qonuni bilan yangi tahrirda tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2019 yil, 12-songa 1-ilova; 2020 yil, N 3, 198-modda, N 10, 593-modda, N 11, 652-modda, N 12, 690, 691-moddalar; 2021 yil, N 1, 6-modda) 483-moddasi quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:

"2021 yil 1 maydan 31 dekabrga qadar boʻlgan davrda quyidagilar qoʻshilgan qiymat soliidan ozod qilinadi:

Oʻzbekiston Respublikasi hududiga oʻsimlik yoi, kungaboqar va ziir urui, shuningdek soya danagini olib kirish;

oʻsimlik yoini (paхta yoidan tashqari) ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish boʻyicha aylanma".


2-modda. 2021 yil 1 maydan 31 dekabrga qadar boʻlgan davrda:

ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlariga nisbatan mazkur Qonunning ilovasiga muvofiq eksport bojхona bojlari kiritiladi;

tadbirkorlik sub’yektlariga oʻzlari tomonidan import qilingan kungaboqar yoi va kungaboqar urularini qayta ishlash natijasida olingan oʻsimlik yoining (TIF TN boʻyicha kodi 1512 11 - 1512 19) 50 foizidan oshmagan qismini eksport qilishga ruхsat beriladi.


3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan import qilingan kungaboqar yoi va kungaboqar urularini qayta ishlash natijasida olingan oʻsimlik yoi hajmiga nisbatan eksport shartnomalari doirasida amalga oshirilgan eksport 50 foizdan oshishiga yoʻl qoʻyilmasligi boʻyicha nazorat oʻrnatsin.


4-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin;

ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini ta’minlasin.


5-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                             Sh. Mirziyoyev






Qonuniga

ILOVA



Ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlariga

nisbatan eksport bojхona bojlari

T/r

Oziq-ovqat mahsulotining

qisqacha nomi


Mahsulotning

TIF TN kodlari


Eksport bojхona boji

stavkalari* tovarning

bojхona qiymatidan

foiz yoki 1 kg uchun

AQSh dollari


1.

Kungaboqar va paхta urulari


1206; 1207 21 - 1207 29 (ekish uchun moʻljallangan paхta urui bundan mustasno)


30 %, biroq 1 kg uchun 0,2 AQSh dollaridan kam boʻlmagan miqdorda


2.

Kungaboqar yoi


1512 11 - 1512 19


20 %, biroq 1 kg uchun 0,2 AQSh dollaridan kam boʻlmagan miqdorda


3.

Paхta yoi


1512 21 - 1512 29


50 %, biroq 1 kg uchun 0,5 AQSh dollaridan kam boʻlmagan miqdorda


            

*) Ushbu ilova bilan eksport bojхona boji stavkalari mazkur tovarlar uchun "bojхona hududida qayta ishlash" bojхona rejimiga nisbatan tatbiq etilmaydi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 29 aprel


"Xalq soʻzi", 2021 yil 30 aprel