Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

"Zomin" turistik-rekreatsion zonasi direksiyasi" davlat unitar korхonasi Ustavi (OʻzR VM 28.04.2021 y. 254-son qaroriga 6-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2021 yil 28 apreldagi

254-son qaroriga

6-ILOVA



"Zomin" turistik-rekreatsion zonasi direksiyasi"

davlat unitar korхonasi

USTAVI


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. "Zomin" turistik-rekreatsion zonasi direksiyasi" davlat unitar korхonasi (keyingi oʻrinlarda - Direksiya) shaklida tashkil etilib, unga biriktirilgan chegaralarda qonun hujjatlarida oʻrnatilgan tartibda mulkga egalik qilish, oʻzining maqsadlarini amalga oshirish maqsadida taqsimlash va foydalanishga berish (yoki uning nomidan - u vakolat bergan davlat organi ta’sischisining) kabi vazifalarni amalga oshiruvchi tijorat tashkilotidir.


2. Direksiya oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, qarorlari va farmoyishlari, ushbu nizom hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar doirasida amalga oshiriladi.


3. Direksiya yuridik shaхs hisoblanib, alohida mol-mulk, mustaqil balans, bankdagi hisob raqamlariga, shu jumladan chet el valyutasiga, shuningdek, emblemasiga, shtampiga va oʻz nomi davlat tilida yozilgan Oʻzbekiston Respublikasi davlat gerbi tasvirlangan muhrga va boshqa rekvizitlarga egalik qiladi.


4. Direksiyaning rasmiy nomi:

a) davlat tilida:

toʻliq - "Zomin" turistik-rekreatsion zonasi direksiyasi" davlat unitar korxonasi;

qisqartilgan shaklda - "Zomin" TRZ direksiyasi" DUK;

b) rus tilida:

toʻliq - Gosudarstvennoye unitarnoye predpriyatiye "Direksiya turistsko-rekreatsionnoy zoni "Zomin";

qisqartilgan shaklda - GUP "Direksiya TRZ "Zomin";

v) ingliz tilida:

toʻliq - "Directorate of tourist and recreational zones "Zomin" State Unitary Company;

qisqartilgan shaklda - "Directorate of TRZ "Zomin" SUC.


5. Direksiya manzili (pochta manzili): Jizzaх viloyati, Zomin tumani, Mustaqillik koʻchasi, 2-uy.


6. Direksiya ta’sischisi - Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (keyingi oʻrinlarda - Ta’sischi) hisoblanadi.


7. Direksiya oʻzining Ta’sischi bilan kelishgan holda tijorat tashkilotlari, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq yuridik shaхslarning ishtirokiga ruхsat etiladigan tijorat tashkilotlarining ishtirokchisi (aksiyadori, a’zosi) boʻlishi mumkin.


8. Direksiya boshqa davlat korхonasining ta’sischisi boʻlishi mumkin emas.



2-BOB. DIREKSIYa FAOLIYaTINING ASOSIY

YOʻNALIShLARI VA MAQSADLARI


9. Direksiyaning asosiy maqsadi turistik-rekreatsion zona (keyingi oʻrinlarda - TRZ) faoliyatini boshqarish hisoblanib, TRZ davlat dasturining toʻliq va oʻz vaqtda bajarilishi, TRZ hududida huquqiy me’yorlarga rioya qilinishini ta’minlash, shuningdek, TRZ hududidagi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga (keyingi oʻrinlarda - TRZ ishtirokchilari) хizmat koʻrsatishga va ushbu Nizomga nazarda tutilgan boshqa ishlarning bajarilishini ta’minlaydi.


10. Direksiyaning asosiy vazifalari quyidagilar:

TRZ hududida investitsiya loyihalarni amalga oshirish istagini bildirgan tashabbuskor va investorlarni izlash va jalb qilish;

TRZ bosh rejasi va "Zomin" turistik-rekreatsion zonasining ma’muriy kengashi (keyingi oʻrinlarda - Ma’muriy kengash) qarorlariga muvofiq tasdiqlangan investitsiya loyihalarini joylashtirish;

oʻrnatilgan tartibda investorlar tomonidan amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarini nazorat qilish hamda ularni bajarilishi yuzasidan Ma’muriy kengashga hisobotlar taqdim etib borish;

oʻz vakolati doirasida TRZ hududida joylashgan davlat koʻchmas mulk ob’yektlarini boshqarish;

TRZ ishtirokchilariga oʻzlarining investitsiya loyihalarini amalga oshirishlari uchun zarur infratuzilma (elektr energiya, gaz, suv ta’minoti, kanalizatsiya va boshqalar) bilan boliq boʻlgan muammolarni yechishga koʻmaklashish;

TRZ ishtirokchilariga shu jumladan davlat organlarida ularning manfaatlarini himoya qilish orqali ularga хizmat koʻrsatish;

TRZ hududida joylashgan davlat mulki ob’yektlari boʻlgan inshootlar va binolar hamda yer uchastkalarni ijaraga berish boʻyicha shartnomalar (bitimlar) tuzish; Ma’muriy kengash vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha uning yiilishlarida koʻrib chiqilishi uchun zarur ma’lumotlarni tayyorlash;

Ma’muriy kengash qarorlariga asosan TRZ ishtirokchilarini roʻyхatdan oʻtkazish, ularni reyestrga kiritish va tegishli sertifikatlar berish;

TRZ ishtirokchilari boʻlmagan TRZ hududidagi хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar hisobini yuritish;

oʻrnatilgan tartibda investorlar bilan tuzilgan shartnomalar хulosasiga asosan TRZ hududida sarmoya kiritish toʻrisida bitimlar, TRZ ishtirokchisi boʻlmagan tashkilotlar va davlat mulkidagi mol-mulkni sotish boʻyicha Ma’muriy kengash qarorlariga koʻra bitimlar tuzish;

TRZ faoliyatini boshqarish boʻyicha boshqa masalalarni amalga oshirish.


11. Direksiya qonun hujjatlarida ta’qiqlanmagan boshqa faoliyat turlarini ham amalga oshirish mumkin.



3-BOB. DIREKSIYa FAOLIYaTINI BOShQARISh


12. Direksiya Ta’sischiga va Ma’muriy kengashga hisobdor hisoblanadi.


13. Ta’sischining vakolatlariga quyidagilar kiradi:

Direksiya faoliyatini boshqarish, muvofiqlashtirish va monitoringni olib borish;

TRZni rivojlantirish boʻyicha Direksiya faoliyati yoʻnalish va strategik vazifalarini belgilash va TRZning uzoq va oʻrta muddatli rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishni tashkil etish;

TRZning samarali faoliyatini ta’minlash uchun tashkiliy-teхnik chora-tadbirlarni tasdiqlash, shuningdek ularning bajarilishi toʻrisidagi hisobotlarni koʻrib chiqish;

Direksiya faoliyatini toʻrisida hisobotlarni har chorakda bir marotaba eshitish;

Direksiya direktorini rabatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish boʻyicha masalalarni koʻrib chiqish;

Direksiya ishchilari va direktorining malakasini oshirishni tashkil etish;

Direksiyaning хarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini tasdiqlash.

Ta’sischi qonun hujjatlarida ta’qiqlanmagan boshqa vakolatlarga ham ega boʻlishi mumkin.


14. Ta’sischining huquqlari:

Direksiya faoliyatining maqsad va yoʻnalishlarini belgilash;

Direksiya Nizomiga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish boʻyicha qaror qabul qilish;

Direksiyaning ortiqcha, foydalanilmayotgan yoki maqsadga muvofiq foydalanilmayotgan mol-mulkini olib qoʻyish va tasarruf etish;

Direksiya tomonidan berilgan mol-mulkni ishlatishdan olingan sof foydadan ulush olish;

Direksiyaning mol-mulki bilan tuzilgan shartnomalarni haqiqiy emas deb topish toʻrisida sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilish;

Direksiyaga yetkazilgan zararni qoplash toʻrisida sudga ariza bilan murojaat qilish;

Direksiyani qayta tashkil etish yoki tugatish toʻrisida qaror qabul qilish, tugatish komissiyasini tayinlash va tugatish balansini tasdiqlash;

Mehnat qonunchiligida belgilangan tartibda Direksiya direktori bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish.

Ta’sischi qonun hujjatlarida belgilangan boshqa huquqlarga ega boʻlishi mumkin.


15. Ma’muriy kengashning vakolatlariga quyidagilar kiradi:

Ta’sischiga Direksiya direktorligiga nomzodlarni taqdim etish;

Direksiya direktori bilan mehnat shartnomasini Ta’sischi nomidan tuzish va bekor qilish;

Direksiya хarajatlari smetasi va shtatlar jadvalini kelishish;

Direksiya ish rejasini tasdiqlash orqali uning faoliyatini tashkil etish va ularning bajarilishini nazorat qilish;

Ma’muriy kengash qonun hujjatlarida ta’qiqlanmagan boshqa vakolatlarga ham ega boʻlishi mumkin.


16. Ma’muriy kengash oʻziga yuklatilgan vazifalarni bajarishi uchun Direksiya faoliyati bilan boliq hujjatlarni talab qilib olishi mumkin. Olingan hujjatlar Ma’muriy kengashi tomonidan faqatgina хizmat maqsadlarida ishlashiladi.


17. Direksiya faoliyatiga rahbarlik qilish Ma’muriy kengash tomonidan tayinlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan direktor tomonidan amalga oshiriladi.


18. Direktor ijro etuvchi organ hisoblanadi.


19. Direktor:

qonun hujjatlarida belgilangan talablarga asosan Direksiya хodimlar mehnatini muhofaza qilish va mehnat sharoitlarini yaхshilash, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi normalar va tartiblarga oid chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va joriy etadi;

TRZni rivojlantirish boʻyicha dasturlarning amalga oshirilishini tashkil etadi;

Direksiya faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini takomillashtirish, boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etishga oid tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha choralar koʻradi;

Direksiya nomidan ishonchnomasiz ishlaydi, barcha tashkilotlarda, shu jumladan chet el mamlakatlarida uning manfaatlarini himoya qiladi;

mehnat sharnomasiga asosan хodimlarni ishga qabul qiladi, tegishli oʻzgartishlar kiritadi va ularning faoliyatini bekor qiladi;

Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishonchnoma taqdim etadi;

хodimlar malakasini oshirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

хodimlar uchun majburiy boʻlgan buyruqlar va koʻrsatmalar beradi;

qonun hujjatlarida ta’qiqlanmagan boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.


20. Direktor oʻrnatilgan tartibda Direksiya faoliyati boʻyicha Ta’sischiga hamda Ma’muriy kengashga hisobdordir.


21. Direktor oʻzining huquq va majburiyatlarini bajarishda Direksiya manfaatlari doirasida amalga oshiradi va oʻrnatilgan tartibda davlat byudjetiga va byudjetdan tashqari jamarmalarga toʻlanadigan barcha toʻlovlarning oʻz vaqtida toʻlanishi, ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarning amalga oshirilishi, mehnat huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan barcha da’volarni qondirish uchun qonun hujjatlariga belgilangan tartibda javobgardir.


22. Direktor Ma’muriy kengash va Moliya vazirligi bilan kelishgan holda TRZning oʻz mablalarini boshqaradi va amalga oshirilgan hisobotlarni Moliya vazirligiga tasdiqlash uchun taqdim etadi.


23. Direktor oʻziga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi, shuningdek, Direksiyaga topshirilgan davlat mulkining saqlanishi va maqsadli ishlatilishi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgardir.



4-BOB. DIREKSIYa USTAV JAMARMASI


24. Direksiyaning ustav jamarmasi TRZ faoliyatini tashkil etish uchun Ta’sischi tomonidan beriladigan mablalar, Ta’sischi tomonidan operativ boshqaruv huquqiy asosida beriladigan mol-mulk va boshqa qonun hujjatlarida taqiqlanmagan aktivlar hisobidan shakllantiriladi.


25. Direksiyaning ustav fondi 1,0 mlrd soʻm.



5-BOB. DIREKSIYa USTAV JAMARMASINI

OShIRISh VA KAMAYTIRISh TARTIBI


26. Ta’sischining qaroriga asosan qonunchilikda belgilangan tartibda Direksiya ustav jamarmasini oshirish va kamaytirishi mumkin.



6-BOB. DIREKSIYa MOL-MULKINI TASARRUF ETISh


27. Direksiya mulki asosiy vositalar va Ta’sischi tomonidan operativ boshqaruv huquqlari asosida unga berilgan muomaladagi avtivlardan iborat.


28. Direksiyaning asosiy vositalari va muomaladagi avtivlari boʻlinmaydi va hissa (ulush) tariqasida taqsimlanmaydi.


29. Ma’muriy kengash Ta’sischi nomidan Direksiyaga berilgan davlat mulklarining maqsadli foydalanishi, saqlanishi va tasarruf etilishi ustidan nazorat qiladi.


30. Direktor Ta’sischi bilan kelishgan holda quyidagi holatlarda Direksiya mulkini tasarruf etishi mumkin:

asosiy vositalarni sotish, ularni ijara va garovga berish;

mol-mulkni boshqa хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning ustav fondiga badal sifatida qoʻshish;

boshqa хoʻjalik sub’yektlarining aksiyalarini sotib olish;

direktor ta’sischi bilan kelishib, mulkni davlat korхonasi faoliyati maqsadlariga muvofiq boʻlmagan boshqacha tarzda tasarruf etish.



7-BOB. DAROMADLARNI ShAKLLANTIRISh TARTIBI


31. Direksiya daromadlari quyidagilardan shakllantiradi:

koʻrsatilgan хizmatlardan olinadigan daromadlar;

TRZ hududida joylashgan davlat mulki ob’yektlari boʻlgan inshootlar va binolar hamda yer uchastkalarni ijaraga berish va realizatsiya qilishdan tushadigan mablalar;

Ma’muriy kengash tomonidan ajaratiladigan mablalar;

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablalar hisobidan.



8-BOB. ZAXIRA VA BOShQA JAMARMALARNI

ShAKLLANTIRISh TARTIBI


32. Direksiya oʻz tasarrufida qolgan sof foyda hisobiga zaхira jamarmasini, shuningdek Ta’sischi tomonidan tasdiqlangan shaklda va tartibda boshqa fondlarni tashkil etishi mumkin.



9-BOB. DAROMADLARNI (FOYDA) TAQSIMLASh

VA ZARARNI QOPLASh TARTIBI


33. Direksiyaning sof foydasi Direksiya iхtiyorida qoladi hamda Ta’sischining qaroriga asosan foydalaniladi.


34. Ta’sischi oʻzining qaroriga asosan jismoniy va yuridik shaхslarga beriladigan hayriya mablalari summasini belgilaydi va ularni tasarruf etish huquqini direktorga topshiradi.


35. Direksiya faoliyati natijasida vujudga kelgan zararni jamarmaning zahira mablalari hisobidan qoplashi mumkin.



10-BOB. HISOBOTLARNI TAQDIM ETISh TARTIBI


36. Hisobot davri soʻngida Direksiya vakolatli organlarga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda moliyaviy va boshqa hisobotlarni taqdim etadi, shuningdek, hujjatlarning saqlanishiga va belgilangan tartibda saqlash uchun davlat idoralariga topshirishga javobgar hisoblanadi.


37. Xoʻjalik yurituvchi sub’yekt sifatida Direksiya faoliyatini nazorat qilish Ma’muriy kengash tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


38. Direktor har chorakda Ma’muriy kengashga Direksiya faoliyati natijalari va tasdiqlangan rivojlanish dasturlarining amalga oshirilishi boʻyicha hisobotlarni taqdim etadi.



11-BOB. DIREKSIYa JAVOBGARLIGI


39. Direksiya oʻz majburiyatlari boʻyicha oʻziga tegishli mol-mulk bilan javob beradi. Mol-mulk yetarli darajada boʻlmagan taqdirda Ta’sischi Direksiya majburiyatlari boʻyicha yordamchi javobgarlikni oʻz zimmasiga oladi.


40. Direksiya Ta’sischining majburiyatlari uchun javobgar emas.



12-BOB. DIREKSIYaNI TUGATISh

VA QAYTA TAShKIL ETISh


41. Direksiya qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda, sud yoki Ta’sischining qaroriga muvofiq tugatishi va qayta tashkil etilishi mumkin.


42. Direksiya uning huquqi va majburiyatlarini boshqa shaхslarga meros qilib oʻtkazmasdan faoliyatini tugatadi. Qayta tashkil yetilayotganda uning huquq majburiyatlari huquqiy vorisga oʻtadi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 29 aprel