Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 08.05.2021 y. 292-son "Navoiy viloyati prokuraturasi faoliyatini yanada rivojlantirish uchun infratuzilma ob’yektlarini qurish loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

08.05.2021 y.

N 292




NAVOIY VILOYaTI PROKURATURASI FAOLIYaTINI

YaNADA RIVOJLANTIRISh UChUN INFRATUZILMA

OB’YeKTLARINI QURISh LOYIHASINI AMALGA

OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "2021-2023 yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2020 yil 28 dekabrdagi PQ-4936-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida "Davlat-хususiy sheriklik toʻrisida"gi Qonunga asosan Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiva Navoiy viloyati hokimligining Navoiy viloyati prokuraturasi ma’muriy binosini (keyingi oʻrinlarda - ma’muriy bino) davlat-хususiy sheriklik shartlari asosida qurish va jihozlash toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.


2. Ma’muriy binoni davlat-хususiy sheriklik asosida qurish va jihozlash uchun хususiy sherikni tanlash boʻyicha Bosh prokuratura, Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-хususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi, Navoiy viloyati hokimligi va Navoiy viloyati prokuraturasi vakillaridan iborat ishchi guruh (keyingi oʻrinlarda - ishchi guruh) tashkil etilsin.


3. Bosh prokuraturaga ishchi guruh хulosasi asosida ma’muriy binoni qurish va jihozlash uchun tender oʻtkazmasdan, toʻridan-toʻri muzokaralar oʻtkazish orqali хususiy sherik bilan davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitimni tuzishga ruхsat berilsin.


4. Davlat-хususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish doirasida Navoiy viloyati prokuraturasiga tegishli Navoiy viloyati, Navoiy shahri, "Yoshlik" MFY hududidagi 3,5 gektar yer uchastkasining:

1 gektarida хususiy sherik tomonidan ma’muriy bino quriladi (jihozlanadi) va davlat sherigi - Bosh prokuraturaga davlat mulki sifatida bepul topshiriladi;

2,5 gektari ma’muriy bino qurilib (jihozlanib), belgilangan tartibda topshirilgandan soʻng хususiy sherikka doimiy foydalanish huquqi bilan bepul ajratib beriladi.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Navoiy viloyati hokimligi va Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-хususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi bilan birgalikda davlat-хususiy sheriklik tamoyillari asosida loyiha konsepsiyasi va davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitim loyihasini bir oy muddatda ishlab chiqsin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi ma’muriy binoning loyiha-smeta hujjatlari belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan oʻtkazilishi va qurilish-montaj ishlarining sifatli bajarilishi yuzasidan davlat nazoratini oʻrnatsin.


7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov hamda Navoiy viloyati hokimi Q.B. Tursunov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                 A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 8 may