Sogʻliqni saqlash vazirining 12.05.2021 y. 6-son "Tibbiy faoliyat amalga oshiriladigan tibbiy iхtisosliklar turlari nomenklaturasini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 12.05.2021 y. 3303-son bilan roʻyхatga olingan)
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN
ROʻYXATGA OLINGAN
12.05.2021 y.
N 3303
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
SOGʻLIQNI SAQLASh VAZIRINING
12.05.2021 y.
N 6
BUYRUGʻI
Tibbiy faoliyat amalga oshiriladigan tibbiy
iхtisosliklar turlari nomenklaturasini
tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 21 iyundagi 405-son "Tibbiy faoliyatni litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qaroriga muvofiq BUYuRAMAN:
1. Tibbiy faoliyat amalga oshiriladigan tibbiy iхtisosliklar turlari nomenklaturasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Sogʻliqni saqlash vaziri A. Xodjibayev
2-ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy
normativ-huquqiy hujjatlar
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2017 yil 25 iyuldagi 97-son "Tibbiy faoliyat amalga oshiriladigan tibbiy iхtisosliklar turlari nomenklaturasini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi buyrugʻi (roʻyхat raqami 2908, 2017 yil 28 iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017 y., 30-son, 765-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2018 yil 7 dekabrdagi 55-son "Tibbiy faoliyat amalga oshiriladigan tibbiy iхtisosliklar turlari nomenklaturasiga qoʻshimchalar kiritish haqidagi"gi buyrugʻi (roʻyхat raqami 2908-1, 2018 yil 28 dekabr) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2018 y., 10/18/2908-1/2389-son).
3. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2019 yil 15 martdagi 72-son "Tibbiy faoliyat amalga oshiriladigan tibbiy iхtisosliklar turlari nomenklaturasiga qoʻshimcha kiritish haqida"gi buyrugʻi (roʻyхat raqami 2908-2, 2019 yil 5 aprel) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2019 y., 10/19/2908-2/2887-son).
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),
2021 yil 12 may