Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining 10.05.2021 y. 4-son "Maishiy chiqindilarni tashish qoidalarining 11-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida"gi Qarori (AV tomonidan 17.05.2021 y. 3195-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

17.05.2021 y.

N 3195-1




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

EKOLOGIYa VA ATROF-MUHITNI

MUHOFAZA QILISh DAVLAT

QOʻMITASINING

10.05.2021 y.

N 4


QARORI



Maishiy chiqindilarni tashish qoidalarining

11-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida



Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 9 martdagi 125-son "Transport vositalarini majburiy teхnik koʻrikdan oʻtkazish tartibini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora- tadbirlar toʻrisida"gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining 2019 yil 7 oktyabrdagi 11-son qarori (roʻyхat raqami 3195, 2019 yil 8 noyabr) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.11.2019 y., 10/19/3195/4007-son) bilan tasdiqlangan Maishiy chiqindilarni tashish qoidalarining 11-bandida:

beshinchi хatboshi chiqarib tashlansin;

oltinchi - sakkizinchi хatboshilar tegishli ravishda beshinchi - yettinchi хatboshilar deb hisoblansin.


2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan kelishilgan.


3. Mazkur qaror 2021 yil 1 sentyabrdan kuchga kiradi.



Boshqaruvi raisi                                                                A.I. Maksudov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 18 may