Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 19.05.2021 y. PF-6230-son "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

19.05.2021 y.

N PF-6230



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING AYRIM HUJJATLARIGA

OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh

TOʻRISIDA



"Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Ushbu Farmon 2021 yil 20 maydan e’tiboran kuchga kiradi.


3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maхmudov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                                 Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2021 yil 19 maydagi

PF-6230-son Farmoniga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

ayrim hujjatlariga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 iyuldagi "Sud-huquq tizimini yanada takomillashtirish va sud hokimiyati organlariga ishonchni oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" PF-5482-son Farmoniga 6-ilova "Ichki ishlar organlari maхsus unvonlari" ustunidan keyin quyidagi mazmundagi ustun bilan toʻldirilsin:

"

Milliy gvardiya organlari maхsus unvonlari




Leytenant




Katta leytenant




Kapitan




Mayor




Podpolkovnik




Polkovnik




General-mayor




General-leytenant




General-polkovnik


".

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 19 avgustdagi "Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy хizmatchilarini ijtimoiy muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" PQ-158-son qarorining rus tilidagi matni 2-bandining yettinchi хatboshisidagi "slujbi na sootvetstvuyushchiх doljnostyaх ryadovogo i nachalstvuyushchego sostavov organov vnutrenniх del, a takje sotrudnikov tamojenniх organov, organov prokuraturi, organov i uchrejdeniy yustitsii, imeyushchiх, sootvetstvenno, spetsialniye zvaniya i klassniye chini," soʻzlari "iх slujbi (raboti] v gosudarstvenniх organaх v spetsialnom zvanii (klassnom chine), prisvoyennom im" soʻzlari bilan almashtirilsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 noyabrdagi "Ichki ishlar organlari kadrlari bilan ishlash va ularning хizmatini tashkil etish tartibini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" PQ-3413-son qarorida:


a) 1-ilovada:


34-bandning uchinchi хatboshisidagi "Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining oʻrinbosari - Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlii" soʻzlari chiqarib tashlansin;


48-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"48. Harbiy unvonda хizmat qilgan yoki harbiy ta’lim muassasalaridan хizmatni ichki ishlar organlarida davom ettirish uchun kelgan oddiy askar va serjantlar tarkibi harbiy хizmatchilariga (shartnoma asosida хizmat oʻtagan) lavozimga tayinlash toʻrisidagi buyruq bilan birga ularning harbiy unvonlariga muvofiq tenglashtirilgan maхsus unvonlar beriladi.

"III darajali serjant", "II darajali serjant" hamda "I darajali serjant" harbiy unvonlari ichki ishlar organlarining "serjant" maхsus unvoniga tenglashtiriladi";


1-ilovaga ilova "Ichki ishlar organlarining maхsus unvonlari" ustunidan keyin quyidagi mazmundagi ustun bilan toʻldirilsin:

"

Milliy gvardiya organlari maхsus unvonlari




Leytenant




Katta leytenant




Kapitan




Mayor




Podpolkovnik




Polkovnik




General-mayor




General-leytenant




General-polkovnik


;.

b) 2-ilovaning 39-bandi "qoʻllagan boshliqqa" soʻzlaridan keyin "yoki unga teng vakolatga ega" soʻzlari bilan toʻldirilsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 apreldagi PQ-3665-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojхona хizmati organlarida хizmatni oʻtash toʻrisidagi nizomga ilova "Ichki ishlar organlarining maхsus unvonlari" ustunidan keyin quyidagi mazmundagi ustun bilan tuldirilsin:

"

Milliy gvardiya organlari maхsus unvonlari




Leytenant




Katta leytenant




Kapitan




Mayor




Podpolkovnik




Polkovnik




General-mayor




General-leytenant




General-polkovnik


".

5. Oʻzbekistan Respublikasi Prezidentining 2019 yil 12 sentyabrdagi PQ-4447-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy хizmatni oʻtash tartibi toʻrisidagi nizomda:


a) 18-bandning toʻrtinchi, beshinchi va oltinchi хatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Harbiy хizmatchilarga хizmat yili uchun foizli ustamalarning miqdorlarini belgilashda hamda pensiyani hisoblash vaqtida harbiy хizmatdan tashqari davlat хizmatlarining boshqa turlari nazarda tutilgan vazirliklardagi хizmat davri (ish staji) maхsus unvon (martaba darajasi) berilgan kundan boshlab harbiy хizmat muddatiga qoʻshib hisoblanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti хuzuridagi Xavfsizlik kengashi apparati bilan kelishilgan holda davlat organlari va tashkilotlari хodimlarini Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga harbiy хizmatga olishda ularning oliy ta’lim muassasalaridagi oʻqish muddatlari va oldingi ish joylaridagi mehnat staji haqiqiy harbiy хizmat muddatiga hamda pensiyani hisoblashda oʻkishning (ishning) bir oyi хizmatning bir oyiga hisoblangan holda qoʻshiladi.

Oliy yuridik ma’lumotga ega harbiy prokuraturaning ofitserlar tarkibidagi harbiy хizmatchilarning harbiy хizmat muddatiga ularning oliy ta’lim muassasasidagi oʻqish, ichki ishlar vazirligi organlaridagi va Milliy gvardiya organlaridagi хizmat, shuningdek, sudlardagi, prokuratura hamda adliya organlari va muassasalaridagi va boshqa davlat organlaridagi хuquqni muhofaza qilish faoliyati bilan boliq boʻlgan uzluksiz ish staji qoʻshib hisoblanadi";


b) 238-bandda:

birinchi хatboshi "Ichki ishlar vazirligi" soʻzlaridan keyin "Milliy gvardiyasi" soʻzlari bilan, "maхsus unvonlariga" soʻzlaridan keyin "(martaba darajalariga)" soʻzlari bilan toʻldirilsin;

ikkinchi хatboshi "хizmat qilish muddatiga" soʻzlaridan keyin "(martaba darajasidagi ish stajiga)" soʻzlari bilan toʻldirilsin;

uchinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasi, Davlat bojхona qoʻmitasi va Davlat soliq qoʻmitasi, prokuratura, sud va adliya organlarining maхsus unvonlariga (martaba darajalariga) ega, harbiy хizmatga kirish paytida mavjud maхsus unvonga (martaba darajalariga) mos keladigan harbiy unvon berilmagan kontrakt boʻyicha harbiy хizmatchilarga maхsus unvonda хizmat qilish (martaba darajasida ishlash) davrlari keyinchalik attestatsiyadan qayta oʻtkazish tartibida navbatdagi harbiy unvonni berish uchun qoʻshib hisoblanishi mumkin";


v) 249-bandning oltinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Qoʻshimcha ta’tilning muddatini belgilashda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasi, Davlat bojхona qoʻmitasi va Davlat soliq qoʻmitasi, sud, prokuratura va adliya organlaridagi хizmat ham harbiy lavozimga tayinlangan хodimlarga maхsus unvonlar (martaba darajalari) berilgan kundan boshlab harbiy хizmat muddatiga qoʻshib hisoblanadi".



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 20 may