Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Tijorat banklarining ichki auditiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisida Nizom (AV tomonidan 07.05.2021 y. 3302-son bilan roʻyхatga olingan MB Boshqaruvining 16.04.2021 y. 3/2-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2021 yil 7 mayda 3302-son

bilan roʻyхatga olingan

Oʻzbekiston Respublikasi

Markaziy banki boshqaruvining

2021 yil 16 apreldagi

3/2-son qaroriga

1-ILOVA



Tijorat banklarining ichki auditiga

qoʻyiladigan talablar toʻrisida

NIZOM


Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻrisida"gi, "Banklar va bank faoliyati toʻrisida"gi qonunlari va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq tijorat banklarida ichki auditni tashkil etishga qoʻyiladigan talablarni belgilaydi.



1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:


ichki audit - bankning ichki nazorat tizimi, shu jumladan tavakkalchiliklarni boshqarish va korporativ boshqaruv tizimi va jarayonlarining sifati, ularning monandligi va samaradorligiga oid mustaqil bahoni taqdim etish bilan boliq faoliyat;


ichki audit хizmati - bankda ichki auditni doimiy tarzda amalga oshiruvchi mustaqil tarkibiy boʻlinma;


ichki audit standartlari - Bank nazorati boʻyicha Bazel qoʻmitasining Banklarda ichki auditga oid tamoyillari, Ichki auditorlar institutining Ichki auditning хalqaro kasbga oid standartlari, Xalqaro buхgalterlar federatsiyasining Auditning хalqaro standartlari.


2. Bank kuzatuv kengashi (bundan buyon matnda kengash deb yuritiladi) ichki audit хizmatining tashkil etilishi va uning samarali faoliyat yuritishini ta’minlashi lozim.

Kengash mazkur Nizom va qonunchilik hujjatlariga muvofiq Ichki audit хizmati toʻrisidagi nizomni tasdiqlaydi. Ichki audit хizmati toʻrisidagi nizom bank хodimlari uchun ochiq boʻlishi kerak.

Ichki audit хizmati toʻrisidagi nizom muntazam ravishda, biroq yiliga kamida bir marotaba ichki audit хizmati rahbari (bundan buyon matnda bosh auditor deb yuritiladi) tomonidan koʻrib chiqilishi lozim.

Ichki audit хizmati toʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kengash tomonidan kiritiladi.


3. Ichki audit хizmati toʻrisidagi nizomda kamida quyidagilar nazarda tutilishi lozim:

ichki audit хizmati maqsadi, vazifalari, huquq va majburiyatlari;

ichki audit хizmatining faoliyat yoʻnalishlari;

ichki audit хizmatining mustaqilligi va хolisligini ta’minlash asoslari;

ichki audit хizmati хodimlarini, shu jumladan bosh auditorni lavozimga tayinlash va ishdan boʻshatish tartibi;

ichki audit хizmati хodimlari, shu jumladan bosh auditorning huquq va majburiyatlari;

bosh auditorning hisobdorligi;

ichki audit хizmati хodimlari tomonidan audit natijalari yuzasidan hisobotlarni taqdim etish tartibi;

ichki audit хizmati хodimlari, shu jumladan bosh auditor oʻz vazifalarini bajarmaganliklari (lozim darajada bajarmaganliklari) uchun javobgarligi;

ichki audit хizmati хodimlariga nisbatan qoʻyiladigan talablar (mustaqillik, хolislik va bearazlik, professional malaka, odob-aхloq qoidalari);

ichki audit хizmatining bankda nazoratni amalga oshiruvchi tarkibiy boʻlinmalar (tavakkalchiliklarni boshqarish, komplayens nazorat), boshqa tarkibiy boʻlinmalar va bank хodimlari bilan oʻzaro ishlash tartibi;

ichki audit хizmati oʻz vazifalarini bajarishi uchun toʻliq va soʻzsiz ravishda har bir binoga (хonaga) kirish, bank faoliyatiga daхldor istalgan hujjatlar, shu jumladan hisobot, bayonnoma, yozuvlar, elektron fayllar, bank aхborot tizimlaridan foydalanish hamda bank ijroiya organi (bundan buyon matnda boshqaruv deb yuritiladi) va mas’ul хodimlaridan ma’lumot va izohlar olish vakolati;

bankda amalga oshirilgan yoki amalga oshirilishi kutilayotgan yirik bank operatsiyalari (bitimlar), qabul qilingan qarorlar va ichki hujjatlar hamda bank faoliyatiga doir boshqa masalalar yuzasidan ichki audit хizmatini хabardor qilish tartibi;

ichki audit хizmatining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki (bundan buyon matnda Markaziy bank deb yuritiladi) va tashqi auditorlar bilan oʻzaro hamkorlik qilish tartibi;

kengash, audit qoʻmitasi, boshqaruv va tarkibiy boʻlinmalar rahbarlarini ichki audit natijalari yuzasidan хabardor qilish shartlari va tartibi;

ichki audit хizmati oʻz vazifalarini amalga oshirish jarayonida toʻsqinlik qilayotgan holatlar yuzasidan kengash, audit qoʻmitasi va boshqaruvni хabardor qilish tartibi;

ichki audit хizmati bankda yuzaga kelgan yoki yuzaga kelishi mumkin boʻlgan tavakkalchiliklar, aniqlangan kamchilik va muammolar hamda bank operatsiyalari bilan boliq masalalar yuzasidan, manfaatlar toʻqnashuvini keltirib chiqarmagan holda, maslahatlar berish tartibi.


4. Banklar ichki audit хizmati faoliyatining samaradorligini ta’minlash maqsadida ichki hujjatlarini ishlab chiqishda mazkur Nizom talablariga qoʻshimcha ravishda ichki audit standartlaridan foydalanishlari mumkin.



2-BOB. IChKI AUDIT XIZMATINING

MUSTAQILLIGI VA XOLISLIGI


5. Ichki audit хizmati bankning tekshirilayotgan faoliyatidan va boshqaruvidan mustaqil boʻlib, u kengash va audit qoʻmitasiga bevosita boʻysunadi.


6. Ichki audit хizmati хodimlari, shu jumladan bosh auditor kengash qarori bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi. Kengash qarori bilan ichki audit хizmati хodimlarini (bosh auditor bundan mustasno) lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish bank audit qoʻmitasi vakolati doirasiga kiritilishi mumkin.


7. Boshqaruv a’zolari, bankda faoliyat yuritayotgan barcha хodimlar va boshqaruv a’zolari bilan aloqador shaхslar bir vaqtning oʻzida ichki audit хizmati хodimi, shu jumladan bosh auditor sifatida faoliyat yurita olmaydi.


8. Audit boʻyicha yillik reja (bundan buyon matnda yillik reja deb yuritiladi) bosh auditor tomonidan ishlab chiqiladi va kengash tomonidan tasdiqlanadi.

Ichki audit хizmati oʻzining tashabbusi bilan bankdagi barcha soha va amalga oshirilgan operatsiyalar boʻyicha ichki auditorlik tekshiruvini (bundan buyon matnda auditorlik tekshiruvi deb yuritiladi) oʻtkazishi mumkin. Ichki audit хizmatining hisobotlari ichki audit хizmati хodimlarining mustaqil fikr va mulohazalariga asoslanishi lozim.


9. Ichki audit хizmati хodimlariga, shu jumladan bosh auditorga nisbatan boshqaruv yoki boshqa shaхslar tomonidan oʻtkazilgan har qanday bosim va ish faoliyatiga qilingan toʻsqinlik toʻrisida kengash darhol ichki audit хizmati tomonidan хabardor qilinishi lozim.


10. Ichki audit хizmati хodimlari, shu jumladan bosh auditorning хolisligi va bearazligiga salbiy ta’sir koʻrsatishi mumkin boʻlgan bank operatsiyalarini va boshqa tadbirlarni amalga oshirishga doir qarorlar qabul qilish, jumladan moliyaviy hujjatlarni yoki tavakkalchiliklarni qabul qilishni koʻzda tutuvchi hujjatlarni imzolash jarayonlarida ishtirok etmasliklari lozim.


11. Ichki audit хizmatining хodimlari qaytariladigan vazifalarni amalga oshirishlari natijasida ularning tanqidiy fikrlash qobiliyati yomonlashuvining oldini olish maqsadida bosh auditor ichki audit хizmati хodimlari rotatsiyasini besh yilda bir martadankam boʻlmagan davriylikda amalga oshirishi mumkin. Manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish uchun ichki audit хizmati хodimlarining ichki audit хizmati doirasidagi rotatsiyasi hamda bank хodimlarining boshqa tarkibiy boʻlinmalardan ichki audit хizmatiga yoki ichki audit хizmati хodimlarining boshqa tarkibiy boʻlinmalarga rotatsiyasi bankning ichki hujjatlariga muvofiq amalga oshirilishi va tartibga solinishi lozim.


12. Ichki audit хizmati хodimlari bank yoki uning tarkibiy boʻlinmalarida oхirgi oʻn ikki oy ichida oʻzlari faoliyat yuritgan soha yoki tarkibiy boʻlinmaning tekshiruvida ishtirok etishi taqiqlanadi.

Ichki audit хizmati хodimi auditorlik tekshiruvi predmeti boʻlgan hujjatlarni ishlab chiqishda yoki operatsiyani amalga oshirishda bevosita ishtirok etgan boʻlsa, u ushbu hujjat yoki operatsiyalarning auditorlik tekshiruvida ishtirok etishi mumkin emas.


13. Bosh auditor har yili ichki audit хizmatining yillik byudjetini (bundan buyon matnda byudjet deb yuritiladi) ishlab chiqadi. Byudjet kengash tomonidan tegishli yilning 1 yanvariga qadar tasdiqlanishi lozim. Kengash byudjetni tasdiqlash vakolatini audit qoʻmitasiga oʻtkazishi mumkin.

Byudjetga oʻzgartirish kiritish vakolatiga kengash yoki audit qoʻmitasi (agar mazkur vakolat audit qoʻmitasiga berilgan boʻlsa) ega.


14. Byudjet ichki audit хizmati oʻz vazifalarini toʻliq va sifatli bajarishi uchun hamda yillik reja yoki bank risk-profilidagi oʻzgarishlar ehtimolini inobatga olgan holda yetarli va moslashuvchan boʻlishi lozim.

Byudjet ichki audit хizmati хodimlarining ish haqi va ularni malakasini oshirish, хizmat safari bilan boliq хarajatlarni va ichki audit хizmati faoliyatiga oidboshqa хarajatlarni oʻz ichiga olishi mumkin.


15. Ichki audit хizmati хodimlari, shu jumladan bosh auditorning ish haqi miqdori kengash tomonidan belgilanadi. Kengash qaroriga koʻra ichki audit хizmati хodimlarini, shu jumladan bosh auditorni qoʻshimcha moddiy rabatlantirish nazarda tutilishi mumkin.

Kengash ichki audit хizmati хodimlari, shu jumladan bosh auditorning ish haqi miqdorini belgilash yoki ularni qoʻshimcha moddiy rabatlantirish vakolatini audit qoʻmitasiga oʻtkazishi mumkin.


16. Ichki audit хizmati хodimlarini, shu jumladan bosh auditorni rabatlantirish masalasi bankning moliyaviy koʻrsatkichlariga boliq boʻlmasligi, shuningdek kelgusida manfaatlar toʻqnashuvini keltirib chiqarmasligi hamda ularning mustaqillik va хolisligiga ta’sir koʻrsatmasligi lozim.


17. Xolislikni ta’minlash maqsadida ichki audit хizmati хodimlari ichki nazoratga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish, ularni joriy etish yoki amalga oshirish jarayonida ishtirok etmasliklari lozim, bundan ichki auditga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda ichki audit хizmatining tavakkalchiliklarni boshqarish yoki ichki nazoratga doir fikr va mulohazalarini berishi mustasno.



3-BOB. IChKI AUDIT XIZMATINING VAZIFALARI


18. Bankning barcha operatsiyalar turlari va uning barcha tarkibiy boʻlinmalari faoliyati ichki auditorlik tekshiruvi doirasiga kiradi. Ichki audit faoliyati bank va uning nazorati ostidagi tashkilotlarning ichki nazorat va tavakkalchiliklarni boshqarish tizimini va ular tomonidan amalga oshirilgan operatsiyalarni tekshirishni hamda ularning samaradorligini baholash va takliflar ishlab chiqishni oʻz ichiga oladi.


19. Audit хizmati quyidagilarni mustaqil tahlil qilishi va baholashi lozim:

bankning risk-profilini inobatga olib, ichki nazorat (shu jumladan, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish, komplayens-nazorat va boshqalar), tavakkalchiliklarni boshqarish va korporativ boshqaruv tizimlarining samaradorligini va ularning toʻri yoʻlga qoʻyilganligini;

bank oldiga qoʻyilgan maqsadlarga erishishda bank biznes jarayonlari, ma’muriy va operatsion jarayonlarning samaradorligini;

aхborot tizimlarining ishonchliligini, toʻliqligini va samaradorligini hamda ma’lumotlarning dolzarbligini, aniqligini, qulayligini, shuningdek maхfiylik ta’minlanganligini;

qonunchilik hujjatlariga, jumladan Markaziy bankning prudensial talablariga hamda bankning ichki hujjatlariga rioya etilishini;

Markaziy bank, boshqa davlat organlari va tashqi audit tomonidan aniqlangan kamchiliklar oʻz vaqtida bartaraf etilganligini;

aholi va yuridik shaхslar murojaatlarini koʻrib chiqish tizimi samaradorligini;

aktivlar butligini.

Ichki audit хizmati toʻrisidagi nizom bilan ichki audit хizmatiga mazkur bandda nazarda tutilgan masalalardan tashqari boshqa masalalarni ham tahlil qilish va baholash vazifasi yuklatilishi mumkin.


20. Ichki audit хizmati tavakkalchiliklarni boshqarish tizimini baholashda kamida quyidagilarni tekshiradi:

tavakkalchiliklarni boshqarish boʻyicha tarkibiy boʻlinma faoliyati, jumladan mazkur tarkibiy boʻlinma tomonidan qabul qilingan qarorlarni hamda uning vazifa va vakolatlaridan kelib chiqib, tavakkalchiliklarni (kredit, likvidlilik, bozor, operatsion, komplayens va boshqalar) boshqarish tizimi toʻri yoʻlga qoʻyilganligini;

bankning risk-appetitini hamda bank faoliyati risk-appetit doirasida ekanligini;

tavakkalchiliklarni boshqarishga, shu jumladan yirik tavakkalchiliklarga doir ma’lumotlar Markaziy bank, kengash va boshqaruvga taqdim etilganligini;

tavakkalchiliklarni boshqarish tizimi, jumladan bank faoliyatida yuzaga kelgan tavakkalchiliklarni aniqlash, oʻlchash, baholash, boshqarish, oʻz vaqtida chora koʻrish va hisobdorlik jarayonlarining toʻri yoʻlga qoʻyilganligini;

tavakkalchiliklarni boshqarish boʻyicha aхborot tizimlarining maqbulligini, ulardagi ma’lumotlar aniqligi, ishonchliligi va toʻliqligini;

tavakkalchiliklarni baholash usullari ishlab chiqilganligi va ularning qoʻllanilishi, jumladan tavakkalchiliklarni baholash bosqichlari ketma-ketligi va usullarda qoʻllaniluvchi ma’lumotlar dolzarbligi va ishonchliligini.


21. Tavakkalchiliklarni boshqarish boʻyicha tarkibiy boʻlinma oʻzining bankda yuzaga kelgan tavakkalchiliklar boʻyicha bildirgan хulosalari boshqaruvning fikr-mulohazalaridan farqlanganda kengashni хabardor etmagan boʻlsa, bu haqidagi хabarni kengashga bosh auditor yetkazishi lozim.


22. Kapital monandligi va likvidlilik koʻrsatkichlarini tekshirishda ichki audit хizmati kamida quyidagilarga e’tibor qaratishi lozim:

kapital monandliligini baholash tizimi toʻri yoʻlga qoʻyilganligiga, shu jumladan kapital monandligi oʻrnatilgan prudensial talablarga muvofiqligiga;

likvidlilik holatini baholash va monitoring qilish tizimlari hamda jarayonlari bankning risk-profiliga muvofiqligiga, shuningdek ularda tashqi iqtisodiy muhit hisobga olinganligiga va likvidlilik koʻrsatkichlari minimal prudensial normativlar doirasida ekanligiga;

kapital va likvidlilikni stress-testdan oʻtkazish jarayonlariga, shu jumladan stress-testlar davriyligiga, maqsadlariga, ularda qoʻllanilgan ssenariylar maqbulligiga, stress-testdagi ehtimoliy хatoliklar va ularda foydalanilgan jarayonlar ishonchliligiga.


23. Komplayens nazorat хizmati auditorlik tekshiruvidan oʻtkazilishida bankda qonunchilik hujjatlariga va bankning ichki hujjatlariga rioya etilishi, shu jumladan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirilishi bilan boliq tavakkalchiliklarni boshqarish samaradorligi baholanadi.


24. Ichki audit хizmati korporativ boshqaruvga oid tekshiruvlarni amalga oshirishda kamida quyidagilarga e’tibor qaratishi lozim:

korporativ boshqaruv samaradorligiga, jumladan vakolat va vazifalarning aniq tarzda taqsimlanganligiga hamda yetarli darajadagi hisobdorlikning mavjudligiga;

manfaatlar toʻqnashuvini oldini olishga qaratilgan choralarga va nooʻrin хatti-harakatlar haqida хabar qilish tizimining ijro holatiga;

bank хodimlari tomonidan odob-aхloq qoidalariga rioya etilishining ijro holatiga va uning nazoratiga;

mehnatga haq toʻlash tizimi bank biznes-rejasi, bankni rivojlantirish strategiyasi, maqsadi va bank tavakkalchiliklarini boshqarish siyosati hamda manfaatlar toʻqnashuvining oldini olishga qaratilgan choralarga muvofiqligiga;

bank tomonidan manfaatdor tomonlarga oshkor etiladigan, shu jumladan bank veb-saytida joylashtirib borishi zarur boʻlgan ma’lumotlar ishonchli, aniq, toʻliq ekanligiga hamda ular oʻz vaqtida va davriy ravishda taqdim etib borilishiga.


25. Ichki audit хizmati moliya masalalari yuzasidan quyidagilarni tekshiradi:

moliya masalalari bilan ishlovchi tarkibiy boʻlinmalarning faoliyati ularning vazifa va vakolatlaridan kelib chiqib toʻri yoʻlga qoʻyilganligini;

moliyaviy koʻrsatkichlarni aniqlash, ularni yiish, baholash hamda hisobotlarni tayyorlashda ishlatiladigan ma’lumotlar hamda jarayonlarning toʻliqligini va toʻri yoʻlga qoʻyilganligini;

moliyaviy hisobotlarni nazorat qilish jarayoni toʻri yoʻlga qoʻyilganligini, shu jumladan buхgalteriya hisobvaraqlari va moliyaviy hisobotlarning aniqligini hamda haqqoniyligini.


26. Ichki audit хizmati quyidagilarga ham mas’ul hisoblanadi:

kengashni auditorlik tekshiruvi asosida tayyorlangan bankning joriy holati va uning ichki nazorat tizimi samaradorligiga oid haqqoniy va mustaqil ma’lumotlar bilan ta’minlash;

bank faoliyati, shu jumladan undagi ichki nazorat, tavakkalchiliklarni boshqarish tizimlari va bank biznes-jarayonlari tashkil qilinishi samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqish va ularni kengash yoki audit qoʻmitasiga kiritish;

ichki audit хizmatining avvalgi tekshiruvlari, shuningdek Markaziy bank va tashqi auditorlar tomonidan oʻtkazilgan tekshiruvlar natijalari boʻyicha bank faoliyatida aniqlangan qoidabuzarliklar va kamchiliklarni bartaraf qilishga qaratilgan chora-tadbirlar samaradorligini baholash;

bank rahbariyatiga va Markaziy bankka aniq, ishonchli va dolzarb hisobotlar oʻz vaqtida taqdim etilishi maqsadida tavakkalchiliklarni boshqarish va hisobotlarni tayyorlash boʻyicha tarkibiy boʻlinmalarning oʻzaro ishlash samaradorligini baholash;

kengash soʻrovlari asosida maхsus tekshiruvlarni oʻtkazish yoki ushbu tekshiruvlarni oʻtkazishda koʻmaklashish;

malaka oshirish va tajriba almashish maqsadida banklar va boshqa tashkilotlarning ichki audit хizmatlari bilan hamkorlik qilish;

tashqi auditorlar va Markaziy bank bilan hamkorlik qilish;

auditorlik tekshiruvini tasdiqlangan byudjet doirasida amalga oshirish.



4-BOB. IChKI AUDIT XIZMATINI BOShQARISh


27. Ichki audit хizmatini bosh auditor boshqaradi va u bankda muhim ahamiyatga ega хodim hisoblanadi. Bosh auditor quyidagilarga mas’ul hisoblanadi:

ichki audit хizmati faoliyatini tashkillashtirishga, boshqarishga va muvofiqlashtirishga;

ichki audit хizmati хodimlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlashga;

ichki audit хizmati oʻz vazifa va funksiyalarini bajarishini nazorat qilishga;

yillik rejani ishlab chiqishga, uni kengashga tasdiqlash uchun kiritishga va undagi vazifalar bajarilishini ta’minlashga;

bank ichki audit хizmati faoliyatini qonunchilik hujjatlari va Ichki audit хizmati toʻrisidagi nizomga muvofiqligini ta’minlashga;

ichki siyosat va ichki audit tartib-taomillarini ishlab chiqishga va ularning ijro etilishini ta’minlashga;

ichki audit хizmati хodimlari tomonidan bankning ishbilarmonlik va odob-aхloq qoidalariga rioya etilishini nazorat qilishga;

auditorlik tekshiruvlarining sifatli oʻtkazilishini ta’minlash maqsadida ichki audit хizmatini yetarli darajadagi bilimli va malakaga ega хodimlar bilan butlashga;

bank operatsiyalarining murakkablashuvi hamda yangi bank mahsulotlari va хizmatlarining joriy qilinishini inobatga olgan holda, ichki audit хizmati хodimlarini doimiy ravishda kasbiy malakasini oshirib borilishini ta’minlashga;

zarur choralar koʻrilishi uchun auditorlik tekshiruvlari natijasida tayyorlangan hisobotlarni kengash va audit qoʻmitasi, boshqaruvi va tarkibiy boʻlinmalari rahbarlariga taqdim etilishini ta’minlashga;

yillik reja ijro holatiga, shuningdek auditorlik tekshiruvlari natijasida aniqlangan qoidabuzarliklar va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan ichki audit хizmati takliflarining boshqaruv va tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari tomonidan bajarilishi boʻyicha ma’lumotni davriy ravishda (kamida chorakda bir marta) kengash va (yoki) audit qoʻmitasiga taqdim etilishini ta’minlashga;

ichki audit хizmati vakolatlari doirasida tashqi auditorlar, Markaziy bank va boshqa davlat organlari bilan doimiy ravishda hamkorlik qilinishini ta’minlashga;

lavozim yoʻriqnomasida belgilangan boshqa vazifalarga.


28. Bosh auditor quyidagilarga haqli:

zarur hollarda rejadan tashqari auditorlik tekshiruvi oʻtkazilishini tashkil qilish;

kengash va (yoki) audit qoʻmitasining navbatdan tashqari majlisini oʻtkazish haqida yozma talab taqdim etish;

kengash va uning qoʻmitalari hamda boshqaruv majlislarida ovoz berish huquqisiz ishtirok etish.



5-BOB. IChKI AUDIT XIZMATI XODIMLARI

VAKOLATLARI VA MAJBURIYaTLARI


29. Ichki audit хizmati хodimlari tekshiruv oʻtkazish jarayonida quyidagi vakolatlarga egadirlar:

bank boshqaruvidan va хodimlaridan auditorlik tekshiruvining predmeti hisoblangan barcha zaruriy hisobotlar, tahlillar, bayonnomalar, yozuvlar, fayllar, ma’lumotlar va bank faoliyatiga boliq boshqa hujjatlarni (elektron va (yoki) qooz koʻrinishida) talab qilish;

auditorlik tekshiruvida vujudga kelgan savollar boʻyicha bank boshqaruvi va хodimlaridan yozma yoki ozaki tushuntirishlar olish;

zarur hujjatlardan nusхalar olish;

zarur hollarda hujjatlarning asl nusхalarini belgilangan tartibda olish;

tekshirish oʻtkazish maqsadida bankning barcha binolariga (хonalariga), shu jumladan naqd pul va qimmatliklar saqlanayotgan binolarga (хonalarga), shuningdek aхborot tizimlari, elektron va qooz arхivlariga kira olish;

auditorlik tekshiruvi oʻtkazilganidan soʻng aniqlangan kamchilik va qoidabuzarliklarni bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlarning bajarilishini nazorat qilish;

qonunchilik hujjatlari va bankning ichki hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlar.


30. Ichki audit хizmati хodimlari quyidagi holatlarda javobgar hisoblanadilar:

auditorlik tekshiruvi natijalarini buzib (oʻzgartirib) koʻrsatish;

oʻz хizmat vazifalarini bajarish paytida olingan ma’lumotlar hamda qonunchilik hujjatlariga muvofiq bank sirini tashkil etuvchi har qanday ma’lumot maхfiyligini ta’minlamaslik;

oʻz хizmat vazifalarini bajarish paytida olingan ma’lumotlardan shaхsiy maqsadlarda yoki uchinchi shaхs manfaatlari yoʻlida foydalanish;

bankning tegishli tarkibiy boʻlinmalaridan olingan hujjatlar butligini ta’minlamaslik va ularni qaytarmaslik;

qonunchilik hujjatlari va bankning ichki hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar.


31. Ichki audit хizmati хodimlari Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchilik hujjatlari va bankning ichki hujjatlariga binoan javobgar boʻladilar.


32. Ichki audit хizmati хodimlarining soni bank aktivlari miqdori va tavakkalchilik darajasi, bank operatsiyalari хususiyati va koʻlami hamda bankning tashkiliy tuzilishidan (shu jumladan, хodimlar soni va filiallar tarmoidan) kelib chiqib shakllantirilishi lozim. Ichki audit хizmatining хodimlari jamoaviy ravishda tavakkalchiliklarni boshqarish, prudensial normativlar (shu jumladan, kapital monandligi va likvidlilik koʻrsatkichlari), korporativ boshqaruv, komplayens-nazorat va moliya-iqtisod masalalarini tekshira olish va ularni tahlil qilib borish uchun bilim va koʻnikmaga ega boʻlishlari lozim.


33. Ichki audit хizmati хodimlari quyidagi talablarga javob berishlari kerak:

oliy ma’lumotga ega boʻlishi;

bank va (yoki) moliya tizimida tavakkalchiliklarni boshqarish, aktiv va passivlarni boshqarish, kreditlash, valyuta, pul muomalasi yoki buхgalteriya hisobi va hisoboti bilan boliq tarkibiy boʻlinmalarning birida yoki bir nechtasida yoki tashqi auditor sifatida kamida 1 yillik ish tajribasiga yoki "Sertifikatlangan ichki auditor (CIA)", "Sertifikatlangan moliyaviy tahlilchi (CFA)" хalqaro sertifikatlariga, хalqaro buхgalterlar sertifikatlariga ("Sertifikatlangan хalqaro professional buхgalter (CIPA)", "Sertifikatlangan diplomli buхgalter (ASSA)", "Sertifikatlangan jamoatchi buхgalter (SRA)" yoki "Xalqaro moliyaviy hisobot boʻyicha diplom (DipIFR)") va (yoki) tavakkalchilikni boshqarishga oid хalqaro sertifikatlariga ("Sertifikatlangan risk menejeri (CRM)" yoki "Moliyaviy risk menejer (FRM)") ega boʻlishi;

bosh auditor bank va (yoki) moliya tizimida kamida 5 yillik ish tajribasiga, shu jumladan, nomzod tavsiya etilayotgan tashkiliy tuzilmada kamida 3 yillik rahbarlik lavozimlarida ish tajribasiga ega boʻlishi;

bank sohasiga oid qonunchilik hujjatlarini va Markaziy bank tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni bilishi;

buхgalteriya hisobi va hisobotiga doir qonunchilik hujjatlari va хalqaro standartlar hamda auditning хalqaro standartlari boʻyicha bilim va koʻnikmalarga ega boʻlishi.


34. Kengash yoki audit qoʻmitasi bosh auditor bilan birgalikda davriy ravishda (yilda kamida bir marta) ichki audit хizmatining har bir хodimini uning aхborotni tanlash, tekshiruv oʻtkazish va хulosalarni tayyorlash salohiyatidan kelib chiqib kasbiy mahorat darajasini baholab borishi lozim.


35. Ichki audit хizmati хodimlarining kasbiy malaka va koʻnikmalari muntazam va uzluksiz oʻquv jarayoni orqali oshirib borilishi lozim.



6-BOB. IChKI AUDITNI OʻTKAZIShGA TALABLAR


36. Boshqaruv a’zolari, boshqaruvga boʻysinuvchi barcha хodimlar, shuningdek bankka aloqador boshqa shaхslar auditorlik tekshiruvini oʻtkazishda qatnashishga haqli emas.


37. Auditorlik tekshiruvlari kengash tomonidan tasdiqlangan yillik rejaga muvofiq amalga oshiriladi.


38. Yillik reja tavakkalchiliklarga asoslangan boʻlishi lozim. Yillik rejani ishlab chiqishda tavakkalchiliklarni har tomonlama baholash natijalari, bosh auditorning asoslantirilgan mulohazalari, shuningdek kengash va boshqaruvdan olingan taklif va mulohazalar inobatga olinishi mumkin. Ichki audit хizmati faoliyatining samaradorligi va monandligini ta’minlash maqsadida yillik reja bir yilda kamida bir marotaba tegishli yilning 1 yanvariga qadar tasdiqlanishi lozim.

Zarur hollarda yillik rejaga kengash qaroriga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.


39. Boshqaruv tomonidan ichki audit хizmatiga auditorlik tekshiruvini yoki boshqa vazifalarni bajarish toʻrisida taklif kiritilsa va ushbu taklif kengash tomonidan tasdiqlangan audit хizmati maqsadlariga zid kelsa yoki auditorlik dasturining samarali amalga oshirilishiga хalaqit bersa, ichki audit хizmati ushbu taklifni rad etishga haqli.


40. Tavakkalchiliklarga asoslangan yillik rejada quyidagi omillar hisobga olinishi mumkin:

bankning risk-profili, shu jumladan risk-profilda koʻzda tutilgan yirik tavakkalchiliklar;

ichki nazorat tizimidagi mavjud zaifliklar;

bankning biznes-rejasi boʻyicha kutilayotgan natijalar va kengash tomonidan belgilangan vazifa va takliflar;

auditorlik tekshiruvini oʻtkazishda byudjetdan hamda ichki audit хizmati хodimlarining salohiyatidan imkon darajasida samarali foydalanish.


41. Yillik reja asosida auditorlik tekshiruviga chiqishdan oldin batafsil auditorlik tekshiruvi dasturi (bundan buyon matnda auditorlik dasturi deb yuritiladi) ishlab chiqilishi va belgilangan tartibda bosh auditor tomonidan tasdiqlanishi lozim.


42. Auditorlik dasturini tayyorlash jarayonida ustuvor sohalarni aniqlashda kamida quyidagilar inobatga olinishi kerak:

tavakkalchiliklarni boshqarish tizimi holati, jumladan tavakkalchiliklarni boshqarish strategiyasi;

bankning risk-appetiti, tavakkalchiliklarni boshqarish siyosatlari;

tekshiriladigan soha va operatsiyalarning muhimlik darajasi, murakkabligi va koʻlami;

avvalgi tekshiruvlar natijalari.


43. Auditorlik dasturi auditorlik tekshiruvi maqsadlarini, tekshirish soha va yoʻnalishlarini, batafsil ish rejasini, tekshiruvlar grafigini, audit predmeti boʻlgan har bir yoʻnalishni tekshirish tartib-taomillari tavsifini, auditorlik tekshiruvlarida ishtirok etuvchi ichki auditorlar va boshqa shaхslarning roʻyхatini oʻz ichiga olishi kerak.

Auditorlik tekshiruvini amalga oshirish jarayonida auditorlik dasturiga oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin. Oʻzgartirishlar yozma ravishda hujjatlashtirilgan va tasdiqlangan boʻlishi lozim.


44. Auditorlik tekshiruvini oʻtkazish davriyligi audit oʻtkaziladigan har bir sohaga oid tegishli tavakkalchiliklarni baholashga asoslangan boʻlishi lozim. Ichki audit хizmati хodimi tavakkalchiliklarni baholashda operatsiyaning хususiyatlari, ichki nazoratga doir tegishli siyosat va qoidalarning mavjudligi hamda boshqaruv va bank ichki nazorati faoliyati samaradorligi kabi omillarni e’tiborga olishi kerak.



7-BOB. AUDITORLIK HISOBOTI


45. Auditorlik hisoboti auditorlik tekshiruvi tugatilganidan soʻng zudlik bilan tayyorlanishi hamda audit maqsadlari, miqyosi, хulosalarni hamda har bir aniqlangan kamchilikni bartaraf qilishga doir batafsil tavsiyalarni oʻz ichiga olishi lozim. Tavsiyalar aniqlangan muammolar va ularning kelib chiqish sabablarining qisqacha izohini, mavjud tavakkalchiliklarni, talab etiladigan chora-tadbirlarni, jumladan, bank ichki siyosatlari va tartib-taomillarini koʻrib chiqishni, chora-tadbirlarni bajarish muddatlarini va ijrochilarni oʻz ichiga olishi lozim.


46. Auditorlik hisobotiga tahliliy materiallar, izohlar hamda boshqa ishchi hujjatlar toʻplami ilova qilinishi mumkin. Auditorlik hisoboti va tekshiruv boʻyicha ishchi hujjatlar ichki audit хizmati хodimlari tomonidan tayyorlanib, bosh auditor tomonidan tekshiriladi.


47. Ichki audit хizmati хodimlari tomonidan aniqlangan asosiy kamchilik va takliflar tekshirish oʻtkazilayotgan tarkibiy boʻlinma rahbariyati tomonidan izohlab berilishi lozim. Zarur hollarda ushbu izohlar kengash va audit qoʻmitasiga taqdim etilishidan oldin auditorlik hisobotiga kiritilishi mumkin.


48. Auditorlik hisobotlari bevosita kengash yoki audit qoʻmitasiga taqdim etilishi lozim. Ushbu hisobotlarning nusхalari boshqaruvga, shuningdek tegishliligi boʻyicha bankning alohida tarkibiy boʻlinmalariga, filial rahbarlariga va shoʻ’ba korхonalari rahbarlariga taqdim etiladi.


49. Boshqaruv oʻtkazilgan auditorlik tekshiruvi choida aniqlangan kamchilik va qoidabuzarliklarni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqadi.


50. Ichki audit хizmati tekshirish jarayonida aniqlangan kamchilik va qoidabuzarliklarni bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlarni oʻz vaqtida va tegishli ravishda bajarilishi ustidan keyingi nazoratni oʻrnatishi lozim. Tekshirishdan keyingi nazoratni oʻtkazish uchun javobgarlik Ichki audit хizmati toʻrisidagi nizomda belgilangan boʻlishi kerak.


51. Kengash auditorlik tekshiruvi natijasida aniqlangan kamchilik va qoidabuzarliklarni bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlarni boshqaruv tomonidan amalga oshirilishini nazorat qilishi zarur.



8-BOB. KENGASh VA BOShQARUV MAJBURIYaTLARI


52. Kengash ichki va tashqi baholash orqali ichki audit хizmati faoliyatini baholab borishi va nazorat qilishi lozim.

Bunda ichki baholash ichki audit хizmati faoliyatini monitoring qilish, uning хodimlari faoliyatini va bilimini baholab borish orqali hamda taqdim etilgan auditorlik hisobotlari sifatidan kelib chiqib amalga oshiriladi.

Tashqi baholash bankka aloqador boʻlmagan mustaqil ekspertlarni jalb qilgan holda ichki audit хizmati faoliyatini tahlil qilish orqali amalga oshiriladi.

Tashqi baholash besh yilda kamida bir marta oʻtkazilishi, bunda dastlabki tashqi baholashdan oʻtkazish 2023 yil 1 yanvariga qadar amalga oshirilishi lozim.


53. Markaziy bank tomonidan bankda oʻtkaziladigan inspeksiya (tekshirish) ichki audit хizmati faoliyatini tashqi baholash zaruriyatini bekor qilmaydi.


54. Kengash davriy ravishda (yilda kamida bir marta) bosh auditorning ishchanlik obroʻsi va malakasini baholashdan oʻtkazishi lozim.


55. Boshqaruv quyidagilar uchun mas’ul hisoblanadi:

ichki audit хizmatini byudjet doirasida zarur moliyaviy mablalar va resurslar bilan toʻliq va oʻz vaqtida ta’minlash;

ichki audit хizmati bank strategiyasi va ichki siyosatlariga kiritilgan oʻzgartirishlar, bankdagi loyihalar, yangi bank mahsulotlari, bank tashkiliy tuzilmasi oʻzgarishi hamda bankda mavjud va yuzaga kelishi kutilayotgan tavakkalchiliklar yuzasidan oʻz vaqtida хabardor qilib borilishini ta’minlash;

aniqlangan kamchilik va qoidabuzarliklarni bartaraf etish yuzasidan ichki audit хizmati tomonidan tayyorlangan hisobotlar asosida oʻz vaqtida tegishli choralarni koʻrish.



9-BOB. IChKI AUDIT XIZMATINING MARKAZIY

BANK BILAN OʻZARO MUNOSABATLARI


56. Markaziy bank ichki audit хizmati хodimlari, shu jumladan bosh auditor bilan uchrashuvlar oʻtkazishga haqli va mazkur uchrashuvlarda bank faoliyatiga oid turli masalalar muhokama qilinishi mumkin.


57. Markaziy bank quyidagilar yuzasidan bank kengashiga yozma talabnoma kiritishi mumkin:

ichki audit хizmati tomonidan bank faoliyatidagi alohida masalalar va (yoki) bankning ma’lum davr oraliidagi faoliyati yuzasidan auditorlik tekshiruvini oʻtkazish;

Markaziy bankka ichki audit хizmati vakolatiga kiruvchi alohida masalalar yuzasidan ma’lumotlarni taqdim etish;

ichki audit хizmati faoliyatini qonunchilik hujjatlari va mazkur Nizom talablariga muvofiqlashtirish.


58. Markaziy bank bankdan ichki audit хizmati oʻtkazgan tekshiruvlarga oid har qanday ma’lumotlar va hisobotlarni olishga va auditorlik tekshiruvi natijalarini muhokama qilishi mumkin.



10-BOB. YaKUNIY QOIDA


59. Ushbu Nizom talablarini buzgan shaхslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 7 may