Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 26.05.2021 y. PQ-5126-son "Xalqaro shartnomalarni tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

26.05.2021 y.

N PQ-5126



XALQARO ShARTNOMALARNI

TASDIQLASh TOʻRISIDA



"Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasiga muvofiq:


1. Quyidagilar:

2009 yil 20 noyabrda Yalta shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi ishtirokchi-davlatlarining Hukumat rahbarlari kengashi yiilishida imzolangan MDH ishtirokchi-davlatlarining hududidan oʻtuvchi хalqaro transport yoʻlaklarini kelishilgan holda rivojlantirish toʻrisidagi bitim;

2016 yil 28 oktyabrda Minsk shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi ishtirokchi-davlatlarining Hukumat rahbarlari kengashi yiilishida imzolangan MDH ishtirokchi-davlatlarining hududidan oʻtuvchi хalqaro transport yoʻlaklarini kelishilgan holda rivojlantirish toʻrisidagi 2009 yil 20 noyabrdagi bitimga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi bayonnoma tasdiqlansin.


2. Transport vazirligi mazkur хalqaro shartnomalarni amalga oshirish uchun mas’ul vakolatli organ etib belgilansin.


3. Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan mazkur хalqaro shartnomalarning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi hamda ularni amalga oshirish uchun mas’ul boʻlgan vakolatli organ toʻrisida depozitariyga tegishli bildirishnomani yuborsin.


4. Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari mazkur хalqaro shartnomalar kuchga kirgandan keyin Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan oʻrnatilgan tartibda nazoratni ta’minlasin.


5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                    Sh. Mirziyoyev



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 27 may