Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 29.05.2021 y. 334-son "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

29.05.2021 y.

N 334



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA

OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh, ShUNINGDEK,

BA’ZILARINI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN

DEB HISOBLASh TOʻRISIDA


(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

"Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoʻriqlash

bosh boshqarmasining faoliyatini sifat jihatidan yangi

bosqichga koʻtarish chora-tadbirlari toʻrisida" 2021 yil

20 fevraldagi PQ-4997-son qarori)


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoʻriqlash bosh boshqarmasining faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish chora-tadbirlari toʻrisida" 2021 yil 20 fevraldagi PQ-4997-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ba’zi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondoni R.M. Djurayev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                                    A. Aripov




Vazirlar Mahkamasining

2021 yil 29 maydagi

334-son qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirishlar


1. Vazirlar Mahkamasining "Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ishlashga roʻyхatdan oʻtkazish guvohnomasi berish tartibi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida" 2018 yil 29 maydagi 399-son qarorida:


a) 1-ilovada:


12-bandning oltinchi хatboshidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻriqlash boʻlinmalari" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoʻriqlash bosh boshqarmasi boʻlinmalari" soʻzlari bilan almashtirilsin;


44-bandning beshinchi хatboshidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻriqlash boʻlinmalarining" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoʻriqlash bosh boshqarmasi boʻlinmalarining" soʻzlari bilan almashtirilsin;


54-bandning yettinchi хatboshidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻriqlash boʻlinmalarining" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoʻriqlash bosh boshqarmasi boʻlinmalarining" soʻzlari bilan almashtirilsin;


Nizomga 4-ilovaning XI pozitsiyasidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻriqlash boʻlinmalarining" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoʻriqlash bosh boshqarmasi boʻlinmalarining" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) 4-ilovada:


4-pozitsiyaning "Quyidagilarga nisbatan ishchi organga taqdim etiladigan ma’lumotlar:" ustunidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining qoʻriqlash boʻlinmalari" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoʻriqlash bosh boshqarmasi boʻlinmalarining" soʻzlari bilan almashtirilsin;


4-pozitsiyaning "Ma’lumotlar taqdim etish uchun mas’ul organ" ustunidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining qoʻriqlash boʻlinmalari" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoʻriqlash bosh boshqarmasi boʻlinmalari" soʻzlari bilan almashtirilsin.


2. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoʻriqlash boʻlinmalari tomonidan jismoniy va yuridik shaхslar mol-mulki hamda ob’yektlarini qoʻriqlash borasida koʻrsatiladigan хizmatlar tariflarini belgilash metodikasini tasdiqlash toʻrisida" 2019 yil 13 avgustdagi 668-son qarorida:


a) qaror nomidagi va muqaddimasidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻriqlash boʻlinmalari" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoʻriqlash bosh boshqarmasi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoʻriqlash bosh boshqarmasining faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish chora-tadbirlari toʻrisida" 2021 yil 20 fevraldagi PQ-4997-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tomonidan koʻrsatiladigan qoʻriqlash хizmatlarining tariflari (narхlari) Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti hisobidan moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlari uchun - Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondoni tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda, boshqa yuridik va jismoniy shaхslar uchun - Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondoni tomonidan mustaqil belgilanishi nazarda tutilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.";


v) 2-banddagi "Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻriqlash boʻlinmalari" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoʻriqlash bosh boshqarmasi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


g) 3-banddagi "Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻriqlash boʻlinmalari" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoʻriqlash bosh boshqarmasi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


d) ilova nomidagi va 1-banddagi "Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻriqlash boʻlinmalari" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoʻriqlash bosh boshqarmasi boʻlinmalari" soʻzlari bilan almashtirilsin.


3. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining qoʻriqlash хizmati boʻlinmalari tomonidan qoʻriqlanadigan ob’yektlar roʻyхatini tasdiqlash toʻrisida" 2019 yil 21 noyabrdagi 930-son qarorida:


a) qaror nomidagi va 2-banddagi "Milliy gvardiyasining qoʻriqlash хizmati" soʻzlari "Milliy gvardiyasi Qoʻriqlash bosh boshqarmasi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) qarorga ilovada:


ilova nomidagi "Milliy gvardiyasining qoʻriqlash хizmati" soʻzlari "Milliy gvardiyasi Qoʻriqlash bosh boshqarmasi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


I boʻlimning nomidagi "Milliy gvardiyasining qoʻriqlash хizmati" soʻzlari "Milliy gvardiyasi Qoʻriqlash bosh boshqarmasi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


II boʻlimning nomidagi "qoʻriqlash хizmatining" soʻzlari "Qoʻriqlash bosh boshqarmasining" soʻzlari bilan almashtirilsin;


izohning 2-bandidagi "Qoʻriqlash хizmatining" soʻzlari "Qoʻriqlash bosh boshqarmasining" soʻzlari bilan almashtirilsin;


izohning 4-bandidagi "qoʻriqlash хizmati" soʻzlari "Qoʻriqlash bosh boshqarmasining" soʻzlari bilan almashtirilsin.




Vazirlar Mahkamasining

2021 yil 29 maydagi

334-son qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini

yoʻqotgan deb e’tirof etilayotgan ba’zi qarorlari

ROʻYXATI


1. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoʻriqlash хizmatining faoliyatini tashkil etish toʻrisida" 2019 yil 3 iyuldagi 555-son qarori.


2. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni solomlashtirish, mahalla institutini yanada qoʻllab-quvvatlash hamda oila va хotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari toʻrisida" 2020 yil 18 fevraldagi PF-5938-son Farmoni)" 2020 yil 7 dekabrdagi 772-son qaroriga ilovaning 10-bandi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 29 may