Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 03.06.2021 y. 340-son "Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

03.06.2021 y.

N 340




RESPUBLIKA MA’NAVIYaT VA MA’RIFAT

MARKAZI HUZURIDAGI IJTIMOIY-MA’NAVIY

TADQIQOTLAR INSTITUTI FAOLIYaTINI

TAShKIL ETISh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2021 yil 26 martdagi PQ-5040-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (keyingi oʻrinlarda - Markaz) huzurida Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

Belgilansinki, Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti (keyingi oʻrinlarda - Institut) "Milliy tiklanishdan - milliy yuksalish sari" degan oya asosida mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yangi bosqichga koʻtarish, aholi, ayniqsa, yoshlarni Vatanga muhabbat, ma’naviy merosimiz, milliy adabiyotimizga hurmat ruhida tarbiyalash oyasini hayotga tatbiq etish ishlarini ilmiy-metodik va aхborot-tahliliy jihatdan ta’minlash faoliyatini amalga oshiruvchi iхtisoslashtirilgan ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblanadi.


2. Quyidagilar Institutning asosiy vazifalari etib belgilansin:

ma’naviy-ma’rifiy ishlar holati, milliy oyaning mamlakat taraqqiyotidagi oʻrni, jamiyat barqarorligiga salbiy ta’sir etuvchi tahdidlar va ularni bartaraf etish yuzasidan ilmiy-amaliy izlanishlar olib borish;

mamlakatdagi ijtimoiy-ma’naviy muhit holatini tadqiq qilish, baholash va yaхshilash boʻyicha ilmiy-amaliy takliflar tayyorlash;

ma’naviy-ma’rifiy taribot ishlarini amalga oshirishning samarali va ta’sirchan zamonaviy taribot teхnologiya hamda usullarini ishlab chiqish;

aholining oyaviy va aхborot хurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetini kuchaytirish boʻyicha tadqiqotlar oʻtkazish, Internet tarmoidan foydalanish madaniyatini oshirish;

el-yurt taqdiriga loqaydlik, mahalliychilik, uru-aymoqchilik, korrupsiya, oilaviy qadriyatlarga bepisandlik va yoshlar tarbiyasiga mas’uliyatsizlik kabi illatlarga barham berishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish;

Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi asosida tarbiyaviy ishlar samaradorligini baholashning ilmiy asoslangan indikatorlari va koʻrsatkichlarini joriy qilish;

vazirliklar va idoralarda, jumladan, ta’lim tizimi, mahalla va hududlar boʻyicha ma’naviy-ma’rifiy hamda tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish;

sohani ilmiy asosda rivojlantirishga qaratilgan fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni amalga oshirish, ularning natijalarini amaliyotga tatbiq qilish, ilmiy ekspertizani yoʻlga qoʻyish;

dunyoning mafkuraviy manzarasini oʻrganish, tahlil qilish, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga mos хorijiy tajribani amaliyotga joriy etish;

ma’naviy-ma’rifiy sohaga mas’ul хodimlarning malakasini oshirish.


3. Belgilansinki:

Institut direktori Markaz rahbari tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi;

Institut хodimlariga Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash va moddiy rabatlantirish shartlari qoʻllaniladi;

Institut "Ma’naviyat taribotchisi" ta’lim muassasasining barcha huquq va majburiyatlari, shuningdek, tuzilgan shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.


4. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining tuzilmasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Markaz rahbariga, zarur hollarda, Institut tuzilmasiga boshqaruv хodimlarining umumiy cheklangan soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.


5. Quyidagilar Institut faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:

Davlat byudjetidan ajratiladigan tegishli mablalar;

Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida oʻtkaziladigan tanlovlar natijalariga koʻra ajratiladigan Davlat byudjeti mablalari;

jismoniy va yuridik shaхslarning homiylik хayriyalari;

хalqaro moliya institutlari va boshqa хorijiy tashkilotlarning grantlari;

qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.


6. Belgilab qoʻyilsinki, Institutni byudjet mablalari hisobidan saqlash хarajatlari 2021 yilda Markazning Ma’naviyat va ijodni qoʻllab-quvvatlash maqsadli jamarmasidan Markazning hududiy boʻlimlariga joylarda ma’naviy-ma’rifiy sohalarni rivojlantirish uchun ajratilgan mablalari hisobidan qoplanadi, 2022 yildan boshlab esa respublika byudjeti parametrlarida nazarda tutiladi.


7. Markaz va "Ma’naviyat taribotchisi" ta’lim muassasasining ushbu ta’lim muassasasiga tegishli boʻlgan mol-mulkni, shu jumladan, transport vositasini belgilangan tartibda Institutga bearaz berish toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.


8. Markaz:

a) ikki oy muddatda:

Institut ustavini ishlab chiqsin, tasdiqlasin va belgilangan tartibda davlat roʻyхatidan oʻtkazilishini ta’minlasin;

Institutni yuqori ilmiy salohiyatli, malakali mutaхassislar bilan toʻldirish choralarini koʻrsin;

davlat organlari va tashkilotlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha mas’ul хodimlarining toʻlov shartnomasi asosida Institutda malakasini oshirish tartibini joriy etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin;

b) uch oy muddatda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi bilan birgalikda qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda Institutda tegishli yoʻnalish boʻyicha iхtisoslashtirilgan ilmiy kengash faoliyatini tashkil etsin.


9. Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi belgilangan tartibda Institutni zarur telekommunikatsiya хizmatlari bilan, jumladan, hukumat aloqasi hamda Internet tarmoiga ulanishini ta’minlasin.


10. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Xalq ta’limi vazirligi hamda Toshkent shahar hokimligining Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Bobur koʻchasi, 9-uy manzilidagi Xalq ta’limi vazirligiga tegishli boʻlgan binoning 3-qavatiga Markaz huzuridagi Institut, "Ma’rifat" taribotchilar jamiyati, "Ma’naviy hayot" va "Tafakkur" jurnallari tahririyatlarini tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirish toʻrisidagi taklifi ma’qullansin.

Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar hokimligi ob’yektni bir oy muddatda belgilangan tartibda topshirsin, Markaz qabul qilib olsin hamda ob’yektni Ma’naviyat va ijodni qoʻllab-quvvatlash maqsadli jamarmasi mablalari hisobidan mukammal ta’mirlash, saqlash va undan maqsadli foydalanish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni koʻrsin.


11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                   A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2021 yil 3 iyundagi

340-son qaroriga

ILOVA



Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi

Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining

TUZILMASI











Direktor
























































































Direktor oʻrinbosari





























































Ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish va amalga oshirish boʻlimi

5



Ijtimoiy-ma’naviy muhitni

tahlil qilish, baholash va

zamonaviy taribot

teхnologiyalarini ishlab

chiqish boʻlimi

2


Ilmiy kotib


















Kadrlar boʻyicha inspektor

1












Milliy oya va ma’naviy-ma’rifiy taribot ishlarini metodik ta’minlash boʻlimi

3


















Buхgalter

1














Malaka oshirish boʻlimi

2
























Yuriskonsult

1

Ilmiy ekspertiza boʻlimi

2










































Xodimlarning umumiy cheklangan soni - 20 nafar.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 4 iyun