Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 08.06.2021 y. 355-son "Respublika mulki ob’yektlarini bir davlat tashkilotidan boshqa bir davlat tashkilotiga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

08.06.2021 y.

N 355




RESPUBLIKA MULKI OB’YeKTLARINI BIR

DAVLAT TAShKILOTIDAN BOShQA BIR DAVLAT

TAShKILOTIGA BERISh TARTIBI TOʻRISIDAGI

NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Davlat mulki ob’yektlaridan samarali foydalanish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2019 yil 19 fevraldagi PF-5666-son Farmoniga muvofiq davlat koʻchmas mulk ob’yektlaridan foydalanish samaradorligini oshirish uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Davlat mulki ob’yektlaridan samarali foydalanish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2019 yil 19 fevraldagi PF-5666-son Farmoniga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktoriga Moliya vazirligi va yuqori turuvchi manfaatdor davlat organlari roziligiga muvofiq idoraviy mansubligidan qat’i nazar, davlat koʻchmas mulk ob’yektlarini (qonunchilik hujjatlariga muvofiq хususiylashtirilmaydigan ob’yektlar bundan mustasno), avtomototransport vositalarni hamda boshqa asosiy vositalarini bir davlat tashkiloti tasarrufidan boshqa bir davlat tashkiloti tasarrufiga operativ boshqaruv huquqi asosida bearaz berish toʻrisida qaror qabul qilish huquqi berilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Respublika mulki ob’yektlarini bir davlat tashkilotidan boshqa bir davlat tashkilotiga operativ boshqaruv huquqi asosida bearaz berish tartibi toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:

respublika mulki ob’yektlarini bir davlat tashkilotidan boshqa bir davlat tashkilotiga berish boʻyicha hujjatlarni tayyorlash tartibi;

respublika mulki ob’yektlarini bir davlat tashkilotidan boshqa bir davlat tashkilotiga berish boʻyicha qaror qabul qilish tartibi;

respublika mulki ob’yektlarini topshirish va qabul qilish hujjatlarini rasmiylashtirish tartibi.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi respublika mulki ob’yektlarini bir davlat tashkilotidan boshqa bir davlat tashkilotiga berishda qabul qiluvchi tomonning mazkur ob’yektdan samarali foydalanishini ta’minlashni nazarda tutsin.

4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambaallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari - iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori A.J. Ortiqov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 8 iyun