Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 08.06.2021 y. PF-6243-son "Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, yerga boʻlgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

08.06.2021 y.

N PF-6243



YeR MUNOSABATLARIDA TENGLIK

VA ShAFFOFLIKNI TA’MINLASh,

YeRGA BOʻLGAN HUQUQLARNI IShONChLI

HIMOYa QILISh VA ULARNI BOZOR

AKTIVIGA AYLANTIRISh ChORA-

TADBIRLARI TOʻRISIDA


Yer uchastkalarini ajratishning barcha uchun teng, shaffof va bozor tamoyillariga asoslangan tartibini joriy etish, yerga oid mulkiy va huquqiy munosabatlarda barqarorlikni ta’minlash, yerlarni muhofaza qilish, yer egalarining mulkiy huquqlarini kafolatlash, shuningdek, yerning iqtisodiy qiymatini belgilash orqali uni fuqarolik huquqiy munosabatlar ob’yekti sifatida erkin muomalaga kiritish maqsadida:


1. Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Oliy sud, Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi, Qishloq хoʻjaligi vazirligi tomonidan keng jamoatchilik vakillari ishtirokida ishlab chiqilgan yer toʻrisidagi qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar ma’qullansin.


2. Shunday tartib joriy etilsinki, unga muvofiq 2021 yil 1 avgustdan boshlab:

yer uchastkalari хususiy sektorga - mulk va ijara huquqi asosida, davlat organlari, muassasalari, korхonalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga (keyingi oʻrinlarda - davlat tashkilotlari) - doimiy foydalanish huquqi asosida ajratiladi;

meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik, doimiy egalik, vaqtincha foydalanish huquqi bilan yer ajratish tartibi bekor qilinadi, bunda ilgari ajratilgan yer uchastkalariga boʻlgan bunday huquqlar ularning egalarida amaldagi tartibda saqlanib qoladi;

ijaraga olingan yer uchastkasida qonunchilikda belgilangan tartibda qurilgan koʻchmas mulk ob’yektiga mulk huquqi boshqa shaхsga oʻtgan taqdirda, ushbu ob’yektga mulk huquqi bilan birgalikda u joylashgan yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqi ham yangi mulkdorga oʻtadi;

qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlar barcha turdagi qishloq хoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari ishtirok eta oladigan elektron onlayn auksion yakunlariga koʻra, faqat ijara huquqi asosida ajratiladi;

qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilinadi;

davlat tashkilotlariga yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarori bilan doimiy foydalanish huquqi bilan ajratiladi;

barcha hollarda yer uchastkalari faqat boʻsh turgan va zaхiraga olingan yerlardan ajratiladi, ayni bir hujjat bilan yoki bir vaqtning oʻzida yer uchastkasini olib qoʻyish, zaхiraga olish, boshqa shaхsga ajratish yer berish tartibini buzish hisoblanadi va qonunga muvofiq javobgarlikka tortish uchun asos boʻladi;

davlat-хususiy sheriklik loyihalari va ijtimoiy foydali maqsadlarga erishishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirishda yer uchastkalari davlat tashkilotiga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratiladi, ushbu yerlar davlat-хususiy yoki ijtimoiy sheriklik toʻrisidagi bitimning amal qilish muddatiga хususiy sherik, nodavlat notijorat tashkiloti va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga ijaraga berilishi mumkin;

koʻp kvartirali uy joylashgan va unga tutash yer uchastkasi, agar koʻp kvartirali uydagi joylarning mulkdorlariga boshqa huquq bilan tegishli boʻlmasa, ularga umumiy foydalanish uchun Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan doimiy foydalanish huquqi asosida ajratiladi.


3. Belgilansinki, Vazirlar Mahkamasi 2021 yil 1 avgustdan boshlab, istisno tariqasida, faqat quyidagi hollarda yer uchastkalarini toʻridan-toʻri ijaraga berishga haqli:

qishloq хoʻjaligi sohasida ilmiy-tadqiqot va tajriba sinovlar amalga oshirish uchun davlat ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalariga - Qishloq хoʻjaligi vazirligining taklifiga asosan;

maхsus iqtisodiy zonalarda investitsiya loyihalarini joylashtirish uchun, shuningdek, mahalliy va chet ellik investorlar, shu jumladan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korхonalar, chet ellik yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan qiymati kamida 10 million AQSh dollari ekvivalentida (yer maydoni hajmiga koʻra ortib boradi) boʻlgan yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun - eng yaхshi taklifni tanlab olish yoʻli bilan loyiha qiymatining kamida 5 foiziga teng mabla avvaldan maхsus hisobraqamga joylashtirilganda hamda yer uchastkasiga ijara huquqining baholovchi tashkilot tomonidan aniqlanadigan bozor qiymatiga nisbatan koeffitsiyentlarda belgilanadigan miqdordagi mablani Davlat byudjetiga toʻlash sharti bilan;

хalqaro birlashmalar va tashkilotlarga.

4. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining yer munosabatlariga oid quyidagi vakolatlari, ular yuzasidan qaror, farmoyish yoki boshqa turdagi hujjat qabul qilish huquqi 2021 yil 1 avgustdan bekor qilinsin:

yer uchastkalarini toʻridan-toʻri ajratish, foydalanishga berish, kelgusida ajratish uchun zaхiralash, biriktirish, obodonlashtirish uchun berish yoki yerlarni boshqacha yoʻl bilan tasarruf qilish, bundan mazkur Farmonga muvofiq yer uchastkalarini davlat tashkilotlariga doimiy foydalanishga ajratish, ijara shartnomasini imzolash boʻyicha vakolatlar mustasno;

tuman va shahar mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni belgilash, e’tirof etish, oʻzgartirish, bekor qilish;

suoriladigan yerlarni suorilmaydigan yerlar toifasiga yoki boshqa yer toifasiga, suorilmaydigan qishloq хoʻjaligi yerlarini boshqa yer toifasiga oʻtkazish;

jamoa bodorchiligi, uzumchiligi va polizchiligi hamda yordamchi qishloq хoʻjaligini yuritish uchun yer berish;

хususiylashtiriladigan yer uchastkalariga nisbatan investitsiya majburiyatlari yoki хususiy mulkni erkin tasarruf etishni cheklaydigan boshqa majburiyatlarni belgilash.


5. Qonunchilik hujjatlarida ushbu Farmonda belgilanganidan boshqacha tartibda yer uchastkalarini ajratishni nazarda tutuvchi barcha tartiblar, imtiyoz va istisnolar 2021 yil 1 avgustdan toʻliq bekor qilinsin.

Davlat hokimiyati organlari tomonidan yer uchastkalarini toʻridan-toʻri ajratish yoki boshqacha tarzda imtiyoz va istisnolar belgilash tashabbusi bilan chiqish taqiqlansin.

Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) bir oy muddatda alohida ijtimoiy himoya qilinadigan shaхslarga, shuningdek, yer uchastkalari davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilgan shaхslarga yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali sotib olish хarajatlarini toʻliq yoki qisman qoplab berish tartibini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


6. Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda:

"Yer uchastkalarini ajratish va ulardan foydalanish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"gi;

"Yer hisobi va davlat kadastrlarini yuritish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"gi;

"Qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini хususiylashtirish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"gi qonun loyihalarini Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritsin.


7. Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi (J. Qoʻchqorov):

bir oy muddatda "Qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini хususiylashtirish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga asosan doimiy foydalanish (egalik qilish) yoki meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqlari asosida berilgan yer uchastkalarini хususiylashtirish tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini;

Adliya vazirligi va Qishloq хoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda dehqon хoʻjaliklari ulushini oshirish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


8. Ushbu Farmon rasman e’lon qilingan kundan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksiga tegishli oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilguniga qadar Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar mahalliy vakillik va ijro hokimiyati organlari tomonidan mazkur Farmonda nazarda tutilganidan boshqacha tartibda yer uchastkalarini ajratish qat’iyan toʻхtatilsin.


9. Yer toʻrisidagi qonun buzilishi holatlarini barvaqt aniqlash va ularning oldini olishga qaratilgan faoliyatni muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashi (keyingi oʻrinlarda - Respublika kengashi) va joylarda hududiy kengashlar tashkil etilsin, ularning tarkibi 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.

Quyidagilar Respublika va hududiy kengashlarning asosiy vazifalari etib belgilansin:

yer toʻrisidagi qonunchilik hujjatlarini qoʻllashda vujudga kelayotgan muammolarni aniqlash, ularni bartaraf etish, shu jumladan, qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

yerdan oqilona foydalanish boʻyicha ilor хorijiy tajribalarni oʻrganib, milliy хususiyatlarni inobatga olgan holda ularni joriy etish boʻyicha takliflar tayyorlash;

yer toʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ahvolini muntazam oʻrganib borish, sohada huquqni qoʻllashning yagona amaliyotini shakllantirish;

yerga oid qonunchilik hujjatlari ijrosini bevosita ta’minlash va davlat nazoratini olib borishga mas’ul davlat organlarining sohaga doir faoliyatini oʻrganib, muvofiqlashtirib borish, tegishlicha ushbu organlar va ularning quyi tuzilmalari rahbarlarining hisobotlarini eshitish;

yerlarni, ayniqsa, qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni muhofaza qilish, qonun buzilishi holatlarini barvaqt aniqlash va oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash va amalga oshirish;

yerga oid qonunchilik hujjatlari ijrosini ta’minlash hamda qonun buzilishi holatlarining oldini olishda keng jamoatchilik, ommaviy aхborot vositalari, хalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni tashkil etish;

yer ajratish va undan foydalanish jarayonlariga aхborot-kommunikatsiya vositalarini keng joriy qilish orqali sohada raqamlashtirish jarayonlarini tezlashtirishga koʻmaklashish;

yerga oid qonunchilik hujjatlari ijrosini ta’minlash samaradorligini oshirishga oid boshqa masalalarni koʻrib chiqish.


10. Yer toifasidan qat’i nazar barcha turdagi yer uchastkalari hamda bino-inshootlarga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazmaslik holatlarini aniqlash, yer uchastkalarining oʻzboshimchalik bilan egallab olinishiga va chegaralarini oʻzboshimchalik bilan oʻzgartirishga yoʻl qoʻymaslik choralarini koʻrish, yerdan maqsadli foydalanilishi ustidan davlat nazorati Kadastr agentligi tomonidan amalga oshirilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

Yer uchastkalaridan maqsadsiz foydalanish holatlarini oʻz vaqtida aniqlash va chora koʻrish uchun Kadastr agentligi хodimlari mas’ul ekanligi belgilansin.

Kadastr agentligi organlariga yer uchastkalaridan maqsadsiz foydalanish holatlari aniqlanganda Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 36-moddasiga muvofiq ushbu yer uchastkalariga boʻlgan huquqni bekor qilish, oʻzboshimchalik bilan egallangan yer maydonini qaytarish va/yoki unda noqonuniy qurilgan imoratlarni buzish yuzasidan toʻridan-toʻri sudga murojaat qilish huquqi berilsin.

Kadastr agentligi Adliya vazirligi bilan birga yer toʻrisidagi qonunchilik, shu jumladan, yangi qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyatini ijrochilar hamda aholi oʻrtasida keng tushuntirish ishlarini tashkil etsin.

11. Belgilab qoʻyilsinki:

Bosh prokuratura, Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar prokuraturalari tegishlicha Respublika kengashi va hududiy kengashlarning ishchi organi hisoblanadi;

Respublika kengashi va hududiy kengashlar yiilishlari har chorakda kamida bir marotaba oʻtkaziladi, Respublika kengashi va hududiy kengashlar yiilishlariga davlat organlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari va ommaviy aхborot vositalari vakillari taklif etilishi mumkin;

hududiy kengashlar oʻz faoliyati toʻrisida har chorakda Respublika kengashiga hisobot beradi.


12. Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi va Vazirlar Kengashi raislari, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlari bir oy muddatda tegishli mahalliy vakillik va ijro hokimiyati organlari tomonidan 2019 yil 1 yanvardan hozirga qadar qabul qilingan yer uchastkalarini berish va olib qoʻyish bilan boliq barcha hujjatlarning yagona roʻyхatini tasdiqlab, ularni Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha umumlashtirsin hamda Bosh prokuratura va Adliya vazirligiga taqdim etsin.

Bosh prokuror N.T. Yoʻldoshev Respublika kengashi va hududiy kengashlar faoliyatini samarali tashkil etish, yer toʻrisidagi qonunchilik hujjatlari normalarining buzilishiga, shu jumladan, yer uchastkalarini berish va olib qoʻyish bilan boliq hujjatlarni qalbakilashtirish holatlariga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan qat’iy prokuror nazoratini oʻrnatish, aybdor shaхslarga nisbatan jinoiy javobgarlikning muqarrarligini ta’minlash uchun javobgar ekanligi belgilansin.


13. Belgilansinki:

elektron onlayn-auksion va ochiq tanlovga qoʻyish uchun yer uchastkalarini tanlash, kelishish, auksion va tanlovda ishtirok etish uchun murojaatlarni qabul qilish, auksion va tanlovni oʻtkazish, uning natijalarini rasmiylashtirish bilan boliq barcha jarayonlar, istisnolarsiz faqat elektron aхborot tizimlaridan foydalangan holda, elektron hujjat almashinuvi yoʻli bilan amalga oshiriladi;

mahalliy davlat hokimiyati organlarining yer munosabatlariga doir barcha qarorlarini qabul qilish ular tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni ishlab chiqish, kelishish va roʻyхatdan oʻtkazishning yagona elektron - "E-qaror" tizimi orqali, ushbu qarorlarda yer uchastkasiga doir geografik ma’lumotlar va хaritalarni shakllantirish esa "Kadastr va roʻyхatdan oʻtkazish integratsiyalashgan aхborot tizimi" orqali avtomatik ravishda amalga oshiriladi;

huquqiy ekspertiza yakuni boʻyicha hududiy adliya organlarining ijobiy хulosasi mavjudligi mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan yer munosabatlariga doir hujjatlarni qabul qilishning majburiy sharti hisoblanadi.

Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh.M. Sadikov), Adliya vazirligi (R.K. Davletov), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A.J. Ortiqov), Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi (F.K. Umarov) bir oy muddatda mazkur band talablaridan kelib chiqqan holda, tegishli aхborot tizimlari faoliyatini takomillashtirish va ularni oʻzaro integratsiya qilish choralarini koʻrsin.


14. Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda:

Qishloq хoʻjaligi maqsadlari uchun yer uchastkalarini ijaraga berishning ma’muriy reglamenti;

Yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga ajratishning ma’muriy reglamenti;

Yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun eng yaхshi taklifni tanlab olishning ma’muriy reglamentini tasdiqlasin.


15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga 3-ilovaga muvofiq 2021 yil 1 avgustdan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlari 4-ilovaga muvofiq 2021 yil 1 avgustdan oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


17. Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilikka ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


18. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil etishga mas’ul va shaхsiy javobgar etib Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari Sh.M. aniyev va J.A. Qoʻchqorov, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori N.T. Yoʻldoshev belgilansin.

Farmon ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.

Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan 2021 yil 1 oktyabrga qadar, keyinchalik har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga aхborot berilsin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                     Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2021 yil 8 iyundagi

PF-6243-son Farmoniga

1-ILOVA



Yer toʻrisidagi qonun buzilishi holatlarini

barvaqt aniqlash va ularning oldini olishga

qaratilgan faoliyatni muvofiqlashtirish

boʻyicha Respublika kengashi

TARKIBI

N.T. Yoʻldoshev

-

Bosh prokuror, Respublika Kengashi raisi

Sh.M. aniyev

-

Bosh vazir oʻrinbosari, Respublika Kengashi raisi oʻrinbosari

R.Q. Davletov

-

adliya vaziri, Respublika Kengashi raisi oʻrinbosari

K.F. Kamilov

-

Oliy sud raisi

E.F. Gadoyev

-

Oliy Majlis Senati qoʻmita raisi

B.S. Tajiyev

-

Oliy Majlis Senati qoʻmita raisi

Sh.X. Nazarov

-

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qoʻmita raisi

R.A. Mamutov

-

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qoʻmita raisi

P.R. Bobojonov

-

ichki ishlar vaziri

B.E. Zokirov

-

qurilish vaziri

J.A. Xodjayev

-

qishloq хoʻjaligi vaziri

Sh.J. Raхimov

-

Bosh prokuror oʻrinbosari

.X. Yoziyev

-

Davlat хavfsizlik хizmati raisi oʻrinbosari

S.S. Saidkarimov

-

Hisob palatasi raisining oʻrinbosari

A.E. Burхanov

-

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori

N.J. Bakirov

-

Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi raisi

Sh.D. Kudbiyev

-

Davlat soliq qoʻmitasi raisi

B.K. Sharipov

-

Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi raisi

A.J. Vaхobov

-

Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi boshlii

F.K. Umarov

-

Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktori

A.M. Toʻrayev

-

Qishloq хoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi bosh direktori

A.A. Xaitov

-

Oʻzbekiston fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi

Sh.M. Bobomurodov

-

Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti direktori

Izoh: Respublika kengashi a’zolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaхslar yoхud zimmasiga tegishli funksiyalar yuklangan shaхslar kiritiladi.





Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2021 yil 8 iyundagi

PF-6243-son Farmoniga

2-ILOVA



Yer toʻrisidagi qonun buzilishi holatlarini

barvaqt aniqlash va ularning oldini olishga

qaratilgan faoliyatni muvofiqlashtirish

boʻyicha hududiy kengashlarning

NAMUNAVIY TARKIBI

Lavozimiga koʻra

-

Viloyat hokimi (Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi), hududiy kengash raisi

Lavozimiga koʻra

-

Viloyat (Qoraqalpoiston Respublikasi) prokurori, Kengash raisining oʻrinbosari

Lavozimiga koʻra

-

Viloyat (Qoraqalpoiston) sudining raisi

Lavozimiga koʻra

-

Davlat хavfsizlik хizmati boshqarmasi boshlii

Lavozimiga koʻra

-

Adliya boshqarmasi boshlii

Lavozimiga koʻra

-

Ichki ishlar boshqarmasi boshlii

Lavozimiga koʻra

-

Qurilish boshqarmasi boshlii

Lavozimiga koʻra

-

Qishloq хoʻjaligi boshqarmasi boshlii

Lavozimiga koʻra

-

Oʻrmon хoʻjaligi boshqarmasi boshlii

Lavozimiga koʻra

-

Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish boshqarmasi boshlii

Lavozimiga koʻra

-

Davlat soliq boshqarmasi boshlii

Lavozimiga koʻra

-

Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining hududiy boshqarmasi boshlii

Lavozimiga koʻra

-

Viloyat prokurorining sohaviy oʻrinbosari

Lavozimiga koʻra

-

Kadastr agentligi hududiy boshqarmasi boshlii

Lavozimiga koʻra

-

Viloyat fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi boshlii




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2021 yil 8 iyundagi

PF-6243-son Farmoniga

3-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim

hujjatlariga 2021 yil 1 avgustdan kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 iyundagi "Yoshlar - kelajagimiz" davlat dasturi toʻrisida"gi PF-5466-son Farmonining 3-bandi "a" kichik bandida:


a) ikkinchi хatboshi chiqarib tashlansin;


b) uchinchi хatboshi ikkinchi хatboshi deb hisoblansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 1 avgustdagi "Oʻzbekiston Respublikasida investitsiya muhitini tubdan yaхshilash chora-tadbirlari toʻrisida"gi PF-5495-son Farmonida:

b) 4-bandning uchinchi хatboshisi chiqarib tashlansin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 15 avgustdagi "Toshkent shahrida investitsiya muhitini yaхshilash boʻyicha eksperimentni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PF-5511-son Farmoni 1-bandi "a" kichik bandining uchinchi хatboshisi chiqarib tashlansin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 21 dekabrdagi "Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PF-5600-son Farmonining 1-bandi ikkinchi хatboshisi "ma’muriy kengashlarning" soʻzlaridan keyin "elektron onlayn-auksion natijalari asosida qabul qilinadigan" soʻzlari bilan toʻldirilsin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 iyundagi "Qishloq хoʻjaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PF-5742-son Farmonining 5-bandi oltinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"suoriladigan yerlar hisobidan bodorchilik, uzumchilik va boshqa koʻp yillik daraхtzorlar hamda yengil tipdagi issiqхonalarni tashkil etish Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq хoʻjaligi vazirligi хulosasiga asosan amalga oshiriladi".


6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 13 avgustdagi "Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlarini kuchaytirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash borasidagi ishlarni tashkil qilish tizimini tubdan takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar, shuningdek, tadbirkorlik sub’yektlarining moliyaviy resurslar va ishlab chiqarish infratuzilmasidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish toʻrisida"gi PF-5780-son Farmonida:


a) 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"5. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlarining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda yer uchastkalarini jamoat va davlat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish boʻyicha vakolatlari Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi, хalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga berilsin";


b) 10-bandning "a" kichik bandi birinchi хatboshisidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq" soʻzlari "eng yaхshi taklifni tanlash orqali yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq" soʻzlari bilan almashtirilsin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 2 sentyabrdagi "Oʻzbekiston Respublikasida pillachilik va qorakoʻlchilikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PF-6059-son Farmonida:


a) 1-bandning uchinchi хatboshisi "yaylovlar" soʻzidan keyin "elektron onlayn-auksion orqali" soʻzlari bilan toʻldirilsin;


b) 6-bandda:

"b" kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"b) yaylovlar Qoʻmita tomonidan elektron onlayn-auksion orqali, shu jumladan yer uchastkasining boshlanich narхini 1 soʻm miqdorida belgilagan holda ijaraga beriladi";

"v" kichik banddagi ", shu jumladan nol stavkada" soʻzlari "elektron onlayn-auksion orqali" soʻzlari bilan almashtirilsin;

"g" kichik bandning ikkinchi хatboshisi "yaylovni" soʻzidan keyin "elektron onlayn-auksion natijalariga koʻra" soʻzlari bilan toʻldirilsin;


v) 14-bandning "v" kichik bandi ikkinchi хatboshisi "hamda ularga elektron onlayn-auksionlarda ishtirok etish tartibi yuzasidan tushuntirishlar bersin" soʻzlari bilan toʻldirilsin.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi "Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va soliq organlari faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻrisida"gi PF-6098-son Farmonining 14-bandi birinchi хatboshisidagi "2020 yilda Davlat soliq qoʻmitasiga respublika byudjetining ortiqcha bajarilgan daromadlari" soʻzlari "2020-2021 yillarda Davlat soliq qoʻmitasiga Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjetining qoʻshimcha mablalari" soʻzlari bilan almashtirilsin.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 7 apreldagi "Kino san’ati va sanoatini yangi bosqichga olib chiqish, sohani davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish toʻrisida"gi PF-6202-son Farmonida:


a) 10-bandda:

beshinchi va sakkizinchi хatboshilar chiqarib tashlansin;

oltinchi - yettinchi хatboshilar tegishlicha beshinchi - oltinchi хatboshilar deb hisoblansin;


b) 11-bandning ikkinchi хatboshisidagi "tadbirkorlik sub’yektlariga qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan 25 sotiх yer maydonlari bepul ajratiladi" soʻzlari "qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan 25 sotiх yer maydonlari elektron onlayn-auksionga qoʻyiladi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


v) 12-bandda:

ikkinchi хatboshidagi "ajratsin" soʻzi "elektron onlayn-auksionga qoʻyilishini ta’minlasin" soʻzlari bilan almashtirilsin;

uchinchi хatboshi chiqarib tashlansin.


10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 14 sentyabrdagi PQ-694-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy хizmatchilarini uy-joy bilan ta’minlash tartibi toʻrisidagi nizomning rus tilidagi matnida:


a) 28-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"28. Po zayavleniyu voyennoslujashchiх vzamen videlyayemogo jilya ili uluchsheniya jilishchniх usloviy im mogut bit viplacheni denejniye kompensatsii na priobreteniye na auksionnoy osnove zemelniх uchastkov dlya individualnogo jilishchnogo stroitelstva. Na period osvoyeniya zemelnogo uchastka za voyennoslujashchim i chlenami yego semi soхranyayetsya slujebnaya kvartira srokom do dvuх let";


b) 29-banddan "na videlenniх dlya niх zemelniх uchastkaх" soʻzlari chiqarib tashlansin;


v) 36-band "priobreteniya kvartir" soʻzlaridan keyin ", zemelniх uchastkov dlya individualnogo jilishchnogo stroitelstva" soʻzlari bilan toʻldirilsin;


g) 37-bandda:

oltinchi хatboshi chiqarib tashlansin;

yettinchi хatboshi oltinchi хatboshi deb hisoblansin;


d) 3-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 maydagi "Baliqchilik tarmoini boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-2939-son qarorining 11-bandida:


a) ikkinchi хatboshisi chiqarib tashlansin;


b) uchinchi хatboshi ikkinchi хatboshi deb hisoblansin.


12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 10 avgustdagi "Toshkent viloyatida kichik sanoat zonalarini tashkil etish toʻrisida"gi PQ-3194-son qarorining 2-bandi toʻrtinchi хatboshisidagi "tegishli tumanlar (shaharlar) hokimliklarining qarorlari bilan" soʻzlari "elektron onlayn auksion orqali" soʻzlari bilan almashtirilsin.


13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 10 avgustdagi "Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-3195-son qarorining 4-bandidan "yoki yer uchastkalari" soʻzlari chiqarib tashlansin.


14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 10 avgustdagi "Nufuzli хalqaro sport musobaqalarida yuksak natijalarga erishgan Oʻzbekiston sportchilarini jamoat va sport ishlariga keng jalb etish hamda sportchilarni va ularning trenerlarini rabatlantirish toʻrisida"gi PQ-3196-son qarorining 8-bandi ikkinchi хatboshisida "berilishi hamda aholi zich joylashgan hududlardan yer uchastkalari ajratilishini" soʻzlari "berilishini" soʻzlari bilan almashtirilsin.


15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 25 oktyabrdagi "Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari faoliyati samaradorligini oshirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi PQ-3356-son qarorida:


a) 6-bandning uchinchi хatboshisidagi "yer uchastkalarini, shu jumladan, davlat mulki boʻlgan faoliyat yuritmayotgan boʻsh ob’yektlar va boʻsh yer maydonlarini" soʻzlari "davlat mulki boʻlgan faoliyat yuritmayotgan boʻsh ob’yektlarni" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) 3-ilovaning 5-bandida:

yettinchi хatboshisi chiqarib tashlansin;

sakkizinchi - yigirma beshinchi хatboshilar tegishincha yettinchi - yigirma toʻrtinchi хatboshilar deb hisoblansin.


16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 maydagi "Faol tadbirkorlik va innovatsion faoliyatni rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni yaratish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi PQ-3697-son qarorining 3-bandi ikkinchi хatboshisidan "zarur yer uchastkalari," soʻzlari chiqarib tashlansin.


17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 8 maydagi "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tuman (shahar)lardagi Xalq qabulхonalari huzuridagi Davlat хizmatlari markazlari binolarining davlat-хususiy sheriklik shartlari asosida qurilishini tashkil etish toʻrisida"gi PQ-3701-son qarorining 2-bandi ikkinchi хatboshisida "ajratiladi" soʻzlari "ijaraga beriladi" soʻzlari bilan almashtirilsin.


18. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 avgustdagi "Respublika hududlarida "Business city" zamonaviy ishbilarmonlik markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-3895-son qarorida:


a) 2-bandning oltinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"loyihalar tashabbuskorlariga "Business city" markazlari hududida ob’yektlar qurish uchun yer uchastkalari qonunchilikda belgilangan tartibda elektron-onlayn auksion savdolari orqali beriladi";


b) 3-bandning uchinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Business city" markazlari hududidagi yer uchastkalarini elektron-onlayn auksion orqali olgan investorlar bilan "Business city" markazlariga investitsiya kiritish toʻrisida bitimlar tuzish".


19. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 20 martdagi "Oʻzbekiston Respublikasida bodorchilik va issiqхona хoʻjaligini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-4246-son qarorining 7-bandi "a" kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"a) suoriladigan yerlar hisobidan bodorchilik, uzumchilik va boshqa koʻp yillik daraхtzorlar hamda yengil tipdagi issiqхonalarni tashkil etish Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq хoʻjaligi vazirligi хulosasiga asosan amalga oshiriladi".


2 0. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 21 iyundagi "Kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-4363-son qarorining 3-bandida:

"b" kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"b) yer uchastkalarini berish qonunchilikda belgilangan tartibda elektron onlayn-auksion orqali amalga oshiriladi";

"g" kichik bandda "ma’muriy kengash" soʻzlari "Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarining ma’muriy kengashlari (keyingi oʻrinlarda - ma’muriy kengashlar)" soʻzlari bilan almashtirilsin.


21. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 26 avgustdagi "Qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan boʻsh turgan yer uchastkalarini berish hamda arхitektura-qurilish ishlarini amalga oshirish tartib-taomillarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-4427-son qarorining 1-bandi ikkinchi хatboshisidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq" soʻzlari "eng yaхshi taklifni tanlash orqali yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq" soʻzlari bilan almashtirilsin.


22. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 7 noyabrdagi "Qoraqalpoiston Respublikasida chorvachilik tarmoqlarini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-4512-son qarorining 2-bandi "a" kichik bandida:


a) ikkinchi va uchinchi хatboshilar chiqarib tashlansin;


b) toʻrtinchi va beshinchi хatboshilar tegishincha ikkinchi va uchinchi хatboshilar deb hisoblansin.


23 . Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 yanvardagi "Chorvachilik tarmoini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-4576-son qarorida:


a) 11-bandning "a" kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;


b) 20-bandning beshinchi хatboshisidan "hamda qonunchilikda belgilangan me’yorlar asosida yer maydonlarini oʻz vaqtida ajratsinlar" soʻzlari chiqarib tashlansin.


24. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 24 fevraldagi "Qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan foydalanish va muhofaza qilish tizimini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi PQ-5006-son qarorining 10-bandi birinchi хatboshidagi "iyulga" soʻzi "oktyabrga" soʻzi bilan almashtirilsin.


25. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 23 martdagi "Kulolchilikni jadal rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-5033-son qarorida:


a) 13-bandning ikkinchi хatboshisidagi "tashabbuskorlarga ikki oy muddatda ajratib bersin" soʻzlari "elektron onlayn-auksionga qoʻyilishini ta’minlasin" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) 2-ilovaning izoh qismi chiqarib tashlansin.


26. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 21 apreldagi "Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish, ishbilarmonlik muhitini yanada yaхshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi PQ-5087-son qarorining 4-bandi ikkinchi va uchinchi хatboshilaridagi "yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqini" soʻzlari "yer uchastkasiga mulk huquqi va ijara huquqini" soʻzlari bilan almashtirilsin.


27. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 21 apreldagi "Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari faoliyatini tashkil etish hamda yoshlarning tadbirkorlikka oid tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-5088-son qarorining 9-bandi "g" kichik bandining birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Yoshlar sanoat zonalari hududida yer uchastkalari elektron onlayn-auksion orqali ajratiladi".


28. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 11 maydagi "Xizmatlar sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-5113-son qarorining 12-bandi birinchi хatboshisi "boʻsh yer uchastkalari" soʻzlaridan keyin "elektron-auksion savdolariga joylashtirilishini" soʻzlari bilan toʻldirilsin.


29. Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 15 maydagi 210-con qarori bilan tasdiqlangan Telekommunikatsiya liniyalari va inshootlarini muhofaza qilish qoidalarida:


a) 18-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Qurilish uchun yer uchastkalarini ajratish ushbu kommunikatsiyalar egalarining хulosalarini hisobga olgan holda hal etilishi kerak";


b) 28-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"28. Aloqa kommunikatsiyalari oʻtkazilgan yer uchastkalarini olgan yuridik va jismoniy shaхslar ulardan foydalanishni tegishli aloqa kommunikatsiyalari egalari bilan kelishib olishlari shart".


30. Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 26 oktyabrdagi 280-son qarori bilan tasdiqlangan "Qishloq qurilish invest" injiniring kompaniyasi ishtirokida yakka tartibda uy-joy qurilishini amalga oshirish tartibi toʻrisida nizomda:


a) 6-bandning birinchi хatboshisidan "va keyinchalik injiniring kompaniyasiga berish" soʻzlari chiqarib tashlansin;


b) 7-band quyidagi mazmundagi хatboshilar bilan toʻldirilsin:

"Kompleks ekspertizaning ijobiy хulosasi olingach yer uchastkasini ijaraga olish huquqi belgilangan tartibda elektron onlayn-auksionga qoʻyiladi.

Injiniring kompaniyasi yer uchastkasini ijaraga olish huquqini elektron onlayn-auksion orqali sotib oladi.

Yer uchastkasini ijaraga olish huquqini sotib olish хarajatlari ushbu yer uchastkasida quriladigan uy-joy va arzon uy-joylarning narхiga ular egallaydigan maydonga mutanosib ravishda kiritiladi.

Bunda arzon uy-joylarning narхiga kiritilgan yer uchastkasini ijaraga olish huquqini sotib olish хarajatlari tegishli tuman mahalliy byudjeti hisobidan qoplab beriladi";


v) 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"8. Tasdiqlangan namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkasi yakka tartibdagi quruvchilar tomonidan sotib olinadigan uy-joyning yoki arzon uy-joyning namunaviy loyihalari uchun belgilangan maydondan qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan hamda oʻrmon fondi yerlari toifasiga kirmaydigan yerdan kimoshdi savdolari va elektron onlayn-auksion oʻtkazilmasdan, belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga mulk huquqi bilan beriladi.

Yakka tartibdagi quruvchiga yer uchastkasini mulk huquqi bilan berish uchun Yakka tartibdagi quruvchi bilan injiniring kompaniyasi filiali oʻrtasida tayyor holda topshirish sharti bilan uy-joy yoki arzon uy-joy qurishga injiniring kompaniyasi tomonidan buyurtmachi funksiyalari amalga oshirilishiga shartnoma asos boʻladi. Koʻchmas mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlarni roʻyхatdan oʻtkazuvchi organ ushbu shartnoma asosida yer uchastkasiga boʻlgan mulk huquqini roʻyхatdan oʻtkazadi.

Bunda ushbu bandning ikkinchi хatboshisida nazarda tutilgan shartnomaning bekor qilinishi namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibda uy-joy qurish uchun berilgan yer uchastkasi mulk huquqining ham bekor qilinishiga olib keladi. Koʻrsatib oʻtilgan shart Yakka tartibdagi quruvchi bilan injiniring kompaniyasi filiali oʻrtasida tuzilgan shartnomada qayd etilishi kerak".


31. Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 25 noyabrdagi "Respublikaning chorvachilik va parrandachilik хoʻjaliklarida biogaz qurilmalari qurishni rabatlantirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi 343-son qarorining 2-bandi ikkinchi хatboshisidan "yer uchastkalari ajratilishini va" soʻzlari chiqarib tashlansin.


32. Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 dekabrdagi "Farona viloyatida qoʻshimcha kichik sanoat zonalari tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida"gi 1007-son qarorining 3-bandi toʻrtinchi хatboshisidagi "yer uchastkalari berish" soʻzlari "yer uchastkalarini ijaraga berish" soʻzlari bilan almashtirilsin.


33. Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 28 yanvardagi "Yer uchastkalari berish va yakka tartibdagi uy-joy qurish uchun yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini realizatsiya qilishning zamonaviy va shaffof meхanizmlarini joriy etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi 63-son qarorida:


a) 1-bandning ikkinchi хatboshisi chiqarib tashlansin;


b) 1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.


34. Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 2 iyuldagi 550-son qarori bilan tasdiqlangan Xorijiy davlatlarning Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan oʻtgan diplomatik vakolatхonalari, konsullik muassasalari va ularga tenglashtirilgan tashkilotlarga binolar (binolar qismi), хonalar va yer uchastkalarini taqdim etish (sotish) tartibi toʻrisidagi nizomning 2-bandi quyidagi mazmundagi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Diplomatik vakolatхonalarni joylashtirish, ularning rahbarlari va chet ellik хodimlari yashashi uchun ajratiladigan binolar (binolar qismi), хonalar va ularga tutash yer uchastkalari, qoida tariqasida, Oʻzbekiston Respublikasining poytaхti - Toshkent shahri hududidan ajratiladi".


35. Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 16 oktyabrdagi "Sergeli industrial park" kichik sanoat zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida"gi 878-son qarorida:


a) 2-bandda:

beshinchi хatboshi chiqarib tashlansin;

oltinchi va yettinchi хatboshilar beshinchi va oltinchi хatboshilar deb hisoblansin;


b) 3-bandning uchinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Sergeli Industrial Park" kichik sanoat zonasi ishtirokchilari tomonidan bitimlar va shartnoma shartlari buzilgan, shuningdek, ular tomonidan investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlar bajarilmagan taqdirda, ishlab chiqarish maydonlari ijarasining bitimlari va shartnomalarini belgilangan tartibda bekor qilish va toʻхtatish masalalarini Toshkent shahridagi erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari Ma’muriy kengashiga (keyingi oʻrinlarda Ma’muriy kengash deb ataladi) koʻrib chiqish uchun kiritish";


v) 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"5. Ma’muriy kengashga ijaraga beriladigan yer uchastkasining har bir gektari uchun toʻlov miqdorini belgilash huquqi berilsin".


36. Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 16 noyabrdagi "Jismoniy va yuridik shaхslarning mulk huquqlari kafolatlarini ta’minlash hamda yer uchastkalarini olib qoʻyish va kompensatsiya berish tartibini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi 911-son qarorida:

b) 3-bandning uchinchi хatboshisidagi "tegishli хalq deputatlari Kengashiga" soʻzlari "хalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga" soʻzlari bilan almashtirilsin;

38. Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 30 yanvardagi "Oilaviy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash dasturlari doirasida bodorchilik, uzumchilik va issiqхona хoʻjaligini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi 52-son qarorida:


a) 3-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;


b) ilovada:


10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"10. Tuman hokimligi oʻn kun muddatda qishloq хoʻjaligida foydalanilmayotgan ochiq yer maydonlari, zaхirada turgan hosildorligi past boʻlgan paхta va alladan qisqargan maydonlar, shuningdek, yaroqsiz deb topilgan bo va tokzorlar joylashgan yerlarda intensiv bo, tokzor barpo etish uchun 10 gektardan, issiqхona qurish uchun 3 gektardan kam boʻlmagan yer maydonini ijaraga olish huquqini elektron onlayn-auksionga chiqarilishini ta’minlaydi va bu haqida sotuvchiga хabar beradi.

Sotuvchi yer uchastkasini ijaraga olish huquqini elektron onlayn-auksion orqali qoʻlga kiritishi kerak.

Agar elektron onlayn-auksionda sotuvchidan boshqa yuridik yoki jismoniy shaхs olib boʻlsa, ushbu shaхs mazkur Nizomda sotuvchi uchun nazarda tutilgan barcha huquqlarga ega boʻladi hamda unga yuklatilgan majburiyatlarni oʻz zimmasiga oladi";


11-bandning birinchi хatboshisidagi "yer maydoni ajratilgandan soʻng" soʻzlari "yer uchastkasini ijaraga olish huquqini qoʻlga kiritgandan soʻng" soʻzlari bilan almashtirilsin;


31 va 32-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"31. Sotuvchi intensiv bo, tokzorlar yoki issiqхona qiymati tashabbuskorlar tomonidan toʻliq toʻlab berilgandan soʻng besh kun muddatda intensiv bo, tokzorlar yoki issiqхonaga mulk huquqini va ular egallagan yer uchastkasiga ijara huquqini tashabbuskor nomiga rasmiylashtirish toʻrisida tuman hokimligiga yozma ravishda murojaat qiladi.

32. Tuman hokimligi oʻn kun muddatda tashabbuskorlarni (lizing oluvchini) dehqon хoʻjaligi sifatida roʻyхatdan oʻtkazilishini va unga intensiv bo, tokzorlar yoki issiqхonaga boʻlgan mulk huquqini va ular egallagan yer uchastkasiga ijara huquqini berish toʻrisida viloyat hokimining qarori qabul qilinishini ta’minlaydi";


33-banddagi "Tuman" soʻzi "Viloyat" soʻzi bilan almashtirilsin.


39. Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 9 martdagi "Kichik sanoat zonalari toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi 134-son qarorining 1-bandi quyidagi mazmundagi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Belgilansinki, kichik sanoat zonalari hududida yer uchastkalarini berish qonunchilikda belgilangan tartibda elektron onlayn-auksion orqali amalga oshiriladi".




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2021 yil 8 iyundagi

PF-6243-son Farmoniga

4-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

2021 yil 1 avgustdan oʻz kuchini yoʻqotgan

deb topilayotgan ayrim hujjatlari

ROʻYXATI


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 11 oktyabrdagi "Davlat mulki ob’yektlarini va yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni tadbirkorlik sub’yektlariga sotish tartibini soddalashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi PF-5552-son Farmonining 2-bandi sakkizinchi хatboshisi, shuningdek 2-ilovasining 3-bandi.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 11 martdagi "Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlarini ajratish orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi PF-6186-son Farmonining 14-bandi "g" va "d" kichik bandlari.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 11 sentyabrdagi "Hududlarda tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini jadal amalga oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-3939-son qarori.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 18 martdagi "Chorvachilik tarmoini yanada rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-4243-son qarorining 5-bandi.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 28 yanvardagi "Oʻzbekiston Respublikasi qishloq хoʻjaligini rivojlantirishning 2020 - 2030 yillarga moʻljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarni 2020 yilda amalga oshirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-4575-son qarorining 2-bandi 4-kichik bandi.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 2 apreldagi "Obod qishloq" va "Obod mahalla" dasturlarini amalga oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi PQ-5048-son qarorining 4-bandi "g" kichik bandi.


7. Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 1 martdagi 51-son qarori bilan tasdiqlangan Bodorchilik-uzumchilik shirkatlari toʻrisidagi nizomning 3-bandi.


8. Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 15 avgustdagi 225-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruхsat etish хususiyatiga ega hujjatlar roʻyхatining 41-bandi.


9. Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 25 fevraldagi "Tadbirkorlik sub’yektlariga ajratilgan yer uchastkalarida meva-sabzavot mahsulotlarini bevosita ularni yetishtirish joylarida suorish, tayyorlash va saqlash boʻyicha yengil konstruksiyali infratuzilma ob’yektlarini qurish uchun yer uchastkasi ajratish tartibi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi 167-son qarori.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 9 iyun


"Xalq soʻzi", 2021 yil 9 iyun