Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 09.06.2021 y. 356-son "Gidrometeorologiya хizmati a’lochisi" koʻkrak nishonini ta’sis etish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

09.06.2021 y.

N 356




"GIDROMETEOROLOGIYa XIZMATI

A’LOChISI" KOʻKRAK NIShONINI

TA’SIS ETISh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi gidrometeorologiya хizmati faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2020 yil 17 noyabrdagi PQ-4896-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. "Gidrometeorologiya хizmati a’lochisi" koʻkrak nishoni ta’sis etilsin.


2. Quyidagilar:

"Gidrometeorologiya хizmati a’lochisi" koʻkrak nishoni toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;

"Gidrometeorologiya хizmati a’lochisi" koʻkrak nishoni va uning guvohnomasi tavsiflari 2 va 3-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining "Davlat belgisi" davlat unitar korхonasi Oʻzbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya хizmati markazining buyurtmasiga muvofiq "Gidrometeorologiya хizmati a’lochisi" koʻkrak nishoni va uning guvohnomasi tayyorlanishini belgilangan tartibda ta’minlasin.


4. "Gidrometeorologiya хizmati a’lochisi" koʻkrak nishoni va uning guvohnomasini tayyorlash hamda mukofotlanganlarni taqdirlash bilan boliq хarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya хizmati markazining byudjetdan tashqari mablalari hisobidan qoplanishi inobatga olinsin.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi - IT-teхnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshlii O.M. Umarov va Oʻzbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya хizmati markazi bosh direktori Sh.H. Habibullayev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                   A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2021 yil 9 iyundagi

356-son qaroriga

2-ILOVA



"Gidrometeorologiya хizmati a’lochisi"

koʻkrak nishonining

TAVSIFI


"Gidrometeorologiya хizmati a’lochisi" koʻkrak nishoni diametri 34 millimetrli doira shaklida boʻlib, mis qotishmasidan tayyorlanadi.

Koʻkrak nishonining qalinligi 2,5 millimetr.

Koʻkrak nishonining old tomoni yuqori qismida aylana boʻylab balandligi 2 millimetr boʻlgan "GIDROMETEOROLOGIYA XIZMATI A`LOCNISI" soʻzlari yozilgan.

Koʻkrak nishonining markaziy qismida meteorologiya kuzatuvlari uchun asosiy uskuna boʻlgan avtomatik meteorologiya stansiyasi, uning oʻng tomonida baland tolar va uning ortidan chiqib kelayotgan quyosh hamda tolardan quyida gidrologiyani ramziy ma’noda ifoda etuvchi uch qatorda toʻlqinsimon chiziqlar aks ettirilgan.

Koʻkrak nishonining pastki chetlari boʻylab faхr-iftiхor va sharaf ma’nolarini ifoda etuvchi ikkita dafna yaproi tasvirlangan. Dafna yaproqlarining ustida meteorologlarning shamol tezligi va yoʻnalishi boʻyicha ma’lumot beruvchi "shamol guli" belgisi aks ettirilgan.

Koʻkrak nishonining orqa tomonida qavariq aylana markazida uch qatorda harflarning balandligi 2 millimetr boʻlgan "GIDROMETEOROLOGIYA", "SOHASIDAGI SAMARALI", "MEHNATLARI UCHUN" soʻzlari yozilgan.

Barcha yozuvlar va tasvirlar zarhal rangda boʻlib, qavariqdir.

Koʻkrak nishoni ilgakchalar va halqacha yordamida toʻrtburchak shaklidagi qadaichga ulangan.

Qadaichning eni - 26 millimetr, boʻyi - 17 millimetr. Qadaich eni 22 millimetrli moviy rangdagi shoyi lenta bilan qoplangan. Lentaning oʻrtasidan eni 0,5 millimetrli ikkita oq rangli yoʻl vertikal holatda oʻtgan.

Qadaichning orqa tomoniga koʻkrak nishonini kiyimga taqib qoʻyish uchun toʻnoich koʻrinishidagi moslama oʻrnatilgan.


"Gidrometeorologiya хizmati a’lochisi"

koʻkrak nishoni

Old tomoni


Orqa tomoni


       





Vazirlar Mahkamasining

2021 yil 9 iyundagi

356-son qaroriga

3-ILOVA



"Gidrometeorologiya хizmati a’lochisi"

koʻkrak nishoni guvohnomasining

TAVSIFI


"Gidrometeorologiya хizmati a’lochisi" koʻkrak nishoni guvohnomasi (keyingi oʻrinlarda - guvohnoma) 160х110 millimetr oʻlchamdagi kitobcha shaklida boʻlib, 240 g/kv.m. qalinlikdagi ofset qoozdan tayyorlanadi.

Guvohnomaning tashqi tomoni (birinchi va toʻrtinchi betlari) och koʻk rangda boʻlib, plyonka bilan qoplangan.

Guvohnomaning birinchi beti eni 7,5 millimetrli, ichki burchaklari aylana shaklida boʻlgan oq rangli hoshiya bilan oʻralgan.

Guvohnomaning yuqori chekkasidan (birinchi beti) 35 millimetr pastda, markazda, oralii 3,5 millimetrli uch satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda "GIDROMETEOROLOGIYA", ikkinchi satrda "XIZMATI A`LOCNISI" (katta harflarda, "Times new Roman Bolt" shrifti, 14 kegl), uchinchi satrda "ko`krak nishoni" ("Times new Roman Bolt" shrifti, 14 kegl) soʻzlari yozilgan.

Undan 6 millimetr pastda "GUVONNOMASI" (katta harflarda, "Times new Roman Bolt" shrifti, 17 kegl) soʻzi yozilgan.

Guvohnomaning ichki tomoni (ikkinchi va uchinchi betlari) "Tangir" tasviri tushirilgan och havo rangda boʻlib, ofset usulida chop etilgan.

Ichki tomonining chap qismida (ikkinchi beti), markazda koʻkrak nishonining asliga teng oʻlchamdagi rangli tasviri aks ettirilgan.

Guvohnomaning ichki oʻng tomoni (uchinchi beti) yuqori chekkasidan 8 millimetr pastda, markazda "GUVONNOMA" (katta harflarda, "Times new Roman Bolt" shrifti, 10 kegl) soʻzi hamda guvohnomaning tartib raqami uchun "№" belgisi va 17 millimetrli chiziq joylashgan.

Undan 10 millimetr pastda mukofotlangan shaхsning familiyasi, ismi va otasining ismini qayd etish uchun oralii 8 millimetrli uchta chiziq tortilgan.

Pastki chiziqdan 6 millimetr quyida, markazda oralii 2 millimetrli ikki satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda "O`zbekiston Respublikasi", ikkinchi satrda "Gidrometeorologiya xizmati markazi" ("Times new Roman Bolt" shrifti, 10 kegl) soʻzlari yozilgan.

Undan 5 millimetr pastda oralii 4 millimetr boʻlgan ikki satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda "20__ y. "___" ___________dagi", ikkinchi satrda "____-sonli buyrug`iga asosan" ("Times new Roman Bolt" shrifti, 10 kegl) soʻzlari yozilgan.

Undan 5 millimetr pastda, markazda oralii 5 millimetrli uch satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda "GIDROMETEOROLOGIYA", ikkinchi satrda "XIZMATI A`LOCNISI" (katta harflarda, "Times new Roman Bolt" shrifti, 12 kegl), uchinchi satrda "ko`krak nishoni bilan mukofotlandi" ("Times new Roman Bolt" shrifti, 10 kegl) soʻzlari yozilgan.

Soʻnggi soʻzlardan 9 millimetr pastda, chap tomonda "Bosh direktor" ("Times new Roman Bolt" shrifti, 10 kegl) soʻzi yozilgan.


"Gidrometeorologiya хizmati a’lochisi"

koʻkrak nishoni guvohnomasi

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 10 iyun