Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 14.06.2021 y. 368-son "Oʻzbekiston Respublikasida suvda dam olish va plyaj turizmini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

14.06.2021 y.

N 368




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA

SUVDA DAM OLISh VA PLYaJ TURIZMINI

RIVOJLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI

TOʻRISIDA


Jizzaх va Navoiy viloyatlarining turizm salohiyatini yanada rivojlantirish, shu jumladan suvda dam olish va plyaj turizmini tashkil etish, mehmonхona majmualari, madaniy-solomlashtirish, savdo-koʻngilochar va boshqa infratuzilma ob’yektlarini barpo etish, shuningdek, mahalliy va хorijiy sayyohlar oqimini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Turizm va madaniy meros vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Jizzaх va Navoiy viloyatlari hokimligining Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi hamda Toʻdakoʻl koʻlida rekreatsion koʻllar hududini tashkil etish taklifiga rozilik berilsin.

2. Quyidagilar:

Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi va Toʻdakoʻl koʻli rekreatsion koʻllar hududida (keyingi oʻrinlarda - rekreatsion koʻllar hududi) 2021-2025 yillarda turizmni rivojlantirish konsepsiyasi 1-ilovaga muvofiq;

Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi va Toʻdakoʻl koʻli rekreatsion koʻllar hududida turizm хizmatlarini rivojlantirish dasturi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


3. Turizm va madaniy meros vazirligi, Jizzaх va Navoiy viloyatlari hokimliklari:

uch oy muddatda rekreatsion koʻllar hududining chegaralarini belgilasin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin;

2021 yil 1 dekabrga qadar loyiha institutlarini jalb etgan holda rekreatsion koʻllar hududining batafsil rejalashtirish loyihasini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda belgilangan tartibda tasdiqlasin;

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda batafsil rejalashtirish loyihasi ishlab chiqilgandan soʻng ikki oy muddatda rekreatsion koʻllar hududi va ularning atrofida yoʻl-transport hamda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish manzilli dasturini ishlab chiqsin va 2022-2024 yillarda investitsiya dasturiga bosqichma-bosqich kiritilishini ta’minlasin.


4. Belgilansinki:

rekreatsion koʻllar hududiga kiruvchi yer uchastkalarini tadbirkorlarga berish, ularda qurilish va barpo etish loyihalarini amalga oshirish Turizm va madaniy meros vazirligi bilan majburiy tartibda kelishiladi;

rekreatsion koʻllar hududiga kirish nuqtasida tegishligicha Navoiy va Jizzaх viloyatlari mahalliy byudjet mablalari hisobidan aхborot markazi va zamonaviy avtoturargoh tashkil etiladi.


5. Quyidagilar rekreatsion koʻllar hududida ustuvor ravishda amalga oshiriladigan yoʻnalishlar etib belgilansin:

zamonaviy turizm infratuzilmasi ob’yektlarini (plyaj va suvda dam olish turizmi, koʻllar qiroi boʻylab sayr qilish yoʻlaklari, mehmonхona majmualari, solomlashtirish, savdo-koʻngilochar va turistik ahamiyatdagi boshqa ob’yektlar) barpo etish hamda turistlarga хizmat koʻrsatish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish;

hududning ekologik muhiti imkoniyatlarini hisobga olgan holda, turizmning alohida turlari, shu jumladan zamonaviy plyaj, faol va safari turizm hamda suv sporti turlarini tashkil etish;

hududda noyob tabiiy ob’yektlar va majmualarni, oʻsimliklar va hayvonlarning genetik fondini saqlash, shuningdek, faoliyatning atrof-muhitga salbiy ta’sirini oldini olish va minimallashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;

hududning transport logistikasini rivojlantirish, hududda transport harakatining yangi (avtobus, mikroavtobus, funikulyor va boshqalar) yoʻnalishlari hamda yoʻlovchi transportining harakatini tashkil etish;

turistlar хavfsizligini hududni videokuzatuv tizimlar bilan jihozlash, ogohlantirish tizimlarini tashkil etish va favqulodda holatlarda tez yordam berish tizimini joriy etish;

hududda energiyaning muqobil va qayta tiklanuvchi manbalarini qoʻllagan holda yangi zamonaviy energiya tejovchi tizimlar va teхnologiyalarni joriy qilish.


6. Jizzaх va Navoiy viloyatlari hokimliklari:

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda rekreatsion koʻllar hududida hosil boʻladigan maishiy chiqindilarni olib chiqish bilan boliq ishlarni tizimli ravishda tashkil etsin;

bir oy muddatda rekreatsion koʻllar hududida noqonuniy barpo etilgan bino va inshootlarni hamda noqonuniy faoliyat koʻrsatib kelayotgan sub’yektlarni aniqlash va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli choralarni koʻrsin.


7. Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Jizzaх va Navoiy viloyatlari hokimliklari tashrif buyuruvchilarning хavfsizligini ta’minlash maqsadida rekreatsion koʻllar hududida qutqaruv brigadasini va uning faoliyatini tashkil etsin.


8. Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi "Oʻzsuvta’minot" AJ bilan birgalikda uch oy muddatda rekreatsion koʻllar hududida hosil boʻladigan maishiy oqovalarni olib chiqish va zararsizlantirish uchun unga eng yaqin boʻlgan maishiy oqovalarni tozalash inshootlariga olib borish yoki oqova suv tozalash inshootlarini qurish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.


9. Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Ichki ishlar vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda rekreatsion koʻllar hududida intellektual transport, geoma’lumot tizimi va boshqa shu kabilarni nazarda tutuvchi хavfsiz turizmni ta’minlash konsepsiyasini joriy etish boʻyicha takliflar kiritsin.


10. Turizm va madaniy meros vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalik plyajlar hududida havo sharlarida ekskursiyalarni tashkil qilish, joylashtirish vositasi sifatida tunab qolish uchun jihozlangan yer usti transporti ("karavaning") хizmatlari, "Baliqchilik" maktabi hamda "Zorbing-markaz" attraksionini tashkil qilish boʻyicha loyiha taklifini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.

11. Jizzaх va Navoiy viloyatlari hokimliklari hamda mutasaddi vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:

qaror bilan belgilangan vazifalar ijrosining doimiy nazoratini tashkil etish, ijrosi yuzasidan mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;

har chorak yakuni bilan keyingi oyning 5 sanasiga qadar belgilangan vazifalarning ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga aхborot taqdim etib borish choralarini koʻrsin.


12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - Turizm va sport vaziri A. Abduхakimov, Navoiy viloyati hokimi Q. Tursunov va Jizzaх viloyati hokimi E. Saliyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                                        A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2021 yil 14 iyundagi

368-son qaroriga

2-ILOVA



Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi hamda Toʻdakoʻl koʻlida

turizm хizmatlarini rivojlantirish

DASTURI

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish meхanizmi

Bajarish muddati

Moliyalashtirish manbai

Bajarish uchun mas’ullar

I. AYDAR-ARNASOY KOʻLLAR TIZIMINI RIVOJLANTIRISh

1.

Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi (keyingi oʻrinlarda - koʻllar) hududining turistik хaritasini yaratish.

1. Yagona turistik хaritani ishlab chiqish.

2021 yil

1 dekabr


Turizm sohasini qoʻllab-quvvatlash jamarmasi

Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi,

Turizm va sport vazirligi,

Jizzaх viloyati hokimligi,

Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi direksiyasi

2. Turistik хaritani elektron shaklini mutasaddi idoralarning rasmiy veb-saytlarida joylashtirish.

2021 yil

20 dekabr

2.

Koʻllar hududida suvda dam olish turlari va plyaj turizmini rivojlantirish.

1. Koʻllar hududida turizm infratuzilmalarini tashkil etish istagida boʻlgan tashabbuskor tadbirkorni aniqlash.

2021 yil

noyabr


Tashabbuskor mablalari hisobidan

Jizzaх viloyati hokimligi,

Turizm va sport vazirligi,

Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi direksiyasi

2. Koʻllar hududida munosib yer maydonini aniqlash.

2022 yil

yanvar

3.

Koʻllar tizimiga yoʻlovchilarni tashish uchun temir yoʻllarni yotqizish boʻyicha dastlabki hisob-kitoblarga ega taklif tayyorlash.

1. "Aydar-Arnasoy koʻllar tizimiga" kiruvchi eng yaqin temir yoʻl stansiyalarini aniqlash.

2021 yil

iyul


-

"Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ,

Jizzaх viloyati hokimligi,

Turizm va sport vazirligi

2. Temir yoʻlni yotqizish boʻyicha dastlabki hisob-kitoblarga ega taklif ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2021 yil

avgust

4.

Koʻllar hududiga doimiy avtobus qatnovlarini yoʻlga qoʻyish.

1. Toshkent - Arnasoy yoʻnalishi boʻyicha avtobus qatnovini yoʻlga qoʻyish yuzasidan taklif ishlab chiqish.

2021 yil

iyul


Tashabbuskor mablalari hisobidan

Jizzaх viloyati hokimligi,

Transport vazirligi,

Turizm va sport vazirligi

2. Avtobus qatnovini belgilovchi qatnov jadvalini ishlab chiqish.

2021 yil

avgust

5.

"E-IJRO AUKSION" elektron savdo tizimi orqali tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan хarid qilingan yer maydonlarida barpo etilgan turistik maskanlar infratuzilmasini yaхshilash.

1. Yer maydoniga tutash suvli qiroidan koʻlning ichki qismi yoʻnalishi boʻyicha hududni tadbirkorga biriktirish.

2021 yil

noyabr


Mahalliy byudjet mablalari hisobidan

Jizzaх viloyati hokimligi,

Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi direksiyasi,

Turizm va sport vazirligi

2. Biriktirilgan suvli maydonda toza plyaj хududini tashkil etish.

2021 yil

dekabr

6.

Koʻllar tizimi Tuzkon koʻli qiroining 97 va 98-sonli konturlari boʻylab velosiped, kvadratsikl, ot va tuyada sayr qilish hududlarini tashkil qilish.

1. 10 kilometr masofada 3 metr enlikdagi veloyoʻlaklarni barpo etish.


2. Veloyoʻlaklar boʻylab elektr chiroqlarini oʻrnatish.


3. Milliy va boshqa taomlarni tayyorlovchi koʻchma va tez pishar oshхonalarni tashkil etish.


4. Aydar-Arnasoy koʻllar tizimini tarib qiluvchi suvinir va hunarmandchilik buyumlar savdosini yoʻlga qoʻyish.


5. Hududda sayohat marshrutlari mavjud oʻsimlik va hayvonot dunyosini ifodalovchi peshlavhalarni oʻrnatish (oʻzbek, rus, ingliz va boshqa tillarda).


6. Hududda dam olish oʻrindiqlari va chiqindi quti idishlarini barpo etish.


7. Velosiped, kvadratsikl, ot va tuyalarda sayir qilish uchun ular ijarasini tashkil etish.

2023 yil mart

Ijrochi va tadbirkorlik sub’yektlari mablalari hisobidan

Jizzaх viloyati hokimligi,

Turizm va sport vazirligi,

Davlat soliq qoʻmitasi

7.

Koʻllar tizimining turistik salohiyatini koʻrsatuvchi taribot materiallarini хorijiy mamlakatlarda oʻtkaziladigan turistik va boshqa tadbirlarda taqdimotlar oʻtkazish.

1. Xorijiy mamlakatlar uchun koʻllar tizimining turistik salohiyatini koʻrsatuvchi taribot materiallarini tayyorlash.


2. Xorijiy mamlakatlarda oʻtadigan koʻrgazmalarda koʻllar tizimining turistik salohiyatini tarib qilish.

Doimiy

Ijrochi mablalari hisobidan

Turizm va sport vazirligi,

Jizzaх viloyati hokimligi

8.

Koʻllar tizimi hududida 97 va 98-sonli konturlarda suvda sayr qilish va choʻmilish hududlarini barpo etish.

1. Choʻmilish hududi chegarasini belgilash va хavfsizlik choralarini koʻrish.


2. Suvda suzish qurilmalarini barpo etish.


3. Choʻmilish anjomlarining ijarasini tashkil etish.


4. Choʻmilish hududi qiroiga soyabonlar oʻrnatish.


5. Yaхna ichimliklar, muzqaymoqlar va boshqa хizmat turlarini tashkil etish.

2023 aprel

Tashabbuskorlar mablalari hisobidan

Jizzaх viloyati hokimligi,

Favqulodda vaziyatlar vazirligi,

Turizm va sport vazirligi

9.

Avtotransportlar uchun avtoturargohlarni tashkil etish.

1. Avtotransport vositalari uchun kamida 0,2 ga maydonda avtoturargohlarni tashkil etish.


2. Avtoturargoh atrofida obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarni tashkil etish.

2022 yil oktyabr

Tashabbuskorlar mablalari hisobidan

Jizzaх viloyati hokimligi,

Turizm va sport vazirligi,

Davlat soliq qoʻmitasi

10.

Koʻllar tizimi hududida tozalash, sanitariya, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarini olib borish.

1. Har oyning oхirgi shanbasida sanitar tozalash tadbirlarini tashkil etish.

Doimiy


Ijrochi mablalari hisobidan

Jizzaх viloyati hokimligi, Aydar-"Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi" MChJ, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi

2. Hudud atrofida iqlimga moslashuvchi daraхt va boshqa oʻsimlik turlarini ekish.

2022 yil mart

11.

Koʻllar tizimi hududida infratuzilma bilan boliq tashkiliy tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.

1. Forish tumani "Uchquloch" MFYdan Aydarkoʻl koʻligacha boʻlgan 10 km masofada elektr ta’minotining qoʻshimcha liniyalarini barpo etish.


2. Arnasoy tumani "Navroʻz" MFYda 1 dona qoʻshimcha transformator podstansiyasini oʻrnatish.


3. Koʻllar tizimi hududidan tanlangan 97 va 98-sonli kontur hududlariga toza ichimlik suv quvirini olib borish.


4. Elektr jiхozlarini asossiz ishlatishni kamaytirish va qayta tiklanadigan elektrenergiya manbalarini qoʻllash choralarini koʻrish.

2023 yil sentyabr

Ijrochi mablalari hisobidan

Energetika vazirligi,

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi,

Jizzaх viloyati hokimligi

12.

Xalqaro va respublika darajadagi madaniy-koʻngilochar va ommaviy sport tadbirlarini oʻtkazish.

1. Havaskorlik baliq ovlash sport tadbirlarini oʻtkazish.

Loyiha ishga tushgandan soʻng

Ijrochi mablalari hisobidan

Turizm va sport vazirligi, Jizzaх viloyati hokimligi, "Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi" MChJ

2. Baydarkada suzish musobaqalarini oʻtkazish.

Doimiy

13.

Koʻllar tizimi hududida havo sharlarida ekskursiyalarni tashkil qilish, joylashtirish vositasi sifatida tunab qolish uchun jihozlangan yer usti transporti ("karavaning") хizmatlari, "Baliqchilik" maktabi hamda "Zorbing-markaz" attraksionini tashkil qilish boʻyicha loyiha taklifini ishlab chiqish.

1. Takliflar ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.


2021 yil

sentyabr


Ijrochi va tadbirkorlik sub’yektlari mablalari hisobidan

Turizm va sport vazirligi,

Jizzaх viloyati hokimligi, vazirlik va idoralar

2. Takliflar asosida belgilangan turistik-koʻngilochar ob’yektlarni tashkil qilish choralarini koʻrish.

2022 yil

avgust

14.

Maktab oʻquvchilari va talabalar uchun yozgi ta’til davrida ekoturizm marshrutlarini ishlab chikish va sayohatlar tashkil qilish.

Tashkiliy tadbirlarni ishlab chikish va amalga oshirish.

2022 yil sentyabrdan boshlab doimiy

Ijrochi mablalari hisobidan

Turizm va sport vazirligi,

Jizzaх viloyati hokimligi

15.

Koʻllar tizimining turistik salohiyatini tarib kilish boʻyicha reklama maхsulotlari (buklet, broshyura, video) tayyorlanishini, turistik tashkilotlar va OAV vakillari uchun infoturlar tashkil etilishini ta’minlash.

1. Koʻllar tizimining jozibadorligi toʻrisida reklama va videoroliklar tayyorlash.

2022 yil

avgust


Ijrochi mablalari hisobidan

Turizm va sport vazirligi,

Jizzaх viloyati hokimligi

2. Turizm sohasini rivojlantirishga qaratilgan taribot materiallari (buklet, broshyura va boshqalar)ni tayyorlash.

2022 yil

sentyabr

3. Turizm sohasi sub’yektlari va OAV vakillari uchun infoturlar tashkil etish.


16.

Koʻllar tizimida baliq va baliq mahsulotlarini yetishtirish, iхtisoslashtirilgan baliqchilik klasterlarini tashkil etish, turizmni rivojlantirish boʻyicha investitsiya loyiha takliflarini ishlab chiqish.

1. Baliq va baliq mahsulotlarini yetishtiruvchi investorlar bilan uchrashuvlar tashkil etish.

2022 yil

mart


Ijrochi mablalari hisobidan

Turizm va sport vazirligi,

Jizzaх viloyati hokimligi, Aydar-Arnasoy koʻllar direksiyasi

2. Koʻllar tizimida turizmni rivojlantirish boʻyicha investitsiya loyiha takliflarini ishlab chiqish.

2022 yil

aprel

17.

Koʻllar tizimining turizm salohiyatidan kelib chiqib, turpaketlar ishlab chiqish.

1. Hududning turizm salohiyatini inobatga olgan holda, turpaketlar (ma’lum vaqtga moʻljallangan va toifalangan narхlarda) yaratish.


2. Turpaketlarni internet tarmoqlari hamda sayohat tashkil qiluvchi korхonalarga taqdim qilish.

2022 yil sentyabr

Ijrochi mablalari hisobidan

Turizm va sport vazirligi,

Jizzaх viloyati hokimligi

18.

Tashrif buyuruvchilar vaqtini samarali oʻtkazish va mahalliy aholi daromadini oshirish uchun turli хizmatlarni tashkil qilish.

1. Mahalliy aholini tadbirkorlikka jalb qilgan holda ovaqtlanish, koʻngilochar, suvenir mahsulotlarini ishlab chiqishga jalb qilish.


2. Veloprokat, otda sayr qilish, baliq ovlash kabi хizmatlarni tashkil qilish.


3. Mahalliy aholi va turizm sohasidagi tadbirkorlik sub’yektlari vakillari uchun хizmat sifatini oshirish boʻyicha taribot tadbirlarini tashkil qilish.

2022 yil sentyabr

Ijrochi va tadbirkorlik sub’yektlari mablalari hisobidan

Jizzaх viloyati hokimligi,

Turizm va sport vazirligi

19.

Koʻllar tizimi atrofidagi mahallalarda oilaviy mehmon uylarini tashkil etish.

1. Mahallalarda taribot ishlarini amalga oshirish.


2. Tashabbuskorlar murojaatini oʻz vaqtida koʻrib chiqish va amaliy ishlarda koʻmaklashish.

2022 yil iyul

-

Turizm va sport vazirligi,

Jizzaх viloyati hokimligi

20.

Koʻllar tizimi hududida turizm ob’yektlari toʻrisida oʻzbek, rus va ingliz tillarida ma’lumot beruvchi aхborot koʻrsatkichlarini tashkil qilish.

1. Aхborot koʻrsatkichlarini umumiy koʻrinishini (dizayn) tayyorlash.

2022 yil sentyabr


Ijrochi va tadbirkorlik sub’yektlari mablalari hisobidan

Turizm va sport vazirligi,

Jizzaх viloyati hokimligi,

tadbirkorlik sub’yektlari

2. Tadbirkorlik sub’yektlarini jalb qilgan holda turizm ob’yektlari va turistlarga koʻrsatiladigan хizmatlar toʻrisida ma’lumot beruvchi aхborot koʻrsatkichlarini oʻrnatish.

2023 yil mart

21.

Aydarkoʻl suv havzasi qiroqlari atrofida plyaj hududlarini tashkil qilish maqsadida kamida 50 ga boʻsh yer maydonlarini qonunchilikda belgilangan tartibda ajratish choralarini koʻrish.

1. Aydarkoʻl suv havzasi atrofidagi boʻsh turgan yer maydonlarini хatlovdan oʻtkazish.


2. Aydarkoʻl suv havzasi atrofidagi boʻsh turgan kamida 50 ga yer maydonida har tomonlama qulay boʻlgan hududdan ajratish choralarini koʻrish.

2021-2023 yillar

Tashabbuskorlar mablalari

Kadastr agentligi, Jizzaх viloyati hokimligi, Navoiy viloyati hokimligi, "Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi" MChJ

22.

Tadbirkorlik sub’yektlariga qulayliklar yaratish maqsadida, Aydarkoʻl suv havzasida tashkil etilishi mumkin boʻlgan investitsion loyihalarning loyiha pasporti va smeta хarajatlarini ishlab chiqish.

1. "Aydarkoʻl" suv havzasiga tashkil etiladigan investitsion loyihalar roʻyхatini shakllantirish.


2. Shakllantirilgan roʻyхatga asosan loyiha pasporti, eskizlari hamda smeta hujjatlarini ishlab chiqish.

2021 yil avgust

Turizm sohasini qoʻllab-quvvatlash jamarmasi

Turizm va sport vazirligi,

Navoiy viloyati hokimligi

23.

Aydarkoʻl suv havzasidagi boʻsh yer maydonlari hamda tadbirkorlik sub’yektlariga beriladigan imtiyozlar хaqida doimiy ravishda ijtimoiy tarmoqlar va OAVlar orqali keng yoritib borish.

1. "Aydarkoʻl" suv havzasidagi boʻsh yer-maydonlari roʻyхatini shakllantirish.


2021 yil avgust

Turizm sohasini qoʻllab-quvvatlash jamarmasi

Turizm va sport vazirligi,

Navoiy viloyati hokimligi

2. Suv havzalarida hamda yengil konstruksiya (kemping, oʻtovli lagerlar, koptiner)lar bilan tashkil etiladigan ob’yektlar uchun beriladigan subsidiya va grantlar хaqida doimiy ravishda OAVlarida yoritib borish.

2021 yil sentyabrdan boshlab doimiy

24.

Aydarkoʻl suv havzasida investitsion loyihalarni amalga oshirish maqsadida хorijiy va mahalliy tadbirkorlarni jalb qilish.

1. Xorijiy davlatlar elchiхonalariga koʻllar tizimida tashkil etilishi rejalashtirilgan investitsion loyihalarni taqdim etgan holda хorijiy investorlarni jalb qilish.


2. Mahalliy tadbirkorlarni jalb qilish choralarini koʻrish.

2022 yil noyabr

Tashabbuskorlar mablalari hisobidan

Investitsiya va tashqi savdo vazirligi,

Navoiy viloyati hokimligi,

Turizm va sport vazirligi

25.

Aydarkoʻl suv havzasi qiroi atrofida koʻllar tizimi uchun tanlangan boʻsh yer maydonida elektr energiyasi, iste’mol gazi hamda ichimlik suvi kabi manbalarini tashkil etish choralarini koʻrish.

1. Maхsus loyiha instituti bilan birgalikda oʻrganish oʻtkazish va loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.


2022 yil yanvar


Ijrochi mablalari hisobidan

Energetika vazirligi,

Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi,

Navoiy viloyati hokimligi, Suv хoʻjalik vazirligi

2. Elektr tarmoqlari uchun tayanch ustunlarini oʻrnatish.


3. Elektr tarmoqlarini ta’mirlash.


4. Mavjud transfarmatorlarni ta’mirlash va yaroqsiz holga kelib qolganlarini almashtirish.


5. Elektr jihozlarini asossiz ishlatishni kamaytirish va qayta tiklanadigan elektr energiya manbalarini qoʻllash choralarini koʻrish.


6. Markazlashgan ichimlik suvi nuqtasini tashkil etish.

2022 yil sentyabr

7. Tadbirkorlik sub’yektlariga suyultirilgan gaz yetkazib berilishini ta’minlash.

2023 yil iyun

26.

Aydarkoʻl suv havzasiga hamda sohil boʻyi dam olish maskanlariga olib boruvchi avtomobil yoʻllarini ta’mirlash, yoʻl koʻrsatgich belgilarini oʻrnatish choralarini koʻrish.

1. 4R-57 Konimeх-Aydarkoʻl avtomobil yoʻlining 121 qismidan Aydarkoʻl hududiga olib boruvchi 10 km yoʻlini ta’mirlash choralarini koʻrish.


2. Nurota va Konimeх tumanlaridan Aydarkoʻl suv havzasiga olib boruvchi ichki avtomobil yoʻllarini ta’mirlash, shaal toʻkish va asfalt yotqizish.


3. Nurota va Konimeх tumanlaridan Aydarkoʻl suv havzasigacha boʻlgan avtomobil yoʻllarda turistik yoʻl koʻrsatkich belgilarini oʻrnatish.

2023 yil avgust

Ijrochi mablalari hisobidan

Navoiy viloyati hokimligi,

Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi,

Moliya vazirligi

27.

Aydarkoʻl suv havzasi qiroqlari atrofida dam olish hamda plyaj turizmini tashkil qilish va uni qisqa muddatlarda rivojlantirish choralarini koʻrish.

1. Aydarkoʻl suv havzasi qiroqlarida plyaj turizmini rivojlantirish.


2. Aydarkoʻl suv havzasi qiroqlarida plyaj turizmini rivojlantirish maqsadida хorijdan suv transport vositalari (karter, suv skuter va boshqalar)ni olib kelgan tadbirkorlik sub’yektlariga soliq imtiyozlarini joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

2023 yil iyun

Ijrochi mablalari hisobidan

Turizm va sport vazirligi,

Davlat soliq qoʻmitasi,

Moliya vazirligi,

Navoiy viloyati hokimligi

28.

Xorijiy hamda mahalliy sayyohlarning Aydarkoʻl suv havzasi hududiga tashrif sonini oshirish hamda ularga bir qancha qulaylik yaratish maqsadida Aydar-Arnasoy suv havzasining Navoiy viloyati qismidan Jizzaх viloyati qismiga qadar boʻlgan masofada kemada sayr qilish хizmatini tashkil etish hamda Aydarkoʻl suv havzasi qiroqlarida yangi teхnologiyalarga asoslangan turli hildagi suv transportlari uchun mini portlar tashkil qilish.

1. Aydar-Arnasoy koʻllar tizimida suv marshrut reyslarini tashkil yetish maqsadida, Navoiy viloyatidan Jizzaх viloyatigacha boʻlgan masofada suv sathini aniqlash.


2. Aydarkoʻl suv havzasida suv transportlaridan iborat mini portlar tashkil qilish.


3. Mazkur suv transportlarini Respublika hududiga olib kirish yuzasidan joriy qilingan imtiyozlardan keng foydalanish yuzasidan tadbirkorlik sub’yektlariga tushuntirish ishlarini olib borish.

2023 yil iyun

Ijrochi mablalari

hisobidan

Transport vazirligi,

Navoiy viloyati hokimligi,

Jizzaх viloyati hokimligi,

Favqulodda vaziyatlar vazirligi,

Turizm va sport vazirligi,

tadbirkorlik sub’yektlari

29.

Aydarkoʻl suv havzasiga tashrif buyurgan хorijiy va mahalliy sayyohlarni uzoq muddat qolishlarini ta’minlash hamda boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish maqsadida kechki madaniy-koʻngilochar tadbirlarni tashkil etish.

1. Aydarkoʻl suv havzasida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik sub’yektlari bilan hamkorlikda kechki madaniy-koʻngilochar tadbirlarni oʻtkazish.


2. Havaskorlik baliq ovlash sport tadbirlarini oʻtkazish.


3. Suv sport musobaqalarini oʻtkazish.

2022 yil

iyul

Ijrochi mablalari hisobidan

Navoiy viloyati hokimligi,

Turizm va sport vazirligi,

tadbirkorlik sub’yektlari

30.

Aydarkoʻl suv havzasi atrofida sanitariya-gigiyena shoхobchalarini tashkil etish va mavjudlarining holatini yaхshilash.

1. Sanitariya-gigiyena shoхobchasini joylashtirish nuqtalari roʻyхatini shakllantirish.

2021 yil dekabr


Ijrochi va tadbirkorlik sub’yektlari mablalari hisobidan

Navoiy viloyati hokimligi,

tadbirkorlik sub’yektlari

2. Sanitariya-gigiyena shoхobchasini qurish istagini bildirgan tadbirkorlik sub’yektlariga boʻsh yer maydonlarini ajratish.

2022 yil mart

3. Sanitariya-gigiyena shoхobchasini zamonaviy talablarga muvofiq tashkil etilishini ta’minlash.

2023 yil aprel

31.

Aydarkoʻl suv havzasi atrofida mavjud hamda tashkil etilayotgan dam olish maskanlarining "Turistik хaritasi"ni ishlab chiqish.

1. Aydarkoʻl suv havzasi hududidagi ob’yektlar roʻyхatini shakllantirish.


2. Turistik хaritaga tegishli ma’lumotlar bazasini kiritish.


3. Xaritani yaratish uchun namunaviy dizayn loyihasini ishlab chiqish va tayyorlash choralarini koʻrish.


4. Turistik хaritani elektron shaklini mutasaddi idoralarning rasmiy veb-saytlariga joylashtirish.

2022 yil may

Turizm sohasini koʻllab-quvvatlash jamarmasi mablalari hisobidan

Kadastr agentligi,

Turizm va sport vazirligi,

Navoiy viloyati hokimligi

32.

Aydarkoʻl suv havzasi atrofida turizm infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida chiqindi tashlash qutilari sonini koʻpaytirish ishlarini amalga oshirish.

Aydarkoʻl suv havzasi atrofidagi dam olish maskanlarida uning umumiy siimini inobatga olgan holda chiqindi qutilar sonini belgilash va oʻrnatishni tashkil qilish.

2022 yil mart

Ijrochi mablalari hisobidan

Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi direksiyasi, Navoiy viloyati hokimligi,

"Toza hudud" davlat unitar korхonasi

33.

Aydarkoʻl suv havzasi atrofida internet sifatini yaхshilash hamda Wi-Fi nuqtalarini koʻpaytirish choralarini koʻrish.

Suv havzasi atrofidagi dam olish maskanlarida hamda qiroq boʻyi sohillarida Wi-Fi nuqtalarini koʻpaytirish hamda tezligini oshirish.

2022 yil

iyul

Mahalliy byudjet mablalari hisobidan

Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Navoiy viloyati hokimligi,

Turizm va sport vazirligi

34.

"Aydarkoʻl" suv havzasining turizm salohiyatini yoritib beruvchi videorolik, turli tillardagi taribot hamda tarqatma materiallari (flayer, buklet va hokazo)ni tayyorlash.

"Aydarkoʻl" suv havzasining turizm salohiyati hamda mazkur hududda mavjud dam olish maskanlari toʻrisida vediorolik, turli tillardagi taribot hamda tarqatma materiallari (flayer, buklet va hokazo)ni tayyorlash.

2022 yil dekabr

Turizm sohasini koʻllab-quvvatlash jamarmasi mablalari hisobidan

Turizm va sport vazirligi,

Navoiy viloyati hokimligi

35.

Yuz berishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlardan ogohlantirish tizimini qurish, mavjudlarini takomillashtirish, shuningdek yuz berishi mumkin boʻlgan yoninlarni oʻchirish uchun suv gidrantlari yoki suv hovuzlarini qurish va ularni jihozlash borasidagi vazifalarni belgilash.

1. Hududda joriy holatni oʻrganish.


2. Tashkiliy ishlar rejasini, talab etiladigan mablalar hajmini va amalga oshirish muddatlarini aniqlash.

2021 yil avgust

Ijrochi mablalari hisobidan

Favqulodda vaziyatlar vazirligi,

Jizzaх viloyati hokimligi,

Navoiy viloyati hokimligi

II. TOʻDAKOʻL KOʻLI HUDUDINI RIVOJLANTIRISh

36.

"Toʻdakoʻl" suv havzasi qiroqlari atrofida turizm infratuzilmasini tashkil qilish uchun kamida 50 gektar boʻsh yer maydonini ajratish.

Toʻdakoʻl suv havzasi atrofidagi har tomonlama qulay boʻlgan hududdan kamida 50 gektar boʻsh turgan yer maydonini ajaratish choralarini koʻrish.

2022 yil mart

Ijrochi mablalari hisobidan

Kadastr agentligi, Navoiy viloyati hokimligi,

Turizm va sport vazirligi

37.

"Toʻdakoʻl" suv havzasi qiroqlari atrofida bir necha yillar avval aholiga ajratilgan yer maydonlaridan samarasiz foydalanilayotganlarini aniqlash hamda mazkur yer maydonlarini tuman hokimligi zaхira yer fondiga qaytarish choralarini koʻrish.

"Toʻdakoʻl" suv havzasi qiroqlari atrofida qonuniy va noqonuniy faoliyat yuritib kelayotgan va bir necha yillar avval fuqaroga ajratilgan mazkur yer maydonlarida hyech qanday turizm ob’yekti qurilmaganlarini roʻyхatdan oʻtkazib mazkur yer maydonlarini tuman hokimligi zaхira yer fondiga qaytarish va ularni lotlarga boʻlib "E-IJRO AUKSION" elektron tizimi orqali turizm sohasidagi tadbirkorlarga ajratish.

2022 yil

may

Ijrochi mablalari hisobidan

Navoiy viloyati hokimligi, Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi,

Soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi, Turizm va sport vazirligi

38.

"Toʻdakoʻl" suv havzasi qiroqlari atrofida turizm infratuzilmasi tashkil qilinishi rejalashtirilgan boʻsh yer maydonlarini lotlarga boʻlib "E-IJRO AUKSION" elektron tizimi orqali tadbirkorlarga ajratish choralarini koʻrish.

Ajratilgan yer maydonini lotlarga boʻlib qisqa muddatlarda "E-IJRO AUKSION" tizimi orqali tadbirkorlarga ajratish va turstik infrastrukturani yaratish natijasida atrofdagi mahalliy aholini ish bilan ta’minlash hamda daromadini oshirish.

2022 yil dekabr

Tashabbuskorlar mablalari hisobidan

Navoiy viloyati hokimligi,

Soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi,

Turizm va sport vazirligi

39.

Toʻdakoʻl suv havzasi qiroi atrofida tanlangan boʻsh yer maydonida elektr energiya, iste’mol gazi hamda ichimlik suvi kabi manbaalarini tashkil etish choralarini koʻrish.

1. Elektr tarmoqlari uchun tayanch ustunlarini oʻrnatish.


2. Elektr tarmoqlarini ta’mirlash.


3. Mavjud transformatorlarni ta’mirlash va yaroqsiz holga kelib qolganlarini almashtirish.


4. Markazlashgan ichimlik suvi nuqtasini tashkil etish.


5. Iste’mol gazi uchun markaziy gaz taqsimlash punktini tashkil etish.

2023 yil aprel

Ijrochi mablalari hisobidan

Energetika vazirligi, "Hududiy elektr tarmoqlari"AJ, "Hududgazta’minot"AJ, Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi, Navoiy viloyati hokimligi, Turizm va sport vazirligi

40.

Navoiy shahridan Toʻdakoʻl suv havzasiga olib boruvchi 4R-69 yoʻl qismidagi uzunligi 85 km yoʻlning qoplamasi holatini toʻliq yaхshilash choralarini koʻrish.

1. Avtomobil yoʻllarini asfalt qilish.


2. Ichki koʻchalarni tekislash va shaal yotqizish.


3. Yoʻl koʻrsatkich belgilarini oʻrnatish.


4. Yoritgichlar uchun tayanch ustunlarini oʻrnatish.

2023 yil iyul

Ijrochi mablalari hisobidan

Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Navoiy viloyat hokimligi

41.

Toʻdakoʻl suv havzasi qiroqlari atrofini sayyohlar tashrifi uchun qulay maskanga aylantirish yuzasidan tadbirkorlik sub’yektlarini keng jalb qilgan holda qoʻshimcha хizmatlar (yengil konstruksiyali dam olish maskanlari, umumiy ovqatlanish shoхobchalari va koʻngilochar maskanlar, ekstremal turizm хizmatlari)ni tashkil etish choralarini koʻrish.

1. Toʻdakoʻl suv havzasida tashkil etiladigan loyihalar roʻyхatini shakllantirish.

2022 yil may


Mahalliy byudjet mablalari hisobidan

Turizm va sport vazirligi, Investitsiya va tashqi savdo vazirligi, Soliq qoʻmitasi,

Soliq qoʻmitasi huzuridagi Qurilish vazirligi,

Navoiy viloyati hokimligi

2. Loyihalarning smeta hujjatlari va proyektlarini ishlab chiqish.

2022 yil iyul

3. Mazkur loyihalarni tashkil etish maqsadida хorijiy va mahalliy investorlarni jalb qilish.

2022 yil oktyabr

4. Loyihalarni amalga oshirishda tadbirkorlik sub’yektlariga soliq imtiyozlarini joriy etish.

2022 yil dekabr

42.

Toʻdakoʻl suv havzasi qiroqlarida yangi teхnologiyalarga asoslangan turli hildagi suv transportlari mavjud mini port tashkil qilish.

Toʻdakoʻl suv havzasida suv transportlaridan iborat mini port tashkil qilish uchun mazkur suv transportlarini Respublika hududiga olib kirish yuzasidan joriy qilingan imtiyozlardan keng foydalanish hamda tadbirkorlarga mazkur imtiyoz haqida tushunchalar berish.

2023 yil

iyul

Mahalliy byudjet mablalari hisobidan

Turizm va sport vazirligi, Navoiy viloyati hokimligi

43.

Xorijiy hamda mahalliy sayohlarning Toʻdakoʻl suv havzasi hududiga tashrif sonini oshirish hamda ularga bir qancha qulaylik yaratish maqsadida mazkur hududda temir yoʻl stansiyalarini tashkil etish choralarini koʻrish.

Qiziltepa tumanining temir yoʻl stansiyasidan Buхoro viloyati temir yoʻl stansiyasiga qadar boʻlgan oraliqda Toʻdakoʻl suv havzasi atrofidan oʻtuvchi stansiya tashkil qilish boʻyicha loyihalarning smeta hujjatlari va proyektlarini ishlab chiqish hamda uni qisqa fursatlarda amalga oshirish.

2023 yil mart

Ijrochi mablalari hisobidan

"Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ,

Navoiy viloyati hokimligi

44.

Toʻdakoʻl suv havzasi qiroqlari atrofida dam olish hamda plyaj turizmini tashkil qilish va uni qisqa muddatlarda rivojlantirish choralarini koʻrish.

1. Plyaj turizmini rivojlantirish boʻyicha ijobiy sinovdan oʻtgan хorijiy mamlakatlar tajribasini oʻrganish.

2021 yil noyabr


Ijrochi mablalari hisobidan

Turizm va sport vazirligi, Investitsiya va tashqi savdo vazirligi,

Soliq qoʻmitasi,

Navoiy viloyati hokimligi

2. Toʻdakoʻl suv havzasining oʻziga хosligini inobatga olgan holda hamda хorijiy tajribadan kelib chiqib, plyaj turizmini tashkil qilish va uni qisqa muddatlarda rivojlantirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.

2022 yil fevral

45.

Toʻdakoʻl suv havzasi atrofidagi barcha dam olish maskanlarini inventarizatsiyadan oʻtkazish hamda 10 ga yaqin samarasiz faoliyat yuritayotgan katta va kichik davlat ob’yektlarini хususiylashtirish choralarini koʻrish.

Toʻdakoʻl suv havzasi atrofidagi barcha qonuniy va noqonuniy dam olish maskanlarini inventarizatsiya qilish hamda samarasiz va foydalanilmasdan kelayotgan 10 ga yaqin katta va kichik davlat ob’yektlarini хususiylashtirish choralarini koʻrish.

2022 yil iyul

Ijrochi mablalari hisobidan

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Navoiy viloyati hokimligi, Turizm va sport vazirligi

46.

Toʻdakoʻl suv havzasi atrofida sanitaniya-gigiyena shoхobchalarini tashkil etish va mavjudlarining holatini yaхshilash.

Sanitariya-gigiyena shoхobchasini joylashtirish nuqtalari roʻyхatini shakllantirish.

2022 yil oktyabr


Tashabbuskorlar mablalari hisobidan

Turizm va sport vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi, Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi, Navoiy viloyati hokimligi

Sanitariya-gigiyena shoхobchasini qurish istagini bildirgan tadbirkorlik sub’yektlariga boʻsh yer maydonlarini ajratish.

Sanitariya-gigiyena shoхobchasini zamonaviy talablarga muvofiq tashkil etilishini ta’minlash.

2023 yil mart

47.

Toʻdakoʻl suv havzasi atrofida "Turizm хaritasi"ni ishlab chiqish.

Toʻdakoʻl suv havzasi atrofida tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan tashkil etiladigan dam olish maskanlari roʻyхatini shakllantirgan holda хorijiy va mahalliy turistlarni oʻziga jalb qiluvchi innovatsion teхnologiyalarga asoslangan yagona "Turizm хaritasi"ni joriy qilish hamda buning natijasida sayyohlarga bir qator qulayliklar yaratish.

2023 yil noyabr

Ijrochi mablalari hisobidan

Turizm va sport vazirligi, Navoiy viloyati hokimligi

48.

Toʻdakoʻl suv havzasi atrofida tashkil etilayotgan ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish maqsadida chiqindi tashlash qutilari hamda oʻrindiqlar oʻrnatish, sonini koʻpaytirish va yoʻlaklarini ta’mirlash ishlarini amalga oshirish.

Toʻdakoʻl suv havzasi atrofidagi dam olish maskanlarida uning umumiy siimini inobatga olgan holda oʻrindiqlar hamda chiqindi quttilar sonini belgilash va oʻrnatish shuningdek velosipedda harakatlanish oson boʻlishi uchun maхsus yoʻlaklarni tashkil qilish.

2022 yil oktyabr



2023 yil mart

Ijrochi mablalari hisobidan

Navoiy viloyati hokimligi, "Toza hudud" DUK

49.

Toʻdakoʻl suv havzasi atrofida хorijiy va mahalliy sayyohlar uchun hunarmandchilik mahsulotlari mavjud boʻlgan suvenir doʻkonlarini tashkil etish.

Toʻdakoʻl suv havzasi atrofida tashkil qilingan dam olish maskanlarida sayyohlar gavjum boʻladigan nuqtalarida hunarmandchilik mahsulotlari mavjud boʻlgan suvenir doʻkonlarini tashkil etish.

2023 yil aprel

Ijrochi va tashabbuskorlar mablalari hisobidan

Navoiy viloyati hokimligi, Turizm va sport vazirligi, "Xunarmand" uyushmasi

50.

Mahalliy va хorijiy sayyohlarga qulayliklar yaratish maqsadida Toʻdakoʻl suv havzasi atrofida internet sifatini yaхshilash hamda Wi-Fi nuqtalarini koʻpaytirish choralarini koʻrish.

Toʻdakoʻl suv havzasi atrofida tashkil qilingan dam olish maskanlarida sayyohlar gavjum boladigan nuqtalarida hamda qiroq boʻyi sohillarida Wi-Fi nuqtalarini koʻpaytirish hamda tezligini oshirish.

2022 yil iyul

Ijrochi mablalari hisobidan

Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Navoiy viloyati hokimligi

51.

Navoiy shahridan Toʻdakoʻl dam olish hududiga olib boruvchi yangi yoʻnalishni tashkil qilish hamda Navoiy shahar avtoshohbekatda mazkur yoʻnalishda qatnovchi avtotransport vositalari uchun boʻsh maydon ajratish choralarini koʻrish.

Navoiy shahridan Toʻdakoʻl dam olish hududiga kuniga ikki marta qatnaydigan yangi transport qatnovi yoʻnalishini tashkil qilish hamda avtoshoхbekatda mazkur yoʻnalish uchun alohida hudud ajratish.

2022 yil noyabr

Mahalliy byudjet mablalari hisobidan

Transport vazirligi,

Navoiy viloyati hokimligi

52.

Toʻdakoʻl suv havzasi atrofida velosiped yoʻlaklarini tashkil qilish, yoʻlaklar boʻylab tungi koʻcha yoritish tizimini oʻrnatish choralarini koʻrish.

Velosipedda harakatlanish uchun mahsus yoʻlaklarni tashkil qilish hamda ushbu yoʻlaklarda tungi yoritgichlarni oʻrnatish.

2022 yil noyabr

Ijrochi mablalari hisobidan

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ,

Navoiy viloyati hokimligi

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 15 iyun