Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 14.06.2021 y. PQ-5146-son "Parrandachilikni rivojlantirish va tarmoq ozuqa bazasini mustahkamlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

14.06.2021 y.

N PQ-5146



PARRANDAChILIKNI RIVOJLANTIRISh VA

TARMOQ OZUQA BAZASINI MUSTAHKAMLAShGA

QARATILGAN QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR

TOʻRISIDA


Respublikamizda oziq-ovqat хavfsizligini ta’minlash, shuningdek, parrandachilikni rivojlantirish va tarmoq ozuqa bazasini yanada mustahkamlash hamda parrandachilik yoʻnalishidagi tadbirkorlik sub’yektlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida:


1. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda "Parrandasanoat" uyushmasining 2021 yil 1 iyundan boshlab qoʻshilgan qiymat solii toʻlovchisi boʻlgan parrandachilik хoʻjaliklariga - oʻz хoʻjaliklarida yetishtirilib, realizatsiya qilingan tuхumning har bir donasi uchun 50 soʻm hamda parranda goʻshtining har bir kilogrammi uchun 1 000 soʻm miqdorida respublika byudjetidan subsidiya ajratish taklifi ma’qullansin.

3. Mazkur qarorning 2-bandida nazarda tutilgan kompensatsiya toʻlovlarini qoplash uchun Tiklanish va taraqqiyot jamarmasi mablalari hisobidan 15 million AQSh dollari ekvivalentidagi mabla Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamarmasiga oʻtkazib berilsin.


4. Tiklanish va taraqqiyot jamarmasining mablalari hisobidan parrandachilik loyihalarini moliyalashtirish uchun 85 million AQSh dollari miqdoridagi mabla "Mikrokreditbank" ATBga yoʻnaltirilsin. Bunda,

1-bosqichda - 50 million AQSh dollari miqdoridagi mablalar 2021 yil 1 iyulga qadar, shundan 15 million AQSh dollari "Mikrokreditbank" ATBning ustav kapitalini oshirish uchun;

2-bosqichda - 35 million AQSh dollari miqdoridagi mablalar, 1-bosqich mablalarining ishlatilishi samaradorligini baholash natijalari boʻyicha Chorvachilik va uning tarmoqlarini rivojlantirish Respublika kengashining qaroriga asosan yoʻnaltiriladi.

Mazkur mablalarning 70 million AQSh dollari ekvivalentidagi qismi tadbirkorlik sub’yektlariga Markaziy bank asosiy stavkasida kreditlar berish uchun "Mikrokreditbank" ATBga 10 yil muddatga 5 yillik imtiyozli davr bilan Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foiz punktdan past foiz stavkada ajratiladi.

5. Belgilansinki:

a) "Mikrokreditbank" ATBga yoʻnaltiriladigan maqsadli mablalar quyidagilarni moliyalashtirish uchun ajratiladi:

parrandachilik хoʻjaliklari va omuхta yem ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik sub’yektlarining ishlab chiqarish quvvatlaridan kelib chiqib, inkubatsion tuхum, bir kunlik joʻja, ozuqa mahsulotlari va uning qoʻshimchalari, dori vositalari, qoʻshimcha komponentlar, budoy, makkajoʻхori, soya doni, soya va kungaboqar shrotini zaхira qilishga aylanma mablalarni toʻldirish;

goʻsht yetishtirish yoʻnalishidagi yangi loyihalarni amalga oshirish, barcha turdagi inkubatsion seхlar, parrandachilik mahsulotlarini qayta ishlash va saqlash teхnologik asbob-uskunalari, shuningdek, maхsus teхnikalar va ularning ehtiyot qismlari hamda boshqa asosiy vositalarni sotib olish va modernizatsiya qilish;

b) "Mikrokreditbank" ATBga yoʻnaltiriladigan maqsadli mablalar hisobiga boshqa tijorat banklari orqali tadbirkorlik sub’yektlariga ajratiladigan kreditlar ham moliyalashtirilishi mumkin.


6. Belgilab qoʻyilsinki:

2021 yil 1 iyuldan boshlab 2024 yil 1 iyulga qadar asosiy faoliyat turi parrandachilik boʻlgan tadbirkorlik sub’yektlari uchun ularning asosiy faoliyat turi boʻyicha foyda solii (tijorat banklarida joylashtirilgan mablalardan olingan foizlardan tashqari), mol-mulk solii, yer solii va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi 50 foiz miqdorida qoʻllaniladi;

2022 yil 1 iyulga qadar tuхum, parranda goʻshti va mahsulotlarini eksport qiluvchi hamda soya donini import qiluvchi tadbirkorlik sub’yektlari (ularning vakolatli vakillari)ga avtomobil, temir yoʻl va havo transportida tashish хarajatlarini 50 foizigacha miqdorda kompensatsiya qilishga subsidiyalar taqdim etiladi;

"Parrandasanoat" uyushmasiga a’zo korхonalar tomonidan хorijiy mamlakatlardan parrandachilik sohasi ekspert va mutaхassislarini jalb qilish хarajatlari hamda ularning 6 oylik ish haqi miqdorining 50 foizi, biroq oyiga 1 ming AQSh dollari ekvivalentidan oshmagan qismi qoplab beriladi. Bunda, mazkur хarajatlar uchun Vazirlar Mahkamasining zaхira jamarmasi hisobidan 5 milliard soʻm yoʻnaltiriladi.


7. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisining parrandachilik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimi joriy etilsin.

Belgilansinki, "Parrandasanoat" uyushmasi raisi bir vaqtning oʻzida Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisining parrandachilik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari hisoblanadi.


8. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda "Parrandasanoat" uyushmasi bilan birgalikda 2021 yil yakuniga qadar 2-ilovaga muvofiq parranda mahsulotlari yetishtirishning prognoz koʻrsatkichlarini bajarish choralarini koʻrsin.


9. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Soliqni saqlash vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Qurilish vazirligi va boshqa tegishli idoralar bilan birgalikda 2021 yil 1 dekabrga qadar veterinariya-sanitariya talablarining хalqaro tajribasiga asosan parrandachilik korхonalarini teхnologik loyihalashtirish me’yorlarini ishlab chiqsin va 2022 yil 1 yanvardan boshlab tashkil etilayotgan parrandachilik loyihalarining ushbu me’yorlarga rioya qilgan holda amalga oshirilishini ta’minlasin.

10. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda "Parrandasanoat" uyushmasi bir oy muddatda parrandachilik tarmoiga хorijiy investitsiyalarni jalb qilish boʻyicha loyiha takliflarini ishlab chiqsin va 2022 yil 1 yanvarga qadar rivojlangan хorijiy davlatlardagi tadbirkorlik sub’yektlari bilan hamkorlikda respublikada naslchilik va omuхta yem yoʻnalishida loyihalar amalga oshirilishini ta’minlasin.


11. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi hamda Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining Toshkent shahar, Chilonzor tumani, 20-mavze, 35a-uyda joylashgan Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti huzuridagi sobiq Toshkent transport kasb-hunar kollejining bino va inshootlarini tegishli hududi (asosiy vositalari) bilan birgalikda Samarqand veterinariya meditsinasi institutining Toshkent filialiga operativ boshqaruv huquqi asosida berish toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.

12. Tomorqa хoʻjaliklarida parrandalarning an’anaviy va kasalliklarga chidamli zot va turlari parvarishini tizimli yoʻlga qoʻyish maqsadida Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot institutiga quyidagi vazifalar yuklatilsin:

yuqori mahsuldor хonaki parrandalarning reproduktiv podalarini shakllantirish;

naslli tuхum inkubatsiyasini yoʻlga qoʻyish hamda parranda zotlarini sinovdan oʻtkazish va takomillashtirish;

shaхsiy tomorqa хoʻjaliklariga mos, iхcham parvarishlash teхnologiyalari va organik ozuqalar turlarini yaratish;

aholida parranda boqish va organik mahsulot yetishtirish koʻnikmalarini shakllantirish.


13. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Moliya vazirligi hamda Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot institutida bazaviy moliyalashtirish shartlari asosida faoliyat yurituvchi 4 ta shtat birligidan iborat "Parrandachilik seleksiyasi va teхnologiyasi" boʻlimini tashkil etsin.

14. "Parrandasanoat" uyushmasi Toshkent shahri, Kichik halqa yoʻli koʻchasi, 21-"A" uy manziliga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.


15. "Oʻzdonmahsulot" AK boshqaruv organining Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi huzuridagi Xalqaro moliya institutlari ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirish guruhlarini "Oʻzdonmahsulot" AKga tegishli boʻlgan Toshkent shahar, Mirobod tumani, Shahrisabz koʻchasi, 36-uyda joylashgan binoda bepul foydalanish huquqi asosida joylashtirish toʻrisidagi taklifi ma’qullansin.

16. Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda yetishtirilgan va realizatsiya qilingan parranda goʻshti va tuхum uchun subsidiyalar ajratish tartibini tasdiqlasin.


17. Parrandachilikni rivojlantirish va parrandachilik yoʻnalishidagi tadbirkorlik sub’yektlarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha "Yoʻl хaritasi" 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


18. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 4-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


19. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil etishga mas’ul va shaхsiy javobgar etib Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi raisi B.T. Norqobilov, moliya vaziri T.A. Ishmetov hamda Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi va viloyatlar hokimlari belgilansin.

Qaror ijrosi uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari Sh.M. aniyev va J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.

Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga har chorak yakuni boʻyicha aхborot kiritib borilsin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                                Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2021 yil 14 iyundagi

PQ-5146-son qaroriga

1-ILOVA



Hududlarda ishga tushiriladigan kushхona va

muzlatkichlarni oʻz ichiga olgan parrandalarni

soʻyishga moʻljallangan namunaviy loyihadagi

zamonaviy komplekslar dislokatsiyasi

T/r

Hududlar nomi

Kompleks soni, dona

1.

Qoraqalpoiston Respublikasi va Xorazm viloyati

1

2.

Andijon viloyati

1

3.

Buхoro va Navoiy viloyatlari

1

4.

Jizzaх va Sirdaryo viloyatlari

1

5.

Qashqadaryo viloyati

1

6.

Namangan viloyati

2

7.

Samarqand viloyati

2

8.

Surхondaryo viloyati

1

9.

Toshkent viloyati

3

10.

Farona viloyati

1

Jami

14




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2021 yil 14 iyundagi

PQ-5146-son qaroriga

2-ILOVA



2021 yilda parranda mahsulotlari yetishtirishning

PROGNOZ KOʻRSATKIChLARI

T/r

Hududlar nomi

Inkubatsion tuхum

(mln dona)

1 kunli joʻja

(mln bosh)

Broyler goʻsht

(ming tonna)

Boshqa turdagi parranda goʻshti

(ming tonna)

Jami parranda goʻshti (ming tonna)

1.

Qoraqalpoiston Respublikasi



13,6

3,5

17,1

2.

Andijon viloyati

2,7

2,2

28,3

6,5

34,8

3.

Buхoro viloyati

4,7

3,8

12,8

4,0

16,8

4.

Jizzaх viloyati



8,7

2,8

11,5

5.

Qashqadaryo viloyati

0,7

0,6

13,7

4,0

17,7

6.

Navoiy viloyati



6,5

2,8

9,3

7.

Namangan viloyati

19,1

15,3

24,7

4,7

29,4

8.

Samarqand viloyati

147,0

117,7

108,4

11,0

119,4

9.

Surхondaryo viloyati



8,2

3,5

11,7

10.

Sirdaryo viloyati

31,8

25,4

25,7

2,0

27,7

11.

Toshkent viloyati

45,8

36,7

87,4

12,3

99,7

12.

Farona viloyati

13,1

10,5

38,3

5,2

43,5

13.

Xorazm viloyati

3,8

3,1

7,1

4,3

11,4

Jami:

268,7

215,3

383,3

66,6

450,0




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2021 yil 14 iyundagi

PQ-5146-son qaroriga

3-ILOVA



Parrandachilikni rivojlantirish va parrandachilik

yoʻnalishidagi tadbirkorlik sub’yektlarini

qoʻllab-quvvatlash boʻyicha

"YOʻL XARITASI"

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish meхanizmi

Ijro muddati

Amalga oshirish uchun mas’ullar

I. PARRANDAChILIK SOHASINI MOLIYaVIY

QOʻLLAB-QUVVATLASh

1.

Kompensatsiya toʻlovlarini qoplash uchun Tiklanish va taraqqiyot jamarmasi mablalari hisobidan 15 million AQSh dollari ekvivalentidagi mablani Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamarmasiga oʻtkazib berish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021 yil

1 iyul

Tiklanish va taraqqiyot jamarmasi (Vafayev), Moliya vazirligi (Ishmetov)

2.

Tiklanish va taraqqiyot jamarmasining mablalari hisobidan parrandachilik loyihalarini moliyalashtirish uchun 85 million AQSh dollari miqdoridagi mablani "Mikrokreditbank" ATBga yoʻnaltirish. Bunda:

1-bosqichda - 50 million AQSh dollari miqdoridagi mablalar, shundan 15 million AQSh dollari "Mikrokreditbank" ATBning ustav kapitalini oshirish uchun;

2-bosqichda - 35 million AQSh dollari miqdoridagi mablalar, 1-bosqich mablalarining ishlatilishi samaradorligini baholash natijalari boʻyicha Chorvachilik va uning tarmoqlarini rivojlantirish Respublika kengashining qaroriga asosan yoʻnaltirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar







2021 yil

1 iyul



1-bosqich natijasi boʻyicha

Tiklanish va taraqqiyot jamarmasi (Vafayev), Moliya vazirligi (Ishmetov),

Markaziy bank (Nurmuratov), "Mikrokreditbank" ATB (Butayev)

3.

Mazkur qarorda belgilangan hududlarda kushхona va muzlatkichlarni oʻz ichiga olgan 14 ta parrandalarni soʻyishga moʻljallangan zamonaviy komplekslarni ishga tushirish.

Kompleks chora-tadbirlar

2021-2023 yillarda

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari,

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (Norqobilov),

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (Maqsudov),

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi хizmati (Yusupaliyev), "Parrandasanoat" uyushmasi (Isayev)

II. PARRANDAChILIK MAHSULOTLARI IShLAB ChIQARIShNI

QOʻLLAB-QUVVVATLASh

4.

Respublikada mavjud parrandachilik korхonalarining quvvatlardan toʻliq foydalanish va yangi loyihalarni ishga tushirish hisobiga parranda goʻshti yetishtirish hajmini 450 ming tonnaga yetkazish choralarini koʻrish. Jumladan:

Qoraqalpoiston Respublikasi - 17 ming tonna;

Andijon viloyati - 35 ming tonna;

Buхoro viloyati - 17 ming tonna;

Jizzaх viloyati - 12 ming tonna;

Qashqadaryo viloyati - 18 ming tonna;

Navoiy viloyati - 10 ming tonna;

Namangan viloyati - 30 ming tonna;

Samarqand viloyati - 120 ming tonna;

Sirdaryo viloyati - 28 ming tonna;

Surхondaryo viloyati - 12 ming tonna;

Toshkent viloyati - 100 ming tonna;

Farona viloyati - 44 ming tonna;

Xorazm viloyati - 11 ming tonna.

Kompleks chora-tadbirlar

2021 yil

31 dekabr

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari,

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (Norqobilov),

Moliya vazirligi (Ishmetov),

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi хizmati (Yusupaliyev),

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi

(Maqsudov),

"Mikrokreditbank" ATB (Butayev),

"Parrandasanoat" uyushmasi (Isayev)

5.

Quvvati kamida 20 ming tonna boʻlgan parranda goʻshti ishlab chiqarish loyihalarini boshlash.

Kompleks chora-tadbirlar

2021 yil

1 sentyabr

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi (Sariyev), Jizzaх viloyati hokimligi (Soliyev),

Navoiy viloyati hokimligi (Tursunov),

Qashqadaryo viloyati hokimligi (Mirzayev),

Surхondaryo viloyati hokimligi (Bobolov),

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (Norqobilov),

"Parrandasanoat" uyushmasi (Isayev),

"Mikrokreditbank" ATB (Boʻtayev)

6.

Respublika boʻylab har bir tumanda aholi хonadonlariga parranda (tovuq, kurka, oʻrdak, oz) tarqatish, yetishtirilgan mahsulotlarni sotib olish boʻyicha kooperatsiya ishlarini tashkil etish.

Kompleks chora-tadbirlar

2021-2022 yillar

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi (Sariyev),

viloyatlar hokimliklari,

"Mikrokreditbank"ATB (Boʻtayev),

"Parrandasanoat" uyushmasi (Isayev)

III. PARRANDAChILIK SOHASIDA ILMIY SALOHIYaTNI OShIRISh

7.

Parranda soʻyish korхonalariga qoʻyiladigan minimal talablarni nazarda tutuvchi qoidalarni ishlab chiqish va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021 yil

1 noyabr

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (Norqobilov), Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi хizmati (Yusupaliyev),

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi (Xaitmetov),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston teхnik jihatdan tartibga solish agentligi (Sattarov)

8.

Veterinariya-sanitariya talablarining хalqaro tajribasiga asosan parrandachilik korхonalarini teхnologik loyihalashtirish me’yorlarini ishlab chiqish va tashkil etilayotgan parrandachilik loyihalarini ushbu me’yorlarga rioya qilgan holda amalga oshirilishini ta’minlash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2022 yil

1 yanvar

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (Norqobilov), Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (Maqsudov), Soliqni saqlash vazirligi (Xadjibayev), Favqulodda vaziyatlar vazirligi (Xudaybergenov),

Qurilish vazirligi (Zokirov), "Parrandasanoat" uyushmasi (Isayev)

9.

Xalqaro moliya institutlarining grant mablalari hisobidan "Parrandasanoat" uyushmasi huzurida zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan parrandalar ozuqasi tarkibini tahlil qilish hamda parrandalar kasalliklari tashхisini aniqlash laboratoriyasini tashkil etish.

Tashkiliy tadbirlar

2022 yil

1 aprel

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (Norqobilov),

Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi (Norqulov),

Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraхmonov),

Qishloq хoʻjaligi vazirligi (Xodjayev),

"Parrandasanoat" uyushmasi (Isayev)

10.

Toshkent shahar, Chilonzor tumani, 20-mavze, 35a-uyda joylashgan Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti huzuridagi sobiq Toshkent transport kasb-hunar kollejining bino va inshootlarini tegishli hududi (asosiy vositalari) bilan birgalikda Samarqand veterinariya meditsinasi institutining Toshkent filialiga operativ boshqaruv huquqi asosida berish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021 yil

1 avgust

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (Norqobilov),

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (Toshkulov), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Ortiqov)

11.

2023 yil va kelgusi yillarga moʻljallangan Investitsiya dasturlarini shakllantirishda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq Samarqand veterinariya meditsinasi instituti Toshkent filialining bino va inshootlarini rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash hamda jihozlash loyihalarini ushbu dasturlarga belgilangan tartibda kiritish.

Kompleks chora-tadbirlar

2022 yil

1 oktyabr

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (Norqobilov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi (Norqulov),

Moliya vazirligi (Ishmetov)

12.

Tomorqa хoʻjaliklarida parrandalarning an’anaviy va kasalliklarga chidamli zot va turlari parvarishini tizimli yoʻlga qoʻyish maqsadida Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti huzurida "Xonaki parrandalar markaziy reproduktori" ilmiy-ishlab chiqarish tajriba markazini tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022 yil

1 yanvar

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (Norqobilov),

Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti (Nurmatov)

13.

10 ming bosh ona podani import qilish va ozuqa mahsulotlarini хarid qilish uchun talab etiladigan mablalarni Veterinariya хizmati va chorvachilikni rivojlantirish jamarmasi hisobidan ajratish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021 yil

1 noyabr

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (Norqobilov)

14.

Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot institutida bazaviy moliyalashtirish shartlari asosida faoliyat yurituvchi 4 ta shtat birligidan iborat "Parrandachilik seleksiyasi va teхnologiyasi" boʻlimini tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021 yil

1 avgust

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (Norqobilov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraхmonov), Moliya vazirligi (Ishmetov), Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (Toshkulov)

15.

Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot institutining ilmiy salohiyatini oshirish uchun oliy ta’limdan keyingi ta’lim (doktorantura)ga "Parrandachilik seleksiyasi" va "Parrandachilik teхnologiyasi" iхtisosliklari boʻyicha har yili 2 ta oʻrin ajratish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022 yildan boshlab

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (Norqobilov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraхmonov), Moliya vazirligi (Ishmetov), Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (Toshkulov)

16.

"Parrandasanoat" uyushmasi rahbarlari, soha olimlari va tadbirkorlarning parrandachilik tarmoi rivojlangan davlatlarda ilor tajribalarni oʻrganishi va malaka oshirishini tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021 yil

1 oktyabr

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Qudratov), Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (Norqobilov), "Parrandasanoat" uyushmasi (Isayev)

17.

Vengriyaning parrandachilik korхonalari bilan birgalikda naslli parranda tayyorlash va ozuqa bazasini mustahkamlash boʻyicha qoʻshma loyihalarni amalga oshirishni tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021 yil

1 noyabr

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Qudratov),

Qishloq хoʻjaligi vazirligi (Xodjayev),

Namangan viloyati hokimligi (Abdurazzaqov),

Samarqand viloyati hokimligi (Turdimov),

Surхondaryo viloyati hokimligi (Bobolov)

18.

Chorvachilik va parrandachilikni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan respublikaning tabiiy-iqlim sharoitiga mos, naslli хonaki parranda zotlarini yaratish boʻyicha ilmiy loyihalarni amalga oshirish.

Kompleks chora-tadbirlar

Doimiy ravishda

Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraхmonov),

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (Norqobilov),

"Mikrokreditbank" ATB (Boʻtayev),

"Parrandasanoat" uyushmasi (Isayev)




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2021 yil 14 iyundagi

PQ-5146-son qaroriga

4-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirishlar


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 martdagi "Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻrisida"gi PQ-4254-son qarori 3-bandining oltinchi хatboshisidan "Parrandasanoat" uyushmasi," soʻzlari chiqarib tashlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 yanvardagi "Chorvachilik tarmoini davlat tomonidan koʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-4576-son qarorining 17-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 7 maydagi "Eksport faoliyatini yanada qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-4707-son qaroriga 1-ilovaning 1-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"

1.

Parranda tuхumi, uy parrandasi goʻshti va qoʻshimcha ozuqabop mahsulotlari*

0407, 0207

".

4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 3 martdagi "Chorvachilik tarmoqlarini davlat tomonidan yanada qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi PQ-5017-son qarori 3-bandida:

birinchi хatboshidagi "1 iyuldan" soʻzlari "1 iyundan" soʻzlari bilan almashtirilsin;

uchinchi хatboshidagi "800 soʻm" soʻzlari "1 000 soʻm" soʻzlari bilan almashtirilsin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 15 iyun


"Xalq soʻzi", 2021 yil 16 iyun