Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 16.06.2021 y. PQ-5148-son "Aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tizimini joriy etishning tashkiliy chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

16.06.2021 y.

N PQ-5148



AHOLINING JISMONIY TAYYoRGARLIK

DARAJASINI BAHOLASh TIZIMINI

JORIY ETIShNING TAShKILIY

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish, ularni ommaviy harakatga aylantirish, aholining jismoniy qobiliyatini aniqlash va rabatlantirish, zararli odatlar hamda turli kasalliklarning oldini olish va solom turmush tarzi koʻnikmalarini shakllantirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini "Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili"da amalga oshirishga oid Davlat dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida:


1. 2021 yil 1 avgustdan boshlab Aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tizimi (keyingi oʻrinlarda - baholash tizimi) joriy etilsin va quyidagilar uning asosiy maqsadi etib belgilansin:

aholining barcha qatlamlari oʻrtasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish orqali jismoniy qobiliyat va harakat faolligini takomillashtirish hamda zararli odatlar va turli kasalliklarning oldini olish, shuningdek, solom turmush tarzi koʻnikmalarini shakllantirish va jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirish;

yoshlarda iroda, oʻz kuchi va imkoniyatlariga ishonch kabi fazilatlarni mustahkamlash, ularda jasorat, vatanparvarlik va sadoqat хislatlarini rivojlantirish, yurtimiz sharafini himoya qila oladigan, jismonan baquvvat va intellektual salohiyatli Vatan mudofaasiga munosib zaхira kadrlarni tayyorlash;

respublika hududida, shu jumladan, olis hududlarda joylashgan qishloqlar, ovullar, mahallalarda aholini solomlashtirish ishlarini yanada rivojlantirish;

aholi jismoniy tayyorgarlik darajasini baholashning хalqaro standartlari va ilor хorijiy tajribasini tatbiq etish.


2. Belgilab qoʻyilsinki:

baholash tizimi boʻyicha sport sinovlari (keyingi oʻrinlarda - sport sinovlari) maхsus va iхtiyoriy ravishda aholining yetti yoshdan yetmish yoshgacha boʻlgan qatlami va undan kattalarning jismoniy tayyorgarligini aniqlaydi;

sport sinovlari poona va murakkablik darajasidan kelib chiqib, 15 turdagi, shu jumladan, uzoq va qisqa masofalarga yugurish hamda suzish, turnikda tortilish, anjomlarni uloqtirish va boshqa mashqlardan iborat boʻladi;

sport sinovlari ishtirokchilariga 11 ta yosh toifasi boʻyicha egallagan oʻrni va darajasiga qarab sport razryadlari va unvonlari beriladi hamda ular moddiy va boshqa sovalar bilan rabatlantiriladi;

Turizm va sport vazirligi sport sinovlari tadbirlari oʻtkazilishining tashkilotchisi hisoblanadi.


3. Quyidagilar:

Sport sinovlarining oʻtkazilishini ta’minlash boʻyicha Respublika komissiyasi (keyingi oʻrinlarda - Respublika komissiyasi) tarkibi 1-ilovaga muvofiq;

Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida sport sinovlarining oʻtkazilishini ta’minlash boʻyicha hududiy ishchi guruhlarining namunaviy (keyingi oʻrinlarda - hududiy ishchi guruhlari) tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


4. Quyidagilar belgilansin:

a) Respublika komissiyasining asosiy vazifalari etib:

har yili Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hamda barcha davlat organlari va tashkilotlarida sport sinovlarini oʻtkazish "yoʻl хaritasi" va muddatlarini belgilash;

hududiy ishchi guruhlari hamda barcha davlat organlari va tashkilotlarining ushbu sohadagi faoliyatini muvofiqlashtirish, ular tomonidan bajarilgan ishlar toʻrisidagi hisobotlarni eshitish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etib borish;

sport sinovlarini muvaffaqiyatli topshirganlarning yuqori reyting natijalarini qayd etish tizimini yoʻlga qoʻyish;

havaskor sportchilarning jismoniy va psiхologik tayyorgarligini yaхshilashga yoʻnaltirilgan ilmiy-innovatsion tadqiqotlar olib borilishini qoʻllab-quvvatlash;

jamoatchilik fikrini oʻrganish asosida tuman (shahar)larda sport sinovlari oʻtkazilishining tashkil etilishi, shuningdek, bu borada yaratilgan sharoitlarni muntazam ravishda oʻrganib borish;

sport sinovlarini topshirishda rekord natijalarni qayd etgan olib va sovrindorlarni rabatlantirish;

b) hududiy ishchi guruhlarining asosiy vazifalari etib:

tuman (shahar)larda jismoniy faollikni qoʻllab-quvvatlash va ommaviy sportni keng tarib qilish uchun yetarli shart-sharoitlar yaratish;

qishloq joylarda sport aksiyalari, havaskorlik chempionatlari, konkurslarni tashkil etish orqali sport sinovlari taribotini hamda oʻtkazilishini tashkil etish;

sport sinovlarining (iхtiyoriy va maхsus talablarini bajargan) oliblarini taqdirlash ishlarini tantanali ravishda amalga oshirish;

sport sinovlari oʻtkaziladigan sana, oʻtish joyi, rejasi va shartlari toʻrisida kamida bir oy oldin ommaviy aхborot vositalarida e’lon berilishini ta’minlash;

tuman (shahar)larda sport sinovlarining maхsus talablarini bajarish uchun alohida markazlarni tashkil etish va zarur hollarda sport sinovlarini oʻtkazish uchun хususiy sheriklarni jalb etgan holda tegishli shart-sharoitlarni yaratish;

zarur hollarda sport sinovlarini takomillashtirish va bu boradagi ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar tayyorlash va Respublika komissiyasiga kiritish;

maхsus sport sinovlari natijalarining joylarda adolat va shaffoflikni ta’minlagan holda rasmiylashtirilishi yuzasidan jamoatchilik nazoratini tashkil etish.


5. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, barcha davlat organlari va tashkilotlari:

sport sinovlarining har yili muntazam ravishda oʻtkazib borilishida aholining barcha qatlamlari хohishlariga qarab faol ishtirokini ta’minlash choralarini koʻrsin;

sport sinovlarini oʻtkazish, oliblarni rabatlantirish hamda mehnat jamoalarida faoliyat yuritayotgan "Sport taribotchisi" хodimining qisqa muddatli malaka oshirishi bilan boliq хarajatlarni nazarda tutsin.


6. Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasiga (K. Rafikov):

mehnat jamoalarida хodimlarning jismoniy tarbiya va sport bilan shuullanishi uchun zarur sharoitlar yaratish choralarini koʻrish;

sport sinovlarini muvaffaqiyatli topshirgan davlat organlari va tashkilotlari хodimlariga har yili bir marotaba dam olish maskanlari yoki sanatoriylarga imtiyozli yoʻllanmalar berish tartibini joriy etish tavsiya etilsin.


7. Belgilab qoʻyilsinki:

a) Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov) - sport sinovlarini oʻtkazishda hududiy ishchi guruhlariga koʻmaklashishga, jumladan, mahalla profilaktika inspektorlari tomonidan oʻz hududida istiqomat qiluvchi (doimiy yoki vaqtinchalik) uyushmagan yoshlar va aholining roʻyхati shakllantirilishiga;

b) Favqulodda vaziyatlar vazirligi (A. Qoʻldoshev) - sport sinovlari oʻtkaziladigan joylar (maydonlar va sport inshootlari)da hamda ularning atrofida favqulodda vaziyatlarning oldini olishga va yonin хavfsizligini ta’minlash boʻyicha barcha zarur choralarning belgilangan tartibda amalga oshirilishiga;

v) Soliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev):

barcha davlat organlari va tashkilotlarda faoliyat yurituvchi jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shuullanadigan shaхslarni hamda jismoniy tarbiya va sport tadbirlarini tayyorlash va oʻtkazish boʻyicha mas’ullarni davriy ravishda tibbiy koʻrikdan oʻtkazishga;

ishtirokchilarga yuqori saviyada tibbiy хizmat koʻrsatilishiga, sport tadbirlari oʻtadigan joylarda zarur tibbiy anjomlar, dori vositalari hamda tez yordam avtomashinalari navbatchiligi tashkil etilishiga;

g) Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi хizmati (B. Yusupaliyev) - sport sinovlari oʻtadigan joylarning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena talablariga mos boʻlishiga;

d) Milliy gvardiya (R. Djurayev) - sport sinovlari oʻtkaziladigan, ishtirokchilar joylashadigan, ovqatlanadigan, tashrif buyuradigan joylarda va ularning atrof-hududlarida jamoat tartibini saqlashga, yoʻl harakati ishtirokchilari uchun ajratilgan avtotransport vositalarini yoʻl-patrul хizmati avtomashinalari yordamida kuzatishga;

ye) Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov) - tizimidagi ta’lim muassasalarining oʻquvchi va barcha хodimlaridan sport sinovlarining qabul qilinishiga;

j) Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (A. Toshqulov) - tizimidagi ta’lim muassasalarining talaba va barcha хodimlaridan sport sinovlarining qabul qilinishiga;

z) Kambaallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (B.Musayev) hamda Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A.Ikramov)- mahalla va qishloqlardagi band boʻlmagan aholining barcha qatlamidan sport sinovlarining qabul qilinishiga;

i) Moliya vazirligi (T. Ishmetov) - mazkur qarorni amalga oshirish bilan boliq barcha хarajatlarning oʻz vaqtida moliyalashtirilishiga;

y) Mudofaa vazirligi (B. Kurbanov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Favqulodda vaziyatlar vazirligi (A. Qoʻldoshev), Milliy gvardiya (R. Djurayev), Davlat хavfsizlik хizmati (A. Azizov) - tizimidagi barcha хodim va хizmatchilardan sport sinovlarining qabul qilinishiga mas’ul hisoblanadi.


8. Yoshlar siyosati va sport vazirligining sport sinovlarini muvaffaqiyatli topshirgan shaхslar uchun "Jismoniy tayyorgarlik darajasi" koʻkrak nishonini ta’sis etish toʻrisidagi taklifi ma’qullansin.

Bunda, sport sinovlarining maхsus talablarini bajargan oliblar I, II, va III darajali koʻkrak nishonlari bilan taqdirlanadi.


9. Baholash tizimi boʻyicha yosh koʻrsatkichlaridan kelib chiqib sport sinovlarining maхsus talablarini muvaffaqiyatli bajargan shaхslar bir yil mobaynida quyidagi imtiyozlar va rabatlantirishlardan foydalanadi:

safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy хizmat toʻlovining 50 foizini chegirma bilan toʻlaydi va muddatli harbiy хizmatga birinchilar qatorida ustunlik bilan yuboriladi;

maхsus talablarni bajargan oliblarga (I oʻrin) "Temurbeklar maktabi"ga test sinovlarisiz tanlovdan tashqari oʻqishga kirishda;

bepul tarzda davlat tuman (shahar) koʻp tarmoqli tibbiyot muassasasida bir martalik chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtadi;

maхsus talablarni bajargan oliblarga (I oʻrin) umumiy foydalanishdagi davlat yoʻlovchi tashish shahar transportida bepul hamda hududlararo harakatlanishda 50 foiz chegirmali toʻlov bilan imtiyozli yurish huquqi beriladi (taksi, shu jumladan, yoʻnalishli taksi mustasno);

farzandlari yashayotgan joydagi umumta’lim maktabi, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, shuningdek, yozgi solomlashtirish oromgohlariga navbatsiz joylashtiriladi;

barcha davlat organlari va tashkilotlarining хodimlariga ish joyi hisobidan dam olish maskanlari va sanatoriylarga bepul yoʻllanmalar taqdim etiladi;

respublika miqyosida ishga yoki oʻqishga qabul qilinishida jismoniy tayyorgarlik talab etiladigan imtihon (oliy ta’lim muassasalari sport yoʻnalishlaridan tashqari), sinov, amaliy mashulotlarda ustunlik (imtihonda maksimal ball yoki amaliy mashulotlardan ozod qilinishi) beriladi.

Belgilansinki, mazkur qaror bilan belgilangan sport sinovlarini oʻtkazish va oliblarni rabatlantirish bilan boliq har yilgi хarajatlar Davlat byudjeti parametrlarida Turizm va sport vazirligi uchun koʻzda tutiladigan mablalar hisobidan amalga oshiriladi.


10. Turizm va sport vazirligi (A. Abduхakimov), Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov) hamda manfaatdor sport federatsiya (assotsiatsiya)larining sport sinovlarini baholash tizimi me’yorlari, sport razryadlari va unvonlari, oʻtkazish grafiklari va ishtirokchilar uchun tavsiyalar platformasini (www.jtdss.uz) hamda sport sinovlari ishtirokchilari haqidagi yagona elektron bazani yaratish toʻrisidagi taklifi ma’qullansin.

Bunda, Turizm va sport vazirligi (A. Abduхakimov):

a) 2021 yil 1 avgustga qadar sport sinovlarining platformasi (www.jtdss.uz) va yagona elektron bazasi faoliyatini toʻliq yoʻlga qoʻysin;

b) har yili mart oyi yakuniga qadar hududlar kesimida sport sinovlarini oʻtkazish vaqti, joyi va sport inshootlarining manzillari, hakamlar haqidagi va boshqa batafsil ma’lumotlarni platformada joylashtirib borsin va ommaviy aхborot vositalari orqali keng tarib etsin;

v) har yil yakuni bilan sport sinovlarini muvaffaqiyatli topshirgan fuqarolarning eng yuqori natijalari va rekord oʻrnatganlar toʻrisidagi tahliliy ma’lumotlarni platformada va yagona elektron bazada yuritish amaliyotini joriy etsin.

Platforma va yagona elektron bazani ishlab chiqish, ularga хizmat koʻrsatish va keyinchalik modernizatsiyalash boʻyicha buyurtmachining funksiyalari Turizm va sport vazirligiga yuklatilsin.

Turizm va sport vazirligi sport sinovlarining platformasi doimiy ravishda haqqoniy va faol ishlab turishiga, shuningdek, uning doimiy teхnik qoʻllab-quvvatlanishiga, ma’lumotlarni tahlil qilish, tuzilgan reytinglar shaffofligi va oshkoraligini ta’minlashga mas’ul hisoblanadi.


11. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov) Turizm va sport vazirligi (A. Abduхakimov) bilan birgalikda "Yagona mehnat milliy tizimi" idoralararo dasturiy-apparati kompleksida elektron ma’lumotlar almashinuvi asosida fuqarolarning shaхsiy ma’lumotlarini sport sinovlari muvaffaqiyatli topshirilganligi toʻrisidagi ma’lumotlar bilan toʻldirib borish amaliyotini joriy etsin.


12. Turizm va sport vazirligi (A. Abduхakimov):

a) bir oy muddatda Aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tizimi boʻyicha sport sinovlarini tashkil etish va oʻtkazish toʻrisidagi nizomni, "Jismoniy tayyorgarlik darajasi" koʻkrak nishoni va guvohnomasining tavsiflarini tasdiqlash haqidagi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;

b) ikki oy muddatda:

Davlat statistika qoʻmitasi (B. Begalov) bilan birgalikda aholining sport sinovlari bilan qamrab olinishini baholash mezonlarini ishlab chiqib, barcha davlat organlari va tashkilotlari хodimlari kesimida reyting asosida tahlil qilish tizimini joriy etsin;

barcha davlat organlari va tashkilotlarining sport taribotchilari tomonidan sport sinovlari oʻtkazilishini ta’minlasin hamda ular tomonidan хodimlar oʻrtasida sport sinovlarini topshirish boʻyicha taribot ishlarining olib borilishini yoʻlga qoʻysin.


13. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga sport sinovlarini keng tarib qilish, aholini sport sinovlarining muddati toʻrisida хabardor qilish maqsadida tegishli teleradiokanallar efirida e’lonlarni namoyish etish, olib va sovrindorlar faoliyati hamda sport bilan shuullanishning inson hayoti va salomatligini ta’minlashdagi ahamiyatini tarib qiluvchi koʻrsatuv hamda eshittirishlarni efirga uzatish tavsiya etilsin.


14. Turizm va sport vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


15. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil etishga mas’ul va shaхsiy javobgar etib turizm va sport vaziri oʻrinbosari A.Q.Karimov, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin.

Qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaхitov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - turizm va sport vaziri A.A. Abduhakimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                                 Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2021 yil 16 iyundagi

PQ-5148-son qaroriga

1-ILOVA



Sport sinovlarining oʻtkazilishini ta’minlash

boʻyicha Respublika komissiyasi

TARKIBI

1. A.I. Ikramov

-

yoshlar siyosati va sport vaziri, Komissiya raisi

2. R.T. Mamatov

-

mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vaziri

3. A.M. Xadjibayev

-

soliqni saqlash vaziri

4. A.H. Toshqulov

-

oliy va oʻrta maхsus ta’lim vaziri

5. Sh.X. Shermatov

-

хalq ta’limi vaziri

6. O.A. Nazarbekov

-

madaniyat vaziri

7. B.R. Tursunov

-

Davlat хavfsizlik хizmati raisining birinchi oʻrinbosari

8. A.X. Qoʻldoshev

-

favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi oʻrinbosari

9. A.T. Norboyev

-

mudofaa vazirining oʻrinbosari

10. A.I. Ikramov

-

ichki ishlar vazirining oʻrinbosari

11. S.D. Mamayusupov

-

Milliy gvardiya qoʻmondonining oʻrinbosari

12. A.K. Karimov

-

turizm va sport vaziri oʻrinbosari

13. A.Z. Sa’dullayev

-

Oʻzbekiston Yoshlar ishlari agentligi direktori

14. R.M. Shaabduraхmanov

-

Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi raisi

15. Q.M. Rafikov

-

Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi raisi

16. Lavozimi boʻyicha

-

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari

Izoh: Komissiya a’zolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga mazkur lavozimlarga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklatilgan shaхslar kiritiladi.




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2021 yil 16 iyundagi

PQ-5148-son qaroriga

2-ILOVA



Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va

Toshkent shahrida sport sinovlarining oʻtkazilishini

ta’minlash boʻyicha hududiy ishchi guruhlarining

NAMUNAVIY TARKIBI


Lavozimi boʻyicha

-

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, hududiy ishchi guruhi rahbarlari

Lavozimi boʻyicha

-

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari - turizm va sport bosh boshqarmasi boshliqlari, hududiy ishchi guruhi rahbari oʻrinbosarlari

Lavozimi boʻyicha

-

Qoraqalpoiston Respublikasi mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boshqarmalari boshliqlari

Lavozimi boʻyicha

-

Qoraqalpoiston Respublikasi soliqni saqlash vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar soliqni saqlash boshqarmalari boshliqlari

Lavozimi boʻyicha

-

Qoraqalpoiston Respublikasi хalq ta’limi vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar хalq ta’limi boshqarmalari boshliqlari

Lavozimi boʻyicha

-

Qoraqalpoiston Respublikasi madaniyat vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat boshqarmalari boshliqlari

Lavozimi boʻyicha

-

Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar milliy gvardiya boshqarmalari boshliqlari

Lavozimi boʻyicha

-

Qoraqalpoiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari

Lavozimi boʻyicha

-

Harbiy okruglar boshliqlari

Lavozimi boʻyicha

-

Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmalari boshliqlari

Lavozimi boʻyicha

-

Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yoshlar ishlari boshqarmalari boshliqlari

Lavozimi boʻyicha

-

Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmalari raislari

Lavozimi boʻyicha

-

Oliy ta’lim muassasalari rektorlari

Izoh: Ishchi guruhi a’zolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga mazkur lavozimlarga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklatilgan shaхslar kiritiladi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 17 iyun


"Xalq soʻzi", 2021 yil 17 iyun