Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining 11.06.2021 y. 5-son "Qattiq maishiy chiqindi poligonlarini loyihalashtirish va ulardan foydalanish boʻyicha yoʻriqnomaning 20-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida"gi Qarori (AV tomonidan 17.06.2021 y. 3197-2-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

17.06.2021 y.

N 3197-2




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

EKOLOGIYa VA ATROF-MUHITNI

MUHOFAZA QILISh DAVLAT

QOʻMITASINING

11.06.2021 y.

N 5


QARORI



Qattiq maishiy chiqindi poligonlarini

loyihalashtirish va ulardan foydalanish boʻyicha

yoʻriqnomaning 20-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida



Oʻzbekiston Respublikasining "Sanitariya-epidemiologiya хizmati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻrisida"gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 25 iyuldagi PF-6035-son "Koronavirus pandemiyasini yumshatish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va salomatligini saqlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi Farmoni va 2020 yil 27 iyuldagi PQ-4790-son "Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi хizmati faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining 2019 yil 17 oktyabrdagi 12-son qarori (roʻyхat raqami 3197, 2019 yil 19 noyabr) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.11.2019 y., 10/19/3197/4037-son; 20.10.2020 y., 10/20/3197-1/1396-son) bilan tasdiqlangan Qattiq maishiy chiqindi poligonlarini loyihalashtirish va ulardan foydalanish boʻyicha yoʻriqnomaning 20-bandidagi "Tuman (shahar) sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi" degan soʻzlar "Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi хizmatining tuman (shahar) boʻlimi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan.


3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Rais                                                                                            A.I. Maksudov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 18 iyun