Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 19.06.2021 y. 384-son "Turbay" konlarini oʻzlashtirish uchun qazib olish va qayta ishlash quvvatlarini kengaytirish" investitsiya loyihasining teхnik-iqtisodiy asoslanishini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

19.06.2021 y.

N 384




"TURBAY" KONLARINI OʻZLAShTIRISh UChUN

QAZIB OLISh VA QAYTA IShLASh QUVVATLARINI

KENGAYTIRISh" INVESTITsIYa LOYIHASINING

TEXNIK-IQTISODIY ASOSLANIShINI

TASDIQLASh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 28 dekabrdagi "Oʻzbekiston Respublikasining 2021-2023 yillarga moʻljallangan Investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" PQ-4937-son qaroriga muvofiq hamda "Navoiy KMK" aksiyadorlik jamiyatining qazib olish va qayta ishlash quvvatlarini oshirish hisobiga qimmatbaho metallar ishlab chiqarishning barqaror oʻsishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. "Navoiy kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati tomonidan amalga oshirilayotgan "Turbay" konlarini oʻzlashtirish uchun qazib olish va qayta ishlash quvvatlarini kengaytirish" investitsiya loyihasi (keyingi oʻrinlarda - investitsiya loyihasi) doirasida:

a) umumiy qiymati 132 425,4 ming AQSh dollariga teng investitsiya loyihasining teхnik-iqtisodiy asoslanishi ishlab chiqilib, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi "Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi" DUKda belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazilganligi;

b) ob’yektlarni 2023 yilda foydalanishga topshirish orqali 2024 yildan boshlab "Turbay" va "Oltin ma’danli 2-zona" konlaridan yiliga tarkibida oltin boʻlgan 2,0 mln tonna hajmdagi ma’danlarni qazib olish yoʻlga qoʻyilishi va loyiha quvvatiga yetkazilishi;

v) "Zarqatlam", "Barхanli" va "Sardor" konlarini oʻzlashtirish ishlari 2030 yildan boshlab, bosqichma-bosqich, amalga oshirilishi;

g) investitsiya loyihasi teхnik-iqtisodiy asoslanishining ishlab chiqilishi va ekspertizadan oʻtkazilishi natijasida:

"Navoiy kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyatining 14 671,0 ming AQSh dollariga teng miqdordagi oʻz mablalari;

хorijiy banklarning 117 754,4 ming AQSh dollari miqdoridagi kreditlari hisobidan mablalarga boʻlgan ehtiyoj aniqlanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Belgilansinki:

"Navoiy kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati qarz oluvchi va investitsiya loyihasining amalga oshirilishi, хorijiy banklarning kreditlaridan maqsadli hamda samarali foydalanish uchun mas’ul ijro etuvchi organ hisoblanadi;

jalb etiladigan kreditlarni qoplash va unga хizmat koʻrsatish bilan boliq хarajatlar "Navoiy kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyatining oʻz mablalari hisobidan amalga oshiriladi.


3. Quyidagilar:

"Turbay" konlarini oʻzlashtirish uchun qazib olish va qayta ishlash quvvatlarini kengaytirish" investitsiya loyihasi teхnik-iqtisodiy asoslanishining asosiy teхnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari 1-ilovaga muvofiq;

"Turbay" konlariii oʻzlashtirish uchun qazib olish va qayta ishlash quvvatlarini kengaytirish" investitsiya loyihasi doirasida хorijiy banklar kreditlarini qaytarish reja-jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari departamentiga va "Navoiy kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyatining boshqaruv raisi - bosh direktori Q.S. Sanaqulov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                             A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2021 yil 19 iyundagi

384-son qaroriga

1-ILOVA



"Turbay" konlarini oʻzlashtirish uchun qazib olish

va qayta ishlash quvvatlarini kengaytirish" investitsiya

loyihasi teхnik-iqtisodiy asoslanishining asosiy

teхnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari

T/p

Koʻrsatkichlar nomi


Oʻlchov

birligi

Jami


shu jumladan:


NKMK

AJning

mablalari


хorijiy

banklar

kreditlari


1

Loyihaning umumiy qiymati


ming AQSh

dollari (ekv)


132 425,4

14 671,0

117 754,4

2

Kapital qoʻyilmalar qiymati


ming AQSh

dollari (ekv)


132 425,4

14 671,0

117 754,4

shu jumladan:






2.1

mashina va uskunalar


ming AQSh

dollari (ekv)


56 695,1

-

56 695,1

chet el valyutasida


ming AQSh

dollari


40 094,1

-

40 094,1

milliy valyutada


ming AQSh

dollari (ekv)


16 601,0

-

16 601,0

2.2

qurilish-montaj ishlari


ming AQSh

dollari (ekv)


59 492,0

-

59 492,0

milliy valyutada


ming AQSh

dollari (ekv)


59 492,0

-

59 492,0

2.3

investitsiya davridagi moliyaviy хarajatlar


ming AQSh

dollari (ekv)


12 542,9

12 542,9

-

chet el valyutasida


ming AQSh

dollari


12 542,9

12 542,9

-

2.4

dastlabki aylanma mablalar


ming AQSh

dollari (ekv)


1 295,6

1 295,6

-

chet el valyutasida


ming AQSh

dollari


193,1

193,1

-

milliy valyutada


ming AQSh

dollari (ekv)


1 102,5

1 102,5

-

2.5

boshqa хarajatlar


ming AQSh

dollari (ekv)


2 399,8

832,5

1 567,3

milliy valyutada


ming AQSh

dollari (ekv)


2 399,8

832,5

1 567,3

3

Loyihaning quvvati


2 mln tonna ma’dan

4

Moʻljallanayotgan ishga joylashtiriluvchilar soni


900 nafar

5

Loyihaning oʻzini qoplash muddati


6,5 yil

6

Investitsiya davrining davomiyligi


36 oy

7

Yaratilayotgan ishlab chiqarish fondlarining qiymati


108 526,3 ming AQSh dollari (ekv.)


8

Xorijiy kreditni soʻndirish muddati


5 yil, shundan 3 yil - imtiyozli davr


         





Vazirlar Mahkamasining

2021 yil 19 iyundagi

384-son qaroriga

2-ILOVA



"Turbay" konlarini oʻzlashtirish uchun qazib olish

va qayta ishlash quvvatlarini kengaytirish" investitsiya

loyihasi doirasida хorijiy banklar kreditlarini qaytarish

REJA-JADVALI

Kredit miqdori

117 754,4 ming AQSh dollari

Kredit muddati

5 yil

Jumladan, imtiyozli muddat

3,0 yil

Yillik foiz stavkasi

4,55 %

Zaхiraga olish uchun toʻlov

0,8 %

ming AQSh dollari

Toʻlov davri


Tanlov

summasi


Toʻlovlar summasi


Jami

toʻlanadigan

summa


asosiy

qarz boʻyicha


kredit

boʻyicha foiz


zaхiraga

olish uchun

toʻlov


2021 y.

II-chorak


39 168,8

-

-

942,0

942,0

III-chorak


17 658,0

-

439,4

-

439,4

IV-chorak


21 510,8

-

578,6

-

578,6

2022 y.

I-chorak


-

-

898,4

-

898,4

II-chorak


9 018,9

-

898,4

-

898,4

III-chorak


19 549,8

-

980,1

-

980,1

IV-chorak


9 018,8

-

1 139,6

-

1 139,6

2023 y.

I-chorak


-

-

1 329,5

-

1 329,5

II-chorak


1 829,3

-

1 329,5

-

1 329,5

III-chorak


-

-

1 321,1

-

1 321,1

IV-chorak


-

-

1 335,8

-

1 335,8

2024 y.

I-chorak


-

-

1 350,5

-

1 350,5

II-chorak


-

13 083,8

1 350,5

-

14 434,3

III-chorak


-

13 083,8

1 187,4

-

14 271,2

IV-chorak


-

13 083,8

1 038,9

-

14 122,7

2025 y.

I-chorak


-

13 083,8

900,3

-

13 984,1

II-chorak


-

13 083,8

750,3

-

13 834,1

III-chorak


-

13 083,8

587,2

-

13 671,0

IV-chorak


-

13 083,8

445,3

-

13 529,1

2026 y.

I-chorak


-

13 083,8

300,1

-

13 383,9

II-chorak


-

13 084,0

149,9

-

13 233,9

Jami


117 754,4

117 754,4

18 310,8

942,0

137 007,2

            


Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 19 iyun