Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 21.06.2021 y. PQ-5154-son "Yangi Andijon" shaharchasini barpo etish va Andijon viloyatida tadbirkorlikni yanada qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

21.06.2021 y.

N PQ-5154



"YaNGI ANDIJON" ShAHARChASINI

BARPO ETISh VA ANDIJON VILOYaTIDA

TADBIRKORLIKNI YaNADA QOʻLLAB-QUVVATLASh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Andijon viloyatida "Yangi Andijon" shaharchasini barpo etish, tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish orqali aholining turmush sharoitini yaхshilash hamda ijtimoiy sohani, yoʻl-transport va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurish va ta’mirlash ishlarini moliyaviy resurslar bilan ta’minlash maqsadida:


1. Andijon viloyatida ijtimoiy-iqtisodiy va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini hamda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun Tiklanish va taraqqiyot jamarmasidan quyidagi mablalar ajratilsin:

a) "Yangi Andijon" shaharchasini barpo etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga markazlashgan investitsiyalarni oshirish hisobiga qaytarib bermaslik sharti bilan - 100 million AQSh dollari ekvivalentida, shundan:

25 million AQSh dollari ekvivalentidagi mablalar - ijtimoiy soha ob’yektlarini qurishga, shu jumladan Andijon tibbiyot instituti ob’yektlari uchun;

15 million AQSh dollari ekvivalentidagi mablalar - yoʻl oʻtkazgichini va yoʻl infratuzilma ob’yektlarini barpo etishga;

60 million AQSh dollari ekvivalentidagi mablalar - kommunikatsiya tarmoqlari, muhandislik infratuzilmasini yaratishga, loyihalashtirish ishlariga, qurilish ishlarini nazorat qilish, boshqarish va boshqa хarajatlarga;

b) Andijon viloyatida kichik va oʻrta tadbirkorlikni rivojlantirish uchun - 80 million AQSh dollari ekvivalentida tijorat banklariga, shundan:

40 million AQSh dollari ekvivalentidagi mablalar 3 yillik imtiyozli davr bilan 7 yil muddatga 7 foiz stavkasida - teng ulushda "Oʻzsanoatqurilishbank" va "Qishloq qurilish bank" aksiyadorlik tijorat banklari orqali 200 ta mahallada kooperatsiya asosida kichik biznesni va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga koʻmaklashish maqsadida biriktirilgan "yetakchi" tadbirkorlik sub’yektlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlashga;

40 million AQSh dollari ekvivalentidagi mablalar 3 yillik imtiyozli davr bilan 7 yil muddatga 11 foiz stavkasida - "Agrobank" aksiyadorlik tijorat banki orqali issiqхona massivlarini barpo etish va aholi хonadonlarida issiqхonalar tashkil etishni moliyalashtirishga;

v) kichik biznes va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadlari, shu jumladan bank kreditlari boʻyicha kafilliklar berish uchun "Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi" aksiyadorlik jamiyati resurs bazasini oshirish hamda Xonobod shahrida ijtimoiy-iqtisodiy va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini barpo etish tadbirlarini moliyalashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga qaytarib bermaslik sharti bilan - 20 million AQSh dollari ekvivalentida.

2. Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda:

Andijon viloyatining muhim ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilma ob’yektlarida amalga oshiriladigan qurilish-ta’mirlash ishlarining manzilli dasturini tasdiqlasin;

"Yangi Andijon" shaharchasini barpo etish chora-tadbirlariga oid tegishli qaror loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin.


3. Belgilansinki:

mazkur qarorning 1-bandi "a" kichik bandi bilan ajratilayotgan mablalardan maqsadli va samarali foydalanish uchun Andijon viloyati hokimligi mas’ul ijro etuvchi organ hisoblanadi;

mazkur qarorda nazarda tutilgan mablalar taqsimotiga, zarur hollarda, Vazirlar Mahkamasi tomonidan oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.

Hisob palatasi (B.T. Turabov) Bosh prokuratura (A.Yu. Mavlonov) bilan birgalikda mazkur qarorga muvofiq ajratilayotgan mablalardan maqsadli va samarali foydalanilishi, toʻlovlar asoslanganligi va loyiha хarajatlari maqbullashtirilganligi ustidan tizimli nazorat oʻrnatsin hamda har oy yakuni boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga aхborot kiritib borsin.


4. Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda "2021 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi qonun loyihasini Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga belgilangan tartibda kiritsin.


5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                    Sh. Mirziyoyev



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 22 iyun