Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22.06.2021 y. 389-son "Davlat kadastrlarini yuritish sohasini tartibga soluvchi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

22.06.2021 y.

N 389



DAVLAT KADASTRLARINI YuRITISh

SOHASINI TARTIBGA SOLUVChI AYRIM

NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLARNI

TASDIQLASh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Yer hisobi va davlat kadastrlarini yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2020 yil 7 sentyabrdagi PF-6061-son Farmoni hamda "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida" 2020 yil 7 sentyabrdagi PQ-4819-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

davlat yer kadastrining tarkibiy qismlari, davlat yer kadastrini yuritishning asosiy prinsiplari hamda davlat yer kadastrini yuritishda Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalarining vazifalarini nazarda tutuvchi Davlat yer kadastrini yuritish tartibi toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;

binolar va inshootlar davlat kadastri tarkibi, bosqichlari hamda binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritishni tashkil etishni nazarda tutuvchi Bino va inshootlar davlat kadastrini yuritish tartibi toʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;

yer uchastkasi, bino va inshootlar hamda koʻp yillik daraхtlarning kadastr ma’lumotlarini tayyorlash, kadastr yimajildini tayyorlash hamda kadastr yimajildini shakllantirish natijasida kadastr pasportini rasmiylashtirishni nazarda tutuvchi Koʻchmas mulk ob’yektiga kadastr yimajildini tayyorlash tartibi toʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambaallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari - iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi Sh.D. Kudbiyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                                    A. Aripov




Vazirlar Mahkamasining

2021 yil 22 iyundagi

389-son qaroriga

4-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini

yoʻqotgan deb e’tirof etilayotgan qarorlari

ROʻYXATI


1. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasida binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish toʻrisida" 1997 yil 2 iyundagi 278-son qarori.


2. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasida davlat yer kadastrini yuritish toʻrisida" 1998 yil 31 dekabrdagi 543-son qarori.


3. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻrisida" 2004 yil 19 oktyabrdagi 483-son qaroriga 7-ilovaning 2-bobi 1 va 2-bandlari (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2004 y., 42-son, 446 modda).


4. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish tartibini takomillashtirish toʻrisida" 2014 yil 7 yanvardagi 1-son qarori)" 2014 yil 3 iyundagi 138-son qaroriga ilovaning 3 va 4-bandlari (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2014 y., 23-son, 269-modda).


5. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Kadastr hujjatlarini tayyorlash boʻyicha davlat хizmatlari narхlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish toʻrisida" 2014 yil 10 iyuldagi 186-son qarori)" 2014 yil 6 noyabrdagi 309-son qaroriga ilovaning 1-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2014 y., 46-son, 551-modda).


6. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Yerlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish borasida nazoratni kuchaytirish, geodeziya va kartografiya faoliyatini takomillashtirish, davlat kadastrlari yuritishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 31 maydagi PF-5065-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 31 maydagi PQ-3024-son qarori)" 2017 yil 29 avgustdagi 679-son qaroriga ilovaning 3 va 4-bandlari (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017 y., 35-son, 931-modda).



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 22 iyun