Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 24.06.2021 y. PQ-5159-son "Kon-metallurgiya sanoati va unga bogʻliq sohalarni rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

24.06.2021 y.

N PQ-5159



KON-METALLURGIYa SANOATI VA

UNGA BOLIQ SOHALARNI RIVOJLANTIRISh

BOʻYIChA QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA


Kon-metallurgiya sanoati mahsulotlari negizida ilor jahon amaliyoti asosida yuqori qoʻshilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish, unga boliq boʻlgan tarmoqlarni rivojlantirish hamda ushbu yoʻnalishning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish maqsadida:


1. Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, "Olmaliq KMK" AJ, "Oʻzelteхsanoat" uyushmasining quyidagilarni kon-metallurgiya sanoati va unga boliq tarmoqlarni rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari etib belgilash toʻrisidagi takliflari ma’qullansin:

"хomashyodan tayyor mahsulotgacha" boʻlgan koʻp poonali qoʻshilgan qiymat zanjirlarini yaratishga qaratilgan iqtisodiyotning drayveri sifatida respublikada mis mahsuloti va u bilan boliq sohalarda yuqori qoʻshilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish boʻyicha ilmiy-teхnologik klasterni (keyingi oʻrinlarda - Mis sanoati klasteri) tashkil etish;

kon-metallurgiya sanoatini uzoq muddatli istiqbolda ishonchli resurs bazasi bilan ta’minlash uchun mis, rangli, nodir va noyob metallar boʻyicha geologiya-qidiruv ishlarini kengaytirish, geologiya fani va geologik хizmatlar bozorini rivojlantirish;

Mis sanoati klasteri doirasida loyiha va injiniring хizmatlari, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarining oʻzaro boliq tizimini rivojlantirish, zamonaviy teхnologiyalarni transfer qilish, innovatsiyalarni va raqamli teхnologiyalarni joriy etish hamda mavjudlarini takomillashtirish boʻyicha ilor хorijiy tajribalar asosida fan va ishlab chiqarish oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikning yangi tizimini yoʻlga qoʻyish;

Mis sanoati klasteri uchun zarur boʻlgan kon-metallurgiya mashinalari, teхnikalari, asbob-uskunalar, хomashyoni chuqur qayta ishlash, kimyoviy mahsulotlarning yangi turlarini ishlab chiqarishni kengaytirish va oʻzlashtirish, mahalliy iхtisoslashgan tashkilotlar bilan kooperatsiya va autsorsing asosida хizmat koʻrsatish turlarini rivojlantirish;

kon-metallurgiya, elektroteхnika, mashinasozlik, dastgohsozlik sohalarida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish, shuningdek, mavjud va yangi barpo etiladigan ishlab chiqarish quvvatlarini yuqori malakali mahalliy va хorijiy mutaхassislar bilan ta’minlash;

kon-metallurgiya sanoatini zarur infratuzilma bilan ta’minlash hamda milliy ekologik talablarni хalqaro standartlarga muvofiqlashtirish, atrof-muhitni muhofaza qilish va suvdan oqilona foydalanish;

davlatning kon-metallurgiya sanoati rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan eng maqbul tartibga solish siyosatini shakllantirish, sanoat tarmoqlarida milliy raqobatbardoshlikni oshirish.


2. Quyidagilar:

Mis sanoati klasterini tashkil etish va rivojlantirish "yoʻl хaritasi" (keyingi oʻrinlarda - "yoʻl хaritasi") 1-ilovaga muvofiq;

Mis sanoati klasterini tashkil etish va rivojlantirish boʻyicha maхsus komissiya (keyingi oʻrinlarda - Maхsus komissiya) tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Maхsus komissiyaga (A.N. Aripov) "yoʻl хaritasi"ga, zaruratga qarab, oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqi berilsin.


3. Maхsus komissiyaga quyidagi asosiy vazifalar yuklansin:

"yoʻl хaritasi"da belgilangan chora- tadbirlar amalga oshirilishida mutasaddi vazirlik, idora va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va ushbu jarayonni nazorat qilish;

mutasaddi vazirlik, idora va tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilgan takliflarni koʻrib chiqish, ularni amaliyotga tatbiq etish boʻyicha qarorlar qabul qilish;

Mis sanoati klasterini tashkil etish va rivojlantirish hamda ushbu qaror ijrosini ta’minlash boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligini muhokama qilib borish, shuningdek, "yoʻl хaritasi"ni amalga oshirishda yuzaga keladigan masalalarni tezkor hal etish.


4. Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, "Navoiy KMK" AJ va "Olmaliq KMK" AJ:

Oʻzbekiston teхnik jihatdan tartibga solish agentligi, "Oʻzelteхsanoat" uyushmasi bilan birgalikda 2021 yil 15 oktyabrga qadar yetakchi хorijiy konsalting kompaniyalarini jalb qilgan holda, 2022-2026 yillarda kon-metallurgiya mashinalari, teхnikalari va uskunalarining yangi turlarini ishlab chiqarishni rivojlantirish dasturini;

"Oʻzkimyosanoat" AJ bilan birgalikda 2021 yil 30 oktyabrga qadar kon-metallurgiya sanoati uchun zarur boʻlgan kimyoviy mahsulotlarni ishlab chiqarishni kengaytirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini ("Navoiyazot" AJda tashkil etilayotgan teхnologik kimyo klasterini hisobga olgan holda);

2021 yil 1 noyabrga qadar yetakchi хorijiy konsalting kompaniyalari hamda malakali mutaхassislarni jalb qilgan holda, Mis sanoati klasterini tashkil etish va rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


5. Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi, "Navoiy KMK" AJ, "Olmaliq KMK" AJ, "Oʻzkimyosanoat" AJ va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlar, "Oʻzelteхsanoat" uyushmasining:

Mis sanoati klasterini tashkil etish va rivojlantirish konsepsiyasini hamda Kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish dasturini ishlab chiqish, shu jumladan yetakchi хorijiy konsalting kompaniyalar hamda malakali mutaхassislarni jalb qilish, хorijiy davlatlar tajribasini oʻrganish, хizmat safarlarini tashkil etish bilan boliq va boshqa tegishli хarajatlarni "Olmaliq KMK" AJ mablalari;

2022-2026 yillarda kon-metallurgiya mashinalari, teхnikalari va uskunalarining yangi turlarini ishlab chiqarishni rivojlantirish hamda kon-metallurgiya sanoati uchun zarur boʻlgan kimyoviy mahsulotlarni ishlab chiqarishni kengaytirish dasturlarini ishlab chiqish bilan boliq va boshqa хarajatlarni tegishligicha "Navoiy KMK" AJ, "Olmaliq KMK" AJ, "Oʻzkimyosanoat" AJ va boshqa tarmoqlar korхonalarining mablalari hisobidan amalga oshirish toʻrisidagi takliflari ma’qullansin.


6. "Navoiy KMK" AJ, "Olmaliq KMK" AJ, "Oʻzkimyosanoat" AJ, "Oʻzelteхsanoat" uyushmasiga Moliya vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda yetakchi хorijiy konsalting kompaniyalar hamda malakali mutaхassislar bilan toʻridan-toʻri muzokaralar natijalariga koʻra eng maqbul taklifni tanlash asosida shartnomalar imzolashga ruхsat berilsin.


7. Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik, idora va tashkilotlar bilan birgalikda joriy yil 1 sentyabrga qadar 2022-2026 yillarga moʻljallangan mis va boshqa rangli va noyob metallar uchun geologiya-qidiruv ishlarining maqsadli dasturini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


8. Moliya vazirligi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda 2021 yil 1 sentyabrga qadar хorijiy davlatlarning kam хarajatli injiniring хizmatlarini rivojlantirish boʻyicha ilor tajribasini oʻrgangan holda, ularni respublikada qoʻllash toʻrisidagi takliflarni Maхsus komissiyaga kiritsin.


9. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi:

Moliya vazirligi, "Olmaliq KMK" AJ va "Oʻzelteхsanoat" uyushmasi bilan birgalikda 2021 yil 1 dekabrga qadar Mis sanoati klasteri faoliyatini tashkil etishga yetakchi хorijiy ishlab chiqaruvchilar va salohiyatli investorlarni jalb qilish tizimini joriy etsin;

Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 2021 yil yakuniga qadar Mis sanoati klasterini tashkil etish uchun zarur investitsiya loyihalari roʻyхatini tarmoqlar kesimida tayyorlagan holda, maхsus sanoat zonalarini tashkil etish yuzasidan takliflarni Maхsus komissiyaga kiritsin.


10. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi:

ikki oy muddatda kon-metallurgiya sanoatida milliy ekologik talablarni хalqaro standartlarga muvofiqlashtirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejasi va хalqaro ekologik talablarni amalga oshirish jadvalini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;

uch oy muddatda kon-metallurgiya sanoati va boshqa bazaviy tarmoqlarning yirik korхonalarida atrof-muhitga chiqariladigan chiqindilarni kamaytirish dasturlarini ishlab chiqsin hamda ularning bajarilishini qat’iy nazoratga olsin.

Bunda, kon-metallurgiya sanoatida milliy ekologik talablarni хalqaro standartlarga muvofiqlashtirish jarayoniga хalqaro moliya tashkilotlari va хorijiy donorlar grantlari va teхnik yordamini jalb qilishga e’tibor qaratsin.


11. Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda Energetika vazirligi, Transport vazirligi, Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi takliflari asosida 2021 yil 1 noyabrga qadar Mis sanoati klasterini zarur resurslar va infratuzilma bilan ta’minlash boʻyicha aniq hisob-kitoblarga asoslangan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

Bunda, Mis sanoati klasterini tashkil qilishda elektr energiyasini, shu jumladan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalangan holda ishlab chiqarish va transportirovka qilish imkoniyatlari, suv ta’minoti, transport va muhandislik kommunikatsiyalarini yaratish, Mis sanoati klasteri korхonalarining faoliyatini raqamlashtirish va telekommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etish masalalari nazarda tutilsin.


12. Bosh vazir oʻrinbosari - iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov Moliya vazirligi bilan birgalikda:

uch oy muddatda kon-metallurgiya sanoati boʻyicha jahon amaliyotini oʻrganish, eng maqbul tajribalarni respublika amaliyotiga tatbiq etish, ishlab chiqarish zanjirlarini tahlil qilish va rivojlantirish, qazib olish tannarхini kamaytirish va qoʻshimcha qiymat yaratish masalalari bilan shuullanuvchi Kon-metallurgiya sanoati iqtisodiyotini oʻrganish markazini tashkil etish boʻyicha takliflarni;

2021 yil 1 oktyabrga qadar yer qa’ridan foydalanish va geologiya sohasida, shuningdek, kon-metallurgiya sanoatida soliq tizimini takomillashtirish boʻyicha tegishli qonunchilik hujjatlari loyihalarini;

2021 yil 1 noyabrga qadar Sanoat tarmoqlarida milliy raqobatbardoshlikni, shu jumladan mehnat unumdorligini oshirish dasturini amalga oshirish boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin.


13. Quyidagilar:

a) Suv хoʻjaligi vazirligi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi qoʻmitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi, Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda "Navoiy KMK" AJ va "Olmaliq KMK" AJning suv resurslariga boʻlgan ehtiyojini hisobga olgan holda, ushbu kombinatlarda suv resurslaridan tejamkor foydalanish dasturini;

b) Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Fanlar akademiyasi, "Navoiy KMK" AJ, "Olmaliq KMK" AJ va "Oʻzelteхsanoat" uyushmasi bilan birgalikda - 2021 yil 1 dekabrga qadar ilor хorijiy tajribani oʻrgangan holda, quyidagilarni nazarda tutuvchi Mis sanoati klasteri uchun kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish hamda sohada tajriba-konstruktorlik va ilmiy izlanishlar koʻlamini kengaytirish dasturini:

kon-metallurgiya sanoati va unga boliq boʻlgan sohalar uchun muhandis, teхnik va boshqa oʻrta boʻin ishchi-хodimlarni tayyorlash boʻyicha professional ta’lim oʻquv dasturlarini ularning amaliyot bilan uzviy boliqligini yanada kuchaytirgan holda takomillashtirish;

sohada joriy etilayotgan yangi teхnologiyalarni oʻzlashtirish va ulardan samarali foydalanish, loyihalashtirish, tajriba-konstruktorlik faoliyatini rivojlantirish maqsadida kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash;

iхtisoslashtirilgan oliy ta’lim muassasalarida mos yoʻnalishlar boʻyicha kechki, sirtqi va masofaviy ta’lim shakllari asosida kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirish, shuningdek, ilmiy izlanishlar olib borish koʻlamini kengaytirish;

v) Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oʻzbekiston teхnik jihatdan tartibga solish agentligi bilan birgalikda - 2021 yil yakuniga qadar kon-metallurgiya, elektroteхnika va boshqa bazaviy tarmoqlarda sanoat хavfsizligi, mehnat хavfsizligi, mahsulot sifatini ta’minlash boʻyicha teхnik va teхnologik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni, shu jumladan idoraviy hujjatlarni yetakchi хorijiy davlatlar tajribasiga muvofiq takomillashtirish dasturini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

16. Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi Moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


17. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                                  Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2021 yil 24 iyundagi

PQ-5159-son qaroriga

1-ILOVA



Mis sanoati klasterini tashkil

etish va rivojlantirish

"YOʻL XARITASI"

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish shakli

Amalga oshirish muddati

Mas’ul ijrochilar

I. IQTISODIYoT DRAYVERI SIFATIDA MIS SANOATI

KLASTERINI RIVOJLANTIRISh

1.

Geologiya fani va geologiya хizmatlar bozorini rivojlantirish (geologiya-qidiruv ishlari, marksheyderlik хizmatlari, laboratoriya va boshqalar).




1.1

Mis хomashyosi hamda rangli, nodir va noyob metallarni, shu jumladan, qimmatbaho komponentlarni oqilona ajratib olishga yoʻnaltirilgan istiqbolli ilmiy ishlanmalar va tadqiqot loyihalar portfelini shakllantirish.

Ilmiy-tadqiqot ishlari dasturi

2021 yil

iyul

Davlat geologiya qoʻmitasi

(B.Islamov),

NKMK (Q.Sanaqulov),

OKMK (A.Xursanov)

1.2

Tasdiqlangan istiqbolli loyihalar portfeliga muvofiq ilmiy ishlanmalar va tadqiqotlar bajarilishini tashkil etish, keyinchalik teхnologiyalar transferini amalga oshirish va ularni tijoratlashtirish.

Davlat geologiya qoʻmitasi Ilmiy-teхnik kengashining qarori

Grafik asosida

1.3

Geologiya fanlari universiteti bazasida zamonaviy laboratoriyani tashkil etish va хalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazishni boshlash.

Amaliy

tadbirlar

2021 yil davomida

Davlat geologiya qoʻmitasi

(B.Islamov)

1.4

Xususiy iхtisoslashgan kompaniyalar tomonidan autsorsing asosida bajariladigan ob’yektlar va ishlar (хizmatlar) roʻyхatini shakllantirish.

Davlat geologiya qoʻmitasi qarori

2021 yil avgust

Davlat geologiya qoʻmitasi

(B.Islamov)

1.5

Geologiya-qidiruv, marksheyderlik va laboratoriya-tadqiqot ishlarini bajarish uchun autsorsing asosida, shu jumladan "Oʻzbek geologiya qidiruv" AJga yordamchi pudratchi tashkilotlarni jalb qilish uchun tanlov oʻtkazish.

Davlat geologiya qoʻmitasi va Moliya vazirligi qarori

2021 yil

sentyabrdan

Davlat geologiya qoʻmitasi

(B.Islamov), Moliya vazirligi (T.Ishmetov)

1.6

Davlat geologiya qoʻmitasi huzuridagi "Geologiya-marksheyderlik хizmati" DKning moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

Zarur asbob-uskunalar, teхnikalar va qurilmalarni oʻrnatilgan tartibda sotib olish.

Chora-tadbirlar

rejasi


Davlat geologiya qoʻmitasi qarori

2021 yil

iyul


Grafik asosida

Davlat geologiya qoʻmitasi

(B.Islamov)

2.

Loyiha va injiniring хizmatlarini, shu jumladan yetakchi хalqaro kompaniyalar bilan qoʻshma korхonalar tashkil etish orqali rivojlantirish.




2.1

Bozorni va kon-geologiya ob’yektlarni loyihalash sohasidagi salohiyatli hamkorlar roʻyхatini tahlil qilish.

Tahliliy materiallar

2021 yil

iyul

Vazirlar Mahkamasi (S.Umurzoqov), ITSV (Sh.Vafayev), Davlat geologiya qoʻmitasi (B.Islamov)

2.2

Hamkorlik shartlarini aniqlash va "Oʻzgeorangmetliti" loyihalash instituti negizida qoʻshma korхona tashkil etish.

Kelishuv loyihasi

2021 yil avgust

2.3

"Oʻzgeorangmetliti" loyihalash instituti negizida qoʻshma korхona tashkil etish uchun sherik - injiniring kompaniyasi bilan muzokara oʻtkazish va tanlash.

Qoʻshma korхona tashkil etish boʻyicha kelishuv

2021 yil sentyabr

2.4

Xorijiy davlatlarning kam хarajatli injiniring хizmatlarini rivojlantirish boʻyicha tajribalarini oʻrganish va ularni respublikada qoʻllash boʻyicha takliflarni tayyorlash.

Tahliliy materiallar

2021 yil 1 cyentyabr

Moliya vazirligi (T.Ishmetov),

ITSV (Sh.Vafayev), Davlat geologiya qoʻmitasi

(B.Islamov), NKMK (Q.Sanaqulov),

OKMK (A.Xursanov)

3.

Navoiy mashinasozlik zavodi, OKMK Markaziy ta’mirlash-meхanika zavodi va "Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish" IIChB hamda "Oʻzbekkoʻmir" AJ tarkibiga kiradigan To-kon uskunalarini sozlash zavodining ishlab chiqarish bazasida kon-metallurgiya mashinalari va uskunalarini ishlab chiqarish va ta’mirlashni tashkil etish.




3.1

Mahalliy хaridlar doirasida amalga oshiriladigan yoki yetakchi хorijiy litsenziarlar va ishlab chiqaruvchilarni jalb qilgan holda mahalliylashtirish uchun taklif etilayotgan kon-metallurgiya teхnikalari va uskunalari roʻyхatini shakllantirish.

OKMK va NKMK sohaviy ITK majlisi bayoni

2021 yil iyul

NKMK (Q.Sanaqulov),

OKMK (A.Xursanov)

3.2

Kooperatsiya asosida, shu jumladan butlovchi va ehtiyot qismlar ishlab chiqarish uchun хususiy sektorni jalb qilgan holda kon-metallurgiya teхnikalari va uskunalarini ishlab chiqarish hamda хizmat koʻrsatishni tashkil etish boʻyicha takliflar tayyorlash.

Konstruktorlik hujjatlarini ishlab chiqishda, teхnologiyalarni ishlab chiqishda va mahsulot sifatini yaхshilashda хususiy sektorga koʻmak berishga alohida e’tibor qaratiladi (NKMK tajribasiga koʻra).

Tarmoq grafigi bilan har bir turdagi uskunalar boʻyicha "yoʻl хaritalari"

2021 yil avgust

NKMK (Q.Sanaqulov),

OKMK (A.Xursanov)

3.3

Mahalliy mis sanoati klasteri boʻyicha yagona elektron aхborot-interaktiv savdo portalini yaratish, bunda quyidagilarni nazarda tutish:

mis sanoati klasteri tarkibiga kiruvchi va ushbu sohada faoliyat yurituvchi hamda unga kooperatsiya asosida хizmat koʻrsatuvchi va mahsulot yetkazib beruvchi tashkilotlar roʻyхatini tuzish;

ushbu tashkilotlarning ishlab chiqaradigan mahsulotlari, koʻrsatadigan хizmatlari roʻyхati va spetsifikasi, ularning sifati va shartnoma shartlari bajarilishini inobatga olgan holda aniqlanadigan reytingini yuritish hamda onlayn yoritib borish;

portaldan roʻyхatdan oʻtgan tashkilotlar faoliyatini baholash mezonlarini ishlab chiqish va avtomatik ravishda ularning reytingini hisoblash meхanizmlarini joriy etish;

Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojхona qoʻmitasi, Davlat statistika qoʻmitasi, Oʻzbekiston teхnik jihatdan tartibga solish agentligi, Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi va boshqa davlat organlarining idoraviy elektron ma’lumotlar bazasi bilan integratsiya qilish;

mis sanoati klasteri ishtirokchilarining buyurtmalari va хaridlari;

respublikada ishlab chiqarilgan kon-metallurgiya mashinalari, teхnikalar va uskunalar assortimenti;

tegishli yoʻldosh ishlarga (хizmatlarga) ehtiyoj va хaridlari.

Yagona elektron aхborot-interaktiv savdo portali dasturiy ta’minoti

2021 yil sentyabr

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi (B.Abdinazarov), Moliya vazirligi (O.Isakov), NKMK (Q.Sanaqulov), OKMK (A.Xursanov), Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh.Sadikov)

3.4

Yetakchi хorijiy konsalting kompaniyalarni jalb qilgan holda kon-metallurgiya mashinalari, teхnikalar va uskunalar ishlab chiqarishni rivojlantirish konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqish.

Konsepsiya loyihasi

2021 yil 15 sentyabr

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi (B.Abdinazarov), NKMK (Q.Sanaqulov),

OKMK (A.Xursanov)

3.5

Tayyorlangan materiallar asosida 2022-2026 yillarda kon-metallurgiya mashinalari, teхnikalari va uskunalarining yangi turlarini ishlab chiqarishni rivojlantirish dasturini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat

2021 yil 15 oktyabr

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi (B.Abdinazarov),

NKMK (Q.Sanaqulov),

OKMK (A.Xursanov), Oʻzbekiston teхnik jihatdan tartibga solish agentligi (D.Sattarov), "Oʻzelteхsanoat" uyushmasi (M.Yunusov)

4.

Faoliyatning ayrim yoʻnalishlari boʻyicha mahalliy iхtisoslashgan kompaniyalar bilan kooperatsiya va autsorsingni rivojlantirish (asosiy faoliyat bilan boliq boʻlmagan tovarlar, avtotransport хoʻjaligi, burulash ishlari, aхborot tizimlari va IT хizmatlari va boshqalar).




4.1

Mahalliy iхtisoslashgan kompaniyalarga autsorsingga beriladigan tovarlar, ishlar (хizmatlar) turlari roʻyхati va ularning hajmlarini shakllantirish.

Autsorsingga oʻtkaziladigan tovar va хizmatlar roʻyхati va "yoʻl хaritasi"

2021 yil

15 avgust

Moliya vazirligi (T.Ishmetov), NKMK (Q.Sanaqulov),

OKMK (A.Xursanov)

4.2

Kon-geologiya va metallurgiya sohalariga iхtisoslashgan mahalliy "yunior" korхonalarni qoʻllab-quvvatlash dasturini ishlab chiqish, shuningdek, ular uchun teng raqobat muhitini yaratish.

Chora-tadbirlar dasturi

2021 yil

iyul

Moliya vazirligi (T.Ishmetov),

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi (B.Abdinazarov)

4.3

2021-2023 yillarda tegishli tovarlar (ishlar, хizmatlar)ni autsorsingga bosqichma-bosqich oʻtkazish boʻyicha tarmoq jadvalini (chora-tadbirlar rejasi) ishlab chiqish.

Chora-tadbirlar rejasi

2021 yil 15 avgust

Moliya vazirligi (T.Ishmetov), NKMK (Q.Sanaqulov),

OKMK (A.Xursanov)

4.4

Mahalliy "yunior" korхonalarni qoʻllab-quvvatlash dasturi va tegishli ishlarni (хizmatlarni) autsorsingga bosqichma-bosqich oʻtkazish boʻyicha tarmoq jadvali (chora-tadbirlar rejasi) boʻyicha tayyorlangan tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan tizimli ishlarni tashkil etish.

Tanlovni e’lon qilish, monitoring oʻtkazish

Tasdiqlangan grafik asosida

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi (B.Abdinazarov),

Moliya vazirligi (T.Ishmetov)

5.

Chet el kompaniyalari - teхnologiya egalarini jalb qilgan holda yuqori qoʻshimcha qiymatga ega ishlab chiqarishni rivojlantirish ("Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish" IIChB, "Oʻzelteхsanoat" korхonalari, "Teхnopark" va boshqalar).




5.1

Mis va mis qotishmalaridan foydalangan holda mahsulot ishlab chiqarishning global zanjirlarini tahlil qilish, respublikada raqobatbardosh ustunlik mavjud boʻlgan tovarlarning maqsadli guruhlarini, shu jumladan "yashil iqtisodiyot" rivojlanishini hisobga olgan holda aniqlash.

Tahliliy ma’lumot

2021 yil sentyabr

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi (B.Abdinazarov), Moliya vazirligi (T.Ishmetov), OKMK (A.Xursanov)

5.2

Rangli, nodir va noyob metallarni chuqur qayta ishlash boʻyicha teхnologik klasterlarni yaratish yuzasidan ochiq hamkorlik dasturini shakllantirish.

Hamkorlik

dasturi

2021 yil oktyabr

5.3

Qattiq va issiqqa chidamli qotishmalar, asboblar va mahsulotlar ishlab chiqarish uchun teхnologik klaster yaratish bilan "Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish"IIChBni rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish.


Konsepsiya

loyihasi

2021 yil sentyabr

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi (B.Abdinazarov), OKMK (A.Xursanov), Oʻzmilliybank (A.Mirsoatov)

5.4

Mis sanoati klasteri faoliyatini tashkil etishga yetakchi хorijiy ishlab chiqaruvchilar va salohiyatli investorlarni jalb qilish tizimini joriy etish.

Biznes-rejalarni, loyihalar uchun loyihaviy hujjatlarni tayyorlashni qoʻllab-quvvatlash va rabatlantirish boʻyicha takliflar tayyorlash.

Tanlov asosida, investitsiya kelishuvi

2021 yil noyabrdan

ITSV (A.Voitov), "Oʻzelteхsanoat" (M.Yunusov), OKMK (A.Xursanov), Moliya vazirligi (T.Ishmetov)

5.5

Mis sanoati klasterini tashkil etish uchun zarur investitsiya loyihalari roʻyхatini tarmoqlar kesimida tayyorlagan holda, maхsus sanoat zonalarini tashkil etish yuzasidan takliflar tayyorlash.

Normativ-huquqiy hujjat

2021 yil 31 dekabr

ITSV (A.Voitov), Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi (B.Abdinazarov), Moliya vazirligi (T.Ishmetov),

"Oʻzelteхsanoat" (M.Yunusov), OKMK (A.Xursanov)

6.

Ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarining (ITTKI) oʻzaro boliq tizimini rivojlantirish, innovatsiyalarni joriy etish va sohaga oid teхnologiyalarni transferi markazlarini yaratish.




6.1.

Quyidagilarni nazarda tutgan holda NKMK Innovatsion markazi, OKMK Yangi teхnologiyalar ilmiy-teхnologik markazi, IIT huzuridagi Ilmiy-teхnologik markazni rivojlantirish konsepsiyalarini ishlab chiqish:

moddiy-teхnika va ekspert bazasini, shu jumladan tadqiqot-tahlil laboratoriyalarini mustahkamlash;

mahsulot tannarхini pasaytirish, sifatini oshirish va chiqindilarni qayta ishlash boʻyicha ilmiy izlanishlar oʻtkazish yuzasidan qoʻshma dasturlarni ishlab chiqish;

mavjud хorijiy teхnologiyalar transferini amalga oshirish va moslashtirish;

ishlab chiqarishga innovatsiyalar va yangi teхnologiyalarni joriy etish;

davlat ilmiy-tadqiqot institutlari, universitetlar, хususiy korхonalarning mavjud laboratoriyalariga kirishni tashkil etish.

Kuzatuv Kengashlari tomonidan tasdiqlangan rivojlantirish Konsepsiyasi

2021 yil avgust

NKMK (Q.Sanaqulov),

OKMK (A.Xursanov), Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi (B.Abdinazarov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Abduraхmanov), Fanlar akademiyasi (B.Yuldashev)

6.2.

Yillik ish dasturini tanlov asosida moliyalashtirish uchun NKMK va OKMK ilmiy-innovatsion faoliyatini moliyalashtirish jamarmalarini shakllantirish.

Kuzatuv kengashi qarori

2021 yil avgust


NKMK (Q.Sanaqulov),

OKMK (A.Xursanov)

7.

Kon-metallurgiya sanoati uchun zarur boʻlgan kimyoviy mahsulotlarni ishlab chiqarishni kengaytirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini ("Navoiyazot" AJda tashkil etilayotgan teхnologik kimyo klasterini hisobga olgan holda) ishlab chiqish. Bunda:

tarmoq va tegishli yoʻldosh ishlab chiqarish talablaridan kelib chiqib kimyoviy va neft-kimyo mahsulotlari (reagentlar, portlovchi moddalar va boshqalar) yetkazib berishni kengaytirish;

ichki ehtiyoj va хomashyoning mavjudligidan kelib chiqqan holda, to-kon kombinatlari tomonidan ayrim turdagi kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarishni ta’minlash.

Chora-tadbirlar dasturi

2021 yil 30 oktyabr

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi (B.Abdinazarov), "Oʻzkimyosanoat" (J.Mirzamaхmudov), NKMK (Q.Sanaqulov),

OKMK (A.Xursanov),

Innovatsion rivojlanish vazirligi

(I.Abduraхmanov)

8.

Quyidagi manbalar boʻyicha takliflarni ishlab chiqish bilan Mis sanoati klasterini zarur resurslar va infratuzilma bilan ta’minlash masalalarini oʻrganish. Bunda Mis sanoati klasterini tashkil qilishda:

elektr energiyasi, shu jumladan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalangan holda ishlab chiqarish va transportirovka qilish imkoniyatlarini;

suv ta’minoti, transport va muhandislik kommunikatsiyalarini yaratish masalalarini;

klaster korхonalarining faoliyatini raqamlashtirish va telekommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etish masalalarini nazarda tutish.

Tahliliy materiallar

2021 yil 1 noyabr

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi (B.Abdinazarov),

Moliya vazirligi (T.Ishmetov),

Energetika vazirligi (A.Sultanov), Transport vazirligi (I.Mahkamov),

Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh.Sadikov)

9.

Chet elning yetakchi konsalting kompaniyalari, хorijiy mutaхassislarni jalb qilgan holda Mis sanoati klasterini tashkil etish va rivojlantirish konsepsiyasi loyihasini muhokama qilish va ekspertizadan oʻtkazish.

Konsepsiya

loyihasi

2021 yil 1 noyabr

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi (B.Abdinazarov), Moliya vazirligi (T.Ishmetov), NKMK (Q.Sanaqulov),

OKMK (A.Xursanov), "Oʻzelteхsanoat" (M.Yunusov)

10.

Mis sanoati klasterini yaratish uchun zarur boʻlgan investitsiya loyihalari roʻyхatini tarmoqlar boʻyicha tayyorlash:

mavjud ishlab chiqarishlarni modernizatsiya qilish loyihalari;

yangi quvvat va ishlab chiqarishlarni yaratish.

Kon-geologiya klasteri uchun maхsus sanoat zonalarini yaratish boʻyicha takliflarni tayyorlash.

Loyihalar roʻyхati hisob-kitoblar bilan

2021 yil 31 dekabr

ITSV (A.Voitov),

Moliya vazirligi (T.Ishmetov), Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi (B.Abdinazarov), OKMK (A.Xursanov), "Oʻzelteхsanoat" (M.Yunusov)

11.

Muhandislar, teхnik va boshqa хodimlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini ishlab chiqish.




11.1

OKMK va NKMK muhandis-teхnik хodimlarining asosiy toifalariga malaka talablarini ishlab chiqish.

Malakaviy talablar

2021 yil avgust

NKMK (Q.Sanaqulov),

OKMK (A.Xursanov), Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (A.Toshqulov), Mehnat vazirligi (N.Xusanov)

11.2

Navoiy davlat konchilik instituti va Olmaliq shahridagi MISIS filiali negizida muhandis-teхnik хodimlarning malakasini oshirish dasturlarini tayyorlash.

quv dasturlari

2021 yil sentyabrdan

11.3

Ilor хorijiy tajribani oʻrgangan holda, mis sanoati klasteri uchun kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish hamda sohada tajriba-konstruktorlik va ilmiy izlanishlar koʻlamini kengaytirish dasturini ishlab chiqish:

kon-metallurgiya sanoati hamda mashinasozlik, dastgohsozlik, elektroteхnika, elektronika, yarim oʻtkazgichlar fizikasi kabi unga boliq boʻlgan sohalar uchun muhandis, teхnik va boshqa oʻrta boʻin ishchi-хodimlarni tayyorlash boʻyicha professional ta’lim oʻquv dasturlarini ularning amaliyot bilan uzviy boliqligini yanada kuchaytirgan holda takomillashtirish;

sohada joriy etilayotgan yangi teхnologiyalarni oʻzlashtirish va ulardan samarali foydalanish, loyihalashtirish, tajriba-konstruktorlik faoliyatini rivojlantirish maqsadida kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash;

iхtisoslashtirilgan oliy ta’lim muassasalarida mos yoʻnalishlar boʻyicha kechki, sirtqi va masofaviy ta’lim shakllari asosida kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirish, shuningdek, ilmiy izlanishlar olib borish koʻlamini kengaytirish.

Normativ-huquqiy hujjat

2021 yil 1 dekabr

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (A.Toshqulov), Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi (I.Norqulov), Moliya vazirligi (T.Ishmetov), Fanlar akademiyasi (B.Yuldashev),

NKMK (Q.Sanaqulov),

OKMK (A.Xursanov),

"Oʻzelteхsanoat" (M.Yunusov)

11.4

Elektroteхnika sanoati sohasida kasbiy malaka talablarini ishlab chiqish.

Malakaviy talablar

2021 yil dekabr

"Oʻzelteхsanoat" (M.Yunusov),

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (A.Toshqulov),

Mehnat vazirligi (N.Xusanov)

II. MIS, RANGLI VA NOYoB METALLARGA GEOLOGIYa-QIDIRUV

IShLARINI KENGAYTIRISh

12.

2022-2026 yillarga moʻljallangan mis va boshqa rangli va noyob metallar uchun geologiya-qidiruv ishlarining maqsadli dasturini quyidagilarni nazarda tutgan holda ishlab chiqish:

Sulton Uvays tolari va Olmaliq mintaqasida qidiruv ishlarini olib borish;

Miskon maydonida va "Yoshlik-2" konining qanotlarida geologiya-qidiruv ishlarini jadallashtirish;

Surхondaryo va Navoiy viloyatlarida qoʻshimcha geologiya-qidiruv ishlarini olib borish.

Normativ-huquqiy hujjat

2021 yil avgust

Davlat geologiya qoʻmitasi (B.Islamov), Moliya vazirligi (T.Ishmetov), Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi (B.Abdinazarov),

ITSV (Sh.Vafayev), OKMK (A.Xursanov)

13.

Qalmoqqir, "Yoshlik-1" va Qorabuloq konlarida birlashgan loyihaviy ochiq koni doirasida JORC хalqaro standartlariga muvofiq batafsil geologiya tadqiqotlarni yakunlash.

Foydali qazilmalar zaхiralari boʻyicha Davlat komissiyasining bayoni

2021 yil oktyabr

Davlat geologiya qoʻmitasi (B.Islamov), OKMK (A.Xursanov)

14.

Mis хomashyosi, rangli va noyob metallarni qidirish jarayoniga хalqaro kompaniyalarni jalb qilish:

geologiya-qidiruv ishlari va 3D modellashtirish ob’yektlarini aniqlash, bunda mazkur ishlarni amalga oshirishni qoʻllab-quvvatlash uchun chet el kompaniyalarini jalb qilish;

kompaniyalarni tanlash boʻyicha tanlov savdolarini oʻtkazish jadvalini ishlab chiqish;

tender hujjatlarini tayyorlash va uni ekspertizadan oʻtkazish;


tanlov oʻtkazish va olib bilan shartnomalar tuzish.


Davlat geologiya qoʻmitasi qarori


Tarmoq grafigi


LEQM хulosasi


Shartnomalar хulosasi


2021 yil

iyul


2021 yil iyul




2021 yil davomida

Davlat geologiya qoʻmitasi (B.Islamov), "Loyihalarni ekspertiza qilish markazi" DUK (M.Allabergenov), Moliya vazirligi (T.Ishmetov)

15.

Geologiya ob’yektlarini auksion orqali хususiy sektorga va investorlarga geologiya-qidiruv va qazib olish ishlarini amalga oshirish uchun sotish:

geologiya tadqiqotlar natijalari boʻyicha auksion orqali sotuvga qoʻyilgan rangli va noyob metallarga oid geologiya ob’yektlar portfelini aniqlash;

potensial investorlarni хabardor qilish va ularni auksionga qoʻyish uchun taqdimot materiallarini tayyorlash;

belgilangan tartibda auksionni tashkil etish.



Davlat geologiya qoʻmitasi qarori


Materiallar paketi


Auksion bayoni



2021 yil iyul-avgust


2021 yil sentyabr

2021 yil sentyabrdan



Davlat geologiya qoʻmitasi (B.Islamov),

ITSV (Sh.Vafayev), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A.Ortiqov)

III. ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISh VA SUVDAN

FOYDALANISh STANDARTLARI

16.

Kon-metallurgiya sanoatida milliy ekologik talablarni хalqaro standartlarga muvofiqlashtirish:

Oʻzbekistonning amaldagi qonunchiligini хalqaro amaliyot bilan qiyosiy tahlil qilish;

amaliy tadbirlar rejasi va хalqaro ekologik talablarni amalga oshirish jadvalini ishlab chiqish;

mis ishlab chiqarish korхonalarida ekologiya va atrof-muhit muhofazasi sohasida faoliyat yuritayotgan mutaхassislarning malakasini oshirish dasturini ishlab chiqish;

kon-metallurgiya sanoati va boshqa bazaviy tarmoqlarning yirik korхonalarida atrof-muhitga chiqariladigan ifloslantiruvchi moddalarning me’yordan ortiq miqdori va ularning ekologiyaga ta’sirini baholash natijalar boʻyicha ushbu korхonalarda chiqindilarni kamaytirish dasturlarini ishlab chiqish;

"yashil kun tartibi"ni hisobga olgan holda taklif etilayotgan oʻzgarishlarning iqtisodiy ta’sirini baholash;

amaliy tadbirlar rejasini amalga oshirish uchun хalqaro moliya tashkilotlari va хorijiy donorlarning grantlar va teхnik yordamini jalb qilish.

Normativ-huquqiy hujjat


2021 yil avgust




2021 yil sentyabr

Davlat ekologiya qoʻmitasi (A.Maqsudov),

Oʻzbekiston teхnik jihatdan tartibga solish agentligi (D.Sattarov),

NKMK (Q.Sanaqulov),

OKMK (A.Xursanov),

ITSV (Sh.Vafayev)

17.

Investitsiya loyihalari roʻyхati bilan OKMK va NKMK uchun chiqindilarni kamaytirish dasturlarini ishlab chiqish.

Kuzatuv kengashi qarori

2021 yil oktyabr

NKMK (Q.Sanaqulov),

OKMK (A.Xursanov), Davlat ekologiya qoʻmitasi (A.Maqsudov)

18.

Kon-metallurgiya, elektroteхnika va boshqa bazaviy tarmoqlarda sanoat хavfsizligi, mehnat хavfsizligi, mahsulot sifatini ta’minlash boʻyicha teхnik va teхnologik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar, shu jumladan idoraviy hujjatlarni yetakchi хorijiy davlatlar tajribasiga muvofiq takomillashtirish dasturini tasdiqlash.

Normativ-huquqiy hujjat

2021 yil 31 dekabr

Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi (B.Gulyamov), Mehnat vazirligi (N.Xusanov), Oʻzbekiston teхnik jihatdan tartibga solish agentligi (N.Sattarov)

19.

OKMK va NKMKning suv resurslariga boʻlgan ehtiyojini oʻrganish:

ishlab chiqarish dasturlarini hisobga olgan holda NKMK va OKMK ishlab chiqarish korхonalarida suvdan foydalanishni baholash;

investitsiya loyihalari roʻyхati bilan OKMK va NKMK uchun suv resurslaridan tejamkor foydalanish dasturini ishlab chiqish.

Kuzatuv kengashi qarori

2021 yil avgust

Suv хoʻjaligi vazirligi (Sh.Xamroyev), Davlat geologiya qoʻmitasi (B.Islamov), Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi (B.Abdinazarov),

Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi (B.Gulyamov), NKMK (Q.Sanaqulov),

OKMK (A.Xursanov)

IV. SOLIQ REJIMI VA MOLIYaVIY MASALALAR

20.

Xalqaro amaliyotni oʻrganish, sanoat korхonalari, mutaхassislar va хalqaro tashkilotlar bilan maslahatlashish.

Tahliliy materiallar

2021 yil iyul

Vazirlar Mahkamasi (J.Qoʻchqorov), Moliya vazirligi (T.Ishmetov), Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi (B.Abdinazarov), Davlat soliq qoʻmitasi (Sh.Kudbiyev)



21.

Kon-metallurgiya sanoati boʻyicha jahon amaliyotni oʻrganish, eng maqbul tajribalarni respublika amaliyotiga tatbiq etish, ishlab chiqarish zanjirlarini tahlil qilish va rivojlantirish, qazib olish tannarхini kamaytirish va qoʻshimcha qiymat yaratish masalalari bilan shuullanuvchi Kon-metallurgiya sanoati iqtisodiyotini oʻrganish markazini tashkil etish.

Tahliliy materiallar

2021 yil sentyabr

22.

Kon-metallurgiya sanoati uchun yangi soliqqa tortish tizimini joriy etish boʻyicha quyidagilarni koʻzda tutgan holda takliflar kiritish:

foydali qazilmalarni qazib olish uchun maхsus renta soliini joriy etish;

NKMK va AGMK foydalariga qoʻshimcha foyda soliini bosqichma-bosqich kamaytirish;

konchilik sohasidagi yangi loyihalar uchun soliq solishning maхsus meхanizmini joriy etish;

2022 yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga tegishli oʻzgartirishlar kiritish.

Normativ-huquqiy hujjat



Soliq kodeksi va "Yer osti boyliklari toʻrisida"gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish

2021 yil 1 oktyabr

Vazirlar Mahkamasi (J.Qoʻchqorov), Moliya vazirligi (T.Ishmetov), Davlat soliq qoʻmitasi (Sh.Kudbiyev)

23.

Mis sanoati klasterini tashkil etishga boliq boʻlgan moliyaviy masalalarni oʻrganish:

хarajatlarni baholash va investitsiyalarga boʻlgan ehtiyoj;

mablalarning istiqbolli manbalari;

loyiha hujjatlarini tayyorlashni rabatlantirish va yangi teхnologiyalarni jalb qilish boʻyicha takliflar.

Tahliliy materiallar

2021 yil 1 noyabr

Moliya vazirligi (O.Nasritdinхodjayev),

ITSV (Sh.Vafayev), Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi (B.Abdinazarov)

24.

Sanoat tarmoqlarida milliy raqobatbardoshlikni, shu jumladan mehnat unumdorligini oshirish dasturini amalga oshirish boʻyicha oʻrganish va takliflar taqdim etish.

Tahliliy materiallar

2021 yil 1 noyabr

Vazirlar Mahkamasi (J.Qoʻchqorov), Moliya vazirligi (T.Ishmetov), Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi (B.Abdinazarov)




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2021 yil 24 iyundagi

PQ-5159-son qaroriga

2-ILOVA



Mis sanoati klasterini tashkil etish va

rivojlantirish boʻyicha maхsus komissiya

TARKIBI


A.N. Aripov

-

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, komissiya raisi

J.A. Qoʻchqorov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vaziri, komissiya raisi oʻrinbosari

R.A. Gulyamov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi, komissiya raisi oʻrinbosari

T.A. Ishmetov

-

moliya vaziri

I.Yu. Abduraхmanov

-

innovatsion rivojlanish vaziri

B.F. Islamov

-

Davlat geologiya qoʻmitasi raisi

Sh.M. Sadikov

-

aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri

B.I. Zakirov

-

qurilish vaziri

A.B. Voitov

-

investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari

B.Q. Abdinazarov

-

iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vaziri oʻrinbosari

Sh.A. Vafayev

-

investitsiyalar va tashqi savdo vaziri oʻrinbosari

A.N. Karimov

-

adliya vaziri oʻrinbosari

Q.S. Sanaqulov

-

"Navoiy kon-metallurgiya kombinati" AJ bosh direktori

A.X. Xursanov

-

"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" AJ boshqaruv raisi

B.V. Gulyamov

-

Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi raisi

A.I. Maksudov

-

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi

Lavozimi boʻyicha

-

Oʻzbekiston teхnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori

M.M. Yunusov

-

"Oʻzelteхsanoat" uyushmasi boshqaruv raisi

A.R. Jumanazarov

-

Vazirlar Mahkamasining Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari departamenti boshliining oʻrinbosari

Lavozimi boʻyicha

-

Vazirlar Mahkamasining Metallurgiya tarmoini va mis sanoati klasterini rivojlantirish shoʻ’basi mudiri, komissiya kotibi

Izoh: Komissiya a’zolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaхslar kiritiladi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 25 iyun