Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 29.06.2021 y. 400-son "Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

29.06.2021 y.

N 400




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

YoShLAR IShLARI AGENTLIGINING YoShLARGA

OID DAVLAT SIYoSATINI QOʻLLAB-QUVVATLASh

JAMARMASI MABLALARINI ShAKLLANTIRISh

VA ULARDAN FOYDALANISh TARTIBI TOʻRISIDAGI

NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA


Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash, bu borada amalga oshirilayotgan ishlarni samarali yoʻlga qoʻyish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlashva bandligiga koʻmaklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 20 apreldagi PF-6208-son Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining (keyingi oʻrinlarda - Agentlik) yuridik shaхs maqomiga ega boʻlmagan Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamarmasi (keyingi oʻrinlarda - Jamarma) tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamarmasini boshqarish, uning mablalarini shakllantirish, ulardan foydalanish yoʻnalishlari va sarflash tartibini nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamarmasi mablalarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va bandligiga koʻmaklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 20 apreldagi PF-6208-son Farmoniga muvofiq ushbu Farmonda belgilangan Agentlik tomonidan amalga oshiriladigan хarajatlarni moliyalashtirish uchun 2021 yilda Agentlikka Davlat byudjetidan qoʻshimcha ravishda ajratiladigan 100 mlrd soʻm mablalarning Jamarmaga oʻtkazilishini hamda ushbu хarajatlarni moliyalashtirish uchun 2022 yildan boshlab har yili Davlat byudjeti parametrlarida Agentlikka yetarli mablalar ajratilishini;

2021 yilda Agentlik, uning hududiy boʻlinmalari va Agentlik huzuridagi Yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti faoliyatini moliyalashtirish uchun ajratilgan mablalarning tadbirlarga yoʻnaltirilishi belgilangan qismi Jamarmaga oʻtkazilishini hamda 2022 yildan boshlab Jamarmaga oʻtkaziladigan mablalar hisob-kitobi byudjet soʻrovida nazarda tutilishini ta’minlasin.


4. Agentlik manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                 A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 30 iyun