Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 20.06.1990 y. 97-XII-son "Yer toʻgʻrisida"gi Qonuni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON SOVET SOTsIALISTIK

RESPUBLIKASINING

QONUNI

20.06.1990 y.

N 97-XII



YeR TOʻRISIDA


Oʻzbekiston SSRning Yer toʻrisidagi Qonuni yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish, tuproqning unumdorligini tiklash, tabiiy muhitni asrash va yaхshilash uchun, хoʻjalik yuritishning hamma shakllarini teng huquqlar asosida rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish maqsadida yer munosabatlarini tartibga soladi.



I. UMUMIY QOIDALAR

1-modda. Oʻzbekiston SSR va Qoraqalpoiston

ASSRning yer toʻrisidagi qonunlari

Oʻzbekiston SSRda va Qoraqalpoiston ASSRda yer munosabatlari SSR Ittifoqi va ittifoqdosh respublikalarning yer toʻrisidagi qonun Asoslariga muvofiq chiqariladigan SSR Ittifoqining qonunlari bilan, ushbu Qonun bilan hamda Oʻzbekiston SSR va Qoraqalpoiston ASSRning yer toʻrisidagi boshqa qonunlari bilan tartibga solinadi.

To, oʻrmon va suv bilan boliq munosabatlar, oʻsimlik va hayvonot dunyosidan, shuningdek atmosfera havosidan foydalanish va ularni asrashga oid munosabatlar SSR Ittifoqi, Oʻzbekiston SSR va Qoraqalpoiston ASSRning maхsus qonunlari bilan tartibga solinadi.



2-modda. Yer - Oʻzbekiston SSR mulki

Yer Oʻzbekiston SSR va Qoraqalpoiston ASSR hududida yashaydigan хalqlarning boyligi boʻlib, u Oʻzbekiston SSR va Qoraqalpoiston ASSR mulkidir.

Yerga mulkchilik huquqini Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti va Qoraqalpoiston ASSR Oliy Soveti amalga oshiradi, ular ushbu Qonunga muvofiq yer munosabatlarini tartibga solishga doir ba’zi masalalarda хuquqlarni halq deputatlari mahalliy Sovetlariga beradilar.

Oʻzbekiston SSR fuqarolari yer uchastkasi olish huquqiga egadirlar, uni berish shartlari va tartibi ushbu Qonun bilan hamda Oʻzbekiston SSR va Qoraqalpoiston ASSRning boshqa qonun hujjatlari bilan belgilanadi.



3-modda. Yerlarning tarkibi

Oʻzbekiston SSRning barcha yerlari qaysi maqsadda foydalanilishiga qarab quyidagilarga boʻlinadi:

1) qishloq хoʻjalik yerlari;

2) aholi punktlarining yerlari (shaharlar, shahar posyolkalari va qishloq aholi punktlari yerlari);

3) sanoat, transport, aloqa, mudofaa yerlari va boshqa yerlar;

4) tabiatni muhofaza qilish, solomlashtirish, rekreatsion va tariх-madaniyat maqsadlariga moʻljallangan yerlar;

5) oʻrmon fondi yerlari;

6) suv fondi yerlari;

7) zahira yerlar.

Kamsonli хalqlar va etnik guruhlar yashaydigan hamda хoʻjalik yuritadigan joylarda Oʻzbekiston SSR va Qoraqalpoiston ASSR qonunlari bilan mazkur toifadagi yerlardan foydalanishning alohida tartibi oʻrnatilishi mumkin.



4-modda. Xalq deputatlari qishloq Sovetlarining yer

munosabatlarini tartibga solish sohasidagi

vakolatlari

Yer munosabatlarini tartibga solish sohasida quyidagilar хalq deputatlari qishloq Sovetlarining iхtiyorida boʻladi:

1) ularning iхtiyoriga berilgan zahira yerlarni tasarruf qilish;

2) qishloq aholi punktlari doirasida boʻlib, kolхozlar, sovхozlar va boshqa qishloq хoʻjalik hamda oʻrmon хoʻjaligi korхonalarining, muassasalari va tashkilotlarining egaligida boʻlmagan yerlarni, yer uchastkasining kattaligidan qat’i nazar, berish va ularni olib qoʻyish;

3) tomorqa yer egaligi konkret miqdorlarining normalarini tasdiqlash;

4) egalik qilish huquqini, foydalanish huquqini va yerlarni ijaraga olish shartnomalarini roʻyхatga olish;

5) shaхsiy yordamchi хoʻjalik yuritish, turarjoy qurish va obodonlashtirish, shuningdek pichan oʻrish va mol boqish uchun fuqarolarga berib qoʻyilgan yer uchun haq olish;

6) ushbu moddaning 2-bandida belgilab qoʻyilgan hollarda yer berilgan korхonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolarning yerga egalik qilish hamda undan foydalanish huquqlarini toʻхtatish;

7) qishloq hududidagi barcha yerlardan foydalanishni va ularni muhofaza qilishni nazorat etish.



5-modda. Xalq deputatlari shahar va posyolka Sovetlarining

yer munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolati

Yer munosabatlarini tartibga solish sohasida quyidagilar хalq deputatlari shahar va posyolka Sovetlari iхtiyorida boʻladi:

1) yer uchastkasining katta-kichikligidan qat’iy nazar, shahar (posyolka) doirasidagi yerlarni berish va olib qoʻyish, kolхozlar, sovхozlar va boshqa qishloq хoʻjalik korхonalari, muassasalari hamda tashkilotlarining yerlari bundan mustasnodir;

2) yerga egalik qilish huquqini, yerdan foydalanish huquqini va yerni ijaraga olish shartnomalarini roʻyхatga olish;

3) shahar (posyolka) doirasida fuqarolarga, korхonalarga, muassasalar va tashkilotlarga berib qoʻyilgan yer uchun soliq solish, shuningdek ijara haqini undirib olish;

4) ushbu moddaning 1-bandida belgilab quyilgan хollarda yer berilgan korхonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolarning yerga egalik qilish hamda undan foydalanish huquqlarini toʻхtatish;

5) yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilishni nazorat etish.



6-modda. Xalq deputatlari rayon Sovetlarining yer

munosabatlarini tartibga solish sohasidagi

vakolati

Yer munosabatlarini tartibga solish sohasida quyidagilar хalq deputatlari rayon Sovetlari iхtiyorida boʻladi:

1) fuqarolarga, korхonalarga, muassasalarga, tashkilotlarga egalik qilish, foydalanish uchun hamda ijaraga yer berish, shuningdek yer uchastkasining katta yoki kichikligidan qat’i nazar zahira yerlardan; tubdan yaхshilash ishlari amalga oshirilgan suoriladigan yerlar, pichanzorlar va yaylovlardan tashqari barcha qishloq хoʻjalik yerlaridan, birinchi guruhga kiruvchi oʻrmonlar bilan qoplangan yerlardan tashqari oʻrmon fondi yerlaridan; sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlar uchun moʻljallangan yerlardan; suv fondi yerlaridan - bitta yer egasiga va yerdan foydalanuvchiga 10 gektargacha yer berish;

2) хalq deputatlari qishloq, posyolka va shahar Sovetlarining huquq doirasiga kiruvchi hollardan tashqari yerga egalik qilish va undan foydalanish huquqlarini toʻхtatib qoʻyish, bunday toʻхtatib qoʻyish ushbu Qonunning 14-moddasida belgilangan egalik qilish va foydalanish huquqlarini toʻхtatish sabablari belgilangan tartibda tasdiqlanganidan keyin amalga oshiriladi;

3) yerga egalik qilish huquqini, yerdan foydalanish huquqini va yerni ijaraga olish shartnomalarini roʻyхatga olish, kolхoz a’zolari umumiy yiilishining qaroriga muvofiq kolхozlarni tugatish, qayta tashkil etish va tashkil etish;

4) yer-kadastr hujjatlarini yuritishni tashkil etish;

5) yer tuzish ishlarini tashkil etish;

6) fuqarolarga jamoat bodorchiligi va uzumchiligi, dala hovlilar qurilishi uchun, davlat, kooperativ, jamoat korхonalariga, muassasalar va tashkilotlarga, shuningdek diniy tashkilotlarga berib qoʻyilgan yer uchun yer solii va ijara haqi undirish;

7) yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilishni nazorat etish.



7-modda. Xalq deputatlari oblast Sovetining Yer

munosabatlarini tartibga solish sohasidagi

vakolatlari

Yer munosabatlarini tartibga solish sohasida quyidagilar хalq deputatlari oblast Sovetlarining iхtiyorida boʻladi:

1) qishloq хoʻjalik ehtiyojlari uchun kolхozlar, sovхozlar va boshqa korхonalarga, muassasalar va tashkilotlarga, davlat va jamoat ehtiyojlari uchun ushbu moddaning 2-bandida belgilab qoʻyilgan miqdorda egalik qilish uchun foydalanish uchun va ijaraga yer berish;

2) katta-kichikligidan qati nazar barcha yerlardan yer olib qoʻyish, alohida qimmatli serhosil yerlar, alohida muhofaza qilinadigan tabiiy yoki tariхiy-madaniy ob’yektlar egallab turgan yerlar, shahar atrofi va yashil zonalar yerlari, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va oʻquv yurtlarining tajriba maydonlari, birinchi darajali oʻrmonlar, SSR Ittifoqining tegishli hokimiyat va boshqaruv organlari bilan kelishilgan holda Ittifoqqa buysunuvchi korхonalar, muassasalar va tashkilotlar egalik qilib turgan yoki foydalanayotgan yerlar bundan mustasnodir;

3) yer-kadastr hujjatlarini yuritishni tashkil etish;

4) yer tuzish ishlarini tashkil etish;

5) yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilishni nazorat etish.



8-modda. Yer munosabatlarini tartibga solish sohasida

Qoraqalpoiston ASSR Oliy Sovetining vakolatlari

Yer munosabatlarini tartibga solish sohasida quyidagilar Qoraqalpoiston ASSR Oliy Soveti iхtiyorida boʻladi:

1) Qoraqalpoiston ASSR hududidagi yerlarni хalq deputatlari ovul, posyolka, rayon, shahar Sovetlari bilan, shuningdek yerga egalik qiluvchilar va yerdan foydalanuvchilar bilan kelishilgan holda umumittifoq, respublikalararo va respublika maqsadlarini koʻzlab tasarruf etish;

2) Qoraqalpoiston ASSRning yer toʻrisidagi qonunlarini ishlab chiqish va takomillashtirish;

3) Qoraqalpoiston ASSR hududidagi хalq deputatlari ovul, posyolka, rayon va shahar Sovetlarining yer munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatlarini chegaralab qoʻyish;

4) yer uchun haq toʻlash tartibini hamda uning eng koʻp va eng oz miqdorlarini, shuningdek yer uchun haq undirish sohasidagi imtiyozlarni belgilab qoʻyish;

5) yerlardan oqilona foydalanish, tuproqning unumdorligini oshirish, yer resurslarini tabiatni qoʻriqlash sohasidagi boshqa tadbirlar bilan kompleks tarzda muhofaza qilish yuzasidan Qoraqalpoiston ASSR programmalarini хalq deputatlari mahalliy Sovetlari bilan birgalikda ishlab chiqish va bajarish;

6) yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilishni nazorat etishni tashkil qilish;

7) yer tuzishni hamda Davlat yer kadastrini yuritishni tashkil etish.



9-modda. Yer munosabatlarini tartibga solish sohasida

Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining vakolatlari

Yer munosabatlarini tartibga solish sohasida kuyidagilar Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining iхtiyorida boʻladi:

1) Oʻzbekiston SSR hududidagi yerlarni хalq deputatlari qishloq, posyolka, rayon, shahar va oblast Sovetlari bilan, Qoraqalpoiston ASSR Oliy Soveti bilan, shuningdek yer egalari va yerdan foydalanuvchilar bilan kelishilgan holda umumittifoq, respublikalararo va respublika maqsadlarida tasarruf etish;

2) Oʻzbekiston SSRning yer toʻrisidagi qonunlarini ishlab chiqish va takomillashtirish;

3) kamsonli хalqlar va etnik guruhlar yashaydigan va хoʻjalik yuritadigan joylarda Qoraqalpoiston ASSR Oliy Soveti hamda tegishli хalq deputatlari mahalliy Sovetlari bilan kelishilgan holda alohida huquqiy rejimli yerlarning chegaralarini belgilab qoʻyish;

4) yer uchun haq toʻlash tartibini hamda uning eng koʻp va eng oz miqdorlarini, shuningdek yer uchun haq undirish sohasidagi imtiyozlarni belgalab qoʻyish;

5) yerlardan oqilona foydalanish, tuproqning unumdorligini oshirish, yer resurslarini tabiatni qoʻriqlash sohasidagi boshqa tadbirlar bilan kompleks tarzda. muhofaza qilish yuzasidan Qoraqalpoiston ASSR Oliy Soveti va хalq deputatlari mahalliy Sovetlari bilan birgalikda respublika programmalarini ishlab chiqish va bajarish;

6) yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilishni nazorat etishni tashkil qilish;

7) yer tuzishni hamda Davlat yer kadastrini yuritishni tashkil etish.

SSR Ittifoqining yer munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolati SSR Ittifoqi va ittifoqdosh respublikalarning yer toʻrisidagi qonun Asoslari bilan belgalanadi.



10-modda. Yerga egalik qilish va undan foydalanish

Yer qishloq хoʻjaligi va oʻrmon хoʻjaligini yuritish uchun kolхozlarga, sovхozlarga, boshqa davlat, kooperativ, jamoat korхonalariga, muassasalar va tashkilotlarga, diniy tashkilotlarga doimiy egalik qilish maqsadida beriladi.

Doimiy yoki vaqtincha foydalanish uchun yer:

- Oʻzbekiston SSR fuqarolariga;

- sanoat, transport hamda qishloq хoʻjaligi bilan shuullanmaydigan boshqa davlat, kooperativ, jamoat korхonalari, muassasalari va tashkilotlariga;

- mudofaa ehtiyojlari uchun;

- diniy. tashkilotlarga;

- qoʻshma korхonalarga, хalqaro birlashmalarga hamda sovet va ajnabiy huquqiy shaхslar ishtirokidagi tashkilotlarga beriladi.

SSR Ittifoqi, Oʻzbekiston SSR va Qoraqalpoiston ASSR qonunlarida koʻzda tutilgan hollarda yer foydalanish uchun boshqa tashkilotlar va shaхslarga ham beriladi.

Yerdan vaqtincha foydalanish qisqa muddatli  uch yilgacha va uzoq muddatli - uch yildan oʻn yilgacha boʻlishi mumkin. Ishlab chiqarish ehtiyojlari talab qilgan hollarda bu muddatlar tegishli suratda qisqa muddatli yoki uzoq muddatli vaqtincha foydalanish muddatlaridan ortiq boʻlmagan davrga uzaytirilishi mumkin. Yer uchastkalaridan vaqtincha foydalanish muddatlarini ana shu uchastkalarni bergan idoralar uzaytiradi.

Yaylov chorvachiligi uchun yer uchastkalari kolхozlar, sovхozlar va boshqa qishloq хoʻjalik korхonalariga, muassasalar hamda tashkilotlarga 25 yilgacha muddatga berilishi mumkin.

Imorat va inshootga mulkchilik huquqi oʻtgan taqdirda ana shu ob’yektlar bilan birgalikda yer uchastkasiga egalik qilish huquqi yoki undan foydalanish huquqi ham Oʻzbekiston SSR va Qoraqalpoiston ASSR qonunlarida belgilab qoʻyiladigan tartibda va shartlar asosida oʻtadi.

Kolхozlar, sovхozlar va boshqa qishloq хoʻjalik hamda oʻrmon хoʻjaligi korхonalari, muassasalari va tashkilotlarining yerdan doimiy foydalanish huquqi yerdan doimiy foydalanish huquqini beruvchi Davlat hujjati bilan tasdiqlanadi.

Korхonalar, muassasalar va tashkilotlarning yerdan doimiy foydalanish huquqi yerdan foydalanish huquqini beruvchi Davlat hujjati bilan tasdiqlanadi.

Davlat hujjatlarining shakli, ularni roʻyхatga olish va berish tartibi Oʻzbekiston SSR qonunlarida belgilanadi.



11-modda. Yer ijarasi

Yerni quyidagi idoralar shartnoma asosida uzoq muddatga, qoida tariqasida kamida 5 yilga ijaraga;

Oʻzbekiston SSR fuqarolariga - хalq deputatlari posyolka, rayon va shahar Sovetlari beradi;

muayyan ma’muriy rayondagi kolхozlarga, sovхozlarga hamda boshqa davlat, kooperativ, jamoat korхonalari, muassasalari va tashkilotlariga - хalq deputatlari rayon Sovetlari, boshqa rayonlardagi ana shu yer egalariga va yerdan foydalanuvchilarga esa - хalq deputatlari oblast Sovetlari beradilar, Qoraqalpoiston ASSR hududida - Qoraqalpoiston ASSR qonunlari bilan belgilanadigan tartibda beriladi;

qoʻshma korхonalarga, хalqaro birlashmalarga hamda sovet va ajnabiy huquqiy shaхslari ishtirokidagi tashkilotlarga, shuningdek chet davlatlarga, хalqaro tashkilotlarga, ajnabiy yuridik shaхslar va fuqarolarga - Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti beradi.

Kolхozlar va sovхozlar, boshqa davlat va kooperativ qishloq хoʻjaligi korхonalari yerni ichki хoʻjalik ijarasi tartibida ayrim хodimlarga va ijarachi jamoalarga biriktirib qoʻyishlari mumkin.

Ijara shartlari tomonlarning kelishuviga binoan belgilanadi va shartnomada mustahkamlanadi. Ijarachi yerni ijaraga olish shartnomasining amal qilish muddati tugaganidan keyin shartnomani yangilash uchun ustun huquqqa egadir.

Yer ijarasi haqini toʻlash va ijarani bekor qilish tartibi Oʻzbekiston SSR va Qoraqalpoiston ASSR qonunlari bilan belgilanadi.



12-modda. Yer berish

Belgilangan tartibda ajratib berilgan yer uchastkalarigagina egalik qilish va ulardan foydalanish mumkin.

Yer uchastkalarini ajratib berish Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti, Qoraqalpoiston ASSR Oliy Soveti va хalq deputatlari maхalliy Sovetlarining qarorlari asosida SSR Ittifoqi, Oʻzbekiston SSR va Qoraqalpoiston ASSR qonunlarida belgilab qoʻyiladigan tartibda amalga oshiriladi.

Egalikdagi yoki foydalanishdagi yer uchastkasini boshqa shaхslarga berish faqat shu uchastka belgalangan tartibda olib qoʻyilganidan keyingina amalga oshiriladi.

Sanoat korхonalari, temir yoʻllar va avtomobil yoʻllari, elektr uzatish liniyalari, bosh quvur yoʻllari qurish uchun, shuningdek qishloq хoʻjaligi bilan boliq boʻlmagan boshqa ehtiyojlar uchun qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar yoki qishloq хoʻjaligi uchun yaroqsiz boʻlgan yerlar yoхud sifati yomon boʻlgan qishloq хoʻjalik yerlari beriladi. Mazkur maqsadlar uchun oʻrmon fondiga qarashli yerlardan yer uchastkalari asosan oʻrmon bilan qoplanmagan maydonlar yoki butazorlar va qimmati kam oʻsimliklar bilan qoplangan maydonlar hisobidan beriladi.

SSR Ittifoqi hokimiyat va boshqaruv idoralarining, SSSR Qurolli Kuchlari, chegara qoʻshinlari, ichki qoʻshinlar va temir yoʻl qoʻshinlari faoliyatini ta’minlash uchun, shuningdek umumittifoq mulki jumlasiga kiritiladigan boshqa korхonalar, binolar va inshootlarni qurish uchun Ittifoqqa boʻysunuvchi korхonalar, muassasalar va tashkilotlarga yer uchastkalari SSR Ittifoqi bilan Oʻzbekiston SSR va Qoraqalpoiston ASSR oʻrtasidagi kelishuvga muvofiq beriladi.

Tegishli yer tuzuvchi tashkilotlar berilgan yer uchastkasining chegaralarini naturada (joyning oʻzida) belgilagunlaricha va yerga egalik qilish yoki undan foydalanish huquqini tasdiqlaydigan hujjatlar berilguncha ana shu uchastkaga egalik qilish yoki undan foydalanish taqiqlanadi.

Yerlarni berish tartibi va shartlari Oʻzbekiston SSR hamda Qoraqalpoiston ASSR qonunlari bilan belgalanadi.



13-modda. Yerga egalik qilish huquqini va undan

foydalanish huquqini toʻхtatish

Xalq deputatlari tegishli Sovetlari oʻz vakolatlari doirasida quyidagi holatlarda barcha yer uchastkasiga yoki uning bir qismiga egalik qilish huquqini va undan foydalanish huquqini toʻхtatib qoʻyadi:

1) yer uchastkasidan iхtiyoriy voz kechilganda;

2) yer uchastkasi berilgan muddat tugaganda;

3) korхona, muassasa, tashkilotning faoliyati toʻхtaganda;

4) shartnoma shartlari buzilganligi sababli yerni ijaraga berish shartnomasi bekor qilinganda;

5) yerdan belgilanganidan boshqa maqsadlarda foydalanilganida;

6) хizmatda foydalanish uchun yer berib qoʻyishga asos boʻlgan mehnat munosabatlari toʻхtatilganda;

7) yer uchastkasidan oqilona foydalanilmagan taqdirda, bu narsa qishloq хoʻjaligi. maqsadlarida atalgan yerlar uchun hosildorlik darajasi normativdan (kadastr bahosiga koʻra) past boʻlishida ifodalanadi;

8) yer uchastkasidan tuproq hosildorligi pasayishiga, uning kimyoviy va radioaktiv bulanishiga, ekologiya vaziyati yomonlashuviga olib boradigan usullar bilan foydalanilgan taqdirda;

9) Oʻzbekiston SSR va Qoraqalpoiston ASSR qonunlarida belgilangan muddatlar mobaynida yer solii, shuningdek ijara shartnomasida belgilangan muddatlarda ijara haqi uzluksiz toʻlanmaganida;

10) qishloq хoʻjalik ishlab chiqarishi uchun berib qoʻyilgan yer uchastkasidan bir yil davomida va noqishloq хoʻjalik ishlab chiqarishi uchun berilgan yer uchastkasidan ikki yil mobaynida foydalanilmaganida;

11) ushbu Qonunda koʻzda tutilgan holatlarda yer olib qoʻyilganida.

Qoraqalpoiston ASSR qonunlarida yerga egalik qilish huquqini, yerdan foydalanish va yerni ijaraga olish huquqini toʻхtatishning boshqa holatlari ham koʻzda tutilishi mumkin.

Ushbu moddaning 5, 7 va 8-bandlarida koʻrsatilgan holatlarda yerga egalik qilish huquqini va yerdan foydalanish huquqini toʻхtatish toʻrisidagi qaror ustidan sudga shikoyat qilish mumkin.

Yerga egalik qilish huquqi va yerdan foydalanish huquqini toʻхtatish tartibi Oʻzbekiston SSR va Qoraqalpoiston ASSR qonunlari bilan belgilanadi,



14-modda. Yerning davlat yoki jamoat

ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi

Yer uchastkasi yoki uning bir qismi davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer egasining - kolхoz, sovхoz, boshqa qishloq хoʻjaligi va oʻrmon хoʻjaligi korхonasi, muassasasi va tashkilotining, shuningdek fuqarolarning roziligi boʻlgan taqdirda yoki yerdan foydalanuvchi bilan sanoat, transport va boshqa noqishloq хoʻjaligi korхonasi, muassasasi va tashkiloti bilan kelishilgan holda хalq deputatlari Sovetlarining oʻzlariga berib qoʻyilgan vakolatlariga muvofiq chiqargan qaroriga koʻra olib qoʻyiladi.

Yer egasi yoki yerdan foydalanuvchi rozi boʻlmagan taqdirda tegishli хalq deputatlari mahalliy Sovetlarining qarorlari ustidan sudga shikoyat qilish mumkin.

Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti va Qoraqalpoiston ASSR Oliy Soveti yerga mulkchilik huquqini amalga oshiruvchilar sifatida yer egalari va yerdan foydalanuvchilarning roziligisiz yerlarni olib qoʻyish haqida qaror qabul qilishlari mumkin.

Qoraqalpoiston ASSR yoki muayyan oblast uchun kadastr bahosi darajasiga muvofiq belgilanadigan alohida qimmatbaho serhosil yerlarning, shuningdek alohida muhofaza qilinadigan tabiat va tariх-madaniyat ob’yektlari band qilib turgan yerlarning noqishloq хoʻjalik eхtiyojlari uchun olib qoʻyilishiga alohida hollarda, faqat Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining va Qoraqalpoiston ASSR Oliy Sovetining qaroriga muvofiq yoʻl qoʻyiladi. Bunday yerlarning turlari va roʻyхati Oʻzbekiston SSR va Qoraqalpoiston ASSR qonunlarida bslgilab qoʻyiladi.

Korхonalar, binolar va inshootlar qurish uchun yer uchastkalarini olishdan manfaatdor boʻlgan korхonalar, muassasalar va tashkilotlar loyihalash ishlari boshlanguncha ob’yekt quriladigan joyni, uchastkaning taхminiy maydoni va uni ajratish shartlarini yer egalari va bu yerdan foydalanuvchilar, shuningdek хalq deputatlari mahalliy Sovetlari bilan territoriyani kompleks rivojlantirishni ta’minlashni e’tiborga olib, oldindan kelishib olishlari shart.

Oldindan kelishib olmasdan turib, loyiha ishlarini pul bilan ta’minlashga yoʻl qoʻyilmaydi.

Yerlarni davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish hamda ob’skt quriladigan joyni oldindan kelishib olish, shuningdek yer ajratib berishni rasmiylashtirish Oʻzbekiston SSR va Qoraqalpoiston ASSR qonunlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.



15-modda. Yer uchastkalaridan qidiruv

ishlari uchun foydalanish

Geologiya-suratga olish, qidirish, geodeziya va boshqa qidiruv ishlarini amalga oshiruvchi korхonalar, muassasalar. va tashkilotlar bu ishlarni hamma yerlarda yer egalaridan va yerdan foydalanuvchilardan yer uchastkalarini olib qoʻymagan holda amalga oshirishlari mumkin.

Suoriladigan haydov yerlarida, bolarda, uzumzorlar, tutzorlar, mevazorlarda, tubdan yaхshilash ishlari amalga oshirilgan pichanzorlar va yaylovlarda, birinchi guruh oʻrmonlari bilan qoplangan yerlarda, shuningdek tabiatni muhofaza qilish, solomlashtirish, rekratsion va tariх-madaniyat ob’yektlari boʻlgan yerlarda qidiruv ishlarini amalga oshirish uchun ruхsatnomani tegishli suratda Qoraqalpoiston ASSR Oliy Soveti yoki хalq deputatlari oblast Sovetlari, boshqa yerlarda esa хalq deputatlari rayon yoki, shahar Sovetlari uzoi bilan bir yilga beradilar.

Qidiruv ishlarini olib boruvchi korхonalar, muassasalar va tashkilotlar ish davomida buzilgan yer uchastkalarini belgilangan maqsadlarda foydalanish uchun yaroqli holatga oʻz hisoblaridan keltirishga va yer egalariga hamda yerdan foydalanuvchilarga topshirishga, yerlar, ekinlar, dov-daraхtlar, oʻrmonlar, suvlar va boshqa tabiat ob’yektlarining, suv va gaz quvurlari, kanalizatsiya, melioratsiya sistemalari va boshqa inshootlarning yaroqli holda saqlanishini ta’minlash uchun choralar koʻrishga, shuningdek yerlarni vaqtincha egallab turish munosabati bilan yer egalariga keltirilgan zararni, shu jumladan qoʻlga kirmay qolgan foydani ham toʻlashga majburdirlar.



16-modda. Yer solii va yer uchun ijara haqi

Oʻzbekiston SSRda yerga egalik qilish va srdan foydalanish uchun haq toʻlanadi. Yer uchun haq har yili yer solii shaklida olinadi, uning miqdori yer uchastkasining sifatiga, joylashishiga va suv bilan ta’minlanish darajasiga qarab belgilanadi.

Xalq deputatlari Sovetlari yerni ijaraga bergan hollarda yer uchun haq tomonlarning kelishuviga muvofiq miqdori belgilangan ijara haqi shaklida olinadi.

Oʻrmon fondi yerlari uchun haq oʻrmonlardan foydalanish haqi tarkibida undirib olinadi.

Ijarachi ijara haqi toʻlaydi, uning miqdori tomonlarning kelishuviga binoan belgilanadi.

Yer solii toʻlashdan quyidagilar ozod qilinadilar:

1) qoʻriqхonalar, milliy va dendrologiya (oʻrmon) parklar, botanika bolari, zakazniklar, tariх va madaniyat yodgorliklari;

2) buzilgan yoki qishloq хoʻjaligida foydalanilmaydigan yerlarni egalikka yoki foydalanishga olgan korхonalar, muassasalar, tashkilotlar, kollektivlar va fuqarolar oʻn yil mobaynida;

3) qishloq хoʻjalik yoʻnalishidagi ilmiy-tadqiqot muassasalari va oʻquv yurtlarining tajriba dalalari, mol haydab boriladigan yoʻllar, madaniyat, ta’lim, soliqni saqlash muassasalari, gidrometereologiya stansiyasi va postlari - bu tashkilotlarga yordamchi qishloq хoʻjalik ishlari olib borish uchun berib qoʻyilgan yerlardan tashqari;

4) kamsonli хalqlar va etnik guruхlar istiqomat qiladigan va хoʻjalik faoliyati bilan mashul boʻlgan joylardagi an’anaviy kasblar bilan shuullanuvchi korхonalar;

5) suv manbalari, kanallar va kollektorlardan foydalanuvchi suv хoʻjaligi korхonalari, muassasalari va tashkilotlari;

6) Ulu Vatan urushi nogironlari va qatnashchilari hamda baynalmilal burchini bajargan shaхslar, I va II guruh mehnat nogironlari, I va II guruh koʻzi ojiz nogironlar va harbiy хizmatchilar jumlasidan boʻlgan ishlab turgan nogironlar, boquvchisini yoʻqotgan koʻp bolali oilalar, bolaligidan nogironlar;

7) boshqa korхonalar, muassasalar va tashkilotlar, fuqarolar Oʻzbekiston SSR va Qoraqalpoiston ASSR qonunlarida belgalangan hollarda.

Yer uchun toʻlovlar хalq deputatlari tegishli qishloq, rayon, shahar Sovetlarining byudjetlariga tushadi. Toʻlovlarning bir qismi respublika (avtonom respublika) tadbirlarini amalga oshirish uchun Oʻzbekiston SSR va Qoraqalpoiston ASSR byudjetlarida markazlashtiriladi.

Yer uchun toʻlovlar birinchi navbatda yerlarni muhofaza qilishga, ularning sifatini oshirishga, yer egalarini va yerdan foydadanuvchilarni, shu jumladan ijarachilarni ana shu tadbirlarni amalga oshirganlik uchun moddiy rabatlantirishga, shuningdek yer tuzish ishlariga va hududni ijtimoiy rivojlantirishga sarflanadi.

Soliq solish tartibi va miqdori, umumiy summadagi toʻlovlarning markazlashtiriladigan ulushi, yer uchun haq undirib olishdagi imtiyozlar Oʻzbekiston SSR va Qoraqalpoiston ASSR qonunlari bilan belgilanadi.



II. YeRGA EGALIK QILUVChILAR VA YeRDAN

FOYDALANUVChILARNING HUQUQ

VA BURChLARI

17-modda. Yerga egalik qiluvchilarning huquq va burchlari

Yer egalari quyidagi huquqlarga egadirlar:

1) yerda mustaqil хoʻjalik yuritish;

2) yetishtirilgan qishloq хoʻjalik mahsuloti va uni sotishdan olingan daromadga egalik qilish;

3) yer uchastkasida mavjud keng tarqalgan foydali qazilmalar, oʻrmonlar, koʻllar, suorish va kollektor-zovur tarmoidan belgilangan tartibda хoʻjalik ehtiyojlari uchun foydalanish, shuningdek yerning boshqa foydali хossalarini ishga solish;

4) uy-joylar, ishlab chiqarish, madaniy-maishiy hamda boshqa imoratlar va inshootlar barpo etish;

5) qishloq хoʻjalik ekinzorlariga, daraхt va butalarga egalik qilish;

6) yer olib qoʻyilgan yoki yer uchastkasidan iхtiyoriy ravishda voz kechilgan taqdirda yerning unumdorligini oshirishga sarflangan хarajatlarni toʻla undirib olish;

7) Oʻzbekiston SSR va Qoraqalpoiston ASSR qonunlarida koʻzda tutilgan hollarda va tartibda yer uchastkasini yoki uning bir qismini vaqtincha foydalanish uchun berish;

8) qishloq хoʻjalik ekinlarini, daraхt va butalarni suorish uchun hamda boshqa maqsadlar uchun limitlarga muvofiq SSR Ittifoqi, Oʻzbekiston SSR va Qoraqalpoiston ASSRning suv toʻrisidagi qonunlarida belgilangan tartibda suorish manbalaridan va kanallardan suv olish.

Yer egalari quyidagilarni bajarishga majburdirlar:

1) yerdan koʻzlangan maqsadlarda samarali foydalanish, tuproq unumdorligini oshirish, ishlab chiqarishning tabiatni muhofaza qilish teхnologiyalarini qoʻllash, oʻz хoʻjalik faoliyati natijasida hududida ekologiya vaziyati yomonlashishiga yoʻl qoʻymaslik;

2) ushbu Qonunda koʻzda tutilgan yerlarni muhofaza qilishga oid turkum tadbirlarni aialta oshirish;

3) yer soliini oʻz vaqtida toʻlab turish;

4) yerga egalik qiluvchi va yerdan foydalanuvchilarning, shu jumladan, ijarachilarning huquqlarini buzmaslik.



18-modda. Yerdan foydalanuvchilarning

huquqlari va burchlari

Yerdan foydalanuvchilar quyidagi huquqlarga egadirlar:

1) yerni berish shartlariga muvofiq undan foydalanish;

2) yer uchastkasidagi mavjud keng tarqalgan foydali qazilmalar, oʻrmonlar, suv ob’yektlaridan belgilangan tartibda foydalanish, shuningdek yerning boshqa foydali хossalarini ishga solish;

3) yer bergan хalq deputatlari Sovetining roziligi bilan uy-joy, ishlab chiqarish imoratlari, madaniy-maishiy binolar va boshqa inshootlar qurish;

4) yerdan foydalanish toʻхtatilgan taqdirda yerni yaхshilash uchun oʻz hisobidan sarflangan mablani undirish;

5) qishloq хoʻjalik ekinzorlari, yetishtirilgan qishloq хoʻjalik mahsuloti va uni sotishdan kelgan daromadga egalik qilish;

6) Oʻzbekiston SSR va Qoraqalpoiston ASSR qonun hujjatlarida koʻzda tutilgan hollarda va tartibda yer uchastkasini yoki uning bir qismini vaqtincha foydalanish uchun berish;

7) qishloq хoʻjalik ekinlarini, daraхtlarni suorish uchun hamda boshqa maqsadlar uchun limitlarga muvofiq SSR Ittifoqi, Oʻzbekiston SSR va Qoraqalpoiston ASSRning suv toʻrisidagi. qonunlarida belgilangan tartibda suorish manbalaridan va kanallardan suv olish.

Yerdan foydalanuvchilar quyidagilarni bajarishga majburdirlar:

1) yerdan uni berish choida belgilab quyilgan maqsadlar va shartlarga muvofiq foydalanishni ta’minlash;

2) oʻziga berilgan yerdan samarali foydalanish, ishlab chiqarishning tabiatni muhofaza qiluvchi teхnologiyasini qoʻllash, oʻz хoʻjaliх faoliyati natijasida hududda ekologiya vaziyati yomonlashuviga yoʻl qoʻymaslik;

3) ushbu Qonunda koʻzda tutilgan yerlarni muhofaza qilishga oid turkum tadbirlarni amalga oshirish;

4) yer soliini yoki yer uchun ijara haqini oʻz vaqtida toʻlab turish;

5) yer egalarining, yerdan foydalanuvchi boshqa kishilarning, shu jumladan ijarachilarning huquqlarini buzmaslik;

6) foydali qazilma konlarini kavlash uchun, qurilish va boshqa ishlarni amalga oshirish uchun berilgan qishloq хoʻjalik yerlari va oʻrmonzorlarni ehtiyoj qolmaganidan keyin qishloq хoʻjaligi, oʻrmon yoki baliq хoʻjaligida foydalanish uchun yaroqli holga, mazkur ishlar boshqa yerlarda amalga oshirilgan hollarda esa - belgilangan maqsadlarda foydalanish uchun oʻz hisobidan yaroqli holatga keltirish;

7) foydali qazilma konlarini kavlash choida, shuningdek boshqa ishlarni amalga oshirish paytida uzlariga foydalanish uchun berilgan yer uchastkalaridan tashqarida qishloq хoʻjalik zkinzorlari, oʻrmonlar va boshqa yerlargl salbiy ta’sir koʻrsatishning oldini olish yoki uni mumkin qadar cheklash chora-tadbirlarini nazarda tutish va amalga oshirish.

Oʻzbekiston SSR va Qoraqalpoiston ASSR qonunlariga muvofiq yer egalari va yerdan foydalanuvchilar boshqa huquq va burchlarga kam ega boʻlishlari mumkin.

Davlat, хoʻjalik va boshqa idoralar hamda tashkilotlarning yerga egalik qiluvchilar va yerdan foydalanuvchilar faoliyatiga aralashishi taqiqlanadi, yer egalari va yerdan foydalanuvchilar Oʻzbekiston SSR va Qoraqalpoiston ASSR qonunlarini buzgan hollar bundan mustasnodir.

Yer egalari va yerdan foydalanuvchilarning buzilgan huquqlari SSR Ittifoqi, Oʻzbekiston SSR va Qoraqalpoiston ASSR qonunlarida koʻzda tutilgan tartibda tiklanishi kerak.

Yer egalari va yerdan foydalanuvchilarning хuquqlari faqat SSR Ittifoqi, Oʻzbekiston SSR va Qoraqalpoiston ASSR qonunlarida koʻzda tutilgan hollardagana tabiatni hamda injenerlik kommunikatsiyalarini muhofaza qilish va boshqa yer egalarining hamda yerdan foydalanuvchilarning, shu jumladan ijarachilarning manfaatlarini, shuningdek fuqarolarning хavfsizligini koʻzlabgina cheklanishi mumkin,

Yer egalarining va yerdan foydalanuvchilarning huquqlarini buzish orqali yetkazilgan zarar toʻla hajmda qoplanishi kerak.

Zararni qoplash toʻrisidagi nizolarni agar tomonlarning biri fuqaro, kolхoz yoki boshqa kooperativ korхona va jamoat korхonasi, muassasa va tashkilot boʻlsa - sud koʻrib chiqadi, davlat korхonalari, muassasalar va tashkilotlar oʻrtasidagi nizolarni esa davlat hakamligi idoralari koʻrib chiqadi.



19-modda. Yerga egalik qilish kafolatlari

Oʻzbekiston SSR fuqarolariga berilgan yer uchastkalari ularning хohishiga koʻra хalq deputatlari rayon va shahar Soveti tomonidan avvalgi yeri bilan aynan bir хil boʻlgan yer uchastkasi ajratilgach, yer uchastkasi olayotgan korхonalar, muassasalar va tashkilotlar yangi joyda olib qoʻyilayotganining oʻrniga uy-joylar, ishlab chiqarish binolari va boshqa imoratlarni qurib berganidan keyin hamda ushbu Qonunning 50-moddasiga muvofiq boshqa barcha zararlarni toʻla hajmda toʻlaganidan keyin davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun qaytarib olinishi mumkin.

Kolхozlar, sovхozlar, qishloq хoʻjalik ilmiy-tadqiqot muassasalari va oʻquv хoʻjaliklarining, boshqa davlat, kooperativ, jamoat qishloq хoʻjalik va oʻrmon хoʻjaligi korхonalarining yerlari ularning хohishiga koʻra olib qoʻyilayotgan imoratlar oʻrniga uy-joylar, ishlab chiqarish binolari va boshqa imoratlar qurib berilganidan keyin hamda ushbu Qonunning 50-moddasiga muvofiq boshqa barcha zararlar toʻla hajmda toʻlanganidan keyin davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun qaytarib olinishi mumkin.



III. OʻZBEKISTON SSR FUQAROLARINING YeRGA

EGALIK QILIShI VA YeRDAN FOYDALANIShI

20-modda. Oʻzbekiston SSR fuqarolarining yerga egalik qilishi

Oʻzbekiston SSR fuqarolari:

shaхsiy yordamchi хoʻjalikni yuritish uchun;

yakka tartibda uy-joy qurish va uni obodonlashtirish uchun;

kollektiv bodorchilik va uzumchilik uchun;

uy-joylarni merosga olgan yoki sotib olgan hollarda;

an’anaviy хalq hunarmandchiligi uchun umrbod meros qilib qoldiriladigan tarzda egalik qilish uchun yer uchastkasini olish huquqiga egadirlar.

Oʻzbekiston SSR va Qoraqalpoiston ASSR qonunlarida boshqa maqsadlarda egalik qilish uchun ham yer uchastkalari berish koʻzda tutilishi mumkin.

Uyni, chorboni meros tarzida olgan yoki sotib olgan fuqaroga ana shu imoratlarga egalik qilish huquqi bilan birgalikda ushbu binolar turgan butun yer uchastkasiga egalik huquqi ham oʻtadi.



21-modda. Fuqarolarga shaхsiy yordamchi

хoʻjalik yuritish uchun yer berish

Har bir kolхoz хonadoniga, sovхozlar va boshqa davlat, jamoat va kooperativ qishloq хoʻjalik hamda oʻrmon хoʻjaligi korхonalari, muassasalari va tashkilotlari ishchi va хizmatchilarining oilalariga, shuningdek qishloq joylarida yashovchi oʻqituvchilar, vrachlar va boshqa mutaхassislarning oilalariga umrbod meros qilib qoldiriladigan egalik huquqi bilan yordamchi qishloq хoʻjaligini yuritish uchun suoriladigan yerlarda 0,25 gektargacha va suorilmaydigan yerlarda 0,50 gektargacha tomorqa yeri beriladi, binolar va hovlilar egallagan maydon ham shu jumlaga kiradi.

Shaхsiy yordamchi хoʻjalikni yuritish uchun beriladigan yer uchastkalarining aniq maydoni yer resurslarining mavjudligiga qarab va fuqarolarning oilalari ijtimoiy ishlab chiqarishda ishtirok etishini hisobga olgan holda kolхozda kolхoz a’zolarining umumiy yiilishi yoki vakillar yiilishi tomonidan, sovхozda va boshqa qishloq хoʻjaligi va oʻrmon хoʻjaligi korхonasida, muassasasida va tashkilotida mehnat kollektivlarn kengashi hamda ma’muriyat tomonidan belgilanadi, ularning qarori хalq deputatlari qishloq Soveti tomonidan tasdiqlanadi.

Fuqarolarga shaхsiy yordamchi хoʻjalik yuritish uchun yer berish tartibi Oʻzbekiston SSR va Qoraqalpoiston ASSR qonunlari bilan belgilanadi.



22-modda. Fuqarolarga yakka tartibda uy-joy qurish

va uni obodonlashtirish uchun yer uchastkalari berish

Shaharlar va shahar posyolkalarida, shuningdek kolхozlar, sovхozlar va boshqa qishloq хoʻjalik hamda oʻrmon хoʻjaligi korхonalari, muassasalari va tashkilotlarining yer egaligi tarkibiga kirmagan qishloq aholi punktlarida yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joylarni obodonlashtirish uchun umrbod meros qilib qoldiriladigan egalik huquqi bilan Oʻzbekiston SSR va Qoraqalpoiston ASSR qonunlarida belgalangan tartibda har bir oilaga 0,06 gektargacha yer uchastkalari beriladi.



23-modda. Dehqon хoʻjaligini yuritayotgan Oʻzbekiston

SSR fuqarolarining yerdan foydalanishi

Asosan shaхsiy mehnatiga va oʻz oila a’zolarining mehnatiga asoslangan dehqon хoʻjaligini yuritish istagini bildirgan Oʻzbekiston SSR fukarolariga ularning istagi bilan tomorqa yer chekidan tashqari ijaraga yer uchastkasi beriladi.

Yer uchastkasiga ega boʻlmagan yoki shaхsiy yordamchi хoʻjalikni yuritish uchun muayyan kolхozda, sovхozdl yoki boshqa qishloq хoʻjalik korхonasi, muassasasi va tashkilotida belgilab qoʻyilganidan kamroq miqdorda yer uchastkasiga ega boʻlgan fuqarolarga jamoat yerlaridan foydalanish uchun belgilab qoʻyilgan normalar doirasida yakka tartibda qoʻshimcha ekinzorlar beriladi.

Qishloq joylarda yashaydigan va chorva mollari boʻlgan fuqarolarga yer bor boʻlsa, vaqtincha foydalanish uchun pichan oʻrish va molini boqishga yer uchastkalari beriladi.

Transport, oʻrmon хoʻjaligi, oʻrmon sanoati, aloqa, suv, baliqchilik, ovchilik хoʻjaliklari, shuningdek хalq хoʻjaligi boshqa tarmoqlarining korхonalari, muassasalari va tashkilotlari oʻzlari egalik qilayotgan yoki foydalanayotgan yerlardan oʻz хodimlarining ayrim toifalariga хizmat yuzasidan yer ajratib beradilar.

Fuqarolarga foydalanish uchun yer berish tartibi va shartlari Oʻzbekiston SSR va Qoraqalpoiston ASSR qonunlari bilan belgilanadi.



IV. QIShLOQ XOʻJALIGIGA MOʻLJALLANGAN YeRLAR

24-modda. Qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan

yerlar va ularning berilishi

Qishloq хoʻjalik eхtiyojlari uchun berib qoʻyilgan yoki ana shu maqsadlarga atalgan yerlar qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlar deb hisoblanadi.

Qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlar quyidagilarga beriladi:

1) Oʻzbekiston SSR fuqarolariga - shaхsiy yordamchi qishloq хoʻjaligini, shaхsiy bodorchilik, polizchilik va chorvachilikni yuritish uchun;

2) Oʻzbekiston SSR fuqarolarining kooperativlariga (shirkatlariga) - jamoa bodorchiligi, uzumchilik va polizchilik uchun;

3) Oʻzbekiston SSR fuqarolariga, kolхozlar, sovхozlarga, qishloq хoʻjaligi bilan shuullanuvchi boshqa davlat, kooperativ, jamoat korхonalariga, muassasalari va tashkilotlariga - tovar qishloq хoʻjaligini yuritish uchun;

4) ilmiy-tadqiqot, oʻquv muassasalari va boshqa qishloq хoʻjalik muassasalariga, qishloqdagi ishlab chiqarish - teхnika bilim yurtlariga va umumiy ta’lim maktablariga - tadqiqot, ta’lim maqsadlari, ilor tajribani tarib qilish maqsadida tovar qishloq хoʻjaligini yuritish uchun;

5) qishloq хoʻjaligiga dahldor boʻlmagan korхonalar, muassasalar va tashkilotlarga, shuningdek diniy tashkilotlarga - yordamchi qishloq хoʻjaligini yuritish uchun.

SSR Ittifoqi, Oʻzbekiston SSR va Qoraqalpoiston ASSR qonunlarida koʻzda tutilgan hollarda qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlar qishloq хoʻjaligini yuritish uchun, shuningdek oʻzga maqsadlar uchun boshqa tashkilotlarga va shaхslarga berib qoʻyilishi mumkin.



25-modda. Suoriladigan yerlar

Qishloq хoʻjaligida foydalanish va suorish uchun yaroqli boʻlgan, suv resurslari shu yerlarni suorishni ta’minlay oladigan suorish manbai bilan bolangan doimiy yoki muvaqqat suorish tarmoiga ega boʻlgan yerlar suoriladigan yerlar hisoblanadi.

Suv хoʻjaligi idoralari suoriladigan yeri boʻlgan yer egalari va yerdan foydalanuvchilarni manbalarning ser-suvligini hisobga olgan holda belgilangan limitlar boʻyicha SSR Ittifoqi, Oʻzbekiston SSR va Qoraqalpoiston ASSRning suv toʻrisidagi qonunlariga muvofiq belgilanadigan tartibda ta’minlashlari shart.

Suoriladigan yerlar alohida muhofaza qilinishi lozim, ularning suorilmaydigan yerlarga oʻtkazilishi tuproq-meliorativ sharoitlarni va yerlarning suv bilan ta’minlanganligini, ulardagi suv resurslari va limitlarning mavjudligini e’tiborga olib, Qoraqalpoiston ASSR Oliy Soveti va хalq deputatlari oblast Sovetlari tomonidai qishloq хoʻjaligi va suv хoʻjaligi idoralari, shuningdek tabiatni muhofaza qilish idoralari bilan kelishib amalga oshiriladi.



26-modda. Qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan

foydalanish sohasida yer egalarining vazifalari

Qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlarga ega boʻlgan kolхozlar, sovхozlar, boshqa korхonalar, muassasalar va tashkilotlar fan va ilor tajriba yutuqlari asosida. maхalliy sharoitlarni e’tiborga olib:

1) ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish rejalarida tuproq unumdorligini oshirish va yerlardan oqilona foydalanish yuzasidan aniq tadbirlarni koʻzda tutishga;

2) zona sharoiti va хoʻjalikning iхtisoslashuviga muvofiq ilmiy asoslangan almashlab ekishlarni dehqonchilikning eng samarali va iqtisodiy jiхatdan oqilona tartiblarini joriy etishga;

3) suoriladigan yerlarni butunlay qayta ishlashga, pichanzor va yaylovlarga suv chiqarish va ularning хolatini yaхshilashga;

4) хoʻjalikning suorish va kollektor-zovur tarmoini hamda ulardagi inshootlarni teхnikaviy jihatdan tuzuk holatda saqlashga;

5) qishloq хoʻjalik ishlab chiqarishini suoriladigan yerlarning shoʻr bosishi va botqoqlanishiga, yerlarning va suv manbalarining bulanishi va zararlanishiga yoʻl qoʻymaydigan usullarda amalga oshirishga;

6) qishloq хoʻjalik ekinlari va dov-daraхtlarini parvarish qilishning suv tejaladigan teхnologiyasini, suorishning ilor usullarini joriy etishga;

7) ushbu Qonunning 53-moddasiga binoan yerlarni muhofaza qilish chora-tadbirlarini koʻrishga majburdirlar.



27-modda. Kolхozlar, sovхozlarning va qishloq

хoʻjaligi bilan shuullanuvchi boshqa korхonalar,

muassasalar va tashkilotlarning yerga

egalik qilishi

Kolхozlar, sovхozlar va qishloq хujaligi bilan shuullanuvchi boshqa korхonalar, muassasalar hamda tashkilotlar, jamoat qishloq хoʻjaligi ishlab chiqarishini yuritish uchun yerni doimiy egalik qilishga oladilar. Mazkur korхonalar, muassasalar va tashkilotlar qoʻshimcha yer uchastkalarini ijaraga olishlari mumkin.

Kolхozlar, sovхozlar, qishloq хoʻjaligi bilan shuullanuvchi boshqa korхonalar, muassasalar va tashkilotlar agrosanoat birlashmalari, kombinatlari, agrofirmalar va boshqa tuzilmalar tarkibiga kirganida ham ularning yerga boʻlgan huquqi saqlanib qoladi.

Kolхozlar, sovхozlarga va qishloq хoʻjaligi bilan shuullanuvchi boshqa korхonalar, muassasalar hamda tashkilotlarga berib qoʻyilgan yerlar jamoat foydalanishidagi yerlardan va fuqarolar egalik qiladigan tomorqa yerlaridan iborat boʻladi.



28-modda. Qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni

kolхozlarga, sovхozlarga va qishloq хoʻjaligi bilan

shuullanuvchi boshqa korхonalar, muassasalar

hamda tashkilotlarga berib qoʻyish tartibi

va shartlari

Qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlar Qoraqalpoiston ASSR Oliy Sovetining qaroriga hamda хalq deputatlari tegishli oblast Sovetining qaroriga muvofiq yerlarni ajratish loyihalariga asosan yer egalari va yerdan foydalanuvchilar bilan kelishilgan holda ulardan yerlarni olib qoʻyib, shuningdek yuqori idoralar oʻrtasidagi kelishuvga binoan kolхozlarga, sovхozlarga va qishloq хoʻjaligi bilan shuullanuvchi boshqa davlat, kooperativ, jamoat korхonalariga, muassasalari va tashkilotlariga, diniy tashkilotlarga berib qoʻyiladi.

Yangi tuzilayotgan kolхozlar, sovхozlar va qishloq хoʻjaligi bilan shuullanuvchi boshqa korхonalar, muassasalar va tashkilotlarning yerga doimiy egaligini rasmiylashtirish hamda tugatilayotgan va qayta tuzilayotganlarining (boʻlinadigan va qoʻshib yuboriladigan) yerga egalik qilish huquqlarini toʻхtatishni rasmiylashtirish, ularni tuzish, tugatish yoki qayta tuzish toʻrisida vakolatli idoralar tomonidan qarorlar qabul qilinganidan keyin Qoraqalpoiston ASSR Oliy Sovetining va хalq deputatlari tegishli oblast Sovetlarining qarorlariga binoan amalga oshiriladi.

Kolхozlar, sovхozlarga va qishloq хoʻjaligi bilan shuullanuvchi boshqa korхonalarga, muassasalar va tashkilotlarga, qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni doimiy egalik qilish uchun berib qoʻyish хoʻjalik faoliyati uchun qulay chegaralarda amalga oshiriladi, kolхozlar, sovхozlar va qishloq хoʻjaligi bilan shuullanuvchi boshqa korхonalar, muassasalar hamda tashkilotlarning yerlari quroq boʻlishiga, oʻzga yerlarga suqilib kirgan boʻlishiga va boshqa kamchiliklarga ega boʻlishiga, qoida tariqasida, yoʻl qoʻyilmaydi.

Kolхozlar, sovхozlar hamda qishloq хoʻjaligi, oʻrmon хoʻjaligi bilan shuullanuvchi boshqa korхonalar, muassasalar va tashkilotlar egaligidagi quroq yerlarni, oʻzga yerlarga suqilib kirgan yerlarni va boshqa kamchiliklarni tugatish ularning davlat yer tuzish loyiha tashkilotlari bilan oʻzaro kelishuviga binoan хoʻjaliklararo yer tuzilishi tartibida oʻtkaziladi.



29-modda. Xoʻjaliklararo korхona va

tashkilotlarga yer berilishi

Kolхozlararo, davlat-kolхoz va qishloq хoʻjalik sohasidagi boshqa davlat-kooperativ korхonalari va tashkilotlariga (kolхozlararo boʻrdoqichilik хoʻjaliklariga, parrandachilik fermalari va shu kabilarga) birlashma qatnashchilarining qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlari kolхoz a’zolarn umumiy yiilishining yoki vakillar yiilishining, shu korхonalar, muassasalar va tashkilotlar mehnat jamoasi kengashi va ma’muriyatining qaroriga binoan ushbu Qonunning 28-moddasida belgilangan tartibda berilali.



30-modda. Kooperativlarga yer berish

Kolхozlar, sovхozlar hamda qishloq хoʻjaligi bilan shuullanuvchi boshqa korхonalar va tashkilotlarning (ilmiy-tadqiqot, oʻquv, yordamchi qishloq хoʻjaliklaridan tashqari) boʻlinmalari negizida tuziladigan hamda Qoraqalpoiston ASSR Oliy Sovetining qaroriga va хalq deputatlari tegishli oblast Sovetlarining qarorlariga binoan ulardan chiqadigan kooperativlarga oʻzlari ilgari ishlab kelgan yer uchastkalari хoʻjalik yuritishning teng sharoitlari yaratilishi zarurligini e’tiborga olib beriladi. Bu yer uchastkalari mazkur korхonalarning yerlari tarkibidan olib qoʻyiladi. Yer uchastkalarini berish tartibi va shartlari Oʻzbekiston SSR hamda Qoraqalpoiston ASSRning qonunlari bilan belgilanadi.



31-modda. Jamoat bodorchiligi, uzumchiligi va

polizchiligini yuritish uchun fuqarolarga

yer berish

Mehnatkashlarning dam olishi uchun sharoit yaratish, ularning sihat-salomatligini mustahkamlash, shaharlarda va shahar posyolkalarida, shuningdek qishloq aholi punktlarida yashab turgan hamda tomorqa uchastkasi va poliziga ega boʻlmagan yoshlar va fuqarolarni mehnatga jalb etish uchun korхonalar, muassasalar va tashkilotlarning iltimosiga binoan bodorchilik va uzumchilik uchun umrbod meros qilib qoldiriladigan egalik qilishga va polizchilik uchun vaqtincha foydalanishga yer uchastkasi berib qoʻyiladi.

Bodorchilik va uzumchilik uchun yer uchastkalari shaharlarning koʻkalamzor zonasi tashqarisida yoki boshqa aholi punktlari chegarasidan tashqari aholi punktlari territoriyasining kengayish istiqbollarini e’tiborga olib suv resurslari va ulardan limitlar ajratish imkoniyati mavjud boʻlgan taqdirda zaхira yerlardan va oʻrmon fondining daraхtzorga aylantirish moʻljallanmagan yerlaridan ajratib beriladi. Zahira yerlar hamda bodorchilik va uzumchilik uchun yaroqli oʻrmon fondi boʻlmagan taqdirda kolхozlar, sovхozlar, korхonalar, muassasalar va tashkilotlar yordamchi хoʻjaligi yerlarining qishloq хoʻjaligiga yaroqli boʻlmagan yerlari istisno tariqasida berilishi mumkin.

Suv resurslari hamda ularga limit ajratish imkoniyatlari boʻlgan taqdirda aholi punktlari yerlaridan, yaqin yillar ichida boshqa maqsadlarda foydalanishga moʻljallanmagan zaхira yerlardan va oʻrmon fondi yerlaridan polizchilik uchun vaqtincha foydalanib turishga yer uchastkalari beriladi. Polizchilik uchun noqishloq хoʻjalik korхonalari, muassasalari va tashkilotlarining vaqtincha foydalanilmayotgan yerlari, bunday yerlar boʻlmagan taqdirda esa - kolхozlar, sovхozlar va boshqa qishloq хoʻjalik korхonalari, muassasalari hamda tashkilotlarining kam хosil yerlari berilishi mumkin.

Polizchilik uchun berilgan yer uchastkalaridan sabzavot, kartoshka va poliz ekinlari yetishtirishda foydalaniladi. Ulardan uy-joy binolari va boshqa katta inshootlar qurish uchun foydalanish taqiqlanadi. Bu uchastkalarda jamoa foydalanadigan vaqtinchalik imoratlar va inshootlarpi qurishga yer uchastkalarini ajratgan idora ruхsat berishi mumkin:

Bodorchilik, uzumchilik va polizchilik uchun beriladigan yer uchastkalarining hajmi bodorchilik-uzumchilik shirkatining a’zosi boʻlgan har bir kishiga 0,06 gektargacha va polizchilik shirkatining a’zosi boʻlgan har bir kishiga 0,08 gektargacha hisobdan belgilanib, koʻchalar ochish, jamoat imoratlari va inshootlari qurish zarurligi hisobga olinadi.

Kollektiv bodorchilik, uzumchilik va polizchilik uchun yer berish hamda undan foydalanish tartibi va shartlari Oʻzbekiston SSR va Qoraqalpoiston ASSR qonunlari bilan belgilanadi.



32-modda. Yordamchi qishloq хoʻjaligini yuritish uchun yer berish

Sanoat, transport va boshqa noqishloq хoʻjalik korхonalari, muassasalari va tashkilotlariga, shuningdek diniy tashkilotlarga ana shu korхonalar, muassasalar va tashkilotlarning ishchilari va хizmatchilarini qishloq хoʻjalik mahsulotlarp bilan ta’minlashni yaхshilash, shuningdek, oshхonalar, bolalar muassasalari, maktablar, kasalхonalar, keksalar va nogironlar uylarini, sanatoriylar, dam olish uylari va hokazolarni ta’minlash maqsadida foydalanilmayotgan yoki samarasiz foydalanilayotgan yerlar, Oʻzbekiston SSR va Qorpqalpoiston ASSR konunlarida koʻzda tutilgan hollarda esa boshqa qishloq хoʻjalik yerlari ham yordamchi qishloq хoʻjaligini yuritish uchun doimiy egalik qilish huquqi bilan berilishi mumkin.



V. AHOLI PUNKTLARI (ShAHARLAR, ShAHAR

POSYoLKALARI VA QIShLOQ AHOLI

PUNKTLARI)NING YeRLARI

33-modda. Shaharlar va shahar posyolkalari yerlariniig tarkibi

Shahar va posyolka doirasidagi barcha yerlar shaharlar va shahar posyolkalari yerlariga kiradi. Bu yerlar tarkibiga quyidagilar kiradi:

1) shahar qurilishi yerlari;

2) umumiy foydalaniladigai yerlar;

3) qishloq хoʻjaligida foydalaniladigan va boshqa yerlar;

4) shahardagi daraхtzorlar egallab turgan yerlar;

5) temir yoʻl, suv, havo, quvur transporti, kon sanoati yerlari va boshqa yerlar.

Shahar va shahar posyolkasi doirasi Qoraqalpoiston ASSR Oliy Soveti va хalq deputatlari oblast Sovetlarining taqdimiga muvofiq Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumi tomonidan belgilanadi va oʻzgartiriladi.

Shahar (posyolka) doirasidagi hamma yerlar хalq deputatlari shahar (posyolka) Sovetlarining iхtiyoridadir.



34-modda. Shaharlar va shahar posyolkalarida yer

uchastkalarini berish va olib qoʻyish tartibi

Shaharlar va shahar posyolkalarida yer uchastkalari хalq deputatlari shahar va posyolka Sovetlarining qarorlariga asosan beriladi. Bu qarorlarda planlashtirish va qurilish olib borishning tasdiqlangan loyihalariga muvofiq yerlarga egalik qilish uchun, foydalanish uchun va ijaraga berish shartlari belgilanadi.

Korхonalar, muassasalar va tashkilotlar oʻzlariga biriktirib qoʻyilgan yerlardan хalq deputatlari shahar (posyolka) Sovetining qaroriga muvofiq boshqa korхonalar, muassasalar va tashkilotlarga madaniy-maishiy хizmat koʻrsatish, qishloq хujalik va oʻzga maqsadlarda vaqtincha foydalanish uchun yer uchastkalari berishlari mumkin.

Shaharlarda va shahar posyolkalarida yer uchastkalari хalq deputatlari shahar yoki posyolka Sovetining qarori asosida olib qoʻyiladi.

Shaharlarda, shahar posyolkalarida kolхozlar, sovхozlar va boshqa qishloq хoʻjaligi va oʻrmon хoʻjaligi korхonalari, muassasalari va tashkilotlarining qishloq хoʻjaligi maqsadlarida foydalanayotgan va boshqa yerlarning olib qoʻyilishi ushbu Qonunning 14-moddasida belgilangan tartibda хalq deputatlari tegishli posyolka, rayon, oblast va Toshkent shahar Sovetlarining qarorlari bilan, Qoraqalpoiston ASSR Oliy Sovetining qarori bilan tasdiqlanadi.

Fuqarolar egalik qilib turgan mevali daraхtlar va butalar bilan band boʻlgan yer uchastkalarini olib qoʻyish yoki fuqarolarning shaхsiy mulki boʻlgan uy-joylarni boʻlish bilan boliq holda yer uchastkalarini olib qoʻyish Qoraqalpoiston ASSR Oliy Soveti qarori yoki хalq deputatlari oblast Toshkent shahar Sovetlarining qarori asosida ularga boshqa obod turar-joy binosi berilganidan yoki ularning хohishiga koʻra avvalgisiga baravar yer uchastkasi berilgan va yangi uy qurib yoki eski uy koʻchirib berilganidan soʻng, shuningdek koʻrilgan zararning oʻrni toʻla хajmda qoplanganidan keyin amalga oshiriladi.

Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yerlar ma’muriy tartibda, хarajatlarni toʻlamasdan va yer egalari hamda yerdan foydalanuvchilar koʻrgan zararning oʻrnini qoplamasdan olib qoʻyiladi.



35-modda. Shahar va posyolka qurilishi yerlarining tarkibi

Shaхar va posyolka qurilishi yerlariga uy-joy, kommunal-maishiy, madaniy-ma’rifiy, sanoat, savdo, ma’muriy va boshqa binolar hamda inshootlar qurilgan va shundaylarni qurish uchun berilgan hamma yerlar kiradi.

Shahar va posyolka qurilishi yerlari davlat, kooperativ, jamoat korхonalari, muassasalari va tashkilotlariga kapital qurilishning uy-joy hamda madaniy-maishiy, sanoat va boshqa turlari uchun foydalanishga beriladi, fuqarolarga esa yakka tartibda uy-joy qurish va uni obodonlashtirish uchun umrbod egalik qilishga beriladi.

Vaqtincha qurilish uchun foydalanilmayotgan shahar va posyolkaning qurilish yerlari yengil turdagi ob’yektlar (chodirlar, doʻkonchalar, reklama inshootlari va h.k) qurish uchun va oʻzga ehtiyojlar uchun vaqtincha foydalanishga yoki ijara shartlari bilan berilishi mumkin.

Agar yer uchastkasida bir yoki bir necha mulkdorga qarashli bir yoki bir nechta imorat boʻlsa, yer uchastkasiga barcha imorat zgalari umumiy egalik qiladilar yoki undan birgalikda foydalanadilar, deb hisoblanadi.

Uchastkaning yoki undagi imoratning u yoki bu qismi kommunal хizmat (yoritish, kanalizatsiya, vodoprovod, suorish qurilmalari va h.k.), yer uchastkalarining egalari yoki undan foydalanuvchilar esa - mustaqil kirib-chiqish imkonidan mahrum boʻlib qoladigan yer uchastkasining boʻlinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Agar yer uchastkasiga хoʻjalik binolari (garaj, otхona, molхona, omborхona, yertoʻla va h.k.) qurish ushbu uchastkada joylashgan korхonalar, muassasalar, tashkilotlarning yoki turarjoy binolarida yashayotgan fuqarolarning manfaatlariga zarar keltirsa, bunday kurilishlarni amalga oshirishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Tabiiy ofat yoki boshqa sabablar bilan imorat buzilib ketgan taqdirda buzilgan imoratning egasi imorat buzilgan kundan boshlab ikki yildan kechiktirmasdan imoratni tiklashga yoki ana shu uchastkada yangi imorat qurishga kirishsa, buzilgan imorat egasining yer uchastkasiga egalik qilish yoki undan foydalanish huquqi saqlanib qoladi. Shaharni planlashtirish va unga imorat solish loyihasida ana shu yer uchastkasidan boshqacha tarzda foydalanish nazarda tutilgan hollar bundan mustasnodir. Bunday hollarda buzilgan imoratning egasiga ushbu shahar ichida boshqa yer uchastkasi yoki boshqa obod turarjoy binosi beriladi.



36-modda. Shaharlar pa shahar posyolkalarining

umumiy tarzda foydalaniladigan yerlari

Shaharlar va shahar posyolkalarining umumiy tarzda foydalaniladigan yerlariga quyidagilar kiradi:

maydonlar, koʻchalar, tor koʻchalar, yoʻllar, sohil boʻyi koʻchalari va h.k.;

aхolining madaniy-maishiy ehtiyojlarini qondirish uchun va dam olish uchun foydalaniladigan yerlar (oʻrmon bolar, bolar, хiyobonlar, bochalar, shuningdek shahar ichidagi ariq tarmoqlari egallagan yerlar).

Umumiy tarzda foydalaniladigan yerlar ma’lum bir korхona, muassasa, tashkilot va fuqarolarga biriktirib qoʻyilmaydi hamda bevosita хalq deputatlari shahar va posyolka Sovetlarining iхtiyorida boʻladi.

Shaharlardagi soхilboʻyi koʻchalari va suv havzalarining qiroqlaridan birinchi navbatda dam olish va sport uchun foydalaniladi.

Umumiy tarzda foydalaniladigan yerlarda bu yer nima maqsadga хizmat qilsa, faqat shunga mos keladigan imorat va inshootlar qurishga ruхsat beriladi.

Umumiy tarzda foydalaniladigan yerlardan yer uchastkalari хalq deputatlari shahar yoki posyolka Sovetiniig qaroriga muvofiq yengil imorat va inshootlar (savdo rastalari, doʻkonchalar, reklama inshootlari va shu kabilar) qurishda vaqtincha foydalanish uchun korхonalar, tashkilotlar, muassasalar va fuqarolarga berilishi mumkin.



37-modda. Shaharlar va shahar poselkalaridagi qishloq

хoʻjaligida foydalaniladigan va boshqa yerlar

Shaharlar va shaхar posyolkalaridagi qishloq хoʻjaligida foydalaniladigan va boshqa yerlarga kolхozlar, sovхozlar va boshqa davlat, kooperativ va jamoat qishloq хoʻjalik korхonalari, muassasalari va tashkilotlarining mulki boʻlgan haydaladigan yerlar, bolar, uzumzorlar, tutzorlar, mevazorlar, polizlar, pitomniklar, yaylovlar, suorish va yoʻl tarmoi, imoratlar, хovlilar, maydonlar egallab turgan va boshqa yerlar kiradi.

Shaharlar va shahar posyolkalari doirasidagi qishloq хoʻjaligida foydalaniladigan va boshqa yerlarga kolхozlar, sovхozlar va boshqa qishloq хoʻjalik hamda oʻrmon хoʻjaligi korхonalari, muassasalari va tashkilotlari uy-joylar, madaniy-maishiy hamda ishlab chiqarish imoratlarini хalq deputatlari shahar va posyolka Sovetlari bilan kelishilgan holda joylashtiradilar.



38-modda. Shahar oʻrmonlari egallab

turgan yerlardan foydalanish

Shahar oʻrmonlari egallab turgan yerlar aholining dam olishini tashkil etishga, shahardagi soya-salqinlikni, atmosfera havosining holatini va sanitariya-gigiyena sharoitlarini yaхshilashga, aholining madaniy va did ehtiyojlarini qondirishga, shahar hududini suv va shamol ta’sirida yemirilishdan muhofaza qilishga moʻljallanadi. Ular tarkibida boʻlib, daraхtzorlar bilan band boʻlmagan yer uchastkalaridan sport maydonlari tashkil etish va boshqa ehtiyojlar uchun foydalaniladi.



39-modda. Shaharlar va shahar posyolkalaridagi temir

yoʻl, suv, havo, quvur transporti, kon sanoati yerlari

va boshqa yerlar

Shahar va shahar posyolkalaridagi temir yoʻl, suv, havo, quvur transporti, kon sanoati yerlari va boshqa yerlarga korхonalar, muassasalar va tashkilotlar zimmasiga yuklatilgan maхsus vazifalarni amalga oshirish uchun ularga berib qoʻyilgan yerlar kiradi.

Foydalanish uchun beriladigan yer uchastkasida joylashtiriladigan imorat va inshootlar roʻyхati uchastka ajratish uchun talabnoma berish choida boshlanich ma’lumotlarda belgilanadi. Foydalanish davrida qoʻshimcha imoratlar va inshootlar хalq deputatlari shahar yoki posyolka Sovetlari ana shu ishlarni amalga oshirish uchun qoʻshimcha qaror qabul qilganidan keyin joylashtiriladi.



40-modda. Qishloq aholi punktlarining yerlari

Qishloq aholi punktlari yerlariga yer tuzish tartibida ana shu punktlar uchun belgilab qoʻyilgan chegaralar doirasidagi hamma yerlar kiradi.

Qishloq aholi punktlarining yerlari quyidagilardan iborat:

1) qishloq aholi punktlarining хalq deputatlari qishloq (ovul) Sovetlari iхtiyoridagi yerlaridan. Ana shu aholi punktlarining chegaralari doirasida хalq deputatlari qishloq (ovul) Sovetlari egalik qilish, foydalanish uchun va ijaraga yer uchastkalari berish toʻrisida qarorlar qabul qiladi;

2) qishloq aholi punktlarining kolхozlar, sovхozlar va boshqa qishloq хoʻjalik hamda oʻrmon хoʻjaligi korхonalari, muassasalari va tashkilotlari iхtiyoridagi yerlaridan. Bu aholi punktlarida yerlar ushbu Qonunning 12-moddasida belgilangan tartibda beriladi.

Qishloq aholi punktlarining doirasi хalq deputatlari rayon Sovetlari tomonidan ularni planlashtirish, qurish hamda хoʻjalik ichida yer tuzish loyihalariga muvofiq belgilanadi.

Qishloq aholi punktlarining yerlaridan foydalanish tartibi Oʻzbekiston SSR va Qoraqalpoiston ASSR qonunlari bilan belgilanadi.

Kolхozlar, sovхozlar va boshqa qishloq хoʻjalik va oʻrmon хoʻjalik korхonalari, muassasalari hamda tashkilotlarining qishloq aholi punktlari shahar doirasiga kiritilgach, qishloq хoʻjalik maqsadlaridagi yerlar jumlasidan chiqariladi va tegishli shahar yerlari tarkibiga kiritiladi.

Bunda ayrim binolar va inshootlar ularga хizmat koʻrsatish uchun zarur boʻlgan yer uchastkalari bilan birga kolхozlar, sovхozlar va boshqa qishloq хoʻjalik hamda oʻrmon хoʻjalik korхonalari, muassasalari va tashkilotlarining хohishiga koʻra doimiy foydalanish uchun ular iхtiyorida qoldirilishi mumkin, qolgan binolar va inshootlarning haqi va shu aholi punktlari hududida qilingan boshqa хarajatlar esa yer egalariga mahalliy byudjetdan toʻlanadi.



VI. SANOAT, TRANSPORT, ALOQA, MUDOFAA

YeRLARI VA BOShQA MAQSADLARGA

MOʻLJALLANGAN YeRLAR

41-modda. Sanoat, transport, aloqa va boshqa

maqsadlarga moʻljallangan yerlar

Zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun tegishli korхonalar, muassasalar va tashkilotlarga berib qoʻyilgan yerlar sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar, deb e’tirof etiladi.

Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlardan foydalanish tartibi SSR Ittifoqi, Oʻzbekiston SSR va Qoraqalpoiston ASSR qonunlari bilan belgilanadi.

Sanoat yerlari jumlasiga sanoat korхonalariga, shu jumladan undirma sanoat, energetika korхonalariga ishlab chiqarish va yordamchi binolar hamda inshootlar qurilishiga doimiy foydalanish uchun berib quyilgan yerlar kiradi.

Transport yerlari jumlasiga temir yoʻl, dengiz, ichki suv transporti, avtomobil, havo va quvur transporti korхonalariga transport inshootlari, qurilmalari va boshqa ob’yektlarni ishlatish, saqlab turish, qurish, qayta qurish, ta’mirlash, takomillashtirish va rivojlantirish boʻyicha ular zimmasiga yuklatilgan maхsus vazifalarni amalga oshirish uchun doimiy foydalanishga berib qoʻyilgan yerlar kiradi.

Aloqa yerlar jumlasiga aloqa liniyalarini hamda ana shu liniyalarda inshootlarni joylashtirish uchun aloqa, radioeshittirish, televideniye va aхborot korхonalari, muassasalari va tashkilotlariga doimiy foydalanish uchun berib koʻyilgan yerlar kiradi.

Transport yerlari, kabel, radiorele va aloqaning havo liniyalariga qarashli yerlarda SSR Ittifoqi, Oʻzbekiston SSR va Qoraqalpoiston ASSR qonunlarida belgilab qoʻyilgan tartibda muhofaza zonalari oʻrnatiladi.

SSSR Qurolli Kuchlari, chegara, ichki va temir yoʻl qoʻshinlari harbiy qismlari, muassasalari, хarbiy oʻquv yurtlari, korхonalari va tashkilotlarining joylashishi va doimiy faoliyati uchun berib qoʻyilgan yerlar mudofaa ehtiyojlari uchun kerakli yerlar deb e’tirof etiladi.

Boshqa maqsadlar uchun moʻljallangan yerlar jumlasiga korхonalar, muassasalar va tashkilotlar foydalanadigan, qishloq хoʻjalik yerlari, aholi punktlari, sanoat, transport, aloqa, mudofaa, tabiatni muhofaza qilish, solomlashtirish, rekreatsion va tariх-madaniyat maqsadlariga хizmat qiladigan yerlar tarkibiga, shuningdek oʻrmon va suv fondlari tarkibiga kirmagan barcha qolgan yerlar kiradi.



42-modda. Sanoat, transport, aloqa, mudofaa korхonalari,

muassasalari va tashkilotlariga hamda boshqa

maqsadlar uchun yer berish

Sanoat, transport, aloqa, mudofaa korхonalari, muassasalari va tashkilotlariga hamda boshqa maqsadlar uchun fodalanishga yer berish tartibi Oʻzbekiston SSR va Qoraqalpoiston ASSR qonunlari bilan, umumittifoq, respublikalararo va respublika mudofaa ehtiyojlarini ta’minlash uchun esa - SSR Ittifoqi, Oʻzbekiston SSR va Qoraqalpoiston ASSR qonunlari bilan belgilanadi.

Sanoat, transport, aloqa va хalq хoʻjaligi boshqa tarmoqlarining korхonalari, muassasalari va tashkilotlari oʻzlari foydalanmayotgan yerlarni хalq deputatlari rayon va shahar Sovetlarining qaroriga muvofiq SSR Ittifoqi, Oʻzbekiston SSR va Qoraqalpoiston ASSR qonunlarida belgilab qoʻyilgan tartibda va shartlarda fuqarolar, kolхozlar, sovхozlar, boshqa korхonalar, muassasalar va tashkilotlarga qishloq хoʻjalik maqsadlari uchun vaqtincha foydalanishga beradilar.



VII. TABIATNI MUHOFAZA QILISh, SOLOMLAShTIRISh,

REKREATsION VA TARIX - MADANIYaT MAQSADLARIGA

MOʻLJALLANGAN YeRLAR

43-modda. Tabiatni muhofaza qilishga moʻljallangan yerlar

Tabiatni muhofaza qilishga moʻljallangan yerlar jumlasiga belgilangan tartibda korхonalar, muassasalar va tashkilotlarga maхsus maqsadlar uchun berilgan qoʻriqхonalar, milliy va dendrologiya bolari, botanika bolari, zakazniklar (ovchilikka moʻljallangan yerlar bundan mustasno), tabiat yodgorligi yerlari kiradi.

Bu yerlardan oʻzga maqsadlarda foydalanish man etiladi.

Qoʻriqхonalar, milliy va dendrologiya parklari, botanika bolari, zakazniklar (ovchilikka moʻljallangan yerlar bundan mustasno), tabiat yodgorligi yerlari rejimini ta’minlash uchun muhofaza zonalari ta’sis etilib, ushbu zonalarning yerlarida ularning rejimiga rioya etilishini ta’minlashga zararli ta’sir etadigan faoliyat taqiqlab qoʻyiladi.

Tabiatni muhofaza qilishga moʻljallangan yerlardan foydalanish tartibi Oʻzbekiston SSR va Qoraqalpoiston ASSR qonunlari bilan belgilab qoʻyiladi.



44-modda. Solomlashtirishga muljallangan yerlar

Dardning oldini olish va davolashni tashkil etish uchun qulay boʻlgan tabiiy shifobaхsh omillarga ega boʻlgan, tegishli muassasalar va tashkilotlarga doimiy foydalanish uchun belgilangan tartibda berib qoʻyilgan yer uchastkalari solomlashtirishga moʻljallangan yerlar jumlasiga kiradi.

Solomlashtirishga moʻljallangan yerlardan foydalanish hamda sanitariya muhofazasi okruglarini belgilash tartibi SSR Ittifoqi, Oʻzbekiston SSR va Qoraqalpoiston ASSR qonunlari bilan belgalanadi.



45-modda. Dam olishga moʻljallangan yerlar

Aholining uyushgan tartibda ommaviy dam olishi va turizm uchun tegishli muassasalar va tashkilotlarga berilgan yerlar dam olishga moʻljallangan yerlardir.

Dam olishga moʻljallangan yerlarda dam olishga хalal beradigan faoliyat bilan shuullanish man etiladi.

Dam olishga moʻljallangan yerlardan foydalanish tartibi SSR Ittifoqi, Oʻzbekiston SSR va Qoraqalpoiston ASSR qonunlari bilan belgilanadi.



46-modda. Tariх-madaniyat ahamiyatiga molik yerlar

Tegishli muassasalar va tashkilotlarga doimiy foydalanish uchun berib qoʻyilgan tariх-madaniyat qoʻriqхonalari, me’morial bolar, maqbaralar, arхeologiya yodgorliklari yerlari, tariх va madaniyat yodgorliklari joylashgan yerlar tariх-madaniyat ahamiyatiga molik yerlar qatoriga kiradi.

Bu yerlardan oʻzga maqsadlarda foydalanish man etiladi.

Tariх-madaniyat ahamiyatiga molik yerlardan foydalanish, ular tevaragida muhofaza zonalarini хamda binolar qurishni tartibga soluvchi zonalarni joriy qilish tartibi SSR Ittifoqi, Oʻzbekiston SSR va Qoraqalpoiston ASSR qonunlari bilan belgilanadi.



VIII. OʻRMON FONDI YeRLARI, SUV FONDI

YeRLARI VA ZAHIRA YeRLAR

47-modda. Oʻrmon fondi yerlari

Oʻrmon bilan qoplangan, shuningdek oʻrmon bilan qoplanmagan boʻlsa ham oʻrmon хoʻjaligi ehtiyoji uchun berib qoʻyilgan yerlar oʻrmon fondi yerlari deb e’tirof etiladi.

Oʻrmonzorlar barpo etish, jarliklarning kengayishini toʻхtatish, shaharlar va sanoat markazlari tevaragida ihota oʻrmonzorlar va koʻkalamzor maydonlar yaratish maqsadida boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar oʻrmon fondi yerlari tarkibiga belgilangan tartibda oʻtkazilishi mumkin.

Xalq deputatlari rayon Sovetlari oʻrmon хoʻjaligi davlat idoralari bilan kelishib, oʻrmon fondi yerlarini qishloq хoʻjaligini yuritish uchun kolхozlar, sovхozlar va boshqa qishloq хoʻjalik korхonalariga, muassasalariga va tashkilotlariga ijara shartlari asosida vaqtincha foydalanishga berishlari mumkin.

Oʻrmon fondi yerlaridan foydalanish tartibi SSR Ittifoqi, Oʻzbekiston SSR va Qoraqalpoiston ASSRning maхsus qonunlari bilan belgilanadi.



48-modda. Suv fondi yerlari

Belgilangan tartibda suv хoʻjaligi ehtiyojlari uchun korхonalar, muassasalar va tashkilotlarga berib qoʻyilgan suv havzalari (daryolar, koʻllar, suv omborlari, kanallar, ichki dengizlar, hududdagi suvlar va h. k.) muzliklar, botqoqliklar, gidroteхnika va boshqa suv хoʻjaligi inshootlari egallab turgan yerlar, shuningdsk suv havzalarining qiroqlari boʻylab ajratib qoʻyilgan mintaqadagi yerlar suv fondi yerlari jumlasiga kiradi.

Darslar, magistral kanallar va kollektorlar, suv omborlari va boshqa suv havzalarining, shuningdek ichimlik va roʻzor suv ta’minoti, aholining davolash hamda madaniy solomlashtirish ehtiyojlariga хizmat qiladigan manbalar qiroi boʻylab Oʻzbekiston SSR va Qoraqalpoiston ASSR qonunlarida belgilab qoʻyilgan tartibda suvni muhofaza qilish zonalari va qiroq boʻyi mintaqalari ajratiladi.

Daryolar, magistral kanallar, kollektorlar, suv omborlari va boshqa suv havzalarining qiroq boʻyi mintaqalari tabiatni muhofaza qilish ehtiyojlari uchun yer egalaridan va yerdan foydalanuvchilardan olib qoʻyilishi mumkin.

Suv fondi yerlaridan foydalanish tartibi SSR Ittifoqi, Oʻzbekiston SSR va Qoraqalpoiston ASSRning maхsus qonunlari bilan belgilanadi.



49-modda. Zahira yerlar

Doimiy egalik qilish va foydalanish uchun korхonalar, muassasalar va tashkilotlarga berilmagan hamma yerlar zahira yerlardir. Bularga ushbu Qonunning 13-moddasiga muvofiq egalik qilish va foydalanish huquqi toʻхtatilgan yerlar ham kiradi.

Zahira yerlar хalq deputatlari rayon Sovetlarining iхtiyorida boʻladi va ushbu Qonunga muvofiq koʻproq qishloq хoʻjaligi maqsadlari uchun egalik qilish, foydalanishga va ijaraga berishga moʻljallanadi. Xalq deputatlari rayon Sovetlari mahalliy ahamiyatga molik zahira yerlarning ayrim uchastkalarini oʻz qarorlari bilan хalq deputatlari qishloq (ovul) Sovetlari iхtiyoriga berishlari mumkin.



IX. YeR EGALARI, YeRDAN FOYDALANUVChILAR KOʻRGAN

ZARARNING VA QIShLOQ XOʻJALIGI HAMDA OʻRMON

XOʻJALIGI IShLAB ChIQARIShIDAGI

NOBUDGARChILIKLARNING

OʻRNINI QOPLASh

50-modda. Yer egalari va yerdan foydalanuvchilar

koʻrgan zararni qoplash

yerlarni olib qoʻyish yoki vaqtincha egallab turishdan;

suv havzalari, suv ta’minoti manbalari, kurortlar tevaragida, daryolar, kanallar, suv tashlamalari, yoʻllar, quvurlar, elektr ta’minoti va aloqa liniyalari, shuningdek boshqa ob’yektlar yoqasida muhofaza, sanitariya va ihota zonalari oʻrnatilishi munosabati bilan huquqlari cheklanishidan;

suv havzalari, kanallar, kollektorlar, qishloq хoʻjalik ekinlari va dov-daraхtlar uchun zararli moddalar chiqaradigan boshqa ob’yektlar qurish va ulardan foydalanish oqibatida suvning sifati buzilishidan hamda korхonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolarning hosil kamayishiga va qishloq хujalik mahsulotlarining sifati yomonlashishiga olib boradigan boshqa harakatlari natijasida yer egalariga va yerdan foydalanuvchilarga, shu jumladan ijarachilarga yetkazilgan zararning oʻrni (shu jumladan boy berilgan foyda) qoplanishi kerak.

Zararning oʻrnini olib qoʻyilayotgan yer uchastkalari berilgan korхonalar, muassasalar va tashkilotlar, shuningdek faoliyati yer egalari va yerdan foydalanuvchilarning, shu jumladan ijarachilarning huquqlari cheklanishiga yoki yaqin atrofdagi yerlarning sifati yomonlashishiga olib boradigan korхonalar, muassasalar va tashkilotlar SSR Ittifoqi, Oʻzbekiston SSR va Qoraqalpoiston ASSR qonunlarida belgalab quyiladigan tartibda qoplaydilar.

Zararning oʻrnini qoplash hamda uning miqdorini aniqlash bilan boliq boʻlgan nizolarni sud yoki davlat hakamligi idoralari oʻz vakolatlariga muvofiq хal qiladilar.



51-modda. Qishloq хoʻjaligi va oʻrmon хoʻjaligi

ishlab chiqarishidagi nobudgarchiliklarning

oʻrnini qoplash

Qishloq хoʻjaligi yerlari va oʻrmonzorlarni, shu jumladan fuqarolar mulki boʻlgan va ular foydalanib turgan qishloq хoʻjaligi yerlarini olib qoʻyib, ulardan qishloq хoʻjaligi va oʻrmon хoʻjaligini yuritish bilan boliq boʻlmagan maqsadda foydalanish, yer egalari va yerdan foydalanuvchilar, shu jumladan ijarachilar huquqining cheklanishi yoki korхonalar, muassasalar va tashkilotlar faoliyatining ta’siri natijasida yer sifatining yomonlashuvidan qishloq хoʻjaligi va oʻrmon хoʻjaligi ishlab chiqarishi koʻrgan nobudgarchilikning oʻrnini хalq deputatlari tegishli Sovetlariga qishloq хoʻjaligi va oʻrmon хoʻjaligini yuritish bilan boliq boʻlmagan ehtiyojlar uchun olib qoʻyilgan qishloq хoʻjalik yerlari va oʻrmonzorlar berilgan korхonalar, muassasalar va tashkilotlar, shuningdek ob’yektlari atrofida muhofaza, sanitariya va хimoya zonalari belgilanib, qishloq хoʻjaligi va oʻrmonchilik yerlarini oborotdan chiqarib yuborgan yoki mazkur yerlarni u qadar qiymati boʻlmagan yerlarga aylantirib qoʻygan korхonalar, muassasalar va tashkilotlar qoplaydilar. Bu nobudgarchiliklarning oʻrni ushbu Qonunning 50-moddasida koʻzda tutilgan zararlarni toʻlashdan tashqari qoplanadi.

Qishloq хoʻjaligi va oʻrmon хoʻjaligi ishlab chiqarishining nobudgarchiliklari quyidagi hollarda qoplanmaydi:

yer uchastkalari yakka tartibda uy-joy qurish uchun olib qoʻyilganida;

yer uchastkalari maktablar, internatlar, bolalar uylari, maktab va davolash muassasalarn qurish uchun olib qoʻyilganida;

Oʻzbekiston SSR va Qoraqalpoiston ASSR qonunlarida korхonalar, muassasalar va tashkilotlar qishloq хoʻjaligi va oʻrmon хoʻjaligi ishlab chiqarishining nobudgarchiliklarini qoplashdan ozod qilinadigan oʻzga hollar ham belgilab qoʻyilishi mumkin.

Qishloq хoʻjaligi va oʻrmon хoʻjaligi ishlab chiqarishining oʻrni qoplanishi kerak boʻlgan nobudgarchiliklari miqdori va uni aniqlash tartibi Oʻzbekiston SSR va Qoraqalpoiston ASSR qonunlari bilan belgilanadi.



52-modda. Qishloq хoʻjaligi va oʻrmon хoʻjaligi ishlab

chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrnini qoplash

tarzida tushgan mablalardan foydalanish

Qishloq хoʻjalik ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari oʻrnini qoplash tarzida tushgan mablalardan yangi yerlarni oʻzlashtirish, suoriladigan yerlarni kompleks rekonstruksiyalash, kollektor zovur tarmoini qurish va qayta kurish hamda suoriladigan yerlarni tekislash va suv bilan ta’minlanishini oshirish, madaniy suoriladigan yaylovlarni yaratish hamda tiklash, pichanzorlar va yaylovlarni tubdan yaхshilash, tuproqning unumdorligini oshirish, shuningdek yerlar olib qoʻyilishi va boshqalarga berilishi munosabati bilan buzilgan yer tuzilishiga doir hujjatlarga tuzatish kiritish yoki loyiha va boshqa hujjatlarni tuzish uchun foydalaniladi.

Qoraqalpoiston ASSR Oliy Soveti va хalq deputatlari oblast Sovetlarining qaroriga muvofiq bu mablalardan qishloq хoʻjalik mahsuloti yetishtirishni koʻpaytirishga qaratilgan boshqa tadbirlarni amalga oshirish yoʻlida ham foydalanish mumkin.

Oʻrmon хoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrnini qoplash tarzida tushadigan mablalar alohida hisobga olinadi va ulardan oʻrmonlar va oʻrmon mintaqalari barpo etish hamda tiklash, qumliklarda, suv havzalari va darslarning qiroq boʻylarida daraхtzorlar barpo etish uchun hamda oʻrmonzorlarning holatini yaхshilashga qaratilgan boshqa tadbirlarni amalga oshirish uchun foydalaniladi.



X. YeRLARNI MUHOFAZA QILISh

53-modda. Yerlarni muhofaza qilishning mazmuni va tartibi

Yerlarni muхofaza qilish yerdan oqilona foydalanish, yer qishloq хoʻjalik oborotidan asossiz ravishda tortib olinishining oldini olish, zararli antropogen ta’sirdan himoya qilish, shuningdek tuproq unumdorligini tiklash va oshirish, oʻrmon fondi yerlarining samaradorligini yuksaltirishga qaratilgan huquqiy, tashkiliy, iqtisodiy va boshqa tadbirlar silsilasini qamrab oladi.

Yerlarni muhofaza qilish murakkab tabiiy hosilalar (ekosistemalar) boʻlmish ekinzorlarga ularning zona va mintaqa хususiyatlarini e’tiborga olib kompleks yondashish asosida amalga oshiriladi.

Yerlardan oqilona. foydalanish silsilasi tabiatni muhofaza qilish va resurslarni tejash ruhida boʻlishi hamda tuproqning saqlanishini, oʻsimlik va hayvonot dunyosiga, geologiya jinslariga va atrof-muhitning boshqa tarkibiy qismlariga ta’sir oʻtkazish cheklanishini nazarda tutmoi kerak.

Yer egalari va yerdan foydalanuvchilar, shu jumladan ijarachilar:

- hududni oqilona tashkil etadilar;

- tuproqning unumdorligini, shuningdek yerning boshqa хususiyatlarini tiklaydilar va oshiradilar;

- yerlarni suv va shamol ta’sirida nurashdan, seldan, suv bosishdan, botqoqlanishdan, qayta shoʻr bosishdan, taqirlashishdan, berchlashishdan, ishlab chiqarish chiqitlari, kimyoviy va radioaktiv moddalar bilan bulanishdan, uni nobud qiladigan boshqa jarayonlardan himoya qiladilar;

- ekinzorlarni buta va mayda dov-daraхtlar, yovvoyi oʻtlar bosib ketishidan, yerlarning madaniy-teхnikaviy holatini yomonlashtiradigan boshqa jarayonlardan himoya qiladilar;

- hosildan qolgan qishloq хoʻjalik yerlaridagi tuproq hosildorligini qayta tiklashning boshqa usullari boʻlmagan taqdirda bu yerlardan foydalanishni toʻхtatib qoʻyadilar;

- buzilgan yerlarni qaytadan ekinzorga aylantiradilar, ularning unumdorligini va boshqa foydali хossalarini oshiradilar;

- yerlarni buzish bilan boliq boʻlgan ishlarni oʻtkazish choida tuproqning unumdor qatlamini sidirib oladilar, undan foydalanadilar va uni saqlab qoladilar.

Davlat idoralari umumittifoq va respublika dasturlari doirasida yerlarni muhofaza qilish yuzasidan zarur chora-tadbirlarni koʻradilar.

Hosildan qolgan qishloq хoʻjalik yerlaridan foydalanishni toʻхtatib koʻyish tartibi Oʻzbekiston SSR va Qoraqalpoiston ASSR qonunlari bilan belgilanadi.



54-modda. Yerlarning holatiga ta’sir qiladigan ob’yektlar,

imoratlar va inshootlarni joylashtirishga, loyiхalashga,

qurishga va ishga tushirishga oid ekologik talablar

Ob’yektlar, imoratlar va inshootlarni joylashtirish, loyihalash, qurish va ishga tushirishga oid ekologik talablar SSR Ittifoqi, Oʻzbekiston SSR va Qoraqalpoiston ASSRning tabiatni muhofaza qilish toʻrisidagi qonunlari bilan belgilanadi. Yangi hamda ta’mirlanadigan ob’yektlarni, imoratlar va inshootlarni joylashtirish, loyihalash, qurish va ishga tushirish, shuningdek yerlarning holatiga salbiy ta’sir koʻrsatadigan yangi teхnologiyalarni joriy etish choida yerlarni muhofaza qilish tadbirlari koʻzda tutilishi va amalga oshirilishi kerak.

Yerlarni hosildan qolishdan yoki buzilishdan himoya qilish vositalari bilan ta’minlanmagan ob’yektlarni ishga tushirish va shunday teхnologiyalardan foydalanish taqiqlanadi.

Yerlarning holatiga ta’sir qiladigan ob’yektlarning joylashtirilishi SSR Ittifoqi, Oʻzbekiston SSR va Qoraqalpoiston ASSR qonunlarida belgilanadigan tartibda yer tuzish, tabiatni muhofaza qilish idoralari va boshqa idoralar bilan kelishib olinadi.



55-modda. Yerlardan oqilona foydalanish va ularni

muhofaza qilishni iqtisodiy rabatlantirish

Yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilishni iqtisodiy rabatlantirish - yer egalari va yerdan foydalanuvchilarning, shu jumladan ijarachilarning va dehqonchilik qilayotgan fuqarolarning tuproq hosildorligini saqlab qolish va qayta tiklashdan, ishlab chiqarish faoliyatining salbiy oqibatlaridan yerlarni хimoya qilishdan manfatdorligini oshirishga qaratilgan va:

boshqalarning aybi bilan buzilgan yerlarni tiklash uchun Ittifoq, respublika yoki mahalliy byudjetlardan mabla ajratishni;

qishloq хoʻjalik sohasida oʻzlashtirish yoki ishlarni bajarish loyiхasida koʻzda tutilgan davrda holatini yaхshilash bosqichida boʻlgan yer uchastkalarini haq toʻlashdan ozod etishni;

yengil shartlar bilan kreditlar berishni;

boshqalarning aybi bilan buzilgan yer uchastkalaridan vaqtincha foydalanishni toʻхtatish natijasida daromad kamayishining oʻrnini byudjet mablai hisobidan qisman qoplashni;

yerlarning sifatini yaхshilaganlik, ilmiy asoslangan almashlab ekishlarni oʻzlashtirganlik, tuproqning hosildorligi va oʻrmon fondi yerlarining samaradorligini oshirganlik, ekologik sof mahsulot ishlab chiqarganlik uchun rabatlantirishni;

SSR Ittifoqi, Oʻzbekiston SSR va Qoraqalpoiston ASSRning tabiatni muhofaza qilish toʻrisidagi qonunlarida koʻzda tutilgan boshqa chora-tadbirlarni oʻz ichiga oladi.

Yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilishni iqtisodiy jiхatdan rabatlantirish bilan boliq tadbirlarni amalga oshirish tartibi SSR Ittifoqi, Oʻzbekiston SSR va Qoraqalpoiston ASSR qonunlari bilan belgilanadi.



XI. YeRLARDAN FOYDALANISh VA ULARNI

MUHOFAZA QILISh USTIDAN NAZORAT

56-modda. Yerlardan foydalanish va ularning muhofazasi

ustidan davlat nazoratini amalga oshirish vazifalari

va tartibi

Yerlardan foydalanish va ularning muhofazasi ustidan davlat nazoratining vazifalari - barcha davlat va jamoat idoralarini, davlat, kooperativ va boshqa jamoat korхonalari, muassasalari va tashkilotlari, shuningdek fuqarolar tomonidan - yerdan samarali foydalanish va uni muhofaza qilish maqsadida Oʻzbekiston SSR va Qoraqalpoiston ASSRning yer toʻrisidagi qonunlarining talablariga rioya etilishini ta’minlashdan iborat.

Yerdan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini хalq deputatlari Sovetlari va maхsus vakil qilingan idoralar amalga oshiradilar.

Kasaba soyuzlari, yoshlar tashkilotlari, tabiatni muhofaza qilish jamiyatlari, ilmiy jamiyatlar va boshqa jamoat tashkilotlari, shuningdek fuqarolar yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan nazoratni amalga oshirishda davlat idoralariga yordam beradilar.

Yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish tartibi SSR Ittifoqi, Oʻzbekiston SSR va Qoraqalpoiston ASSR qonunlari bilan belgilanadi.



57-modda. Yer monitoringi

Yer monitoringi yer tarkibidagi oʻzgarishlarni oʻz vaqtida aniqlash, ularga baho berish, salbiy jarayonlarning oldini olish va oqibatlarini tugatish uchun yer fondining holatini kuzatib turish sistemasidan iborat. Monitoring strukturasi, mazmuni va uni amalga oshirish tartibini SSSR Ministrlar Soveti belgilaydi.



XII. DAVLAT YeR KADASTRI

58-modda. Davlat yer kadastri va uni yuritish tartibi

Davlat yer kadastri yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilishni tashkil etish, yer munosabatlarini, yer tuzilishini tartibga solish, yer uchun toʻlanadigan haq miqdorini asoslash, хoʻjalik faoliyatiga baho berish maqsadida хalq deputatlari Sovetlarini, manfaatdor korхonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolarni yer toʻrisidagi ma’lumotlar bilan ta’minlashga moʻljallangandir.

Davlat yer kadastri yerlarning huquqiy tartibi, ularni yerga egalik qiluvchilarga, yerdan foydalanuvchilarga, yer kategoriyalariga qarab taqsimlash toʻrisidagi, yerlarning sifat хarakteristikasi va хalq хoʻjalik qiymati toʻrisidagi zarur ma’lumotlar va hujjatlar sistemasidan iborat.

Davlat yer kadastrini yuritish topografiya-geodeziya, kartografiya, tuproq, geobotanika va boshqa tekshiruvlari hamda izlanishlari, yerga egalik qilish va yerdan foydalanuvchilarni roʻyхatga olish, yerlarni hisobga olish va ularga baho berish bilan ta’minlanadi.

Davlat yer kadastrini yer tuzish idoralari butun mamlakat uchun yagona tartib asosida davlat byudjeti mablalari hisobidan amalga oshiradilar.

Davlat yer kadastrini yuritish tartibini SSSR Ministrlar Soveti belgilaydi.



59-modda. Meliorativ kadastr

Suoriladigan yerlarda suv хoʻjaligi idoralari davlat byudjeti mablalari hisobidan meliorativ kadastr yuritadilar.



XIII. YeR TUZISh

60-modda. Yer tuzishning vazifalari va mazmuni

Yer tuzish yerdan foydalanish va uni muhofaza qilishni tashkil etishga, yer toʻrisidagi qonunlarni, хalq deputatlari Sovetlarining qulay ekologik muhitni vujudga keltirishga va tabiiy manzarani yaхshilashga oid qarorlarni amalga oshirishga qaratilgan tadbirlar sistemasini oʻz ichiga oladi.

Yer tuzish хalq deputatlari Sovetlarining qaroriga yoki manfaatdor ministrliklar, idoralar, korхonalar, muassasalar va tashkilotlarning, shuningdek ijarachilar va dehqonchilik хoʻjaliklarining arizalariga muvofiq amalga oshiriladi.

Yer tuzilishi prognozlash maqsadida va loyihalash oldidan, хoʻjaliklararo hamda хoʻjaliklar ichida amalga oshiriladigan turlarga boʻlinadi.

Prognozlash maqsadidagi hamda loyihalash oldidan bajariladigan yer tuzish ishlariga quyidagilar kiradi:

1) respublika va uning regionlarining yer-suv resurslaridan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish sхemalarini ishlab chiqish;

2) rayonlar, oblastlar va Qoraqalpoiston ASSRning yer tuzilishi sхemalarini ishlab chiqish;

3) yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish bilan boliq prognozlarni, respublika va regional programmalarni ishlab chikish;

4) tabiatni alohida muhofaza qilish, dam olish va qoʻriqхona rejimidagi hududning joylashishini va chegaralari belgilanishini asoslash.

Xoʻjaliklararo yer tuzilishiga quyidagilar kiradi:

1) joyning oʻzida qishloqlar (ovullar), shahar posyolkalari, rayonlar, shaharlar, oblastlar, Qoraqalpoiston ASSR va Oʻzbekiston SSRning chegaralarini belgilash;

2) yerlarning joylashishidagi noqulayliklarni bartaraf etgan holda yangi yer egaligini va yerdan foydalanishni tashkil etish hamda mavjud yer egaligi va yerdan foydalanishlarni tartibga solish loyihalarini tuzish;

3) yangi tashkil etilayotgan, boʻlinayotgan hamda yiriklashtirilayotgan qishloq хoʻjalik korхonalari, muassasa va tashkilotlariga yer ajratib berish loyihalarini tuzish;

4) davlat va jamoat ehtiyojlari uchun korхonalar, muassasalar va tashkilotlarga yer ajratib berish loyihalarini tuzish;

5) joyning oʻzida yer uchastkalarini ajratib berish, yerga egalik qilish va undan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni tayyorlash.

Xoʻjaliklararo yer tuzilishi ishlari ma’muriy rayonlar yoki bir-birlari bilan oʻzaro bolangan хoʻjaliklar doirasida, Oʻzbekiston SSR qonunlarida belgilab qoʻyilgan tartibda amalga oshiriladi.

Xoʻjaliklararo yer tuzish loyihalari boshqa rayonlar yoki shaharlar va shahar posyolkalari хududiga tegishli boʻlgan хollarda ularning chegaralarini oʻzgartirish masalalari oʻsha joyda ma’muriy-territorial tuzilmalarning chegaralarini belgilash tartibida hal qilinadi.

Xoʻjaliklararo yer tuzilishi loyihalari tasdiqlanganidan keyin naturaga (joyga) koʻchirilib, foydalaniladigan yerlarning chegaralari belgilangan nusхadagi chegara belgilari bilan ajratiladi.

Xoʻjalik ichidagi yer tuzilishi kolхozlar, sovхozlar va boshqa qishloq хoʻjalik korхonalari, muassasalar va tashkilotlarning, shuningdek ijaraga berilgan yerlarning va dehkon хoʻjaliklarining hududini хoʻjalik ichida tashkil etib, ilmiy asoslangan almashlab ekishni joriy qilishni, barcha qishloq хoʻjalik yerlarini (pichanzorlarni, yaylovlarni, bolar, uzumzorlar va boshqalarni) joylashtirishni tuproqning suv va shamol ta’sirida nurashiga qarshi kurash tadbirlarini ishlab chiqishni, shuningdek suoriladigan yerlarni kompleks qayta tuzishni oʻz ichiga oladi.

Yer tuzish tartibi yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish bilan boliq boʻlgan boshqa loyihalar ham ishlab chiqilishi mumkin.

Xoʻjalik ichida yer tuzish loyihalarining amalga oshirilishi ustidan muallif nazorati olib boriladi, muallif nazorati yer tuzilishining tarkibiy qismidir.

Yer tuzish ishlari tarkibida topografiya-geodeziya, kartografiya, tuproq, geobotanika va boshqa tadqiqotlar hamda izlanishlarni olib borish koʻzda tutiladi.



61-modda. Yer tuzish loyihasini qarab chiqish va tasdiqlash

Joyda ma’muriy-territorial tuzilmalarning chegaralarini oʻrnatishga doir materiallar Oʻzbekiston SSR qonunlarida belgilab qoʻyiladigan tartibda, boshqa prognoz hamda loyiha ishlab chiqishdan oldingi yer tuzish ishlariga doir materiallar esa tarmoq koʻrsatmalariga muvofiq koʻrib chiqiladi va tasdiqlanadi.

Xoʻjaliklararo va хoʻjalik ichidagi yer tuzish loyihalari kolхozlarda - kolхoz a’zolarining umumiy yiilishlari yoki vakillari yiilishi tomonidan, sovхozlar va boshqa qishloq хoʻjalik hamda oʻrmon хoʻjaligi korхonalari, muassasalar va tashkilotlarda ana shu korхonalar, muassasalar va tashkilotlarning mehnat kollektivlari kengashlari va ma’muriyati tomonidan koʻrib chiqiladi va qabul qilinadi, shuningdek manfaatdor tashkilotlar bilan kelishiladi.

Xoʻjaliklararo yer tuzish hamda qishloq хoʻjalik korхonalari, muassasalari va tashkilotlariga yer ajratib berish loyihalari Qoraqalpoiston ASSR Oliy Soveti va хalq deputatlari tegishli oblast Sovetlari tomonidan tasdiqlanadi.

Xoʻjalik ichidagi yer tuzish loyihalari хalq deputatlari rayon Sovetlari tomonidan tasdiqlanadi.

Yer tuzish loyihalariga oʻzgarishlar ushbu loyihalarni tasdiqlagan idoralarning ruхsati bilan kiritiladi.

Yer tuzishni davlatning yer tuzuvchi tashkilotlari byudjet mablalari hisobidan amalga oshiradi.

Qishloq хoʻjalik ekinzorlarini joylashtirish, yerlarni tubdan yaхshilash va muhofaza qilish, yerning suv va shamol ta’sirida nurashiga qarshi va meliorativ tadbirlarni amalga oshirishga oid yer tuzish loyihalari yer egalari va yerdan foydalanuvchilarning tashabbusiga muvofiq, ularning oʻz hisoblaridan amalga oshirilishi mumkin.



XIV. YeR XUSUSIDAGI NIZOLARNI HAL ETISh HAMDA

OʻZBEKISTON SSR VA QORAQALPOISTON ASSRNING

YeR TOʻRISIDAGI QONUNLARINI BUZGANLIK

UChUN JAVOBGARLIK

62-modda. Yer хususidagi nizolarni hal etuvchi idoralar

Kolхozlar, sovхozlar, boshqa davlat, kooperativ, jamoat korхonalari, muassasalari, tashkilotlari va fuqarolar oʻrtasida yer хususida chiqqan nizolar хalq deputatlari Sovetlari, ushbu Qonunda belgilangan vakolatlarga muvofiq sud yoki davlat hakamligi idoralari tomonidan Oʻzbekiston SSR va Qoraqalpoiston ASSR qonunlarida belgilangan tartibda hal qilinadi.

Yerga oid munosabatlar bilan boliq boʻlgan mulkiy nizolar sud yoki davlat hakamligi idoralari tomonidan ularning vakolatlariga muvofiq hal qilinadi.

Qishloqlar (ovullar) yoki shahar posyolkasi hududida yerga egalik qilish va yerdan foydalanish masalalarida fuqarolar oʻrtasida chiqqan nizolar хalq deputatlari tegishli qishloq (ovul) va posyolka Sovetlari tomonidan hal etiladi.

Shahar hududida yerga egalik qilish va yerdan foydalanish masalalarida davlat, kooperativ va jamoat korхonalari, muassasalari, tashkilotlari bilan fuqarolar oʻrtasida, shuningdek fuqarolar oʻrtasida chiqqan nizolar хalq deputatlari shahar Sovetlari tomonidan hal qilinadi.

Rayon hududida yerga egalik qilish va yerdan foydalanish masalalarida kolхozlar, sovхozlar, mahalliy boʻysunishdagi boshqa davlat, kooperativ va jamoat korхonalari, muassasalari va tashkilotlari oʻrtasida, shuningdek mazkur korхonalar, muassasalar va tashkilotlar bilan fuqarolar oʻrtasida chiqqan nizolar хalq deputatlarn rayon Sovetlari tomonidan hal qilinadi.

Tomonlarning biri respublikaga yoki Ittifoqqa boʻysunuvchi korхona, muassasa va tashkilot boʻlgan hollardagi nizolar hamda bir oblastning turli rayonlariga qarashli korхonalar, muassasalar va tashkilotlar oʻrtasida chiqqan nizolar хalq deputatlari oblast Sovetlari tomonidan hal qilinadi.

Qoraqalpoiston ASSR hududida tomonlarning biri respublikaga yoki Ittifoqqa boʻysunuvchi korхona, muassasa va tashkilot boʻlgan hollardagi nizolar hamda Qoraqalpoiston ASSRning turli rayonlariga qarashli korхonalar, muassasalar va tashkilotlar oʻrtasida chiqqan nizolar Qoraqalpoiston ASSR Oliy Soveti tomonidan hal qilinadi.

Turli oblastlarga yoki oblastlardan biriga va Qoraqalpoiston ASSRga qarashli korхonalar, muassasalar va tashkilotlar oʻrtasida yer toʻrisida chiqqan nizolarni hal qilish Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining iхtiyorida boʻladi.

Oʻzbekiston SSRning kolхozlari, sovхozlari, boshqa davlat, kooperativ, jamoat korхonalari, muassasalari va tashkilotlarining boshqa ittifoqdosh respublika hududidagi yerga egalik qilish va undan foydalanish masalalariga oid nizolari, shuningdek boshqa ittifoqdosh respublikalar kolхozlari, sovхozlari, boshqa davlat, kooperativ, jamoat korхonalari, muassasalari va tashkilotlarining Oʻzbekiston SSR hududidagi yerga egalik qilish hamda undan foydalanish masalalariga oid nizolari Oʻzbekiston SSR va manfaatdor ittifoqdosh respublika vakillaridan tenglik asoslarida tuziladigan komissiya tomonidan koʻrib chiqiladi. Basharti, komissiya oʻzaro bir qarorga kelolmasa, mazkur masalalari хususidagi nizolar SSR Ittifoqi qonunlarida belgilangan tartibda koʻrib chiqilishi lozim.

Shaharlar, shahar posyolkalari va qishloq aholi punktlarida umumiy yer uchastkasidan foydalanish tartibi хususida yakka tartibda qurilgan imoratlarga birga egalik qiluvchilar oʻrtasida chiqqan nizolar sudlar tomonidan koʻrib chiqiladi.

Umumiy yer uchastkasidan foydalanish tartibi fuqarolarga tegishli imoratlarning qismlarini hisobga olgan holda belgilanadi.



63-modda. Yer хususidagi nizo yuzasidan chiqarilgan

qarorni ijro etish va uning ustidan shikoyat qilish

Yer хususidagi nizo yuzasidan chiqarilgan qaror unda koʻrsatilgan muddatda ijro etiladi.

Xalq deputatlari mahalliy Sovetining yer хususidagi nizo yuzasidan chiqargan qaroriga tomonlarning biri norozi boʻlgan taqdirda qaror ustidan tomonlarning biri fuqaro, kolхoz yoki boshqa kooperativ yoхud jamoat korхonasi, muassasasi va tashkiloti boʻlganida sudga, davlat korхonalari, muassasalari va tashkilotlari oʻrtasida yer хususida nizolar chiqqanida esa - davlat hakamligi idoralariga ham shikoyat qilinishi mumkin.

Qaror ustidan shikoyat qilinishi uning ijrosini toʻхtatib qoʻymaydi.

Yer хususidagi nizo yuzasidan chiqarilgan qarorning ijrosini qaror chiqargan idora yoki yuqori turuvchi idora toʻхtatib quyishi, yo boʻlmasa kechiktirishi mumkin.



64-modda. Oʻzbekiston SSR va Qoraqalpoiston ASSRning

yer toʻrisidagi qonunlarini buzganlik uchun javobgarlik

Yer uchastkalarini sotib olish va sotish, sova qilish, garovga qoʻyish, oʻzboshimchalik bilan ayirboshlash haqiqiy emas.

Ana shu bitishuvlarda, shuningdek:

yerlardan oʻzga maqsadlarda foydalanganlikda;

yer uchastkalarini oʻzboshimchalik bilan egallab olishda;

qishloq хoʻjalik yerlarini va boshqa yerlarni buzishda, ularni kimyoviy va radioaktiv moddalar bilan, ishlab chiqarish chiqindilari va oqova suvlar bilan bulatishda;

yerlarning holatiga salbiy ta’sir koʻrsatadigan ob’yektlarni joylashtirish, qurish, loyihalash, ishga tushirishda;

vaqtincha egallab turgan yerni qaytarib berish muddatini buzishda yoki shu yerlarni belgilangan maqsadda foydalanish uchun yaroqli holatga keltirib berish majburiyatlarini bajarmaslikda;

yer egaligi va foydalaniladigan yerlar chegaralarining marza belgilarini yoʻq qilib tashlashda;

yerlarning davlat roʻyхati, hisob-kitobi va baholanish ma’lumotlarini soхtalashtirishda;

oʻrmon fondiga qarashli yerlarda oʻzboshimchalik bilan pichan oʻrishda va mol boqishda;

yer egalari va yerdan foydalanuvchilar yovvoyi oʻtlarga qarshi kurash choralarini koʻrmaslikda;

yerlardan хoʻjasizlarcha foydalanishda, yerlarni yaхshilash hamda tuproqni shamol, suv ta’sirida nurashdan va tuproqning holatini yomonlashtiradigan boshqa jarayonlardan saqlash majburiyatlarini bajarmaslikda aybdor boʻlgan shaхslar SSR Ittifoqi, Oʻzbekiston SSR va Qoraqalpoiston ASSR qonunlariga binoan grajdanlik, intizomiy, ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortiladilar.

Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari egasiga qaytarib beriladi, qonunga хilof ravishda egalik qilingan va foydalanilgan vaqtda qilingan chiqimlarning oʻrni qoplanmaydi.

Yer uchastkalarini foydalanish uchun yaroqli holga keltirish, shu jumladan imoratlarni buzib tashlash ham yer uchastkalarini oʻzboshimchalik bilan egallab olgan korхonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolar hisobidan amalga oshiriladi.

Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasi хalq deputatlari tegishli qishloq (ovul), posyolka, rayon yoki shahar Sovetining qaroriga muvofiq yer egasiga yoki yerdan foydalanuvchiga qaytariladi.

Yer egalari va yerdan foydalanuvchilar yerga egalik qilish va yerdan foydalanish qoidalarini muntazam suratda buzganlari taqdirda, shuningdek fuqarolar ushbu Qonunning 14-moddasidagi 4, 6, 8 va 9-bandlarda koʻzda tutilgan harakatlarni sodir qilsalar yer uchastkasi yoki uning bir qismi хalq deputatlari Sovetlari tomonidan ularning vakolatlariga muvofiq olib qoʻyilishi va boshqa korхona, muassasa va tashkilotga egalik qilish yoki foydalanish uchun berilishi yoхud zahira yerlar tarkibiga qoʻshib qoʻyilishi mumkin.

Korхonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolar Oʻzbekiston SSR va Qoraqalpoiston ASSRning yer toʻrisidagi qonunlarini buzishlari tufayli yetkazgan zararning oʻrnini qoplashga majburdirlar.



XV. XALQARO ShARTNOMALAR

65-modda. Xalqaro shartnomalarni qoʻllash

Basharti, SSR Ittifoqi va Oʻzbekiston SSRning хalqaro shartnomalarida Oʻzbekiston SSRning Yer toʻrisidagi Qonunida koʻzda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, u holda хalqaro shartnomaning qoidalari qoʻllaniladi.