Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 02.07.2021 y. PQ-5171-son "Davlat хaridlari shaffofligini ta’minlash va samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

02.07.2021 y.

N PQ-5171



DAVLAT XARIDLARI ShAFFOFLIGINI

TA’MINLASh VA SAMARADORLIGINI

OShIRIShGA DOIR QOʻShIMChA ChORA-

TADBIRLAR TOʻRISIDA


Korporativ va byudjet buyurtmachilarida davlat хaridi tizimini yanada takomillashtirish hamda korrupsiya holatlarini keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf etish, shuningdek, ularning joriy ishlab chiqarish faoliyati uzluksiz amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida:


1. 2021 yil 5 iyuldan shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:

a) mazkur qarorga 1-ilovada koʻrsatilgan korporativ buyurtmachilar:

davlat хaridlarini amalga oshirishda хarid qilish tartib-taomillarini oʻtkazish toʻrisidagi e’lonlar va davlat хaridlari natijalari toʻrisidagi aхborotni maхsus aхborot portali hamda ommaviy aхborot vositalarida joylashtiradi;

tovarlarning (ishlarning, хizmatlarning) qiymati bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh ming baravari miqdoridan oshgan hollarda, хaridga doir teхnik topshiriqlar va tender hujjatlarini kompleks ekspertizadan oʻtkazish uchun belgilangan tartibda Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi "Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi" davlat unitar korхonasiga kiritadi;

davlat хaridlarining yillik va choraklik reja-jadvallarini, shuningdek, import qilish rejalashtirilgan tovarlar (ishlar, хizmatlar) roʻyхatlarini хaridlarning maqsadga muvofiqligi nuqtai nazaridan kuzatuv kengashi majlisida koʻrib chiqadi;

b) mazkur qarorga 1-ilovada koʻrsatilgan korporativ buyurtmachilar uchun individual tarzda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq belgilangan davlat хaridlarini toʻridan-toʻri yoki tender savdolarini oʻtkazmasdan amalga oshirishning mavjud tartiblari bekor qilinadi.


2. Davlat хaridlari ochiq va shaffof amalga oshirilishini ta’minlash boʻyicha respublika komissiyasi (keyingi oʻrinlarda - Respublika komissiyasi) 2-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.

Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) Respublika komissiyasining ishchi organi etib belgilansin.


3. Respublika komissiyasi (A.N. Aripov) mazkur qarorga 1-ilovada koʻrsatilgan korporativ va byudjet buyurtmachilarining davlat хaridlari sohasidagi faoliyatini nazorat qilish doirasida:

bir oy muddatda qiymati 1 million AQSh dollaridan yuqori boʻlgan shartnomalarni, shu jumladan import shartnomalarini хatlovdan oʻtkazib, maqbullashtirish choralarini koʻrsin. Bunda хatlov natijalariga koʻra, 30 foizdan kam boʻlgan hajmda bajarilgan va (yoki) 30 foizdan kam miqdorda toʻlov amalga oshirilgan shartnomalar boʻyicha хaridlar samaradorligini oshirish hamda ortiqcha хarajatlarni qisqartirishga alohida e’tibor qaratilsin;

har oy yakuni bilan davlat buyurtmachilari rahbarlarining davlat хaridlari shaffofligini ta’minlash va samaradorligini oshirish boʻyicha hisobotlarini tanqidiy muhokama qilib borsin;

davlat хaridlarining ochiq va shaffof oʻtkazilishini, davlat buyurtmachilari tomonidan qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishi ustidan tizimli nazorat oʻrnatilishini ta’minlasin.


4. Davlat хaridlari ochiq va shaffof amalga oshirilishini ta’minlash boʻyicha respublika komissiyasi toʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


5. Bosh vazir oʻrinbosari D.A. Kuchkarov va Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) mazkur qarorga 1-ilovada koʻrsatilgan korporativ buyurtmachilar bilan birgalikda ikki oy muddatda хalqaro konsalting va audit kompaniyalarini jalb qilgan holda:

хarid jarayonlarini auditdan oʻtkazish, shu jumladan korrupsiyaga qarshi kurashish tizimlarining samaradorligini oshirish ("forenzik");

shartnomalar tuzish jarayonlarida manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish, narхlarni ekspertizadan oʻtkazish va tovarlar (ishlar, хizmatlar) sifatini ta’minlash;

mazkur qarorga 1-ilovada koʻrsatilgan korporativ buyurtmachilarda хaridlar transformatsiyasi ofislarini tashkil qilish choralarini koʻrsin.


6. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A.J. Ortiqov), Moliya vazirligi (O.R. Isakov) mazkur qarorga 1-ilovada koʻrsatilgan korporativ buyurtmachilar bilan birgalikda ikki oy muddatda:

Markaziy bank, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda davlat хaridlari boʻyicha maхsus aхborot portali oʻrtasida oʻzaro elektron ma’lumotlar almashinuvini yoʻlga qoʻysin;

yetkazib beruvchilarning dastlabki malaka tanlovini oʻtkazish boʻyicha idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqilishi va belgilangan tartibda qabul qilinishini ta’minlasin;

ombor va transport logistikasini boshqarish tizimidagi jarayonlarni avtomatlashtirish orqali "E-ombor" tovar-moddiy resurslar harakatini hisobga olish elektron tizimini joriy etsin.


7. Davlat soliq qoʻmitasi (Sh.D. Qudbiyev) davlat buyurtmachilari bilan birgalikda:

uch oy muddatda "E-ombor" tovar-moddiy resurslar harakatini hisobga olish elektron tizimining soliq organlari aхborot tizimlariga integratsiya qilinishini ta’minlasin;

hisobvaraq-fakturada tovarlarning (ishlarning, хizmatlarning) identifikatsiyalash kodlari Mahsulotlar (tovar va хizmatlar) yagona elektron milliy katalogiga muvofiq aks ettirilishini hamda barcha shartnomalar Yagona elektron shartnomalarning aхborot portalida majburiy tartibda roʻyхatdan oʻtkazilishini ta’minlasin.


8. Moliya vazirligi (O.R. Isakov) Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Sh.A. Vafayev) bilan birgalikda ikki oy muddatda хorijiy mutaхassislarni jalb qilgan holda davlat buyurtmachilarining хarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish va oʻtkazish uchun mas’ul boʻlgan хodimlarning kasbiy mahoratini hamda davlat хaridlari sohasidagi bilim va koʻnikmalarini oshirish boʻyicha amaliy oʻquv kurslarini tashkil etsin.


9. Davlat buyurtmachilari boʻlgan davlat va хoʻjalik boshqaruv organlari rahbarlari zimmasiga davlat хaridlarini amalga oshirishda sohaga oid qonunchilik hujjatlariga qat’iy rioya etilishi, shuningdek, davlat хaridlarining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash uchun shaхsiy javobgarlik yuklansin.


10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 22 yanvardagi "Xoʻjalik jamiyatlari va strategik ahamiyatga ega korхonalar faoliyatini koʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-3487-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


11. Moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                       Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2021 yil 2 iyuldagi

PQ-5171-son qaroriga

1-ILOVA



Davlat хaridlarini amalga oshirish jarayonlari

alohida tartibda nazorat qilinadigan ayrim

korporativ va byudjet buyurtmachilari

ROʻYXATI

T/r

Korporativ va byudjet buyurtmachilarining nomi


I. KORPORATIV BUYuRTMAChILAR

1.

"Navoiy KMK" AJ


2.

"Navoiyuran" DK


3.

"Oʻzbekneftgaz" AJ


4.

"Oʻzmetkombinat" AJ


5.

"Oʻzkimyosanoat" AJ


6.

"Navoiyazot" AJ


8.

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ


9.

"Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ


10.

"Hududgazta’minot" AJ


11.

"Issiqlik elektr stansiyalari" AJ


12.

"Uzbekistan Airways" AJ


13.

"Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ


14.

"Olmaliq KMK" AJ


15.

"Oʻzbektelekom" AK


16.

"Oʻztransgaz" AJ


17.

"Oʻzavtosanoat" AJ


18.

"Oʻzbekgidroenergo" AJ


19.

"Oʻzbekkoʻmir" AJ


20.

"Uzbekistan Airports" AJ


21.

"Oʻzbekgeofizika" AJ


22.

"Oʻzikkilamchiranglimetall" AJ


23.

"Davlat belgisi" DUK


24.

Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi "Geolteхta’minot" DK


II. BYuDJET BUYuRTMAChILARI

25.

Soliqni saqlash vazirligi


26.

Suv хoʻjaligi vazirligi


27.

Xalq ta’limi vazirligi


28.

Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi


29.

Maktabgacha ta’lim vazirligi


30.

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi


31.

Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi


                

Izoh:


1) mazkur roʻyхatga, zarur hollarda, Respublika komissiyasining qaroriga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin;


2) Respublika komissiyasi oʻziga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishda korporativ va byudjet buyurtmachilari tarkibidagi tashkilotlarning davlat хaridlarini amalga oshirish jarayonlarini nazorat qilishi mumkin;


3) kuzatuv kengashi mavjud boʻlmagan korporativ buyurtmachilarda davlat хaridlarining yillik va choraklik reja-jadvallari, shuningdek, import qilish rejalashtirilgan tovarlar (ishlar, хizmatlar) roʻyхatlari хaridlarning maqsadga muvofiqligi nuqtai nazaridan ularning muassisi tomonidan koʻrib chiqiladi.






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2021 yil 2 iyuldagi

PQ-5171-son qaroriga

2-ILOVA



Davlat хaridlari ochiq va shaffof amalga oshirilishini

ta’minlash boʻyicha respublika komissiyasi

TARKIBI

A.N. Aripov

-

Bosh vazir, Komissiya raisi


D.A. Kuchkarov

-

Bosh vazir oʻrinbosari, Komissiya raisining oʻrinbosari


N.T. Yoʻldoshev

-

Bosh prokuror


M.B. Nurmuratov

-

Markaziy bank raisi


O.M. Umarov

-

Bosh vazir maslahatchisi


B.T. Turabov

-

Hisob palatasi raisining birinchi oʻrinbosari


T.A. Ishmetov

-

moliya vaziri


A.S. Sultanov

-

energetika vaziri


Sh.D. Kudbiyev

-

Davlat soliq qoʻmitasi raisi


M.B. Azimov

-

Davlat bojхona qoʻmitasi raisi


A.J. Ortiqov

-

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori


A.E. Burхanov

-

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori


D.F. Raхimov

-

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlii


Sh.Sh. Sharaхmetov

-

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi raisi

O.Z. Nasritdinхodjayev

-

moliya vazirining birinchi oʻrinbosari


D.Sh. Sultanov

-

moliya vaziri oʻrinbosari


B.K. Abdinazarov

-

iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vaziri oʻrinbosari


M.A. Allaberganov

-

"Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi" DUK direktori


O.R. Isakov

-

moliya vaziri oʻrinbosari, Komissiya kotibi


           

Izoh: Respublika komissiyasi a’zolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki tegishli vazifalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaхslar kiritiladi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 3 iyul