Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 01.07.2021 y. 412-son "Strategik tashkilotlarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash va ularda qoʻshimcha mahsulot ishlab chiqarish uchun qulay shart-sharoit yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

01.07.2021 y.

N 412



STRATEGIK TAShKILOTLARNI MOLIYaVIY

QOʻLLAB-QUVVATLASh VA ULARDA QOʻShIMChA

MAHSULOT IShLAB ChIQARISh UChUN QULAY

ShART-ShAROIT YaRATISh ChORA-TADBIRLARI

TOʻRISIDA


Tabiiy gaz yetkazib berishning alohida tartibi belgilangan strategik tashkilotlarga yetkazib berilayotgan tabiiy gaz uchun oʻzaro hisob-kitoblarni tartibga solish hamda ularning moliyaviy ahvolini barqaror saqlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, "Issiqlik elektr stansiyalari" AJ, "Oʻztransgaz" AJ va "Oʻzkimyosanoat" AJning tabiiy gaz yetkazib berishning alohida tartibi belgilangan strategik tashkilotlarga "Oʻztransgaz" AJ tomonidan shartnomadagi hajmlardan ortiqcha yetkazib berilgan tabiiy gaz qiymatiga 1,4 koeffitsent bilan oshirilgan toʻlov undirilishi tartibini bekor qilish toʻrisidagi taklifi ma’qullansin.


2. "Oʻztransgaz" AJ ushbu qaror qabul qilinguniga qadar "Issiqlik elektr stansiyalari" AJ va "Oʻzkimyosanoat" AJ tizimidagi tashkilotlarga shartnomadagi hajmlardan ortiqcha yetkazib berilgan tabiiy gaz qiymatini 1,4 koeffitsent qoʻllanmagan holda qayta hisoblab chiqsin.

4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi - Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari departamenti boshlii va Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri A.S. Sultanov zammasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                 A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 2 iyul