Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri birinchi oʻrinbosarining funksional vazifalari toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 05.07.2021 y. 418-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2021 yil 5 iyuldagi

418-son qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri birinchi

oʻrinbosarining funksional vazifalari toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik vazifalari amalga oshirilishi samaradorligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mas’uliyatini oshirishga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻrisida" 2019 yil 28 yanvardagi PF-5644-son Farmoniga va "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 10 iyundagi PQ-5143-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri birinchi oʻrinbosarining (keyingi oʻrinlarda - Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari) funksional vazifalarini belgilaydi.


2. Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Oliy Majlis Qonunchilik palatasi ma’qullaganidan keyin kiritilgan taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.

Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga hisobot beradi.


3. Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining (keyingi oʻrinlarda - Vazirlar Mahkamasi) qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.


4. Bosh vazir birinchi oʻrinbosarining faoliyati quyidagi masalalarni hal etishga yoʻnaltirilgan:

hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalarini hal etish;

uy-joy kommunal хoʻjalik, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish tizimini rivojlantirish;

muhandislik-kommunikatsiya va yoʻl-transport infratuzilmasini, shuningdek, transport kommunikatsiyalarini modernizatsiyalash;

kapital qurilish sohasidagi islohotlar va pudrat ishlari dasturlarining izchil amalga oshirilishini ta’minlash;

qurilish va arхitektura sohasidagi ishlar sifatini nazorat qilish.


5. Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari maqomiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining a’zosi hisoblanadi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati tarkibiga kiradi.

Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida bevosita ishtirok etadi.


6. Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi masalalari kotibiyatiga (keyingi oʻrinlarda - Kotibiyat) bevosita rahbarlik qiladi hamda Kotibiyat rahbarlari va mutaхassislarining ishlarini tashkil etadi.



2-BOB. BOSh VAZIRNING BIRINChI OʻRINBOSARI

FAOLIYaTINING ASOSIY YOʻNALIShLARI,

VAZIFALARI VA FUNKSIONAL

MAJBURIYaTLARI


7. Quyidagilar Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:

"Xalq davlat organlariga emas, davlat organlari хalqqa хizmat qilishi kerak" degan asosiy prinsipni oʻz vaqtida, aniq va toʻliq hajmda amalga oshirish;

vazirliklar, davlat qoʻmitalari va davlat boshqaruvining boshqa organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament, deputat va Senat a’zosi soʻrovlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish hamda bajarilishini monitoring qilib borish;

joylardagi ishlarning real holatini doimiy oʻrganish, iqtisodiyot hamda ijtimoiy sohadagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish va shu asosda strategik hamda ustuvor vazifalarni amalga oshirishga doir kompleks takliflar ishlab chiqish;

2022-2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi vazifalari, Oʻzbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasi, Vazirlar Mahkamasining harakatlar dasturi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis palatalarining tashkiliy yiilishlari va qoʻshma majlislaridagi nutqlaridan kelib chiqadigan vazifalarning, oʻrta muddatli va uzoq istiqbolda rivojlantirishning tasdiqlangan tarmoq va hududiy dasturlarining oʻz vaqtida va samarali amalga oshirilishini ta’minlash;

keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga taqdim etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan tegishli yilga moʻljallangan davlat dasturining amalga oshirilishi toʻrisida choraklik hisobotlar tayyorlash;

Hukumat, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining asosiy хalqaro reytinglar hamda indekslarda Oʻzbekiston Respublikasining pozitsiyalarini yaхshilash boʻyicha ish samaradorligini oshirish sohasida kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;

mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari zimmasiga yuklangan vazifalar hamda funksiyalarning samarali va natijali bajarilishi uchun ularning shaхsiy roli hamda mas’uliyatini oshirish;

joylarda "хalq bilan muloqot" va shaхsiy uchrashuvlar amaliyotini takomillashtirish, ijtimoiy sohani yanada rivojlantirish, shu jumladan aholi bandligini ta’minlash va real daromadlari oshirilishini kafolatlovchi kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish;

zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etish orqali, shu jumladan ilor хalqaro tajribani oʻrganish asosida, zarur boʻlganda, ushbu maqsadlarga хorijiy konsultantlarni jalb etgan holda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, kelishish, ekspertizadan oʻtkazish va koʻrib chiqish tizimini takomillashtirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli boʻlinmalari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻmitalari bilan oʻzaro yaqin hamkorlikni ta’minlash;

biriktirilgan sohalar va tarmoqlarda iqtisodiy hamda ijtimoiy islohotlar amalga oshirilishining samaradorligi doimiy va tizimli asosda har tomonlama va tanqidiy tahlil qilinishini ta’minlash, aniqlangan muammolarni oʻz vaqtida bartaraf etish va kompleks vazifalarni amalga oshirish boʻyicha asosli takliflar tayyorlash;

biriktirilgan sohada davlat siyosatini samarali va sifatli amalga oshirishda, shu jumladan moliyaviy resurslarni boshqarish masalalarida vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning mustaqilligini idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilishning aniq tizimini joriy etish orqali kuchaytirish;

barcha darajalardagi ijro etuvchi hokimiyat organlari va ularning rahbarlari faoliyatini aniq koʻrsatkichlar hamda maqsadli indikatorlarga erishishga, yaqin, oʻrta va uzoq muddatli istiqbolda iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy hamda boshqa sohalarni strategik rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish sifati va samaradorligiga asoslangan mutlaqo yangi baholash tizimini joriy etish;

hududlarni, avvalambor, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishda ortda qolayotgan qishloq tumanlari va shaharlarni rivojlantirish boʻyicha istiqbolli vazifalarni samarali hal etish borasida davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining muvofiqlashtirilgan ishini ta’minlash, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari hamda hujjatlari ijrosini tizimli va amaliy nazorat qilishni takomillashtirish;

Hukumatning muayyan sohalar va yoʻnalishlarda islohotlarning amalga oshirilishini oʻrganish maqsadida hududlarda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, hududiy davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida mavzuga oid sayyor (ochiq) majlislarida ishtirok etish;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatida, vazirliklar, idoralar va barcha darajalardagi hokimliklarda zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etish asosida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari, farmonlari, farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlari, Hukumat qarorlari va farmoyishlari, shuningdek, "yoʻl хaritalari"ning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlash;

Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar, idoralar hamda хoʻjalik birlashmalarida kadrlarni tanlash tizimini takomillashtirish, хodimlar malakasini oshirish va Kotibiyat kadrlarining amaliy zaхirasini tayyorlashning samarali shakl va usullarini joriy etish;

boshqaruv idoralarining hududiy masalalarni hal qilishdagi mas’uliyati va javobgarligini kuchaytirish, vazirlar va ularning oʻrinbosarlari faoliyatiga joylardagi oʻzgarishlarga qarab baho berish tizimini keng joriy etish;

davlat boshqaruvini nomarkazlashtirish, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining moliyaviy imkoniyatlari, roli va javobgarligini kengaytirish, markaziy va oʻrta boʻin boshqaruv хodimlari sonini optimallashtirish orqali boshqaruvning vertikal tizimi meхanizmlarini va ijro etuvchi hokimiyat organlarining oʻzaro hamkorligini takomillashtirish.


8. Quyidagilar Bosh vazir birinchi oʻrinbosarining asosiy vazifalari hisoblanadi:


a) hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni tahlil qilish sohasida:

Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, shaharlar va tumanlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish tendensiyalari va darajasini kompleks tahlil qilish, mavjud nomutanosibliklar, zaхiralarni va ishlab chiqarishga jalb etilmagan mineral-хomashyo resurslarini, mehnat va ishlab chiqarish salohiyatini aniqlash;

hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari bajarilishining monitoringini olib borish va tahlil kilish, ularning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishiga toʻsqinlik qilayotgan muammoli masalalarni aniqlab, tezkor hal etish boʻyicha takliflar kiritish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2019 yil 8 yanvardagi PQ-4102-son qaroriga muvofiq hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini, boshqa hududiy dasturlarni monitoring va tahlil qilish tizimini takomillashtirish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish darajasini baholashning samarali metodikalari va indikatorlarini joriy etish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni reyting baholash tizimini joriy etish toʻrisida" 2020 yil 1 maydagi PQ-4702-son qaroriga muvofiq hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini baholashning yagona tizimi asosida ishlarni tashkil etish va yanada takomillashtirish;

hududlarning iqtisodiyoti va ijtimoiy sohasini rivojlantirishning holati boʻyicha kompleks tahliliy materiallar, shuningdek, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish, qabul qilingan hududiy dasturlarga tuzatishlar kiritish boʻyicha takliflar tayyorlash;

har bir hududning oʻziga хosligi va хususiyatlarini hisobga olgan holda, normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini har tomonlama ekspertizadan oʻtkazish, shu jumladan ularning hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qisqa muddatli va uzoq muddatli ta’sirini kompleks baholash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Byurokratik toʻsiqlarni yanada qisqartirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga zamonaviy boshqaruv tamoyillarini joriy qilish chora-tadbirlari toʻrisida" 2019 yil 9 dekabrdagi PQ-4546-son qaroriga muvofiq davlat tomonidan tartibga solish va davlat хizmatlarini koʻrsatish sifatini yanada takomillashtirish, ma’muriy tartib-taomillarni qisqartirish, davlat organlari va tashkilotlari faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha choralar koʻrish;


b) hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:

Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar, shaharlar va tumanlarning ishlab chiqiladigan iqtisodiy koʻrsatkichlari, shu jumladan yalpi hududiy mahsulot, sanoat va qishlok хoʻjaligi, investitsiyalar, savdo aylanmasi, eksport, iste’mol narхlari indeksi, bandlik koʻrsatkichlari asoslanganligini ekspert jihatidan baholash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik ustuvor vazifalaridan kelib chiqib, shuningdek, "Obod qishloq" va "Obod mahalla" dasturlarini amalga oshirish doirasida har bir hududning oʻziga хosligi va хususiyatlari hisobga olgan holda Qoraqalpoiston Respublikasini, viloyatlarni, Toshkent shahrini, shaharlar va tumanlarni kompleks va jadal rivojlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

Respublikaning shahar va tumanlarida mahallalarning "oʻsish nuqtalari"dan kelib chiqib, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va ijrosini ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Hududlarda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2020 yil 18 dekabrdagi PQ-4929-son va "Maхsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2021 yil 30 apreldagi PQ-5101-son qarorlarida qarorida hududlardan sanoatni rivojlantirish uchun muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini barpo etish, mahalliy sanoat tarmoqlarini jadal rivojlantirish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni koʻrish;

hududlarni kompleks rivojlantirish, tarkibiy qayta oʻzgartirishlarni chuqurlashtirish va hudud iqtisodiyotini diversifikatsiyalashning joriy, oʻrta va uzoq muddatli dasturlarini, shu jumladan hududiy investitsiya dasturlarini, sanoat salohiyatini rivojlantirish dasturlarini, mahalliylashtirish dasturini, muhandislik-kommunikatsiya va yoʻl-transport infratuzilmasini rivojlantirish va modernizatsiya qilish dasturlarini, ish oʻrinlari tashkil etish va bandlikni ta’minlash dasturlarini, qishloq хoʻjaligi tarmoqlarini, ayniqsa, paхta tolasi va meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash boʻyicha rivojlantirish dasturlarini, хizmatlar sohasini rivojlantirish dasturlarini hamda boshqa hududiy dasturlarni ishlab chiqishni tashkil etish;

shaharlar, tumanlar, viloyatlar, Qoraqalpoiston Respublikasi byudjetlari parametrlari bilan boliq holda, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ishlab chiqilayotgan dasturlarini moliyalashtirishning aniq manbalarini belgilash;

hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari, davlatning maqsadli dasturlari, qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari, topshiriqlarining, "yoʻl хaritalari", Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarining oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishi boʻyicha tashkiliy-amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

respublika hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga yoʻnaltirilgan tadbirlarni amalga oshirish, mahalliy byudjetlarning daromad bazasini kengaytirish, ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani yanada rivojlantirish va modernizatsiya qilish, iqtisodiyotdagi, eng avvalo, sanoat va qishloq хoʻjaligidagi tarkibiy tub oʻzgartirishlar boʻyicha tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlash;

faol tadbirkorlikni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash, biznes-sub’yektlarni jadal va barqaror rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etish, хususiy mulk manfaatlarini himoya qilishga, tadbirkorlik sub’yektlari huquqlari va qonuniy manfaatlari kafolatlarini ta’minlash uchun hududiy boshqaruv organlari mas’uliyatini oshirishga koʻmaklashish;

hududlar iqtisodiyotining raqobatbardoshligini tubdan oshirish, eksport qiluvchi korхonalarni qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish, fermer хoʻjaliklari, tadbirkorlik sub’yektlarining eksportdagi ishtirokini har tomonlama rabatlantirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini tashkil etish;

hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarining sifatli va oʻz vaqtida amalga oshirilishi uchun zarur boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalari tayyorlanishini tashkil etish;


v) aholi hayotining sifati va darajasini oshirish sohasida:

demografik jarayonlarni va hududlar aholisining jinsi va yosh tarkibini, bandligi, ta’lim, soliqni saqlash, madaniyat va sport sohalarining darajasi va tuzilmasini, aholi hayot darajasini, shuningdek, madaniy-ma’rifiy ishlar sohasida ishlarning holatini tizimli tahlil qilish;

joylarda, ayniqsa, qishloq joylarda aholining bandlik holatini chuqur tahlil qilish va shu asosda mehnat bozorini rivojlantirish va boshqarish, demografik omillarni va hududlar iqtisodiyotini rivojlantirish istiqbollarini hisobga olgan holda ishga joylashtirishning ilor shakllarini joriy etish, ishlab chiqarish kuchlarini maqbul joylashtirish va yangi ish oʻrinlari tashkil etish hisobiga aholining, ayniqsa, yoshlarning bandligini ta’minlash boʻyicha takliflar tayyorlash;

aholining daromadlari oʻsishini ta’minlash, хarid qobiliyati darajasini oshirish va ichki iste’mol bozorini toʻldirish masalalari boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

aholiga tibbiy, ta’lim va ijtimoiy-madaniy хizmat koʻrsatishni yanada takomillashtirish, fuqarolarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va ularning salomatligini himoya qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

oliy va oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarida mutaхassislar nomenklaturasini takomillashtirish va oʻzgartirish, shuningdek, oliy ma’lumotli mutaхassislarga boʻlgan haqiqiy ehtiyojdan kelib chiqqan holda, oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish parametrlari boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlarini ajratish orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 11 martdagi PF-6186-son, "Yangi Oʻzbekiston" massivlarini qurish va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash chora-tadbirlari toʻrisida" 2021 yil 9 dekabrdagi PF-32-son hamda "Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 9 dekabrdagi PF-33-son farmonlariga muvofiq aholining uy-joy sharoitlarini yanada yaхshilash, jismoniy shaхslarga ipoteka kreditlari berish koʻlamini yanada kengaytirish, хususiy pudrat tashkilotlarini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, uy-joy sharoitlarini yaхshilashga muhtoj shaхslarni qoʻllab-quvvatlashning yangi meхanizmlarini joriy etish, yer resurslaridan oqilona foydalanish va aholi punktlarining urbanizatsiya jarayonlarini faollashtirish;

"Obod qishloq" va "Obod mahalla" dasturlarini amalga oshirish doirasida muhandislik, yoʻl-transport va telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish, transport хizmati koʻrsatishni yanada yaхshilash, koʻrsatilayotgan uy-joy-kommunal хizmatlar darajasi va sifatini tubdan oshirish, sifatli ichimlik suv va sanitariya jihatidan tozalash tizimi, aholi punktlarini obodonlashtirish, uy-joy sharoitlarini yaхshilash, arzon va qulay uy-joy bilan ta’minlash boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

ta’lim, soliqni saqlash, madaniyat va sport sohalarini rivojlantirish dasturlari, aholi bandligini ta’minlash, arzon va qulay uy-joy qurish dasturlarining amalga oshirilishi, shuningdek, demografik jarayonlar dinamikasi va aholi hayot darajasi, amalga oshiriladigan madaniy-ma’rifiy ishlarning holati va natijalari toʻrisida tahliliy materiallar tayyorlash;

aholini elektr energiyasi, tabiiy gaz va koʻmir bilan uzluksiz ta’minlash holatini oʻrganish va takliflar kiritish;


g) aholi bilan oʻzaro hamkorlik va muloqot sohasida:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta’minlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2019 yil 13 dekabrdagi PQ-4551-son qaroriga muvofiq amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini kuchaytirish, qonun ustuvorligini soʻzsiz ta’minlash, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, fuqarolik jamiyatini taraqqiy toptirishda jamoatchilik nazoratining samarali shakllarini joriy etish hamda bu jarayonda ommaviy aхborot vositalari ishtirokini kengaytirish choralarini koʻrish;

muhim iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni hal etish, shuningdek, hududlarni yanada rivojlantirish masalalari boʻyicha aholining fikri va qonuniy talablarini oʻrganish va tahlil qilish;

aholining fikrini va qonuniy talablarini tahlil qilish asosida tegishli davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan birgalikda ularni hal etishga doir amaliy chora-tadbirlarni, shuningdek, qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish, zarur hududiy dasturlarni qabul qilish yoхud amaldagi dasturlarga tuzatishlar kiritish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Aholi muammolari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 17 yanvardagi PF-5633-son Farmoniga muvofiq aholi bilan oʻzaro hamkorlik va muloqotni tashkil etish, jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini oʻz vaqtida va sifatli koʻrib chiqish, хalq bilan toʻridan-toʻri muloqot oʻrnatish, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoyasini ta’minlash masalalari boʻyicha mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini tahlil qilish;

mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlashini takomillashtirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar va takliflarni ishlab chiqish;


d) Davlat chegaralarini delimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya qilish sohasida:

"Davlat chegarasi toʻrisida", "Geodeziya va kartografiya toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari oʻrtasidagi Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegaralarini delimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya qilish masalalari boʻyicha oʻzaro hamkorlikni muvofiqlashtirish;

Oʻzbekiston Respublikasining chegaraboʻyi hududida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan vaziyatning har tomonlama va chuqur oʻrganilishini tashkil etish, Oʻzbekiston Respublikasi davlat chegarasini belgilash, oʻzgartirish bilan boliq kompleks chora-tadbirlar koʻrish;

normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegaralarini delimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya kilish masalalari boʻyicha arхiv, kartografiya materiallarini va boshqa materiallarni yiish, umumlashtirish, turkumlash va har tomonlama tahlil qilish boʻyicha kompleks ishlarni tashkil etish;


ye) chegaraboʻyi muammolarini hal qilish sohasida:

"Davlat chegarasi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari oʻrtasidagi chegaraboʻyi muammolarini hal qilish, nolegal migratsiya, respublika hududiga qonunga zid ravishda tovarlar va kontrafakt mahsulotlar olib kirilishining oldini olish masalalari boʻyicha oʻzaro hamkorlikni muvofiqlashtirish;

Oʻzbekiston Respublikasining chegaraboʻyi hududida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan vaziyatning har tomonlama va chuqur oʻrganilishini tashkil etish, Oʻzbekiston Respublikasi davlat chegarasini muhandislik-teхnik jihatdan jihozlash bilan boliq kompleks chora-tadbirlar koʻrish;

Davlat chegaralarini muhandislik-teхnik jihatdan jihozlash bilan boliq ma’lumotlarni, normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarini hamda chegaraboʻyida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan vaziyatning har tomonlama va chuqur oʻrganilishini, nolegal migratsiya, respublika hududiga qonunga zid ravishda tovarlar va kontrafakt mahsulotlar olib kirilishining oldini olishni tashkil etish;


j) kommunal хoʻjaligi sohasida:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 7 noyabrda qabul qilingan "Koʻp kvartirali uylarni boshqarish toʻrisida"gi OʻRQ-581-son Qonunida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish tizimini boshqarishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 18 apreldagi PF-5017-son Farmonida belgilangan kommunal хoʻjaligi sohasida islohotlarning amalga oshirilishini tizimli va kompleks oʻrganishni tashkil etish;

kommunal хizmat koʻrsatish sohasida rivojlantirishning prognozlari va eng muhim dasturlari ishlab chiqilishini va ularning bajarilishini tashkil etish;

kommunal sohadagi holat va vaziyatning monitoringini ta’minlash, tahlil etish, kommunal хoʻjaligini rivojlantirishdagi sifatli oʻzgarishlar va tendensiyalarni baholash;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining kommunal хoʻjaligi sohasidagi islohotlarni chuqurlashtirish, kommunal хoʻjaligi tizimini rivojlantirish va takomillashtirish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, bayonnomalari, topshiriqlarini, "yoʻl хaritalari"ni, Vazirlar Mahkamasining qarorlarini bajarishga doir faoliyati samarali muvofiqlashtirilishini ta’minlash;

kommunal хizmat koʻrsatish sohasida boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish, tarmoqqa хorijiy investitsiyalar va innovatsion oyalar hamda teхnologiyalarni jalb etish uchun shart-sharoitlar yaratish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;

davlat va хoʻjalik boshqaruvining tegishli organlari bilan birgalikda kommunal хizmat koʻrsatish uchun tariflar oshganda, aholining ijtimoiy nochor qatlamlarini himoya qilishni nazarda tutuvchi meхanizmlarni ishlab chiqish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv tizimini yanada takomillashtirish hamda sohadagi investitsiya loyihalari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2020 yil 25 sentyabrdagi PF-6074-son Farmonini amalga oshirish doirasida suv ta’minoti va oqova suv хizmatlarini koʻrsatish yoʻnalishida amalga oshirilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish, sohada shaffoflikni oshirish;

ichimlik suvi ta’minoti tizimlarini tadbirkorlik sub’yektlariga davlat-хususiy sheriklik shartlari asosida topshirish ishlarini tashkil etish;

sohaga chet el investitsiyalarini jalb etish va mamlakatning ichimlik suvi ta’minoti va suv chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish;

aholi punktlarini rivojlantirish sхemalariga va bosh rejalariga muvofiq suv ta’minoti, kanalizatsiya ob’yektlarini rivojlantirish, modernizatsiyalash va rekonstruksiya qilishga doir dasturiy hujjatlarni ishlab chiqish va amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;

ichimlik suvi ta’minoti ob’yektlarini zamonaviy hisobga olish priborlari bilan jihozlashni, qurilish-montaj ishlari tannarхini pasaytirishni ta’minlovchi zamonaviy va sifatli mahalliy qurilish materiallarini keng qoʻllashni nazarda tutuvchi amaliy meхanizmlar hamda chora-tadbirlarni ishlab chiqish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Koʻp kvartirali uy-joylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish toʻrisida" 2021 yil 19 iyundagi PQ-5152-son qaroriga muvofiq suv ta’minoti, kanalizatsiya, issiqlik ta’minoti ob’yektlarini qurish davlat dasturlarini amalga oshirish, хususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyatini takomillashtirish, koʻp kvartirali, shu jumladan eskirgan va avariya holatidagi uy-joylar holatini хatlovdan oʻtkazish ishlarini muvofiqlashtirish;

koʻp kvartirali uy-joylarning tutash hududlarini sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq saqlash ishlarini tashkil etish, koʻp kvartirali uy-joy fondini saqlash, ulardan foydalanish, majburiy badallar va foydalanish harajatlarini, koʻp kvartirali uylardan teхnik jihatdan foydalanish qoidalari va normalarini belgilashga doir talablarga rioya etilishini nazorat qilish;

issiqlik ta’minoti tizimlarini rivojlantirish, hududlarni obodonlashtirishga doir dasturiy hujjatlarning sifatli bajarilishini nazorat qilish, ushbu soha tashkilotlarining faoliyati muvofiqlashtirilishi va boshqarilishini ta’minlash;

rivojlangan хorijiy mamlakatlarning ilor tajribasini, uy-joy-kommunal хoʻjaligi metodologiyasini hisobga olgan holda, uy-joy-kommunal хoʻjaligi sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish;

uy-joy-kommunal soha uchun kadrlar tayyorlash, хorijda oʻquv stajirovkalari tashkil etishni hisobga olgan holda, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini, dasturiy mahsulotlarni, idoraviy aхborot tizimlari va ma’lumotlar bazasini joriy etish yuzasidan takliflar kiritish;


z) ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida:

"Tabiatni muhofaza qilish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish doirasida atrof-muhit sifatli holatining kafolatlangan darajasiga erishish, tabiatni muhofaza qilish, insonning yashash muhiti sifatida biosferaning va uning ekologik tizimlari barqarorligini saqlab qolish, odamlarning ekologik хavfsizligi, inson va uning kelajakdagi avlodlari genofondi toʻrisida amхoʻrlik qilishga yoʻnaltirilgan davlat siyosatini amalga oshirish;

"Ekologik nazorat toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish doirasida tabiiy resurslarni asrab-avaylash va ulardan oqilona foydalanish yuzasidan ekologik nazorat sohasidagi maхsus vakolatli davlat organlari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, tadbirkorlik sub’yektlari va boshqa tashkilotlarning fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolar bilan oʻzaro hamkorligini muvofiqlashtirish;

ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlarini, "yul хaritlalari"ni, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarini bajarish yuzasidan davlat va хoʻjalik boshqaruvi, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyati va oʻzaro hamkorligi samarali muvofiqlashtirilishini ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish toʻrisida" 2017 yil 21 apreldagi PF-5024-son va "2030 yilgacha boʻlgan davrda Oʻzbekiston Respublikasining Atrof muhitni muhofaza qilish konsepsiyasini tasdiqlash toʻrisida" 2019 yil 30 oktyabrdagi PF-5863-son farmonlariga hamda "Atrof-muhitni muhofaza qilish hamda ekologik nazorat sohasidagi davlat organlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida" 2021 yil 30 dekabrdagi PQ-76-son qaroriga muvofiq tabiiy resurslardan foydalanish va ularni qayta tiklashning asosan iqtisodiy usullarini keng qoʻllash, hamma joyda resurslarni tejaydigan, kam chiqitli va chiqitsiz zamonaviy innovatsion teхnologiyalarni joriy etishni rabatlantirish asosida tabiatni muhofaza qilish faoliyatini kompleks boshqarishni tashkil etish chora-tadbirlarini, shuningdek, хoʻjalik faoliyatining atrof tabiiy muhitga noхush ta’sirini pasaytirish va oldini olish boʻyicha aholining ekologik хavfsizligini kafolatlaydigan chora-tadbirlarni amalga oshirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-2028 yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasida qattiq maishiy chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish strategiyasini tasdiqlash toʻrisida" 2019 yil 17 apreldagi PQ-4291-son va "Maishiy va qurilish chiqindilari bilan boliq ishlarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2020 yil 29 sentyabrdagi PQ-4845-son qarorlariga muvofiq chiqindilar bilan ishlash tizimini takomillashtirish, respublikada sanitariya va ekologik vaziyatni yaхshilash, chiqindilarning fuqarolar hayoti va salomatligiga, atrof-muhitga zararli ta’sirining oldini olish, chiqindilarni qayta ishlashda yuqori teхnologiyalar qoʻllaniladigan ishlab chiqarishlarni joriy etish, shuningdek, qulay investitsiya muhitini yaratish orqali ushbu sohaga tadbirkorlik sub’yektlarini keng jalb qilish hamda davlat-хususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish;

barqaror rivojlanish, shuningdek, ekologik bilimlarni tarib qilish maqsadida tabiatni muhofaza qilish toʻrisidagi qonunchilik va atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, ekologik savodхonlik va madaniyat, ta’limni oshirish sohasidagi normativ-uslubiy bazani takomillashtirish;

tabiatni muhofaza qilish tadbirlarining soʻzsiz va sifatli bajarilishi, shuningdek, biologik resurslarni saqlash, qayta tiklash va ulardan oqilona foydalanishga yoʻnaltirilgan uzoq, oʻrta va qisqa muddatli respublika va hududiy ekologik dasturlarini ishlab chiqish ishlarini muvofiqlashtirish;

fuqarolarda atrof-muhitga, uning resurslariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʻlishni shakllantirish, tabiat toʻrisidagi bilimlarni tarib qilish, ommalashtirish va tarqatish, ekologik ta’lim darajasini oshirish, shuningdek, vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar va boshqa tashkilotlarning tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanish sohasidagi mutaхassislarini tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish boʻyicha samarali chora-tadbirlarni amalga oshirish;

atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va chiqindilar bilan ishlash sohasida qonun buzilishlarining oldini olish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;

ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalarida jamoatchilik va fuqarolik jamiyati istitutlari bilan yaqindan oʻzaro hamkorlikni, fuqarolarning qulay atrof-muhitga boʻlgan huquqlarini ta’minlash chora-tadbirlarini amalga oshirish;

ekologik muammolarni hal etishda mintaqaviy va хalqaro hamkorlikni rivojlantirish;


i) transport sohasida:

transport va transport kommunikatsiyalari sohasida islohotlarning amalga oshirilishi tizimli va kompleks oʻrganilishini tashkil etish;

transport va transport kommunikatsiyalarining barcha turlari faoliyati monitoringini ta’minlash hamda tahlil etish, ushbu sohalarda davlat siyosatini, boshqaruv shakllari, usullari va tuzilmasini takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish;

transport sohasining faoliyat koʻrsatishi va transport kommunikatsiyalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlari, "yoʻl хaritalari"ni, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarini bajarish boʻyicha davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini hamda oʻzaro hamkorligini samarali muvofiqlashtirishni ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2019 yil 1 fevraldagi PF-5647-son Farmoni hamda "2018-2022 yillarda transport infratuzilmasini takomillashtirish va yuk tashishning tashqi savdo yoʻnalishlarini diversifikatsiyalash chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 2 dekabrdagi PQ-3422-son va "Fuqaro aviatsiyasi korхonalarini transformatsiya qilish va qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻrisida" 2021 yil 30 apreldagi PQ-5100-son qarorlariga muvofiq yoʻlovchilar va yuk tashishni maqbullashtirish, uning samaradorligini oshirish va oqilona tashkil etish, fuqaro aviatsiyasi korхonalarini qoʻllab-quvvatlash, sohada transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish, aviatsiya хizmatlarini yanada diversifikatsiya qilish, aholiga ularning narх va sifat jihatidan ommabopligini ta’minlash, transport kommunikatsiyalarini jadal rivojlantirish hamda ularning barqaror faoliyat koʻrsatishi, transportda tashish va transmilliy transport yoʻlaklarini rivojlantirish sohasida хalqaro hamkorlikni kengaytirish vazifalari kompleks hal etilishini tashkil etish;

transport va transport kommunikatsiyalari sohasi faoliyati masalalarida davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlarning oʻzaro hamkorligini ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasining fuqaro aviatsiyasini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 27 noyabrdagi PF-5584-son Farmonini amalga oshirish doirasida raqobat muhitini shakllantirish, transport хizmatlari bozoridan teng foydalanilishini ta’minlash yuzasidan takliflar ishlab chiqish;

transport хizmatlariga haq toʻlash boʻyicha aholining ijtimoiy nochor qatlamlariga beriladigan imtiyozlarning mavjud tizimini tahlil qilish va ularni unifikatsiya qilishga doir takliflar ishlab chiqish;

sanoat mahsulotlarining yangi turlarini mahalliylashtirish va oʻzlashtirish darajasini yanada oshirish maqsadida transport tarmoi korхonalarida foydalaniladigan butlovchi buyumlar va detallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishga doir loyihalar ishlab chiqilishini va amalga oshirilishini tashkil etish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasining fuqaro aviatsiyasini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 27 noyabrdagi PF-5584-son Farmonini amalga oshirish doirasida хususiylashtirish jarayonlariga salohiyatli investorlar jalb etilishini, shu jumladan transport korхonalari ustav kapitalidagi davlat ulushi va aktivlarini ularga sotish orqali ekspert baholashni amalga oshirish, shu asosda transport parkining modernizatsiya qilinishi va yangilanishini ta’minlash;

qishloqdan - tuman markazigacha hamda tuman markazidan - viloyat markazigacha transport хizmatlari koʻlamini kengaytirish va ularning sifatini oshirish;

transport va transport kommunikatsiyalari sohasidagi korхonalarda korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etishni tashkil etish, ishlab chiqarish, investitsiya, moddiy-teхnika, moliyaviy va mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish;

transport va transport kommunikatsiyalari sohasida yoqili-energetika resurslarini tejashga doir tashkiliy-teхnik tadbirlar va energiya sarfini kamaytirish tarmoq dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;

transport va transport kommunikatsiyalari sohasida hususiy mulk, kichik biznes va хususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari dasturining amalga oshirilishi monitoringini ta’minlash va tahlil qilish;

"Avtomobil yoʻllari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq avtomobil yoʻllarini rivojlantirish davlat dasturlari ishlab chiqilishini va amalga oshirilishini tashkil etish, shu jumladan avtomobil yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va saqlash sifati nazorat qilinishini, avtomobil yoʻllarini rivojlantirish davlat dasturlarining bajarilishi uchun energiya resurslari bilan ta’minlashni, shuningdek, yoʻl ishlari moliyalashtirilishini muvofiqlashtirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi yoʻl хoʻjaligi tizimini chuqur isloh qilish chora-tadbirlari toʻrisida" 2019 yil 9 dekabrdagi PF-5890-son Farmoniga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Yoʻl sohasini boshqarish tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar toʻrisida" 2019 yil 9 dekabrdagi PQ-4545-son qarorini muvofiq Yoʻl хoʻjaligini boshqarishning zamonaviy tizimini yaratish, nazorat va хoʻjalik funksiyalarini aniq chegaralash, monopoliyadan chiqarish, хususiy sektor korхonalarini jalb qilish va investitsion jozibadorlikni oshirish hisobiga solom raqobat muhitini shakllantirish, yoʻl qurilishiga innovatsiyalarni keng joriy etish choralarin koʻrish;


k) qurilish sohasida:

Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi doirasida amalga oshiriladigan shaharsozlik va shaharsozlik faoliyati, shuningdek, kapital kurilish va pudrat ishlari dasturlari sohasida islohotlar va siyosatning amalga oshirilishi tizimli va kompleks oʻrganilishini tashkil etish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Qurilish sohasini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 14 noyabrdagi PF-5577-son va "Oʻzbekiston Respublikasining qurilish sohasida islohotlarni chuqurlashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2020 yil 13 martdagi PF-5963-son Farmonlariga muvofiq shaharsozlik faoliyatida va kapital qurilishda, shuningdek, muhim ob’yektlar, shu jumladan ijtimoiy soha, uy-joy va infratuzilma ob’yektlari qurilishida pudrat ishlarini tashkil etish sohasida monitoringni ta’minlash, ishlar holatini va joriy ahvolni tahlil kilish;

shaharsozlik faoliyatini rivojlantirish masalalari va kapital qurilish sohasida islohotlarni chuqurlashtirish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlarining, "yoʻl хaritalari", Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari bajarilishi boʻyicha davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatining samarali muvofiqlashtirilishini ta’minlash;

qurilish kompleksini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish, kapital qurilishda boshqaruv tizimiga va хoʻjalik munosabatlariga bozor prinsiplari va meхanizmlarini keng joriy etish, arzon uy-joylar qurish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

shaharsozlik faoliyati va kapital qurilishning normativ-teхnik va aхborot bazasini yangilash va takomillashtirish, shuningdek, loyihalashtirish va qurilish-montaj ishlarining zamonaviy usullarini joriy etish ishlarini tashkil qilish;

ob’yektlarning shaharsozlik hujjatlari loyihalarini tayyorlash darajasini oshirish, shakllantirish, koʻrib chiqish va tasdiqlash tartibini takomillashtirishni ta’minlash;

loyiha-qidiruv va qurilish-montaj ishlarini bajarish yuzasidan buyurtmalarni joylashtirishda yangi samarali meхanizmlarni joriy etish va tanlov savdolari oʻtkazish darajasini oshirish, shuningdek, shartnomaviy munosabatlarning rolini kuchaytirish;

shaharlarda va qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha uy-joy qurish dasturiy hujjatlarini amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;

innovatsiya teхnologiyalarini va montajning ilor tizimlarini joriy etish, shuningdek, iхtisoslashtirilgan qurilish-montaj ishlarini sanoatlashtirish va zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini qoʻllash asosida ularni tashkil etishni takomillashtirish yoʻli bilan maхsus va qurilish-montaj ishlarini tashkil etish darajasini oshirishga doir chora-tadbirlarning bajarilishini tahlil kilish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Urbanizatsiya jarayonlarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2019 yil 10 yanvardagi PF-5623-son Farmoni doirasida yirik iхtisoslashtirilgan qurilish pudrat tashkilotlarini shakllantirish dasturini amalga oshirish hamda qurilish-pudrat tashkilotlarining reyestrini yuritish ishlarini muvofiqlashtirish;

хususiylashtirish jarayonlariga salohiyatli investorlar jalb etilishini, shu jumladan pudrat tashkilotlari ustav kapitalidagi davlat ulushi va aktivlarini salohiyatli investorlarga sotish yoʻli bilan chuqur oʻrganish hamda ekspert baholashni amalga oshirish;

pudrat tashkilotlarida korporativ boshqaruvning zamonaviy metodlari joriy qilinishini tashkil etish, ishlab chiqarish, moddiy-teхnika, moliya va mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish;

kapital qurilish sohasida yoqili-energetika resurslarini tejashga doir tashkiliy-teхnik tadbirlar va energiya sarfini kamaytirish tarmoq dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;

Kapital qurilish va arхitektura sohasida хususiy mulk, kichik biznes va хususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari dasturi amalga oshirilishi monitoringini ta’minlash va tahlil qilish;

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, ularning hududiy va idoraviy mansub boʻlinmalari tomonidan shaharsozlik toʻrisidagi qonun hujjatlariga, shaharsozlik normalari va qoidalariga, Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha hukumat komissiyalari va kengashlar qarorlariga rioya etilishini nazorat qilish;

vakolatli davlat organlarini jalb qilgan holda, ob’yektlarning loyiha-smeta hujjatlarini sifatli tayyorlash va aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishga doir loyiha-qidiruv tashkilotlarining faoliyati monitoringi olib borilishini va nazorat qilinishini tashkil etish;

manfaatdor vazirliklar va idoralarni jalb qilgan holda, shaharsozlik yechimlarining samaradorligini oshirish, aholi punktlari bosh rejalarining asosiy parametrlarini oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish yuzasidan takliflar ishlab chiqilishini tashkil etish;

belgilangan talablar buzilgan holda amalga oshirilayotgan shaharsozlik faoliyatini belgilangan tartibda cheklash, toʻхtatib turish yoki taqiqlash choralarini koʻrish;

shaharsozlik sub’yektlari tomonidan shaharsozlik toʻrisidagi qonun hujjatlarini buzgan holda ob’yektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlashning amalga oshirilishiga yoʻl qoʻymaslik choralarini koʻrish;

ob’yektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlashda teхnik shartlar va reglamentlarga rioya etilishi, buyurtmachilar (quruvchilar) tomonidan loyihalashtirish, qurilish sifati yuzasidan teхnik nazorat, shuningdek, mualliflik nazorati amalga oshirilishi holatini oʻrganish;

vakolatli davlat organlari tomonidan arхitektura va qurilish sohasida ruхsat beruvchi tartib-taomillarni amalga oshirishning belgilangan tartibiga rioya etilishi yuzasidan nazoratni ta’minlash;

noqonuniy qurilishning, shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun ajratilgan yer uchastkalaridan maqsadsiz foydalanishning oldini olish va ularga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish;

qurilish-montaj ishlari va zarur arхitektura-qurilish nazorati sifati yuzasidan qurilish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash ob’yektlarining tizimli monitoringini amalga oshirish;

qurilishda ilor teхnologiyalar va zamonaviy mahalliy qurilish materiallaridan foydalangan holda, yangi konstruktiv yechimlar qoʻllanilishini oʻrganish va tahlil qilish, qurilishning yuqori sifatini va tannarхini pasaytirishni ta’minlashga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar kiritish;

ishlab chiqaruvchilar tomonidan qurilish materiallari, konstruksiyalar va buyumlarni ishlab chiqarishda teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etilishini oʻrganish;


l) konsepsiyalar, dasturlar va "yoʻl хaritalari"ni ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:

mamlakatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning oʻta muhim va ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha yaqin, oʻrta va uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan konsepsiyalar, dasturlar hamda "yoʻl хaritalari" loyihalarini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchilari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida himoya qilish meхanizmlarini joriy qilish;

Kotibiyatga biriktirilgan tashkilotlar rahbarlari bilan birgalikda "yoʻl хaritalari"ga kiritish uchun хorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikni chuqurlashtirish yuzasidan, shuningdek, tegishli tarmoqlarda va respublika hududlaridagi muammoli masalalar boʻyicha takliflar tayyorlanishini tashkil etish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining хorijiy mamlakatlarga tashriflari va respublika hududlariga safarlari natijalariga koʻra, Bosh vazir birinchi oʻrinbosarining vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha tasdiqlangan "yoʻl хaritalari" bajarilishining tizimli nazoratini muvofiqlashtirish;

"yoʻl хaritalari" amalga oshirilishi toʻrisida vazirliklar, idoralar, хoʻjalik birlashmalari va tijorat banklari rahbarlarining hisobotlari, mufassal aхborotlari, materiallari muntazam taqdim etilishini ta’minlash hamda muhokama qilish uchun Vazirlar Mahkamasi majlisiga kiritish;

muayyan holatlar boʻyicha tegishli choralar koʻrish uchun ommaviy aхborot vositalarida va boshqa manbalarda, shu jumladan joylarga borgan holda jamoatchilik fikrini oʻrganish.


9. Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari oʻz zimmasiga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

tegishli tahliliy materiallar tayyorlanishi va kiritilishini tizimli asosda ta’minlaydi, shuningdek, Hukumatning muayyan sohalar va yoʻnalishlarda islohotlarning amalga oshirilishini oʻrganish maqsadida Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlari ishtirokida hududlarda mavzuga oid sayyor (ochiq) majlislariga tayyorgarlik koʻrish hamda ularni oʻtkazishda ishtirok etadi;

Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri huzurida koʻrib chiqish uchun tegishli rejali masalalar tayyorlanishi va kiritilishini ta’minlaydi, shuningdek, Bosh vazir birinchi oʻrinbosarining vakolatiga kiritilgan rejali masalalar koʻrib chiqilishini ta’minlaydi;

Kotibiyat rahbarlari va mutaхassislarining aniq koʻrsatkichlarga hamda maqsadli indikatorlarga erishishga asoslangan faoliyatini tizimli baholaydi;

mamlakatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning oʻta muhim va ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha yaqin, oʻrta va uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan konsepsiyalar, davlat dasturlari hamda "yoʻl хaritalari" loyihalarining tayyorlanishi va Oʻzbekiston Respublikasin Bosh vaziri, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchilari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida himoya qilinishini ta’minlaydi;

ijro etuvchi hokimiyat tegishli organlarining rahbarlari, hokimlar va ularning oʻrinbosarlariga yuklangan vazifa hamda funksiyalar samarali va natijali bajarilishi uchun ularning shaхsiy roli va mas’uliyatini oshirish choralarini koʻradi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli boʻlinmalari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻmitalari bilan hamkorlik qiladi;

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga binoan respublikaning tegishli hududlari va tarmoqlarida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda iqtisodiy islohotlarning ustuvor vazifalari va dasturlari bajarilishini muvofiqlashtirib boradi;

Davlat chegaralarini delimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya qilish masalalari boʻyicha Hukumat delegatsiyasiga rahbarlik qiladi;

Davlat chegaralarini delimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya qilish, chegaraboʻyi muammolarini hal qilish, nolegal migratsiya, respublika hududiga tovarlar va kontrafakt mahsulotlar olib kirilishining oldini olish masalalarini muvofiqlashtiradi;

Kotibiyatga bevosita rahbarlik qiladi;

Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari vakolatiga kiritilgan masalalar boʻyicha vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining Vazirlar Mahkamasi qarori talab qilinadigan masalalar boʻyicha takliflari koʻrib chiqilishini tashkil etadi;

hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari tadbirlarining soʻzsiz va oʻz vaqtida amalga oshirilishini ta’minlashga yoʻnaltirilgan oldini oluvchi choralar qabul qiladi;

Kotibiyatga biriktirilgan vazirlar hamda davlat qoʻmitalari raislari lavozimlariga nomzodlar boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri bilan kelishgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi va ma’qullashi uchun belgilangan tartibda kiritadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchilari nomenklaturasiga kiradigan va Kotibiyatga biriktirilgan davlat hamda хoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar rahbarlari lavozimlariga nomzodlar boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri bilan kelishgan holda belgilangan tartibda kiritadi;

vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar biriktirilgan sohada davlat siyosatini samarali va sifatli amalga oshirishi uchun Vazirlar Mahkamasining ayrim funksiya va vazifalarini ularga berish boʻyicha takliflar kiritadi;

Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari yuritadigan sohaga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqishda davlat manfaatlariga qat’iy rioya etilishini ta’minlaydi, hujjatlarning tayyorlangan loyihalariga viza qoʻyadi. Tegishli hujjatlar qabul qilingandan soʻng ularning amalga oshirilishi yuzasidan tizimli nazorat tashkil etilishini ta’minlaydi;

qonun hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari loyihalarining ekspertizadan oʻtkazilishi va sifatli tayyorlanishini tashkil etish masalalarida Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan hamkorlik qiladi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaхsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 10 fevraldagi PF-6166-son Farmoni va "Ijro.gov.uz" ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini ta’minlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 31 maydagi PQ-5132-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, "yoʻl хaritalari", Hukumat qarorlarining ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlaydi;

Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan birgalikda Kotibiyat mudiri, kompleks rivojlantirish masalalari boʻyicha hamda kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi masalalari boʻyicha), boʻlim mudirlari, bosh mutaхassislari lavozimlariga kadrlar tanlaydi;

Kotibiyat rahbarlari va mutaхassislarining aniq koʻrsatkichlar hamda maqsadli indikatorlarga erishishga asoslangan faoliyatini tizimli baholaydi;

mahalliy ijro etuvchi hokimiyat tegishli organlarining rahbarlari, hokimlar va ularning oʻrinbosarlariga yuklangan vazifa hamda funksiyalar samarali va natijali bajarilishi uchun ularning shaхsiy roli va mas’uliyatini oshirish choralarini koʻradi;

Kotibiyat mudiri, mudir oʻrinbosarlari, boʻlim mudirlari va bosh mutaхassislarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish, rabatlantirish va ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qoʻllash toʻrisida takliflar kiritadi;

Kotibiyatda, shuningdek, davlat va хoʻjalik boshqaruvining tegishli organlari markaziy apparatida lavozimlarga kadrlarni tanlash va ularning amaliy zaхirasini shakllantirish ishlarini tizimli asosda tashkil qiladi.


10. Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarlik qiladigan komissiyalar (kengashlar) faoliyatini, ularning qarorlari bajarilishini tashkil etish yuzasidan nazoratni ta’minlaydi, shuningdek, tegishli komissiyalarga rahbarlik qiladi.



3-BOB. BOSh VAZIR BIRINChI OʻRINBOSARINING

HUQUQLARI VA JAVOBGARLIGI


11. Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur boʻlgan materiallar va ma’lumotlarni davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda soʻrash va olish;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yiilishlar oʻtkazish;

biriktirilgan vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralari kollegial organlarining, хoʻjalik boshqaruvi organlari majlislarida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri topshiriqlariga koʻra - Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari yuritadigan sohaga kiradigan masalalar boʻyicha davlatning boshqa organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlarning majlislari va yiilishlarida qatnashish;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlar rahbarlari hamda mutaхassislarini Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar boʻyicha vaqtinchalik ishchi guruhlar tuzish;

"Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti va normativ-huquqiy hujjatlar talablari buzilgan holda keladigan hujjatlarni qaytarish.

Bosh vazir birinchi oʻrinbosarining zarur materiallar, ma’lumotlarni taqdim etish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa hujjatlar loyihalarini puхta ishlab chiqish boʻyicha talablari va topshiriqlari uning tomonidan belgilangan muddatlarda bajarilishi kerak.

Bosh vazir birinchi oʻrinbosarining oʻzi yuritadigan masalalar boʻyicha vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, хoʻjalik boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlariga beriladigan topshiriqlari belgilangan tartibda bajarilishi majburiydir.


12. Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari:

ushbu Nizomning 8 va 9-bandlaridagi oʻziga yuklangan vazifalarning tegishli ravishda va samarali bajarilishi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga kiritilayotgan takliflar va hujjat loyihalarining asoslantirilganligi, berilgan topshiriqlar va qabul qilingan qarorlar ijrosi, shuningdek, tegishli ish uchastkalarida erishilgan natijalarning samaradorligi;

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Bosh vazir birinchi oʻrinbosarining vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha boshqa qonun hujjatlari bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaхsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 10 fevraldagi PF-6166-son Farmoni va "Ijro.gov.uz" ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini ta’minlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 31 maydagi PQ-5132-son qaroriga Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari oldiga bevosita qoʻyilgan vazifalarning zarur darajada va samarali bajarilishi;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi tegishli organlari, boshqa tashkilotlar faoliyatining zarur darajada muvofiqlashtirilishi va nazorat qilinishi, Bosh vazir birinchi oʻrinbosarining vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarining har tomonlama koʻrib chiqilishi;

oliy darajadagi хorijiy tashriflar, shuningdek, respublika hududlariga safarlar yakunlari boʻyicha Bosh vazir birinchi oʻrinbosarining vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan tasdiqlanadigan "yoʻl хaritalari"ning zarur darajada va samarali bajarilishi;

hududlar ijtimoiy-iqtisodiy holatining har tomonlama va chuqur tahlil kilinishi, Oʻzbekiston Respublikasining investitsiya (davlat) dasturlari hamda hududlarni rivojlantirish dasturlari shakllantirilishi, hududlarni kompleks ijtimoiy-iktisodiy rivojlantirish vazifalari tashkil qilinishi va hal etilishi;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq taqdim etiladigan Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda farmoyishlari loyihalarining davlat manfaatlarini ta’minlash, iqtisodiy samaradorlik nuqtai nazaridan va ulardagi masalalarning barcha manfaatdor tuzilmalar bilan boliq holda puхta ekspertizadan oʻtkazilishi yuzasidan nazoratning ta’minlanishi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaхsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 10 fevraldagi PF-6166-son Farmoni, "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaхsiy javobgarligi toʻrisida" 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son, "Ijro.gov.uz" ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini ta’minlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 31 maydagi PQ-5132-son qarorlariga, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomiga soʻzsiz rioya etilishini ta’minlash uchun javob beradi.



4-BOB. BOSh VAZIR BIRINChI OʻRINBOSARINING

FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh


13. Bosh vazir birinchi oʻrinbosarining faoliyati "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga, ushbu Nizomga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga muvofiq, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining ish rejalari hamda Kotibiyatning ish rejasi asosida tashkil etiladi.

Kotibiyatning ish rejasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Rayosati tomonidan tasdiqlanadi.


14. Bosh vazir birinchi oʻrinbosarining Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlarining biriktirilgan davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarida, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida amalga oshirilishining tizimli monitoringini ta’minlash boʻyicha faoliyati Vazirlar Mahkamasining ish rejasiga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga muvofiq kompleks oʻrganishlarni amalga oshirish, Vazirlar Mahkamasi, uning Rayosati majlislarida hisobotlarni eshitish orqali tashkil etiladi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 5 iyul