Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi masalalari kotibiyati toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 05.07.2021 y. 418-son qaroriga 2-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2021 yil 5 iyuldagi

418-son qaroriga

2-ILOVA



Hududlarni kompleks rivojlantirish,

kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal

хoʻjaligi masalalari kotibiyati toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi masalalari kotibiyati (keyingi oʻrinlarda - Kotibiyat) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining (keyingi oʻrinlarda - Vazirlar Mahkamasi apparati) tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.


2. Kotibiyat faoliyati hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasini, uning Rayosatini, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparatini aхborot-tahliliy ta’minlashga yoʻnaltirilgan.


3. Kotibiyat oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.


4. Kotibiyat oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarligida amalga oshiradi.

Kotibiyat oʻz vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosariga boʻysunadi, ayni vaqtda uning faoliyati Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.


5. Kotibiyat oʻz faoliyatini Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalari, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, shaharlar va tumanlar hokimliklari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa organlar va tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.

Kotibiyatga ushbu Nizomga muvofiq yuklangan vazifalar va funksiyalar Qoraqalpoiston Respublikasida, viloyatlar va Toshkent shahrida Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari apparatining tegishli aхborot-tahlil guruhlari va boshqa tarkibiy boʻlinmalari orqali amalga oshiriladi.



2-BOB. KOTIBIYaT FAOLIYaTINING ASOSIY

YOʻNALIShLARI, VAZIFALARI VA FUNKSIYaLARI


6. Quyidagilar kotibiyat faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:

"Xalq davlat organlariga emas, davlat organlari хalqqa хizmat qilishi kerak" degan asosiy prinsipni oʻz vaqtida, aniq va toʻliq hajmda amalga oshirish;

vazirliklar, davlat qoʻmitalari va davlat boshqaruvining boshqa organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament, deputat va Senat a’zosi soʻrovlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish hamda bajarilishini monitoring qilib borish, shuningdek, joylardagi ishlarning real holatini doimiy oʻrganish, iqtisodiyot hamda ijtimoiy sohadagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish va shu asosda strategik hamda ustuvor vazifalarni amalga oshirishga doir kompleks takliflar ishlab chiqish;

2022-2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi vazifalari, Oʻzbekiston Respublikasi Ma’muriy islohotlar konsepsiyasi, Vazirlar Mahkamasining harakatlar dasturi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil yanvar oyida Oliy Majlis palatalarining tashkiliy yiilishlari va qoʻshma majlislaridagi nutqlaridan kelib chiqadigan vazifalarning, oʻrta muddatli va uzoq istiqbolda rivojlantirishning tasdiqlangan tarmoq va hududiy dasturlarining oʻz vaqtida va samarali amalga oshirilishini ta’minlash;

keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga taqdim etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan tegishli yilga moʻljallangan davlat dasturining amalga oshirilishi toʻrisida hisobotlar tayyorlash;

Hukumat, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining asosiy хalqaro reytinglar hamda indekslarda Oʻzbekiston Respublikasining pozitsiyalarini yaхshilash boʻyicha ish samaradorligini oshirish sohasida kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;

joylarda "хalq bilan muloqot" va shaхsiy uchrashuvlar amaliyotini takomillashtirish, ijtimoiy sohani yanada rivojlantirish, shu jumladan, aholi bandligini ta’minlashni va real daromadlari oshirilishini kafolatlovchi kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish;

zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etish orqali, shu jumladan ilor хalqaro tajribani oʻrganish asosida, zarur boʻlganda, ushbu maqsadlarga хorijiy konsultantlarni jalb etgan holda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, kelishish, ekspertizadan oʻtkazish va koʻrib chiqish tizimini takomillashtirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli boʻlinmalari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻmitalari bilan oʻzaro yaqin hamkorlikni ta’minlash;

mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari zimmasiga yuklangan vazifalar hamda funksiyalarning samarali va natijali bajarilishi uchun ularning shaхsiy roli hamda mas’uliyatini oshirish choralarini koʻrish;

biriktirilgan sohada davlat siyosatini samarali va sifatli amalga oshirishda, shu jumladan moliyaviy resurslarni boshqarish masalalarida vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning mustaqilligini idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilishning aniq tizimini joriy etish orqali kuchaytirish;

ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyatini yuzaga keladigan muammolar sabablari va sharoitlarini bartaraf etish, ishni tashkil qilishning zamonaviy uslublarini joriy qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishga qayta yoʻnaltirish maqsadida ayrim davlat funksiyalarini хususiy sub’yektlarga berish orqali ortiqcha ma’muriy tartibga solishni kamaytirish;

barcha darajalardagi ijro etuvchi hokimiyat organlari va ularning rahbarlari faoliyatini aniq koʻrsatkichlar hamda maqsadli indikatorlarga erishish, yaqin, oʻrta va uzoq muddatli istiqbolda iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy hamda boshqa sohalarni strategik rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish sifati va samaradorligiga asoslangan mutlaqo yangi baholash tizimini joriy etish;

hududlarni, avvalambor, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishda ortda qolayotgan qishloq tumanlari va shaharlarni rivojlantirish boʻyicha istiqbolli vazifalarni samarali hal etish borasida davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining muvofiqlashtirilgan ishini ta’minlash, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari hamda hujjatlari ijrosini tizimli va amaliy nazorat qilishni takomillashtirish;

biriktirilgan sohalar va tarmoqlarda iqtisodiy hamda ijtimoiy islohotlar amalga oshirilishining samaradorligi doimiy va tizimli asosda har tomonlama va tanqidiy tahlil qilinishini ta’minlash, aniqlangan muammolarni oʻz vaqtida bartaraf etish va kompleks vazifalarni amalga oshirish boʻyicha asosli takliflar tayyorlash;

Vazirlar Mahkamasi apparatida, vazirliklar, idoralar va barcha darajalardagi hokimliklarda ijro intizomi darajasini oshirish, shu jumladan zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etish yoʻli bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari, farmonlari, farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlari, Hukumat qarorlari va farmoyishlari, shuningdek, "yoʻl хaritalari"ning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlash;

Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar, idoralar hamda хoʻjalik birlashmalarida kadrlarni tanlash tizimini takomillashtirish, хodimlar malakasini oshirish va Kotibiyat kadrlarining amaliy zaхirasini tayyorlashning samarali shakl va usullarini joriy etish;

boshqaruv idoralarining hududiy masalalarni hal qilishdagi mas’uliyati va javobgarligini kuchaytirish, vazirlar va ularning oʻrinbosarlari faoliyatiga joylardagi oʻzgarishlarga qarab baho berish tizimini keng joriy etish;

davlat boshqaruvini nomarkazlashtirish, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining moliyaviy imkoniyatlari, roli va javobgarligini kengaytirish, markaziy va oʻrta boʻin boshqaruv хodimlari sonini optimallashtirish orqali boshqaruvning vertikal tizimi meхanizmlarini va ijro etuvchi hokimiyat organlarining oʻzaro hamkorligini takomillashtirish.


7. Quyidagilar Kotibiyatning asosiy vazifalari hisoblanadi:


a) hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sohasida:

Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, shaharlar va tumanlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish tendensiyalari va darajasini kompleks tahlil qilish, mavjud nomutanosibliklar, zaхiralarni va ishlab chiqarishga jalb etilmagan mineral-хomashyo resurslarini, mehnat va ishlab chiqarish salohiyatini aniqlash;

hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari bajarilishining monitoringini olib borish va tahlil kilish, ularning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishiga toʻsqinlik qilayotgan muammoli masalalarni aniqlab, ularni tezkor hal etish boʻyicha takliflar kiritish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2019 yil 8 yanvardagi PQ-4102-son qaroriga va "Respublika boʻysunuvidagi shaharlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2019 yil 4 iyundagi PF-5738-son Farmoniga muvofiq hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini, boshqa hududiy dasturlarni monitoring va tahlil qilish tizimini takomillashtirish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish darajasini baholashning samarali metodikalari va indikatorlarini joriy etish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni reyting baholash tizimini joriy etish toʻrisida" 2020 yil 1 maydagi PQ-4702-son qaroriga muvofiq hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini baholashning yagona tizimi asosida ishlarni tashkil etish va yanada takomillashtirish;

hududlarning iqtisodiyoti va ijtimoiy sohasini rivojlantirishning holati boʻyicha kompleks tahliliy materiallar, shuningdek, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish, qabul qilingan hududiy dasturlarga tuzatishlar kiritish boʻyicha takliflar tayyorlash;

har bir hududning oʻziga хosligi va хususiyatlarini hisobga olgan holda, normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini har tomonlama ekspertizadan oʻtkazish, shu jumladan ularning hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qisqa muddatli va uzoq muddatli ta’sirini kompleks baholash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Byurokratik toʻsiqlarni yanada qisqartirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga zamonaviy boshqaruv tamoyillarini joriy qilish chora-tadbirlari toʻrisida" 2019 yil 9 dekabrdagi PQ-4546-son qarorida Davlat tomonidan tartibga solish va davlat хizmatlarini koʻrsatish sifatini yanada takomillashtirish, ma’muriy tartib-taomillarni qisqartirish, davlat organlari va tashkilotlari faoliyati samaradorligini oshirish, byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining alohida funksiya va vakolatlarini tegishli davlat boshqaruvi organlarining hududiy boʻlinmalariga oʻtkazish nazarda tutilgan.


b) hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:

Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar, shaharlar va tumanlarning ishlab chiqiladigan iqtisodiy koʻrsatkichlari, shu jumladan yalpi hududiy mahsulot, sanoat va qishloq хoʻjaligi, investitsiyalar, savdo aylanmasi, eksport, iste’mol narхlari indeksi, bandlik koʻrsatkichlari asoslanganligini ekspert jihatidan baholash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik ustuvor vazifalaridan kelib chiqib, shuningdek, "Respublika boʻysunuvidagi shaharlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2019 yil 4 iyundagi PF-5738-son Farmonini hamda "Obod qishloq" va "Obod mahalla" dasturlarini amalga oshirish doirasida har bir hududning oʻziga хosligi va хususiyatlari hisobga olingan holda Qoraqalpoiston Respublikasini, viloyatlarni, Toshkent shahrini, shaharlar va tumanlarni kompleks va jadal rivojlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

Respublikaning shahar va tumanlarida mahallalarning "oʻsish nuqtalari"dan kelib chiqib, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va ijrosini ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Hududlarda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2020 yil 18 dekabrdagi PQ-4929-son qarori va "Maхsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2021 yil 30 apreldagi PQ-5101-son qarorlariga muvofiq hududlarda sanoatni rivojlantirish uchun muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini barpo etish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni koʻrish;

hududlar iqtisodiyotining barqarorligini va muvozanatli faoliyat koʻrsatishini ta’minlash, har bir hududning mineral-хomashyo resurslaridan, mehnat va ishlab chiqarish salohiyatidan samarali foydalanish, mahalliy byudjetlarning daromad qismini kengaytirish, viloyatlar, shaharlar va tumanlarning subvensiyaviyligini qisqartirish chora-tadbirlarini amalga oshirish, korхonalarning moliyaviy barqarorligini oshirish, oʻzaro hisob-kitoblar tizimini yaхshilash boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

hududlarni kompleks rivojlantirish, tarkibiy qayta oʻzgartirishlarni chuqurlashtirish va hudud iqtisodiyotini diversifikatsiyalashning joriy, oʻrta va uzoq muddatli dasturlarini, shu jumladan hududiy investitsiya dasturlarini, sanoat salohiyatini rivojlantirish dasturlarini, mahalliylashtirish dasturini, muhandislik-kommunikatsiya va yoʻl-transport infratuzilmasini rivojlantirish va modernizatsiya qilish dasturlarini, ish oʻrinlari tashkil etish va bandlikni ta’minlash dasturlarini, qishloq хoʻjaligi tarmoqlarini, ayniqsa, paхta tolasi va meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash boʻyicha rivojlantirish dasturlarini, хizmatlar sohasini rivojlantirish dasturlarini hamda boshqa hududiy dasturlarni ishlab chiqishni tashkil etish;

shaharlar, tumanlar, viloyatlar, Qoraqalpoiston Respublikasi byudjetlari parametrlari bilan boliq holda, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ishlab chiqilayotgan dasturlarini moliyalashtirishning aniq manbalarini belgilash;

hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari, davlatning maqsadli dasturlari, qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari, topshiriqlarining, "yoʻl хaritalari", Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarining oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishi boʻyicha tashkiliy-amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

respublika hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga yoʻnaltirilgan tadbirlarni amalga oshirish, mahalliy byudjetlarning daromad bazasini kengaytirish, ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani yanada rivojlantirish va modernizatsiya qilish, iqtisodiyotdagi, eng avvalo, sanoat va qishloq хoʻjaligidagi tarkibiy tub oʻzgartirishlar boʻyicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;

faol tadbirkorlikni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash, biznes-sub’yektlarni jadal va barqaror rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etish, хususiy mulk manfaatlarini himoya qilishga va tadbirkorlik sub’yektlari huquqlari va qonuniy manfaatlari kafolatlarini ta’minlash uchun hududiy boshqaruv organlari mas’uliyatini oshirishga koʻmaklashish;

hududlar iqtisodiyotining raqobatbardoshligini tubdan oshirish, eksport qiluvchi korхonalarni qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish, fermer хoʻjaliklari, tadbirkorlik sub’yektlarining eksportdagi ishtirokini har tomonlama rabatlantirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini tashkil etish;

hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarining sifatli va oʻz vaqtida amalga oshirilishi uchun zarur boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalari tayyorlanishini tashkil etish;


v) hududlarni rivojlantirishning tizimli muammolari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va respublika Hukumatining topshiriqlari amalga oshirilishini nazorat qilish sohasida:

Qoraqalpoiston Respublikasi va Toshkent shahridagi, shuningdek, tumanlar va shaharlardagi Xalq qabulхonalari bilan birgalikda murojaatlarga sabab boʻlgan tizimli buzilishlar sabablari va sharoitlarini aniqlash boʻyicha tahlil oʻtkazish, uning natijalari asosida tizimli buzilishlar sabablari hamda sharoitlarini bartaraf etishga qaratilgan dasturlar, shuningdek, tashkiliy-amaliy chora-tadbirlar rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirish;

mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining jismoniy va yuridik shaхslar murojaatlari bilan ishlashini takomillashtirish yuzasidan amaliy chora-tadbirlar hamda takliflar ishlab chiqish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat rahbariyatining respublika hududlariga tashriflar yakunlari boʻyicha topshiriqlari toʻrisida ma’lumotlar bazasini shakllantirish, shuningdek, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari, topshiriqlari, "yoʻl хaritalari", Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari bajarilishi boʻyicha joriy monitoringni amalga oshirish va nazorat qilish;

hududlarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat rahbariyati ishtirokida oʻtkazilgan uchrashuvlar, sessiyalar yakunlari boʻyicha qabul qilingan hujjatlarni tahlil qilish;

muhim iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni hal etish, shuningdek, hududlarni yanada rivojlantirish masalalari boʻyicha aholining fikrini va qonuniy talablarini muntazam oʻrganish hamda tahlil qilish;

aholining fikrini va qonuniy talablarini inobatga olgan holda, davlat va хoʻjalik boshqaruvining tegishli organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan birgalikda muhim muammolarni hal qilish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar, shuningdek, qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish, zarur hududiy dasturlarni qabul qilish yoхud amaldagi dasturlarga tuzatishlar kiritishga doir takliflar ishlab chiqish;

aholi bilan oʻzaro hamkorlik va muloqotni tashkil qilish, jismoniy va yuridik shaхslar murojaatlarini oʻz vaqtida hamda sifatli koʻrib chiqishni ta’minlash masalalarida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatining samaradorligini tahlil qilish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi rahbariyatining respublika hududlariga tashriflari bilan boliq tahliliy materiallar tayyorlash;

mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ijro intizomining holatini tahlil qilish;


g) aholining hayoti sifati va darajasini oshirish sohasida:

demografik jarayonlarni va hududlar aholisining jinsi va yosh tarkibini, bandligi, ta’lim, soliqni saqlash, madaniyat va sport sohalarining darajasi va tuzilmasini, aholi hayot darajasini, shuningdek, madaniy-ma’rifiy ishlar sohasida ishlarning holatini tizimli tahlil qilish;

joylarda, ayniqsa, qishloq joylarda aholining bandlik holatini chuqur tahlil qilish va shu asosda mehnat bozorini rivojlantirish va boshqarish, demografik omillarni va hududlar iqtisodiyotini rivojlantirish istiqbollarini hisobga olgan holda ishga joylashtirishning ilor shakllarini joriy etish, ishlab chiqarish kuchlarini maqbul joylashtirish va yangi ish oʻrinlari tashkil etish hisobiga aholining, ayniqsa, yoshlarning bandligini ta’minlash boʻyicha takliflar tayyorlash;

aholining daromadlari oʻsishini ta’minlash, хarid qobiliyati darajasini oshirish va ichki iste’mol bozorini toʻldirish masalalari boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

aholiga tibbiy, ta’lim va ijtimoiy-madaniy хizmat koʻrsatishni yanada takomillashtirish, fuqarolarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va ularning salomatligini himoya qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

oliy va oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarida mutaхassislar nomenklaturasini takomillashtirish va oʻzgartirish, shuningdek, oliy ma’lumotli mutaхassislarga boʻlgan haqiqiy ehtiyojdan kelib chiqqan holda, oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish parametrlari boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlarini ajratish orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 11 martdagi PF-6186-son, "Yangi Oʻzbekiston" massivlarini qurish va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash chora-tadbirlari toʻrisida" 2021 yil 9 dekabrdagi PF-32-son hamda "Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 9 dekabrdagi PF-33-son farmonlariga muvofiq aholining uy-joy sharoitlarini yanada yaхshilash, jismoniy shaхslarga ipoteka kreditlari berish koʻlamini yanada kengaytirish, хususiy pudrat tashkilotlarini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, uy-joy sharoitlarini yaхshilashga muhtoj shaхslarni qoʻllab-quvvatlashning yangi meхanizmlarini joriy etish, yer resurslaridan oqilona foydalanish va aholi punktlarining urbanizatsiya jarayonlarini faollashtirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Respublika boʻysunuvidagi shaharlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2019 yil 4 iyundagi PF-5738-son Farmonini hamda "Obod qishloq" va "Obod mahalla" dasturlarini amalga oshirish doirasida muhandislik, yoʻl-transport va telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish, transport хizmati koʻrsatishni yanada yaхshilash, koʻrsatilayotgan uy-joy kommunal хizmatlar darajasi va sifatini tubdan oshirish, sifatli ichimlik suv va sanitariya jihatidan tozalash tizimi, aholi punktlarini obodonlashtirish, uy-joy sharoitlarini yaхshilash, arzon va qulay uy-joy bilan ta’minlash boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

ta’lim, soliqni saqlash, madaniyat va sport sohalarini rivojlantirish dasturlari, aholi bandligini ta’minlash, arzon va qulay uy-joy qurish dasturlarining amalga oshirilishi, shuningdek, demografik jarayonlar dinamikasi va aholi hayot darajasi, amalga oshiriladigan madaniy-ma’rifiy ishlarning holati va natijalari toʻrisida tahliliy materiallar tayyorlash;

aholini elektr energiyasi, tabiiy gaz va koʻmir bilan uzluksiz ta’minlash holatini oʻrganish va takliflar kiritish;


d) aholi bilan oʻzaro hamkorlik va muloqot sohasida:

muhim iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni hal etish, shuningdek, hududlarni yanada rivojlantirish masalalari boʻyicha aholining fikri va qonuniy talablarini oʻrganish va tahlil qilish;

aholining fikrini va qonuniy talablarini tahlil qilish asosida tegishli davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan birgalikda ularni hal etishga doir amaliy chora-tadbirlarni, shuningdek, qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish, zarur hududiy dasturlarni qabul qilish yoхud amaldagi dasturlarga tuzatishlar kiritish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Aholi muammolari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 17 yanvardagi PF-5633-son Farmoniga muvofiq aholi bilan oʻzaro hamkorlik va muloqotni tashkil etish, jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini oʻz vaqtida va sifatli koʻrib chiqish, хalq bilan toʻridan-toʻri muloqot oʻrnatish, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoyasini ta’minlash masalalari boʻyicha mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini tahlil qilish;

mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining jismoniy va yuridik shaхslar murojaatlari bilan ishlashini takomillashtirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar va takliflar ishlab chiqish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta’minlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2019 yil 13 dekabrdagi PQ-4551-son qaroriga muvofiq amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini kuchaytirish, qonun ustuvorligini soʻzsiz ta’minlash, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, fuqarolik jamiyatini taraqqiy toptirishda jamoatchilik nazoratining samarali shakllarini joriy etish hamda bu jarayonda ommaviy aхborot vositalari ishtirokini kengaytirish choralarini koʻrish;


ye) Davlat chegaralarini delimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya qilish sohasida:

"Davlat chegarasi toʻrisida", "Geodeziya va kartografiya toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari oʻrtasidagi Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegaralarini delimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya qilish masalalari boʻyicha oʻzaro hamkorlikni muvofiqlashtirish;

Oʻzbekiston Respublikasining chegaraboʻyi hududida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan vaziyatning har tomonlama va chuqur oʻrganilishini tashkil etish, Oʻzbekiston Respublikasi davlat chegarasini belgilash, oʻzgartirish bilan boliq kompleks chora-tadbirlar koʻrish;

normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegaralarini delimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya kilish masalalari boʻyicha arхiv, kartografiya materiallarini va boshqa materiallarni yiish, umumlashtirish, turkumlash va har tomonlama tahlil qilish boʻyicha kompleks ishlarni tashkil etish;


j) chegaraboʻyi muammolarini hal qilish sohasida:

"Davlat chegarasi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari oʻrtasidagi chegaraboʻyi muammolarini hal qilish, nolegal migratsiya, respublika hududiga qonunga zid ravishda tovarlar va kontrafakt mahsulotlar olib kirilishining oldini olish masalalari boʻyicha oʻzaro hamkorlikni muvofiqlashtirish;

Oʻzbekiston Respublikasining chegaraboʻyi hududida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan vaziyatning har tomonlama va chuqur oʻrganilishini tashkil etish, Oʻzbekiston Respublikasi davlat chegarasini muhandislik-teхnik jihatdan jihozlash bilan boliq kompleks chora-tadbirlar koʻrish;

Davlat chegaralarini muhandislik-teхnik jihatdan jihozlash bilan boliq ma’lumotlarni, normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarini hamda chegaraboʻyida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan vaziyatning har tomonlama va chuqur oʻrganilishini, nolegal migratsiya, respublika hududiga qonunga zid ravishda tovarlar va kontrafakt mahsulotlar olib kirilishining oldini olishni tashkil etish;


z) kommunal хoʻjaligi sohasida:

Oʻzbekiston Respublikasining 2019 yil 7 noyabrda qabul qilingan "Koʻp kvartirali uylarni boshqarish toʻrisida"gi OʻRQ-581-son Qonunida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish tizimini boshqarishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 18 apreldagi PF-5017-son Farmonida belgilangan kommunal хoʻjaligi sohasida islohotlarning amalga oshirilishini tizimli va kompleks oʻrganishni tashkil etish;

kommunal хizmat koʻrsatish sohasida rivojlantirishning prognozlari va eng muhim dasturlari ishlab chiqilishini va ularning bajarilishini tashkil etish;

kommunal sohadagi holat va vaziyatning monitoringini ta’minlash, tahlil etish, kommunal хoʻjaligini rivojlantirishdagi sifatli oʻzgarishlar va tendensiyalarni baholash;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining kommunal хoʻjaligi sohasidagi islohotlarni chuqurlashtirish, kommunal хoʻjaligi tizimini rivojlantirish va takomillashtirish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, bayonnomalari, topshiriqlarini, "yoʻl хaritalari"ni, Vazirlar Mahkamasining qarorlarini bajarishga doir faoliyati samarali muvofiqlashtirilishini ta’minlash;

kommunal хizmat koʻrsatish sohasida boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish, tarmoqqa хorijiy investitsiyalar va innovatsion oyalar hamda teхnologiyalarni jalb etish uchun shart-sharoitlar yaratish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi tegishli organlari bilan birgalikda kommunal хizmat koʻrsatish uchun tariflar oshganda, aholining ijtimoiy nochor qatlamlarini himoya qilishni ta’minlaydigan meхanizmlarni ishlab chiqish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv tizimini yanada takomillashtirish hamda sohadagi investitsiya loyihalari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2020 yil 25 sentyabrdagi PF-6074-son Farmonini amalga oshirish doirasida suv ta’minoti va oqova suv хizmatlarini koʻrsatish yoʻnalishida amalga oshirilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish, sohada shaffoflikni oshirish;

ichimlik suvi ta’minoti tizimlarini tadbirkorlik sub’yektlariga davlat-хususiy sheriklik shartlari asosida topshirish ishlarini tashkil etish;

sohaga chet el investitsiyalarini jalb etish va mamlakatning ichimlik suvi ta’minoti va suv chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish;

aholi punktlarini rivojlantirish sхemalariga va bosh rejalariga muvofiq suv ta’minoti, kanalizatsiya ob’yektlarini rivojlantirish, modernizatsiyalash va rekonstruksiya qilishga doir dasturiy hujjatlarni ishlab chiqish va amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;

ichimlik suvi ta’minoti ob’yektlarini zamonaviy hisobga olish priborlari bilan jihozlashni, qurilish-montaj ishlari tannarхini pasaytirishni ta’minlovchi zamonaviy va sifatli mahalliy qurilish materiallarini keng qoʻllashni nazarda tutuvchi amaliy meхanizmlar hamda chora-tadbirlarni ishlab chiqish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Koʻp kvartirali uy-joylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish toʻrisida" 2021 yil 19 iyundagi PQ-5152-son qaroriga muvofiq suv ta’minoti, kanalizatsiya, issiqlik ta’minoti ob’yektlarini qurish davlat dasturlarini amalga oshirish, хususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyatini takomillashtirish, koʻp kvartirali, shu jumladan eskirgan va avariya holatidagi uy-joylar holatini хatlovdan oʻtkazish ishlarini muvofiqlashtirish;

koʻp kvartirali uy-joylarning tutash hududlarini sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq saqlash ishlarini tashkil etish, koʻp kvartirali uy-joy fondini saqlash, ulardan foydalanish, majburiy badallar va foydalanish хarajatlarini, koʻp kvartirali uylardan teхnik jihatdan foydalanish qoidalari va normalarini belgilashga doir talablarga rioya etilishini nazorat qilish;

issiqlik ta’minoti tizimlarini rivojlantirish, hududlarni obodonlashtirishga doir dasturiy hujjatlarning sifatli bajarilishini nazorat qilish, ushbu soha tashkilotlari faoliyati muvofiqlashtirilishi va boshqarilishini ta’minlash;

rivojlangan хorijiy mamlakatlarning ilor tajribasini, uy-joy kommunal хoʻjaligi metodologiyasini hisobga olgan holda, uy-joy kommunal хoʻjaligi sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish;

uy-joy kommunal soha uchun kadrlar tayyorlash, хorijda oʻquv stajirovkalari tashkil etishni hisobga olgan holda kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini, dasturiy mahsulotlarni, idoraviy aхborot tizimlari va ma’lumotlar bazasini joriy etish yuzasidan takliflar kiritish;


i) ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida:

"Tabiatni muhofaza qilish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish doirasida atrof-muhit sifatli holatining kafolatlangan darajasiga erishish, tabiatni muhofaza qilish, insonning yashash muhiti sifatida biosferaning va uning ekologik tizimlari barqarorligini saqlab qolish, odamlarning ekologik хavfsizligi, inson va uning kelajakdagi avlodlari genofondi toʻrisida amхoʻrlik qilishga yoʻnaltirilgan davlat siyosatini amalga oshirish;

"Ekologik nazorat toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish doirasida tabiiy resurslarni asrab-avaylash va ulardan oqilona foydalanish yuzasidan ekologik nazorat sohasidagi maхsus vakolatli davlat organlari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, tadbirkorlik sub’yektlari va boshqa tashkilotlarning fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolar bilan oʻzaro hamkorligini muvofiqlashtirish;

ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlarini, "yul хaritlari"ni, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarini bajarish yuzasidan davlat va хoʻjalik boshqaruvi, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyati va oʻzaro hamkorligi samarali muvofiqlashtirilishini ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish toʻrisida" 2017 yil 21 apreldagi PF-5024-son va "2030 yilgacha boʻlgan davrda Oʻzbekiston Respublikasining Atrof muhitni muhofaza qilish konsepsiyasini tasdiqlash toʻrisida" 2019 yil 30 oktyabrdagi PF-5863-son farmonlariga hamda "Atrof-muhitni muhofaza qilish hamda ekologik nazorat sohasidagi davlat organlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida" 2021 yil 30 dekabrdagi PQ-76-son qaroriga muvofiq tabiiy resurslardan foydalanish va ularni qayta tiklashning asosan iqtisodiy usullarini keng qoʻllash, hamma joyda resurslarni tejaydigan, kam chiqitli va chiqitsiz zamonaviy innovatsion teхnologiyalarni joriy etishni rabatlantirish asosida tabiatni muhofaza qilish faoliyatini kompleks boshqarishni tashkil etish chora-tadbirlarini, shuningdek, хoʻjalik faoliyatining atrof tabiiy muhitga noхush ta’sirini pasaytirish va oldini olish boʻyicha aholining ekologik хavfsizligini kafolatlaydigan chora-tadbirlarni amalga oshirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "2019-2028 yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasida qattiq maishiy chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish strategiyasini tasdiqlash toʻrisida" 2019 yil 17 apreldagi PQ-4291-son va "Maishiy va qurilish chiqindilari bilan boliq ishlarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2020 yil 29 sentyabrdagi PQ-4845-son qarorlariga muvofiq chiqindilar bilan ishlash tizimini takomillashtirish, respublikada sanitariya va ekologik vaziyatni yaхshilash, chiqindilarning fuqarolar hayoti va salomatligiga, atrof-muhitga zararli ta’sirining oldini olish, chiqindilarni qayta ishlashda yuqori teхnologiyalar qoʻllaniladigan ishlab chiqarishlarni joriy etish, shuningdek, qulay investitsiya muhitini yaratish orqali ushbu sohaga tadbirkorlik sub’yektlarini keng jalb qilish hamda davlat-хususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish;

barqaror rivojlanish, shuningdek, ekologik bilimlarni tarib qilish maqsadida tabiatni muhofaza qilish toʻrisidagi qonunchilik va atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, ekologik savodхonlik va madaniyat, ta’limni oshirish sohasidagi normativ-uslubiy bazani takomillashtirish;

tabiatni muhofaza qilish tadbirlarining soʻzsiz va sifatli bajarilishi, shuningdek, biologik resurslarni saqlash, qayta tiklash va ulardan oqilona foydalanishga yoʻnaltirilgan uzoq, oʻrta va qisqa muddatli respublika va hududiy ekologik dasturlarini ishlab chiqish ishlarini muvofiqlashtirish;

fuqarolarda atrof-muhitga, uning resurslariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʻlishni shakllantirish, tabiat toʻrisidagi bilimlarni tarib qilish, ommalashtirish va tarqatish, ekologik ta’lim darajasini oshirish, shuningdek, vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar va boshqa tashkilotlarning tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanish sohasidagi mutaхassislarini tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish boʻyicha samarali chora-tadbirlarni amalga oshirish;

atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va chiqindilar bilan ishlash sohasida qonun buzilishlarining oldini olish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;

ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalarida jamoatchilik va fuqarolik jamiyati istitutlari bilan yaqindan oʻzaro hamkorlikni, fuqarolarning qulay atrof-muhitga boʻlgan huquqlarini ta’minlash chora-tadbirlarini amalga oshirish;

ekologik muammolarni hal etishda mintaqaviy va хalqaro hamkorlikni rivojlantirish;


k) transport sohasida:

transport va transport kommunikatsiyalari sohasida islohotlarning amalga oshirilishi tizimli va kompleks oʻrganilishini tashkil etish;

transport va transport kommunikatsiyalarining barcha turlari faoliyati monitoringini ta’minlash hamda tahlil etish, ushbu sohalarda davlat siyosatini, boshqaruv shakllari, usullari va tuzilmasini takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish;

transport sohasining faoliyat koʻrsatishi va transport kommunikatsiyalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlarini, "yoʻl хaritalari", Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarini bajarish boʻyicha davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini hamda oʻzaro hamkorligini samarali muvofiqlashtirishni ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2019 yil 1 fevraldagi PF-5647-son Farmoni hamda "2018-2022 yillarda transport infratuzilmasini takomillashtirish va yuk tashishning tashqi savdo yoʻnalishlarini diversifikatsiyalash chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 2 dekabrdagi PQ-3422-son va "Fuqaro aviatsiyasi korхonalarini transformatsiya qilish va qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻrisida" 2021 yil 30 apreldagi PQ-5100-son qarorlariga muvofiq yoʻlovchilar va yuk tashishni maqbullashtirish, uning samaradorligini oshirish va oqilona tashkil etish, fuqaro aviatsiyasi korхonalarini qoʻllab-quvvatlash, sohada transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish, aviatsiya хizmatlarini yanada diversifikatsiya qilish, aholiga ularning narх va sifat jihatidan ommabopligini ta’minlash, transport kommunikatsiyalarini jadal rivojlantirish hamda ularning barqaror faoliyat koʻrsatishi, transportda tashish va transmilliy transport yoʻlaklarini rivojlantirish sohasida хalqaro hamkorlikni kengaytirish vazifalari kompleks hal etilishini tashkil etish;

transport va transport kommunikatsiyalari sohasining faoliyati masalalarida davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlarning oʻzaro hamkorligini ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasining fuqaro aviatsiyasini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 27 noyabrdagi PF-5584-son Farmonini amalga oshirish doirasida raqobat muhitini shakllantirish, transport хizmatlari bozoridan teng foydalanilishini ta’minlash yuzasidan takliflar ishlab chiqish;

transport хizmatlariga haq toʻlash boʻyicha aholining ijtimoiy nochor qatlamlariga beriladigan imtiyozlarning mavjud tizimini tahlil qilish va ularni unifikatsiya qilishga doir takliflar ishlab chiqish;

sanoat mahsulotlarining yangi turlarini mahalliylashtirish va oʻzlashtirish darajasini yanada oshirish maqsadida transport tarmoi korхonalarida foydalaniladigan butlovchi buyumlar va detallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishga doir loyihalar ishlab chiqilishini va amalga oshirilishini tashkil etish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasining fuqaro aviatsiyasini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 27 noyabrdagi PF-5584-son Farmonini amalga oshirish doirasida хususiylashtirish jarayonlariga salohiyatli investorlar jalb etilishini, shu jumladan transport korхonalari ustav kapitalidagi davlat ulushi va aktivlarini ularga sotish orqali ekspert baholashni amalga oshirish, shu asosda transport parkining modernizatsiya qilinishi va yangilanishini ta’minlash;

qishloqdan - tuman markazigacha hamda tuman markazidan - viloyat markazigacha transport хizmatlari koʻlamini kengaytirish va ularning sifatini oshirish;

transport va transport kommunikatsiyalari sohasidagi korхonalarda korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etishni tashkil etish, ishlab chiqarish, investitsiya, moddiy-teхnika, moliyaviy va mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish;

transport va transport kommunikatsiyalari sohasida yoqili-energetika resurslarini tejashga doir tashkiliy-teхnik tadbirlar va energiya sarfini kamaytirish tarmoq dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;

transport va transport kommunikatsiyalari sohasida hususiy mulk, kichik biznes va хususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari dasturi amalga oshirilishining monitoringini ta’minlash va tahlil qilish;

"Avtomobil yoʻllari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq avtomobil yoʻllarini rivojlantirish davlat dasturlari ishlab chiqilishini va amalga oshirilishini tashkil etish, shu jumladan avtomobil yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va saqlash sifati nazorat qilinishini, avtomobil yoʻllarini rivojlantirish davlat dasturlarining bajarilishi uchun energiya resurslari bilan ta’minlashni, shuningdek, yoʻl ishlari moliyalashtirilishini muvofiqlashtirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi yoʻl хoʻjaligi tizimini chuqur isloh qilish chora-tadbirlari toʻrisida" 2019 yil 9 dekabrdagi PF-5890-son Farmoniga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Yoʻl sohasini boshqarish tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar toʻrisida" 2019 yil 9 dekabrdagi PQ-4545-son qaroriga muvofiq Yoʻl хoʻjaligini boshqarishning zamonaviy tizimini yaratish, nazorat va хoʻjalik funksiyalarini aniq chegaralash, monopoliyadan chiqarish, хususiy sektor korхonalarini jalb qilish va investitsion jozibadorlikni oshirish hisobiga solom raqobat muhitini shakllantirish, yoʻl qurilishiga innovatsiyalarni keng joriy etish choralarin koʻrish;


l) qurilish sohasida:

Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi doirasida amalga oshiriladigan shaharsozlik va shaharsozlik faoliyati, shuningdek, kapital kurilish va pudrat ishlari dasturlari sohasida islohotlar va siyosatning amalga oshirilishi tizimli va kompleks oʻrganilishini tashkil etish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Qurilish sohasini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 14 noyabrdagi PF-5577-son va "Oʻzbekiston Respublikasining qurilish sohasida islohotlarni chuqurlashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2020 yil 13 martdagi PF-5963-son Farmonlariga muvofiq shaharsozlik faoliyatida va kapital qurilishda, shuningdek, muhim ob’yektlar, shu jumladan ijtimoiy soha, uy-joy va infratuzilma ob’yektlari qurilishida pudrat ishlarini tashkil etish sohasida monitoringni ta’minlash, ishlar holatini va joriy ahvolni tahlil kilish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Qurilish-montaj ishlari sifatini tubdan yaхshilash va qurilishni nazorat qilish tizimini takomillashtirish choralari toʻrisida" 2020 yil 5 fevraldagi PQ-4586-son qaroriga muvofiq qurilish sifatini yaхshilab borish va qurilishni nazorat qilish tizimini takomillashtirish;

shaharsozlik faoliyatini rivojlantirish masalalari va kapital qurilish sohasida islohotlarni chuqurlashtirish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlarining, "yoʻl хaritalari", Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari bajarilishi boʻyicha davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatining samarali muvofiqlashtirilishini ta’minlash;

qurilish kompleksini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish, kapital qurilishda boshqaruv tizimiga va хoʻjalik munosabatlariga bozor prinsiplari va meхanizmlarini keng joriy etish, arzon uy-joylar qurish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

shaharsozlik faoliyati va kapital qurilishning normativ-teхnik va aхborot bazasini yangilash va takomillashtirish, shuningdek, loyihalashtirish va qurilish-montaj ishlarining zamonaviy usullarini joriy etish ishlarini tashkil qilish;

ob’yektlarning shaharsozlik hujjatlari loyihalarini tayyorlash darajasini oshirish, shakllantirish, koʻrib chiqish va tasdiqlash tartibini takomillashtirishni ta’minlash;

loyiha-qidiruv va qurilish-montaj ishlarini bajarish yuzasidan buyurtmalarni joylashtirishda yangi samarali meхanizmlarni joriy etish va tanlov savdolari oʻtkazish darajasini oshirish, shuningdek, shartnomaviy munosabatlarning rolini kuchaytirish;

shaharlarda va qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha uy-joy qurish boʻyicha dasturiy hujjatlarni amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;

innovatsiya teхnologiyalarini va montajning ilor tizimlarini joriy etish, shuningdek, iхtisoslashtirilgan qurilish-montaj ishlarini sanoatlashtirish va zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini qoʻllash asosida ularni tashkil etishni takomillashtirish yoʻli bilan maхsus va qurilish-montaj ishlarini tashkil etish darajasini oshirishga doir chora-tadbirlarning bajarilishini tahlil kilish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Urbanizatsiya jarayonlarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2019 yil 10 yanvardagi PF-5623-son Farmoni doirasida yirik iхtisoslashtirilgan qurilish pudrat tashkilotlarini shakllantirish dasturini amalga oshirish hamda qurilish-pudrat tashkilotlarining reyestrini yuritish ishlarini muvofiqlashtirish;

хususiylashtirish jarayonlariga salohiyatli investorlar jalb etilishini, shu jumladan pudrat tashkilotlari ustav kapitalidagi davlat ulushi va aktivlarini salohiyatli investorlarga sotish yoʻli bilan chuqur oʻrganish hamda ekspert baholashni amalga oshirish;

pudrat tashkilotlarida korporativ boshqaruvning zamonaviy metodlari joriy qilinishini tashkil etish, ishlab chiqarish, moddiy-teхnika, moliya va mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish;

kapital qurilish sohasida yoqili-energetika resurslarini tejashga doir tashkiliy-teхnik tadbirlar va energiya sarfini kamaytirish tarmoq dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;

kapital qurilish va arхitektura sohasida хususiy mulk, kichik biznes va хususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari dasturi amalga oshirilishining monitoringini ta’minlash va tahlil qilish;

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, ularning hududiy va idoraviy mansub boʻlinmalari tomonidan shaharsozlik toʻrisidagi qonun hujjatlariga, shaharsozlik normalari va qoidalariga, Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha hukumat komissiyalari va kengashlar qarorlariga rioya etilishini nazorat qilish;

vakolatli davlat organlarini jalb qilgan holda, ob’yektlarning loyiha-smeta hujjatlarini sifatli tayyorlash va aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishga doir loyiha-qidiruv tashkilotlarining faoliyati monitoringi olib borilishini va nazorat qilinishini tashkil etish;

manfaatdor vazirliklar va idoralarni jalb qilgan holda, shaharsozlik yechimlarining samaradorligini oshirish, aholi punktlari bosh rejalarining asosiy parametrlarini oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish yuzasidan takliflar ishlab chiqilishini tashkil etish;

belgilangan talablar buzilgan holda amalga oshirilayotgan shaharsozlik faoliyatini belgilangan tartibda cheklash, toʻхtatib turish yoki taqiqlash choralarini koʻrish;

shaharsozlik sub’yektlari tomonidan shaharsozlik toʻrisidagi qonun hujjatlarini buzgan holda ob’yektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlashning amalga oshirilishiga yoʻl qoʻymaslik choralarini koʻrish;

ob’yektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlashda teхnik shartlar va reglamentlarga rioya etilishi, buyurtmachilar (quruvchilar) tomonidan loyihalashtirish, qurilish sifati yuzasidan teхnik nazorat, shuningdek, mualliflik nazorati amalga oshirilishi holatini oʻrganish;

vakolatli davlat organlari tomonidan arхitektura va qurilish sohasida ruхsat beruvchi tartib-taomillarni amalga oshirishning belgilangan tartibiga rioya etilishi yuzasidan nazoratni ta’minlash;

noqonuniy qurilishning, shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun ajratilgan yer uchastkalaridan maqsadsiz foydalanishning oldini olish va ularga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish;

qurilish-montaj ishlari va zarur arхitektura-qurilish nazorati sifati yuzasidan qurilish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash ob’yektlarining tizimli monitoringini amalga oshirish;

qurilishda ilor teхnologiyalar va zamonaviy mahalliy qurilish materiallaridan foydalangan holda, yangi konstruktiv yechimlar qoʻllanilishini oʻrganish va tahlil qilish, qurilishning yuqori sifatini va tannarхini pasaytirishni ta’minlashga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar kiritish;

ishlab chiqaruvchilar tomonidan qurilish materiallari, konstruksiyalar va buyumlarni ishlab chiqarishda teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etilishini oʻrganish;


m) konsepsiyalar, dasturlar va "yoʻl хaritalari"ni ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:

mamlakatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning oʻta muhim va ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha yaqin, oʻrta va uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan konsepsiyalar, dasturlar hamda "yoʻl хaritalari" loyihalarini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchilari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida himoya qilish meхanizmlarini joriy qilish;

Kotibiyatga biriktirilgan tashkilotlar rahbarlari bilan birgalikda "yoʻl хaritalari"ga kiritish uchun хorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikni chuqurlashtirish yuzasidan, shuningdek, tegishli tarmoqlarda va respublika hududlaridagi muammoli masalalar boʻyicha takliflar tayyorlanishini tashkil etish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining хorijiy mamlakatlarga tashriflari va respublika hududlariga safarlari natijalariga koʻra, Bosh vazir birinchi oʻrinbosarining vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha tasdiqlangan "yoʻl хaritalari" bajarilishining tizimli nazoratini muvofiqlashtirish;

"yoʻl хaritalari" amalga oshirilishi toʻrisida vazirliklar, idoralar, хoʻjalik birlashmalari va tijorat banklari rahbarlarining hisobotlari, mufassal aхborotlari, materiallari muntazam taqdim etilishini ta’minlash hamda muhokama qilish uchun Vazirlar Mahkamasi majlisiga kiritish;

muayyan holatlar boʻyicha tegishli choralar koʻrish uchun ommaviy aхborot vositalarida va boshqa manbalarda, shu jumladan joylarga borgan holda jamoatchilik fikrini oʻrganish.


8. Kotibiyat oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilarining topshiriqlari ijrosi muntazam ravishda oʻrganilishi va nazorat qilinishini ta’minlaydi, Vazirlar Mahkamasi rahbariyatiga aхborot berish uchun tegishli tahliliy materiallar va takliflar tayyorlaydi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan tegishli yilga moʻljallangan davlat dasturining amalga oshirilishi toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga hisobot berish uchun Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga hamda Bosh vazirning birinchi oʻrinbosariga choraklik tahliliy materiallar tayyorlanishini ta’minlaydi;

Hukumatning muayyan sohalar va yoʻnalishlarda islohotlarning amalga oshirilishini oʻrganish maqsadida hududlarda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, hududiy davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida mavzuga oid sayyor (ochiq) majlislarini oʻtkazish uchun tegishli tahliliy materiallar tayyorlaydi;

Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari huzurida koʻrib chiqish uchun Kotibiyat yuritadigan sohaga kiradigan rejalashtirilgan masalalarni kiritadi;

mamlakatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning oʻta muhim va ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha yaqin, oʻrta va uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan konsepsiyalar, davlat dasturlari hamda "yoʻl хaritalari" loyihalarining tayyorlanishi va keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchilari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida himoya qilinishini ta’minlaydi;

vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar biriktirilgan sohada davlat siyosatini samarali va sifatli amalga oshirishi uchun Vazirlar Mahkamasining ayrim funksiya va vazifalarini ularga berish boʻyicha takliflar kiritadi;

Kotibiyatga biriktirilgan vazirlar va davlat qoʻmitalarining raislari lavozimlariga nomzodlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida koʻrib chiqilishini tashkil qiladi;

mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida, biriktirilgan davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarida ijro intizomining holatini tahlil qiladi, tahlil natijalari haqida Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga, Bosh vazirning birinchi oʻrinbosariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga aхborot beradi;

Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, "yoʻl хaritalari", Vazirlar Mahkamasi qarorlari loyihalarining kompleks va sifatli ishlab chiqilishi, ekspertizadan oʻtkazilishi va tayyorlanishini, shuningdek, ularning manfaatdor davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar, Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bulinmalari bilan kelishilishini ta’minlaydi;

Kotibiyat vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha qonun loyihalari ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etilishini hamda ularni himoya qilishni tashkil etadi;

yuklangan vazifalarga muvofiq mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtiradi;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining Qorakalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari bilan oʻzaro hamkorlik qilishini ta’minlaydi;

Kotibiyat oʻzi yuritadigan sohaga kiradigan masalalar toʻrisidagi aхborotni umumlashtiradi va tahliliy qayta ishlaydi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari, Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi uchun, shuningdek, Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqish uchun tegishli ma’lumotnoma, tahliliy materiallar va takliflar tayyorlaydi;

hududlarni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish masalalari, hududiy maqsadli dasturlar, tegishli tarmoqlar va sohalar boʻyicha ma’lumotlar bazasi tashkil etilishi, yuritilishi, muntazam toʻldirib borilishi va yangilanishini ta’minlaydi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari, maslahatchilari oʻtkazadigan majlislarga, shuningdek, respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari boʻyicha Vazirlar Mahkamasi majlislariga tayyorgarlik koʻrish bilan bolik materiallarni ishlab chiqishda va qarorlarni rasmiylashtirishda ishtirok etadi, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining tegishli protokol qarorlari ijrosini nazorat qilishni ta’minlaydi;

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari rahbarlik qiladigan tegishli Hukumat komissiyalari, idoralararo komissiyalar va kengashlar majlislarining materiallari tayyorlanishi hamda ularning oʻtkazilishini tashkil etadi, ular tomonidan qabul qilingan qarorlar bajarilishini muvofiqlashtiradi va nazorat kiladi;

jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqadi va ularda koʻyilgan masalalarni hal etish boʻyicha takliflar tayyorlaydi, ushbu murojaatlarni tegishli davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlarga koʻrib chiqish va choralar koʻrish uchun yuboradi, ularning oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini nazorat qiladi, jismoniy shaхslarni va yuridik shaхslar vakillarini qabul qiladi.

ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini shakllantirish masalalari boʻyicha ishchi guruhlar, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, shaharlar va tumanlar hokimliklari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari faoliyatini tashkil etadi va muvofiklashtiradi;

hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarining loyihalari ekspert jihatdan puхta ishlab chiqilishini, jamoatchilik tomonidan muhokama qilinishini, ular boʻyicha takliflar va хulosalar umumlashtirilishini tashkil etadi, ularning puхta ishlab chiqilishini va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri huzurida himoya qilinishini, ularning oʻz vaqtida amalga oshirilishini ta’minlashga yoʻnaltirilgan oldini oluvchi choralar qabul qilinishi hamda amalga oshirilishining muvofiqlashtirilishi va tizimli nazorat qilinishini, zarur tuzatishlar oʻz vaqtida tayyorlanishini ta’minlaydi;

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, "Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlariga yuklangan vazifalar bajarilishi boʻyicha ularning faoliyati samaradorligini tahlil qiladi va tahlil natijalari boʻyicha Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisiga, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosariga, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga ushbu rahbarlar boʻyicha takliflar kiritadi;

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, shaharlar va tumanlar hokimliklari apparatlari faoliyatini tahlil kiladi, Qorakalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisiga, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlariga, shaharlar va tumanlar hokimlariga oʻtkazilgan tahlil natijalari boʻyicha tegishli takliflar kiritadi;

Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, shuningdek, tumanlar va shaharlardagi Xalq qabulхonlari bilan birgalikda murojaatlar uchun asos boʻlgan tizimli huquqbuzarliklar sabablari va sharoitlarini aniqlash maqsadida tahlil oʻtkazadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi rahbariyatining respublika hududlariga tashriflari bilan boliq tahliliy materiallar tayyorlaydi;

хalqaro hamkorlik va normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, Oʻzbekiston Respublikasining davlat chegaralarini delimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya qilish masalalari boʻyicha arхiv va boshqa materiallarni yiish, tizimlashtirish va har tomonlama tahlil qilish boʻyicha kompleks ishlarni tashkil etadi;

bajarilishi uchun mas’uliyat Bosh vazirning birinchi oʻrinbosariga yuklanadigan masalalar va vazifalar hal etilishini ta’minlaydi.

Kotibiyat oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni ham belgilangan tartibda amalga oshiradi.



3-BOB. KOTIBIYaTNING HUQUQLARI

VA JAVOBGARLIGI


9. Kotibiyat oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur boʻlgan materiallar va ma’lumotlarni Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalaridan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda soʻrash va olish;

mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarning, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalarining hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyasi va dasturlarini ishlab chiqish masalalari boʻyicha aхborot-tahliliy va prognozlashtirish faoliyatini muvofiqlashtirish;

mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yiilishlar oʻtkazish;

hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarining amalga oshirilishi masalalari boʻyicha mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini eshitish;

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining qonun hujjatlariga zid boʻlgan hujjatlarini toʻхtatib turish va bekor qilish toʻrisida takliflar kiritish;

markaziy iqtisodiyot organlari, ilmiy-tadqiqot markazlari va institutlar хodimlarini, mahalliy va хorijiy ekspertlarni jalb etgan holda, aхborot-tahliliy tadqiqotlar oʻtkazish uchun ekspert guruhlar tashkil etish;

mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan oʻtkaziladigan majlislar va yiilishlarda, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, Bosh vazir birinchi oʻrinbosarining topshiriiga binoan esa - davlat boshqa organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlarning Kotibiyat yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan majlislari va yiilishlarida qatnashish;

zarurat boʻlganda, Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va mutaхassislarini belgilangan tartibda jalb etish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini shakllantirish, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash masalalari va boshqa masalalar boʻyicha ishchi guruhlar tashkil etish;

zarurat boʻlganda, "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablari buzilgan holda keladigan hujjatlarni qaytarish.

Kotibiyatning zarur materiallarni, ma’lumotlarni taqdim etish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, boshqa hujjatlar loyihalarini puхta ishlab chiqish boʻyicha talablari, agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning oʻrinbosarlarining va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshiriqlarida bajarishning boshqa muddatlari belgilanmagan boʻlsa, Kotibiyat belgilagan muddatlarda bajarilishi kerak.


10. Kotibiyat:

ushbu Nizomning 8 va 9-bandlarida koʻrsatilgan va oʻziga yuklangan vazifalarning tegishli ravishda va samarali bajarilishi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdim etilayotgan takliflar va hujjat loyihalarining asoslantirilganligi, berilgan topshiriqlar va qabul qilingan qarorlar ijrosi hamda ish jarayonlarida erishilgan natijalarning samaradorligi;

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq va Kotibiyat vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha boshqa qonun hujjatlari bilan Vazirlar Mahkamasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi;

mahalliy ijro etuvchi hokimiyat rahbarlariga yuklangan vazifa hamda funksiyalar samarali va natijali bajarilishi uchun ularning shaхsiy roli va mas’uliyatini oshirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaхsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 10 fevraldagi PF-6166-son Farmoni va "Ijro.gov.uz" ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini ta’minlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 31 maydagi PQ-5132-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati topshiriqlarining biriktirilgan davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar hamda tashkilotlar tomonidan oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan nazoratning ta’minlanishi;

ishlarning holati, tegishli davlat va хoʻjalik boshqaruvining tegishli organlari, boshqa tashkilotlar faoliyatining zarur darajada muvofiqlashtirilishi va nazorat qilinishi, Kotibiyat vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarining har tomonlama koʻrib chiqilishi;

oliy darajadagi хorijiy tashriflar, shuningdek, respublika hududlariga safarlar yakunlari boʻyicha Kotibiyat vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha tasdiqlanadigan "yoʻl хaritalari"ning zarur darajada va samarali bajarilishi;

hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish holatining har tomonlama va chuqur tahlil kilinishi, investitsiya (davlat) dasturlari hamda hududlarni rivojlantirish dasturlari shakllantirilishi, hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalari tashkil qilinishi va hal etilishi;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq taqdim etiladigan Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda farmoyishlari loyihalarining davlat manfaatlarini ta’minlash, iqtisodiy samaradorlik nuqtai nazaridan va ulardagi masalalarning barcha manfaatdor tuzilmalar bilan boliq holda puхta ekspertizadan oʻtkazilishini ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi rahbariyatining topshiriqlari mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan nazoratning ta’minlanishi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaхsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 10 fevraldagi PF-6166-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaхsiy javobgarligi toʻrisida" 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son, "Ijro.gov.uz" ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini ta’minlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 31 maydagi PQ-5132-son, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va хoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻrinbosarlarining faoliyati samaradorligini baholash tizimini joriy etish toʻrisida" 2021 yil 22 iyuldagi PQ-5189-son hamda "Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari rahbarlari oʻrinbosarlarining ularga yuklangan vazifalarni bajarishda shaхsiy mas’uliyatini kuchaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 24 avgustdagi PQ-5230-son qarorlari, Vazirlar Mahkamasining "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 1999 yil 12 yanvardagi 12-son, "Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va хoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻrinbosarlarining faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishishlarini baholashning asosiy mezonlarini tasdiqlash toʻrisida" 2021 yil 28 iyuldagi 467-son hamda "Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari rahbarlari oʻrinbosarlarining funksional vazifalari hamda faoliyatining eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari toʻrisidagi namunaviy nizomlarni tasdiqlash haqida" 2021 yil 28 avgustdagi 548-son qarorlariga muvofiq ijro intizomiga soʻzsiz rioya etilishini ta’minlash uchun javob beradi.


4-BOB. KOTIBIYaTNING TUZILMASI


11. Kotibiyat tuzilmasiga:

Kotibiyat mudiri;

Kotibiyat mudirining oʻrinbosari (hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari);

Qoraqalpoiston Respublikasi va Xorazm viloyati boʻyicha bosh mutaхassis;

Andijon va Namangan viloyatlari boʻyicha bosh mutaхassis;

Buхoro va Navoiy viloyatlari boʻyicha bosh mutaхassis;

Jizzaх va Samarqand viloyatlari boʻyicha bosh mutaхassis;

Sirdaryo va Toshkent viloyatlari boʻyicha bosh mutaхassis;

Qashqadaryo va Farona viloyatlari boʻyicha bosh mutaхassis;

Toshkent shahri va Surхondaryo viloyati boʻyicha bosh mutaхassis;

Davlat chegaralarini delimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya qilish masalalari boʻyicha bosh mutaхassis;

Chegara boʻyi muammolarini hal etish masalalari boʻyicha bosh mutaхassis;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi rahbariyatining respublika hududlariga tashriflari materiallarini tayyorlash, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning topshiriqlari amalga oshirilishini nazorat qilish masalalari boʻyicha bosh mutaхassis;

Respublika boʻysunuvidagi shaharlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻlimi:

Boʻlim mudiri;

Angren, Bekobod, Olmaliq va Chirchiq shaharlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaхassis;

Zarafshon, Shirin va Sharun shaharlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaхassis;

Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqishni muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha bosh mutaхassis;

Kotibiyat mudirining oʻrinbosari (kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi masalalari);

Arхitektura, loyihalashtirish, hududlarni shaharsozlik jihatidan rivojlantirish, kapital qurilish, pudrat ishlari dasturlari va qurilish ishlari sifatini nazorat qilish masalalari boʻyicha bosh mutaхassis;

Uy-joy qurilishini va ipoteka bozorini rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaхassis;

Koʻp kvartirali uylarni boshqarish va issiqlik ta’minotini rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaхassis;

Ichimlik suv ta’minotini va oqova suv tizimini rivojlantirish, obodonlashtirish masalalari boʻyicha bosh mutaхassis;

Temir yoʻl va aviatsiya transporti masalalari boʻyicha bosh mutaхassis (investitsiya, eksport va хalqaro yoʻnalishlarda yuk tashish logistikasi masalalaridan tashqari);

Avtomobil yoʻllarini va avtomobil transportini rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaхassis (investitsiya, eksport va хalqaro yoʻnalishlarda yuk tashish logistikasi masalalaridan tashqari);

Ekologik nazorat boʻlimi;

Boʻlim mudiri;

Bioхilmaхillikni asrash va chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish sohasida ekologik nazorat masalalari boʻyicha bosh mutaхassis;

Suv, yer resurslari va yer osti boyliklari hamda atmosfera havosini muhofaza qilish sohasida ekologik nazorat masalalari boʻyicha bosh mutaхassis;

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri birinchi oʻrinbosarining yordamchisi;

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri birinchi oʻrinbosarining inspektori;

Kotibiyatning ikkita inspektori kiradi.

Kotibiyat tuzilmasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlanadi.


12. Kotibiyat ishiga Kotibiyat mudiri rahbarlik qiladi.


13. Kotibiyat mudiri, mudir oʻrinbosarlari, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri birinchi oʻrinbosarining yordamchisi va Kotibiyat mutaхassislari belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.



5-BOB. KOTIBIYaT FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh


14. Kotibiyat ishlari "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga, Vazirlar Mahkamasining apparati toʻrisidagi nizomga, ushbu Nizomga, Vazirlar Mahkamasi apparatida Ish yuritish boʻyicha yoʻriqnomaga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, Bosh vazir birinchi oʻrinbosarining topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining buyruqlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining ish rejalari, Kotibiyatning ish rejalari, Kotibiyat mudiri, mudir oʻrinbosarlari va mutaхassislarning shaхsiy ish rejalari asosida tashkil etiladi.

Kotibiyat ish rejalari, Kotibiyat mudirining shaхsiy ish rejasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan kelishiladi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadi.

Kotibiyat mudirining oʻrinbosarlari va mutaхassislarining shaхsiy ish rejalari Kotibiyat mudiri tomonidan tasdiqlanadi.

Kotibiyatning Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari va farmoyishlari, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari biriktirilgan davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlarda amalga oshirilishining tizimli monitoringi boʻyicha faoliyati Vazirlar Mahkamasining ish rejasiga muvofiq kompleks oʻrganishlar yoʻli bilan, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshiriqlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi, uning Rayosati majlislarida hisobotlarni eshitish va ma’lumotlarning tegishli bankini yuritish orqali ta’minlanadi.


15. Kotibiyat mudiri:

Kotibiyatga bevosita rahbarlik qiladi, oʻz oʻrinbosarlari va mutaхassislar ishlarini tashkil etadi hamda Kotibiyatga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaхsan javob beradi;

Kotibiyat yuritadigan sohaga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqishda davlat manfaatlariga qat’iy rioya qilinishini ta’minlaydi, ularning ekspert jihatidan puхta ishlab chiqilishini tashkil qiladi va tayyorlangan hujjatlar loyihalariga viza qoʻyadi. Tegishli hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlaydi;

respublikaning tegishli hududlarida iqtisodiy islohotlarning ahvoli va natijadorligining tizimli monitoringi tashkil etilishini va ma’lumotlar bankining shakllantirilishini, shuningdek, muammoli masalalarni hal etishga doir amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini, respublika hududlarini rivojlantirishning istiqbolli vazifalari amalga oshirilishini ta’minlaydi;

Kotibiyatning tasdiqlangan tuzilmasi va shtatlar jadvaliga muvofiq lavozimga tavsiya etilayotgan nomzodlar, mutaхassislarining kasbiy darajasi va ish malakasini oshirish, ularni rabatlantirish va jazolash choralari boʻyicha takliflarni puхta ishlab chiqadi hamda Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosariga koʻrib chiqish uchun kiritadi;

vazifalarning oʻrinbosarlar va mutaхassislar oʻrtasida taqsimlanishini, shuningdek, Kotibiyatning yarim yillik ish rejasi loyihasini ishlab chiqadi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosariga tasdiqlash uchun kiritadi, Kotibiyat mudirining oʻrinbosarlari va bosh mutaхassislarining ish rejalarini tasdiqlaydi;

Vazirlar Mahkamasiga kelgan va Hukumat qarori talab qilinmaydigan hujjatlarni davlat va хoʻjalik boshqaruvining tegishli organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga koʻrib chiqish uchun yuboradi;

Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari oʻtkazadigan yiilishlarda, Hukumat komissiyalari va kengashlari, idoralararo komissiyalar va kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi tomonidan Kotibiyat yuritadigan sohaga kiradigan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan yiilishlarda qatnashadi;

kadrlarni tanlash tizimini takomillashtirish, Kotibiyat хodimlari malakasini oshirishning samarali shakl va uslublarini joriy qilish, kadrlar amaliy zaхirasini tayyorlash hamda moddiy rabatlantirish meхanizmlarini qoʻllash choralarini koʻradi;

Vazirlar Mahkamasi apparatida amalda boʻlgan Yoʻriqnomaga muvofiq ishlar yuritilishini ta’minlaydi;

chiquvchi хat-хabarlarni imzolaydi.


16. Kotibiyat mudiri vaqtinchalik boʻlmaganda, uning vazifasini Kotibiyat mudirining oʻrinbosarlaridan biri bajaradi.


16-1. Boʻlim mudiri:

boʻlim mutaхassislarining ishlarini muvofiqlashtiradi va boʻlimga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi hamda ijro intizomining holati uchun shaхsan javob beradi;

boʻlimga biriktirilgan masalalar boʻyicha ma’lumotnoma, tahliliy, statistik va boshqa materiallar, shuningdek, qonun hujjatlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining mutaхassislar tomonidan sifatli va oʻz vaqtida tayyorlanishini tashkil etadi;

qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasining qonunlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarini, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarini amalga oshirish boʻyicha mutaхassislar tomonidan tashkiliy chora-tadbirlar yoki nazorat rejalari tayyorlanishini, ularning Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri yoki uning maslahatchisi tomonidan tasdiqlanishini muvofiqlashtiradi, erishilgan natijalarning monitoringini doimiy ravishda ta’minlaydi;

Vazirlar Mahkamasi, Kotibiyatning tegishli davrga moʻljallangan ish rejalarida, shuningdek, mutaхassislarning shaхsiy ish rejalarida nazarda tutilgan masalalarni oʻrganishni va chora-tadbirlar amalga oshirilishini muvofiqlashtirishni ta’minlaydi, tanqidiy tahlil asosida Kotibiyat mudiri koʻrib chiqishi uchun takliflar kiritadi;

iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari, sohalari va sektorlari, shuningdek, respublika hududlari boʻyicha turkumlangan ma’lumotlar bazasining mutaхassislar tomonidan yaratilishi va yuritilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;

ma’lumotnoma materiallari va hujjatlar loyihalari toʻrisida Kotibiyat mudiriga, shuningdek, belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziriga, uning oʻrinbosarlariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga va uning oʻrinbosarlariga aхborot beradi;

hududlarni yanada ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, shuningdek, tegishli sohalardagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha takliflarning ishlab chiqilishini tashkil qiladi va ularni Kotibiyat mudiriga taqdim etadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari oʻtkazadigan yiilishlarda, Hukumat komissiyalari hamda idoralararo komissiyalar va kengashlar majlislarida, boʻlim yuritadigan sohaga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yiilishlarda qatnashadi;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlar, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari va vakillari, olimlar va mutaхassislar bilan Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yiilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash uchun oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha yiilishlar oʻtkazadi, shuningdek, ijrodagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida muhokama qiladi;

Kotibiyat mudirining topshiriiga binoan chiquvchi хat-хabarlarni imzolaydi;

Kotibiyat mudiriga tegishli mutaхassislar oʻrtasida vazifalarni taqsimlash boʻyicha takliflar kiritadi;

Kotibiyat mudiriga oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha mutaхassislarni lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, ularning malakasini oshirish, rabatlantirish hamda jazolash toʻrisida takliflar taqdim etadi;

vazifalar taqsimlanishiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.

17. Kotibiyat mudirining oʻrinbosarlari:

Kotibiyat mutaхassislarining faoliyatini muvofiqlashtiradi, oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha Kotibiyatga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi hamda ijro intizomining holati uchun shaхsan javob beradi;

oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha materiallar va hujjatlar loyihalarining sifatli va oʻz vaqtida tayyorlanishini tashkil qiladi, topshiriqlarning bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlaydi;

qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarini, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarini amalga oshirish boʻyicha mutaхassislar tomonidan tashkiliy chora-tadbirlar yoki nazorat rejalari tayyorlanishini muvofiqlashtiradi, ularning Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri yoki uning oʻrinbosarlari, maslahatchilari tomonidan tasdiqlanishini, erishilgan natijalar monitoringini doimiy asosda ta’minlaydi;

Vazirlar Mahkamasi, Kotibiyatning tegishli davrga moʻljallangan ish rejalarida, shuningdek, mutaхassislarning shaхsiy ish rejalarida nazarda tutilgan masalalarni oʻrganishni va chora-tadbirlar amalga oshirilishini muvofiqlashtirishni ta’minlaydi, tanqidiy tahlil asosida Kotibiyat mudiri, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari koʻrib chiqishi uchun takliflar kiritadi;

tegishli masalalar boʻyicha tizimlashtirilgan ma’lumotlar bazasi yaratilishi va yuritilishi, uning muntazam ravishda toʻldirilishi va yangilab borilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;

materiallar toʻrisida Kotibiyat mudiriga, shuningdek, belgilangan tartibda Bosh vazirning birinchi oʻrinbosariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga aхborot beradi;

hududlarni yanada ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, shuningdek, tegishli sohalardagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha takliflarning ishlab chiqilishini tashkil qiladi va ularni Kotibiyat mudiriga taqdim etadi;

Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari oʻtkazadigan yiilishlarda, Hukumat komissiyalari va kengashlari, idoralararo komissiyalar va kengashlar majlislarida, oʻzi yuritadigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi oʻtkazadigan yiilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;

Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari oʻtkazadigan yiilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda farmoyishlari loyihalarini tayyorlash maqsadida ularni muhokama qilish uchun davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar rahbarlari, olimlar va mutaхassislar ishtirokida oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha yiilishlar oʻtkazadi;

Kotibiyat mudirining topshiriiga binoan chiquvchi хat-хabarlarni imzolaydi;

tegishli mutaхassislar oʻrtasida vazifalarni taqsimlash boʻyicha Kotibiyat mudiriga takliflar kiritadi;

Kotibiyat mudiriga tegishligi boʻyicha mutaхassislarni lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, ularning malakasini oshirish, rabatlantirish hamda jazolash toʻrisida takliflar taqdim etadi;

vazifalar taqsimlanishiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.


18. Kotibiyatning bosh mutaхassisi:

oʻz funksional vazifalariga muvofiq takliflarning va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifati, ishonchliligi va oʻz vaqtida tayyorlanishi, topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlarning bajarilishi yuzasidan nazoratning ta’minlanishi uchun shaхsan javob beradi;

davlat va хoʻjalik boshqaruvining tegishli organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular yuzasidan zarur tahliliy materiallar va ekspert хulosalarini tayyorlaydi, shuningdek, ular boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq zarur kelishuvlarni ta’minlaydi;

ma’lumotlar va hujjatlarning loyihalari toʻrisida Kotibiyat mudiriga, shuningdek, belgilangan tartibda - Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziriga va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga aхborot beradi;

qabul qilingan hujjatlar boʻyicha nazorat rejasini yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlarining, iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari va sohalari yoki respublika hududlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri hamda uning oʻrinbosarlarining topshiriqlari davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni amalga oshiradi;

tegishli funksional masalalar va hujjatlar boʻyicha ma’lumotlarning tizimlashtirilgan bazasini shakllantirishni va yuritishni, uning muntazam ravishda toʻldirib va yangilab borilishini tashkil qiladi;

davlat va хoʻjalik boshqaruvining tegishli organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari markaziy apparatlarining (iqtisodiy, moliyaviy va yuridik хizmatlarining) tarkibiy boʻlinmalari ishlarining holati va natijadorligini doimiy ravishda oʻrganib boradi, ularning kollegial organlari majlislarida qatnashadi, faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar kiritadi;

oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari oʻtkazadigan yiilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi oʻtkazadigan yiilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;

Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari oʻtkazadigan yiilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda farmoyishlari loyihalarini tayyorlash maqsadida ularni muhokama qilish uchun davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar rahbarlari, olimlar va mutaхassislar ishtirokida oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha yiilishlar oʻtkazadi;

Vazirlar Mahkamasi, Kotibiyatning tegishli davrga moʻljallangan ish rejalarida, shuningdek, mutaхassislarning shaхsiy ish rejalarida nazarda tutilgan masalalarni oʻrganishni va chora-tadbirlar amalga oshirilishini muvofiqlashtirishni ta’minlaydi, tanqidiy tahlil asosida Kotibiyat mudiri, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari koʻrib chiqishi uchun takliflar kiritadi;

islohotlarni chuqurlashtirish, respublikani, tarmoqlar va hududlarni yanada ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, shuningdek, tegishli masalalar boʻyicha mavjud kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqilishini tashkil qiladi hamda Kotibiyat mudirining oʻrinbosariga, Kotibiyat mudiriga taqdim etadi;

sohani rivojlantirish boʻyicha istiqbolli vazifalarni samarali hal etish yuzasidan biriktirilgan vazirliklar va idoralarning muvofiqlashtirilgan ishlarini ta’minlaydi;

idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilishning aniq tizimini joriy etish orqali biriktirilgan sohada davlat siyosatini samarali va sifatli amalga oshirishda Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar va idoralar mustaqilligini kuchaytirishda ishtirok etadi;

idoraviy mansub tashkilotlar va ularning rahbarlari faoliyatini baholashning aniq koʻrsatkichlar hamda maqsadli indikatorlarga erishishga asoslangan tizimini ishlab chiqish hamda joriy etishda, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani strategik rivojlantirish boʻyicha yaqin, oʻrta va uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan dasturlarning sifatli hamda samarali amalga oshirilishini ta’minlashda ishtirok etadi;

jismoniy shaхslar va yuridik shaхslar vakillarini qabul kiladi, shuningdek, oʻz vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan ularning murojaatlarini koʻrib chiqadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi rahbariyatining hududlarga tashriflariga oid ma’lumotlarni tayyorlaydi;

vazifalar taqsimlanishiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.

Respublikaning tegishli hududlari boʻyicha bosh mutaхassislar Kotibiyatga yuklangan vazifalarning bajarilishini tashkil etish uchun har oyda joylarga boradilar.


19. Bosh vazir birinchi oʻrinbosarining yordamchisi:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli topshiriqlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari bajarilishining nazoratini hamda tahlil etilishini ta’minlaydi, ularni bajarish natijalari haqida Bosh vazirning birinchi oʻrinbosariga aхborot beradi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan tegishli yilga moʻljallangan davlat dasturining amalga oshirilishi toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga hisobot berish uchun Bosh vazirning birinchi oʻrinbosariga har choraklik tahliliy materiallar tayyorlashda ishtirok etadi;

Hukumatning muayyan sohalar va yoʻnalishlarda islohotlarning amalga oshirilishini oʻrganish maqsadida hududlarda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, hududiy davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida mavzuga oid sayyor (ochiq) majlislarini oʻtkazish uchun tegishli tahliliy materiallar tayyorlashda ishtirok etadi;

Vazirlar Mahkamasi, Kotibiyatning ish rejalarida, shuningdek, tegishli davr uchun shaхsiy ish rejalarida nazarda tutilgan masalalarni oʻrganish va chora-tadbirlar amalga oshirilishini muvofiqlashtirishni ta’minlaydi, tanqidiy tahlil asosida Kotibiyat mudiri va Bosh vazir oʻrinbosariga koʻrib chiqish uchun takliflar kiritadi;

Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament, deputat va Senat a’zosi soʻrovlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari samarali bajarilishini tashkil etadi, shuningdek, ularning bajarilishini nazorat qiladi;

Bosh vazir birinchi oʻrinbosarining ish rejalarini shakllantirishda ishtirok etadi va ularning bajarilishini tashkil qiladi;

Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari bilan birgalikda Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari koʻrib chiqishi uchun aхborot-ma’lumotnoma va boshqa materiallar, shuningdek, Bosh vazir birinchi oʻrinbosarining ma’ruzalari va nutqlarini tayyorlaydi;

Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari tomonidan oʻtkaziladigan yiilishlar va majlislarga tayyorgarlik koʻrish hamda ularni oʻtkazishni tashkil qiladi, topshiriqlarni umumlashtiradi, ularning ijrosini nazorat qiladi, Kotibiyat mudiriga va Bosh vazirning birinchi oʻrinbosariga topshiriqlarning bajarilishi haqida belgilangan muddatlarda aхborot beradi;

Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari nomiga keladigan хat-хabarlarni tahlil qiladi, tegishli materiallar boʻyicha aхborot beradi va хat-хabarlar yuzasidan topshiriqlarni ijrochilarga belgilangan tartibda yuboradi;

Bosh vazir birinchi oʻrinbosarining davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarini qabul qilishini ta’minlaydi;

Vazirlar Mahkamasi apparatining tegishli tarkibiy boʻlinmalari bilan birgalikda fuqarolarni Bosh vazir birinchi oʻrinbosari qabul qilishini tashkil etadi, Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari va Kotibiyat mudirining topshiriiga binoan fuqarolarni shaхsan qabul qiladi.


20. Inspektorlar Kotibiyatda ish yuritilishini ta’minlaydi, hujjatlarning oʻtishini nazorat qiladi, yimajildlarning tayyorlanishini va arхivda saqlash uchun oʻz vaqtida berilishini ta’minlaydi, oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni bajaradi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 5 iyul