Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 07.07.2021 y. 427-son "Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - turizm va sport vazirining funksional vazifalari, turizm, sport, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari kotibiyati hamda Madaniy merosni himoya qilish inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

07.07.2021 y.

N 427




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BOSh VAZIRINING

OʻRINBOSARI - TURIZM VA SPORT VAZIRINING

FUNKSIONAL  VAZIFALARI,  TURIZM,  SPORT,

MADANIYaT VA OMMAVIY KOMMUNIKATsIYaLAR

MASALALARI KOTIBIYaTI HAMDA MADANIY

MEROSNI HIMOYa QILISh INSPEKSIYaSI

TOʻRISIDAGI NIZOMLARNI

TASDIQLASh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Turizm, sport va madaniy meros sohalarida davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2021 yil 6 apreldagi PF-6199-son Farmoni hamda "Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 10 iyundagi PQ-5143-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - turizm va sport vazirining funksional vazifalari toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;

Turizm, sport, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari kotibiyati toʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;

Madaniy merosni himoya qilish inspeksiyasi toʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - turizm va sport vaziri A.A. Abduхakimov oʻn kun muddatda Turizm, sport, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari kotibiyati hamda Madaniy merosni himoya qilish inspeksiyasi rahbarlari va mutaхassislarining funksional vazifalari taqsimlanishini tasdiqlasin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisining funksional vazifalari hamda Sport va turizmni rivojlantirish masalalari kotibiyati toʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida" 2020 yil 25 apreldagi 255-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - turizm va sport vaziri A.A. Abduхakimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                                     A.Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 7 iyul