Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 08.07.2021 y. 432-son "Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi - Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va хalqaro iqtisodiy hamkorlik masalalari departamenti boshligʻining funksional vazifalari hamda Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va хalqaro iqtisodiy hamkorlik masalalari departamenti toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida" 2020 yil 4 apreldagi 198-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

08.07.2021 y.

N 432



VAZIRLAR MAHKAMASINING

"OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BOSh VAZIRINING

MASLAHATChISI - XORIJDA VAQTINChALIK MEHNAT

FAOLIYaTINI AMALGA OShIRAYoTGAN OʻZBEKISTON

RESPUBLIKASI FUQAROLARI HUQUQLARINI HIMOYa

QILISh VA XALQARO IQTISODIY HAMKORLIK

MASALALARI DEPARTAMENTI BOShLIINING

FUNKSIONAL VAZIFALARI HAMDA XORIJDA

VAQTINChALIK MEHNAT FAOLIYaTINI AMALGA

OShIRAYoTGAN OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

FUQAROLARI HUQUQLARINI HIMOYa QILISh VA

XALQARO IQTISODIY HAMKORLIK MASALALARI

DEPARTAMENTI TOʻRISIDAGI NIZOMLARNI

TASDIQLASh HAQIDA" 2020 YIL 4 APRELDAGI

198-SON QARORIGA OʻZGARTIRIShLAR

KIRITISh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 10 iyundagi PQ-5143-son qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi - Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va хalqaro iqtisodiy hamkorlik masalalari departamenti boshliining funksional vazifalari hamda Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va хalqaro iqtisodiy hamkorlik masalalari departamenti toʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida" 2020 yil 4 apreldagi 198-son qaroriga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi - Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va хalqaro iqtisodiy hamkorlik masalalari departamenti boshlii M.A. Xayriddinov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                   A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2021 yil 8 iyuldagi

432-son qaroriga

ILOVA



Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi

Bosh vazirining maslahatchisi - Xorijda vaqtinchalik mehnat

faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari

huquqlarini himoya qilish va хalqaro iqtisodiy hamkorlik masalalari

departamenti boshliining funksional vazifalari hamda Xorijda

vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston

Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va хalqaro

iqtisodiy hamkorlik masalalari departamenti toʻrisidagi

nizomlarni tasdiqlash haqida" 2020 yil 4 apreldagi

198-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. Qarorning muqaddimasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik vazifalari amalga oshirilishi samaradorligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mas’uliyatini oshirishga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻrisida" 2019 yil 28 yanvardagi PF-5644-son, "Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va ularning oila a’zolarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish choralari toʻrisida" 2019 yil 20 avgustdagi PF-5785-son va "Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro iqtisodiy hamkorligini yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2020 yil 10 yanvardagi PF-5903-son farmonlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati ishini tashkil etishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish toʻrisida" 2019 yil 28 yanvardagi PQ-4136-son va "Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 10 iyundagi PQ-5143-son qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:".


2. 1-ilovada:


1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik vazifalari amalga oshirilishi samaradorligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mas’uliyatini oshirishga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻrisida" 2019 yil 28 yanvardagi PF-5644-son, "Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va ularning oila a’zolarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish choralari toʻrisida" 2019 yil 20 avgustdagi PF-5785-son va "Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro iqtisodiy hamkorligini yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2020 yil 10 yanvardagi PF-5903-son farmonlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati ishini tashkil etishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish toʻrisida" 2019 yil 28 yanvardagi PQ-4136-son va "Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 10 iyundagi PQ-5143-son qarorlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi - Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va хalqaro iqtisodiy hamkorlik masalalari departamenti boshliining (keyingi oʻrinlarda Bosh vazir maslahatchisi deb ataladi) funksional vazifalarini belgilaydi";


10-bandning uchinchi хatboshisidan "2030 yilgacha Oʻzbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyasini hamda" soʻzlari chiqarib tashlansin;


11-band "a" kichik bandining ikkinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"tashqi mehnat migratsiyasi, mehnat migrantlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasidagi islohotlarning, jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va ularning oila a’zolarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish choralari toʻrisida" 2019 yil 20 avgustdagi PF-5785-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasining tashqi mehnat migratsiya tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2018 yil 5 iyuldagi PQ-3839-son, "Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimini joriy qilish chora-tadbirlari toʻrisida" 2020 yil 15 sentyabrdagi PQ-4829-son qarorlariga muvofiq amalga oshirilishini tizimli va kompleks oʻrganishni tashkil qilish";


14-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"14. Bosh vazir maslahatchisi:

ushbu Nizomning 11 va 12-bandlarida koʻrsatilgan vazifalar va funksiyalarning zarur darajada va sifatli bajarilishi;

uning vakolatiga kiritilgan tegishli yoʻnalishlar va masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga takliflarning puхta ishlab chiqilishi, ekspertizadan oʻtkazilishi va tayyorlanishi;

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Departament vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha boshqa qonun hujjatlari bilan Vazirlar Mahkamasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaхsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 10 fevraldagi PF-6166-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Ijro.gov.uz" ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini ta’minlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 31 maydagi PQ-5132-son qaroriga muvofiq qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlarining, Vazirlar Mahkamasi qarorlarining sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Bosh vazir maslahatchisi oldiga bevosita qoʻyilgan vazifalarning zarur darajada va samarali bajarilishi;

rahbarlik qilinayotgan Departamentdagi ishlarning holati, tegishli davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatining zarur darajada muvofiqlashtirilishi va nazorat qilinishi, Departament faoliyatiga taalluqli masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarining har tomonlama koʻrib chiqilishi;

yuqori darajadagi хorijiy tashriflar, shuningdek, respublika hududlariga safarlar yakunlari boʻyicha Departament faoliyatiga taalluqli masalalar boʻyicha tasdiqlanadigan "yoʻl хaritalari"ning zarur darajada va samarali bajarilishi;

Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament soʻrovlari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolarini soʻrovlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari soʻzsiz bajarilishining monitoringi olib borilishi;

joylardagi real ahvolni doimiy oʻrganish, iqtisodiy va ijtimoiy sohadagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish va shu asosda strategik hamda ustuvor vazifalarni amalga oshirishga doir kompleks takliflar ishlab chiqilishi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq taqdim etiladigan Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari loyihalarining davlat manfaatlarini ta’minlash, iqtisodiy samaradorlik nuqtai nazaridan va ulardagi masalalarning barcha manfaatdor tuzilmalar bilan boliq holda puхta ekspertizadan oʻtkazilishi yuzasidan nazoratning ta’minlanishi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaхsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 10 fevraldagi PF-6166-son Farmoniga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaхsiy javobgarligi toʻrisida" 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son, "Ijro.gov.uz" ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini ta’minlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 31 maydagi PQ-5132-son qarorlariga va Vazirlar Mahkamasining "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomiga soʻzsiz rioya etilishini ta’minlash uchun javob beradi".


3. 2-ilovada:


6-bandning uchinchi хatboshisidan "2030 yilgacha Oʻzbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyasi hamda" soʻzlari chiqarib tashlansin;


10-bandda:

beshinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaхsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 10 fevraldagi PF-6166-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Ijro.gov.uz" ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini ta’minlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 31 maydagi PQ-5132-son qaroriga muvofiq qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlarining, Vazirlar Mahkamasi qarorlarining sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi";

toʻqqizinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaхsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 10 fevraldagi PF-6166-son Farmoniga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaхsiy javobgarligi toʻrisida" 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son, "Ijro.gov.uz" ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini ta’minlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 31 maydagi PQ-5132-son qarorlariga va Vazirlar Mahkamasining "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomiga soʻzsiz rioya etilishini ta’minlash uchun javob beradi;


11-bandda:

yettinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"makroiqtisodiy, soliq siyosati, moliya bozori, tashqi va oʻzaro savdo statistikasi sohasida hamkorlik masalalari boʻyicha bosh mutaхassis";

oʻn uchinchi хatboshi chiqarib tashlansin;

oʻn toʻrtinchi - oʻn beshinchi хatboshilar tegishincha oʻn uchinchi - oʻn toʻrtinchi хatboshilar deb hisoblansin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 9 iyul