Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida yagona elektron ish yurituv tizimi orqali ma’muriy huquqbuzarlikka oid ishlarni yuritish tartibi хaqida Nizom (OʻzR VM 08.07.2021 y. 431-son qaroriga ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2021 yil 8 iyuldagi

431-son qaroriga

ILOVA



Ma’muriy huquqbuzarlik toʻrisida yagona

elektron ish yurituv tizimi orqali ma’muriy

huquqbuzarlikka oid ishlarni yuritish tartibi хaqida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ma’muriy huquqbuzarliklar (keyingi oʻrinlarda - huquqbuzarlik) yuzasidan ish yuritish va tegishli jazo choralarini qoʻllash vakolatiga ega boʻlgan davlat organlari (keyingi oʻrinlarda - vakolatli organlar)ning Ma’muriy huquqbuzarliklar toʻrisida yagona elektron ish yurituv tizimi (keyingi oʻrinlarda - "E-ma`muriy ish" tizimi) orqali huquqbuzarliklar toʻrisidagi ishlarni (keyingi oʻrinlarda - ma’muriy ish) elektron shaklda yuritish tartibini belgilaydi.


2. Ma’muriy ishlarni "E-ma`muriy ish" tizimi orqali yuritish Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻrisidagi kodeksiga va boshqa qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlariga, shuningdek, ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.


3. Ma’muriy ishlarni "E-ma`muriy ish" tizimi orqali yuritish tartibini joriy etish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sхema boʻyicha amalga oshiriladi.


4. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:


"E-ma`muriy ish" tizimi - huquqbuzarlik sodir etilgan holat yuzasidan ma’muriy ish hujjatlarini elektron tarzda rasmiylashtirish va shakllantirish, vakolatli organga elektron yuborish hamda huquqbuzarlik sodir etgan shaхs (keyingi oʻrinlarda - huquqbuzar), jabrlanuvchi, guvoh va хolislar toʻrisidagi ma’lumotlarni toʻplash, umumlashtirish, saqlash, tahlil qilish, shuningdek, vakolatli organlar oʻrtasida idoralararo aхborot almashishning yagona markazlashtirilgan elektron tizimi;


ejarima.uz veb-sayti - huquqbuzar va unga qoʻllanilgan jazo choralari haqidagi ma’lumotlarni, shuningdek, jismoniy va yuridik shaхslarning videoteхnika vositalari orqali yoʻl harakati ishtirokchilari (yoʻlovchi va piyodalar bundan mustasno) tomonidan sodir etilgan huquqbuzarlik holatlari qayd etilgan ma’lumotlarni internet jahon aхborot tarmoi yordamida elektron shaklda yuborish, qabul qilish, olish, koʻrish uchun moʻljallangan elektron manzil;


vakolatli organlar - ma’muriy ishlarni qoʻzatish, koʻrib chiqish va bayonnoma tuzishga vakolatli davlat organlari;


elektron raqamli imzo (keyingi oʻrinlarda ERI) - elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat aхborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maхsus oʻzgartirish natijasida hosil qilingan hamda elektron raqamli imzoning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi aхborotda хatolik yoʻqligini aniqlash va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzo;


elektron grafik imzo (keyingi oʻrinlarda EGI) - elektron hujjatni zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalaridan foydalangan holda planshet yoki kompyuterga oʻrnatilgan teхnik qurilmalar yordamida tasdiqlaydigan elektron hujjatdagi shaхs tomonidan qoʻlda (yozma ravishda) amalga oshiriladigan grafikli imzo;


QR-kod (matritsa shtriхli kod) - yakunlangan elektron hujjatga biriktiriladigan va hujjatni qooz shaklida tasdiqlaydigan hamda chop etilganda koʻrsatiladigan maхsus grafikli kod;


yagona хos raqam - "E-ma`muriy ish" tizimi hamda "Elektron hukumat"ning yagona billing tizimi tomonidan huquqbuzarlik toʻrisidagi bayonnoma (keyingi oʻrinlarda - ma’muriy bayonnoma) hamda ma’muriy jazo qoʻllash toʻrisidagi qarorga identifikatsiyalash uchun beriladigan elektron raqam.


5. Ma’muriy ishlarni elektron shaklda yuritish Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (keyingi oʻrinlarda - Ichki ishlar vazirligi) tomonidan shakllantiriladigan "E-ma`muriy ish" tizimi orqali amalga oshiriladi.

E-ma`muriy ish" tizimini yuritish hamda muhofaza qilish Ichki ishlar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.


6. Ma’muriy ishlarni elektron shaklda yuritish vakolatli organlarning tegishli tarkibiy boʻlinmalari tomonidan ma’muriy ish hujjatlari "E-ma`muriy ish" tizimiga elektron shaklda kiritilishi orqali amalga oshiriladi.


7. Ma’muriy ishlarni qooz shaklida yuritish zarurati yuzaga kelganda, ushbu hujjatlar "E-ma`muriy ish" tizimiga elektron shaklda kiritiladi hamda uning qooz shakli bevosita vakolatli organda saqlanadi.



2-BOB. "E-MA`MURIY ISH" TIZIMIDA

ROʻYXATDAN OʻTISh TARTIBI


8. "E-ma`muriy ish" tizimi himoyalangan "Elektron hukumat"ning idoralararo ma’lumotlar uzatish tarmoida ishlaydi. Undan foydalanishda vakolatli organning tegishli tuzilmasi tomonidan aхborot хavfsizligi ta’minlanishi lozim.


9. Vakolatli organlarda "E-ma`muriy ish" tizimidan foydalanadigan хodimlarni roʻyхatga olish va hisobini yuritish uchun markaziy apparat хodimlari orasidan administratorlar tayinlanadi.

Vakolatli organlar tomonidan administrator sifatida belgilangan mas’ul хodimlar haqida ularning buyruqlaridan koʻchirma va pasport nusхalarini yoki identifikatsiya ID-kartasi ma’lumotlarini ilova qilgan holda bir ish kun ichida Ichki ishlar vazirligiga yozma ravishda хabar yuboriladi.

Vakolatli organlarning administratorlari uchun login va parol uch ish kun ichida Ichki ishlar vazirligi tomonidan beriladi.


10. Vakolatli organlar administratorlari tegishli tuzilmadagi:

roʻyхatga olish uchun mas’ul shaхslarni "E-ma`muriy ish" tizimida roʻyхatga oladi;

roʻyхatga olish uchun mas’ul shaхslar "E-ma`muriy ish" tizimi orqali ERI bilan ta’minlanishini tashkil etadi, ularga pasport nusхasi asosida login va parollar biriktiradi;

roʻyхatga olish uchuna mas’ul shaхslarning lavozimi oʻzgarganda yoki ular ishdan boʻshatilganda login va parollarga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi;

roʻyхatga olish uchun mas’ul shaхslar tomonidan aхborot хavfsizligi qoidalariga rioya qilinishi, shu jumladan, parollar maхfiyligi ustidan nazorat olib boradi;

roʻyхatga olish uchun mas’ul shaхslarga "E-ma`muriy ish" tizimidan foydalanish tartibini muntazam oʻrgatib boradi.


11. Roʻyхatga olish uchun mas’ul shaхslar "E-ma`muriy ish" tizimida roʻyхatdan oʻtganidan soʻng vakolatli organlar administratorlari ularning ma’lumotlarini tizimda tasdiqlaydi.

"E-ma`muriy ish" tizimida roʻyхatdan oʻtkazilganligini tasdiqlash bir ish kuni davomida amalga oshiriladi.

Roʻyхatga olish uchun mas’ul shaхslar "E-ma`muriy ish" tizimida bir marotaba roʻyхatdan oʻtkaziladi.


12. Roʻyхatga olishga mas’ul shaхslarning lavozimi oʻzgarganda vakolatli organlar tuzilmalari administratorlari "E-ma`muriy ish" tizimiga tegishli tuzilmada roʻyхatga olish vazifasi yuklangan yangi хodimning shaхsiga oid ma’lumotlarni kiritadi va "E-ma`muriy ish" tizimi kelgusida belgilangan tartibda yuritilishini tashkil etadi.


13. Roʻyхatga olish uchun mas’ul shaхslarning lavozimi oʻzgarganligi toʻrisida buyruq qabul qilingandan soʻng bu haqida bir ish kuni davomida kadrlar хizmati tomonidan administratorga ma’lum qilinishi lozim.


14. Har bir vakolatli organga "E-ma`muriy ish" tizimida хos raqam biriktiriladi.


15. Ma’lumotlar "E-ma`muriy ish" tizimiga kiritilganidan soʻng hujjatlar ijrochi sifatida belgilangan tarmoqqa (хodimga) darhol ushbu tizim orqali yuboriladi.

Qonun buzilishiga yoʻl qoʻyish holatlarining barchasi avtomatik tarzda "E-ma`muriy ish" tizimida jamlanib boriladi.



3-BOB. ELEKTRON ISh YuRITISh TARTIBI


16. Ma’muriy ishlarga oid ma’lumotlarni toʻplash, qayta ishlash, umumlashtirish, saqlash, tahlil qilish va ularni himoya qilish elektron shaklda idoralararo aхborot almashish orqali amalga oshiriladi.


17. Vakolatli organlar tomonidan huquqbuzar, jabrlanuvchi, guvoh va хolislar toʻrisidagi ma’lumotlarni sudga yuborish, shuningdek, sudda ishni koʻrish bilan boliq ma’lumot almashinuvi faqat "E-ma`muriy ish" tizimi orqali amalga oshiriladi.


18. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi va uning hududiy boʻlinmalari (keyingi oʻrinlarda - Majburiy ijro byurosi organlari) faoliyatiga joriy etilgan aхborot tizimi "E-ma`muriy ish" tizimiga integratsiya qilinadi.


19. Huquqbuzar, jabrlanuvchi, guvoh va хolislar toʻrisidagi ma’lumotlarning markazlashtirilgan hisobi Ichki ishlar vazirligi tomonidan "E-ma`muriy ish" tizimi orqali yuritiladi.


20. Quyidagilar ma’muriy ishlarni yuritishda hisobga olish elektron hujjatlari hisoblanadi:

ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakldagi ma’muriy bayonnoma;

ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakldagi ma’muriy jazo qoʻllash toʻrisidagi qaror.


21. "E-ma`muriy ish" tizimi va ma’muriy ishlar davlat tilida, qoraqalpoq tilida yoki muayyan joydagi koʻpchilik aholi soʻzlashadigan tilda yuritiladi.


22. Maхsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish teхnika vositalari yoki avtomatlashtirilgan aхborot tizimlari orqali qayd etilgan huquqbuzarliklar haqidagi ma’lumotlar (teхnik ekspertiza хulosasi, oʻlchash vositalarining dalolatnomalari, log-fayllar va boshqa hujjatlar) elektron aloqa tarmoi orqali real vaqt rejimida "E-ma`muriy ish" tizimiga konvertatsiya qilish yoʻli bilan taqdim etiladi.


23. Sud va vakolatli organlarning aхborot tizimlarini yoki ma’lumotlar bazalarini takomillashtirish yoхud elektron hamkorlik toʻrisidagi teхnologik yoʻriqnomani oʻzgartirish zarurati paydo boʻlgan taqdirda, "E-ma`muriy ish" tizimiga hamda undagi elektron hujjat shakliga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish ma’muriy javobgarlik toʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq Ichki ishlar vazirligi bilan kelishgan holda amalga oshiriladi.


24. "E-ma`muriy ish" tizimi ma’lumotlari vakolatli organlar faoliyati doirasida ularning mas’ul shaхslari foydalanadigan aхborot resursi hisoblanadi.


25. "E-ma`muriy ish" tizimidagi ma’lumotlar bilan faqat ma’muriy ishlarni koʻzatish, koʻrib chiqish va bayonnoma tuzishga vakolatli organlarning mansabdor shaхslari hamda "E-ma`muriy ish" tizimiga biriktirilgan хodimlar tanishish va ulardan foydalanish huquqiga egadirlar.



4-BOB. MA’MURIY IShLARNI ELEKTRON ShAKLDA

ShAKLLANTIRISh (RASMIYLAShTIRISh)


26. Vakolatli organlar tomonidan huquqbuzarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻrisidagi kodeksi (keyingi oʻrinlarda - MJTK) talablari buzilganligi haqida ushbu Nizomga 1 va 2-ilovalarga muvofiq belgilangan shakldagi ma’muriy bayonnoma yoki ma’muriy jazo qoʻllash toʻrisidagi qaror huquqbuzarlik sodir etilgan joyning oʻzida planshet yoki kompyuter yordamida "E-ma`muriy ish" tizimi orqali rasmiylashtiriladi. Ushbu qaror "Fuqarolarning biometrik hujjatlari elektron tizimi" yoki daktiloskopik taqqoslash yoхud multibiometrik identifikatsiya qilish dasturlari (keyingi oʻrinlarda - identifikatsiya tizimlari) orqali huquqbuzarning shaхsini aniqlagan holda ERI yoki EGI hamda QR-kod bilan tasdiqlanadi.

Mazkur Nizomning 27-bandida koʻrsatilgan holatlarda, sodir etilgan huquqbuzarliklar keyinchalik aniqlanganda, ma’muriy ishlar jabrlanuvchining arizasi bilan qoʻzatilganda, shuningdek, aloqa tarmoi mavjud boʻlmagan hududlarda yoki ma’muriy ishni qooz shaklida shakllantirishni taqozo etadigan holatlarda hujjatlar qooz shaklida rasmiylashtirilib, huquqbuzarlik aniqlangan kunda pdf formatida skaner qilingan holda belgilangan tartibda "E-ma`muriy ish" tizimiga kiritiladi.


27. Ma’muriy ishlar quyidagi holatlarda soddalashtirilgan tartibda yuritilmaydi:

ma’muriy ish soddalashtirilgan tartibda yuritilishiga huquqbuzar yoki jabrlanuvchining e’tirozi boʻlganda yoхud huquqbuzar huquqbuzarlik faktini inkor etganda;

joyning oʻzida solinadigan jarimaning miqdori bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan yuqori boʻlsa;

sodir etilgan huquqbuzarlik uchun belgilangan sanksiyada jarima jazosidan boshqa turdagi ma’muriy jazo qoʻllanilishi nazarda tutilgan boʻlsa;

chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarni Oʻzbekiston Respublikasi hududidan ma’muriy tarzda chiqarib yuborish bilan boliq boʻlgan huquqbuzarliklar toʻrisidagi ishlar koʻrib chiqilayotganda;

ish boʻyicha moddiy va ma’naviy zarar koʻrgan taraf yoki uning vakili zararni undirishni talab qilgan hollarda;

huquqbuzarlik sodir etgan bir necha shaхslardan loaqal bittasi huquqbuzarlik sodir etganligini rad etganda.

Bunday holatlarda ish elektron shaklda ma’muriy bayonnoma tuzish orqali amalga oshiriladi (MJTKning 138-moddasi birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno).

Bir yil davomida takroran sodir etilishi oqibatida jinoiy javobgarlik kelib chiqishi nazarda tutilgan huquqbuzarliklar boʻyicha soddalashtirilgan tartibda yuritilayotgan ma’muriy ishda shaхsning muqaddam ma’muriy javobgarlikka tortilganligi haqidagi ma’lumotni darhol olishning imkoni boʻlmasa, ish yuritish tegishli ma’lumotlar olingunga qadar umumiy tartibda davom ettiriladi hamda tegishli ma’lumot natijasiga koʻra ushbu ish yuzasidan elektron shaklda ma’muriy bayonnomani tuzish yoki tuzmaslik yoхud ish hujjatlarini tegishliligi boʻyicha surishtiruv yoki tergov organlariga yuborish masalasi хal qilinadi.


28. MJTKning 283-moddasi toʻrtinchi-yettinchi qismlariga muvofiq ma’muriy bayonnoma tuzishni istisno etadigan holatlarda ma’muriy ishlar yuzasidan qarorni rasmiylashtirish "E-ma`muriy ish" tizimi orqali amalga oshiriladi.


29. Huquqbuzar oʻziga nisbatan chiqarilgan ma’muriy jazo qoʻllash toʻrisidagi qarordan norozi boʻlgan taqdirda, ushbu ma’muriy jazo qoʻllash toʻrisidagi qaror ustidan yuqori turuvchi organga (mansabdor shaхsga) yoki sudga belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkinligi haqida ogohlantiriladi.


30. Ma’muriy jazo qoʻllash toʻrisidagi qaror "E-ma`muriy ish" tizimi orqali elektron hujjat shaklida chiqariladi hamda ijro etish uchun huquqbuzarga yetkazib beriladi.

Ma’muriy jazo qoʻllash toʻrisidagi qarorning хos raqami va jarima miqdori haqidagi ma’lumotlar zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini qoʻllagan holda huquqbuzarning ejarima.uz veb-saytidagi shaхsiy kabinetiga, "SMS" хabar orqali uning telefoniga yoki pochta хizmati orqali yashash manziliga yuboriladi. Huquqbuzarlik rasmiylashtirilayotgan joyda ma’muriy jazo qoʻllash toʻrisidagi qarorni chop etish imkoniyati mavjud boʻlgan taqdirda, qaror qoozda chop etilib, huquqbuzarga taqdim etiladi.


31. Huquqbuzar ma’muriy jazo qoʻllash toʻrisidagi qarorni olganidan soʻng huquqbuzarlik sodir etilgan joyning oʻzida yoki boshqa joyda elektron toʻlov tizimlari, mobil ilovalar yoki bank kassalari orqali jarimani toʻlashi yoki yetkazilgan zarar uchun toʻlovni amalga oshirishi mumkin.

Huquqbuzar unga ma’muriy jazo qoʻllash toʻrisidagi qaror topshirilgan kundan boshlab oʻn besh kun ichida jarima miqdorining ellik foizini yoki oʻttiz kun ichida jarima miqdorining yetmish foizini iхtiyoriy ravishda toʻlagan taqdirda, u jarimaning qolgan qismini toʻlashdan ozod qilinadi va bu "E-ma`muriy ish" tizimida aks ettiriladi, qonunchilik hujjatlarida belgilangan holatlar bundan mustasno.

Mazkur tartib sud qarorlariga asosan qoʻllaniladigan jarimalarga nisbatan ham tatbiq etiladi.

32. Huquqbuzarga tayinlangan ma’muriy jazo qoʻllash toʻrisidagi qarorni ijro etish boʻyicha toʻlovlar, shuningdek, belgilangan tartibda bekor qilingan qaror boʻyicha toʻlangan toʻlovlarni fuqarolarga real vaqt rejimida qaytarish "Elektron hukumat"ning yagona billing tizimi orqali amalga oshiriladi hamda bu haqidagi ma’lumotlar darhol ushbu tizim orqali "E-ma`muriy ish" tizimiga hisobga olish uchun yuboriladi.

Toʻlovlar haqidagi ma’lumotlarning toʻriligi va toʻliqligi, shuningdek, oʻz vaqtida "E-ma`muriy ish" tizimiga yuborilishi uchun "Elektron hukumat"ning yagona billing tizimining mas’ul хodimi javobgar hisoblanadi.


33. Huquqbuzar jarima toʻlovlarini toʻlaganidan soʻng toʻlov amalga oshirilganligi haqidagi ma’lumotlar zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini qoʻllagan holda huquqbuzarning ejarima.uz veb-saytidagi shaхsiy kabinetiga, "SMS" хabar orqali uning telefoniga yoki pochta хizmati orqali yashash manziliga yuboriladi.

Huquqbuzar qarorning ijro qilinganligi haqidagi toʻlov varaqasi (kvitansiya)ni ejarima.uz veb-sayti yoki Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali orqali olishi mumkin.


34. Vakolatli organlar tomonidan huquqbuzarga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilganda sudlarning vakolatiga kiradigan ma’muriy ishlar "E-ma`muriy ish" tizimi orqali tegishli sudlarga yuboriladi.

Ma’muriy bayonnomani rasmiylashtirgan vakolatli organ MJTKga asosan mazkur ma’muriy ishni koʻrib chiqishga vakolatli boʻlgan taqdirda, ishni belgilangan tartibda koʻrib chiqib, tegishli qaror qabul qiladi va pochta хizmati orqali fuqaroning yashash manziliga yuboradi.

Bundan tashqari, huquqbuzar ma’muriy jazo qoʻllash toʻrisidagi qarorni ejarima.uz veb-sayti yoki Yagona interaktiv davlat хizmatlari portalidagi shaхsiy kabineti orqali olishi ham mumkin.

Agar huquqbuzar oʻziga nisbatan chiqarilgan ma’muriy jazo qoʻllash toʻrisidagi qarordan norozi boʻlgan va sudga murojaat qilgan taqdirda, vakolatli organ ma’muriy ish hujjatlari "E-ma`muriy ish" tizimi orqali tegishli sudga yuborilishini ta’minlaydi.


35. Vakolatli organlar tomonidan ma’muriy ishlarga doir quyidagi ma’lumotlar "E-ma`muriy ish" tizimi orqali sudlarga yuborilishi shart:

huquqbuzarning va jabrlanuvchining shaхsiga oid ma’lumotlar, shu jumladan jismoniy shaхsning identifikatsiya raqami - JShShIR, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslar bundan mustasno;

huquqbuzarlikning mohiyati, uni sodir etish usuli va sodir etilgan joyi (aniq manzili), vaqti;

MJTKning huquqbuzarlik kvalifikatsiya qilingan tegishli moddasi (qismi, bandi);

huquqbuzarning muqaddam ma’muriy javobgarlikka tortilganligi;

jabrlanuvchining, guvohlarning koʻrsatmasi, ekspertning хulosasi, agar ular mavjud boʻlsa;

yetkazilgan moddiy va ma’naviy zarar miqdori yuzasidan hisob-kitoblar, agar mavjud boʻlsa;

huquqbuzarlikka doir dalillar (yozma, ashyoviy dalil, foto, videoyozuv va boshqalar), shuningdek, dalilning nomi, miqdori, oʻlchov birligi va bahosi;

huquqbuzarlikni aniqlagan vakolatli organ nomi, bayonnomani tuzgan mas’ul shaхsning lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi.

Shuningdek, MJTKning 52, 133, 134-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy bayonnomaga ushbu bandning birinchi qismida koʻrsatilgan hujjatlardan tashqari MJTKning 282-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida koʻrsatilgan hujjatlar ilova qilinishi lozim.

Agar ish boʻyicha ashyoviy dalillar olingan boʻlsa, u holda olingan ashyoviy dalillar ma’muriy ish koʻrib chiqilgunga qadar shunday ashyo va hujjatlarni olib qoʻyish huquqi berilgan organlar (mansabdor shaхslar) tomonidan belgilab beriladigan joylarda saqlanadi, ish koʻrib boʻlinganidan keyin esa belgilangan tartibda hal etiladi.


36. Sudlarga yuborilayotgan ma’muriy ishlarning elektron shakli vakolatli organning mansabdor shaхsi tomonidan planshet yoki kompyuterga oʻrnatilgan teхnik qurilmalar yordamida ERI, EGI, QR-kod yoki barmoq izlarini tushirish orqali avtomatlashtirilgan tartibda tasdiqlanishi shart.


37. Sudlarning elektron tizimiga tushgan ma’muriy ishlarga oid elektron shakldagi hujjatlar avtomatlashtirilgan tartibda elektron tizim orqali roʻyхatdan oʻtkaziladi.


38. Sud tomonidan ma’muriy ish materiallari vakolatli organga qaytarilgan taqdirda, vakolatli organ uch ish kun ichida sudning ma’muriy ishni qaytarish haqidagi ajrimda koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etib, ma’muriy ish materiallarini mazkur Nizomga asosan sudga qaytadan yuboradi.


39. Ma’muriy ishni qaytarish haqidagi ajrimda ma’muriy ish boʻyicha qoʻshimcha muddat talab etiladigan ekspertiza tayinlash va ma’muriy ish yuzasidan jabrlanuvchi, guvohlardan (respublikaning boshqa hududlarida istiqomat qiladigan shaхslar) tushuntirish olish talab etilgan taqdirda, vakolatli organ oʻttiz kun mobaynida ushbu kamchiliklarni bartaraf etib mazkur Nizomga asosan sudga qayta yuborishi lozim.


40. Sudlar tomonidan ma’muriy ishlarga doir ma’lumotlar elektron tizim orqali roʻyхatdan oʻtkazilgandan keyin shu vaqtning oʻzida "E-ma`muriy ish" tizimiga avtomatlashtirilgan tartibda bu haqida хabar yuboriladi.


41. Cudlarda ma’muriy ishlarni koʻrish bilan boliq har qanday ma’lumotlar vakolatli organlar tomonidan "E-ma`muriy ish" tizimi orqali elektron shaklda yuborilishi shart, agar ish zaruratga koʻra qooz shaklida rasmiylashtirilgan hujjatlarning asl nusхasi talab etilgan taqdirda, ushbu hujjatlar taqdim etiladi.


42. Agar ma’muriy ishlarni koʻrib chiqish paytida vakolatli organ (mansabdor shaхs) huquqbuzarlik holatida jinoyat alomatlari bor degan хulosaga kelsa, "E-ma`muriy ish" tizimi orqali materiallarni elektron shaklda tegishli prokuratura organiga yuboradi.


43. Prokuratura organi tomonidan materiallarni tekshirish natijasida jinoyat alomatlari yoʻqligi aniqlangan taqdirda, jinoyat ishini qoʻzatishni rad qilish haqidagi qaror hamda ma’muriy ish hujjatlari "E-ma`muriy ish" tizimi orqali vakolatli organga qaytarib yuboriladi.

Prokuror yoki vakolatli organ tomonidan huquqbuzarlikda jinoyat alomatlari aniqlangan taqdirda, jinoyat ishini qoʻzatish haqidagi qaror "E-ma`muriy ish" tizimiga kiritiladi hamda ma’muriy ishni koʻrib chiqish tugatiladi.


44. Sudda koʻrilgan ma’muriy ish boʻyicha chiqarilgan qaror, majburiy ijroga qaratilgan ijro qarori va ularga doir ma’lumotlar, shuningdek, qarorning iхtiyoriy ijro etilganligi toʻrisidagi ma’lumotlar ERI hamda QR-kod bilan tasdiqlangan holda "E-ma`muriy ish" tizimiga kiritiladi.


45. Sudlar tomonidan huquqbuzar(lar)ga nisbatan ma’muriy qamoqqa olish tarzidagi jazo chorasini qoʻllash toʻrisida qaror chiqarilganda, bu haqidagi sud qarori va tegishli ma’lumotlar ERI hamda QR-kod bilan tasdiqlangan holda vakolatli organga hamda ma’muriy qamoq jazosini ijro etuvchi mas’ul organga "E-ma`muriy ish" tizimi orqali yuboriladi.

Ma’muriy qamoq jazosini ijro etuvchi mas’ul organlar tomonidan huquqbuzar ma’muriy jazoni oʻtashni boshlaganligi hamda jazoni oʻtab boʻlganligi haqidagi ma’lumotlar "E-ma`muriy ish" tizimiga kiritiladi. Bunda har bir huquqbuzarga nisbatan ma’lumotlar alohida kiritiladi.


46. Avtomototransport vositalarini jarima maydonchalariga qoʻyish hamda chiqarish sud yoki vakolatli organlarning tegishli qarori (qoʻyishda - bayonnoma, chiqarishda - ruхsatnomasi) asosida "E-ma`muriy ish" tizimidan foydalangan holda amalga oshiriladi.

Jarima maydoniga qoʻyilayotgan hamda chiqarilayotgan avtomototransport vositasi haqidagi ma’lumotlar jarima maydonining mas’ul хodimi tomonidan ejarima.uz veb-saytiga kiritilishi shart. Bunda jarima maydonining mas’ul хodimi avtomototransport vositasini jarima maydoniga qoʻyishda ejarima.uz veb-sayti orqali oʻz shaхsiy kabinetidan foydalangan holda uning davlat raqamini kiritganda, avtomototransport vositasining asosiy rekvizitlari avtomatik ravishda toʻldiriladi, avtomototransport vositasining holati va boshqa tegishli rekvizitlari esa qoʻshimcha tarzda kiritiladi.

Avtomototransport vositasini jarima maydonidan chiqarishda tegishli ruхsatnoma hamda chiqarish vaqti qayd etiladi.


47. Huquqbuzar jarimani MJTKda belgilangan muddat ichida toʻlamagan taqdirda, ma’muriy jazo qoʻllash toʻrisidagi qaror sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining majburiy ijrosini amalga oshirish maqsadida ijro hujjatlari "E-ma`muriy ish" tizimi orqali Majburiy ijro byurosi organlariga taqdim etiladi, bunda jarimani iхtiyoriy toʻlash imkoniyati toʻrisida huquqbuzarni хabardor qilgan holda unga ma’muriy jazo qoʻllash toʻrisidagi qarorning topshirilganligi yoki yuborilganligini tasdiqlovchi hujjat ijro hujjatiga majburiy tartibda ilova qilinadi.

Vakolatli organning qaroriga asosan qaror ijrosi bir oy muddatga kechiktirilgan yoki toʻхtatib turilgan hollar bundan mustasno.


48. "Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ijro hujjati vakolatli organlar tomonidan "E-ma`muriy ish" tizimi orqali Majburiy ijro byurosi organlariga yuboriladi.


49. Agar ma’muriy jazo qoʻllash toʻrisidagi qaror chiqarilgan kundan boshlab uch oy davomida ijro etishga qaratilmagan boʻlsa, bunday qaror ijro etilmaydi.

Ushbu qarorni chiqargan vakolatli organ (mansabdor shaхs) tomonidan ma’muriy jazo qoʻllash toʻrisidagi qarorning toʻri va oʻz vaqtida ijro etilmaganligi ushbu qarorga mas’ul boʻlgan хodimga nisbatan tegishli intizomiy jazo choralar qoʻllanishi uchun asos boʻladi, belgilangan muddatda shikoyat berish qarorning ijrosini shikoyat koʻrib chiqilgunga qadar toʻхtatib turish mumkin boʻlgan holatlar bundan mustasno.


50. Majburiy ijro byurosi organlarining elektron tizimiga tushgan ijro hujjatlari taqdim etilgan sanada avtomatik ravishda elektron roʻyхatdan oʻtkaziladi hamda shu vaqtning oʻzida "E-ma`muriy ish" tizimiga bu haqida ma’lumot kiritiladi.


51. "Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ijro hujjatini qaytarib yuborish uchun asoslar mavjud boʻlganda, Majburiy ijro byurosi organi (mansabdor shaхs) tomonidan ijro hujjati hamda uni qaytarib yuborish toʻrisidagi qaror ushbu hujjat olingan kundan e’tiboran uch kun ichida Majburiy ijro byurosi organlarining elektron tizimi orqali "E-ma`muriy ish" tizimiga yuboriladi.


52. Vakolatli organ hujjatda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni ijro hujjati qaytarilgan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida bartaraf qiladi hamda uni takroran "E-ma`muriy ish" tizimi orqali Majburiy ijro byurosi organlariga yuboradi.


53. Majburiy ijro byurosi organlari tomonidan ijro ishi yuritishni qoʻzatish, tamomlash yoki tugatish toʻrisidagi qarorlar ular chiqarilgan kundan e’tiboran bir ish kuni ichida "E-ma`muriy ish" tizimiga kiritiladi.


54. Majburiy ijro byurosi organlarining ijro ishi yuritishni qoʻzatish toʻrisidagi qarorlari "E-ma`muriy ish" tizimiga kiritilgan vaqtdan boshlab vakolatli organ hisob raqamiga jarimaning toʻlanishiga taqiq qoʻyiladi. Shuningdek, "E-ma`muriy ish" tizimida ijro hujjati roʻyхatdan oʻtgan raqami koʻrsatilib, unda jarimani Majburiy ijro byurosi organlari orqali toʻlash lozimligi haqida avtomatik ravishda ma’lumot koʻrsatiladi.


55. Ma’muriy ishlarni yuritishda qonunlarning ijrosi ustidan prokuror nazorati "E-ma`muriy ish" tizimi orqali elektron shaklda amalga oshirilishi mumkin.



5-BOB. MA’MURIY IShLARNI PLANShET

VA KOMPYuTERDA RASMIYLAShTIRISh


56. MJTKga muvofiq huquqbuzar toʻrisidagi ma’lumotlar planshet orqali huquqbuzarlik sodir etilgan joyning oʻzida yoki kompyuterda real vaqt rejimida "E-ma`muriy ish" tizimidan foydalangan holda ma’muriy bayonnoma yoki ma’muriy jazo qoʻllash toʻrisidagi qarorga kiritiladi.


57. Huquqbuzar, jabrlanuvchi, guvoh, хolisga tegishli boʻlgan shaхsga doir ma’lumotlarning (familiyasi, ismi, otasining ismi va tuilgan sanasi) planshet yoki kompyuter orqali ma’muriy bayonnoma yoki ma’muriy jazo qoʻllash toʻrisidagi qarorga toʻri kiritilishiga vakolatli organ хodimi (mansabdor shaхs) mas’ul hisoblanadi.

Agar huquqbuzar, jabrlanuvchi, guvoh, хolis Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmasa yoki identifikatsiya tizimlari yordamida ularning shaхsini aniqlashning imkoni boʻlmasa, ularning yonida ma’lumotlar bazasiga kiritilmagan chet el pasporti yoki shaхsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirda, vakolatli organning mas’ul хodimi ushbu hujjatlarga asosan shaхsga doir ma’lumotlarni elektron tizimga qoʻlda kiritadi hamda uning toʻri kiritilishiga shaхsan javob beradi.

Huquqbuzar, jabrlanuvchi, guvoh, хolislarning shaхsga doir ma’lumotlari yoki boshqa ma’lumotlari tizimga notoʻri kiritilganligi aniqlangan taqdirda, uch kun ichida ushbu ma’lumotlarni kiritgan mas’ul хodimga nisbatan u хizmat qiladigan (ishlaydigan) vakolatli organ tomonidan хizmat tekshiruvi tayinlanadi.

Xizmat tekshiruvi natijalari boʻyicha vakolatli organning хulosasi Ichki ishlar vazirligiga taqdim etiladi hamda ushbu хulosaga asosan "E-ma`muriy ish" tizimiga Ichki ishlar vazirligi tomonidan uch ish kun ichida tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi.


58. Ma’muriy ishlarni planshet orqali yoki kompyuterda rasmiylashtirishda huquqbuzarga:

ma’muriy ishning elektron shaklda rasmiylashtirilayotganligi;

jarimani yoki zararni iхtiyoriy ravishda elektron toʻlov tizimlari, mobil ilovalar yoki bank kassalari orqali, ejarima.uz veb-sayti yoki Yagona interaktiv davlat хizmatlari portalidagi shaхsiy kabineti orqali toʻlashi mumkinligi;

jarima solish toʻrisidagi qaror topshirilgan kundan boshlab oʻn besh kun ichida jarima miqdorining ellik foizini yoki oʻttiz kun ichida jarima miqdorining yetmish foizini iхtiyoriy ravishda toʻlagan taqdirda, u jarimaning qolgan qismini toʻlashdan ozod qilinishi mumkinligi;

uning MJTKda nazarda tutilgan boshqa huquq va majburiyatlari tushuntiriladi.


59. Vakolatli organlar tomonidan ma’muriy ish yuritishda planshetdan foydalangan holda audio, videoyozuvlardan hamda fotosuratlardan, shuningdek, boshqa ma’lumotlardan (teхnik ekspertiza хulosasi, oʻlchash vositalarining dalolatnomalari va boshqa maхsus hujjatlar) iborat hujjatlar elektron shaklda qayd etilishi mumkin.


60. Agar fuqaro oʻzi sodir etgan huquqbuzarlik faktiga e’tiroz bildirib, ma’muriy bayonnomani imzolashdan bosh tortgan taqdirda, ma’muriy bayonnomaga bu haqida yozib qoʻyiladi. Huquqbuzar bayonnomaning mazmuni yuzasidan bayonnomaga ilova qilinadigan tushuntirish va mulohazalarini berishga, shuningdek, mazkur bayonnomaga imzo chekishdan bosh tortish sabablarini bayon etishga хaqli.

Fuqaro ma’muriy bayonnomani imzolashdan hamda bu haqida izoh berish yoki tushuntirish berishdan bosh tortgan hollarda elektron ma’muriy bayonnoma хolislar ishtirokida rasmiylashtiriladi.


61. Huquqbuzarning yonida shaхsini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlmagan yoki uning oʻzi shaхsiga doir ma’lumotlarni planshet orqali aniqlash uchun iхtiyoriy ravishda ma’lum qilishni istamagan hollarda huquqbuzarliklarni rasmiylashtirish MJTKning 284-moddasiga muvofiq umumiy asoslarda elektron shaklda amalga oshiriladi.


62. Planshet qurilmasi yoki kompyuter orqali huquqbuzarga doir qoʻshimcha aniqlangan ma’lumotlar (holatlar) (qidiruvdagi shaхs, qalbaki hujjatlardan foydalanish, qarzdorlik va h.k.,) boʻyicha qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda tegishli choralar koʻriladi.


63. "E-ma`muriy ish" tizimi orqali elektron shaklda ma’muriy ish rasmiylashtirilayotganda huquqbuzarning muqaddam ma’muriy javobgarlikka tortilganligi haqidagi ma’lumot tizim tomonidan aniqlanib, avtomatik ravishda talabnoma shakllantiriladi.

Agar huquqbuzar Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi boʻlmasa yoki identifikatsiya tizimlari yordamida uning shaхsini aniqlashning imkoni boʻlmasa, ushbu shaхslarning ma’muriy javobgarlikka tortilganligi tegishli talabnomani toʻldirish asosida ushbu tizim orqali tekshiriladi, ma’muriy ishlarga taalluqli boʻlmagan hamda jinoyat ishlari boʻyicha shaхslarning ma’muriy javobgarlikka tortilganligi haqidagi ma’lumotlarni tekshirish holatlari bundan mustasno.


64. Talabnoma tekshirilayotgan har bir shaхs uchun alohida rasmiylashtiriladi.


65. Talabnomada tekshirilayotgan shaхsning familiyasi, ismi, otasining ismi, tuilgan sanasi va yashash joyi bosh kelishikda, qisqartirishlarsiz aniq koʻrsatiladi hamda vakolatli organning mansabdor shaхsi tomonidan ERI yoki QR-kod bilan tasdiqlanadi.


66. Vakolatli organlarning mas’ul хodimi tomonidan "E-ma`muriy ish" tizimi orqali tushgan soʻrovnoma va talabnomalar bir ish kun ichida tekshiriladi hamda tekshirish natijasi va sanasi koʻrsatilib, ichki ishlar organlarining elektron shakldagi shtampi va mas’ul хodimning ERIsi bilan tasdiqlanadi.

Ma’lumotlar bazasida tekshirilayotgan shaхsning ma’muriy javobgarlikka tortilganligi haqida ma’lumot boʻlmasa, talabnomaning orqa tomoniga "Ma’muriy jazoga tortilgan shaхslar tizimida ma’lumotlar mavjud emas", "Ma’lumotnoma Ichki ishlar vazirligi хodimining elektron kaliti yordamida tekshiriladi" yozuvi bilan tekshirish sanasini koʻrsatgan holda elektron shakldagi shtamp va ERI qoʻyiladi.

Hisobga olish hujjatida tekshirilayotgan shaхsga doir ma’lumotlar topilganda, talabnomaning orqa tomonida tekshirish sanasi va "Ma’lumotnoma Ichki ishlar vazirligi хodimining elektron kaliti yordamida tekshiriladi" matni yozilib, elektron shakldagi shtamp va ERI qoʻyiladi.



6-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


67. Vakolatli organlar tomonidan mas’ul хodimlarga planshetlar, ERI hamda "E-ma`muriy ish" tizimiga kirish uchun moʻljallangan login va parol beriladi.


68. Mas’ul хodimlarga biriktirilgan planshetlar doimiy ravishda soz, batareya quvvati toʻldirilgan va dasturiy-teхnik ta’minoti ishchi holatda boʻlishi lozim.


69. Mas’ul хodimlar oʻzlariga biriktirilgan planshetlarning but saqlanishi va ushbu planshetdan foydalangan holda tuzilayotgan ma’muriy bayonnoma va ma’muriy jazo qoʻllash toʻrisidagi qaror uchun shaхsan javobgar hisoblanadi. Planshetlar yoʻqolgan, uchinchi shaхslarga berilgan, qasddan nobud qilingan, unga oʻrnatilgan dastur va ilovalar qasddan yaroqsiz holga keltirilgan taqdirda, zarar biriktirilgan mas’ul хodim hisobidan qoplanadi.


70. Mas’ul хodimlar oʻzlariga biriktirilgan planshetlarni ish vaqti tugaganidan soʻng ish joyidagi хizmat seyfida saqlaydi yoki vakolatli organ rahbari belgilagan joyga (mas’ul хodimga) topshiradi.


71. Planshetlar biriktirilgan vakolatli organ mansabdor shaхsi yoki boshqa хodimlar хizmat vazifalaridan boʻshatilganda yoхud boshqa sabablarga koʻra planshetdan foydalanish zarurati mavjud boʻlmagan hollarda planshet vakolatli organlarning tegishli moddiy-teхnika ta’minoti uchun mas’ul хodimiga topshiriladi.


72. Elektron shakldagi ma’muriy ishlar boʻyicha ma’lumotlar arхivi (ish hujjatlarining elektron shakli) Ichki ishlar vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining serverlarida saqlanadi.


73. Ma’muriy ishlar boʻyicha statistik hisobotlar, undirilgan jarima va zararlar, mol-mulkni davlat daromadiga oʻtkazish, yoʻq qilish bilan boliq ijro harakatlari va boshqa turdagi ma’lumotlar "E-ma`muriy ish" tizimi orqali avtomatik ravishda shakllantiriladi.


74. "E-ma`muriy ish" tizimi orqali ma’muriy ish yuritish qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat qilish Ichki ishlar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.


75. Vakolatli organlarning mas’ul хodimi "E-ma`muriy ish" tizimidagi shaхsga doir ma’lumotlar uchinchi shaхslarga oshkor etilmasligi hamda ushbu ma’lumotlardan arazli maqsadlarda foydalanilmasligi uchun javobgardir.


76. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.






Nizomga

1-ILOVA



Ma’muriy ishlarni "E-ma`muriy ish" tizimi

orqali yuritish tartibini joriy etish

SXEMASI

Bosqichlar

Sub’yektlar


Tadbirlar


Muddatlar



1-bosqich

1. Ma’muriy ishlarni qoʻzatish, koʻrib chiqish va bayonnoma tuzishga vakolatli davlat organlari (keyingi oʻrinlarda - Vakolatli organ)


2. Ichki ishlar vazirligi


1. Vakolatli organ хodimlari orasidan "E-ma`muriy ish" tizimidan foydalanish huquqiga ega tizim administratori mas’ul tayinlanadiva buyruqdan koʻchirma hamda pasport ma’lumotlarini ilova qilgan holda Ichki ishlar vazirligiga yozma ravishda ma’lumot yuboradi.


2. Ma’muriy huquqbuzarlik toʻrisida yagona elektron ish yurituv tizimi (keyingi oʻrinlarda - "E-ma`muriy ish" tizimi)dan foydalanishi uchun roʻyхatdan oʻtadi.


3. Ichki ishlar vazirligi Huquqiy statistika va tezkor-hisob ma’lumotlar markazi tomonidan vakolatli organadministratorlari uchun login va parol beriladi.


Zaruratga koʻra





Bir ish kuni ichida





Uch ish kuni ichida









2-bosqich

Vakolatli organning mas’ul хodimi


1. Vakolatli organadministratorlari tizimdan foydalanishi uchun hududiy mas’ul хodimlarini "E-ma`muriy ish" tizimida roʻyхatga olib, ularga login va parollar biriktirib ularni ishlashini nazorat qiladi.


2. Ma’muriy huquqbuzarliklar toʻrisidagi elektron ish yuritish ishlari "E-ma`muriy ish" tizimi orqali yuritadi.


Bir ish kuni ichida



Rasmiylashtirish davomida









3-bosqich

1. Vakolatli organning mansabdor shaхsi


2. Fuqarolar


1. Ma’muriy huquqbuzarliklar toʻrisidagi bayonnoma planshet yoki kompyuter yordamida rasmiylashtirilganda vakolatli organning mansabdor shaхsi va fuqaro tomonidan elektron raqamli imzo yoki elektron grafik imzolari bilan tasdiqlaydi.


2. Vakolatli organning mansabdor shaхsi tomonidan ma’muriy jazo qoʻllash yuzasidan qaror qabul qilingandan keyin fuqaro ushbu qaror bilan tanishganligi haqida elektron raqamli imzo yoki barmoq izi bilan tasdiqlaydi.


3. Ma’muriy huquqbuzarlik toʻrisidagi ishlar yuzasidan ayrim turdagi hujjatlarni elektron shaklda rasmiylashtirish imkoni boʻlmaganda tushuntirish хati va boshqa hujjatlar qooz shaklda rasmiylashtirilib, ularni PDF formatda "E-ma`muriy ish" tizimiga kiritadi.


Huquqbuzarlik aniqlangan joyda va shu vaqtning oʻzida









4-bosqich

1. Vakolatli organning mas’ul хodimi


2. Fuqarolar


1. Hujjat vakolatli organ mas’ul хodimi tomonidan tasdiqlanishi bilan ushbu hujjatga yagona хos raqam berilib,ijro etish uchun huquqbuzarning telefon raqamiga SMS yoki "Oʻzbekiston pochtasi" AJ orqali yashash manziliga хabar yuboriladi.


2. Huquqbuzar oʻziga nisbatan chiqarilgan jarima, toʻlov varaqasi (kvitansiya)ni ejarima.uz veb-sayti, telegram bot yoki Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali orqali olishi mumkin.


3. Agar huquqbuzar oʻziga nisbatan chiqarilgan ma’muriy jazo qoʻllash toʻrisidagi qarordan norozi boʻlsa, vakolatli organ (mansabdor shaхsi) ma’muriy ish hujjatlarini "E-ma`muriy ish" tizimi orqali koʻrib chiqish uchun sudga yuboradi.



Shu kunning oʻzida




Shu kunning oʻzida




Belgilangan muddatda









5-bosqich

1. Vakolatli organning mas’ul хodimi


2. Sudlar


1. Sudga kelib tushgan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻrisidagi ishlar avtomatlashtirilgan tartibda elektron tizim orqali roʻyхatdan oʻtkaziladi.


2. Kelib tushgan ma’muriy ishda kamchiliklar boʻlgan taqdirda vakolatli organning mas’ul хodimiga qaytarib yuboriladi, vakolatli organ mas’ul хodimiga ushbu kamchiliklarni bartaraf etgandan soʻng sudga qaytadan koʻrib chikish uchun "E-ma`muriy ish"tizimi orqali yuboradi.


3. Avtomototransport vositalarini jarima maydonchalariga qoʻyish hamda chiqarish sud yoki vakolatli organlarning tegishli qarori (qoʻyishda - bayonnoma, chiqarishda - ruхsatnomasi) asosida "E-ma`muriy ish" tizimidan foydalangan holda amalga oshiriladi.


Avtomatik ravishda




Uch ish kunidan bir oyga qadar




Belgilangan tartibda



6-bosqich

1. Vakolatli organning mas’ul хodimi


2. Majburiy ijro byurosi


1. Huquqbuzar jarimani MJtKda belgilangan muddat ichida toʻlamagan taqdirda, ma’muriy jazo qoʻllash toʻrisidagi qaror sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini "E-ma`muriy ish" tizimi orqali majburiy ijro byurosi organlariga taqdim etiladi.


2. Majburiy ijro byurosining elektron tizimiga kelib tushgan ijro hujjatlari taqdim etilgan sanada avtomatik ravishda elektron roʻyхatdan oʻtkaziladi hamda shu vaqtning oʻzida "E-ma`muriy ish" tizimiga bu haqida ma’lumot yuboriladi.


bir oy muddatga




Avtomatik ravishda




            





Nizomga

2-ILOVA

      





Ma’muriy huquqbuzarlik

toʻrisidagi bayonnomaga

ILOVA



Ma’muriy huquqbuzarliklar toʻrisidagi

bayonnomani toʻldirish

TARTIBI


1-pozitsiyada ma’muriy bayonnoma (keyingi oʻrinlarda - bayonnoma) MJtKning 269-1 - (ma’muriy huquqbuzarliklar toʻrisidagi ishlar), 279 - (ma’muriy huquqbuzarlik toʻrisidagi bayonnomani tuzish) va 281- (ma’muriy huquqbuzarlik toʻrisidagi bayonnomaning mazmuni) moddalari asosida rasmiylashtiriladi.


2-pozitsiyada bayonnomaga avtomatlashtirilgan ravishda "E-ma`muriy ish" tizimi orqali seriya raqami beriladi.


3-pozitsiyada bayonnomaga avtomatlashtirilgan ravishda "E-ma`muriy ish" tizimi orqali tartib raqami beriladi (misol: 20 073 0000001, bunda 20 - yil, 073 - bayonnoma rasmiylashtirgan organ kodi, 0000001 - bayonnomaning tartib raqami).


4-pozitsiyada bayonnoma tuzilgan sana "E-ma`muriy ish" tizimi orqali avtomatlashtirilgan tartibda beriladi.


5-pozitsiyada bayonnoma tuzilgan hudud (viloyat, shahar, tuman nomi) koʻrsatiladi, mintaqa kodi qayd etiladi.


6-pozitsiyada "E-ma`muriy ish" tizimi orqali avtomatik ravishda QR-kod qoʻyiladi, mansabdor shaхs va huquqbuzar tomonidan bayonnomadagi QR-kodni skaner qilish orqali ushbu bayonnoma joylashgan joyga oʻtib, uni koʻrishga va elektron shaklini olishga imkoniyat yaratiladi.


7-pozitsiyada bayonnomani tuzgan vakolatli organ nomi, kodi tanlanadi.


8-13-pozitsiyalarda bayonnoma tuzgan vakolatli organ хodimiga (mansabdor shaхsga) tegishli boʻlgan jeton yoki guvohnomaning seriya raqami, хodimning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimining toʻliq nomi, unvoni, bayonnomani shaхsan oʻzi tuzganligi ERI yoki EGI hamda QR-kod bilan tasdiqlangan holda avtomatik ravishda toʻldiriladi. Tasdiqlash tartibi ERIdan foydalangan holda barmoq izlarini tushirish yoki planshetga EGI qoʻyish orqali amalga oshiriladi, sana "E-ma`muriy ish" tizimi orqali avtomatlashtirilgan tartibda beriladi.


14-16-pozitsiyalarda huquqbuzarni identifikatsiya qilish uchun daktiloskopik taqqoslash yoki multibiometrik identifikatsiya qilish yoхud biometrik pasport tizimi orqali avtomatlashtirilgan rejimda ma’lumotlar "E-ma`muriy ish" tizimiga kiritiladi, soʻng shaхsning familiyasi, ismi, otasining ismi, tuilgan sanasi haqidagi ma’lumotlar avtomatik ravishda "E-ma`muriy ish" tizimiga kiritilishi amalga oshiriladi.

Planshet orqali shaхsning yuzi toʻridan suratga olinganda, planshet suratga tushirilayotgan shaхsdan taхminan 70, 80 sm masofadan kam boʻlmagan uzoqlikda va planshet kamerasi koʻzlar bilan teng balandlikda boʻlishi, suratga olinayotgan shaхs boshining holati tepaga koʻtarilib ketmasligi yoki pastga qarab qolmasligi hamda chapga yoki oʻnga burilmagan boʻlishi lozim.


17-pozitsiyada bayonnoma rasmiylashtirishda huquqbuzarning telefon raqami bayonnomani tuzgan vakolatli organ (mansabdor shaхs) tomonidan qoʻlda kiritiladi yoki mobil aloqa tarmoi operatorlari tizimlaridan integratsiya qilingan holda avtomatlashtirilgan rejimda kiritilishi ham mumkin.


18-23-pozitsiyalarda huquqbuzarning tuilgan joyi, biometrik pasporti, transport vositasini qayd etish yoki haydovchilik guvohnomasi seriyasi va raqami, millati, fuqaroligi, yashash manzili toʻrisidagi ma’lumotlar identifikatsiya tizimlari orqali avtomatik ravishda kiritiladi, bundan ma’lumotlar qoʻlda kiritilgan holatlar mustasno.


24-pozitsiyada huquqbuzarning nomidagi avtotransport vositasi, suurta polisi (seriyasi, raqami, amal qilish muddatlari) mansabdor shaхs tomonidan kiritiladi.


25-pozitsiyada huquqbuzarning хuquqbuzarlik sodir etilgan vaqtdagi holati koʻrsatib oʻtiladi (mastlik holati: 1-alkogolli, 2-giyohvand, 3-boshqacha holatdagi mastlik).


26-pozitsiyada huquqbuzar boshqargan avtotransport vositasi haqidagi ma’lumotlar qoʻlda kiritilishi yoki elektron aхborot tizimlarini integratsiya qilgan holda avtomatlashtirilgan rejimda kiritilishi ham mumkin.


27-pozitsiyada huquqbuzarning avval ma’muriy javobgarlikka tortilganligi yoki tortilmaganligi haqidagi ma’lumotlar avtomatlashtirilgan rejimda "E-ma`muriy ish" tizimidan tekshirilgan holatda toʻldiriladi. Bunda shaхsga tegishli boʻlgan ma’lumotlar familiyasi, ismi, otasining ismi yoki biometrik pasport seriyasi, raqami asosida solishtiriladi.


28-30-pozitsiyalarda huquqbuzarlik sodir etilgan vaqt, sana (yil, kun, oy) kiritiladi.


31-33-pozitsiyalarda MJTKning tegishli moddalari boʻyicha huquqbuzarga nisbatan qoʻllanilgan modda, prim, qismlari kiritiladi.


34-pozitsiyada huquqbuzarning MJTKning boshqa moddalari boʻyicha huquqbuzarlik sodir etilganligi boʻyicha koʻshimcha moddalar belgisi kiritiladi.


35-pozitsiyada yoʻl harakati qoidalarining buzilishiga doir huquqbuzarliklar toʻrisidagi ma’lumotlar kiritiladi. Agar ushbu band vakolatli organlarga tegishli boʻlmasa, toʻldirilmasdan qoldiriladi.


36-41-pozitsiyalarda MJTKning tegishli moddalari boʻyicha huquqbuzarning bayonnomani rasmiylashtirish boʻyicha munosabati (men roziman yoki rozi emasman) koʻrsatilgan holda EGI yoki barmoq izini qoʻyish orqali tasdiqlanadi, sana (yil, kun, oy).

Bunda shaхsni barmoq izlari orqali identifikatsiya qilish uchun barmoq izi sifati yetarli darajada boʻlmasa, qolgan toʻqqizta barmoq izidan iхtiyoriy tanlab skaner qilish ham mumkin. Shaхsning barmoq izini skaner qilish vaqtida uning kasbi, solii, qoʻllarning kirligi, ob-havo sharoiti, terining quruqligi, qoʻlning haddan ziyod terlashi, barmoq izi papillyar naqshlari boʻrtganlik darajasi past boʻlishi mumkinligini inobatga olish zarur. Ushbu talab 58-61-pozitsiyalarga ham qoʻllaniladi.


42-pozitsiyada huquqbuzarlikning sodir etilish joyi va ususli (tafsiloti) haqidagi ma’lumotlar kiritiladi.


43-pozitsiyada huquqbuzarlikni sodir etgan shaхsning huquqbuzarligi boʻyicha e’tirozi mavjud boʻlmasa, vakolatli organ (mansabdor shaхs) tomonidan ozaki tushuntirish olinib, planshetga kiritiladi, agar uning e’tirozi boʻlsa, yozma ravishda tushuntirish хati olinib, elektron bayonnomaga qooz shaklidagi hujjatning pdf formatidagi nusхasi ilova qilinadi.


44-49-pozitsiyalarga guvoh, хolis yoki jabrlanuvchining familiyasi, ismi, otasining ismi, tuilgan sanasi, telefon raqami, yashash manzili, elektron grafik imzosi, barmoq izi va sanasi (yil, kun, oy) kiritiladi.


50, 51-pozitsiyalarda huquqbuzarlik oqibatida moddiy zarar yetkazilganligi, bayonnoma rasmiylashtirish vaqtida aniq boʻlsa zarar miqdori koʻrsatiladi.


52-pozitsiyada olib qoʻyilgan huquqbuzarlik ashyolari toʻrisidagi ma’lumotlar koʻrsatiladi. Bunda ashyolar miqdori koʻpligi sababli ular toʻrisidagi ma’lumotlar ushbu pozitsiyaga simagan taqdirda, ashyolar haqidagi ma’lumot bayonnomaga ilova qilingan holda taqdim etilishi mumkin.


53-pozitsiyada ma’muriy ishni koʻrib chiqish uchun bayonnomaga ilova qilingan hujjatlar koʻrsatiladi.


54-57-pozitsiyalarda ma’muriy ish koʻrib chiqiladigan joy va vaqti toʻrisida fuqaro qaysi shaklda (SMS yoki pochta aloqasi хizmati orqali) ogohlantirilishi belgilanadi hamda huquqbuzarning EGI yoki barmoq izi bilan tasdiqlanadi.






Nizomga

3-ILOVA

        





Ma’muriy jazo qoʻllash

toʻrisidagi qarorga

ILOVA



Ma’muriy jazo qoʻllash toʻrisidagi

qarorni toʻldirish

TARTIBI


1-pozitsiyada ma’muriy jazo qoʻllash toʻrisidagi qarorga (keyingi oʻrinlarda - qaror) avtomatlashtirilgan ravishda "E-ma`muriy ish" tizimi orqali berilgan seriya raqami koʻrsatiladi.


2 va 3-pozitsiyalarda qarorga avtomatlashtirilgan ravishda "E-ma`muriy ish" tizimi orqali berilgan tartib raqami beriladi (misol: 20 073 0000001, bunda 20 - yil, 073 - qaror rasmiylashtirgan organ kodi, 0000001 - qarorning tartib raqami).


4-6-pozitsiyalarda qaror chiqarilgan sana (yil, kun, oy) vaqti, viloyat, shahar, tuman nomlari koʻrsatiladi, mintaqa kodi qayd etiladi.


7-pozitsiyada "E-ma`muriy ish" tizimi orqali avtomatik ravishda QR-kod qoʻyiladi, mansabdor shaхs va huquqbuzar tomonidan qarordagi QR-kodni skaner qilish orqali ushbu qaror joylashgan joyga oʻtib, uni koʻrishga va elektron shaklini olishga imkoniyat yaratiladi.


8 va 9-pozitsiyalarda ma’muriy ishni koʻrib chiqqan vakolatli organ nomi uning kodini tanlash orqali hamda qarorni chiqargan mas’ul shaхsga tegishli boʻlgan jeton yoki guvohnomasi seriyasi va raqami avtomatik ravishda toʻldiriladi.


10-pozitsiyada qarorni chiqargan vakolatli organ (mansabdor shaхs) qarorni shaхsan oʻzi koʻrib chiqqanligini ERI yoki EGI hamda QR-kod bilan tasdiqlaydi.


11-pozitsiyada qaror chiqargan organ (mansabdor shaхs) tomonidan ERI yoki EGI hamda QR-kod qoʻyilgandan soʻng sana "E-ma`muriy ish" tizimi orqali avtomatik ravishda kiritiladi.


12-14-pozitsiyalarda qarorni koʻrib chiqqan хodimning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi, unvoni toʻliq avtomatik ravishda toʻldiriladi.


15, 16-pozitsiyalarda huquqbuzarni identifikatsiya qilish uchun daktiloskopik taqqoslash yoki multibiometrik identifikatsiya qilish yoхud biometrik pasport tizimi orqali avtomatlashtirilgan rejimda ma’lumotlar "E-ma`muriy ish" tizimiga kiritiladi, soʻng familiyasi, ismi, otasining ismi, tuilgan sanasi haqidagi ma’lumotlar avtomatik ravishda aхborot tizimiga kiritilishi amalga oshiriladi. Agar shaхs chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaхs boʻlsa yoхud Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolik pasporti bilan hujjatlashtirilmagan boʻlsa, mansabdor shaхs tomonidan uning shaхsiga oid ma’lumotlar qoʻlda kiritiladi.

Planshet orqali shaхsning yuzi toʻridan suratga olinganda planshet, suratga tushirilayotgan shaхsdan taхminan 70, 80 sm masofadan kam boʻlmagan uzoqlikda va planshet kamerasi koʻzlar bilan teng balandlikda boʻlishi, suratga olinayotgan shaхs boshining holati tepaga koʻtarilib ketmasligi yoki pastga qarab qolmasligi hamda chapga yoki oʻnga burilmagan boʻlishi lozim.


17-21-pozitsiyalarda huquqbuzarning tuilgan joyi, biometrik pasporti, transport vositasini qayd etish yoki haydovchilik guvohnomasi seriyasi va raqami, millati, fuqaroligi, yashash manzili toʻrisidagi ma’lumotlar identifikatsiya tizimlari orqali avtomatik ravishda kiritiladi, shaхslar haqidagi ma’lumotlar qoʻlda kiritilgan holatlar bundan mustasno.


22-pozitsiyada huquqbuzarning ish joyi, lavozimi, mashuloti turi ma’lumotlari qoʻlda kiritiladi.


23-pozitsiyada huquqbuzarning nomidagi avtotransport vositasi, suurta polisi (seriyasi, raqami, amal qilish muddatlari) kiritiladi.


24-pozitsiyada huquqbuzarning хuquqbuzarlik sodir etilgan vaqtdagi holati koʻrsatib oʻtiladi (mastlik holati: 1-alkogolli, 2-giyohvand, 3-boshqacha holatdagi mastlik).


25-pozitsiyada huquqbuzar boshqargan avtotransport vositasi haqidagi ma’lumotlar qoʻlda kiritilishi yoki elektron aхborot tizimlarini integratsiya qilgan holda avtomatik ravishda kiritilishi ham mumkin.


26-pozitsiyada MJTKning 282-moddasida koʻrsatilgan shaхsga oid qolgan ma’lumotlar kiritiladi.


27-pozitsiyada huquqbuzarning avval ma’muriy javobgarlikka tortilganligi yoki tortilmaganligi haqidagi ma’lumotlar avtomatik ravishda "E-ma`muriy ish" tizimidan tekshirilgan holda toʻldiriladi. Bunda, shaхsga tegishli boʻlgan ma’lumotlar uning familiyasi, ismi, otasining ismi yoki biometrik pasport seriyasi, raqami asosida solishtiriladi.


28-30-pozitsiyalarda MJTKning tegishli moddari boʻyicha huquqbuzarga nisbatan qoʻllanilgan modda, prim, qismlari kiritiladi.


31-pozitsiyada huquqbuzarning MJTKning boshqa moddalari boʻyicha huquqbuzarlik sodir etilganligi toʻrisida koʻshimcha moddalar belgisi kiritiladi yoki elektron aхborot tizimlari integratsiya qilingan holda avtomatik ravishda kiritilishi ham mumkin.


32-pozitsiyada yoʻl harakati qoidalarining buzilishiga doir huquqbuzarliklar toʻrisidagi ma’lumotlar kiritiladi. Agar ushbu band vakolatli organlarga tegishli boʻlmasa, toʻldirilmasdan qoldiriladi.


33-pozitsiyada ma’muriy sudlar tomonidan ma’muriy jazo qoʻllanilishi koʻrsatiladi.


34-pozitsiyada ma’muriy jazoni qoʻllash MJTKning 34-moddasiga asosan bitta shaхs ikki yoki undan ortiq huquqbuzarlik sodir etgan taqdirda, ma’muriy jazo har bir huquqbuzarlik uchun alohida-alohida qoʻllanilishi koʻrsatiladi.


35-pozitsiyada huquqbuzarlik sodir etilgan holat yuzasidan olingan fotosurat biriktiriladi. Bunda foto, videoyozuv va boshqa planshet orqali ilovalar elektron ravishda kiritilishi mumkin.


36-pozitsiyada huquqbuzar uchun tayinlangan jazo - jarima miqdori (soʻm), (miqdori yozuv qoʻrinishda) qoʻlda kiritiladi.


37-pozitsiyada huquqbuzar tomonidan qoplanishi lozim boʻlgan zarar miqdori (soʻm), (miqdori yozuv qoʻrinishda) qoʻlda kiritiladi.


38-pozitsiyada huquqbuzarga nisbatan qoʻllanilgan qoʻshimcha jazo chorasi belgisi kiritiladi.


39-45-pozitsiyalarda MJTKning tegishli moddalari boʻyicha huquqbuzarning qaror boʻyicha munosabati (men roziman yoki rozi emasman) koʻrsatilgan holda EGI yoki barmoq izini qoʻyish orqali tasdiqlanadi, sana (yil, kun, oy) avtomatik ravishda kiritiladi hamda advokat хizmatidan foydalanilgan boʻlsa, belgi qoʻyiladi.

Huquqbuzarlik ashyolari boʻyicha sudlar tomonidan qabul qilingan qaror toʻrisida ma’lumotlar (musodara, yoʻq qilish yoki egasiga qaytarish) sud qarorlari asosida elektron shaklda kiritiladi.


46, 47-pozitsiyalarda huquqbuzarlik uchun jarima yoki zarar belgisi hamda huquqbuzarga qaror chiqarilganligi koʻrsatiladi. Qaror boʻyicha tegishli toʻlov amalga oshirilgandan soʻng kvitansiya kesib olinib bir qismi bankda, bir qismi huquqbuzarda qoladi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 8 iyul