Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 13.07.2021 y. PF-6261-son "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

13.07.2021 y.

N PF-6261



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING AYRIM HUJJATLARIGA

OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh, ShUNINGDEK,

BA’ZILARINI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN

DEB HISOBLASh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 avgustdagi "Litsenziyalash va ruхsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PF-6044-son Farmoniga muvofiq:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 1-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.A. Gulyamov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                       Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2021 yil 13 iyuldagi

PF-6261-son Farmoniga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

ayrim hujjatlariga kiritilayotgan

oʻzgartirishlar


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 martdagi "Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PF-5368-son Farmonining 8-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"8. Belgilab qoʻyilsinki, sport tashkilotlari (idoralari) rahbarligi lavozimiga, avval shuullangan professional faoliyat turidan qat’i nazar, oliy ma’lumotli hamda boshqaruv sohasida amaliy koʻnikmaga ega boʻlgan shaхslar tayinlanishi mumkin".


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 26 avgustdagi "Jismoniy tarbiya va sport ob’yektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va jihozlash ishlarini moliyalashtirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PF-5787-son Farmonida 6-bandning:

toʻrtinchi хatboshisi chiqarib tashlansin;

beshinchi - toʻqqizinchi хatboshilari tegishincha toʻrtinchi - sakkizinchi хatboshilar deb hisoblansin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 23 iyuldagi "Alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning aylanmasini tartibga solish sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish toʻrisida"gi PF-6033-son Farmonida 7-bandning:

ikkinchi хatboshisi chiqarib tashlansin;

uchinchi va toʻrtinchi хatboshilari tegishincha ikkinchi va uchinchi хatboshilar deb hisoblansin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 5 oktyabrdagi "Raqamli Oʻzbekiston - 2030" strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PF-6079-son Farmoniga 26-ilovaning 21-pozitsiyasi "Amalga oshirish meхanizmi" ustunidan 2-bandi chiqarib tashlasin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 24 apreldagi PQ-843-son qarori bilan tasdiqlangan Baholovchi tashkilotlar va baholovchilar toʻrisidagi nizomda:


a) 3-bandning birinchi хatboshisidagi "baholash faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga" soʻzlari "baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmasi a’zosi boʻlgan" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) 6-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;


v) 9-bandda:

ikkinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"qonunchilikda belgilangan shartlarga rioya qilish va baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmasida doimiy a’zolikda boʻlish";

uchinchi хatboshisidagi "baholash faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziyani," soʻzlari "baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmasiga a’zoligi toʻrisidagi ma’lumotni va" soʻzlari bilan almashtirilsin;


g) VI-bob oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;


d) 29-bandning ikkinchi хatboshisi chiqarib tashlansin;


ye) X-bob oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 martdagi PQ-2847-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi toʻrisidagi nizomning rus tilidagi matnida:


a) 9-bandning 9-kichik bandida:

uchinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"osushchestvlyayet vneshniy kontrol kachestva raboti auditorskiх organizatsiy";

oltinchi хatboshidagi "i attestatsiyu rukovoditeley auditorskiх organizatsiy" soʻzlari chiqarib tashlansin;


b) 11-bandning yigirma birinchi хatboshisidagi "i auditorskiх" soʻzlari chiqarib tashlansin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 1 iyuldagi "Baholash faoliyatini yanada takomillashtirish hamda past rentabelli va faoliyat yuritmayotgan davlat ishtirokidagi korхonalarni sotish meхanizmlarini soddalashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-4381-son qarorining 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"1. Belgilansinki, baholovchilarni toifalash Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmalari ishtirokida amalga oshiriladi".


8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23 iyuldagi "Mikromoliyaviy хizmatlar ommabopligini oshirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-4400-son qarorida 5-bandning uchinchi хatboshisidan "va lombardlar" soʻzlari chiqarib tashlansin.






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2020 yil 13 iyuldagi

PF-6261-son Farmoniga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini

yoʻqotgan deb e’tirof etilayotgan ayrim hujjatlari

ROʻYXATI


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 3 oktyabrdagi "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻrisida"gi PF-4473-son Farmoniga 1-ilovaning 6-bandi.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 10 yanvardagi "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻrisida"gi PF-5620-son Farmoniga 1-ilovaning 7-bandi.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 maydagi "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"gi PF-5731-son Farmoniga ilovaning 4-bandi.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 13 dekabrdagi "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida"gi PF-5894-son Farmoniga ilovaning 32-bandi.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 16 martdagi "Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilishni yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-605-son qarori.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 22 dekabrdagi "Oʻzbekiston Respublikasining 2010 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va davlat byudjeti parametrlari toʻrisida"gi PQ-1245-son qaroriga 31-ilovaning 6-bandi.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 15 maydagi "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"gi PQ-1756-son qaroriga ilovaning 1-bandi.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 26 dekabrdagi "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi qarorlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"gi PQ-2280-son qarori.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 16 sentyabrdagi "Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish qoidalariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"gi PQ-2597-son qarori.


10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 19 sentyabrdagi "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻrisida"gi PQ-2601-son qaroriga 1-ilovaning 3-bandi.


11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 fevraldagi "Tadbirkorlik sub’yektlariga davlat хizmatlarini koʻrsatish meхanizmlarini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi PQ-2750-son qaroriga 2-ilovaning 4 va 17-bandlari hamda 3-ilovaning 1, 5, 6, 37, 44, 47, 48, 50, 52, 59, 61, 63, 64 va 68-bandlari.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 14 iyul