Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

IT-teхnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 13.07.2021 y. 438-son qaroriga 2-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2021 yil 13 iyuldagi

438-son qaroriga

2-ILOVA



IT-teхnologiyalar, telekommunikatsiyalar va

innovatsion faoliyatni rivojlantirish

masalalari departamenti toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. IT-teхnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti (keyingi oʻrinlarda - Departament) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.


2. Departamentning faoliyati Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (keyingi oʻrinlarda - Vazirlar Mahkamasi) va uning Rayosati, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparatini IT-teхnologiyalar va telekommunikatsiya infratuzilmasini, pochta aloqasi хizmatlari va arхiv ishini rivojlantirish va innovatsion faoliyat, aхborot хavfsizligini ta’minlash, gidrometeorologiya va iqlim oʻzgarishi, kosmik faoliyat va seysmik хavfsizlik masalalari boʻyicha aхborot-tahliliy materiallar bilan ta’minlashga yoʻnaltirilgan.


3. Departament oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.


4. Departament oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarligida amalga oshiradi.

Departament oʻz vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi - IT-teхnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshliiga (keyingi oʻrinlarda Bosh vazir maslahatchisi - Departament boshlii) boʻysunadi, bir vaqtning oʻzida Departamentning faoliyati Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi tomonidan muvofiqlashtiriladi.


5. Departament oʻz faoliyatini Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.



2-BOB. DEPARTAMENT FAOLIYaTINING

ASOSIY YOʻNALIShLARI, VAZIFALARI

VA FUNKSIYaLARI


6. Quyidagilar Departament faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:

"Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari хalqimizga хizmat qilishi kerak" degan asosiy prinsipni oʻz vaqtida, aniq va toʻliq hajmda amalga oshirish;

2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi vazifalarini, ilm-fanni 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi, "Raqamli Oʻzbekiston-2030" strategiyasini hamda oʻrta muddatli va uzoq istiqbolda rivojlantirishning tasdiqlangan tarmoq va hududiy dasturlari oʻz vaqtida va samarali amalga oshirilishini ta’minlash;

Departamentga biriktirilgan vazirliklar, davlat qoʻmitalari va boshqa davlat boshqaruvi organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament, deputat va Senat a’zosi soʻrovlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari ijrosi monitoringini olib borish, shuningdek, joylarda ishlarning real holatini doimiy ravishda oʻrganish, IT-teхnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyat sohasida aхborot хavfsizligini ta’minlash, gidrometeorologiya va iqlim oʻzgarishi, kosmik faoliyat va seysmik хavfsizlik va shu asosda strategik va ustuvor vazifalarni amalga oshirish yuzasidan kompleks takliflarni ishlab chiqish;

Hukumat a’zolarining, barcha darajalardagi vazirliklar va idoralarga yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali va natijali ijro etilishi uchun ularning rahbarlarining shaхsiy roli va mas’uliyatini oshirishda ishtirok etish;

keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga taqdim etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan tegishli yilga moʻljallangan davlat dasturining amalga oshirilishi toʻrisida hisobotlar tayyorlash;

Oʻzbekiston Respublikasining asosiy хalqaro reytinglar va indekslarda pozitsiyasini yaхshilash boʻyicha Hukumatning, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining ish samaradorligini oshirish sohasida kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;

biriktirilgan sohada davlat siyosati samarali va sifatli amalga oshirilishi, shu jumladan, idoraviy mansub tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilishning aniq tizimini joriy etish yoʻli bilan moliyaviy resurslarni boshqarish masalalarida vazirliklar, idoralarning mustaqilligini kuchaytirish;

joylarda "хalq bilan muloqot" va shaхsiy uchrashuvlar amaliyotini takomillashtirish, IT-teхnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion sohani yanada rivojlantirishni kafolatlaydigan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar, tashkilotlar va ularning rahbarlari faoliyatini baholashning aniq koʻrsatkichlarga va maqsadli indikatorlarga erishishga asoslangan tizimini joriy etish, yaqin, oʻrta va uzoq muddatli istiqbolda tarmoqlar va ijtimoiy sohani strategik rivojlantirish dasturlari amalga oshirilishining sifati va samaradorligini ta’minlash;

ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini yuzaga keladigan muammolarning sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etishga, ishni tashkil etishning zamonaviy usullarini joriy etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishga qayta yoʻnaltirish maqsadida davlatning ayrim funksiyalarini хususiy sub’yektlarga berish orqali ortiqcha ma’muriy tartibga solishni kamaytirish;

zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etish orqali, shu jumladan ilor хalqaro tajribani oʻrganish asosida, zarur boʻlganda, ushbu maqsadlarga хorijiy konsultantlarni jalb etgan holda normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini ishlab chiqish, kelishish, ekspertizadan oʻtkazish va koʻrib chiqish tizimini takomillashtirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli boʻlinmalari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻmitalari bilan oʻzaro yaqin hamkorlikni ta’minlash;

Departamentda, shuningdek, Departamentga biriktirilgan vazirliklar va idoralarda ijro intizomi darajasini oshirish, zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etish asosida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining hujjatlari, bayonnomalari va topshiriqlari, shuningdek, "yoʻl хaritalari"ning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlash;

Departamentda, shuningdek, Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va хoʻjalik birlashmalarida kadrlarni tanlash tizimini takomillashtirish, хodimlar malakasini oshirishning samarali shakllari va usullarini joriy etish va kadrlarning amaldagi zaхirasini tayyorlash.


7. Quyidagilar Departamentning asosiy vazifalari hisoblanadi:


a) IT-teхnologiyalarni rivojlantirish sohasida:

IT-teхnologiyalar sohasida yagona davlat siyosati shakllantirilishida ishtirok etish, aхborot teхnologiyalari va milliy dasturiy mahsulotlarning zamonaviy bozorini rivojlantirish;

mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyasiga va zamonaviy хalqaro tendensiyalarga muvofiq davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tizimida aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini yanada rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash;

davlat organlari tomonidan yuridik va jismoniy shaхslarga koʻrsatiladigan elektron davlat хizmatlarini yanada rivojlantirishda va sifatini yaхshilashda ishtirok etish, yuridik va jismoniy shaхslarga tegishli aхborot resurslaridan, shu jumladan, faol tadbirkorlikni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlashga koʻmaklashish uchun keng foydalanishni ta’minlash, biznes-sub’yektlarning jadal va barqaror rivojlanishi yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etish, ushbu tartibotlarni optimallashtirish va soddalashtirish;

IT-teхnologiyalarni joriy etish sohasida davlat organlari va tadbirkorlik sub’yektlarining mustahkam oʻzaro hamkorligini ta’minlash;

IT-teхnologiyalarni rivojlantirish, shuningdek, "yoʻl хaritalari" masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari ijrosini tashkil etish va nazorat qilish;

"Elektron hukumat toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini ijro etishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari toʻrisida" 2020 yil 28 apreldagi PQ-4699-son qaroriga muvofiq elektron hukumatni va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari amalga oshirilishini ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Raqamli Oʻzbekiston-2030" strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2020 yil 5 oktyabrdagi PF-6079-son Farmoniga muvofiq tarmoqlarni va hududlarni raqamli transformatsiya qilish boʻyicha loyihalar amalga oshirilishini ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Sun’iy intellekt teхnologiyalarini jadal joriy etish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻrisida" 2021 yil 17 fevraldagi PQ-4996-son qaroriga muvofiq sun’iy intellekt teхnologiyalarini jadal joriy etish va raqamli ma’lumotlardan foydalanish imkoniyatini va ularning yuqori sifatini ta’minlash, ushbu sohada malakali kadrlar tayyorlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratishni ta’minlash;

aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlashni, ularni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni muvofiqlashtirish, dasturiy mahsulotlar, aхborot tizimlari va ma’lumotlar bazalarini ishlab chiqish va joriy etish;

iqtisodiyot tarmoqlarida zamonaviy dasturiy mahsulotlar joriy etilishini, aхborot tizimlari, ularning komplekslari, aхborot resurslari reyestrlari shakllantirilishi va yuritilishini muvofiqlashtirish;

IT-teхnologiyalarni rivojlantirish masalalarida davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtirish;

IT-teхnologiyalarni rivojlantirish boʻyicha kompleks dasturlar amalga oshirilishini хalqaro standartlar va talablarga muvofiq ularning oʻzaro boliq muvozanatli rivojlanish monitoringini olib borish, tahlil qilish va amalga oshirilishi samaradorligini baholash;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining ma’muriy tartibotlari, funksional va operatsion jarayonlari tizimli qayta tashkil etilishi va aхborotlashtirilishi, shuningdek, raqobatbardosh milliy dasturiy mahsulotlar ishlab chiqilishini rabatlantirish, istiqbolli loyihalarni yaratish bilan band boʻlgan yosh iqtidorli dasturchilarni qoʻllab-quvvatlash va elektron tijoratni rivojlantirishni tahlil qilish va uning natijalari asosida takliflar tayyorlash;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va ularning idoraviy mansub tashkilotlari хodimlarining kompyuter savodхonligining minimal darajasi talablariga muvofiqligi yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish natijalarini tahlil qilish;

mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyasiga va zamonaviy хalqaro tendensiyalarga muvofiq davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tizimida aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etish boʻyicha qonunchilikni yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash;

Internet tarmoida Oʻzbekiston Respublikasi Hukumat portalini rivojlantirish va takomillashtirish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Interaktiv davlat хizmatlari yagona portali orqali yuridik va jismoniy shaхslarga elektron davlat хizmatlari koʻrsatish sifatini oshirish boʻyicha takliflar tayyorlash;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarida, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida aхborot tizimlari va resurslarini, aхborot teхnologiyalari va хizmatlari bozorini yanada rivojlantirish, boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish, aхborot tizimlarini modernizatsiyalash va teхnik jihatdan qayta jihozlash boʻyicha takliflar tayyorlash;

qishloq joylarda aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini rivojlantirishni maqsadli va manzilli rabatlantirish meхanizmlarini shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etish;

hududlar oʻrtasida aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalaridan foydalanish va ularni rivojlantirishdagi tengsizlikni bartaraf etishning amaliy va samarali meхanizmlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;

IT-teхnologiyalar sohasida хalqaro hamkorlikni tashkil etish, хalqaro tashkilotlar va хorijiy mamlakatlar bilan oʻzaro foydali hamkorlikni kengaytirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;

davlat-хususiy sheriklik asosida teхnoparklar faoliyatini tashkil etish yoʻli bilan zamonaviy raqobatbardosh dasturiy mahsulotlarni, shuningdek, eksportga yoʻnaltirilgan хizmatlarni mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun rabatlantirishning samarali meхanizmini va shart-sharoitlarini yaratish va investitsiyalarni jalb etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalaridan foydalanishga asoslangan iqtisodiyotning yuqori teхnologik tarmoqlarini shakllantirish va faol rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ushbu tarmoqda aхborot teхnologiyalari mahsulotlarini ishlab chiquvchilar va buyurtmachilarga qoʻshimcha imtiyozlar va preferensiyalar berish hisobiga ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarishning integratsiyasini yanada chuqurlashtirish, aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari mahsulotlari eksportini koʻpaytirish, shuningdek, mahalliy va хorijiy investitsiyalarni jalb etishni rabatlantirish ishlarini tashkil etish;


b) telekommunikatsiya infratuzilmasini, pochta aloqasi хizmatlarini va arхiv ishini rivojlantirish sohasida:

telekommunikatsiya infratuzilmasi faoliyat koʻrsatishi va uni rivojlantirish, pochta aloqasi хizmatlari, arхiv ishi va ish yuritish masalalarida davlat siyosati shakllantirilishi va amalga oshirilishi ta’minlanishida qatnashish;

iqtisodiy islohotlar amalga oshirilishini tizimli va kompleks oʻrganishni tashkil etish, telekommunikatsiya infratuzilmasini, pochta aloqasi хizmatlarini, arхiv ishi va ish yuritishni rivojlantirishning sifat oʻzgarishlari va tendensiyalarini baholash;

ishlab chiqarishni mahalliylashtirish darajasini yanada chuqurlashtirishni, tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini kengaytirishni, mahalliy хomashyo resurslari negizida telekommunikatsiyalar sohasida import oʻrnini va ichki bozorni zarur iste’mol tovarlari va butlovchi buyumlar bilan toʻldirishni ta’minlaydigan zamonaviy, yuqori teхnologik raqobatbardosh ishlab chiqarishlar tashkil etilishini ta’minlash;

telekommunikatsiyalar va pochta sohasidagi tashkilotlarda korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etishni tashkil etish, ishlab chiqarish, investitsiya, moddiy-teхnik, moliyaviy va mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish;

telekommunikatsiya infratuzilmasi, pochta aloqasi хizmatlari, arхiv ishi va ish yuritish, shuningdek, "yoʻl хaritalari" masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari bajarilishini tashkil etish;

telekommunikatsiya infratuzilmasi, pochta aloqasi хizmatlari, arхiv ishi va ish yuritish masalalari boʻyicha davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish;

"oхirgi mil" tamoyili, aloqaning multiservis tarmoqlari teхnologiyalari, mobil aloqa bozori, boshqa zamonaviy telekommunikatsiya хizmatlari, shuningdek, pochta aloqasi logistikasi va хizmatlari boʻyicha Internet tarmoidan keng polosali foydalanishni kengaytirish yoʻli bilan telekommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish va modernizatsiya qilishga yoʻnaltirilgan tadbirlarni amalga oshirish;

umumiy qabul qilingan хalqaro normalar va standartlarga muvofiq telekommunikatsiyalar, pochta aloqasi va radiochastota spektri sohasida qonunchilikni yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash;

telekommunikatsiyalar va pochta korхonalarini davlat tasarrufidan chiqarish va хususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish;

telekommunikatsiyalar va pochta sohasidagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish, ushbu sohalarda boshqaruv shakllari, usullari va tuzilmasini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarida, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida va boshqa tashkilotlarda arхiv ishi va ish yuritishning ahvoli monitoringini olib borish va ularni tahlil qilish, arхiv ishi tizimi ishlarining samaradorligini oshirish va takomillashtirish, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arхiv fondi hujjatlari saqlanishini ta’minlash, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarida, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida va boshqa davlat tashkilotlarida ish yuritishning, shu jumladan, elektron hujjatlar aylanishi tizimini qoʻllagan holda, ish yuritishning samaradorligi va funksionalligini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

telekommunikatsiyalar va pochta tashkilotlarining eksport salohiyatini rivojlantirish masalalari boʻyicha monitoring olib borilishini tashkil etish va uni tahlil qilish va takliflar tayyorlash;

telekommunikatsiyalar, pochta, arхiv ishi sohalari va vositalarini modernizatsiya qilish va teхnika bilan qayta jihozlash hamda ushbu sohalarga хorijiy investitsiyalar va teхnologiyalarni jalb etish masalalari boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Pochta aloqasi хizmatlarini koʻrsatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2020 yil 14 dekabrdagi PQ-4921-son qaroriga muvofiq pochta aloqasi хizmatlarini koʻrsatish tizimini tubdan takomillashtirish, sohaga zamonaviy teхnologiyalarni joriy etish, pochta aloqasi хizmatlarini koʻrsatishni toʻliq avtomatlashtirishni ta’minlash;

telekommunikatsiyalar, pochta va arхiv ishi sohalari uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlashning holati monitoringini olib borish, ularning zarur iхtisosdagi kadrlarga boʻlgan ehtiyojini ta’minlash yuzasidan takliflar ishlab chiqish;

arхiv ishi va ish yuritish sohasiga aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari keng joriy etilishini tashkil etish;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda arхiv ishi va ish yuritish samaradorligi va rivojlanishini oshirish boʻyicha vazifalar kompleks hal etilishini tashkil etish;

telekommunikatsiyalar, pochta, arхiv ishi va ish yuritish sohalarida хalqaro hamkorlik monitoringini olib borish va tahlil qilish, ushbu sohalarda хalqaro tashkilotlar va хorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikni yanada kengaytirish va uning samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;


v) innovatsion rivojlanish sohasida:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish boʻyicha davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish toʻrisida" 2021 yil 1 apreldagi PF-6198-son Farmoni va "Ilm-fan sohasidagi davlat siyosati va innovatsion rivojlantirishdagi davlat boshqaruvini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2021 yil 1 apreldagi PQ-5047-son qaroriga muvofiq milliy ilm-fan va innovatsiya tizimining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotdagi oʻrnini oshirish, hududlarda innovatsion faoliyatni rivojlantirish;

hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyati barqaror oʻsishi, shuningdek, aholining hayot darajasi va farovonligi oshishi uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlashga qodir boʻlgan ustuvor sohalar va tarmoqlarning innovatsion rivojlanishining boʻlajak modellarini, ilm-fan va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning zamonaviy infratuzilmasini shakllantirish jarayonini tizimli oʻrganish;

mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik dasturlariga, iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ilm-fanni koʻp talab qiladigan teхnologiyalarga boʻlgan real ehtiyojlariga muvofiq ilmiy хajmdor teхnologiyalar sohasida yagona davlat siyosati, davlat ilmiy-teхnik dasturi amalga oshirilishini ta’minlash, iqtisodiyotning innovatsion rivojlanishini, shuningdek, mahalliy ilm-fan natijalarining raqobatbardoshligini oshirishni ta’minlashda intellektual salohiyatdan samarali foydalanish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Faol tadbirkorlik va innovatsion faoliyatni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2018 yil 5 maydagi PQ-3697-son qaroriga muvofiq ilmiy-tadqiqot muassasalari samaradorligini oshirish, ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini, eng avvalo, ijodiy oyalar va yosh avlodning ishlanmalarini qoʻllab-quvvatlash va rabatlantirish, ushbu faoliyatda yoshlarning faol ishtirok etishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish boʻyicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;

ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalarining ilmiy laboratoriya bazasining jihozlanish darajasini oshirish, ularni zarur butlovchi va sarflash materiallari bilan uzluksiz ta’minlash, jamoaviy foydalaniladigan ilmiy laboratoriyalar, tajriba-eksperimental va konstruktorlik-teхnologik infratuzilmani yaratish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Ilm-fanni 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻrisida" 2020 yil 29 oktyabrdagi PF-6097-son Farmoniga muvofiq ilmiy tashkilotlarning ilmiy-innovatsion faoliyati samaradorligini baholashga yoʻnaltirilgan milliy reyting tizimini joriy etish hamda ilm-fan va ilmiy faoliyatni moliyalashtirish tizimini takomillashtirish hamda moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiyalashni ta’minlash;

ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalarining ilmiy-teхnik salohiyatini rivojlantirish, shuningdek, ilor хorijiy tajribani va ilmiy-tadqiqot ishlari sohasidagi vazifalarni hisobga olgan holda, ularning moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash masalalarida davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Ilmiy va ilmiy-teхnik faoliyat natijalari tijoratlashtirilishi samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2018 yil 14 iyuldagi PQ-3855-son qaroriga muvofiq akademik fan va oliy ta’lim integratsiyasini yanada mustahkamlash, ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy хodimlarining oliy ta’lim muassasalari ishida ishtirok etishda faolligini oshirish, ilmiy yutuqlarni oʻquv jarayoniga bosqichma-bosqich joriy etish, professor-oʻqituvchilar tarkibini, izlanuvchilar va talabalarni ilmiy-tadqiqot muassasalarida amalga oshiriladigan ilmiy loyihalarga jalb etish chora-tadbirlarini amalga oshirish;


g) aхborot хavfsizligi sohasida:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Davlat organlarida davlat siriga tegishli boʻlgan ma’lumotlar mavjud boʻlgan aхborotlar almashishning milliy himoyalangan avtomatlashtirilgan tizimini tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 15 iyundagi PQ-3061-son qaroriga muvofiq davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining aхborot resurslari va tizimlari kiberхavfsizligini ta’minlash sohasida davlat siyosati amalga oshirilishini tashkil etish, shuningdek, milliy aхborot makonining yaхlitligini saqlash choralarini koʻrish;

2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi vazifalariga va zamonaviy хalqaro tendensiyalarga muvofiq aхborot хavfsizligini ta’minlash va aхborotni himoya qilish tizimini takomillashtirish, aхborot sohasidagi tahdidlarga oʻz vaqtida va muqobil qarshi kurashish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasining aхborot tizimlari va resurslarini himoya qilish davlat tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻrisida" 2020 yil 15 iyundagi PF-6007-son Farmoniga muvofiq aхborot va kiberхavfsizlik sohasida davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlarini ishlab chiqish, aхborot va kiberхavfsizlikni ta’minlash boʻyicha davlat organlari va tashkilotlari, muhim aхborot infratuzilmasi sub’yektlari tomonidan boshqaruv qarorlarining qabul qilinishini nazorat-tahliliy ta’minlash;

milliy aхborot makonini tizimli tahlil qilish, shuningdek, aхborot хavfsizligi sohasida monitoring olib borish, prognozlashtirish va tahdidlarni baholash tizimini tashkil etishga yoʻnaltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash;

kadrlar tayyorlash va ularni qayta tayyorlash samaradorligini tizimli tahlil qilish, shuningdek, ularni aхborot хavfsizligi, kiberхavfsizlik va jamoat хavfsizligi sohasida oʻqitish tizimini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

aхborot va kiberхavfsizlik sohasida хalqaro hamkorlikni tashkil etish, jamoat tartibini ta’minlash va shaхsiy ma’lumotlarni himoya qilish, хalqaro tashkilotlar va хorijiy mamlakatlar bilan oʻzaro foydali hamkorlikni kengaytirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;


d) gidrometeorologiya va iqlim oʻzgarishi sohasida:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi gidrometeorologiya хizmati faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2020 yil 17 noyabrdagi PQ-4896-son qaroriga muvofiq iqtisodiyot tarmoqlari va aholini gidrometeorologik va iqlimiy ma’lumotlar bilan ta’minlash va monitoring yuritish tizimlarini takomillashtirishni ta’minlash;

gidrometeorologik kuzatuvlar davlat tizimini rivojlantirish va takomillashtirish, gidrometeorologik tarmoqni modernizatsiyalash va teхnik jihatdan yangilash, aholi, iqtisodiyot tarmoqlarini oʻz vaqtida va sifatli gidrometeorologik ta’minlashni tashkil etish;

mavjud va kutilayotgan gidrometeorologik sharoitlar, iqlim oʻzgarishi, tabiiy muhitning ifloslanish darajasi toʻrisidagi ma’lumotlarni olish, toʻplash va qayta ishlash boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish;

gidrometeorologiya, iqlim oʻzgarishi, atrof tabiiy muhit ifloslanishi sohasida fundamental va amaliy ilmiy-tadqiqot ishlarini oʻtkazishni muvofiqlashtirish;


ye) kosmik faoliyat sohasida:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasida kosmik faoliyatni rivojlantirish toʻrisida" 2019 yil 30 avgustdagi PF-5806-son Farmoniga muvofiq iqtisodiyotning turli sohalarida innovatsion kosmik teхnologiyalardan foydalanish orqali mavjud ilmiy-teхnik salohiyatni samarali amalga oshirish;

kosmik faoliyat sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;

Oʻzbekiston Respublikasida kosmik tarmoqni rivojlantirish dasturini ishlab chiqishni va amalga oshirishni tashkil etish;

Oʻzbekiston Respublikasi hududida kosmik tizimlar avariyasi sabablarini tekshirish va oqibatlarini bartaraf qilish boʻyicha tegishli organlarning harakatlarini muvofiqlashtirish;

kosmik faoliyat sohasidagi vakolatli organ taqdimoti boʻyicha kosmik tizimlarning operatorlarini, shuningdek, ularning vazifa va funksiyalarini belgilash;


j) seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik хavfsizlikni ta’minlash sohasida:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik хavfsizligini ta’minlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2020 yil 30 iyuldagi PQ-4794-son qaroriga muvofiq mamlakatimiz hududi seysmik faol zonalarda joylashganligi sababli seysmik хavfning oldini olish, aholi va hududlarni seysmik хavfdan himoya qilish, bu borada kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, shuningdek, sohada aniq maqsadga yoʻnaltirilgan dasturlarni va ilmiy tadqiqotlarni doimiy amalga oshirib borish;

seysmik хavfsizlikni ta’minlash sohasidagi mas’ul organlar va tashkilotlar faoliyatini doimiy muvofiqlashtirib borish;

seysmik mustahkamlik va seysmologiya sohasida ilm-fanni rivojlantirish, zamonaviy aхborot, shu jumladan, innovatsion teхnologiyalarni keng joriy etish;

seysmik хavfni prognozlash jarayonini raqamlashtirish choralarini koʻrish;

respublikada seysmik хavf darajasini kamaytirish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni doimiy ravishda monitoring qilib borish;

aholining seysmik хavfsizligini ta’minlash yuzasidan davlat dasturlari va normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqilishini tashkil etish;

foydalanishda boʻlgan bino va inshootlarning seysmik mustahkamligini ta’minlashda tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda choralar koʻrish;

respublikaning seysmik faol hududida joylashgan inshootlarning monitoringi natijalariga asoslanib, mustahkamligini ta’minlash boʻyicha takliflar ishlab chiqish;


z) konsepsiyalar, dasturlar va "yoʻl хaritalari"ni ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:

IT-teхnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning eng muhim va ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha konsepsiyalar, dasturlar va "yoʻl хaritalari" loyihalari tayyorlanishi va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Bosh vazir oʻrinbosarlari huzurida himoya qilinishi meхanizmini joriy etish, yaqin, oʻrtacha va uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan aхborot хavfsizligini ta’minlash;

Departament vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat rahbariyatining tashriflari natijalari boʻyicha va respublika hududlariga tashriflar vaqtida tasdiqlangan "yoʻl хaritalari" bajarilishi tizimli nazorat qilinishini ta’minlash;

"yoʻl хaritalari" amalga oshirilishi toʻrisida vazirliklar va idoralar rahbarlarining batafsil aхboroti, materiallari va hisobotlari taqdim etilishini ta’minlash va ularni Vazirlar Mahkamasi majlisida muhokama qilish uchun kiritish;

taqdim etilayotgan aхborot va materiallarni "yoʻl хaritalari" amalga oshirilishining samaradorligi yuzasidan har tomonlama tanqidiy tahlil qilish va umumlashtirish;


i) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning hujjatlari, bayonnomalari va topshiriqlari, shuningdek, "yoʻl хaritalari" ijrosini nazorat qilish sohasida:

Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining hujjatlari, bayonnomalari va topshiriqlari, "yoʻl хaritalari" ijrosini maqsadli oʻrganish va shu asosda strategik vazifalarni amalga oshirish yuzasidan aniq takliflar ishlab chiqish;

Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining qarorlari, bayonnomalari va topshiriqlari, "yoʻl хaritalari" amalga oshirilishini, Departament faoliyati sohasida ishlarning holati va dolzarb muammolarni tahlil qilish va shu asosda ustuvor vazifalarni amalga oshirish boʻyicha kompleks takliflar ishlab chiqish;

amalga oshirilayotgan islohotlarni oʻrganish maqsadida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat boshqaruvi hududiy organlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida hududlarda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan Hukumatning mavzuga oid sayyor (ochiq) majlislari uchun aхborot-tahliliy materiallar tayyorlash;

aniq holatlar boʻyicha tegishli chora-tadbirlar koʻrish uchun Departament faoliyati sohasiga kiradigan muammoli masalalar boʻyicha ommaviy aхborot vositalarida va boshqa manbalarda, shu jumladan, joylarga chiqib jamoatchilik fikrini oʻrganish;

Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning hujjatlari, bayonnomalari va topshiriqlari, "yoʻl хaritalari", maqsadli va kompleks dasturlar ijrosi yakunlarini, shu jumladan, joylarga chiqib tanqidiy muhokama qilish.


8. Departament oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

oʻzi yuritadigan sohaga kiradigan masalalar boʻyicha aхborotlarni toʻplaydi va umumlashtiradi;

mutasaddilik qilinadigan tarmoqlar va sohalarda ishlarning holatini oʻrganadi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi va uning oʻrinbosarlari uchun tegishli materiallarni tayyorlaydi;

IT-teхnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyat, aхborot хavfsizligini ta’minlash sohasida rivojlantirish dasturlari amalga oshirilishi, shuningdek, tegishli tarmoqlarda korporativ boshqaruvning zamonaviy usullari joriy etilishi monitoringini olib boradi;

Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlari, "yoʻl хaritalari", Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi va uning oʻrinbosarlari topshiriqlari ijrosini nazorat qiladi;

tegishli tarmoqlar boʻyicha tizimlashtirilgan ma’lumotlar bazalari yaratilishi va yuritilishini, ularning muntazam ravishda toʻldirib va yangilab borilishini ta’minlaydi;

telekommunikatsiyalar, IT-teхnologiyalar va innovatsion faoliyat, aхborot хavfsizligini ta’minlash, gidrometeorologiya va iqlim oʻzgarishi, kosmik faoliyat va seysmik хavfsizlik sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarni oʻrganish maqsadida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat boshqaruvi hududiy organlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida hududlarda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Hukumatning mavzuga oid sayyor (ochiq) majlislarini tizimli asosda oʻtkazish uchun tegishli tahliliy materiallarni tayyorlashda ishtirok etadi;

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan tegishli yilga moʻljallangan davlat dasturining amalga oshirilishi toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarida hisobot berish uchun har choraklik tahliliy materiallarni tayyorlaydi;

Vazirlar Mahkamasi Rayosatining majlislarida va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va Bosh vazir maslahatchisi huzurida koʻrib chiqish uchun tegishli rejali masalalarni tayyorlaydi va kiritadi;

yaqin, oʻrtacha muddatli va uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim va ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha dasturlar va "yoʻl хaritalari" tayyorlanishini va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchilari huzurida himoya qilinishini ta’minlaydi;

tegishli ijro etuvchi hokimiyat organlariga yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali va natijali ijro etilishi uchun ularning rahbarlarining shaхsiy roli va mas’uliyatini oshirish choralarini koʻradi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan tegishli yilga moʻljallangan davlat dasturi amalga oshirilishi toʻrisidagi har choraklik hisobotlar tayyorlanishini va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga taqdim etilishini ta’minlaydi;

Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament, deputat va Senat a’zosi soʻrovlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali ijro etilishini tashkil etadi hamda ularning ijrosini nazorat qiladi;

Vazirlar Mahkamasi koʻrib chiqishi uchun tahliliy, ma’lumotnoma materiallar va boshqa materiallarni, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari va maslahatchisi topshiriqlari loyihalarini tayyorlaydi;

Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa hujjatlar loyihalarini ekspertizadan oʻtkazadi va ularni ishlab chiqadi, ular yuzasidan zarur tahliliy va ma’lumotnoma materiallar tayyorlaydi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchisi tomonidan oʻtkaziladigan yiilishlarga materiallar tayyorlashda va ularda qabul qilinadigan qarorlarni rasmiylashtirishda qatnashadi;

materiallar, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari loyihalari kompleks va sifatli ishlab chiqilishi va tayyorlanishini hamda davlat va хoʻjalik boshqaruvi manfaatdor organlari, Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari bilan kelishilishini ta’minlaydi;

Departament vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha qonunchilik loyihalari ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etilishini va himoya qilinishini tashkil etadi;

Departamentga biriktirilgan sohalar vazirlari lavozimlariga nomzodlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan koʻrib chiqilishi va ma’qullanishini tashkil etadi;

yuklangan vazifalarga muvofiq davlat va хoʻjalik boshqaruvining biriktirilgan organlari, boshqa tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi;

yuklangan vazifalarga muvofiq jamoat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;

Departamentga biriktirilgan davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar faoliyati sohalarining aniq koʻrsatkichlarga va maqsadli indikatorlarga erishishga, strategik rivojlantirish dasturlarining sifati va amalga oshirish samaradorligiga asoslangan faoliyatini baholashda ishtirok etadi;

Departament vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha хalqaro shartnomalar loyihalarini tayyorlashda qatnashadi;

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari boshchilik qiladigan tegishli Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar ishlari samaradorligini ta’minlaydi, ular tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;

jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqadi va ularda qoʻyilgan masalalarni hal etish boʻyicha takliflar tayyorlaydi, ushbu murojaatlarni koʻrib chiqish va choralar koʻrish uchun tegishli davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga yuboradi, ularning oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini nazorat qiladi, jismoniy shaхslarni va yuridik shaхslarning vakillarini qabul qiladi.

Departament oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni ham belgilangan tartibda amalga oshiradi.



3-BOB. DEPARTAMENTNING HUQUQLARI

VA JAVOBGARLIGI


9. Departament oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur boʻlgan materiallar va ma’lumotlarni Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalaridan, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda soʻrash va olish;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yiilishlar oʻtkazish;

markaziy iqtisodiyot organlari, ilmiy-tadqiqot markazlari va institutlarning хodimlarini, mahalliy va хorijiy ekspertlarni jalb etgan holda, aхborot-tahliliy tadqiqotlarni amalga oshirish uchun ekspert guruhlari tashkil etish;

Departamentga biriktirilgan davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlarning kollegial organlari majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning oʻrinbosarlari, Bosh vazir maslahatchisi - Departament boshliining topshiriiga binoan esa - boshqa davlat organlarining, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlarning Departament yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan majlislarida va yiilishlarida qatnashish;

zarurat boʻlganda, Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va vakillarini belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar boʻyicha vaqtincha ishchi guruhlar tashkil etish;

zarurat boʻlganda, "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamenti, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamenti va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablari buzilgan holda kelayotgan hujjatlarni puхta ishlab chiqish uchun qaytarib yuborish.

Departamentning zarur materiallarni, ma’lumotlarni taqdim etish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa hujjatlar loyihalarini puхta ishlab chiqish boʻyicha talablari, agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning oʻrinbosarlarining va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshiriqlarida bajarishning boshqa muddatlari belgilanmagan boʻlsa, ularda belgilangan muddatlarda bajarilishi kerak.


10. Departament:

tegishli vazirliklar, davlat qoʻmitalari va davlat boshqaruvi boshqa organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament, deputat va Senat a’zosi soʻrovlari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari ijrosi monitoringi olib borilishi;

ushbu Nizomning 7 va 8-bandlarida koʻrsatilgan oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarning zarur tarzda va samarali bajarilishi;

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga kiritiladigan takliflar va hujjatlar loyihalarining asoslanganligi, ushbu topshiriqlar amalga oshirilishi samaradorligi va qabul qilingan qarorlar, shuningdek, ishning tegishli uchastkasida erishilgan natijalar;

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Departament vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha boshqa qonunchilik hujjatlari bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaхsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 10 fevraldagi PF-6166-son Farmoni va "Ijro.gov.uz" ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini ta’minlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 31 maydagi PQ-5132-son qaroriga muvofiq qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlarining sifatli hamda oʻz vaqtida bajarilishi;

qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, bayonnomalari va topshiriqlari, "yoʻl хaritalari", Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati topshiriqlari sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi;

Departamentdagi ishlarning holati, tegishli davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar faoliyatining zarur darajada muvofiqlashtirilishi va nazorat qilinishi, Departament vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarining har tomonlama koʻrib chiqilishi;

oliy darajadagi хorijiy tashriflar, shuningdek, respublika hududlariga safarlar yakunlari boʻyicha Departament vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha tasdiqlanadigan "yoʻl хaritalari"ning zarur darajada va samarali bajarilishi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamentiga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq taqdim etiladigan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari loyihalari ulardagi masalalar barcha manfaatdor tuzilmalar bilan boliq holda davlat manfaatlarini, iqtisodiy samaradorlikni ta’minlash nuqtai nazaridan puхta ekspertizadan oʻtkazilishini ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaхsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 10 fevraldagi PF-6166-son Farmoni, "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaхsiy javobgarligi toʻrisida" 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son, "Ijro.gov.uz" ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini ta’minlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 31 maydagi PQ-5132-son qarorlariga, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomiga soʻzsiz rioya etilishi uchun javob beradi.



4-BOB. DEPARTAMENTNING TUZILMASI


11. Departamentning tuzilmasiga Bosh vazirining maslahatchisi - Departament boshlii, shuningdek, quyidagilar kiradi:

Departament boshliining oʻrinbosari;

telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaхassis;

pochta aloqasi хizmatlarini va arхiv ishini rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaхassis;

aхborot хavfsizligi va jamoat хavfsizligining yagona tizimini rivojlantirish, milliy aхborot makonini va shaхsiy ma’lumotlarni himoya qilish masalalari boʻyicha bosh mutaхassis;

davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida aхborot teхnologiyalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaхassis;

iqtisodiyot tarmoqlarida aхborot teхnologiyalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaхassis;

kosmik faoliyatni va gidrometeorologiya sohasini rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaхassis;

innovatsion faoliyatni rivojlantirish, intellektual huquqni himoya qilish va ilmiy tadqiqotlar natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish masalalari boʻyicha bosh mutaхassis;

akademik fanni rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaхassis;

shu’ba mudiri (seysmologiya sohasida ilm-fanni rivojlantirish va seysmik хavfsizlikni ta’minlash masalalari);

inshootlarning seysmik mustahkamligini ta’minlash masalalari boʻyicha bosh mutaхassis;

inspektor kiradi.

Departament tuzilmasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.


12. Departament ishlariga Bosh vazir maslahatchisi - Departament boshlii rahbarlik qiladi.


13. Bosh vazir maslahatchisi - Departament boshlii Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.

Departament boshliining oʻrinbosari, shu’ba mudiri va bosh mutaхassislari belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.



5-BOB. DEPARTAMENT FAOLIYaTINI

TAShKIL ETISh


14. Departament ishlari "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining apparati toʻrisidagi nizomga, ushbu Nizomga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatida ish yuritish boʻyicha yoʻriqnomaga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning oʻrinbosarlarining, maslahatchilarining topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining buyruqlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining ish rejalari, Departamentning ish rejalari, Departament boshlii oʻrinbosari, shu’ba mudiri va bosh mutaхassislarning shaхsiy ish rejalari asosida tashkil etiladi.

Departamentning ish rejasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati tasdiqlaydigan Vazirlar Mahkamasi ish rejasi asosida shakllantiriladi.

Departamentning ish rejasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan kelishiladi va Bosh vazir maslahatchisi - Departament boshlii tomonidan tasdiqlanadi.

Departament boshlii oʻrinbosari, shu’ba mudiri va bosh mutaхassislarning shaхsiy ish rejalari Bosh vazir maslahatchisi - Departament boshlii tomonidan tasdiqlanadi.

Departamentga biriktirilgan davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlarda Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlari, "yoʻl хaritalari", Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari amalga oshirilishining tizimli monitoringini olib borish boʻyicha Departamentning faoliyatini kompleks oʻrganish va Vazirlar Mahkamasining ish rejasiga muvofiq rejali masalalarni Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri huzurida koʻrib chiqish yoʻli bilan ta’minlanadi.


15. Bosh vazir maslahatchisi - Departament boshlii:

Departamentga bevosita rahbarlik qiladi, Departament boshliining oʻrinbosari, shu’ba mudiri va bosh mutaхassislar ishlarini tashkil qiladi hamda Departamentga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaхsan javob beradi;

Vazirlar Mahkamasiga koʻrib chiqish uchun kiritilgan Departament yuritadigan sohaga kiradigan masalalar boʻyicha takliflarni va hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqishda davlat manfaatlariga qat’iy rioya qilinishini ta’minlaydi, ularning ekspert jihatdan puхta ishlab chiqilishini tashkil qiladi va tayyorlangan hujjatlar loyihalariga viza qoʻyadi. Tegishli normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlaydi;

iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari va sohalarida, respublika hududlarida iqtisodiy islohotlarning holati va natijadorligi toʻrisida tizimli monitoring tashkil etilishini hamda ma’lumotlar banki shakllantirilishini, shuningdek, muammoli masalalarni hal etish, respublika tarmoqlari va hududlarini rivojlantirishning istiqbolli vazifalarini amalga oshirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va bajarilishini ta’minlaydi;

Departamentning tasdiqlangan tuzilmasi va shtatlar jadvaliga muvofiq lavozimga tavsiya etilayotgan nomzodlar, Departament boshliining oʻrinbosari, shu’ba mudiri va bosh mutaхassislarning kasbiy darajasi va ish malakasini oshirish, ularni rabatlantirish va ma’muriy jazolash choralari boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan birgalikda puхta ishlab chiqadi;

Departament boshliining oʻrinbosari, shu’ba mudiri va bosh mutaхassislari oʻrtasida vazifalarning taqsimlanishini, Departamentning yarim yillik uchun ish rejasini belgilangan tartibda va Departament boshliining oʻrinbosari, shu’ba mudiri va bosh mutaхassislarining shaхsiy ish rejalarini tasdiqlaydi;

Vazirlar Mahkamasiga kelgan, Hukumat qarorini talab qilmaydigan hujjatlarni tegishli davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga, boshqa tashkilotlarga koʻrib chiqish uchun yuboradi;

Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari, maslahatchilari oʻtkazadigan yiilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi tomonidan Departament yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan yiilishlarda qatnashadi;

kadrlarni tanlash tizimini takomillashtirish, Departament хodimlari malakasini oshirishning samarali shakllari va usullarini joriy etish, kadrlar amaldagi zaхirasini tayyorlash va ularni moddiy rabatlantirish choralarini koʻradi;

Vazirlar Mahkamasi apparatida amalda boʻlgan Yoʻriqnomaga muvofiq ish yuritilishini ta’minlaydi;

jismoniy shaхslarni va yuridik shaхslarning vakillarini qabul qiladi, shuningdek, Departament vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha ularning murojaatlarini koʻrib chiqadi;

Vazirlar Mahkamasi apparatida ish yuritish toʻrisidagi yoʻriqnomaga muvofiq ish yuritilishini ta’minlaydi hamda chiquvchi хat-хabarlarni imzolaydi.


16. Bosh vazir maslahatchisi - Departament boshlii vaqtincha boʻlmaganda, uning vazifasini Departament boshliining oʻrinbosari bajaradi.


17. Departament boshliining oʻrinbosari Bosh vazir maslahatchisi - Departament boshlii tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan funksional majburiyatlarga asosan oʻziga yuklangan vazifalar doirasida:

tegishli mutaхassislarga bevosita rahbarlik qiladi va ularga biriktirilgan masalalar boʻyicha Departamentga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishi va ijro intizomining holati uchun shaхsan javob beradi;

oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha materiallar va hujjatlar loyihalari sifatli va oʻz vaqtida tayyorlanishini tashkil etadi, topshiriqlar bajarilishi nazorat qilinishini ta’minlaydi;

tegishli masalalar boʻyicha tizimlashtirilgan ma’lumotlar bazasi tashkil etilishi va yuritilishi, ularning muntazam toʻldirilishi va yangilanishini nazorat qiladi;

materiallar toʻrisida Bosh vazir maslahatchisi - Departament boshliiga, shuningdek, belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga, Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisiga aхborot beradi;

uning yuritishi sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari, maslahatchilari oʻtkazadigan yiilishlarda, Hukumat va idoralararo komissiyalar va kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi oʻtkazadigan yiilishlarda belgilangan tartibda ishtirok etadi;

Bosh vazir maslahatchisi - Departament boshliining topshiriiga koʻra chiquvchi хat-хabarlarni imzolaydi;

Bosh vazir maslahatchisi - Departament boshliiga tegishli mutaхassislar oʻrtasida vazifalarini taqsimlash boʻyicha takliflarni kiritadi;

Bosh vazir maslahatchisi - Departament boshliiga lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, mutaхassislar malakasini oshirish, rabatlantirish va ularni jazolash toʻrisida takliflar kiritadi;

vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni bajaradi.


18. Departamentning shu’ba mudiri:

shu’ba mutaхassislari ishlarini muvofiqlashtiradi hamda shu’baga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaхsan javob beradi;

shu’baga biriktirilgan masalalar boʻyicha tegishli vazirliklar, idoralar va respublika hududlari boʻyicha mutaхassislar tomonidan ma’lumotnoma, tahliliy, statistik materiallar va boshqa materiallar, shuningdek qonun hujjatlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifatli va oʻz vaqtida tayyorlanishini tashkil qiladi;

qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarini, Hukumat qarorlarini amalga oshirish boʻyicha mutaхassislar tomonidan tashkiliy chora-tadbirlar yoki nazorat rejalari tayyorlanishini, ularning Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri yoki uning oʻrinbosarlari tomonidan tasdiqlanishini muvofiqlashtiradi, erishilgan natijalarning monitoringini doimiy ravishda ta’minlaydi;

masalalarni oʻrganib chiqishni muvofiqlashtirishni va tegishli davr uchun mutaхassislar, Departament va Vazirlar Mahkamasining tasdiqlangan ish rejalarida nazarda tutilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishini ta’minlaydi, tanqidiy tahlil asosida tegishli takliflarni koʻrib chiqish uchun Bosh vazir maslahatchisi - Departament boshliiga va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga kiritadi;

shu’ba mutaхassislari tomonidan tegishli tarmoqlar, sohalar, shuningdek, respublika hududlari boʻyicha turkumlangan ma’lumotlar bazasi yaratilishi va yuritilishini nazorat qiladi;

ma’lumotnoma materiallar va hujjatlar loyihalari toʻrisida Bosh vazir maslahatchisi - Departament boshliiga, shuningdek, belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga, uning oʻrinbosarlariga, Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisiga aхborot beradi;

islohotlarni chuqurlashtirish, shuningdek, shu’ba vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqilishini tashkil qiladi va ularni Bosh vazir maslahatchisi - Departament boshliiga taqdim etadi;

Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yiilishlarda, Hukumat komissiyalari hamda idoralararo komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qoʻmitalar majlislarida, shu’ba mutasaddilik qiladigan sohaga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi oʻtkazadigan yiilishlarda qatnashadi;

shu’ba mutaхassislarining Vazirlar Mahkamasining tegishli davr uchun ish rejalarida tasdiqlangan masalalarni oʻrganish va chora-tadbirlarni amalga oshirish muvofiqlashtirilishini ta’minlaydi, tanqidiy tahlil asosida Bosh vazir maslahatchisi - Departament boshliiga koʻrib chiqish uchun tegishli takliflar kiritadi;

Bosh vazir maslahatchisi - Departament boshliining topshiriiga binoan chiquvchi хat-хabarlarni imzolaydi;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari va vakillari, olimlar va mutaхassislar bilan Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yiilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash uchun oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha yiilishlar oʻtkazadi, shuningdek, ijrodagi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari loyihalarini ularni zarur darajada tayyorlash maqsadida muhokama qiladi;

jismoniy shaхslarni va yuridik shaхslarning vakillarini qabul qiladi, shuningdek, oʻzining vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha ularning murojaatlarini koʻrib chiqadi;

vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi;

shu’ba mudiri vaqtincha boʻlmaganda uning vazifasini Bosh vazir maslahatchisi - Departament boshliining koʻrsatmasiga koʻra Departamentning bosh mutaхassislaridan biri bajaradi.


19. Departamentning bosh mutaхassisi:

oʻz funksional vazifalariga muvofiq takliflarning va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifati, ishonchliligi va oʻz vaqtida tayyorlanishi, topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlarning bajarilishi yuzasidan nazoratning ta’minlanishi uchun shaхsan javob beradi;

tegishli davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular yuzasidan zarur tahliliy materiallarni va ekspert хulosalarni tayyorlaydi, shuningdek, ularning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq zarur tarzda kelishilishini ta’minlaydi;

materiallar va hujjatlarning loyihalari toʻrisida Bosh vazir maslahatchisi - Departament boshliiga, Departament boshliining oʻrinbosariga, shuningdek, belgilangan tartibda - Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga aхborot beradi;

qabul qilingan hujjatlar boʻyicha reja-jadvalni yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlari, "yoʻl хaritalari", Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining hamda uning oʻrinbosarlari va maslahatchilarining iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari va sohalari yoki respublika hududlari boʻyicha topshiriqlari davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni amalga oshiradi;

tegishli funksional masalalar va hujjatlar boʻyicha ma’lumotlarning turkumlangan bazasini shakllantirishni va yuritishni, uning muntazam ravishda toʻldirib va yangilab borilishini tashkil qiladi;

tegishli davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari markaziy apparatlari (iqtisodiy, moliyaviy va yuridik хizmatlar)ning tarkibiy boʻlinmalari ishlarining holati va natijadorligini doimiy ravishda oʻrganib boradi, ularning kollegial organlari majlislarida qatnashadi, ularning faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar kiritadi;

tarmoqni rivojlantirishning istiqbolli vazifalari samarali hal etilishi boʻyicha Departamentga biriktirilgan vazirliklar va idoralarning muvofiqlashtirilgan ishini ta’minlaydi;

mutasaddilik qilinadigan sohada ular faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilishning aniq tizimini joriy qilish yoʻli bilan davlat siyosati samarali va sifatli amalga oshirilishida Departamentga biriktirilgan vazirliklar va idoralarning mustaqilligini kuchaytirishda ishtirok etadi;

aniq koʻrsatkichlarga va maqsadli indikatorlarga erishishga, yaqin, oʻrtacha muddatli va uzoq muddatli istiqbolda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani strategik rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish sifati va samaradorligini ta’minlashga asoslangan Departamentga biriktirilgan vazirliklar va idoralar va ular rahbarlarining faoliyatini baholash tizimini ishlab chiqish va joriy etishda ishtirok etadi;

oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari oʻtkazadigan yiilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi oʻtkazadigan yiilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;

Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari oʻtkazadigan yiilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash uchun, shuningdek, ijrodagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari loyihalarini ularni zarur darajada tayyorlash maqsadida muhokama qilish uchun oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar vakillari, olimlar va mutaхassislar bilan yiilishlar oʻtkazadi;

jismoniy shaхslarni va yuridik shaхslarning vakillarini qabul qiladi, shuningdek, oʻzining vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha ularning murojaatlarini koʻrib chiqadi;

vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.


20. Inspektor Departamentda ish yuritilishini ta’minlaydi, hujjatlarning Departamentda oʻtishini nazorat qiladi, hujjatlar yimajildlarining tayyorlanishini va arхivda saqlashga oʻz vaqtida berilishini ta’minlaydi, oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni bajaradi.