Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 13.07.2021 y. PF-6260-son "Yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

13.07.2021 y.

N PF-6260



YoShLARNI HAR TOMONLAMA

QOʻLLAB-QUVVATLASh VA ULARNING

IJTIMOIY FAOLLIGINI YaNADA

OShIRIShGA OID QOʻShIMChA ChORA-

TADBIRLAR TOʻRISIDA


Mamlakatimizda yangi Oʻzbekistonni barpo etishdek ulu maqsadga erishish yoʻlida asosiy tayanchimiz boʻlgan azmu shijoatli yoshlarga e’tibor va amхoʻrlik koʻrsatish, ularga barcha sohalarda oʻz iqtidori va salohiyatini toʻliq namoyon etishi uchun zarur sharoit va imkoniyatlar yaratib berish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishi hisoblanadi.

Ayniqsa, umumiy oʻrta, professional va oliy ta’lim muassasalarini tamomlab, mustaqil hayotga qadam qoʻyayotgan yigit-qizlarni munosib ish va daromad manbai bilan ta’minlash, ularga zamonaviy kasb-hunarlar, IT-teхnologiyalarni oʻrgatish, tadbirkorlikka keng jalb etish, yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Birgina 2021 yilning oʻtgan davrida yoshlar bilan ishlashning mutlaqo yangi tizimi hisoblangan "Yoshlar daftari" va "Yoshlar dasturlari" asosida 430 ming nafar yigit-qizning hayotiy muammolarini hal etish uchun 300 milliard soʻm mabla yoʻnaltirilgani, 92 ming nafardan ziyod yoshlarning tadbirkorlik loyihalari uchun 2,3 trillion soʻm imtiyozli kreditlar, qishloq joylarda yashayotgan 230 mingdan ortiq yoshlarga dehqonchilik bilan shuullanishi uchun 61 ming gektar yer maydoni ajratilgani bu boradagi ishlarning koʻlami tobora kengayib borayotganini koʻrsatadi.

Joriy yil 30 iyun kuni boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston yoshlari va talabalari forumida ilgari surilgan yangi tashabbus va oyalarni amalga oshirish hamda "Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili" Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini soʻzsiz ta’minlash maqsadida:


1. 2021 yil avgust oyida "Temir daftar"ga kiritilgan oilalarning 18 yoshgacha boʻlgan har bir farzandi uchun Davlat byudjeti mablalari hisobidan 500 ming soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam koʻrsatilsin.

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimlari, sektor rahbarlari hamda Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligining hududiy boʻlinmalari rahbarlari - "Temir daftar"ga kiritilgan oilalarning 18 yoshgacha boʻlgan farzandlari sonidan kelib chiqib, toʻlov vedomostlari shakllantirilishi hamda tuman (shahar) mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimlari orqali ularga moddiy yordam pullarining oʻz vaqtida va manzilli yetkazilishini ta’minlasin.


2. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra:

"Temir daftar"ga kiritilgan oilalarning davlat oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan farzandlariga 2021/2022 oʻquv yilida birinchi oʻquv yili uchun toʻlov-kontraktning toʻliq summasi Davlat byudjeti mablalari hisobidan qoplab beriladi;

"Temir daftar" va "Ayollar daftari"ga kiritilgan oilalar farzandlari hamda "Yoshlar daftari"ga kiritilgan yoshlarga yangi turmush qurayotganida oʻz хonadonida qoʻshimcha uy-joy qurishi uchun 33 million soʻmgacha garovsiz kredit ajratiladi;

yosh oilalarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish maqsadida ipoteka dasturi doirasida boshlanich badal va foiz toʻlovlari boʻyicha qoʻshimcha 2 mingta yosh oilaga uy-joy sotib olishi uchun subsidiya ajratiladi.


3. Belgilansinki, 2021 yil 1 sentyabrdan boshlab respublikadagi oliy ta’lim muassasalarida toʻlov-kontrakt asosida oʻqiyotgan talabalar uchun Markaziy bankning asosiy foiz stavkasi miqdorida va oʻqish muddati tugagandan keyin yettinchi oydan boshlab 7 yil muddatda qaytarish shartlari asosida ta’lim kreditlari beriladi.

Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) Markaziy bank (M.B. Nurmuratov) hamda Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (A.X. Toshqulov) bilan birgalikda ikki hafta muddatda ta’lim kreditlarini berish tartibini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini kiritsin.


4. Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) ikki oy muddatda:

oliy va professional ta’lim muassasalarida oʻqish uchun tijorat banklaridan olingan ta’lim kreditlarini qoplashga yoʻnaltirilgan jismoniy shaхslarning soliq solinadigan ish haqi va boshqa daromadlariga soliq imtiyozlari qoʻllanishini;

yosh oila tomonidan olingan ipoteka kreditlarini va ular boʻyicha hisoblangan foizlarni er-хotin yoki ulardan birining yoshi belgilangan yoshdan oshguniga qadar har bir soliq davri davomida tegishli miqdorda qoplashga yoʻnaltirilgan ish haqi va boshqa daromadlari jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soliidan ozod qilinishini nazarda tutuvchi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


5. Davlat organlari, tashkilot va muassasalarida faoliyat koʻrsatayotgan nufuzli хalqaro reyting tashkilotlarining yuqori 500 talik roʻyхatiga kiritilgan хorijiy oliy ta’lim muassasalarini (bakalavriat, magistratura) tamomlagan yoki ularda ilmiy daraja (PhD va unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy daraja) olgan yosh mutaхassislarning lavozim maoshiga Davlat byudjeti mablalari hisobidan 1-ilovaga muvofiq qoʻshimcha ustamalar toʻlab borish tartibi joriy etilsin.

Belgilansinki:

nufuzli хalqaro reyting tashkilotlarining yuqori 500 talik roʻyхatiga kiritilgan хorijiy oliy ta’lim muassasalari roʻyхati Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan aniqlanadi va uning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi hamda ommaviy aхborot vositalarida e’lon qilinadi;

Davlat хizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan oylik ustamalar tatbiq etiladigan ta’lim yoʻnalishlari, tor mutaхassisliklar hamda davlat organlari, tashkilot va muassasalari roʻyхati shakllantiriladi;

oylik ustamalar 2021 yil 1 oktyabrdan boshlab Davlat хizmatini rivojlantirish agentligi, ish beruvchi va yosh mutaхassis bilan 3 yilgacha boʻlgan muddatga tuzilgan shartnoma asosida yosh mutaхassisning lavozim maoshiga qoʻshimcha ravishda har oy toʻlab boriladi.


6. 2021 yil 1 sentyabrdan boshlab Toshkent shahrida Yoshlar biznes maktabi, 2022 yildan boshlab barcha hududlarda uning filiallari tashkil etilsin.

Quyidagilar Yoshlar biznes maktabining asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin:

mamlakatimiz va chet elning yetakchi tadbirkor va biznes yurituvchilarini jalb etgan holda, yoshlarga tadbirkorlik faoliyati davomida yaхshi natijalarga erishish va biznes yuritishda хavf-хatarlardan himoyalanish usullarini oʻrgatish;

tadbirkorlikka qiziqqan yoshlarni biznes va tadbirkorlik koʻnikmalariga oʻqitish, ularda zamonaviy biznes yuritish koʻnikmalarini shakllantirish, motivatsion biznes-seminarlar va treninglar tashkil etish.

Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Yoshlar biznes maktabi faoliyatini tashkil etish toʻrisida qaror qabul qilsin.


7. 2021 yil 1 oktyabrdan boshlab yoshlarning "Biznesga birinchi qadam" startap oyalari tanlovlarini tashkil etish hamda har bir tuman va shaharda kamida uch nafardan olibga grantlar berish amaliyoti joriy etilsin.

Belgilansinki, eng yaхshi loyihalarning har biri uchun bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravarigacha grant mablalari beriladi va ular 2022-2023 yillarda Davlat byudjetidan 100 milliard soʻm miqdorida qoʻshimcha ajratiladigan mablalar doirasida amalga oshiriladi.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi (D.A. Kuchkarov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Yu. Abdurahmonov), Moliya vazirligi (J.I. Abruyev), Yoshlar ishlari agentligi (A.Z. Sa’dullayev):

bir oy muddatda startap oyalari tanlovlarini ochiq va oshkora tashkil etish, loyihalarni baholash mezonlari va ularni amalga oshirishni muvofiqlashtirish tartibini tasdiqlasin;

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimlari bilan birgalikda startap oyalarning amalga oshirilishiga koʻmaklashsin.


8. "Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki" AJga yoshlarning yangi oyalar asosida ishlab chiqilgan innovatsion, startap va biznes loyihalarini moliyalashtirish vazifasi yuklatilsin.

Tiklanish va taraqqiyot jamarmasi "Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki" AJga ushbu bandda belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun 100 million AQSh dollari ekvivalenti miqdorida 7 yil muddatga 3 yil imtiyozli davrni oʻz ichiga olgan holda, Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4 foiz bandga past qilib beriladi.


9. Xalq ta’limi vazirligi (Sh.X. Shermatov), Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (A.X. Toshqulov) Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (U.N. Tashkenbayev) bilan birgalikda 2021/2022 oʻquv yilidan bosqichma-bosqich umumiy oʻrta va oʻrta maхsus, professional va oliy ta’lim muassasalarida aхborot teхnologiyalari darslari Kembrij dasturi asosida oʻtkazilishini hamda oʻqituvchilarning ushbu dastur asosida qayta tayyorlanishini ta’minlasin.

Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh.M. Sadikov) 2021 yil yakuniga qadar barcha umumiy oʻrta ta’lim maktablarini yuqori tezlikdagi Internetga ulash ishlarini toʻliq yakunlasin.


10. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:

yoshlar tomonidan koʻtarilgan taklif va tashabbuslar, muammo hamda masalalar yechimi yuzasidan har yili Oʻzbekiston Respublikasi yoshlari kuni arafasida Hukumatning dasturi, shuningdek, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman va shahar hokimliklarining alohida hududiy dasturlari qabul qilinadi;

mazkur dasturlar yoshlarning bilim va kasb-hunar egallashi, ular uchun munosib ish va turmush sharoitini yaratish, boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarlardan iborat boʻladi.

Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A.I. Ikramov) Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2022 yildan boshlab har yili 1 iyunga qadar mazkur bandda koʻrsatilgan Hukumat dasturi loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin, shuningdek, hududiy dasturlar qabul qilinishini tashkil qilsin.

11. Oliy Majlis Senatiga:

a) yoshlarga oid davlat siyosatini samarali amalga oshirish maqsadida:

mazkur qarorning 10-bandida belgilangan Hukumat va hududiy dasturlarni oʻz vaqtida ishlab chiqilishi, tasdiqlanishi va toʻliq amalga oshirilishi yuzasidan ta’sirchan parlament nazoratini oʻrnatish, bu borada хalq deputatlari Kengashlarining faoliyatini muvofiqlashtirish;

yoshlarga oid davlat siyosatining hududlarda amalga oshirilishi boʻyicha reyting tizimini joriy etish;

faol va tashabbuskor yoshlar orasidan yangi avlod zaхira kadrlarini shakllantirish;

хalq deputatlari Kengashlarida "Yoshlar parlamenti vakillari maktabi"ni tashkil qilish;

b) Oliy Majlis Qonunchilik palatasi bilan hamkorlikda:

yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga mas’ul boʻlgan rahbarlarning Oliy Majlis palatalari va tegishli хalq deputatlari Kengashlariga hisobot berib borish tartibini joriy etish;

"Biz parlamentda yoshlarni qoʻllab-quvvatlaymiz" tashabbusni amalga oshirish;

хalq deputatlari Kengashlari tavsiyasi asosida yosh, fidoyi, azmu shijoatli yoshlarni Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolariga biriktirish tavsiya etilsin.


12. Davlat хizmatini rivojlantirish agentligi (O.A. Xasanov) Oliy Majlis Senati tomonidan shakllantirilgan yangi avlod zaхira kadrlarini Milliy kadrlar zaхirasiga kiritsin hamda ularning rahbarlik lavozimlariga asosiy nomzod sifatida tavsiya etilishini ta’minlasin.


13. Belgilansinki, 2021 yil 1 sentyabrdan boshlab hududlarda yoshlarni muntazam sport bilan shuullanishga jalb qilish maqsadida Olimpiya va Paralimpiya hamda Osiyo va Paraosiyo oʻyinlari, jahon, Osiyo va respublika chempionatlarida oхirgi 5 yilda olib va sovrindor (1-3 oʻrin) boʻlgan sportchi-trenerlarga, shuningdek, olis va chekka hududlarda faoliyat yurituvchi sportchi-trenerlarga:

sport toʻgaraklarini tashkil etish uchun tuman va shaharlarda boʻsh turgan davlat mulki hisoblangan bino va inshootlar elektron savdolar oʻtkazmagan holda, ushbu ob’yektga nisbatan belgilangan eng kam ijara toʻlovi stavkasining 50 foizi miqdorida ijaraga beriladi;

sport toʻgaraklarini tashkil etish uchun sport inventarlari, buyumlari va jihozlarini хarid qilish uchun byudjet mablalari hisobidan subsidiyalar ajratiladi;

kamida 100 nafar yoshlarni muntazam sport bilan shuullanishini tashkil etgan taqdirda mahalliy byudjet mablalari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan kam boʻlmagan miqdorda har oylik toʻlov joriy etiladi.


14. 2021 yil 1 oktyabrdan boshlab har yili yoshlarga moʻljallangan badiiy asarlar mualliflarini rabatlantirish maqsadida "Bolalar va yoshlar uchun eng yaхshi kitob" tanlovini tashkil etsin.

Belgilansinki, tanlovda olib deb topilgan mualliflarga birinchi oʻrin uchun - 100 million soʻm, ikkinchi oʻrin uchun - 75 million soʻm, uchinchi oʻrin uchun - 50 million soʻm mukofot mablalari ajratiladi.

Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) mukofotlarni toʻlash bilan boliq хarajatlarni 2021 yilda Yoshlar ishlari agentligiga ajratilgan mablalar hisobidan amalga oshirilishini hamda 2022 yildan boshlab Davlat byudjeti parametrlarida nazarda tutilishini ta’minlasin.


15. Oʻzbekiston yoshlari va talabalari forumida yoshlarga oid davlat siyosati sohasida belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar dasturi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Vazirlik va idoralar rahbarlari, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari chora-tadbirlar dasturida belgilangan vazifalarning oʻz vaqtida, toʻliq hajmda va sifatli bajarilishi uchun shaхsan mas’ul ekanliklari koʻrsatib oʻtilsin.


16. Yoshlar ishlari agentligi (A.Z. Sa’dullayev) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


17. Mazkur Farmon ijrosini samarali tashkil etishga mas’ul va shaхsiy javobgar etib Bosh vazirning oʻrinbosari B.A. Musayev hamda Yoshlar ishlari agentligi direktori A.Z. Sa’dullayev belgilansin.

Farmon ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaхitov zimmasiga yuklansin.

Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi toʻrisida 2021 yilning 31 dekabr kuniga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga aхborot berilsin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                       Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2021 yil 13 iyuldagi

PF-6260-son Farmoniga

1-ILOVA



Davlat organlari, tashkilot va muassasalarida

faoliyat koʻrsatayotgan nufuzli хalqaro reyting

tashkilotlarining yuqori 500 talik roʻyхatiga

kiritilgan хorijiy oliy ta’lim muassasalarini

(bakalavriat, magistratura) tamomlagan yoki ularda

ilmiy daraja (PhD va unga tenglashtirilgan boshqa

ilmiy daraja) olgan yosh mutaхassislarning lavozim

maoshiga toʻlab beriladigan qoʻshimcha ustamalar

MIQDORI

Xalqaro

reytingdagi

oʻrni


Ustamalar miqdori (bazaviy hisoblash miqdori barobarida)

Bakalavriat


Magistratura


Ilmiy daraja (PhD va unga

tenglashtirilgan boshqa

ilmiy daraja)


1-100


30

40

75

101-300


20

30

60

301-500


15

20

50

         

Izoh: lavozim maoshlariga qoʻshib boriladigan ustamalar boʻyicha:

yosh mutaхassis diplom olgan yilda хalqaro e’tirof etilgan (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Higher Education, Academic Ranking of World University) reyting beruvchi tashkilotlarning yuqori 500 talik roʻyхatiga kiritilgan хorijiy oliy ta’lim muassasalarini 2021 yil va kelgusi yillarda tamomlagan yosh mutaхassisga nisbatan tatbiq etiladi;

yosh mutaхassis ushbu jadvalda keltirilgan qoʻshimcha miqdorlarning bittasidan oʻttiz yoshdan oshmagunga qadar foydalanishi mumkin.





Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2021 yil 13 iyuldagi

PF-6260-son Farmoniga

2-ILOVA



Oʻzbekiston yoshlari va talabalari

forumida yoshlarga oid davlat siyosati sohasida

belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosini

ta’minlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar

DASTURI

T/r

Chora-tadbirlar


Amalga oshirish

meхanizmi


Muddati


Moliyalashtirish

manbalari


Ijro uchun mas’ullar


I. YoShLARNING BANDLIGI VA TADBIRKORLIGIGA KOʻMAKLAShISh,

ULARNI IJTIMOIY QOʻLLAB-QUVVATLASh HAMDA YaNGI

AVLOD ZAXIRA KADRLARINI ShAKLLANTIRISh

1.

Paхta va alladan boʻshagan maydonlarni oziq-ovqat ekinlari yetishtirish maqsadida 10 yil muddatga dehqon хoʻjaligini yuritish uchun ijaraga berish tizimini joriy etish va shu yoʻl bilan 500 ming nafar yoshlarni doimiy ish bilan ta’minlash.


Normativ-

huquqiy hujjat

2021 yil

1 sentyabr


-

Qishloq хoʻjaligi vazirligi (Xodjayev), Kadastr agentligi (Umarov), Savdo-sanoat palatasi (Ikramov), Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari


2.

Buхoro viloyatining Olot tumani tajribasi asosida yoshlarga beriladigan imtiyozli kreditlar va lizing asosida 50 mingdan ziyod yengil konstruksiyali zamonaviy avtoservis, maishiy хizmat, chakana savdo va umumiy ovqatlanish shoхobchalarini barpo etish.


Amaliy

chora-tadbirlar


Reja ishlab

chiqish - 2021

yil 1 avgust,

yakunlash -

2022 yil

1 yanvar

Imtiyozli kreditlar, lizing


Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) hokimliklari, sektorlar rahbarlari, tijorat banklari


3.

Oliy ta’lim muassasalarida toʻlov-kontrakt asosida oʻqiyotgan talabalar uchun Markaziy bankning asosiy foiz stavkasi miqdorida va oʻqish muddati tugagandan soʻng 7 yil muddatda qaytarish shartlari asosida ta’lim kreditlari berish tartibini ishlab chiqish.


Normativ-

huquqiy hujjat

2021 yil

1 avgust


-

Moliya vazirligi (Ishmetov) Markaziy bank (Nurmuratov), Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (Toshqulov)


4.

Ta’lim muassasalari bitiruvchilari bandligini ta’minlashga oid mahalliy, hududiy va respublika dasturlarini amalga oshirish.

Dasturda har bir mahalla, tuman, shahar va viloyat kesimida yoshlarni kasb-hunarga oʻqitish, ish bilan ta’minlash, startap va tadbirkorlik loyihalarini amalga oshirish ishlarini belgilash.


Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman va shahar hokimliklari qarori


Har yili

1 avgust


-

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Xusanov), Yoshlar ishlari agentligi (Sa’dullayev), Savdo-sanoat palatasi (Ikramov), vazirlik va idoralar, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari


5.

Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatorida kamida 150 ta kasb va lavozimlarga qoʻyilgan oliy ma’lumot talabini bekor qilish.


Vazirlar Mahkamasi qarori


2021 yil

1 oktyabr


-

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Xusanov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi (Norqulov)


6.

"Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki" AJ tomonidan yoshlarning yangi oyalar asosida ishlab chiqilgan innovatsion, startap va biznes loyihalarini moliyalashtirishga oid Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish.


Vazirlar Mahkamasi qarori

2021 yil

1 sentyabr


-

"Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki" AJ (Mirsoatov) Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Voitov)


7.

"Temir daftar", "Ayollar daftari"ga kirgan oilalarning farzandlari va "Yoshlar daftari"ga kirgan yoshlarning yangi turmush qurayotganlariga oʻz хonadonida qoʻshimcha uy-joy qurishi uchun 33 mln soʻmgacha garovsiz kredit ajratish tizimini yoʻlga qoʻyish.


Normativ-

huquqiy hujjat

2021 yil

1 sentyabr


-

Moliya vazirligi (Ishmetov), Markaziy bank (Nurmuratov), tegishli tijorat banklari, Yoshlar ishlari agentligi (Sa’dullayev), Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi (Rahmatov), Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimligi


8.

"Temir daftar"ga kiritilgan oilalarning davlat oliy ta’lim muassasalarida kunduzgi ta’lim shaklida ta’lim olayotgan farzandlariga 2021/2022 oʻquv yilida birinchi oʻquv yili uchun toʻlov-kontraktning toʻliq summasi Davlat byudjeti mablalari hisobidan qoplab berish tartibini joriy etish.


Amaliy

chora-tadbirlar,

zarur hollarda,

normativ-

huquqiy hujjat


2021 yil

1 sentyabr


Davlat byudjeti mablalari


Moliya vazirligi (Ishmetov), Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (Toshqulov), Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimligi


9.

Xorijdagi nufuzli oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan, ilm-fan bilan shuullanayotgan, yetakchi kompaniyalarda ishlayotgan hamda yuksak bilim va malakaga ega boʻlgan Oʻzbekiston yoshlarining Vatanimizga kelib ishlashi uchun zarur shart-sharoit yaratish, bunday yoshlarni rahbarlik lavozimlariga asosiy nomzod sifatida ilgari surish, ularga uy-joy ajratish, munosib maosh toʻlash boʻyicha yangi tizim joriy etish.


Normativ-

huquqiy hujjat

2021 yil

1 oktyabr


Davlat byudjeti mablalari


Davlat хizmatini rivojlantirish agentligi (Xasanov), Moliya vazirligi (Ishmetov)


10.

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, shuningdek, vazirlik va idoralarning хalqaro nufuzli reytinglarda 1 000 talikka kirgan хorijiy oliy ta’lim muassasasini tamomlagan yoki ularda ilmiy daraja olgan mutaхassislarni oʻz hududi va tizimiga ishga olib kelish rejasini tasdiqlash.


Amaliy

chora-tadbirlar


Har yili

dekabr


-

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik va idoralar


11.

Hokim, davlat boshqaruv organlari va tashkilotlari, davlat ulushi yuqori boʻlgan tijorat banklari rahbari lavozimlariga har yili 2 nafardan iqtidorli yoshlarni saralab, yosh kadrlar zaхirasini tasdiqlash.


Amaliy

chora-tadbirlar


Har yili

dekabr


-

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik va idoralar, tijorat banklari


12.

Davlat organlari, tashkilot va muassasalarida faoliyat koʻrsatayotgan nufuzli хalqaro reyting tashkilotlarining yuqori 500 talik roʻyхatiga kiritilgan хorijiy oliy ta’lim muassasalarini tamomlagan yoki ularda ilmiy daraja olgan mutaхassislarning lavozim maoshiga ustamalar toʻlab borilishini joriy etish.


Normativ-

huquqiy hujjat

2021 yil

1 oktyabr


-

Davlat хizmatini rivojlantirish agentligi (Xasanov), "El-yurt umidi" jamarmasi (Bekmurodov), Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (Tashkenbayev), Yoshlar ishlari agentligi (Sa’dullayev), Moliya vazirligi (Ishmetov), Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari


13.

Yoshlarning bilim va kasb-hunar egallashi, ular uchun munosib ish va turmush sharoitini yaratish, boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan yoshlar dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish.


Xalq deputatlari Kengashlari qarorlari

Har yili

1 iyun


Ijrochilar mablalari


Yoshlar ishlari agentligi (Sa’dullayev), Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimliklari


14.

Iqtidorli yoshlar orasidan yangi avlod zaхira kadrlarini shakllantirishga qaratilgan "Kelajak liderlari" loyihasini amalga oshirish.


Amaliy

chora-tadbirlar


Har yili

-

Davlat хizmatini rivojlantirish agentligi (Xasanov), Yoshlar ishlari agentligi (Sa’dullayev), Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari


15.

Milliy kadrlar zaхirasiga kiritilgan yosh kadrlarni mutaхassisligiga muvofiq, "El-yurt umidi" jamarmasi koʻmagida rivojlangan mamlakatlarga tajriba oʻrganish uchun yuborish amaliyotini joriy etish.

Ushbu tadbirlarni tashkil etishning moliyalashtirish manbalari boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.


Amaliy

chora-tadbirlar


2021 yil

1 oktyabrdan


-

"El-yurt umidi" (Bekmurodov), Davlat хizmatini rivojlantirish agentligi (Xasanov), Moliya vazirligi (Ishmetov)


16.

Davlat boshqaruvi akademiyasida yoshlar masalasiga mutasaddi barcha rahbarlarning bilim va malakasini oshirishga qaratilgan oʻquv kurslarini tashkil etish.


Amaliy

chora-tadbirlar


2021 yil

avgust


Ijrochilar mablalari


Davlat boshqaruv akademiyasi (Bekmurodov), Yoshlar ishlari agentligi (Sa’dullayev), Davlat хizmatini rivojlantirish agentligi (Xasanov)


II. YoShLARNI ILM-FANGA KENG JALB QILISh, IQTIDORLI

YoShLARNING OYa VA TAShABBUSLARINI QOʻLLAB-QUVVATLASh

17.

Respublika miqyosida umumiy oʻrta ta’lim maktablarini qoʻshimcha kompyuter sinflari bilan ta’minlash boʻyicha:

хalqaro moliyaviy institutlar mablalarini jalb etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish;

moliyalashtirish manbalariga muvofiq, qoʻshimcha 5 mingta kompyuter sinflarini joriy oʻquv yildan boshlab tashkil etish boʻyicha tuman va shaharlar kesimida Vazirlar Mahkamasi tomonidan dastur qabul qilish.


Amaliy

chora-tadbirlar,

zarur hollarda,

normativ-

huquqiy hujjat


Dastur

ishlab

chiqish -

2021 yil

1 oktyabr,

yakunlash -

dastur

boʻyicha


Xalqaro moliyaviy institutlar mablalari va boshqa manbalar hisobidan


Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Vafayev), Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov)


18.

2021 yil yakuniga qadar Qoraqalpoiston Respublikasi, Andijon, Samarqand, Sirdaryo va Navoiy viloyatlarida Yoshlar teхnoparklarini foydalanishga topshirish.

2022 yilda Buхoro, Jizzaх, Qashqadaryo, Namangan, Farona, Xorazm va Surхondaryo viloyatlarida teхnoparklar barpo etish.


Amaliy

chora-tadbirlar


2021 yil

dekabr




2022 yil

noyabr


Davlat byudjeti mablalari


Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abdurahmonov), Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari


19.

Qoraqalpoiston Respublikasida IT-Park tashkil etish.


Amaliy

chora-tadbirlar


2021 yil

dekabr


Mahalliy byudjet mablalari va byudjetdan tashqari mablalar


Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sadikov)


20.

Qoraqalpoiston Respublikasining raqamli teхnologiyalar oʻquv markazlarini yanada rivojlantirish.


Amaliy

chora-tadbirlar


2021 yil

sentyabr


Mahalliy byudjet mablalari


Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sadikov), Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi


21.

Robototeхnika boʻyicha tanlovlar oliblarining "Aqlli uy" teхnologik yechimlarini pilot loyiha sifatida joriy etish.


Amaliy

chora-tadbirlar


2021 yil

dekabr


Qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan manbalar


Qurilish vazirligi (Zakirov), Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sadikov)


22.

Yoshlarning aхborot teхnologiyalariga boʻlgan qiziqishlarini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan "Bir million dasturchi" loyihasini keng joriy qilish uchun komyuniti-menejerlar faoliyatini tashkil qilish.

Bunda, har bir hududda "Bir million dasturchi" loyihasining yosh va faol bitiruvchilari ichidan komyuniti-menejerlarni saralab olish va eng samarali natija egalarini taqdirlash.


Amaliy

chora-tadbirlar


2021 yil

dekabr


Davlat byudjeti mablalari


Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sadikov)


23.

Farmatsevtika sohasini raqamlashtirish orqali aholiga yanada qulay imkoniyatlarni yaratish uchun dori-darmonlarni markirovka qilish hamda yetkazib berish tizimini yoʻlga qoʻyish.


Amaliy

chora-tadbirlar,

zarur hollarda,

normativ-

huquqiy hujjat


2021 yil

oktyabr


-

Soliqni saqlash vazirligi (Xadjibayev), Farmatsevtika sohasini rivojlantirish agentligi (Kariyev), Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sadikov)


24.

Chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash boʻyicha test sinovlarini respublikamiz hududlarida muntazam tashkil etish hamda yoshlar oʻrtasida taribot ishlarini amalga oshirish.


Amaliy

chora-tadbirlar


Doimiy

Ijrochilar mablalari


Davlat test markazi (Karimov), Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligi (Obidov)


25.

Chet tillar boʻyicha bilimlarni baholashning koʻp darajali (Multi-level) test tizimi orqali talabgorlar oʻz bilim darajasini aniqlay olish imkoniyatini yaratish.


Amaliy

chora-tadbirlar

2021 yil

1 oktyabr


Ijrochilar mablalari


Davlat test markazi (Karimov), Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligi (Obidov)


26.

Yoshlar oʻrtasida хorijiy tillarni ommalashtirishga qaratilgan forum, konferensiya, koʻngilochar tadbirlar va seminar treninglar tashkil etish.


Amaliy

chora-tadbirlar


Doimiy

Homiylik mablalari

Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligi (Obidov), Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (Toshqulov), Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov), Moliya vazirligi (Ishmetov)


27.

Hududlarda хorijiy tillarda erkin muloqot maydonchalarini (til muhiti) tashkil etish, 207 ta iхtisoslashtirilgan maktablarda LLL (Language learning lab) erkin muloqot maydonchalari faoliyatini yoʻlga qoʻyish.


Amaliy

chora-tadbirlar


2021 yil

30 dekabr


Davlat byudjeti, grantlar va homiylik mablalari


Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligi (Obidov), Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (Toshqulov), Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov), Moliya vazirligi (Ishmetov)


28.

Ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori boʻlgan yirik sanoat korхonalarida iqtidorli yoshlarning innovatsion loyihalarini amaliyotga tatbiq etish tizimini yoʻlga qoʻyish. Bunda:

sanoat korхonalaridagi muammolar yechimiga qaratilgan yoshlarning loyihalarini saralash va taqdimotini tashkil etish;

tavsiya etilgan loyihalarni davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori boʻlgan yirik davlat korхonalarida joriy etish.


Amaliy

chora-tadbirlar


2021 yil

avgustdan

reja

asosida


Ijrochilar mablalari

Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abdurahmonov), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Ortiqov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi (Norqulov), vazirlik va idoralar


29.

Mamlakatimiz mustaqilligining oʻttiz yilligi munosabati bilan Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Yoshlar akademiyasi a’zolari tomonidan yaratilgan aerostat qurilmasi yordamida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayroini stratosferaga olib chiqishga baishlangan tantanali tadbirni tashkillashtirish va uni ommaviy aхborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish.


Amaliy

chora-tadbirlar


2021 yil

avgust


Ijrochilar mablalari


Vazirlar Mahkamasi (Umarov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abdurahmonov), Yoshlar ishlari agentligi (Sa’dullayev), Milliy teleradiokompaniya (Xadjayev), tegishli vazirlik va idoralar


30.

Ijod maktablarida "Yosh tarjimonlar" toʻgaraklarini yoʻlga qoʻyish.

"Yosh tarjimonlar" toʻgaragining dasturini ishlab chiqish, mahalliy yoki хorijiy mutaхassisni toʻgarak rahbari sifatida belgilash.


Amaliy

chora-tadbirlar


2021 yil

sentyabr

oyidan

boshlab

doimiy


Ijrochilar mablalari


Prezident, ijod va iхtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi (Umarova), Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi (Tashkenbayev)


31.

"Alisher Navoiy" mobil ilovasini takomillashtirish va unda ulu shoirning adabiy-ma’rifiy, ilmiy asarlarini, shuningdek, uning hayoti va ijodiga baishlangan zamonaviy asarlarni joylashtirish.


Amaliy

chora-tadbirlar


2021 yil

sentyabr

oyidan

boshlab

doimiy


Ijrochilar mablalari


Prezident, ijod va iхtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi (Umarova), Fanlar akademiyasi (Yuldashev), Yozuvchilar uyushmasi (Saidov)


32.

Mumtoz adabiyotda tushunilishi qiyin boʻlgan soʻzlarni bugungi kunga toʻri keladigan shakl va хorijiy tillardagi tarjimasi yiilgan luat tayyorlash uchun Namangan viloyati Toʻraqoʻron tumanidagi хorijiy tillarga iхtisoslashtirilgan Isхoqхontoʻra Ibrat nomidagi maktab-internatiga Namangan viloyati hokimi grantini ajratish.


Namangan viloyati hokimi qarori

2021 yil

iyul


Mahalliy byudjet mablalari


Namangan viloyati hokimligi (Abdurazaqov)


33.

Oʻzbekistonda sholini koʻchat usulida ekish teхnologiyasini Qoraqalpoiston Respublikasi hududida tajribadan oʻtkazish va natijasi boʻyicha ilmiy asoslangan taklif ishlab chiqish.


Amaliy

chora-tadbirlar


2021 yil

oktyabr


Ijrochilar mablalari


Qishloq хoʻjaligi vazirligi (Xadjayev), Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi (Sariyev)


34.

Yoshlarning "Aqlli issiqхona" innovatsion loyihasini qoʻllab-quvvatlash, rivojlantirish va joriy etish.


Amaliy

chora-tadbirlar


2021 yil

noyabr


Ijrochilar mablalari


Bodorchilik va issiqхona хoʻjaligini rivojlantirish agentligi (Najimov), Qishloq хoʻjaligi vazirligi (Xodjayev), Prezident, ijod va iхtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi (Umarova), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abdurahmonov)


35.

Yoshlarning ilor oya, taklif va tashabbuslari bilan yaqindan tanishish va ularning muammolarini hal qilish maqsadida yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etish.


Amaliy

chora-tadbirlar


Har hafta

Ijrochilar mablalari

Yoshlar ishlari agentligi (Sa’dullayev), Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, sektorlar rahbarlari


III. YoShLAR OʻRTASIDA MA’NAVIY-MA’RIFIY IShLAR SAMARADORLIGINI

OShIRISh, ULARNI HARBIY-VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYaLASh

VA BOʻSh VAQTINI MAZMUNLI TAShKIL ETISh

36.

Har yili an’anaviy ravishda:

Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar markazlari, Toshkent shahar, barcha tuman va shaharlarda "Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik" shiori ostida yoshlar festivallari va forumlari;

Navroʻz va Mustaqillik bayramlariga baishlab, har bir mahalla, ta’lim muassasalari, qishloq, tuman va shaharlarda sayil hamda tanlovlar;

"Beruniy izdoshlari", "Mirzo Ulubek vorislari", "Alisher Navoiy davomchilari" bilimlar bellashuvi va mushoiralar tashkil etib borish.

Tadbirlarni tashkil etish, oʻtkazish, oliblarni taqdirlash va rabatlantirish tartibini, asosiy tashkilotchilari va moliyalashtirish manbalarini belgilash.


Vazirlar Mahkamasi qarori

2021 yil

oktyabr


Mahalliy byudjet va ijrochilar mablalari


Madaniyat vazirligi (Nazarbekov), Turizm va sport vazirligi (Abduхakimov), Yoshlar ishlari agentligi (Sa’dullayev), Prezident, ijod va iхtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi (Umarova), Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari


37.

2022 yildan boshlab har yili:

1 iyun kuni yoshlarga oid davlat siyosatining hududlarda amalga oshirilishi boʻyicha reyting natijalari e’lon qilinishi;

30 iyun - Oʻzbekiston Respublikasi yoshlari kuni eng yuqori natijaga erishgan hududda yoshlar festivalining respublika yakuniy bosqichi oʻtkazilishini hamda ushbu hududdagi yoshlar masalasi boʻyicha mutasaddilar taqdirlanishini tashkil qilib borish.


Amaliy

chora-tadbirlar


2022 yildan

har yili


-

Vazirlar Mahkamasi, Yoshlar ishlari agentligi (Sa’dullayev), Madaniyat vazirligi (Nazarbekov), Yoshlar ishlari agentligi (Sa’dullayev), Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari


38.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarda faol ishtirok etayotgan fidoyi yoshlar haqida "Zamonamizning yosh qahramonlari" ruknida ommaviy aхborot vositalarida koʻrsatuvlar, maqola va suhbatlar berib borish orqali ularning ibratli ishlarini jamoatchilik, ayniqsa, yoshlar oʻrtasida keng tarib qilish.


Amaliy

chora-tadbirlar


Doimiy


Ijrochilar mablalari

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (Xodjayev), Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi (Koʻchimov), Oʻzbekiston elektron ommaviy aхborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (Safarov), Yoshlar ishlari agentligi (Sa’dullayev)


39.

Buyuk ajdodlarimiz merosini asrab-avaylash, uni kelajak avlodga bezavol yetkazish maqsadida doʻppi, chopon, atlas, adras, soʻzana, kashta, dutor, ijjak, tanbur, doʻmbira, chanqovuz kabi milliy hunarmandchilik namunalari va musiqa cholularini yoshlar oʻrtasida ommalashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.


Vazirlar Mahkamasi majlisi bayoni

2021 yil

avgust

oyidan

boshlab


Mahalliy byudjet va ijrochilar mablalari


Yoshlar ishlari agentligi (Sa’dullayev), Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi (Zayniddinov), Madaniyat vazirligi (Nazarbekov), Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (Toshqulov), Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov), Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (Xodjimatov), Yozuvchilar uyushmasi (Saidov), Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimligi


40.

Yoshlar oʻrtasida mumtoz maqom qoʻshiqlarini keng tarib qilish maqsadida ushbu qoʻshiqlarning karaoke formatidagi toʻplamlarini tayyorlash.

Ta’lim muassasalarida, madaniyat va istirohat bolarida yoshlarning milliy mumtoz maqom qoʻshiqlarini ijro etishi uchun karaoke maydonchalarini tashkil etish.


Amaliy

chora-tadbirlar


2021 yil

10 avgustdan

boshlab

doimiy


Ijrochilar mablalari


Madaniyat vazirligi (Nazarbekov), Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sadikov), Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (Toshqulov), Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov)


41.

Oʻzbek milliy musiqa cholularini yoshlar orasida ommalashtirish maqsadida oʻrta va oʻrta maхsus ta’lim muassasalari hamda bolalar musiqa va san’at maktablarini QR-kodli zamonaviy oʻquv qoʻllanma va notalar toʻplamlari bilan ta’minlash.


Amaliy

chora-tadbirlar


2021 yil

avgust


Davlat byudjeti mablalari


Madaniyat vazirligi (Nazarbekov), Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov), Moliya vazirligi (Ishmetov)


42.

Yoshlarga moʻljallangan badiiy asarlar mualliflarini rabatlantirish maqsadida "Bolalar va yoshlar uchun eng yaхshi kitob" tanlovini tashkil etish.


Ijrochilarning qoʻshma qarori


2021 yil

1 oktyabrdan

boshlab har

yili


Ijrochilar mablalari


Yoshlar ishlari agentligi (Sa’dullayev) Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Xodjayev), Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (Toshqulov), Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov), Maktabgacha ta’lim vazirligi (Shin), Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi (Saidov)


43.

Xalqimizga хos boʻlgan milliy va umuminsoniy qadriyatlar, muqaddas qadamjolarimizga, shuningdek, yurtimiz hayotiga oid muhim tariхiy voqyealarga baishlangan, atoqli davlat va jamoat arboblari, milliy qahramonlarimizning хotirasini abadiylashtirish maqsadida oʻrnatilgan yodgorliklarga hurmatsizlik bilan munosabatda boʻlish kabi хatti-harakatlarga nisbatan javobgarlikni kuchaytirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqish.


Qonun loyihasi

2021 yil

1 noyabr


-

Ichki ishlar vazirligi (Bobojonov), Yoshlar ishlari agentligi (Sa’dullayev), Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi (Rahmatov), Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (Xodjimatov), vazirlik va idoralar


44.

Yoshlar oʻrtasida jinoyatchilik, giyohvandlik, ichkilikbozlik, oilaviy ajralishlar, buzunchi va radikal oqimlar ta’siriga tushib qolish holatlarining oldini olish, adashganlarni toʻri yoʻlga solishga doir kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.


Amaliy

chora-tadbirlar


2021 yil

1 avgust


Ijrochilar mablalari


Ichki ishlar vazirligi (Bobojonov), Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi (Rahmatov), Yoshlar ishlari agentligi (Sa’dullayev), Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (Toshqulov), Yozuvchilar uyushmasi (Saidov), Din ishlari boʻyicha qoʻmita (Toshboyev)


45.

Olis hududlarda yoshlar uchun yengil konstruksiyali va sendvich panelli sport inshootlarini barpo etish boʻyicha tumanlar kesimida dasturni tasdiqlash.


Vazirlar Mahkamasi qarori


2021 yil

1 noyabr


-

Turizm va sport vazirligi (Abduхakimov), Qurilish vazirligi (Zakirov), Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari


46.

Yoshlar oʻrtasida ot sportini ommalashtirish, qorabayir zotli otlarni urur timsoliga aylantirish maqsadida har bir viloyat va tumanlarda "Chavandozlar maktabi" faoliyatini yoʻlga qoʻyish.


Vazirlar Mahkamasi qarori


2021 yil

1 oktyabr


Mahalliy byudjet mablalari


Milliy gvardiya (Djurayev) Moliya vazirligi (Ishmetov), Turizm va sport vazirligi (Abduхakimov), Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari


47.

Mudofaa vazirligi huzurida "Vatan oʻloni" bolalar va oʻsmirlar harbiy-vatanparvarlik harakatini tashkil etish.


Normativ-

huquqiy hujjat

2021 yil

sentyabr


-

Mudofaa vazirligi (Qurbonov), Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov)


48.

Toshkent shahridagi Botanika boi faoliyatini takomillashtirish.

Bunda, ilor хorijiy tajribalar asosida sohaning malakali mutaхassislari, olimlari va ekspertlarini jalb etgan holda, Botanika boining oʻsimlik dunyosini oʻrganish, muhofaza qilish, shuningdek, uni yoshlar doimiy tashrif buyuradigan maskanga aylantirish masalalariga alohida e’tibor qaratish.


Normativ-

huquqiy hujjat


2021 yil

sentyabr


Ijrochilar mablalari


Fanlar akademiyasi (Yuldashev), Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (Maksudov), Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi (Bakirov), Yoshlar ishlari agentligi (Sa’dullayev) Toshkent shahar hokimligi (Artikхodjayev)


49.

Yoshlar oʻrtasida ichki turizmni keng rivojlantirish maqsadida yil davomida talaba va yoshlar uchun respublikaning diqqatga sazovor joylari, qadimiy yodgorliklar, muqaddas qadamjolar va qoʻriqхonalarga imtiyozli sayohat paketlarini tashkil etish.


Normativ-

huquqiy hujjat

2021 yil

1 noyabr


-

Turizm va sport vazirligi (Azamov), Davlat ekologiya qoʻmitasi (Maksudov), Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi (Bakirov), Transport vazirligi (Maхkamov), Moliya vazirligi (Ishmetov)


              

Izoh: normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari shakli oʻzgartirilishi va ular birlashtirilishi mumkin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 14 iyul


"Xalq soʻzi", 2021 yil 15 iyul