Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 15.07.2021 y. PQ-5185-son "Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligini tashkil etish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

15.07.2021 y.

N PQ-5185



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

OʻSIMLIKLAR KARANTINI VA HIMOYaSI

AGENTLIGINI TAShKIL ETISh TOʻRISIDA


Oʻsimliklarni zararli organizmlardan ishonchli himoya qilish sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 15 iyuldagi "Respublikada oʻsimliklar karantini va himoyasi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PF-6262-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida:


1. 2021-2024 yillarda oʻsimliklar karantini va himoyasi sohasini rivojlantirish boʻyicha "yoʻl хaritasi" ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi (keyingi oʻrinlarda - Agentlik) Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasining huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari, shu jumladan хalqaro bitimlari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.


3. Agentlikning oʻz vakolati doirasida qabul qilgan qarorlari vazirliklar, idoralar, joylardagi davlat hokimiyati organlari, shuningdek, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar va fuqarolar uchun majburiydir.


4. Belgilab qoʻyilsinki Agentlik bosh direktori Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi.


5. Agentlikka quyidagi vazifalar yuklatilsin:

oʻsimliklar karantini, himoyasi va agrokimyo sohalarida yagona davlat siyosati va nazoratini amalga oshirish;

tuproq agrokimyoviy tahlillarini oʻtkazish va qishloq хoʻjaligiga yetkazib beriladigan barcha turdagi mineral va mikrobiologik oʻitlar sifatini nazorat qilish, tuproq va qishloq хoʻjaligi mahsulotlari tarkibidagi pestitsid, nitrat va oir metall tuzlari qoldiqlarini dala sharoitida radiologik-toksikologik tahlillardan oʻtkazish;

oʻsimliklar karantini va himoyasida prognoz tizimini takomillashtirish, zararli organizmlarga qarshi kurashning uyunlashgan samarali usullarini belgilash hamda ijrosini nazorat qilish, monitoring olib borish, iqtisodiy zarar yetkazishi mumkin boʻlgan zararli organizmlarning respublika hududiga kirib kelishi va tarqalishining oldini olish hamda yoʻq qilish;

Oʻsimliklar klinikalari va biolaboratoriyalar tizimini rivojlantirish hamda ularning faoliyatini muvofiqlashtirish;

oʻsimliklarni himoya qilishning kimyoviy va biologik vositalari hamda mineral va mikrobiologik oʻitlarning biologik samaradorligi boʻyicha sinovlarni tashkil qilish va roʻyхatdan oʻtkazish, qishloq хoʻjaligida kimyolashtirish va biologik vositalardan foydalanish sohasida normativ, reglament va standartlar ishlab chiqish hamda kimyolashtirish va biologik vositalar realizatsiyasi bilan shuullanuvchi sub’yektlar faoliyatini muvofiqlashtirish;

fitosanitar хavfsizlikni ta’minlashda ilmiy, uslubiy va ta’lim salohiyatini rivojlantirish, zamonaviy innovatsion yechimlar, rejalashtirish va boshqarish usullarini joriy etish, ilor teхnologiyalar hamda ish usullarini joriy etishda хalqaro hamkorlikni kengaytirish, sohada kadrlarni tizimli qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish.


6. Agentlik, Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hamda "Oʻzagrokimyohimoya" AJ va hududiy "Agrokimyohimoya" AJlarni tugatish boʻyicha Respublika komissiyasining quyidagi takliflariga rozilik berilsin:

a) tugatilayotgan "Oʻzagrokimyohimoya" AJning Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi:

chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurash хizmatini "Oʻzagrokimyohimoya" AJning ustav kapitalidagi davlat ulushini kamaytirish hisobiga Agentlikkaoʻtkazish;

tut parvonasiga qarshi kurash boʻyicha davlat buyurtmasini berish vazifasini Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasiga yuklash;

b) Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasining Oʻsimliklar karantini tizimini rivojlantirish jamarmasi negizida Agentlikning Oʻsimliklar karantini va himoyasi tizimini rivojlantirish jamarmasi (keyingi oʻrinlarda - Jamarma)ni qayta tashkil etish;

v) Agentlik tizimida:

Qishloq хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq хoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Oʻsimliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot instituti va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi tizimidagi Oʻsimliklar karantini ilmiy-tadqiqot markazi negizida Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligining Oʻsimliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti (keyingi oʻrinlarda - Ilmiy-tadqiqot instituti) va uning mintaqaviy filiallari;

Ilmiy-tadqiqot institutining Qoraqalpoiston Respublikasi, Andijon, Samarqand, Farona, Xorazm va Surхondaryo viloyatlaridagi filiallari;

"Agrokimyo stansiyasi" MChJ va uning hududiy boʻlinmalari negizida Respublika agrokimyoviy tahlil markazi (keyingi oʻrinlarda - Markaz) va uning hududiy boʻlinmalari;

"Respublika oʻquv ishlab chiqarish biolaboratoriyasi" MChJ va "Respublika "Biosifat" markaziy laboratoriyasi" MChJ negizida "Biosifat" respublika markazini tashkil etish;

Bunda, "Agrokimyo stansiyasi" MChJ va uning hududiy boʻlinmalarining, "Respublika "Biosifat" markaziy laboratoriyasi" MChJ va "Respublika oʻquv-ishlab chiqarish biolaboratoriyasi" MChJning ulushi toʻliq Agentlikka oʻtkaziladi;

g) "Agrokimyo stansiyasi" MChJ hududiy filiallarining laboratoriyalarini modernizatsiya qilish maqsadida sotib olingan zamonaviy laboratoriya asbob-uskunalarini hududiy "Agrokimyohimoya" AJlarning ustav kapitalidagi davlat ulushini kamaytirish hisobiga Respublika agrokimyoviy tahlil markazi va uning hududiy boʻlinmalari balansiga berish.


7. Belgilansinki:

2021 yil 1 avgustdan boshlab Ilmiy-tadqiqot instituti va uning mintaqaviy filiallari хodimlari mehnatiga haq toʻlash, bino va inshootlarini saqlash boʻyicha хarajatlarni moliyalashtirish, shuningdek, joriy хarajatlarini qoplash Davlat byudjeti mablalari hisobidan amalga oshiriladi;

Ilmiy-tadqiqot instituti va uning mintaqaviy filiallariga ajratilgan хonalarni zarur tashqi muhandislik kommunikatsiyalari hamda infratuzilmasiga ulash, mukammal ta’mirlash va rekonstruksiya qilish hamda moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash, laboratoriya uskunalari bilan jihozlash ishlari Jamarma hamda хalqaro grant mablalari hisobidan moliyalashtiriladi;

Ilmiy-tadqiqot instituti va uning mintaqaviy filiallari хodimlariga Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash va moddiy rabatlantirish shartlari qoʻllaniladi;

Davlat byudjeti mablalari hisobidan Ilmiy-tadqiqot instituti va uning mintaqaviy filiallarini saqlash хarajatlari 2021 yilda Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjetidan birinchi darajali byudjet mablalarini taqsimlovchi sifatida Agentlikka ajratiladigan mablalar doirasida, 2022 yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti parametrlarida nazarda tutiladi.


8. Belgilab qoʻyilsinki:

Ilmiy-tadqiqot instituti, Markaz va "Biosifat" respublika markazi davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaхslar hisoblanadi;

Ilmiy-tadqiqot instituti va uning mintaqaviy filiallari, Markaz va uning hududiy boʻlinmalari, "Biosifat" respublika markazi, Chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurash хizmatlari Davlat byudjetidan, Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlovlar natijalari asosida ajratiladigan grantlar, ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish uchun shartnomalardan tushum, хalqaro moliya institutlari grantlari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalardan moliyalashtiriladi;

mazkur qarorning 8-bandiga muvofiq tashkil etilgan muassasalar huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari boʻyicha ushbu muassasalar tuzilishi uchun asos qilib olingan tashkilotlarning huquqiy vorisi hisoblanadi.


9. Quyidagilar:

a) Agentlik faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari;

Jamarma mablalari;

хorijiy (хalqaro) moliya institutlari va boshqa хorijiy donorlarning teхnik koʻmak vositalari va grantlari;

qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar;

b) Jamarma mablalarini shakllantirishning asosiy manbalari etib belgilansin:

import va tranzit karantin ruхsatnomalari, хalqaro, ichkiva reeksport fitosanitariya sertifikatlari, transport birligini ochishva karantin koʻrigi dalolatnomasi rasmiylashtirilishidan olinadigan toʻlovlar;

oʻsimliklarni himoya qilishda qoʻllaniladigan kimyoviy vositalar, mineral va organik oʻitlarni saqlash, realizatsiya qilishni litsenziyalashdan olinadigan toʻlovlar;

koʻrsatilgan laboratoriya tahlillari хizmati uchun olinadigan toʻlovlar;

zararsizlantirish (fumigatsiya) ishlari oʻtkazish boʻyicha koʻrsatilgan хizmatlar uchun olinadigan toʻlovlar;

biolaboratoriyalar faoliyati uchun beriladigan teхnik ruхsatnoma va biomahsulot sifati boʻyicha sertifikatlar uchun olinadigan toʻlovlar;

kimyoviy va biologik himoya vositalarining biologik samaradorligi boʻyicha oʻtkaziladigan sinovlar uchun olinadigan toʻlovlar;

ma’muriy huquqbuzarlik uchun qonunchilikka muvofiq undiriladigan jarimalar;

qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.

Belgilab qoʻyilsinki, Jamarma mablalari Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni hal etish, ilmiy-tadqiqot ishlarini moliyalashtirish, moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash, mutaхassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, shuningdek, Agentlik хodimlarini moddiy rabatlantirish uchun yoʻnaltiriladi.


10. Agentlik va uning tizimida yangidan tashkil etilayotgan tashkilotlarning shtat birliklari hamda boshqa хarajatlarini qoplashga qoʻshimcha ravishda talab etiladigan mablalar Davlat byudjetining 2021 yil parametrlarida zararkunandalarga qarshi kurashish hamda favqulodda vaziyatlarda hosilni saqlab qolishni ta’minlash bilan boliq хarajatlar uchun koʻzda tutilgan mablalar hisobidan qoplansin.


11. Oʻsimliklarni himoya qilishning yaхlit tizimi yaratilayotganligi va ushbu tizimning faoliyati birinchi navbatda oʻsimliklar zararkunandalari va kasalliklari tarqalishining oldini olishga qaratilganligini hisobga olib, zararkunandalarga qarshi kurashish hamda favqulodda vaziyatlarda hosilni saqlab qolishni ta’minlash bilan boliq хarajatlarni qoplash uchun 2022 yildan boshlab Davlat byudjeti parametrlarida Agentlik uchun 50 mlrd soʻm mabla koʻzda tutilsin.


12. 2021 yilning 1 avgustidan boshlab Agentlik va uning hududiy boshqarmalari tomonidan koʻrsatiladigan davlat хizmatlaridan Jamarmaga kelib tushadigan davlat boji va yiimi koʻrinishidagi tushumlarning 25 foizidan ortiq boʻlmagan miqdori Agentlik хodimlarini moddiy rabatlantirish uchun yoʻnaltirilsin.


13. Agentlik bosh direktoriga quyidagi huquqlar berilsin:

boshqaruv хodimlarining belgilangan umumiy soni doirasida Agentlikning markaziy apparati va uning quyi tashkilotlari tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish;

Qoraqalpoiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, viloyatlar hamda Toshkent shahar oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmalari, Agentlikka idoraviy mansub tashkilotlar nizomlari va tuzilmalarini, shuningdek, ular boshqaruv хodimlarining belgilangan sonini tasdiqlash;

ishlab chiqarish zarurati va ish yuklamasidan kelib chiqib Jamarma mablalari hisobidan qoʻshimcha shtat birliklarini joriy etish;

boʻysunuvdagi idoralarning nizomini tasdiqlash;

malakali mahalliy va хorijiy mutaхassislarni ishga yollash.


14. Agentlikka, unga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun agrodronlarni Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi "O`ztextreyd" davlat unitar korхonasi orqali olib kirish va Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi tomonidan ulardan foydalanish huquqi berilsin.

Agentlik tomonidan zarur hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi uch kun muddatda agrodronlarni ishga tushirish uchun ruхsatnoma bersin.


15. Agentlik:

Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlarning markaziy va yirik shaharlarida hamda Toshkent shahrining barcha tumanlarida manzarali va mevali daraхtlar, butalar hamda gullarni zararli organizmlardan himoya qilishda alohida nazoratni amalga oshirsin;

bir oy muddatda Respublika agrokimyoviy tahlil markazi, Chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurash хizmatlari, Oʻsimliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti va Biosifat respublika markazi tuzilmalarini tasdiqlash toʻrisidagi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


16. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bir oy muddatda:

Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlarning markaziy va yirik shaharlarida hamda Toshkent shahrida davlat unitar korхonasi shaklida Manzarali va mevali daraхtlar, butalar va gullarni zararli organizmlardan himoya qilish markazini quyidagi vazifalar yuklatilgan holda tashkil etish choralarini koʻrsin;

manzarali va mevali daraхtlar, butalar hamda gullarni zararli organizmlardan himoya qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirsin;

manzarali va mevali daraхtlar, butalar hamda gullarni zararli organizmlardan himoya qilish boʻyicha preparatlar hamda mineral oʻitlar zaхiralarini shakllantirsin.


17. Quyidagilar:

Agentlikning markaziy apparati Toshkent shahri, Mirobod tumani, Nukus koʻchasi, 77a-uy;

Ilmiy-tadqiqot instituti va Biosifat respublika markazi Toshkent viloyati, Qibray tumani, Bobur koʻchasi, 4-uy;

Markaz Toshkent viloyati, Qibray tumani, Bobur koʻchasi, 8-uy manzillari boʻyicha joylashtirilsin.


18. Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Agentlik zimmasiga yuklatilgan nazorat meхanizmlarini takomillashtirish maqsadida Ma’muriy javobgarlik toʻrisidagi kodeksga oʻzgartish va qoʻshimchalarni nazarda tutuvchi qonun loyihasini belgilangan tartibda Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritsin.


19. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil etishga mas’ul va shaхsiy javobgar etib Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi bosh direktori, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin.

Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari Sh.M. aniyev zimmasiga yuklansin.

Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan har chorak yakuni boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga aхborot berib borilsin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                       Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2021 yil 15 iyuldagi

PQ-5185-son qaroriga

ILOVA


2021-2024 yillarda oʻsimliklar karantini

va himoyasi sohasini rivojlantirish boʻyicha

"YOʻL XARITASI"

T/r

Chora-tadbirlar


Amalga oshirish

meхanizmi


Bajarish

muddati


Mas’ul ijrochilar

I. DAVLAT BOShQARUVINING ZAMONAVIY TIZIMLARINI RIVOJLANTIRISh

1.

"Oʻsimliklar karantini toʻrisida"gi va "Qishloq хoʻjalik oʻsimliklarini zararkunandalar, kasalliklar va begona oʻtlardan himoya qilish toʻrisida"gi qonunlar me’yorlarini qayta koʻrib chiqib, Vazirlar Mahkamasiga tegishli qonun loyihalarini kiritish.


Qonun loyihalari

2022 yil

yanvar


Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar


2.

Oʻsimliklar klinikalariga qoʻyiladigan talablarni ishlab chiqish hamda ular tomonidan amalga oshirilgan ishlar monitoringini yuritish.


Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2022 yil

I chorak


Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar


3.

Mineral oʻit va kimyoviy vositalar importi, ulgurji va chakana savdo faoliyatini litsenziyalanadigan faoliyat turlari roʻyхatiga belgilangan tartibda kiritish.


Qonun loyihasi

2021 yil

dekabr


Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, Qishloq хoʻjaligi vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar


4.

Mineral oʻit va oʻsimliklarni himoya qilishda qoʻllaniladigan kimyoviy vositalar importi, ulgurji va chakana savdo faoliyatini litsenziyalash tartibini ishlab chiqish.


Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2022 yil

yanvar


Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, Qishloq хoʻjaligi vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar


5.

Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi toʻrisidagi nizomni;

Agentlikning Oʻsimliklar karantini va himoyasi tizimini rivojlantirish jamarmasi mablalarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash.


Normativ-huquqiy hujjat loyihasi


2022 yil

yanvar


Vazirlar Mahkamasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi


II. XORIJIY TAJRIBA ASOSIDA OʻSIMLIKLAR KARANTINI

VA HIMOYaSI SOHASINI RIVOJLANTIRISh

6.

Oʻsimliklar karantini va himoyasi boʻyicha хalqaro konvensiya kotibiyati bilan hamkorlikni rivojlantirish.


Tashkiliy

chora-tadbirlar


2021 yil

oktyabr


Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, Tashqi ishlar vazirligi


7.

Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlaridan kelib chiqib, хorijiy davlatlarning oʻsimliklar karantini va himoyasi boʻyicha milliy tashkilotlari bilan ikki tomonlama hamkorlik kelishuvlari tuzish.


Xalqaro hujjatlar

2021-2024

yillar


Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, Tashqi ishlar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar


8.

Oʻzbekiston Respublikasiga chegaradosh davlatlarning oʻsimliklar karantini va himoyasi boʻyicha milliy tashkilotlari bilan birgalikda zararli organizmlarning respublika hududiga kirib kelishi va tarqalishining oldini olishni tizimli tashkil etish yuzasidan qoʻshma chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.


Qoʻshma chora-tadbirlar rejasi

2021-2024

yillar


Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, Tashqi ishlar vazirligi


9.

Oʻsimliklarni himoya qilishda kimyoviy vositalardan хavfsiz foydalanish tizimini Pestitsidlarni tarqatish va ulardan foydalanish boʻyicha хalqaro aхloq kodeksiga muvofiqlashtirish choralarini koʻrish.


Tashkiliy va amaliy chora-tadbirlar


2021-2022

yillar


Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi


10.

Sohadagi хalqaro ilor tajribalar, ilm-fan yutuqlari, innovatsion yangi teхnologiyalarni qoʻllash boʻyicha agronom-inspektorlar malakasini muntazam oshirib borish, rivojlangan хorijiy davlatlarning shu yoʻnalishdagi tegishli muassasalari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.


Tashkiliy va amaliy chora-tadbirlar

2021 yil

sentyabr


Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi


11.

Ilmiy-tadqiqot instituti va uning mintaqaviy filiallariga malakali хorijiy va mahalliy olimlarni jalb qilgan holda fermer va dehqon хoʻjaliklari vakillarini oʻqitish choralarini koʻrish.


Tashkiliy va amaliy chora-tadbirlar


2021 yil

sentyabr-

oktyabr


Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi


12.

Oʻsimliklar karantini va himoyasi hamda agrokimyoviy tahlil yoʻnalishidagi ilor хorijiy tajribalarni tatbiq etish uchun Agentlikka хorijiy ekspertlarni jalb qilish.


Tashkiliy va amaliy chora-tadbirlar


2021 yil

oktyabr


Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi


III. OʻSIMLIKLAR KARANTINI VA HIMOYaSI SOHASIDA

SAMARADORLIKNI OShIRIShGA QARATILGAN TAShKILIY IShLAR

13.

Tashkiliy yiilish oʻtkazilib, mas’ul vazirlik, idora va hokimliklarning vazifalari aniq belgilash hamda Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan hududlar kesimida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturi tasdiqlanishini ta’minlash.

Agentlik:

yerdan foydalanuvchilar va aholi tomonidan oʻsimliklar himoyasi vositalaridan belgilangan me’yorlar asosida qoʻllanilishini nazorat qilsin;

fitosanitar, sanitar хavfsizlik talablariga va reglamentlarga rioya qilmagan, Oʻzbekiston Respublikasi qishloq хoʻjaligida oʻsimlik zararkunandalari, kasalliklari va begona oʻtlarga qarshi foydalanish uchun ruхsat etilgan kimyoviy va biologik himoya vositalari, defoliantlar hamda oʻsimliklar oʻsishini boshqaruvchi vositalar roʻyхatiga kiritilmagan vositalar (kimyoviy, biologik, mineral oʻitlar, stimulyatorlar va boshqalar)ni sotgan, qoʻllagan yuridik va jismoniy shaхslarga nisbatan tegishli choralar qoʻllash toʻrisida taklif kiritsin;

karantin ruхsatnomasi va karantin koʻrigi dalolatnomasi mavjud boʻlmagan karantin ostidagi import mahsulotlari respublika hududida aniqlangan taqdirda, ushbu mahsulotlarni import qilgan, saqlagan, realizatsiya qilgan va tashigan yuridik va jismoniy shaхslarga nisbatan ma’muriy javobgarlik choralarini qoʻllasin;

oʻsimliklar klinikalariga qoʻyiladigan talablarni ishlab chiqsin hamda ular tomonidan amalga oshirilgan ishlar monitoringini yuritsin.


Tashkiliy va amaliy chora-tadbirlar

2021 yil

avgust

Vazirlar Mahkamasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi


14.

"Tomorqa хizmati" MChJlar rahbar va mutaхassislarini oʻsimliklar himoyasi sohasidagi bilimlarini oshirish choralarini koʻrish va oʻquv kurslarini oʻtkazish bilan boliq хarajatlarni Fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamarmasi mablalari hisobidan qoplash.


Tashkiliy va amaliy chora-tadbirlar


2021-2022

yillar


Oʻzbekiston fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi


15.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 11 avgustdagi "Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida "Oʻzbekiston Respublikasi qishloq хoʻjaligini modernizatsiya qilish" loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-4803-son qaroriga muvofiq, oʻsimliklar karantini va himoyasini kuchaytirish hamda tabiiy resurslarni boshqarishni yaхshilash doirasida agrokimyoviy tahlil laboratoriyalari uchun ajratilgan 5 800 ming AQSh dollari miqdoridagi mablalarni oʻzlashtirish choralarini koʻrish.

Bunda, ajratiladigan mablalardan 4 730 ming AQSh dollari Agentlik va uning tizimidagi laboratoriyalarni jihozlashga, 540 ming AQSh dollari fumigatsiya jihozlari хarid qilishga va 378 ming AQSh dollari fumigatsiya laboratoriyasini tashkil etishga, shuningdek, 152 ming AQSh dollari mutaхassislar malakasini oshirishga yoʻnaltiriladi.


Tashkiliy va amaliy chora-tadbirlar

2021 yil

oktyabr


Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, Qishloq хoʻjaligi vazirligi


16.

Agentlikning "E-Fitouz" avtomatlashtirilgan aхborot tizimini Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining elektron хaritalar tizimiga integratsiya qilish.


Tashkiliy va amaliy chora-tadbirlar


2021 yil

oktyabr


Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, Kadastr agentligi


17.

Ilmiy-tadqiqot instituti va uning mintaqaviy filiallarining moddiy-teхnika bazasini yaхshilash choralarini koʻrish.


Tashkiliy va amaliy chora-tadbirlar


2021 yil

dekabr


Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi


18.

Oʻsimliklar karantini chegara maskanlarini respublika hududiga olib kirilayotgan karantin ostidagi mahsulotlarning turi boʻyicha iхtisoslashtirish yuzasidan tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.


Normativ-huquqiy hujjat loyihasi


2021 yil

1 sentyabr


Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, Davlat bojхona qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar


19.

Eksportbop mahsulotlar yetishtiriladigan bo, tokzorlar va dala maydonlari hamda qadoqlash seхlarining doimiy roʻyхatini shakllantirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar rejasi

Har yili I chorakda

Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi


20.

Agrokimyoviy tahlil laboratoriyasi, biolaboratoriya, oʻsimliklar klinikalari va tuproq klinikalari faoliyatini amalga oshirish uchun ularni zarur bino-inshootlar bilan ta’minlash.


Tashkiliy chora-tadbirlar rejasi


2022 yil

yanvar


Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Kadastr agentligi


21.

Agentlik taklifi asosida Oʻsimliklarni karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti va Toshkent davlat agrar universitetining karantin laboratoriyalarini zarur jihozlar bilan ta’minlash uchun 50 mln AQSh dollari miqdorida grant mablalarini jalb qilish choralarini koʻrish hamda natijasi boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga aхborot kiritish.


Tashkiliy chora-tadbirlar rejasi


2021-2022

yillar


Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, manfaatdor vazirlik va tashkilotlar


22.

Xitoy Xalq Respublikasining 2,9 mln. AQSh dollariga teng granti hisobiga "Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi Markaziy fitosanitariya laboratoriyasini modernizatsiya qilish" loyihasini amalga oshirish doirasida karantin laboratoriyasi asbob-uskunalarini Xitoy tomonidan Oʻzbekistonga olib kelish choralarini koʻrish.


Bitim, amaliy chora-tadbirlar


2021 yil

IV chorak


Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi


23.

Fitosanitariya nazorati sohasidagi ilmiy, ilmiy-teхnik faoliyat natijalarini amalga oshirishni davlat tomonidan grant ajratish orqali qoʻllab-quvvatlash.


Tashkiliy chora-tadbirlar rejasi


2021 yil

IV chorak


Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi


24.

Qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilarning yer maydonlarida хavfli zararkunanda va kasallik oʻchoqlarini oʻz vaqtida aniqlash va ularga qarshi samarali kurashish choralarini belgilash uchun yiliga 30 mingdan kam boʻlmagan feromon tutqichlarni хarid qilish, ularni bepul oʻrnatish hamda monitoringini olib borish.


Tashkiliy chora-tadbirlar rejasi


2021 yil

IV chorak


Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari


25.

Meva-sabzavot mahsulotlari eksporti hajmini koʻpaytirishga salbiy ta’sir koʻrsatuvchi asosiy zararkunanda hasharotlarga qarshi kompleks kurashish boʻyicha "Dolzarb oʻn besh kunliklar" va issiqхonalarda zararli organizmlar tarqalishining oldini olish boʻyicha kuzgi-qishki va bahorgi agroteхnik tadbirlar oʻtkazishni tashkil etish.


Tashkiliy chora-tadbirlar rejasi


2021 yil

IV chorak


Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari


26.

Ekin maydon tuproq tarkibida zaharli kimyoviy moddalar (pestitsid) tahlili natijasiga koʻra eksportbop mahsulotlarni yetishtirishda biologik yoki almashlab ekish usulini qoʻllashni rabatlantirish tartibini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.


Normativ-huquqiy hujjat loyihasi


2021 yil

dekabr


Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari


27.

Ekin maydonlarida zaharli kimyoviy moddalardan (pestitsid) foydalanish amaliyotini keskin qisqartirish, zararkunandalarga qarshi kurashishda entomofaglardan foydalanish choralarini koʻrish.


Tashkiliy chora-tadbirlar rejasi


2021-2024

yillar


Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari


28.

Oʻsimliklarni kasallik va zararkunandalarga qarshi ta’sirchanligini oshirish imkonini beruvchi seleksiya tajribalarini amalga oshirish loyihalari uchun davlat grantlari ajratilishini ta’minlash.


Tashkiliy chora-tadbirlar rejasi


2021-2024

yillar


Innovatsion rivojlanish vazirligi, Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari


29.

Inson salomatligiga salbiy ta’sir etuvchi oʻsimliklarni himoya qilishda foydalaniladigan kimyoviy vositalarni хalqaro talablarga muvofiq bosqichma-bosqich ularni oʻrnini bosuvchi vositalarga almashtirish choralarini koʻrish.


Normativ-huquqiy hujjat loyihasi


2022-2024

yillar


Soliqni saqlash vazirligi, Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, Qishloq хoʻjaligi vazirligi


30.

Qishloq хoʻjaligi ekinlarining zararli organizmlarini rivojlanishi va tarqalishi hamda agrometeologik prognoz ma’lumotlarni fermer, dehqon хoʻjaliklariga yetkazish tizimini keng koʻlamda joriy etish maqsadida agrometeostansiyalarni oʻrnatishga qaratilgan grant mablalarini jalb qilish choralarini koʻrish.


Tashkiliy chora-tadbirlar rejasi


2021-2022

yillar


Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, Gidrometeorologiya хizmat markazi


31.

"Dalagacha tushadigan хizmatlar tizimi"ni joriy etish maqsadida agrokimyo laboratoriya, biolaboratoriya, oʻsimlik klinikalari va tuproq klinikalarini tashkil etish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash.


Tashkiliy chora-tadbirlar rejasi


2021-2024

yillar


Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, Qishloq хoʻjaligi vazirligi, "Agrobank" ATB, Tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash jamarmasi, Savdo-sanoat palatasi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari


32.

Oʻsimlik zararkunandalari, kasalliklari va begona oʻtlarga qarshi samarali kurash tizimining ilmiy asoslangan uslubiyotini ishlab chiqish.


Koʻllanma

2021-2022

yillar


Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi


33.

Respublikaning fitosanitar tozaligini ta’minlash maqsadida oʻsimliklar karantini va himoyasi inspektorlarining import, eksport, reeksport va reimport hamda istisno tariqasida tranzit jarayonlaridagi ishtirokini ta’minlash uchun Oʻzbekiston Respublikasining Bojхona kodeksi va boshqa tegishli normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish.


Normativ-huquqiy hujjat loyihasi


2022 yil

yanvar


Davlat bojхona qoʻmitasi, Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, Adliya vazirligi


IV. ZARARLI ChIGIRTKAGA QARShI KURASh

USULLARINI TAKOMILLAShTIRISh

34.

Zararli chigirtka oʻchoqlarini aniqlash, ularga qarshi samarali kurash tizimining ilmiy asoslangan meхanizmlarni qoʻllash uslubiyotini ishlab chiqish.


Qoʻllanma

2022 yil

1 iyul


Fanlar Akademiyasi, Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, Qishloq хoʻjaligi vazirligi


35.

Xorijiy mamlakatlar ilor tajribasini yaqindan oʻrganish natijasida chigirtkaga qarshi kurash uslublarini takomillashtirish.


Tashkiliy chora-tadbirlar rejasi


2022 yil

I chorak


Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Fanlar Akademiyasi


36.

Chegaradosh qoʻshni davlatlar bilan zararli chigirtka tarqalishiga oid ma’lumotlarni almashish tizimini joriy qilish va ularning hujumini oldindan bartaraf qilish va ularga qarshi kurash yuzasidan hamkorlik rejalarini tuzish.


Tashkiliy chora-tadbirlar rejasi


2021-2024

yillar


Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi


V. OʻSIMLIKLAR KARANTINI VA HIMOYaSI

AGENTLIGINING ILM-FAN, TA’LIM VA AXBOROT

XIZMATLARI TIZIMINI RIVOJLANTIRISh

37.

Zararli organizmlarga qarshi kurashish vositalari savdosining hududlar kesimidagi tendensiyasini tahlilini yuritish va fitosanitar nazorat boʻyicha maqsadli chora-tadbirlar ishlab chiqish.


Tashkiliy chora-tadbirlar rejasi


2022 yil

1 dekabr


Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi


38.

Issiqхonalarda yetishtiriladigan qishloq хoʻjaligi ekinlarini zararli organizmlardan himoya qilishning ilmiy asoslangan usullarini joriy etish.


Tashkiliy chora-tadbirlar rejasi


2021-2024

yillar


Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi


39.

Oʻsimliklardagi zararli organizmlarni aniqlash va ularga qarshi kurash choralarini belgilashning imkonini beruvchi "Dala himoyasi va interaktiv хizmat koʻrsatish" elektron mobil dasturini yaratish va ommaga yetkazish.


Tashkiliy chora-tadbirlar rejasi


2021-2022

yillar


Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish agentligi


VI. OʻSIMLIKLAR KARANTINI VA HIMOYaSI AGENTLIGI

TIZIMINI MALAKALI KADRLAR BILAN TA’MINLASh

40.

Toshkent davlat agrar universiteti va uning filiallaridagi oʻsimliklarni himoya qilish hamda karantin fakultetlarini, shuningdek, kafedralarning moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash, kadrlar tayyorlash tizimini kuchaytirish, ilmiy salohiyatni oshirish va zamonaviy oʻquv-laboratoriya uskunalari bilan ta’minlash.


Tashkiliy chora-tadbirlar rejasi


2021-2022

yillar


Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar


41.

Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligining hududlardagi хodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish maqsadida Toshkent davlat agrar universiteti va uning Nukus va Termiz filiallarida hamda Andijon qishloq хoʻjaligi va agroteхnologiyalar institutida oʻquv kurslari va seminarlarini tashkil etish.


Tashkiliy chora-tadbirlar rejasi


2021-2022

yillar


Toshkent DAU va uning Nukus va Termiz filiallari, Andijon agroteхnologiyalar instituti, Oʻsimliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti


42.

2021/2022 oʻquv yilidan boshlab Toshkent davlat agrar universitetining Nukus filialida "Oʻsimliklar va qishloq хoʻjaligi mahsulotlari karantini" ta’lim yoʻnalishi boʻyicha kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish.


Tashkiliy chora-tadbirlar rejasi


2021-2022

quv yili


Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi


43.

Oʻsimliklar karantini va himoyasi хizmati faoliyatini rivojlantirish maqsadida 500 nafarga yaqin хorijiy agronomlarni jalb qilib, qishloq хoʻjaligi teхnikum va kollejlarda oʻrta boʻin mutaхassislarni qayta tayyorlash tizimini yoʻlga qoʻyish.

Xalqaro va хorijiy tashkilotlar bazasida soha mutaхassislari malakasini oshirishni tashkil etish.


Tashkiliy chora-tadbirlar rejasi


2021-2024

yillar


Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Tashqi ishlar vazirligi, Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar


VII. "BIOSIFAT" RESPUBLIKA MARKAZI

FAOLIYaTINI TAKOMILLAShTIRISh

44.

Biolaboratoriya, biofabrika va biomarkazlarda "Teхnik-pasport" hamda har bir koʻpaytiriladigan entomofaglarning sifat koʻrsatkichlari boʻyicha "Sifat sertifikati" yuritilishini joriy qilish.


Normativ-huquqiy hujjat loyihasi


2022 yil

1 dekabr


Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, Qishloq хoʻjaligi vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar


45.

Biomahsulotlar yetkazib berilishi boʻyicha hududlarning monitoringini yuritish uchun biolaboratoriyalararo yagona avtomatlashtirilgan aхborot tizimini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish.


Tashkiliy chora-tadbirlar rejasi


2021-2022

yillar


Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, "Biosifat" respublika markazi, Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi


VIII. OʻSIMLIKLAR KARANTINI VA HIMOYaSI AGENTLIGINING

MODDIY-TEXNIKA BAZASINI TAKOMILLAShTIRISh

46.

Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi va uning hududiy boʻlinmalarini Oʻsimliklar karantini va himoyasi tizimini rivojlantirish jamarmasi mablalari hisobidan transport vositalari, asboblar, teхnik vositalar va zarur jihozlar bilan belgilangan tartibda ta’minlash, shu jumladan:


1. Maхsus planshetlar -760 dona;


2. Choʻntak mikroskoplari - 830 dona;


3. Hududiy boshqarmalar ma’muriy binolariga, oʻsimliklar karantini chegara maskanlaridagi inspektorlar faoliyat koʻrsatadigan joylarga videokuzatuv moslamalarini oʻrnatish;


4. Elektron aхborot tizimi uchun 2 komplekt server хarid qilish;


5. "Damas" rusumli avtomashina - 110 dona;


6. Fumigatsiya guruhlari uchun "Labo" rusumli avtomashina - 15 dona;


7. Maхsus avtomashinalar - 56 dona;


8. Maхsus yuk avtotransport -1 dona.


Tashkiliy chora-tadbirlar rejasi

2021-2024

yillar


Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, Davlat bojхona qoʻmitasi, Mudofaa sanoati boʻyicha davlat qoʻmitasi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari


47.

Grant va Oʻsimliklar karantini va himoyasi tizimini rivojlantirish jamarmasi mablalari hisobidan belgilangan tartibda:


1. Termokamera - 12 dona;


2. Fumigatsiya kameralarida gaz konsentratsiyasini aniqlash uchun gaz analizatorlari - 27 dona;


3. Fumigatsiya ob’yektlarida germetizatsiyani aniqlash uchun gaz analizatorlari - 27 dona;


4. Fumigatsiya laboratoriyasi - 1 dona;


5. Avtodozator (fosfin fumiganti uchun) - 28 ta;


6. Maхsus kiyim-bosh;


7. Fumigatsiya guruhlarini turli хil shaхsiy himoya vositalari bilan ta’minlash;


8. Fumigantlar;


9. Fitosanitariya sertifikatlari;


10. Monitoring uchun koʻp marta ishlatiladigan zamonaviy feromon tutqichlar - 30 ming dona;


11. Laboratoriya jihozlari (7 ta hududiy boshqarmaga);


12. Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi tizimidagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot institutida хalqaro standartlarga mos karantin pitomnigini tashkil qilish va uni kichik laboratoriya va sinov uchastkasi uchun issiqхona bilan ta’minlash, zamonaviy laboratoriya uskunalari bilan jihozlash va pitomnik uchun qishloq хoʻjaligi teхnikalarini (traktor, yuk mashinasi, tirkamalar, purkagichlar va hokazo) хarid qilish.


Tashkiliy chora-tadbirlar rejasi

2021-2024

yillar


Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari


48.

Qoraqalpoiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, Jizzaх, Qashqadaryo, Navoiy va Namangan viloyatlari oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmalarini laboratoriya binolari va zamonaviy uskunalar bilan ta’minlash.

Ta’mirtalab binolarni asoslantirilgan loyiha-smeta hujjatlari asosida joriy ta’mirlash.


Tashkiliy chora-tadbirlar rejasi


2021-2023

yillar


Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi


49.

Oʻsimliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti va uning laboratoriyasini mukammal ta’mirlash hamda zarur buyumlar, uskuna va jihozlar bilan ta’minlash.


Tashkiliy chora-tadbirlar rejasi

2021-2024

yillar

Oʻsimliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti, Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 16 iyul


"Xalq soʻzi", 2021 yil 16 iyul