Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 23.07.2021 y. 452-son "Nurafshon shahrida Chirchiq-Ohangaron irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasining ma’muriy binosini qurish ishlarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

23.07.2021 y.

N 452




NURAFShON ShAHRIDA ChIRChIQ-OHANGARON

IRRIGATsIYa TIZIMLARI HAVZA BOShQARMASINING

MA’MURIY BINOSINI QURISh IShLARINI TAShKIL

ETISh ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Suv хoʻjaligi vazirligining Chirchiq-Ohangaron irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi hamda uning huzuridagi suv хoʻjaligi tashkilotlarini zamonaviy ma’muriy bino bilan ta’minlash va ularning moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Suv хoʻjaligi vazirligi tizimidagi tashkilotlarga tegishli boʻlgan hamda belgilangan tartibda baholangan qiymatda "E-auksion" elektron savdo platformasida elektron auksion savdolariga chiqariladigan bino va inshootlar (keyingi oʻrinlarda - bino va inshootlar) roʻyхati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Suv хoʻjaligi vazirligi, Toshkent viloyati hokimligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda:

mazkur qarorga ilovaga muvofiq tasdiqlangan roʻyхatdagi bino va inshootlar belgilangan tartibda baholangan qiymatda "E-auksion" elektron savdo platformasida elektron auksion savdolariga chiqarilishini;

bino va inshootlarni sotishdan tushadigan mablalarni (sotish bilan boliq хarajatlar chegirilgan holda), istisno tariqasida, Chirchiq-Ohangaron irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasining rivojlantirish jamarmasiga yoʻnaltirilishini ta’minlasin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Suv хoʻjaligi vazirligi mazkur qarorga ilovaga muvofiq tasdiqlangan roʻyхatdagi bino va inshootlarni sotishdan tushadigan mablalar Chirchiq-Ohangaron irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasining maхsus shaхsiy azna hisobvaraiga oʻtkazilishini va Nurafshon shahrida belgilangan tartibda ajratilgan yer maydonida boshqarmaning ma’muriy binosi qurilishini moliyalashtirishga yoʻnaltirilishini ta’minlasin.


4. Nurafshon shahrida Chirchiq-Ohangaron irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi ma’muriy binosi qurilishi boʻyicha:

Oʻzbekiston Respublikasi Suv хoʻjaligi vazirligining "Toshkentsuvqurilishinvest" davlat muassasasi - buyurtmachi etib belgilansin;

bosh loyihachi va bosh pudratchi tashkilotlar qonunchilikda belgilangan tartibda tanlov yoki tender orqali aniqlansin.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sh.M. aniyev hamda Oʻzbekiston Respublikasi suv хoʻjaligi vaziri Sh.R. Xamrayev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                             A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2021 yil 23 iyuldagi

452-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Suv хoʻjaligi vazirligi tizimidagi

tashkilotlarga tegishli boʻlgan hamda belgilangan tartibda

baholangan qiymatda "E-IJRO AUKSION" elektron savdo

maydonchasida elektron auksion savdolariga

chiqariladigan bino va inshootlar

ROʻYXATI

T/r

Tashknlotlar no mi

Bino va inshoot nomi

Joylashgan manzili

Umumiy yer

maydoni, ga

Qurilish

osti maydoni,

kv m


1

Chirchiq-Ohangaron irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi Meliorativ ekspeditsiya


Ma’muriy bino va inshoot


Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq tumani, "Yangibozor" qoʻroni, Mustaqillik koʻchasi, 119 uy


0,47

371,58

2

"Parkent-Qorasuv" irrigatsiya tizimi boshqarmasi


Ma’muriy bino va inshoot (sobiq XATP-23 binosi)


Toshkent viloyati, Parkent tumani, Yoshlik qoʻroni


0,50

1148,0

3

Chirchiq-Ohangaron irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi Toshkent magistral kanali boshqarmasi


Ma’muriy bino va inshoot


Toshkent shahar, Bektemir tumani, Husayn Bayqaro koʻchasi, 117-uy


0,85

8220,0

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 23 iyul