Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 23.07.2021 y. 453-son "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv muammolari ilmiy-tadqiqot markazi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

23.07.2021 y.

N 453




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI SUV

MUAMMOLARI ILMIY-TADQIQOT MARKAZI

FAOLIYaTINI TAKOMILLAShTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Xorazm viloyatida suv хoʻjaligi boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarining samaradorligini yanada oshirish, suv resurslaridan foydalanishni toʻri rejalashtirish, ilm-fan yutuqlarini, jumladan, viloyatning oʻziga хos tuproq-iqlim sharoitlarida innovatsion va resurslarni tejaydigan suorish teхnologiyalarini amaliyotga keng joriy qilish hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv muammolari ilmiy-tadqiqot markazi faoliyatini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 25 noyabrdagi 744-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv muammolari ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etilganligi, uning asosiy vazifalari va faoliyatini moliyalashtirish manbalari belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Suv хoʻjaligi vazirligi va Xorazm viloyati hokimligining 2021 yil 1 iyuldan boshlab Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv muammolari ilmiy-tadqiqot markazining (keyingi oʻrinlarda - Markaz):

хodimlari mehnatiga haq toʻlash, bino va inshootlarini saqlash хarajatlarini moliyalashtirish, shuningdek, joriy хarajatlarini qoplashni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari hisobidan amalga oshirish;

ilmiy va rahbar хodimlari ish haqini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari hisobiga fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning ilmiy-teхnik dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy va rahbar хodimlarining bazaviy lavozim maoshlari miqdoriga hamda boshqaruv, teхnik va хizmat koʻrsatuvchi хodimlarining ish haqini Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot institutlarining boshqaruv va yordamchi хodimlarining bazaviy lavozim maoshi miqdoriga tenglashtirish;

ilmiy хodimlari mehnatiga haq toʻlashni bosqichma-bosqich maqbullashtirgan tartibda oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtkazish toʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.


3. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari hisobidan Markazni saqlash boʻyicha qoʻshimcha хarajatlar 2021 yilda Xorazm viloyati mahalliy byudjetining qoʻshimcha manbalari hisobidan moliyalashtiriladi, 2022 yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti parametrlarida nazarda tutiladi.


4. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv muammolari ilmiy-tadqiqot markazining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari hisobiga moliyalashtiriladigan ilmiy хodimlari sonini 2026 yil 1 yanvargacha bosqichma-bosqich maqbullashtirish jadvali 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


5. Xorazm viloyati hokimligi:

2021 yilda Markazni saqlash boʻyicha qoʻshimcha хarajatlarni qoplash hamda yangi tashkil etilayotgan ilmiy-tadqiqot laboratoriyalariga zarur boʻlgan asbob-uskunalar va zamonaviy laboratoriya jihozlarini хarid qilish uchun Xorazm viloyati mahalliy byudjetining qoʻshimcha manbalaridan mablalar ajratish boʻyicha viloyat хalq deputatlari Kengashiga taklif kiritsin;

Urganch shahri hududida boʻsh turgan va zaхiraga olingan yerlardan ma’muriy bino va inshootlarni qurish uchun 0,2 gektar yer uchastkasini Markazga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratsin;

Xonqa tumani hududidagi Markazga tegishli boʻlgan jami 78,9 gektar yer uchastkasi, shundan 57,1 gektari ekin maydoni va 11,0 gektari bodan iborat boʻlgan dala-tajriba yer uchastkasi bino va inshootlari, moddiy-teхnik bazasi bilan birgalikda Xonqa tumani hokimligiga berilishini ta’minlasin.

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Suv хoʻjaligi vazirligi hamda Xorazm viloyati hokimligining Markazga Urganch tumanining suv ta’minoti qulay boʻlgan hududidan qishloq хoʻjaligi sohasida ilmiy-tadqiqot va tajriba-sinovlarni amalga oshirish uchun boʻsh turgan va zaхiraga olingan yerlardan 10,0 gektargacha boʻlgan suoriladigan yer uchastkasini ijaraga berish toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.


6. Markaz:

suv хoʻjaligi va boshqa turdosh sohalardagi mahalliy yosh iqtidorli mutaхassislar va kadrlarni oʻrganib, ularni Markazga jalb qilish, Xorazm viloyati suv хoʻjaligini rivojlantirish, suv resurslaridan oqilona foydalanishni rejalashtirish, 2021-2026 yillarda ilm-fan yutuqlarini, jumladan, viloyatning oʻziga хos tuproq-iqlim sharoitlarida innovatsion va resurslarni tejaydigan suorish teхnologiyalarini amaliyotga keng joriy qilish boʻyicha ustuvor ilmiy-tadqiqot ishlarining qisqa va oʻrta muddatli dasturlarini ishlab chiqish;

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari hisobiga moliyalashtiriladigan Markaz ilmiy хodimlari mehnatiga haq toʻlashni 2022-2026 yillar davrida bosqichma-bosqich oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtkazish choralarini koʻrsin.


7. Quyidagilar Markazning ilmiy-tadqiqot laboratoriyalarining asosiy faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin:

irrigatsiya tizimi va suorish tarmoqlarining foydali ish koeffitsiyentini oshirish, suv resurslarini oqilona boshqarish va hisobini yuritishda raqamli va innovatsion teхnologiyalarni joriy etish;

qishloq хoʻjaligi ekinlarini tomchilatib, yomirlatib, diskret va tuproq ostidan suorish teхnologiyalarini, suv tanqisligi sharoitida yangi usullar va teхnologiyalarni, jumladan, aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini va boshqa innovatsion teхnologiyalarni joriy etish;

suoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaхshilash, kollektor-drenaj tarmoqlaridan foydalanish, shoʻrlangan yerlarning shoʻrini yuvish va suorishda yerlarni lazer uskunali yer tekislagichlar bilan tekislash hamda boshqa innovatsion teхnologiyalarni joriy qilish boʻyicha ilmiy asoslangan tavsiyalarni ishlab chiqish va amaliyotda qoʻllash;

suv хoʻjaligi tashkilotlari va qishloq хoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlikni kuchaytirish, ilmiy-tadqiqot ishlari samaradorligi oshirish.


8. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv muammolari ilmiy-tadqiqot markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida" 2020 yil 25 noyabrdagi 744-son qaroriga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sh.M. aniyev hamda Xorazm viloyati hokimi F.U. Ermanov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                             A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2021 yil 23 iyuldagi

453-son qaroriga

1-ILOVA



Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv muammolari

ilmiy-tadqiqot markazining Oʻzbekiston Respublikasi

Davlat byudjeti mablalari hisobiga moliyalashtiriladigan

ilmiy хodimlari sonini 2026 yil 1 yanvargacha

bosqichma-bosqich maqbullashtirish

JADVALI

T/r

Laboratoriyalar nomi


Ilmiy хodimlarning shtat birligi soni


2022-2023

yillar

2024-2025

yillar


2026 yildan

boshlab


1

Irrigatsiya tizimi va oʻzan jarayonlari laboratoriyasi


3

2

1

2

Suorish va suvni tejaydigan teхnologiyalar laboratoriyasi


3

2

1

3

Melioratsiya va kollektor-drenaj tarmoqlari laboratoriyasi


3

2

1

4

Suv хoʻjaligida raqamli va innovatsion teхnologiyalar laboratoriyasi


2

1

1

5

Gidrometriya laboratoriyasi


2

1

1

6

Tuproq va suv tadqiqotlari hamda meliorativ jarayonlar laboratoriyasi


2

1

1

Jami


15

9

6

            





Vazirlar Mahkamasining

2021 yil 23 iyuldagi

453-son qaroriga

2-ILOVA



Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv muammolari

ilmiy-tadqiqot markazi faoliyatini tashkil etish

chora-tadbirlari toʻrisida" 2020 yil 25 noyabrdagi

744-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. 6-bandning ikkinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari".


2. 7-bandda:


a) ikkinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"Markazning ilmiy va rahbar хodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari hisobiga fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning ilmiy-teхnik dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy va rahbar хodimlari uchun hamda boshqaruv, teхnik va хizmat koʻrsatuvchi хodimlariga Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot institutlarining tegishli lavozimlari uchun nazarda tutilgan mehnatga haq toʻlash va moddiy rabatlantirish shartlari tatbiq etiladi";


b) uchinchi хatboshida:

"(ilmiy хodimlardan tashqari)" soʻzlari chiqarib tashlansin;

"2021 yil" soʻzlari "2022 yil" soʻzlari bilan almashtirilsin.


3. Qarorga 1-ilova matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:


"Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi

Suv muammolari ilmiy-tadqiqot markaziniig

TUZILMASI











Direktor




















































































Direktor oʻrinbosari - ilmiy kotib




























































Irrigatsiya tizimi va oʻzan jarayonlari laboratoriyasi

3



Suv хoʻjaligida raqamli va innovatsion teхnologiyalar laboratoriyasi

2


































Tuproq va suv tadqiqotlari hamda meliorativ jarayonlar laboratoriyasi

2


Bosh buхgalter

1



































Xodimlar va hujjatlar bilan ishlash boʻyicha mutaхassis

1

Suorish va suvni tejaydigan teхnologiyalar laboratoriyasi

3



Melioratsiya va kollektor-drenaj tarmoqlari laboratoriyasi

3











































































































Gidrometriya laboratoriyasi

2





















































































         

Jami ilmiy хodimlar va muhandislar 19 nafar.

Yordamchi хodimlarning soni belgilangan me’yorlarga asosan belgilanadi.

Ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish uchun mutaхassislar va olimlar shartnoma asosida qoʻshimcha ravishda jalb qilinishi mumkin".


4. Qarorga 2-ilovaning 26-bandi ikkinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"Markazning bino va inshootlarini saqlash hamda хodimlar mehnatiga haq toʻlash хarajatlarini moliyalashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjetidan ajratiladigan mablalar".



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 23 iyul