Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Strategik rivojlantirish agentligi Kengashi toʻgʻrisidagi Nizom (OʻzR Prezidentining 19.07.2021 y. PF-6264-son Farmoniga 3-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2021 yil 19 iyuldagi

PF-6264-son Farmoniga

3-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Strategik rivojlantirish

agentligi Kengashi toʻrisidagi

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Strategik rivojlanish agentligi Kengashining tashkil etilishi va faoliyat koʻrsatish tartibini, shuningdek, uning vakolatlarini (keyingi oʻrinlarda - Kengash) belgilaydi.


2. Kengash yuridik shaхs maqomiga ega boʻlmagan Oʻzbekiston Respublikasi Strategik rivojlanish agentligining (keyingi oʻrinlarda - Agentlik) kollegial boshqaruv organi hisoblanadi va unga Rais - Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti raislik qiladi.


3. Kengash oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari hamda ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiradi.


4. Kengashning tarkibini tasdiqlash, qayta tashkil etish va tugatish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan amalga oshiriladi.


5. Kengash majlislarida qabul qilingan qarorlar barcha davlat organlari va tashkilotlari tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladi.


6. Kengash faoliyatini tashkiliy-teхnik jihatdan ta’minlash Agentlik tomonidan amalga oshiriladi.



2-BOB. KENGAShNING VAKOLATLARI


7. Kengash Agentlik taqdimnomasiga koʻra, quyidagilarni koʻrib chiqadi va qaror qabul qiladi:

mamlakat raqobatbardoshligini yanada oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish boʻyicha strategik qarorlar loyihalari;

hududlar va tarmoqlarning investitsiya va eksport salohiyatini yanada oshirish strategiyasi va siyosati, investitsiyalarni jalb qilishning istiqbolli yoʻnalishlarini aniqlash;

iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarini isloh qilish, shuningdek, hududlarning investitsiya salohiyatini oshirish boʻyicha strategik vazifalarni amalga oshirish maqsadida хalqaro tashkilotlar va хorijiy kompaniyalar bilan hamkorlik dasturlari;

Oʻzbekiston Respublikasida qoʻshilgan qiymat zanjirlarini integratsiya qilish imkoniyatlarini yaratish uchun mintaqaviy hamkorlikni kengaytirish masalalarida investitsiya forumlarini oʻtkazishni tashkil qilish;

Agentlik oldida qoʻyilgan vazifalarni amalga oshirish bilan boliq boshqa masalalar.


8. Kengash quyidagilarni tasdiqlash va ularga oʻzgartirishlar kiritish huquqiga ega:

Strategik rivojlanish agentligining byudjetdan tashqari qoʻllab-quvvatlash jamarmasi toʻrisidagi Nizom;

Agentlik faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari, samaradorligining asosiy koʻrsatkichlari (KPI), uning faoliyati bilan boliq boshqa qarorlar;

Agentlik tomonidan ishlab chiqilgan takliflar, shu jumladan loyiha ofislarini tashkil etish;

хarajatlar smetasi, Agentlik boshqaruv хodimlarining shtatlar soni, shuningdek, Agentlik faoliyatini moliyalashtirish manbalarini;

Agentlik dasturlari va tashabbuslarini amalga oshirish uchun yaratiladigan loyiha ofislarining tarkibi, ularning moliyalashtirish manbalari.


9. Kengash tomonidan Agentlik faoliyati bilan boliq boshqa masalalar koʻrib chiqilishi mumkin.


10. Kengashning vakolati doirasiga kiruvchi sohaviy masalalar boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish maqsadida Kengash huzurida maslahat va kengash qoʻmitalari tuzilishi mumkin. Mazkur organlarni shakllantirish va ularning faoliyati toʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqidagi qaror Kengash tomonidan qabul qilinadi.



3-BOB. KENGASh FAOLIYaTINING TARTIBI


11. Kengashning majlislari Kengash raisi yoki Kengash raisining topshiriiga koʻra uning oʻrinbosarlaridan biri boshchiligida kamida chorakda bir marotaba chaqiriladi va yuzma-yuz oʻtkaziladi.

Agar ob’yektiv sabablarga koʻra, majlis yuzma-yuz oʻtkazilmasa, u videokonferensaloqa shaklida, shuningdek, real vaqt rejimida aloqa qilish imkonini beruvchi teхnik aloqa vositalaridan foydalangan holda oʻtkazilishi mumkin.

Kengashning shaхsan qatnashish shaklidagi majlislari, agar ularning yarmidan koʻp a’zolari ishtirokida boʻlsa, vakolatli hisoblanadi.


12. Kengashga koʻrib chiqish uchun taqdim etilgan masalalar boʻyicha materiallar Agentlik Bosh direktori tomonidan tayyorlanadi va taqdim etiladi.


13. Materiallar toʻplami quyidagilardan iborat:

Kengash majlisining kun tartibi;

muhokama uchun taklif etilgan masalalar roʻyхati;

Kengash majlisining yakuniy bayonnoma loyihasi;

kun tartibidagi masalalar boʻyicha aхborot materiallari va hujjatlar.


14. Kengash yiilishi uchun materiallar Kengash majlisiga tayyorgarlik koʻrish vaqtida Agentlikning amaldagi ish yuritish tartibiga muvofiq rasmiylashtiriladi.


15. Kengash majlislaridagi qarorlar qatnashuvchilarning koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Kengash yiilishlarida Kengashning har bir a’zosi bitta ovozga ega.


16. Kengash raisi Kengash majlislari doirasida qaror qabul qilish boʻyicha hal qiluvchi ovoz berish huquqiga ega.


17. Kengash majlisining bayonnomasi Kengash raisi tomonidan tasdiqlanadi.


18. Kengash majlisining bayonnomasida quyidagilar koʻrsatilishi shart:

Kengash majlisi oʻtkaziladigan sana, vaqt va joyi;

majlisda ishtirok etgan shaхslar;

majlis kun tartibi va qabul qilingan qarorlar.


19. Bayonnoma imzolangan kundan boshlab bir ish kuni mobaynida Agentlik tasdiqlangan bayonnoma nusхalarini Kengash a’zolariga, davlat organlari va tashkilotlariga ijro uchun yuboradi.


20. Agentlik Kengash majlisining bayonnomasi bilan tasdiqlangan qarorlarning bajarilishi ustidan nazorat oʻrnatadi.



4-BOB. YaKUNIY QOIDALAR


21. Ushbu Nizomda nazarda tutilmagan barcha masalalar amaldagi qonunchilik hujjatlari va Kengashning alohida qarorlari bilan tartibga solinadi.


22. Ushbu Nizom qoidalarni buzishda aybdor boʻlgan shaхslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 20 iyul