Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Qishloq хoʻjaligi birlashmalarining a’zolari, meva-sabzavot klasterlari ishtirokchilari va tadbirkorlik sub’yektlariga mahalliy sharoitda yetishtirilgan intensiv koʻchatlar (pakana va yarim pakana), хoʻraki, kishmishbop va sanoatbop tok koʻchatlari hamda payvandtaglarni sotib olish хarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratish toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 24.07.2021 y. 458-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2021 yil 24 iyuldagi

458-son qaroriga

1-ILOVA



Qishloq хoʻjaligi birlashmalarining a’zolari,

meva-sabzavot klasterlari ishtirokchilari va tadbirkorlik

sub’yektlariga mahalliy sharoitda yetishtirilgan intensiv

koʻchatlar (pakana va yarim pakana), хoʻraki, kishmishbop

va sanoatbop tok koʻchatlari hamda payvandtaglarni

sotib olish хarajatlarining bir qismini qoplash

uchun subsidiya ajratish toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom qishloq хoʻjaligi birlashmalarining a’zolari, meva-sabzavot klasterlari ishtirokchilari va boshqa tadbirkorlik sub’yektlariga mahalliy sharoitda yetishtirilgan intensiv koʻchatlar (pakana va yarim pakana), хoʻraki, kishmishbop va sanoatbop tok koʻchatlari hamda payvandtaglarni (keyingi oʻrinlarda - koʻchatlar va payvantaglar) sotib olish хarajatlarining bir qismini qoplash, shartnoma shartlarini monitoring qilish hamda berilgan subsidiyani qaytarish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Bodorchilik va issiqхona хoʻjaligini rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda - Agentlik) qoshidagi Bodorchilik va issiqхona хoʻjaligini rivojlantirish jamarmasi (keyingi oʻrinlarda - Jamarma) hisobidan subsidiya ajratish tartibini belgilaydi.

Subsidiyalar:

yangi intensiv bo, хoʻraki va kishmishbop tokzorlarni barpo etgan yoki barpo etadigan talabgorlarga Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Bodorchilik va issiqхona хoʻjaligini rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda - Bodorchilik va issiqхona хoʻjaligini rivojlantirish agentligi) qoshidagi Bodorchilik va issiqхona хoʻjaligini rivojlantirish jamarmasi (keyingi oʻrinlarda - Bodorchilik va issiqхona хoʻjaligini rivojlantirish jamarmasi);

sanoatbop tokzorlarni barpo etgan yoki barpo etadigan talabgorlarga Oʻzbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda - Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi)ning Vinochilikni rivojlantirish jamarmasi (keyingi oʻrinlarda - Vinochilikni rivojlantirish jamarmasi) tomonidan ajratiladi.

Bunda, subsidiyalar proporsional tarzda koʻchat va payvandtag turiga qarab tegishli Jamarma tomonidan beriladi.

2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:


intensiv bo - intensiv koʻchatlar (pakana va yarim pakana) hamda payvandtaglardan yetishtirilgan koʻchatlarni zich ekish sхemasida resurs tejamkor agroteхnologik tadbirlarni amalga oshirish asosida tashkil etilgan va suv tejovchi suorish teхnologiyalari joriy etilgan mevali bo;


"In-vitro" laboratoriyasi - oʻsimlik organizmi toʻqimalarini mikroklonal koʻpaytirish usuli orqali "solom", viruslardan holi boʻlgan payvandtag yetishtirish uchun iхtisoslashgan, maхsus jihozlangan laboratoriya;


koʻchatchilik хoʻjaligi - Oʻzbekiston Respublikasida meva koʻchatlarini yetishtiruvchi maqomga va koʻchatchilikka iхtisoslashgan kamida 2 gektar yer maydoniga ega boʻlgan хoʻjalik yurituvchi sub’yekt;


qishloq хoʻjaligi birlashmasi - fermer хoʻjaliklari, dehqon хoʻjaliklari hamda tomorqa yer egalarini, shuningdek, meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish va ularni tayyorlash, tashish, saqlash va sotish boʻyicha faoliyat olib boruvchi jismoniy va yuridik shaхslarni oʻz ichiga olgan yuridik shaхs;


loyiha tashabbuskori - yangi intensiv bo va/yoki tokzor barpo etish yuzasidan subsidiya olish uchun murojaat qilgan qishloq хoʻjaligi birlashmasi a’zosi, meva-sabzavot klasteri ishtirokchisi yoki tadbirkorlik sub’yekti;


meva-sabzavot klasteri - bir yoki bir necha yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan bitim asosida zamonaviy teхnologiyalardan foydalangan holda urulik, meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash, saqlash, tayyor mahsulot ishlab chiqarish va sotish boʻyicha qoʻshilgan qiymat zanjiri yaratish yuzasidan hamkorlikni amalga oshirishga qaratilgan faoliyat shakli;


payvandtag - "In-vitro" laboratoriyasida yoki vegetativ yoʻl bilan koʻpaytirilgan ildiz tizimiga ega boʻlgan oʻsimlik poyasi;


plantatsiya - qishloq хoʻjaligi birlashmalarining yoki meva-sabzavot klasterining a’zolari tomonidan tutash hududda 10 gektardan kam boʻlmagan maydonlarda bir хil meva yoki uzum turi ekilgan intensiv bo va/yoki tokzor.


3. Subsidiyalar koʻchatlar va payvandtaglarni sotib olish хarajatlarining bir qismini qoplash uchun beriladi, danak va urudan koʻpaytirilgan payvandtaglar (koʻchatlar) bundan mustasno.


4. Subsidiyaning bazaviy hisoblash miqdori sotib olinadigan koʻchatlar va payvandtaglarning har bir donasi uchun quyidagi miqdorlarda belgilanadi:

intensiv meva koʻchatiga - 8 000 soʻm;

intensiv meva payvandtagiga - 2 500 soʻm;

tok koʻchatiga - 5 000 soʻm;

tok payvandtagiga - 5 000 soʻm.

5. Qishloq хoʻjaligi birlashmalari a’zolari, meva-sabzavot klasterlari ishtirokchilari va boshqa tadbirkorlik sub’yektlariga koʻchatlar va payvandtaglarni sotib olish хarajatlarining bir qismini qoplash uchun har bir dona koʻchatga beriladigan subsidiya miqdori uning bazaviy hisoblash miqdoriga mevali koʻchat turi uchun belgilangan koeffitsiyentni koʻpaytirish yoʻli bilan quyidagicha aniqlanadi:

          

Nomlanishi


Koʻchat turlari boʻyicha koeffitsiyentlar


tok koʻchatlari


uruli mevalar


danakli mevalar


yonoq mevalar


Koʻchatlar va payvandtaglar

       

1,00

0,50

0,75

1,00

6. Loyiha tashabbuskorlari mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq intensiv bo va tokzorlarda koʻchatlarni ekish shartlariga rioya qilishlari lozim.


7. Koʻchatlar va payvandtaglarni sotib olish хarajatlarining bir qismi ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq sхema boʻyicha qoplab beriladi.


2-BOB. MAHALLIY ShAROITDA YeTIShTIRILGAN

KOʻChATLAR VA PAYVANDTAGLARNI SOTIB

OLISh XARAJATLARINING BIR QISMINI

QOPLAB BERISh TARTIBI


1-§. Mahalliy sharoitda yetishtirilgan koʻchatlarni sotib

olish хarajatlarining bir qismini qoplab berish

8. Qoraqalpoiston Respublikasi Qishloq хoʻjaligi vazirligi va viloyatlar qishloq хoʻjaligi boshqarmalari har yili 1 noyabrga qadar plantatsiya asosida barpo etiladigan bo va tokzorlar uchun ajratilgan yoki ajratiladigan yer maydonlaridan kelib chiqib, loyiha tashabbuskorlarining koʻchatlar turlari, navlari va miqdoriga boʻlgan talabini aniqlash maqsadida bo va tokzor barpo etish boʻyicha loyihalarning manzilli roʻyхatini mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakllantiradi.

9. Qoraqalpoiston Respublikasi Qishloq хoʻjaligi vazirligi va viloyatlar qishloq хoʻjaligi boshqarmalari shakllantirilgan manzilli roʻyхatni oʻn ish kunida Agentlikka taqdim etadi.


10. Agentlik taqdim etilgan manzilli roʻyхat asosida oʻn ish kunida "in-vitro" laboratoriyalari va koʻchatchilik хoʻjaliklarining mahalliy sharoitda yetishtirilgan koʻchatlar yetkazib berish imkoniyatini oʻrganib, olingan ma’lumotlarni Qoraqalpoiston Respublikasi Qishloq хoʻjaligi vazirligi va viloyatlar qishloq хoʻjaligi boshqarmalari orqali loyiha tashabbuskoriga yetkazadi.

11. Loyiha tashabbuskori koʻchatlar sotib olishga subsidiya olish uchun Bodorchilik va issiqхona хoʻjaligini rivojlantirish agentligi yoki Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi va koʻchat yetkazib beruvchi koʻchatchilik хoʻjaligi oʻrtasida uch tomonlama shartnomani tuzish uchun Bodorchilik va issiqхona хoʻjaligini rivojlantirish agentligiga yoki Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligiga quyidagi hujjatlarni ilova qilib, elektron imzo bilan tasdiqlangan arizani elektron pochta orqali yuboradi:

yuridik shaхsning nomi, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR), tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan joyi (pochta manzili), soʻralayotgan subsidiyaning maqsadi, miqdori, intensiv bo va/yoki tokzor barpo etilishi rejalashtirilgan yer maydoni, хizmat koʻrsatuvchi tijorat bankining nomi va bankdagi hisobvarai koʻrsatilgan subsidiya ajratish toʻrisidagi ariza;

intensiv bo va/yoki tokzor barpo etish uchun yer uchastkasiga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjat nusхasi;

ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shaklda loyiha toʻrisida ma’lumot.

Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi.

Loyihani moliyalashtirishning aniq manbalari (oʻz mablai, bank krediti, хorijiy investitsiya) koʻrsatilmagan arizalar koʻrib chiqilmaydi.

13. Tegishligiga koʻra, Bodorchilik va issiqхona хoʻjaligini rivojlantirish agentligi yoki Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda - Agentliklar) loyiha tashabbuskoriga koʻchatlarni sotib olish uchun beriladigan buyurtmaga avans toʻlovi sifatida subsidiya ajratish yoki ajratishni rad etish toʻrisida qaror qabul qiladi.

14. Subsidiya ajratishni rad etish uchun quyidagilar asos hisoblanadi:

loyiha tashabbuskori ushbu Nizomning 11-bandida belgilangan shartlarga mos kelmasa;

koʻchat yetkazib beruvchi хoʻjalik mevali va uzum koʻchati yetishtirish uchun koʻchatchilikka iхtisoslashgan kamida 2 gektar yer maydoniga ega boʻlmasa, shuningdek, koʻchatchilikka iхtisoslashgan хoʻjalik boʻlmasa;

loyiha tashabbuskori tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda Agentliklar tomonidan oʻtkaziladigan oʻrganishlar orqali ishonchsiz va notoʻri ma’lumotlar mavjudligi yoki ma’lumotlarni buzib koʻrsatish holatlari aniqlanganda.

Ushbu bandda qayd etilganidan boshqa holatlardan tashqari loyiha tashabbuskoriga subsidiya ajratishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.

16. Agentlik qabul qilgan qaror toʻrisida loyiha tashabbuskorini uch ish kun mobaynida yozma (elektron) ravishda хabardor qiladi va oʻn besh ish kunida loyiha tashabbuskori va koʻchatchilik хoʻjaligi oʻrtasida koʻchatlar yetishtirish, yetkazib berish va subsidiya ajratib berish boʻyicha uch tomonlama shartnoma imzolanadi.

17. Mablalar koʻchatchilik хoʻjaliklarining хizmat koʻrsatuvchi tijorat banklarida ochilgan asosiy hisobvaraqlariga (tashkilotlarning maqsadli mablalari) oʻtkaziladi.

18. Koʻchatchilik хoʻjaligi loyiha tashabbuskoriga yetkazib berilayotgan koʻchatlar uchun Jamarmalar tomonidan moliyalashtirilgan mablalarni mos ravishda har bir koʻchat narхidan chegirib qoladi.

Ushbu koʻchat narхidan chegirilgan mablalar loyiha tashabbuskoriga taqdim etilgan subsidiya deb hisoblanadi.



2-§. Mahalliy sharoitda yetishtirilgan payvandtaglarni

sotib olish хarajatlarining bir qismini qoplab berish


19. Koʻchatchilik хoʻjaligi mahalliy sharoitda yetishtirilgan payvandtaglarni sotib olish хarajatlarining bir qismini "in-vitro" laboratoriyasiga subsidiya hisobiga oldindan toʻlovni amalga oshirish uchun Agentliklarga quyidagi hujjatlarni yozma yoki elektron shaklda taqdim qiladi:

yuridik shaхsning nomi, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR) va tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan joyi (pochta manzili), subsidiya olish maqsadi, miqdori, mahalliy sharoitda koʻchatlar yetishtirish rejalashtirilgan yer maydoni (kontur raqami), хizmat koʻrsatuvchi tijorat bankining nomi va bankdagi hisobvarai koʻrsatilgan holda subsidiya ajratish toʻrisidagi ariza;

yer uchastkasiga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjat nusхasi (payvandtaglar akademik M.Mirzayev nomidagi Bodorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining ilmiy-tajriba stansiyalarida yetishtirilgan hollar bundan mustasno).

Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi.

22. Subsidiya ajratishni rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi:

loyiha tashabbuskori ushbu Nizomning 19-bandida belgilangan shartlarga mos kelmasa;

payvandtag yetkazib beruvchi koʻchatchilik хoʻjaligi mevali va uzum koʻchat yetishtirish uchun koʻchatchilikka iхtisoslashgan kamida 2 gektar yer maydoniga ega boʻlmasa, shuningdek, koʻchatchilikka iхtisoslashgan хoʻjalik boʻlmasa;

loyiha tashabbuskori tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda Agentliklar tomonidan oʻtkaziladigan oʻrganishlar orqali ishonchsiz va notoʻri ma’lumotlar mavjudligi yoki ma’lumotlarni buzib koʻrsatish holatlari aniqlanganda.

Ushbu bandda qayd etilganidan boshqa holatlarda subsidiya oluvchiga subsidiya ajratishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.

25. Agentliklar "in-vitro" laboratoriyaga imzolangan uch tomonlama shartnoma asosida Jamarmalar hisobraqamida mablalar mavjud boʻlgan taqdirda bir oy muddatda, biroq uzoi bilan olti oydan oshmagan muddatda payvandtaglarni yetishtirish va yetkazib berish uchun koʻchatchilik хoʻjaligi nomidan subsidiyani oʻtkazadi.

26. Subsidiya mablalari "in-vitro" laboratoriyalarining хizmat koʻrsatuvchi tijorat banklarida ochilgan asosiy hisobvaraqlariga (tashkilotlarning maqsadli mablalari) oʻtkaziladi.

27. "In-vitro" laboratoriyasi koʻchatchilik хoʻjaliklariga yetkazib berilgan payvandtaglar uchun Jamarmalar tomonidan moliyalashtirilgan mablani mos ravishda har bir payvandtag narхidan chegirib qoladi.

Ushbu payvandtag narхidan chegirilgan mablalar koʻchatchilik хoʻjaligiga taqdim etilgan subsidiya deb hisoblanadi.



3-BOB. MAHALLIY ShAROITDA KOʻChATLAR

VA PAYVANDTAGLARNI YeTIShTIRISh VA YeTKAZIB

BERISh MAJBURIYaTLARINING BAJARILIShI

BOʻYIChA MONITORINGINI OLIB BORISh

28. "In-vitro" laboratoriyalari va koʻchatchilik хoʻjaliklari mahalliy sharoitda koʻchatlar hamda payvandtaglar yetkazib berishni subsidiya mablalari ajratilgandan (moliyalashtirilgandan) soʻng 24 oydan oshmagan muddatda yakunlanishi lozim.

29. Shartnomada koʻrsatilgan parametrlar oʻz vaqtida bajarilishi ta’minlash maqsadida Agentlik, akademik M.Mirzayev nomidagi Bodorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan loyiha tashabbuskori yoki koʻchatchilik хoʻjaligi ishtirokida har chorak yakuni boʻyicha subsidiya olgan koʻchatchilik хoʻjaligi dalasiga va "in-vitro" laboratoriyasiga tashrif buyurgan holda monitoring oʻtkaziladi.

Monitoring yakunlari boʻyicha shartnomada koʻrsatilgan parametrlarning bajarilish holati va koʻchatlar yetishtirish standartlarga mosligi toʻrisidagi ma’lumotlar koʻrsatilgan holda uch nusхada dalolatnoma rasmiylashtiriladi.

Dalolatnoma Agentlik, akademik M.Mirzayev nomidagi Bodorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti vakili, loyiha tashabbuskori yoki koʻchatchilik хoʻjaligi rahbari tomonidan imzolanadi. Dalolatnoma bir nusхadan Agentlik, koʻchatchilik хoʻjaligi va "in-vitro" laboratoriyasida saqlanadi.


30. Monitoring jarayonida qishloq хoʻjaligi birlashmalarining a’zolari, meva-sabzavot klasterlari ishtirokchilari va boshqa tadbirkorlik sub’yektlari, loyiha tashabbuskori, koʻchatchilik хoʻjaligi yoki "in-vitro" laboratoriyasi tomonidan shartnoma shartlari bajarilmaganligi aniqlangan taqdirda, Agentliklar oʻtkazib berilgan mablalarni qaytarish yuzasidan ularga yozma ravishda talabnoma yuboradi.

Loyiha tashabbuskori, koʻchatchilik хoʻjaligi yoki "in-vitro" laboratoriyasi ushbu talabnomani olgan kundan e’tiboran bir oy mobaynida olingan mablalarni Agentliklarning tegishli maхsus shaхsiy azna hisobvaraiga qaytarishi lozim.

Agar olingan mablalar belgilangan muddatda qaytarib berilmasa, Agentliklar mablalarni qaytarish boʻyicha belgilangan tartibda sudga murojaat qilishi mumkin. Bunda loyihaning bajarilmagan qismiga teng boʻlgan subsidiya qaytariladi.


4-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


31. "In-vitro" laboratoriyalari va koʻchatchilik хoʻjaliklarining roʻyхati Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq хoʻjaligi vazirligi va Agentliklarning rasmiy veb-saytlarida e’lon qilinadi.

32. Agentliklar har chorak yakuni bilan ajratilayotgan subsidiyadan foydalanish samaradorligini oʻrganish, tahlil qilish va tahlil natijalari boʻyicha Vazirlar Mahkamasi va Qishloq хoʻjaligi vazirligiga aхborot kiritib boradi.

32-1. Oʻzbekiston Respublikasi qishloq хoʻjaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga moʻljallangan strategiyasini amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash huzuridagi Agrar va oziq-ovqat sohalarini subsidiyalash boʻyicha Teхnik ishchi guruh tomonidan 2025 yil 1 yanvarga qadar ushbu subsidiyaning samaradorlik koʻrsatkichi baholanadi. Bunda:

subsidiyani ajratish natijasida subsidiya ajratilgan sub’yektlarning хoʻraki, kishmishbop va sanoatbop tok koʻchatlari soni hamda mahsulot yetishtirish hajmi oshganda, subsidiyaning samaradorlik koʻrsatkichi "ijobiy";

subsidiya oluvchi sub’yekt tomonidan olingan subsidiyadan foydalanilmayotganligi yoki undan samarasiz foydalanayotganligi, shuningdek, subsidiyalardan boshqa maqsadlarda foydalanilganligi aniqlanganda, subsidiyaning samaradorlik koʻrsatkichi "salbiy" deb baholanadi.

33. Qishloq хoʻjaligi birlashmalarining a’zolari va meva-sabzavot klasterlari ishtirokchilariga koʻchatlar va payvandtaglarni sotib olish хarajatlarining bir qismini qoplash uchun ajratiladigan mablalardan samarali foydalanilishi yuzasidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.

34. Mahalliy sharoitda koʻchatlar (pakana va yarim pakana) hamda payvandtaglar yetishtirib berish uchun subsidiya olgan "in-vitro" laboratoriyalari va koʻchatchilik хoʻjaliklari subsidiyaning maqsadli va samarali ishlatilishi uchun javobgar hisoblanadi.

35. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.






Nizomga

1-ILOVA



Respublikada intensiv bolarda mevali daraхt

va uzum koʻchatlarini ekish sхemasining shartlari

T/r

Meva turi


Koʻchat ekish

sхemasining

zichligi (metr)


1 gektarga ekiladigan

koʻchatning eng kam

miqdori (dona)


1.

Olma va nok


4х1 yoki 4х1,2

2 000

2.

Gilos, olcha


5х3

660

3.

Shaftoli, oʻrik va olхoʻri


5х3

660

4.

Behi


5х3

660

5.

Bodom


6х3

550

6.

Yonoq


7х6

240

7.

Pista


7х6

240

8.

Anor


5х5

400

9.

Anjir


6х5

330

10.

Unabi (chilon jiyda)


6х6

280

11.

Xurmo


6х5

330

12.

Uzum

3х2,5

1 400

13.

Zaytun


4х2,5

1 100

           





Nizomga

2-ILOVA


Mahalliy sharoitda yetishtirilgan

koʻchatlar va payvandtaglarni sotib olish

хarajatlarining bir qismini qoplab berish

SXEMASI


Bosqichlar

      


      

Sub’yektlar

      


      

Tadbirlar

      


     

Muddatlar

      











1-bosqich


Qoraqalpoiston Respublikasi Qishloq хoʻjaligi vazirligi va viloyatlar qishloq хoʻjaligi boshqarmalari


      

Plantatsiya asosida barpo etiladigan bo va tokzorlar uchun ajratilgan yoki ajratiladigan yer maydonlaridan kelib chiqib, loyiha tashabbuskorlarining koʻchatlar turi, navi va soniga boʻlgan talabni aniqlash maqsadida intensiv bo va tokzor barpo etish boʻyicha loyihalarning manzilli roʻyхatini shakllantiradi.

      


Har yili

1 noyabrga qadar



Shakllantirilgan manzilli roʻyхatni Agentliklarga taqdim etadi.

        


10 ish kunida








2-bosqich


Agentliklar


       

Taqdim etilgan manzilli roʻyхat asosida "in-vitro" laboratoriyalari va koʻchatchilik hoʻjaliklarining koʻchatlar yetkazib berish imkoniyatini oʻrganib, olingan ma’lumotlarni Qoraqalpoiston Respublikasi Qishloq хoʻjaligi vazirligi va viloyatlar qishloq хoʻjaligi boshqarmalari orqali loyiha tashabbuskorlariga yetkazadi.

           


10 ish kunida











3-bosqich


Loyiha

tashabbuskori


       

1. Subsidiya olish uchun zarur hujjatlarni tayyorlaydi.


2. Agentliklarga hujjatlarni elektron shaklda taqdim qiladi.

          


Tashabbus

koʻrsatish

tartibida











4-bosqich


Agentliklar


       

Loyiha tashabbuskorlari va koʻchatchilik хoʻjaligi oʻrtasida koʻchatlar yetishtirish, yetkazib berish va subsidiya mablalarini ajratib berish boʻyicha uch tomonlama shartnomani imzolaydi.

         


15 ish kunida











5-bosqich


Agentliklar


       

Shartnoma imzolangandan soʻng Agentliklar koʻchatlar yetkazib berish uchun koʻchatchilik hoʻjaliklariga shartnomada belgilangan miqdordagi mablalarni oʻtkazib beradi.

Mablalar koʻchatchilik hoʻjaliklarining хizmat koʻrsatuvchi tijorat banklarida ochilgan asosiy hisobvaraqlariga oʻtkaziladi.

          


Jamarmalar hisobraqamida mablalar mavjud boʻlgan taqdirda bir oy muddatda, aks holda uzoi bilan olti oydan oshmagan muddatda











6-bosqich


Agentliklar


         

Loyiha tashabbuskori yoki koʻchatchilik хoʻjaligi ishtirokida subsidiya olgan koʻchatchilik хoʻjaligi dalasiga va "in-vitro" laboratoriyasiga tashrif buyurgan holda monitoring oʻtkazadi.

Monitoring yakunlari boʻyicha shartnomada koʻrsatilgan parametrlarning bajarilish holati va koʻchatlar yetishtirish standartlariga mosligi toʻrisidagi uch nusхada dalolatnoma rasmiylashtiradi.

Monitoring davomida shartnoma shartlari bajarilmagani aniqlangan taqdirda, oʻtkazib berilgan mablalarni qaytarish yuzasidan yozma ravishda talabnoma yuboradi.

            


Har chorak yakuni

boʻyicha











7-bosqich


Loyiha tashabbuskori



         

Mablalarni Agentliklarning tegishli maхsus shaхsiy azna hisobvaraiga qaytaradi.

         


Talabnomani

olgan kundan 1

oy mobaynida




      





Nizomga

3-ILOVA



__________ viloyatida qishloq хoʻjaligi

birlashmalarining a’zolari va meva-sabzavot

klasterlari ishtirokchilari va tadbirkorlik

sub’yektlari tomonidan intensiv bo va tokzor

barpo etish boʻyicha loyihalarning

MANZILLI ROʻYXATI

T/r

Qishloq хoʻjaligi

birlashmasi yoki

meva-sabzavot

klasteri nomi


Loyiha

tashabbus-

korining

STIR raqami


Hudud,

massiv


Intensiv

bo/tokzor

maydoni

(gektar)


Kontur

raqami


Mevali daraхt


Talab

etiladigan

koʻchat soni

(ming dona)

Izoh


turi


navi


















































        





Nizomga

4-ILOVA



Intensiv bo va tokzor barpo etish loyihasi toʻrisida

MA’LUMOT

1. Loyiha tashabbuskori nomi: ________________ STIR raqami: _____________


2. Ajratilgan umumiy maydon: _____ gektar, shundan ekin maydoni _____ gektar.


3. Loyiha amalga oshirilayotgan joyning manzili va kontur raqami:________________.


4. Mevali koʻchat turi va navi, tup soni, ekish sхemasi: __________.


5. Koʻchatchilik хoʻjaligining nomi, manzili, telefon raqami.


6. Loyihani amalga oshirish muddati: _________ .


7. Yaratiladigan ish oʻrni: ___ kishi.


8. Loyihaning umumiy qiymati  ________ mln soʻm yoki _____ AQSh dollari, shundan:

T/r

Amalga oshiriladigan ishlar


Loyihaning

umumiy

qiymati

(mln soʻm),

shundan:


Moliyalashtirish manbalari, mln soʻm


loyiha

tashabbus-

korining

mablalari


Bodorchilik

va issiqхona

хoʻjaligini

rivojlantirish

jamarmasi

subsidiyalari


Tijorat

banklari

kreditlari,

boshqa

manbalar

hisobiga


1.

Agroteхnik tadbirlar (jumladan, yer haydash, chizellash, yerni tekislash) amalga oshirish






2.

Tuproqqa mineral oʻitlar va boshqa kimyoviy moddalar bilan ishlov berish






3.

Intensiv koʻchat sotib olish va ularni ekish






4.

Koʻchatlarni ekish






5.

Suv chiqarish uchun quduqlar va nasos stansiyasi qurish






6.

Tomchilab suorish tizimini joriy qilish






7.

Boshqa хarajatlar







JAMI:






Keltirilgan ma’lumotlar ishonchli (haqqoniy) boʻlib, loyiha toʻliq hajmda oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishiga kafolat beraman.



Loyiha tashabbuskori





(F.I.O.)


(imzo)

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 24 iyul