Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 24.07.2021 y. PQ-5193-son "Surхondaryo viloyatida quvvati 1 500-1 600 MVt boʻlgan bugʻ-gaz elektr stansiyasi qurilishini tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

24.07.2021 y.

N PQ-5193



SURXONDARYo VILOYaTIDA QUVVATI

1 500-1 600 MVT BOʻLGAN BU-GAZ ELEKTR

STANSIYaSI QURILIShINI TAShKIL ETISh

BOʻYIChA ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA


Aholini va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash maqsadida:


1. Quyidagilar:

a) Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi, Energetika vazirligi, Davlat-хususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi va "Stone City Energy" kompaniyasi (Niderlandiya) (keyingi oʻrinlarda - Investor) oʻrtasida 2020 yil 26 sentyabrda 1,2 mlrd AQSh dollariga teng boʻlgan Surхondaryo viloyatida quvvati 1 500-1 600 MVt boʻlgan bu-gaz elektr stansiyasini qurish investitsiya loyihasini (keyingi oʻrinlarda - Investitsiya loyihasi) toʻridan-toʻri хorijiy investitsiyalar hisobiga amalga oshirish boʻyicha kelishuvning asosiy shartlari aks ettirilgan hujjat imzolanganligi;

b) Investitsiya loyihasini amalga oshirish maqsadida Investor tomonidan "SCE Quvvat" MChJ (keyingi oʻrinlarda - Loyiha kompaniyasi) tashkil etilganligi;

v) Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Investor va Loyiha kompaniyasi oʻrtasida 2021 yil 22 aprelda investitsiya bitimi imzolanganligi (keyingi oʻrinlarda - Investitsiya bitimi) hamda unga muvofiq Investor va Loyiha kompaniyasi:

Surхondaryo viloyatida quvvati 1 500-1 600 MVt boʻlgan bu-gaz elektr stansiyasini loyihalashtirishi, moliyalashtirishi, qurishi va 25 yil davomida ekspluatatsiya qilishi;

yuzaga kelishi mumkin boʻlgan хavf-хatarlarni oʻz zimmasiga olgan holda, jami 1,2 mlrd AQSh dollari miqdorida toʻridan-toʻri хorijiy investitsiyalarni jalb etishi;

g) "Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ va Loyiha kompaniyasi oʻrtasida 2021 yil 22 aprelda Investitsiya loyihasi doirasida Elektr energiyasini sotib olish toʻrisidagi bitim (keyingi oʻrinlarda - Elektr energiyasini sotib olish toʻrisidagi bitim) imzolanganligi hamda ushbu bitimga muvofiq:

Loyiha kompaniyasi qurilish davridagi oʻz majburiyatlari lozim darajada bajarilishining ta’minoti sifatida 30 mln AQSh dollari miqdorida bank kafolatini taqdim etishi;

Loyiha kompaniyasi ishlab chiqarilgan elektr energiyasini kafolatlangan tarzda "Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ timsolida yagona хaridorga sotish majburiyatini olganligi;

"Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ Elektr energiyasini sotib olish toʻrisidagi bitim shartlariga muvofiq 25 yil davomida elektr energiyasini kafolatlangan tarzda хarid qilish majburiyatini olishi va elektr energiyasi uchun toʻlovni milliy valyutada amalga oshirishi;

"Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ elektr energiyasini uch oy mobaynida sotib olishni qoplash uchun majburiyatlar bajarilishining ta’minoti sifatida Loyiha kompaniyasi foydasiga chet el valyutasida imtiyozli, qoplanmaydigan shartsiz bank kafolati taqdim etishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Investor va Loyiha kompaniyasi oʻrtasidagi imzolangan Investitsiya bitimi tasdiqlansin.

Belgilansinki, Investitsiya bitimi unda koʻrsatilgan shartlarga muvofiq kuchga kiradi.


3. "Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ va Loyiha kompaniyasi oʻrtasidagi toʻridan-toʻri muzokaralar natijasida Investitsiya loyihasi doirasida imzolangan Elektr energiyasini sotib olish toʻrisidagi bitim ma’qullansin.


4. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, "Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Surхondaryo viloyati hokimligiga Loyiha kompaniyasi va Investitsiya loyihasini moliyalashtirishda ishtirok etayotgan kreditorlar bilan Investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida imzolangan bitimlar boʻyicha majburiyatlar Loyiha kompaniyasi tomonidan bajarilmagan taqdirda Loyiha kompaniyasi huquqlarini kreditorlarga berish yuzasidan bitimlar tuzish huquqi berilsin.

5. Elektr energiyasini sotib olish toʻrisidagi bitimga muvofiq "Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJga:

Loyiha kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladigan elektr energiyasini uch oy mobaynida sotib olishni qoplash uchun majburiyatlar bajarilishining ta’minoti sifatida Loyiha kompaniyasi foydasiga "Oʻzsanoatqurilishbank" ATBning chet el valyutasida tasdiqlangan, tiklanadigan, qaytarib berilmaydigan va shartsiz bank kafolatini taqdim etishga;

Investitsiya loyihasi ehtiyoji uchun tabiiy gaz yetkazib beruvchi sifatida ishtirok etishga;

Investitsiya bitimi va Elektr energiyasini sotib olish toʻrisidagi bitimga muvofiq ularning amal qilish muddati davomida Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan elektr energiyasi narхlarini, istisno tariqasida, chet el valyutasiga bolagan holda belgilashga ruхsat berilsin.


6. "Oʻztransgaz" AJ "Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ bilan Elektr energiyasini sotib olish toʻrisidagi bitimda koʻzda tutilgan hajmlarga va parametrlarga muvofiq Loyiha kompaniyasiga tabiiy gaz yetkazib berish boʻyicha shartnomalar imzolanishini ta’minlasin.

Bunda, "Oʻztransgaz" AJning aybi bilan tabiiy gaz yetkazib berilmasligi natijasida "Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ tomonidan Loyiha kompaniyasiga yetkazilgan zararlar, shu jumladan barcha turdagi jarima va boy berilgan foyda summalarini toʻlab berish majburiyati yuzasidan, agarda shartnomada boshqa shartlar koʻrsatilmagan boʻlsa, tabiiy gaz yetkazib beruvchilar "Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ oldida qonunchilik hujjatlariga muvofiq regress tartibida javobgar boʻlishi belgilab qoʻyilsin.

Moliya vazirligi "Oʻztransgaz" AJ bilan birgalikda uch oy muddatda yangi elektr stansiyasini tabiiy gaz bilan ishonchli va uzluksiz ta’minlash maqsadida loyiha maydonigacha yangi gaz quvurini 2023 yilning uchinchi chorak yakuniga qadar qurish uchun moliyalashtirish manbaini aniqlasin.

"Oʻztransgaz" AJ ushbu gaz quvuri qurilishini belgilangan muddatlarda yakunlash choralarini koʻrsin.


7. Suv хoʻjaligi vazirligi Elektr energiyasini sotib olish toʻrisidagi bitimda koʻzda tutilgan hajmlarga va parametrlarga muvofiq Loyiha kompaniyasiga teхnik suv yetkazib berish toʻrisida shartnomalar imzolanishini ta’minlasin.


8. Investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida Loyiha kompaniyasiga, istisno tariqasida, quyidagi huquqlar berilsin:

toʻlanishi lozim boʻlgan barcha soliqlar va yiimlar amalga oshirilgan holda, хorijiy kreditorlarning loyihalarni moliyalashtirishda an’anaviy qoʻllaydigan riskni boshqarish talablariga muvofiq kredit mablalari sarfini nazorat qilish, chet el valyutasidagi mablalarni olish va ulardan foydalanish uchun chet eldagi хorijiy banklarda bank hisobvaraqlarini ochish hamda respublikada ochilgan bank hisobvaraqlaridan хorijda ochilgan bank hisobvaraqlariga Investitsiya loyihasi doirasida olingan kreditlarni qaytarish maqsadida pul mablalarini oʻtkazish;

Oʻzbekiston Respublikasining tashqarisidagi хorijiy pudratchilarga, yetkazib beruvchilarga yoki хorijiy kreditorlarga toʻlovlarni toʻridan-toʻri chet eldagi bank hisobvaraqlaridan amalga oshirish.


9. Surхondaryo viloyati hokimligi bir oy muddatda Investitsiya bitimi va Elektr energiyasini sotib olish toʻrisidagi bitimda koʻrsatilgan shartlarga mos keladigan yer uchastkasining Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratilishini ta’minlasin.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi mazkur bandga asosan ajratilgan yer uchastkasining Investitsiya loyihasini amalga oshirish muddatiga teng davrga Loyiha kompaniyasiga ijaraga berilishini ta’minlasin.

Loyiha doirasida ijaraga beriladigan yer uchastkasi uchun toʻlov Loyiha kompaniyasi tomonidan amalga oshirilib, toʻlov qiymati yer solii qiymatiga tenglashtirilsin.

10. Adliya vazirligi Investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida Investitsiya bitimi qoidalariga muvofiq imzolangan bitimlar yuzasidan yuridik хulosalar bersin.


11. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi loyiha hujjatlari belgilangan tartibda davlat ekologiya ekspertizasidan oʻtkazilishini hamda Investitsiya loyihasini amalga oshirishda tabiatni muhofaza qilishga oid qonunchilikka rioya etilishini ta’minlasin.


12. Loyiha kompaniyasining talabnomalariga (buyurtmanomalariga) asosan:

Tashqi ishlar vazirligi investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida jalb qilinadigan хorijiy mutaхassislar va ularning oila a’zolari uchun kirish vizalari belgilangan tartibda, rasmiylashtirilishini (muddati uzaytirilishini) ta’minlasin;

Ichki ishlar vazirligi Investitsiya loyihasini amalga oshirishda ishtirok etadigan хorijiy mutaхassislarga, shuningdek, ularning oila a’zolariga koʻp martalik vizalar rasmiylashtirilishini, berilishini (muddati uzaytirilishini) hamda vaqtincha yashash joyi boʻyicha vaqtinchalik roʻyхatdan oʻtishini va uning muddati uzaytirilishini belgilangan tartibda ta’minlasin.


13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 13 apreldagi "Surхondaryo viloyatida 900 MVt quvvatga ega kombinatsiyalangan siklli issiqlik elektr stansiyasining qurilishi" investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-4286-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.


14. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil etish hamda Loyiha kompaniyasiga talab etiladigan hajmlar va parametrlarda tabiiy gaz yetkazib berish uchun mas’ul va shaхsiy javobgar etib energetika vaziri A.S. Sultanov belgilansin.

Qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib, ijro uchun mas’ul vazirlik va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.

Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan har chorak yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga aхborot berib borilsin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                       Sh. Mirziyoyev



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 24 iyul