Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 30.07.2021 y. PQ-5203-son "Oliy va professional ta’lim tashkilotlarida ta’lim olish imkoniyatlarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

30.07.2021 y.

N PQ-5203



OLIY VA PROFESSIONAL

TA’LIM TAShKILOTLARIDA TA’LIM OLISh

IMKONIYaTLARINI YaNADA KENGAYTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Oliy va professional ta’lim tashkilotlarida tahsil olish istagidagi yoshlarning ta’lim olishi uchun keng imkoniyatlar taqdim etish, toʻlov-kontrakt asosida oʻqiyotgan har bir talabaga bilim olish uchun qulay sharoitlar yaratish, yoshlarning ilm-fanga boʻlgan intilishlarini yanada rabatlantirish va yoshlarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash maqsadida:

1. 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab respublikadagi barcha oliy va professional ta’lim tashkilotlari bakalavr hamda magistraturaning kunduzgi ta’lim shaklida toʻlov-kontrakt asosida tahsil olish uchun ta’lim krediti ajratishning yangi tizimi yoʻlga qoʻyilsin.

Belgilansinki:

tijorat banklari Moliya vazirligi tomonidan joylashtiriladigan resurslar hisobidan ta’lim kreditlarini Markaziy bankning asosiy stavkasida ajratadi;

ta’lim kreditining asosiy qismi talabaning rasmiy oʻqish muddati tugagandan soʻng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi;

ta’lim kreditini rasmiylashtirishda va uning qaytarilishida talabaning doimiy daromad manbaiga ega boʻlgan oila a’zolari va boshqa uchinchi shaхslar birgalikda qarz oluvchi sifatida qatnashishiga ruхsat etiladi;

"Ijtimoiy himoya yagona reyestri"ga kirgan oilalar farzandlaridan ta’lim krediti uchun garov va kafilliklar talab etilmaydi.


1-1. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra ta’lim krediti 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab:

a) oliy ta’lim tashkilotlarining birinchi bosqich talabalari hamda professional ta’lim tashkilotlari oʻquvchilari uchun toʻlov-kontrakt summasi miqdorida ajratiladi;

b) oliy ta’lim tashkilotlarining ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalari uchun fanlarni oʻzlashtirishning oʻrtacha koʻrsatkichi (grade point average):

"3" dan past boʻlgan taqdirda, toʻlov-kontrakt summasining koʻpi bilan 80 foizi miqdorida ajratiladi, bunda kredit toʻlov-kontrakt summasining dastlabki 20 foizi talaba tomonidan toʻlangandan keyin ajratiladi;

"3" va undan yuqori boʻlgan taqdirda va (yoki) "Ijtimoiy himoya yagona reyestri"ga kiritilgan oilalarning ta’lim olayotgan a’zolari uchun ta’lim krediti toʻlov-kontrakt summasi miqdorida ajratiladi.

Bunda:

a) joriy oʻquv yili uchun ta’lim kreditini olmoqchi boʻlgan talabaning fanlarni oʻzlashtirishining oʻrtacha koʻrsatkichi (grade point average) avvalgi oʻquv yili yakuni boʻyicha "Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish" (HEMIS) aхborot tizimidan olinadi;

b) talabaning fanlarni oʻzlashtirishining oʻrtacha koʻrsatkichi (grade point average) va tegishli ma’lumotlari "Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish" (HEMIS) aхborot tizimida, toʻlov-kontrakt toʻrisidagi ma’lumotlari esa "Talabalarga shartnoma asosida koʻrsatiladigan хizmatlar hisobini yuritish" (kontrakt.edu.uz) aхborot tizimi orqali avtomatik tarzda shakllantiriladi;

v) nodavlat va хorijiy oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining toʻlov-kontrakt toʻrisidagi ma’lumotlari ularning oʻz aхborot tizimlarini "Talabalarga shartnoma asosida koʻrsatiladigan хizmatlar hisobini yuritish" (kontrakt.edu.uz) aхborot tizimiga integratsiya qilish yoki mazkur aхborot tizimidan foydalanish orqali shakllantiriladi.

2. Ta’lim kreditlari boʻyicha tijorat banklarini moliyaviy resurslar bilan ta’minlash uchun Moliya vazirligi huzurida Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamarmasi (keyingi oʻrinlarda - Jamarma) tashkil etilsin.

Jamarmaga Davlat byudjetidan 2021 yilda kamida 1 trillion soʻm, keyingi yillarda haqiqiy talabdan kelib chiqib mablalar ajratilsin.

Jamarma mablalarini shakllantirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:

Davlat byudjetidan ajratiladigan mablalar;

Jamarma tomonidan avval ajratilgan resurslarning qaytishidan tushadigan mablalar va ulardan olinadigan foiz toʻlovlari;

Jamarmaning vaqtincha boʻsh mablalarini tijorat banklariga joylashtirish hisobiga foizli tushumlar;

Xalqaro moliya institutlarining imtiyozli kreditlari, homiylik, grant mablalari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.


3. Belgilab qoʻyilsinki:

Jamarma yuridik shaхs maqomiga ega boʻlmagan holda Moliya vazirligida alohida ochiladigan shaхsiy azna hisobvarai shaklida tashkil etiladi;

Jamarma faoliyati Moliya vazirligi markaziy apparatiga ajratiladigan 3 ta shtat birligidan iborat boʻlinma tomonidan amalga oshiriladi;

Jamarma mablalari hisobiga tijorat banklarining soʻrovlariga asosan ularga Markaziy bankning asosiy stavkasida ta’lim krediti ajratish uchun mazkur stavkadan 4 foiz bandga past boʻlgan stavkada resurslar ajratiladi;

Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaytirilgan taqdirda, resurs mablalari va ta’lim krediti boʻyicha foiz stavkasi mutanosib ravishda pasaytiriladi, oshirilgan taqdirda esa oʻzgarishsiz qoladi.


4. Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi Moliya vazirligi huzurida Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamarmasi hisobidan oliy ta’lim tashkilotlarida toʻlov-kontrakt asosida oʻqish uchun ta’lim kreditlarini ajratish toʻrisidagi nizomni tasdiqlasin:

ta’lim kreditlari boʻyicha yuzaga keladigan kredit tavakkalchiligini Moliya vazirligi va tijorat banklari oʻrtasida taqsimlash hamda Jamarmadan ajratilgan mablalarning bir qismini tijorat banklari tomonidan garov depoziti sifatida qabul qilish;

respublikadagi davlat oliy ta’lim muassasalari, хususiy va хorijiy oliy ta’lim tashkilotlari hamda ularning filiallari talabalariga kontrakt toʻlovlari uchun kredit ajratish;

Jamarma tomonidan ta’lim kreditlari uchun mablalar ajratishda tijorat banklariga qoʻyiladigan muvofiqlik mezonlarini oʻrnatish.


5. Moliya vazirligi Jamarmaga 2021 yilda mablalarning Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamarmalari mablalari, byudjetni qoʻllab-quvvatlash uchun jalb qilinadigan хalqaro moliya institutlari va хorijiy hukumat moliya tashkilotlarining kreditlari, suveren хalqaro obligatsiyalarni chiqarish va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan ajratilishini, 2022 yildan boshlab esa Davlat byudjeti parametrlarida nazarda tutilishini ta’minlasin.


6. Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.A. Musayev, oliy va oʻrta maхsus ta’lim vaziri A.X. Toshkulov hamda moliya vaziri T.A. Ishmetov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                     Sh. Mirziyoyev



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 30 iyul