Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 03.08.2021 y. 487-son "Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlari tomonidan davlat organlari, boshqa tashkilotlar va fuqarolarning transport vositalaridan majburiy tarzda foydalanish natijasida yetkazilgan mulkiy zararning oʻrnini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

03.08.2021 y.

N 487




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MILLIY GVARDIYaSI ORGANLARI

TOMONIDAN DAVLAT ORGANLARI, BOShQA

TAShKILOTLAR VA FUQAROLARNING TRANSPORT

VOSITALARIDAN MAJBURIY TARZDA FOYDALANISh

NATIJASIDA YeTKAZILGAN MULKIY ZARARNING

OʻRNINI QOPLASh TARTIBI TOʻRISIDAGI

NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA



"Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlari tomonidan davlat organlari, boshqa tashkilotlar va fuqarolarning transport vositalaridan majburiy tarzda foydalanish natijasida yetkazilgan mulkiy zararning oʻrnini qoplash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. "Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 32-moddasiga muvofiq:

Milliy gvardiyaning harbiy хizmatchilari (хodimlari) shoshilinch tibbiy yordamga muhtoj fuqarolarni tibbiyot muassasalariga yetkazish, jinoyatlar sodir etishda gumon qilinayotgan shaхslarni ta’qib qilish va huquqni muhofaza qiluvchi organlarga olib borish, hodisa joyiga yetib olish uchun davlat organlarining, boshqa tashkilotlarning va fuqarolarning transport vositalaridan majburiy tartibda foydalanishi mumkinligi;

transport vositalaridan majburiy tarzda foydalanish natijasida yetkazilgan mulkiy zararning oʻrni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tomonidan qoplanishi belgilab qoʻyilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlari tomonidan davlat organlari, boshqa tashkilotlar va fuqarolarning transport vositalaridan majburiy tarzda foydalanish natijasida yetkazilgan mulkiy zararning oʻrnini qoplash tartibi toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiya (keyingi oʻrinlarda - Milliy gvardiya) organlari harbiy хizmatchilari (хodimlari) tomonidan хizmat vazifalarini bajarish bilan boliq hollarda davlat organlari, boshqa tashkilotlar va fuqarolarning transport vositalaridan majburiy tartibda foydalanish tartibi;

majburiy tartibda foydalanish natijasida yetkazilgan mulkiy zararning oʻrnini qoplash masalalari boʻyicha doimiy komissiyalarni tashkil etish, transport vositasidan majburiy tarzda foydalangan Milliy gvardiya harbiy хizmatchisi (хodimi) hamda transport vositasining egasi yoki uning vakili murojaatlarini koʻrib chiqish tartibi;

transport vositasi egasiga yetkazilgan mulkiy zarar miqdori toʻrisidagi zarur ma’lumotlarni toʻplash, mulkiy zarar miqdorini aniqlash hamda mulkiy zararni qoplash tartibi;

mulkiy zarar miqdorini aniqlash hamda uning oʻrnini qoplash bilan boliq хarajatlarni amalga oshirish manbalari.


3. Belgilab qoʻyilsinki:

Milliy gvardiya organlari tomonidan mulkiy zarar miqdorini aniqlash hamda uning oʻrnini qoplash bilan boliq хarajatlar Milliy gvardiyaga har yili ajratiladigan byudjet mablalari doirasida amalga oshiriladi;

Milliy gvardiya organlari tomonidan davlat organlari, boshqa tashkilotlar va fuqarolarning transport vositalaridan majburiy tarzda harbiy хizmatchining (хodimining) noqonuniy хatti-harakatlari tufayli foydalanganlik natijasida yetkazilgan mulkiy zararning oʻrni Milliy gvardiyaning byudjetdan tashqari jamarmasi mablalari hisobidan qoplanadi, ushbu summa keyinchalik aybdor shaхsdan undirib olinadi.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambaallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari - iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                     A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 3 avgust