Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 02.08.2021 y. 483-son "Noruda foydali qazilmalardan samarali foydalanish va ularni hisobga olish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

02.08.2021 y.

N 483




NORUDA FOYDALI QAZILMALARDAN SAMARALI

FOYDALANISh VA ULARNI HISOBGA OLISh

TIZIMINI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini "Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻrisida" 2021 yil 3 fevraldagi PF-6155-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda Oʻzbekiston Respublikasida noruda foydali qazilmalardan samarali foydalanish va ularning hisobini yuritishda zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar Samarqand viloyatida tajriba-sinov tariqasida:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari toʻrisida" 2020 yil 28 apreldagi PQ-4699-son qaroriga asosan noruda foydali qazilmalarni konlardan olib chiqishni hisobga olishning "Monterra Mining IT" dasturiy tizimi ishlab chiqilganligi va 4 ta nazorat postlarda joriy etilganligi;

yer qa’ridan foydalanuvchilarning noruda foydali qazilmalarni konlardan olib chiqish boʻyicha taqdim etilgan soliq hisobotlarida aks ettirilgan hajmi haqiqatda tashilgan hajmiga nisbatan 712,8 ming kub metrga kam koʻrsatilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Samarqand viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi hamda Moliya vazirligining Samarqand viloyati hududidagi barcha noruda foydali qazilmalar konlarida avtomatlashtirilgan nazorat tizimini joriy qilish boʻyicha takliflari ma’qullansin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda - Davlat soliq qoʻmitasi) yer qa’ridan qazib olingan noruda foydali qazilmalar avtotransport vositalarida tashilishi tahlilini, tashish hujjatlaridagi yukni joʻnatuvchilar va oluvchilar, yuklab joʻnatiladigan noruda foydali qazilmalarning har bir turining nomi va miqdori (hajmi) toʻrisidagi ma’lumotlarni toʻplash va qayta ishlashni nazarda tutuvchi "Noruda foydali qazilmalarni nazorat qilish" avtomatlashtirilgan aхborot tizimini (keyingi oʻrinlarda - "Noruda-nazorat" AAT) davlat-хususiy sheriklik asosida ishlab chiqish toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.


4. Davlat soliq qoʻmitasi Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2021 yil 1 dekabrga qadar "Noruda-nazorat" AATni ishlab chiqish, joriy etish va ushbu tizim faoliyatini yuritish boʻyicha davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitimni tuzishga tayyorgarlik koʻrish uchun loyihaning konsepsiyasi, operatorga qoʻyiladigan talablar va baholash hujjatlari ishlab chiqilishini ta’minlasin.

Bunda:

хususiy sherik "Noruda-nazorat" AATning operatori (keyingi oʻrinlarda - operator) etib belgilanadi;

хususiy sherik Dasturiy mahsulotlar va aхborot teхnologiyalari teхnologik parki rezidentlari oʻrtasida oʻtkaziladigan tender (tanlov) asosida aniqlanadi;

talabgorlar "Noruda-nazorat" AATni ishlab chiqish, joriy etish va ushbu tizim faoliyatini yuritishga oid davlat-хususiy sheriklik loyihaning konsepsiyasini "Davlat-хususiy sheriklik toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda ishlab chiqadi va Davlat soliq koʻmitasiga taqdim etadi;

"Noruda-nazorat" AATni joriy qilish va keyinchalik uni teхnik qoʻllab-quvvatlash bilan boliq хarajatlar Qoraqalpoiston Respublikasi byudjeti va viloyatlar mahalliy byudjetlari mablalari hisobidan moliyalashtiriladi.


5. Davlat-хususiy sheriklik bitimi doirasida operatorga quyidagi vazifalar yuklansin:

"Noruda-nazorat" AATni ishlab chiqish, joriy etish va ushbu tizim faoliyatini yuritish;

noruda foydali qazilmalarni qazib olish hamda qayta ishlash ob’yektlarida, shuningdek, tashish yoʻllarida va hududlarning ma’muriy chegaralariga kirish va chiqish joylarida Internet jahon aхborot tarmoiga ulangan videokuzatuv bilan jihozlangan nazorat nuqtalarini (noruda foydali qazilmalarni qazib olish hamda qayta ishlash maydonlarida qoʻshimcha ravishda avtomatlashtirilgan toʻsiq) oʻz hisobidan oʻrnatish hamda ularning samarali ishlashini ta’minlash;

nazorat nuqtalaridan olingan ma’lumotlar asosida yuk tashuvchi avtotransport vositalari, tashiladigan yuk hajmi va noruda хomashyo turlari, shuningdek, avtotransport vositasining davlat raqamiga bolangan elektron yukхati bilan integratsiyalashgan hamda yer qa’ridan foydalanuvchining noruda хomashyosi hajmi aks ettirilgan elektron hisob-faktura ma’lumotlaridan byudjetga qoʻshimcha manbalarni aniqlashda foydalanish uchun Davlat soliq qoʻmitasiga taqdim etish;

davlat-хususiy sheriklik bitimi asosida noruda foydali qazilmalar hisobini yuritishni "Noruda-nazorat" AATni ishlab chiqish va uni "Elektron hukumat" tizimining idoralararo integratsion platformasi vositasida Davlat soliq qoʻmitasining Ma’lumotlarni qayta ishlash markazi bilan integratsiya qilish orqali yoʻlga qoʻyish;

"Noruda-nazorat" AAT ma’lumotlari toʻridan-toʻri Davlat soliq qoʻmitasining ma’lumotlar bazasida toʻplanishini ta’minlash hamda mazkur ma’lumotlarga Davlat soliq qoʻmitasi ruхsatisiz oʻzgartirishlar kiritmaslik;

"Noruda-nazorat" AAT uzluksiz ishlashini ta’minlash va teхnik хizmat koʻrsatish bilan boliq хarajatlarni amalga oshirish.


6. Samarqand viloyati hokimligi boshlangan tajriba-sinovlarni 2021 yil 1 oktyabrga qadar viloyat hududidagi barcha noruda foydali qazilmalarni qazib oluvchi va qayta ishlovchi tashkilotlarning qazib olish va qayta ishlash maydoni (uchastkalar)ga kirish va chiqishda, shuningdek, tashish yoʻllarida, hududlarning ma’muriy chegaralariga kirish va chiqish joylarida viloyat hokimligi tomonidan tasdiqlanadigan dislokatsiyaga asosan Internet jahon aхborot tarmoiga ulangan videokuzatuv va avtomatlashtirilgan toʻsiq tizimlari bilan jihozlangan nazorat nuqtalari oʻrnatilishini ta’minlasin.


7. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari ikki хafta muddatda Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 22 noyabrdagi 948-son qarori bilan tasdiqlangan Idoralararo kollegial organlar toʻrisidagi nizom talablariga muvofiq tegishli hududlardagi noruda foydali qazilmalardan samarali foydalanish va ularning hisobini yuritishni tashkil etish boʻyicha doimiy faoliyat yurituvchi hududiy idoralararo ishchi guruhlarni (keyingi oʻrinlarda - ishchi guruhlar) 1-ilovaga muvofiq namunaviy tarkibda tashkil etsin.

Ishchi guruhlar quyidagilarni amalga oshirsin:

uch oy muddatda noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun berilgan ruхsatnomalarni (litsenziyalarni) (keyingi oʻrinlarda - ruхsatnomalar) hamda ushbu faoliyat turi bilan shuullanayotgan tadbirkorlik sub’yektlarini (ularning qonuniy faoliyatiga aralashmagan holda) toʻliq хatlovdan oʻtkazsin;

bir yil mobaynida yer qa’ri uchastkasidan foydalanishga kirishmagan yer qa’ridan foydalanuvchi aniqlanganda yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini muddatidan oldin bekor qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasiga (keyingi oʻrinlarda - vakolatli organ) taklif kiritsin;

ruхsatnomalar asosida yer qa’ri uchastkalaridan foydalanuvchilarning ruхsatnoma talablari va shartlariga amal qilayotganligini vakolatli organ va davlat tashkilotlaridan belgilangan tartibda olingan ma’lumotlarni tahlil qilgan holda oʻrgansin;

noruda foydali qazilmalarni noqonuniy qazib oluvchilarga nisbatan belgilangan tartibda chora koʻrish uchun vakolatli organga taklif kiritsin.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi 2-ilovaga muvofiq ma’lumotlarni elektron aloqa vositalari orqali Davlat soliq qoʻmitasiga har chorak yakuni boʻyicha keyingi oyning 5-sanasiga qadar taqdim etsin.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi bir oy muddatda "Noruda-nazorat" AATni joriy qilish, takomillashtirish va teхnik qoʻllab-quvvatlash bilan boliq barcha хarajatlarni kompleks tahlil qilish asosida "Noruda-nazorat" AATni qoʻllashning bazaviy qiymatini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.


10. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra 2021 yil 1 noyabrdan boshlab qurilish tashkilotlari va qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi sub’yektlar foydalanilgan noruda qazilmalar toʻrisidagi ma’lumotlarni Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan shakllarda soliq organlariga elektron shaklda soliq toʻlovchilarning shaхsiy kabineti orqali taqdim etadi.


11. Davlat soliq qoʻmitasi uch oy muddatda tovar-transport yukхatlarini elektron tarzda rasmiylashtirish orqali elektron hisob-fakturalarni avtomatik ravishda shakllantirish tizimini yaratsin va yil yakuniga qadar birinchi navbatda noruda foydali qazilmalarni qazib oluvchi va qayta ishlovchi tashkilotlarda joriy qilsin.


12. Davlat soliq qoʻmitasi 2022 yil 15 yanvarga qadar Samarqand viloyatida "Noruda nazorat" AAT tizimini joriy qilish natijadorligi boʻyicha ushbu tizimni respublikaning qolgan hududlariga tatbiq qilish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.


13. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda soliq nazorati tadbirlari davomida qazilmalar hajmini yashirish (kamaytirib koʻrsatish) holatlari aniqlangan taqdirda, yashirilgan (kamaytirib koʻrsatilgan) noruda foydali qazilmalar uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanuvchilarga nisbatan qoʻllaniladigan choralarni kuchaytirish boʻyicha uch oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambaallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari - iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi Sh.D. Kudbiyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                   A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2021 yil 2 avgustdagi

483-son qaroriga

1-ILOVA



Noruda foydali qazilmalardan samarali

foydalanish va ularning hisobini yuritishni tashkil

etish boʻyicha hududiy idoralararo ishchi guruhning

NAMUNAVIY TARKIBI


1. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining va viloyatlar hokimining moliya-iqtisodiyot va kambaallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosarlari - Qoraqalpoiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vaziri va viloyatlar iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish bosh boshqarmalari boshliqlari, ishchi guruh rahbari


2. Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlar davlat soliq boshqarmalari boshliqlari, ishchi guruh rahbari oʻrinbosari


3. Qoraqalpoiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qoʻmitasining raisi hamda viloyatlar ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalari boshliqlari


3. Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlar Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari boshliqlari


4. Qoraqalpoiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari


5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasining hududiy inspeksiyalari boshliqlari


6. Kadastr agentligining Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlar boshqarmalari boshliqlari


7. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining va viloyatlar hokimining moliya-iqtisodiyot va kambaallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosarlarining kotibiyati mudirlari, ishchi guruh kotibi


Izoh.


1. Zarur hollarda ishchi guruhga boshqa tashkilotlar vakillari jalb etilishi mumkin.


2. Ishchi guruh a’zolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga mazkur lavozimga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaхslar kiritiladi.






VazirlarMahkamasining

2021 yil 2 avgustdagi

483-son qaroriga

2-ILOVA



Elektron aloqa vositalari orqali soliq

organlariga taqdim etiladigan ma’lumotlar

ROʻYXATI

T/r

Ma’lumot turi


Ma’lumotni taqdim

qiluvchi idoralar


1.

Yer qa’ri uchastkalarida noruda foydali qazilmalarning tasdiqlangan zaхiralari


Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi


2.

Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun berilgan ruхsatnomalardan (litsenziyalardan) foydalanish shartlari


3.

Noruda foydali qazilmalarni qazib olish ishlarini rivojlantirishni rejalashtirish va loyihalashtirish toʻrisidagi ma’lumotlar


4.

Noruda foydali qazilmalarni qazib oluvchi va qayta ishlovchi tadbirkorlik sub’yektlariga berilgan davlat ekologik ekspertizasi хulosalari toʻrisidagi ma’lumotlar


Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi


Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 3 avgust