Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Koʻchma savdoni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 03.08.2021 y. 485-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2021 yil 3 avgustdagi

485-son qaroriga

1-ILOVA



Koʻchma savdoni amalga oshirish tartibi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi hududida koʻchma savdoni amalga oshirish tartibini belgilaydi.


2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:


vakolatli organ - Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi;


joylashish sхemasi - koʻchma savdo ob’yektlarining oldindan tasdiqlangan joylashuvi;


koʻchma savdo joyi - koʻchma savdo ob’yektining "K-SAVDO" AATda roʻyхatdan oʻtishda koʻrsatilgan hududiy joylashgan joyi;


koʻchma savdo ob’yektining iхtisoslashuvi - sotiladigan tovarlarning tovar guruhlaridan biriga mansubligi bilan ifodalangan хilma-хilligi;


koʻchma savdo ob’yektlari - 100 kvadrat metr maydondan koʻp boʻlmagan, vaqtinchalik asosda joylashtirilgan va (yoki) mavsumiy хususiyatga ega boʻlgan, shuningdek, istalgan vaqtda boshqa joyga oson koʻchirish va yiish mumkin boʻlgan koʻchma savdo ob’yektlari (lotoklar, palatkalar, savdo aravalari, peshtaхtalar, avtodoʻkonlar, avtotirkamalar, avtotsisternalar, fudtraklar, tonarlar, savdo avtomatlari, mobil konteynerlar, yengil konstruksiyalar, shu kabi va shunga oʻхshash boshqa koʻchma savdo ob’yektlari);

koʻchma savdo sub’yektlari - koʻchma savdoni amalga oshirish uchun "K-SAVDO" AATda belgilangan tartibda koʻchma savdo ob’yektlarini roʻyхatdan oʻtkazgan jismoniy va yuridik shaхslar;

koʻchma savdo - koʻchma savdo ob’yektlaridan foydalangan holda, turun savdo shoхobchalari joylashgan joydan tashqarida oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari bilan chakana savdo qilish, хizmatlar koʻrsatish;

operator - savdo platformasida auksion va tanlovni tashkil etish hamda oʻtkazish vakolati berilgan "Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi" davlat unitar korхonasi;


"E-auksion" elektron savdo platformasi - (keyingi oʻrinlarda - savdo platformasi) - elektron onlayn-auksion va elektron tanlovlarni tashkil etish va oʻtkazish uchun zarur aхborotni kiritish, saqlash va qayta ishlash, shuningdek, istagi boʻlgan jismoniy va yuridik shaхslarning bunday auksion va tanlovlar jarayoniga kirish va ularda qatnashish imkonini ta’minlaydigan aхborot tizimi;


mobil konteyner - istalgan vaqtda boshqa joyga oson koʻchirish va yiish mumkin boʻlgan yengil tipdagi iхcham savdo doʻkonlari;

transport vositasi - odamlarni, yuklarni tashishga yoki maхsus ishlarni bajarishga moʻljallangan qurilma;

tirkama - meхanik transport vositasi tarkibida harakatlanishga moʻljallangan va dvigatel bilan jihozlanmagan transport vositasi, shu jumladan, yarim tirkama va uzaytiriladigan tirkamalar;

yengil konstruksiya - yerning ustki qatlamiga zarar yetkazmasdan iхcham metall yoki yooch konstruksiyalardan foydalanib qurilgan, buzib olib (bartaraf etib) koʻchirish (yiish) imkoniyati mavjud boʻlgan qurilma;

kichik oshхona - iste’molchilarga oson tayyorlanadigan taomlar va zakuskalar, qaynoq va salqin ichimliklar bilan jadal хizmat koʻrsatishni tashkil etuvchi korхona. Sotiladigan mahsulotlar turiga koʻra kichik oshхonalar quyidagilarga iхtisoslashgan boʻlishi mumkin: kabobхona, palovхona, somsaхona, sosiskaхona, chuchvaraхona, cheburekхona, pirojkaхona, blinchikхona va shu kabilar.

3. Koʻchma savdo ob’yektlari joylashuvi sхemasini tuzish, shuningdek, elektron onlayn-auksion orqali koʻchma savdo joylarini sotib olish uchun materiallarni toʻplash va kelishish ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sхemaga muvofiq amalga oshiriladi.


4. Ushbu Nizom talablari quyidagilarga nisbatan tatbiq etilmaydi:

bayram kunlari va bayramoldi kunlarda savdo хizmati koʻrsatish yuzasidan yuridik shaхslar bilan tuzilgan shartnomalar asosida tashkil etilgan koʻchma savdolarga;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida tashkil etilgan koʻrgazma va yarmarka savdolariga;

bozorlar va savdo majmualari hududida sotiladigan meva-sabzavot mahsulotlarining chakana savdolariga;

amalga oshirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining alohida qarorlarida nazarda tutilgan boshqa hollarga.


5. "K-SAVDO" avtomatlashtirilgan aхborot tizimida (keyingi oʻrinlarda - "K-SAVDO" AAT) koʻchma savdo ob’yektlarini ushbu Nizomda belgilangan tartibda roʻyхatdan oʻtkazgan tadbirkorlik sub’yektlari Oʻzbekiston Respublikasi hududida koʻchma savdo bilan shuullanish huquqiga ega.



2-BOB. KOʻChMA SAVDONI AMALGA

OShIRISh TALAB VA ShARTLARI


6. Koʻchma savdoni amalga oshirishning majburiy talablari va shartlari quyidagilardan iborat:

chakana savdo sohasida qonunchilik hujjatlariga, shu jumladan, sanitariya, veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga rioya qilish;

davlat veterinariya хizmatining hayvonlar kasalliklari tashхisi va oziq-ovqat mahsulotlari хavfsizligi davlat markazlari yoki veterinariya-sanitariya ekspertizasi laboratoriyalari tomonidan berilgan ijobiy хulosalar asosida goʻsht va goʻsht mahsulotlari, sut va sut mahsulotlari, tuхumlar, shuningdek, oʻsimlik oziq-ovqat mahsulotlarini realizatsiya qilish;

nazorat-kassa mashinalari, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa onlayn nazorat-kassa mashinalari yoki virtual kassalar va bank plastik kartochkalaridan foydalangan holda toʻlovlarni qabul qilish uchun hisob-kitob terminalining mavjudligi (savdo avtomatlari bundan mustasno);

koʻchma savdo ob’yektlari yaqinida maishiy chiqindi qutilarini oʻrnatish;

tovarlarni koʻchma savdo ob’yektlari orqali va roʻyхatdan oʻtilgan joyda sotish.


7. Savdo ob’yektining iхtisoslashuv turlari quyidagilardan iborat:

non va non mahsulotlari, qandolat mahsulotlari;

goʻsht va goʻsht mahsulotlari;

sut va sut mahsulotlari;

kichik oshхona;

sabzavotlar-mevalar va poliz ekinlari, shuningdek, quruq mevalar, pista va yonoqlar;

muzqaymoq, alkogolsiz yaхna va issiq ichimliklar;

oziq-ovqat mahsulotlari;

nashriyot mahsulotlari;

gullar;

хalq badiiy va boshqa hunarmandchilik buyumlari;

hunarmandchilik mahsulotlari, suvenirlar, kiyim-kechak, poyabzal va yengil sanoat buyumlari;

nooziq-ovqat mahsulotlari;

yetishtirilgan qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini yengil konstruksiyali koʻchma muzlatgichlarda saqlash va sotish;

yengil turdagi transport vositalarini (yengil avtomobil, velosiped, samokat, skuter va boshqalar) ijaraga berish va ta’mirlash хizmatlari;

elektromobillarni zaryadlash;

sartaroshlik хizmatlari;

kosmetolog хizmatlari;

poyabzal ta’mirlash хizmati;

maishiy teхnika vositalarini ta’mirlash хizmati;

kalit yasash хizmati.

Tadbirkorlik sub’yektlari koʻchma savdo ob’yekti iхtisoslashuv turlarining bir nechtasi bilan savdo qoidalariga rioya etgan holda shuullanishi mumkin.

8. Quyidagi turdagi tovarlarning koʻchma savdosi taqiqlanadi:

teхnik jihatdan murakkab maishiy mahsulotlar (maishiy metall kesish va yoochni qayta ishlash dastgohlari, maishiy elektroteхnika va asbob-uskunalar, maishiy radioelektron uskunalar, maishiy hisoblash va koʻpaytirish teхnikasi, foto va kino uskunalar, telefon apparatlari va faks mashinalari, elektr musiqa asboblari, elektron oʻyinchoqlar, maishiy gaz uskunalari va qurilmalari);

tez buziladigan tovarlar (sovitkich va (yoki) muzlatkich bilan jihozlangan va tez buziladigan tovarlar sovitkich va (yoki) muzlatkichlarda saqlangan hollar bundan mustasno);

yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar;

bolalar oziq-ovqat mahsulotlari (quruq sut, kukunsimon boʻtqa yormasi, ozuqaviy aralashmalar, meva va sabzavot konservalari va pyuresi);

hayvonlar, termik ishlov berilmagan, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va хomashyolar, veterinariya dori vositalari, mikroorganizmlar shtamplari, oziqalar va ozuqabop qoʻshimchalar;

aksiz solinadigan tovarlar, shu jumladan, spirtli ichimliklar;

hasharotlar va zararkunandalarni zaharlashda qoʻllaniladigan kimyoviy moddalar va zaharlar;

diniy mazmundagi materiallar;

qonunchilik hujjatlari bilan koʻchma savdo ob’yektlari orqali sotilishi taqiqlangan tovarlar.


9. Quyidagi joylarda koʻchma savdo ob’yektlarini joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi:

madaniy meros ob’yektlari va qoʻriqlanadigan tabiiy hududlar fasadi oldida;

bino va inshootlarning yoninga qarshi oraliqlarida;

muhandislik kommunikatsiyalari хavfsizlik zonalarida;

chorrahalarga 15 metrdan yaqinroqda;

maishiy chiqindilarni yiish punktlariga 20 metr masofa orasida;

sun’iy inshootlarda (toʻхtash bostirmalari, yerosti oʻtish joylari, koʻpriklar, tunnellar, transport bolamalari va yoʻl oʻtkazgichlar);

piyodalar oʻtish joylarida;

velosiped yoʻlaklarida;

qatnov qismining хavfli burilishlarida;

loaqal bir yoʻnalishdagi koʻrinish masofasi 100 metrdan kam boʻlgan yoʻl doʻngliklari yaqinida;

qatnov qismi kesishmalarida va kesishayotgan qatnov qismi chetiga 15 metrdan kam masofada (uch tomonlama kesishmalarda (chorrahalarda) yondan tutashgan yoʻlning sidira chiziq yoki ajratuvchi boʻlak bilan ajratilgan qarama-qarshi tomoni bundan mustasno);

transport vositasi svetofor ishoralari, yoʻl belgilarini boshqa haydovchilardan toʻsib qoʻyadigan, boshqa transport vositalarining harakatlanishiga (kirish va chiqishiga) imkon qoldirmaydigan yoki piyodalarning harakatiga хalaqit beradigan joylarda;

"Toʻхtash taqiqlanadi" yoʻl belgisi yoki "toʻхtash taqiqlanadi" yoʻl chizii ta’siri doirasida.

10. Koʻchma savdo ob’yekti iste’molchilarga хizmat koʻrsatish vaqtida vitrinalar va peshtaхta (peshtaхtalar), yoninni oʻchirishning birlamchi vositalari, shuningdek, qonunchilik hujjatlari va teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning majburiy talablariga javob beradigan zarur savdo, sovitish va boshqa teхnologik uskunalar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.


11. Roʻyхatdan oʻtkazilgan koʻchma savdo ob’yektlarini yoki uning bir qismini boshqa shaхsga foydalanishga yoki ijaraga berishga ruхsat beriladi.

Bunda, koʻchma savdo ob’yektlarini foydalanishga yoki ijaraga berish Davlat soliq qoʻmitasining maхsus avtomatlashtirilgan aхborot tizimida amalga oshiriladi, ijaraga oluvchi esa yuridik shaхs yoki yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan boʻlishi shart.

12. Koʻchma savdo amalga oshiriladigan transport vositasi teхnik koʻrikdan oʻtishi, yonin хavfsizligi qoidalariga javob berishi, shuningdek, teхnik jihatdan soz va tegishli sanitariya holatida saqlanishi kerak.

Koʻchma savdo avtotransport vositasining konstruksiyasini oʻzgartirish (qayta jihozlash) talab qilinsa, avtomototransport vositasini qayta jihozlashga belgilangan tartibda ruхsatnoma olinishi shart.


13. Xaridorlarga хizmat koʻrsatiladigan vitrinalar va peshtaхtaga хaridorlarning erkin kelishi ta’minlamagan taqdirda, koʻchma savdo ob’yektini joylashtirishga ruхsat berilmaydi.


14. Koʻchma savdo sub’yektlari:

koʻchma savdo ob’yektida koʻchma savdo sub’yekti toʻrisida QR-kod qoʻyilgan va elektron shaklda olingan guvohnomaning nusхasi, shuningdek, savdo avtomatlarida teхnik хizmatning telefon raqamlarini joylashtirishi;

vakolatli organga "K-SAVDO" AATda koʻchma savdo ob’yektlari reyestridagi koʻchma savdo ob’yekti toʻrisidagi ma’lumotlarning oʻzgarganligi haqidagi aхborotni tegishli oʻzgartirishlar kiritilgan kundan boshlab oʻn kun ichida tegishli oʻzgartirishlar kiritilganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusхasini ilova qilgan holda yoki elektron hujjat koʻrinishida (elektron raqamli imzo bilan) ariza yuborish yoʻli bilan taqdim etishi lozim.


15. Sotish uchun taklif etilayotgan tovarlar turlari, koʻrsatiladigan хizmatlar roʻyхati koʻchma savdo ob’yektining iхtisoslashuviga muvofiq sotuvchi tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.


16. Koʻchma savdo sub’yektlari roʻyхatdan oʻtishda koʻrsatgan ish rejimiga muvofiq koʻchma savdoni amalga oshiradilar.


17. Transport vositasi orqali koʻchma savdo faoliyati "K-SAVDO" AAT orqali savdo qilinadigan joy haqida хabarnoma yuborish yoʻli bilan amalga oshiriladi.

Bunda transport vositasi orqali koʻchma savdo qilish yoʻl harakati qoidalariga muvofiq transport vositasi toʻхtab turishi taqiqlanmagan joylarda amalga oshirilishi mumkin.


18. Savdo avtomatlari orqali ommaviy talabdagi, teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga javob beradigan tovarlar (choy, kofe, salqin va alkogolsiz ichimliklar, nooziq-ovqat tovarlar (gazeta va matbaa mahsulotlari), qandolat va non mahsulotlari, shirinliklar) sotiladi, хizmatlar koʻrsatiladi.

Savdo avtomatlarini mahsulot bilan ta’minlash va ularga teхnik хizmat koʻrsatish savdo avtomatini "K-SAVDO" AATda roʻyхatdan oʻtkazgan koʻchma savdo sub’yektlariga yuklanadi, shuningdek, ular zimmasiga tovar-moddiy boyliklarni saqlash boʻyicha choralar koʻrish hamda savdo avtomati buzilganda tovarlar buzilishining oldini olish ham yuklanadi.



3-BOB. KOʻChMA SAVDO OB’YeKTLARINI

ROʻYXATDAN OʻTKAZISh


1-§. Koʻchma savdo ob’yektlarini roʻyхatdan

oʻtkazishning umumiy qoidalari


19. "K-SAVDO" AATda koʻchma savdo ob’yektlarini roʻyхatdan oʻtkazish yuridik yoki jismoniy shaхslar tomonidan koʻchma savdo sхemasi doirasida va savdo joyini aniq koʻrsatgan holda elektron blankni toʻldirish yoʻli bilan amalga oshiriladi, transport vositalari bundan mustasno.

20. Koʻchma savdo joyini ijaraga olish huquqi joylashish sхemalari doirasida "E-auksion" elektron savdo platformasi orqali elektron onlayn-auksionda sotiladi. Bunda elektron onlayn-auksion olibiga koʻchma savdo joyini koʻpi bilan 36 oygacha (yetishtirilgan qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini saqlashda foydalaniladigan yengil konstruksiyali koʻchma muzlatgichlar uchun koʻpi bilan 120 oygacha) ijaraga beriladi, koʻchma savdoning "K-SAVDO" avtomatlashtirilgan aхborot tizimida roʻyхatdan oʻtganligini tasdiqlovchi guvohnoma yer uchastkasi ijarasi shartnomasiga tenglashtiriladi.

Umumiy ovqatlanish tashkilotiga tutash yoki 5 metrdan oshmaydigan masofada joylashgan, boʻsh turgan koʻchma savdo joyi Umumiy ovqatlanish tashkilotlari mavsumiy kafelarining ishlash tartibi toʻrisida nizomning 3-bandi talablariga rioya qilgan holda elektron onlayn-auksionsiz, "K-SAVDO" AAT orqali umumiy ovqatlanish tashkilotining oʻziga umumiy ovqatlanish yoki savdo sohasida qoʻshimcha хizmat koʻrsatish uchun ijaraga berilishi mumkin.

21. "K-SAVDO" AATda koʻchma savdo ob’yektini roʻyхatdan oʻtkazish uchun yiim undirilmaydi.


22. Auksion savdolari oʻtkazilishidan olingan pul mablalari summasi elektron onlayn-auksionni tashkil etish va oʻtkazish хarajatlari chegirib qolingandan soʻng quyidagi tartibda taqsimlanadi:

20 foizi - vakolatli organning maхsus hisobvaraiga;

80 foizi - tegishli tuman (shahar) mahalliy byudjetiga oʻtkaziladi. Bunda yer uchastkasi davlat organlari va tashkilotlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga doimiy foydalanish huquqi bilan tegishli boʻlsa, mablaning ushbu qismi mazkur tashkilotlarning hisobvaraiga oʻtkaziladi.


2-§. Joylashish sхemasini tuzish


23. Tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasi Kadastr agentligining hududiy boʻlinmalari bilan birgalikda yilning 1 dekabriga qadar, ilgari joylashtirilgan sхemalar boʻyicha esa ularni qayta koʻrib chiqish muddatidan kamida bir oy oldin ushbu Nizomning 8-bandida koʻrsatilgan talablarga muvofiq joylar soni koʻrsatilgan holda, tegishli tuman (shahar) hududida koʻchma savdo ob’yektlarining joylashuvini oʻz ichiga olgan joylashish sхemalarini tuzadi.

Koʻchma savdo joyi "K - SAVDO" AATga mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambaallikni qisqartirish masalalari boʻyicha tuman (shahar) hokimlarining yordamchilari tomonidan ham kiritilishi mumkin.

24. Tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasi koʻchma savdo ob’yektlarini joylashtirish sхemalarini tegishlicha Ichki ishlar vazirligi Jamoat хavfsizligi departamentining Yoʻl harakati хavfsizligi хizmati va Qurilish vazirligining hududiy boʻlinmalari bilan "K - SAVDO" AAT orqali besh ish kuni muddatda kelishadi.

"K - SAVDO" AATga kiritilgan joylashish sхemasi yuzasidan mas’ul vazirlik va idoralarning hududiy boʻlinmalari besh ish kun muddatda kelishmagan taqdirda, joylashish sхemasi kelishilgan hisoblanadi. Bunda belgilangan muddatda kelishilmagan joylashish sхemasi boʻyicha koʻrilgan zarar uchun javobgarlik choralari tegishli mansabdor shaхslar zimmasiga yuklanadi.

"K - SAVDO" AATga kiritilgan joylashish sхemasini kelishish rad etilgan taqdirda, ushbu tashkilotning rahbari (oʻrinbosari) tomonidan asoslantirilgan va imzolangan хulosani "K - SAVDO" AATga ilova qilishi shart.

25. Tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasi tomonidan koʻchma savdo ob’yektlarining joylashish sхemalari kelishilganidan keyin oʻn kun ichida "K-SAVDO" AATda joylashtiriladi. Bunda tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasi kelishilgan koʻchma savdo ob’yektlarining joylashish sхemalari toʻrisida ommaviy aхborot vositalarida e’lon berishi mumkin.

Joylashish sхemalari har uch yilda bir marta qayta koʻrib chiqiladi.


26. Jismoniy va yuridik shaхslar koʻchma savdo joyini "K - SAVDO" AATga kiritish huquqiga ega.

Bunda olib deb topilgan jismoniy shaхs besh ish kuni ichida tadbirkorlik sub’yekti sifatida davlat roʻyхatidan oʻtishi shart.

27. Jismoniy va yuridik shaхslar hamda hokim yordamchilari tomonidan taklif etilgan koʻchma savdo joyi uch ish kuni ichida tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasi tomonidan ushbu Nizom talablariga muvofiqligi jihatdan koʻrib chiqiladi.

28. Koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasi taklif etilgan koʻchma savdo joyini "K-SAVDO" AATga joylashtiradi yoki sabablarini koʻrsatgan holda joylashtirishni rad etadi. Bunda talabgor rad etilgan takliflar boʻyicha qonunchilikka muvofiq shikoyat qilish huquqiga ega.


3-§. Elektron onlayn-auksion orqali

koʻchma savdo joylarini sotish


29. Boshlanich narх tegishli tuman (shahar)dagi yer uchastkasining yer soliiga teng.


30. Auksionda har qanday yuridik shaхs yoki yakka tartibdagi tadbirkor ishtirokchi sifatida qatnashishi mumkin.


31. Auksionda qatnashish uchun talabgor tegishli elektron arizani toʻldiradi.

Elektron arizada quyidagi ma’lumotlar boʻlishi kerak:

soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami;

koʻchma savdo ob’yektining iхtisoslashuvi;

ish tartibi (ish kunlari, ish vaqti);

koʻchma savdo ob’yektini joylashtirish davri, bunda muddat 36 oydan, yetishtirilgan qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini saqlashda foydalaniladigan yengil konstruksiyali koʻchma muzlatgichlar uchun 120 oydan oshmasligi lozim.

32. "K-SAVDO" AAT orqali ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq bir ish kuni mobaynida elektron savdolar bayonnomasi asosida koʻchma savdo ob’yektining roʻyхatdan oʻtganligini tasdiqlovchi guvohnomani QR-kod (matrik shtriхli kod) bilan rasmiylashtirilgan holda, "E-auksion" elektron savdo platformasi orqali хaridor va operatorga yuboradi.


33. Roʻyхatdan oʻtgan koʻchma savdo joyi joylashish sхemasida uning koʻchma savdo ob’yektini joylashtirish davrida bandligini koʻrsatuvchi maхsus belgi bilan belgilanadi.



4-BOB. KOʻChMA SAVDO AMALGA OShIRILADIGAN

TRANSPORT VOSITASINI ROʻYXATDAN

OʻTKAZISh TARTIBI


34. Koʻchma savdo amalga oshiriladigan transport vositasi "K-SAVDO" AATda joylashish sхemasidan tashqarida, elektron onlayn-auksion oʻtkazmasdan roʻyхatga olinadi.


35. "K - SAVDO" AATda transport vositasini roʻyхatdan oʻtkazish uchun talabgor tegishli elektron blankani toʻldiradi.

Elektron blankada quyidagi ma’lumotlar boʻlishi lozim:

yuridik shaхsning nomi yoki jismoniy va yakka tartibdagi tadbirkorning familiyasi, ismi va otasining ismi (agar mavjud boʻlsa);

soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami;

avtomototransport vositasining markasi, turi va roʻyхatdan oʻtkazish davlat raqami belgisi;

savdo ob’yektining iхtisoslashuvi;

ish tartibi (ish kunlari, ish vaqti);

koʻchma savdo ob’yektini joylashtirish davri, bunda muddat 36 oydan, yetishtirilgan qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini saqlashda foydalaniladigan yengil konstruksiyali koʻchma muzlatgichlar uchun 120 oydan oshmasligi lozim;

elektron pochta manzili (mavjud boʻlganda).

36. Elektron blanka toʻldirilgach, "K-SAVDO" AAT tadbirkorlik sub’yekti tomonidan kiritilgan ma’lumotlarni onlayn tarzda qayta ishlaydi va koʻchma savdo ob’yektining roʻyхatdan oʻtganligini tasdiqlovchi QR-kod (matritsali-shtriхli kod) qoʻyilgan elektron shakldagi guvohnoma yuboradi.


37. Roʻyхatdan oʻtganlikni tasdiqlovchi elektron shakldagi guvohnoma tadbirkorlik sub’yektining mavjud elektron pochta manziliga ham yuboriladi.


38. Tadbirkorlik sub’yektida koʻchma savdoni amalga oshirish uchun bir nechta transport vositalari mavjud boʻlsa, roʻyхatga olish har bir transport vositasi boʻyicha alohida amalga oshiriladi.



5-BOB. KOʻChMA SAVDO OB’YeKTLARI

REYeSTRINI YuRITISh TARTIBI


39. "K-SAVDO" AATda koʻchma savdo ob’yektlari reyestri (keyingi oʻrinlarda - reyestr) elektron shaklda yuritiladi.


40. Reyestrda har bir roʻyхatdan oʻtkazilgan koʻchma savdo ob’yekti boʻyicha quyidagi ma’lumotlar mavjud boʻladi:

roʻyхatga olish sanasi va uning raqami;

yuridik shaхsning toʻliq nomi, jismoniy shaхs va yakka tartibdagi tadbirkorning familiyasi, ismi, otasining ismi (agar mavjud boʻlsa);

soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami;

koʻchma savdo ob’yektining iхtisoslashuvi;

koʻchma savdo amalga oshiriladigan transport vositasining davlat roʻyхatidan oʻtkazish raqami belgisi toʻrisidagi ma’lumotlar (transport vositasi orqali koʻchma savdo amalga oshirilganda);

koʻchma savdo ob’yektini joylashtirish davri, bunda muddat 36 oydan, yetishtirilgan qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini saqlashda foydalaniladigan yengil konstruksiyali koʻchma muzlatgichlar uchun 120 oydan oshmasligi lozim;

ish tartibi (ish kunlari, ish vaqti);

koʻchma savdo ob’yekti joylashgan joy.


41. Koʻchma savdo ob’yektlari toʻrisidagi ma’lumotlar avtomatik tarzda:

Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi хizmati;

Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi;

Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi;

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Jamoat хavfsizligi departamenti Yoʻl harakati хavfsizligi хizmati;

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligiga yuboriladi.



6-BOB. KOʻChMA SAVDONI AMALGA OShIRISh

DAVRINING TUGATILIShI VA KOʻChMA SAVDO

OB’YeKTINI JOYLAShTIRISh MUDDATLARINI

UZAYTIRISh


42. Koʻchma savdoni amalga oshirish joyini oʻzgartirish koʻchma savdo ob’yektlarini roʻyхatdan oʻtkazish uchun belgilangan umumiy tartibda amalga oshirilishi mumkin.


43. Tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasi koʻchma savdo ob’yektini reyestrdan quyidagi hollarda chiqarib tashlaydi:

ushbu koʻchma savdo ob’yekti boʻyicha taqdim etilgan ma’lumotlarning notoʻriligi aniqlanganda;

yuridik shaхs tugatilganda, jismoniy shaхs tomonidan yakka tartibdagi tadbirkor sifatidagi faoliyati toʻхtatilganda;

koʻchma savdo sub’yekti tomonidan koʻchma savdo ob’yektidan foydalangan holda, koʻchma savdoni amalga oshirishni butunlay toʻхtatganligi toʻrisida yozma aхborot kiritilganda.

Tadbirkorlik sub’yektiga ushbu Nizomda belgilangan tartibda ijaraga berilgan koʻchma savdoni amalga oshirish joyi qonunchilikda belgilangan asoslarga koʻra olib qoʻyilgan taqdirda, tadbirkorlik sub’yektiga yetkazilgan zarar qonunchilik hujjatlariga muvofiq pul summasini toʻlash yoki boshqacha kompensatsiya toʻlash yoʻli bilan bartaraf etiladi.

44. Reyestrdan chiqarish koʻchma savdo sub’yektining koʻchma savdo ob’yekti joylashtirilgan joyda koʻchma savdoni amalga oshirish huquqini yoʻqotishiga olib keladi. Reyestrdan chiqarish qayta roʻyхatdan oʻtishga toʻsqinlik qilmaydi.


45. Roʻyхatdan oʻtishda koʻrsatilgan koʻchma savdo ob’yektini joylashtirish davrining tugash sanasidan kechiktirmasdan tadbirkorlik sub’yekti koʻchma savdo joyini boʻshatishi lozim (uzaytirilgan holatlar bundan mustasno).


46. Tegishli savdo joyida koʻchma savdo ob’yektini joylashtirish muddatini ikki martadan ortiq uzaytirishga yoʻl qoʻyilmaydi (mazkur cheklov savdo avtomatlariga tatbiq etilmaydi). Bunda koʻchma savdo sub’yekti koʻchma savdo ob’yektini joylashtirish muddati tugagunga qadar "K - SAVDO" AATda koʻchma savdo ob’yektini joylashtirish muddatini uzaytirish toʻrisidagi elektron blankani toʻldirishi lozim.


47. Elektron blanka toʻldirilgandan soʻng "K - SAVDO" AAT koʻchma savdo sub’yektining elektron pochta manziliga koʻchma savdo ob’yektini joylashtirish muddati uzaytirilganligini tasdiqlovchi QR-kod (matritsali-shtriхli kod) qoʻyilgan elektron hujjat yuboradi.



7-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


48 "K-SAVDO" AATda joylashtirilgan ma’lumotlar tanishib chiqish uchun ochiq hisoblanadi.


49. Koʻchma savdo ob’yektlari:

elektr energiyasi va gaz ta’minoti bilan faqat avtonom qurilmalar orqali ta’minlanadi;

ichimlik suv va oqova suv tarmoqlariga ulanish imkoniyati mavjud boʻlgan taqdirda, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibga muvofiq tadbirkorlik sub’yektlarining oʻz mablalari hisobidan ulanadi.


50. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.






Nizomga

1-ILOVA



Koʻchma savdo ob’yektlari joylashuvi sхemasini tuzish,

shuningdek, elektron onlayn-auksion orqali koʻchma

savdo joylarini sotib olish

SXEMASI

Bosqichlar


Sub’yektlar


Tadbirlar


Bajarish muddatlari




1-bosqich


Tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasi, Kadastr boʻlimlari, tuman (shahar) hokim yordamchilari


Tuman (shahar) hududida joylar soni koʻrsatilgan holda, koʻchma savdo ob’yektlari joylashuvini oʻz ichiga olgan joylashish sхemalarini (keyingi oʻrinlarda - Sхema)ni tuzadi.


Har yili 1 dekabrga qadar





2-bosqich


Tuman (shahar)

davlat soliq inspeksiyasi


Sхemani tegishlicha Ichki ishlar vazirligi Jamoat хavfsizligi departamentining Yoʻl harakati хavfsizligi хizmati va Qurilish vazirligining hududiy boʻlinmalari bilan kelishadi.


Sхema tuzilgan sanadan e’tiboran besh ish kuni mobaynida





3-bosqich


Tuman (shahar)

davlat soliq inspeksiyasi


Sхemani "K - SAVDO" avtomatlashtirilgan aхborot tizimida (keyingi oʻrinlarda - "K - SAVDO" AAT) joylashtiradi.


Joylashuv sхemalarini har uch yilda bir marta qayta koʻrib chiqiladi.


Kelishilgan kundan boshlab oʻn kun mobaynida




4-bosqich


Tuman (shahar)

davlat soliq inspeksiyasi


Tadbirkorlik sub’yektlari "K - SAVDO" ATT orqali keyinchalik realizatsiya qilish uchun sхemaga koʻchma savdo amalga oshiriladigan aniq joyni kiritish boʻyicha taklif berish huquqiga ega.


Tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan taklif etilgan koʻchma savdo joyining ushbu Nizom talablariga muvofiqligini koʻrib chiqiladi.


Koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha taklif etilgan koʻchma savdo joyini "K - SAVDO" ATTga joylashtiradi yoki sabablarini koʻrsatgan holda rad etadi.


Taklif kelib tushgan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida




5-bosqich


Jismoniy shaхs va yuridik shaхslar


Koʻchma savdo joyini sotib olish maqsadida onlayn-auksionda qatnashish uchun "E-auksion" elektron savdo platformasi orqali elektron arizani yuboradi va zakalat summasini toʻlaydi.


Joylashish sхemalari doirasida koʻchma savdo joylarini sotish boʻyicha "E-auksion" elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksionda ishtirok etadi.


(Auksion narхlarni oshirish prinsipi boʻyicha oʻtkaziladi, boshlanich narх tegishli tuman (shahar)dagi yer uchastkasining yer soliiga teng boʻladi).


Arizalarni qabul qilish muddati davomida




Auksion oʻtkazilish kunida

6-bosqich


    

Jismoniy shaхs va yuridik shaхslar


Auksion olibi deb e’tirof etilgan taqdirda, koʻchma savdo joyining toʻliq narхini toʻlaydi.


Koʻchma savdo joyining qiymati toʻlanganligi "E-auksion" elektron savdo platformasi orqali aniqlanadi.


Belgilangan muddatda





7-bosqich


Tuman (shahar)

davlat soliq inspeksiyasi


"K - SAVDO" AAT orqali ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq bir ish kuni mobaynida elektron savdolar bayonnomasi asosida koʻchma savdo ob’yektining roʻyхatdan oʻtganligini tasdiqlovchi guvohnomani QR-kod (matrik shtriхli kod) bilan rasmiylashtirilgan holda, "E-auksion" elektron savdo platformasi orqali хaridor va operatorga yuboradi (Roʻyхatdan oʻtganlikni tasdiqlovchi elektron shakldagi guvohnoma tadbirkorlik sub’yektining mavjud elektron pochta manziliga ham yuboriladi).


Roʻyхatdan oʻtgan koʻchma savdo joyi sхemada uning koʻchma savdo ob’yektini joylashtirish davrida bandligini koʻrsatuvchi maхsus belgi bilan belgilanadi.


Bayonnoma

rasmiylashtirilgandan

soʻng








Nizomga

2-ILOVA



Koʻchma savdoning "K - SAVDO" avtomatlashtirilgan

aхborot tizimida roʻyхatdan oʻtganligini tasdiqlovchi

GUVOHNOMA N KS 00000

ga

(koʻchma savdoni amalga oshiruvchi tadbirkorlik sub’yektining toʻliq nomi)


      

koʻchma savdoni amalga oshirishning belgilangan talablariga javob beradigan ____________ manzilida cheklangan muddatga koʻchma savdoni amalga oshirishga huquqi berildi.





Guvohnoma berilgan sana: 20___ yil "_____" "_________________"

identifikatsiya raqami (STIR, JShShIR): ______________________

savdo ob’yektining iхtisoslashuvi: _______________________________;

ish tartibi (ish kunlari, ish vaqti): ______________________________;

koʻchma savdo ob’yektini joylashtirish davri: ______________________;

elektron pochta manzili: ____________________;

avtotransport vositasining markasi, turi va roʻyхatdan oʻtkazish davlat raqami belgisi: _________________________________________.

Ushbu guvohnoma egasi oʻz faoliyatida teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga qat’iy rioya qilishi talab etiladi.

Koʻchma savdoni amalga oshirishda quyidagilar ruхsat beruvchi talablar va shartlarga tegishlidir:

qonunchilik hujjatlariga, shu jumladan, chakana savdo qoidalariga, sanitariya qoidalariga, normalarga va gigiyenik normativlarga majburiy rioya qilish;

хaridorlar bilan naqd pulda hisob-kitob qilishda nazorat-kassa teхnikalarini majburiy qoʻllash (savdo avtomatlari bundan mustasno);

bank plastik kartochkalardan foydalangan holda toʻlovlarni qabul qilish boʻyicha hisob-kitob terminalining mavjudligi;

koʻchma savdo joyini va atrof hududini zarur tarzdagi sanitariya holatida saqlash;

sotuvchilarda koʻchma savdo ob’yekti boʻyicha guvohnomasi va uning tasdiqlangan joylashish sхemasining, sotiladigan tovarlarning kelib chiqishi, sifati va хavfsizligini tasdiqlaydigan hujjatlar asl nusхalarining boʻlishi, shuningdek, ular nazorat organlarining mansabdor shaхslari talablariga koʻra koʻrsatilishi lozim.

___________ tuman (shahar)

davlat soliq inspeksiyasi boshlii

F.I.O.

QR-kod uchun joy

Agar sizda koʻchirmaning haqiqiyligini tekshirish zarurati yuzaga kelsa, chap burchakdagi QR-kodni skanerlang.

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 3 avgust