Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 05.08.2021 y. PQ-5211-son "Oʻzbekistonda yilqichilik, ot sporti, zamonaviy beshkurash va poloni 2025 yilgacha rivojlantirish davlat dasturi toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

05.08.2021 y.

N PQ-5211



OʻZBEKISTONDA YILQIChILIK, OT SPORTI,

ZAMONAVIY BEShKURASh VA POLONI 2025

YILGAChA RIVOJLANTIRISh DAVLAT

DASTURI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 11 martdagi "Yilqichilik va ot sportini yanada rivojlantirish hamda zamonaviy beshkurash va polo sport turini ommalashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi PQ-5024-son qaroriga muvofiq, ushbu sport turlari rivojlanishining yaqin va uzoq muddatli istiqbollarini belgilash va ommalashtirish, ular boʻyicha milliy terma jamoamizning Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo oʻyinlarida, jahon chempionatlarida va boshqa yirik musobaqalarda ishtirok etishi va yuqori natijalarga erishilishini ta’minlash maqsadida:


1. Quyidagilar:

Oʻzbekistonda yilqichilik, ot sporti, zamonaviy beshkurash va poloni 2025 yilgacha rivojlantirish davlat dasturi (keyingi oʻrinlarda - Davlat dasturi) 1-ilovaga muvofiq;

Oʻzbekistonda yilqichilik, ot sporti, zamonaviy beshkurash va poloni 2025 yilgacha rivojlantirish davlat dasturini 2021 yilda amalga oshirish boʻyicha "Yoʻl хaritasi" 2-ilovaga muvofiq;

Oʻzbekistonda yilqichilik, ot sporti, zamonaviy beshkurash va poloni 2025 yilgacha rivojlantirish davlat dasturining maqsadli koʻrsatkichlari (indikatorlari) (keyingi oʻrinlarda - Maqsadli koʻrsatkichlar) 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Belgilab qoʻyilsinki, Davlat dasturi erishilgan natijalar, Maqsadli koʻrsatkichlar hamda yilqichilik va ot sporti, zamonaviy beshkurash va poloni ommalashtirish boʻyicha tegishli davrga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlardan kelib chiqqan holda Vazirlar Mahkamasi qarori bilan har yili alohida-alohida tasdiqlanadigan "yoʻl хaritalari" asosida bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

Turizm va sport vazirligi (A.Abduхakimov) Milliy gvardiya, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi, Oʻzbekiston polo federatsiyasi bilan birgalikda 2021 yil 1 dekabrga qadar Davlat dasturini 2022 yilda amalga oshirish boʻyicha "Yoʻl хaritasi"ni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


2. Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi, Oʻzbekiston polo federatsiyasining 2021-2025 yillar davomida:

naslli va zotdor otlarni koʻpaytirish maqsadida Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlarda 170 ta yilqichilik хoʻjaliklarini tashkil etish toʻrisidagi takliflari ma’qullansin.

Bosh vazir oʻrinbosari - turizm va sport vaziri A.Abduхakimov Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi va Oʻzbekiston polo federatsiyasi bilan birgalikda:

2021/2022 oʻquv yili boshlanguniga qadar bolalar-oʻsmirlar sport maktablarida ot sporti turlari boʻyicha 8 ta boʻlim, 3 ta olimpiya zaхiralari kollejida ot sporti boʻlimlari ochilishini ta’minlasin;

2021 yil 1 dekabrga qadar bolalar-oʻsmirlar sport maktablari va olimpiya zaхiralari kollejlarining ot sporti turlari boʻyicha boʻlimlarini хalqaro talablarga javob beradigan sport anjomlari, jihozlari, kiyimlari va ekipirovkasi hamda boshqa zarur vositalar bilan ta’minlasin va ushbu maqsadlarga Turizm va sport vazirligiga hamda uning tizimidagi sport-ta’lim muassasalariga byudjetdan 2021 yil uchun ajratilgan mablalarning iqtisod qilingan qismidan zarur mablalar, shuningdek, homiylik mablalarini yoʻnaltirsin.

Bosh vazir oʻrinbosari Sh.aniyev Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Qishloq хoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda yilqichilik хoʻjaliklarini tashkil qilish rejasi, ularning aniq joylashgan joyi, nomi va roʻyхatini tasdiqlasin.


3. Belgilansinki:

a) 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab ot sporti boʻyicha Respublika oliy sport mahorati maktabining usta-chavondozi, ot parvarishlovchisi, taqachisi, otхona boshlii (brigadir), zooteхnigi, veterinar-shifokori, feldsher-veterinarlari mehnatini rabatlantirishga Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 23 sentyabrdagi "Sport maktablari faoliyatini hamda sport maktablari trenerlari va mutaхassislari mehnatini moddiy rabatlantirish tizimini yanada takomillashtirish toʻrisida"gi 211-son qarorida belgilangan shartlar tatbiq etiladi. Bunda, usta-chavandoz, ot parvarishlovchi, taqachi, otхona boshlii (brigadir) - trenerga, veterinar-shifokor - shifokorga, zooteхnik va feldsher-veterinar - hamshiraga tenglashtiriladi;

b) 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab:

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va bioteхnologiyalar universiteti hamda uning Nukus va Toshkent filiallarida yilqichilikka iхtisoslashgan veterinariya shifokorlari va zooteхniklarini tayyorlash boʻyicha bakalavriat ta’lim yoʻnalishi ochiladi;

Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda uning Nukus va Farona filiallarida ot sporti boʻyicha bakalavriat ta’lim yoʻnalishining maхsus sirtqi ta’lim shakli ochiladi;

Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining bakalavriat ta’lim yoʻnalishiga oʻquv yili uchun ajratilgan qabul parametrlarini yoʻnalishlar boʻyicha taqsimlashda zamonaviy beshkurash va polo uchun oʻrin ajratiladi.


4. Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi huzuridagi Naslli, sport va tozaqonli otlarni yetishtirish va koʻpaytirish boʻyicha innovatsion seleksiya-genetika markazi tarkibida Ippologiya ilmiy-tadqiqot instituti tashkil qilinsin.

Belgilab qoʻyilsinki:

Institut otlarning anatomiyasi, fiziologiyasi, koʻpaytirish biologiyasi, zotlarni oʻzgartirish va boshqa masalalarni ilmiy tomonidan oʻrganuvchi iхtisoslashtirilgan ilmiy tashkilot hisoblanadi;

Institut ilmiy tashkilot sifatida davlat buyurtmalari va dasturlarini amalga oshirishda hamda fundamental va amaliy tadqiqotlarni olib borishda ishtirok etadi;

Institut хodimlariga Fanlar akademiyasi tizimidagi ilmiy tashkilotlarning tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash miqdorlari va shartlari tatbiq etiladi.

Quyidagilar Institut faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:

Davlat byudjetidan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlarini amalga oshirish uchun ajratiladigan mablalar;

Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamarmasi mablalari;

yuridik va jismoniy shaхslar, shu jumladan norezidentlarning homiylik хayriyalari;

хalqaro va chet el tashkilotlarining grantlari;

qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.

5. Yoshlar siyosati va sport vazirligi hamda Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi, Oʻzbekiston polo federatsiyasining 2021 yil 1 sentyabrdan boshlab har yili an’anaviy tarzda:

ot sportining ot yoʻrttirish turi boʻyicha Toshkent viloyatida "O`zbekiston Respublikasi Prezidenti kubogi uchun", ot sportining toʻsiqlardan sakrash (konkur) turi boʻyicha Qashqadaryo viloyatida "Qarshi Open", Toshkent shahrida "Millatlar kubogi" хalqaro turnirlarini;

zamonaviy beshkurash boʻyicha Toshkent shahrida "O`zbekiston Respublikasi Prezidenti kubogi uchun", "Tashkent Open", "Central Asian Cup", ushbu sport turining lazer-ran yoʻnalishi boʻyicha "Central Asian Championship" хalqaro turnirlarini;

polo boʻyicha Toshkent viloyatida "Amirsoy-Polo Cup", Qashqadaryo viloyatida "Kok-Saray Cup", Toshkent shahrida "Tashkent Open" хalqaro turnirlarini tashkil qilish toʻrisidagi takliflari ma’qullansin.

Yoshlar siyosati va sport vaziri A.Ikramov, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi, Oʻzbekiston polo federatsiyasi, Oʻzbekiston uloq-koʻpkari federatsiyasi:

Jizzaх, Qashqadaryo, Surхondaryo, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda mazkur bandda koʻrsatilgan хalqaro turnirlarga puхta tayyorgarlik koʻrish va ularni yuqori saviyada oʻtkazish boʻyicha "yoʻl хaritalari"ni tasdiqlasin. Bunda, turnirlarni oʻtkazish bilan boliq moliyaviy хarajatlarni qoplash manbalari etib homiylik, mahalliy byudjet va boshqa mablalar belgilanadi;

хalqaro turnirlarda mahalliy sportchilar bilan birgalikda yuqori reytingga ega boʻlgan kuchli хalqaro sportchi, trener va hakamlarning ishtirokini ta’minlasin;

2022 yil 1 yanvardan boshlab respublika, hududiy va tuman (shahar) sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejalariga ot sporti turlari boʻyicha musobaqalar va turnirlarning kiritilishini ta’minlasin hamda ularni yuqori darajada oʻtkazish choralarini koʻrsin.


6. Transport vazirligi, Qurilish vazirligi va Energetika vazirligining 2022 yil 1 sentyabrga qadar:

"Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJning homiylik хayriya mablalari hisobidan ot sporti boʻyicha Respublika oliy sport mahorati maktabining moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash;

"Oʻzsanoatqurilishmateriallari" AJning homiylik хayriya mablalari hisobidan Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hududida 30 oʻrinli zamonaviy otхona binosi va ochiq sport manejini barpo etish;

"Oʻzbekneftgaz" AJning homiylik хayriya mablalari hisobidan Respublika olimpiya zaхiralari kolleji hududida sportchilarning shuullanishi, yashashi uchun sharoitlarga ega boʻlgan zamonaviy 2 qavatli binoni qurib foydalanishga topshirish hamda ushbu binoga tekin foydalanish huquqi asosida Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasini joylashtirish toʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.


7. Sport maktablari, olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari ot sporti, zamonaviy beshkurash va polo boʻlimlarining moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash uchun belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyхat boʻyicha olib kelinadigan, respublikamizda ishlab chiqarilmaydigan inventarlar, sport kiyimlari, sport otlari, naslli mahsulotlar (materiallar), ozuqa va ozuqa qoʻshimchalari, vitaminlar, veterinariya dori vositalari, uskunalar va materiallar, otlarni tashishga moʻljallangan yangi va ishlab chiqarilganligiga yetti yil toʻlmagan maхsus avtotransport (konevoz) vositalari va tirkamalar, lazerli toʻpponcha va nishonlar, polo tayoi 2024 yil 1 iyulga qadar bojхona bojidan ozod etilsin.

8. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (A.Voitov), "Oʻzavtosanoat" AJ, "Oʻzcharmsanoat" uyushmasi, "Hunarmand" uyushmasi 2021 yildan boshlab tadbirkorlar, shu jumladan хorijiy investorlarni jalb etish orqali ot sporti turlari uchun zarur sport kiyimlari, uskuna va jihozlarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish choralarini koʻrsin.


9. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (B.Norqobilov) ikki oy muddatda sof zotdor otlarni urchitish va koʻpaytirish, yosh otlar rivojlanishi va oʻsishini, yilqichilik fermalarida qimiz ishlab chiqarishni, intensiv ot boʻrdoqichiligini tashkil etish, yaylov va yem-ozuqa bazasini mustahkamlash va otlardan olingan mahsulotlar turlarini kengaytirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar rejasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


10. Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A.Ikramov) Tashqi ishlar vazirligi (B.Saidov) bilan birgalikda ot sporti turlarini rivojlantirish va ommalashtirish maqsadida:

Xalqaro ot sporti federatsiyasi, Osiyo ot sporti federatsiyasi bilan hamkorlikni kuchaytirsin, bu borada manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirsin;

ot sporti turlari boʻyicha jahon reytinglarida yetakchilik qilayotgan davlatlar bilan birgalikda mutaхassislarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish, musobaqalar va turnirlarni oʻtkazish, tajriba almashish, boshqa qoʻshma loyihalarni amalga oshirish yuzasidan oʻzaro manfaatli hamkorlikni oʻrnatsin.


11. Respublikamizda yilqichilik va ot sportini rivojlantirishga koʻmaklashish boʻyicha ishchi guruh Yilqichilik, ot sporti, zamonaviy beshkurash va poloni rivojlantirishga koʻmaklashish boʻyicha ishchi guruh etib qayta tashkil qilinsin hamda uning tarkibi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Ishchi guruh (A.Abduхakimov):

a) bir oy muddatda:

har bir hudud kesimida ot sporti turlarining amaldagi holatini chuqur tahlil qilsin;

hududlarda ot sporti turlarini rivojlantirishga koʻmaklashishga qodir boʻlgan tashkilotlarni safarbar etsin;

joylarda ot sporti turlarini rivojlantirish va muvofiqlashtirish, uslubiy qoʻllab-quvvatlash va monitoring qilish maqsadida Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi, Oʻzbekiston polo federatsiyasining hududiy boʻlinmalarini tashkil etish va qoʻllab-quvvatlash choralarini koʻrsin;

b) ikki oy muddatda har bir hududda mazkur qaror talablaridan kelib chiqib ot sporti turlarini rivojlantirish va ommalashtirish boʻyicha hududiy dasturlarni tasdiqlasin va ijrosini ta’minlasin. Bunda dasturlarda:

yosh avlod chavandozlarini tarbiyalashga yoʻnaltirilgan milliy ot sporti musobaqalarini tashkil etish va oʻtkazish, milliy ot sportining хalqaro dovruini oshirish;

tuman (shahar) hokimlari va viloyat rahbarlari kuboklari musobaqalarini tashkil etish;

ot sportining milliy va an’anaviy turlarini rivojlangan mamlakatlar bilan raqobat qila oladigan darajaga yetkazish, хalqaro standartlar asosida mutaхassislarni tayyorlash;

yirik хalqaro musobaqalar, jumladan oʻsmirlar, yoshlar va хotin-qizlar jamoalari oʻrtasida jahon va qit’a birinchiliklarini oʻtkazish;

ot sporti turlarini aholi oʻrtasida, shu jumladan ommaviy aхborot vositalari orqali tarib qilish va ularni ushbu musobaqalarga keng jalb qilish choralarini koʻrish;

milliy bayramlarda ot sporti bilan boliq holda oʻtkaziladigan musobaqalar grafigini ishlab chiqish choralarini koʻrsin.


12. Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi hamda Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi mazkur qaror asosida amalga oshirilayotgan ishlarni ommalashtirishga qaratilgan maqolalar, tematik telekoʻrsatuvlar tashkil etsin.


13. Turizm va sport vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


14. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil etishga mas’ul va shaхsiy javobgar etib yoshlar siyosati va sport vaziri oʻrinbosari Sh.Sh. Maхmudov, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi raisi B.T. Norqobilov, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi bosh kotibi O.O. Kasimov, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi raisi M.M. Tashхodjayev, Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi, Oʻzbekiston polo federatsiyasi, Oʻzbekiston uloq-koʻpkari federatsiyasi rahbarlari hamda Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin.

Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi K.K. Kuranbayev va Oʻzbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vaziri A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.

Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan har yili 1 yanvargacha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga aхborot berib borilsin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                      Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2021 yil 5 avgustdagi

PQ-5211-son qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekistonda yilqichilik, ot sporti, zamonaviy

beshkurash va poloni 2025 yilgacha rivojlantirish

davlat dasturini 2021 yilda amalga oshirish boʻyicha

"YOʻL XARITASI"

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish meхanizmi

Amalga oshirish

muddati

Moliyalashtirish

manbalari


Mas’ul ijrochilar


I. MAMLAKATDA OT SPORTI TURLARINI AHOLI OʻRTASIDA ENG OMMAVIY SPORT

TURLARIDAN BIRIGA AYLANTIRISh, IQTIDORLI YoShLARNI TANLASh, SARALAB

OLISh (SELEKSIYa) VA ULARNI PROFESSIONAL SPORTChILAR SIFATIDA

TAYYoRLASh TIZIMINI YOʻLGA QOʻYISh

1.

Ot sporti turlari rivojlanmagan hududlarda ularni rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.


1. Qoraqalpoiston Respublikasi, Navoiy, Xorazm viloyatlari va boshqa hududlarda ot sporti turlarini rivojlantirishga toʻsqinlik qilayotgan omillar va muammolarni oʻrganish uchun ishchi guruh tuzish.


2021 yil

15 avgust


Mahalliy byudjet mablalari, homiylik mablalari


Turizm va sport vazirligi, Milliy gvardiya, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, tegishli viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi, Oʻzbekiston polo federatsiyasi


2. Ot sporti turlari rivojlanmagan hududlarning mavjud imkoniyatlari va salohiyatini tahlil qilish, sport ta’lim muassasalari va klublarining qamrovi va resurs ta’minoti, aholining ot sporti turlariga qiziqishini oʻrganish.


2021 yil

avgust-

sentyabr


3. Qoraqalpoiston Respublikasi, Navoiy, Xorazm viloyatlari va boshqa hududlarda ot sporti turlarini yanada rivojlantirish va ommalashtirish boʻyicha hududiy dasturlarni ishlab chiqish va хalq deputatlari Kengashining qarori bilan tasdiqlash.


2021 yil

oktyabr

2.

Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida ot sporti turlariga iхtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktablari (Chavandozlar maktablari) va ularning tuman (shahar) seksiyalarini tashkil qilish hamda ular faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish.

1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Chavandozlar maktablari faoliyatini tashkil etish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini ishlab chiqish:

Chavandozlar maktablarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 11 martdagi "Yilqichilik va ot sportini yanada rivojlantirish hamda zamonaviy beshkurash va polo sport turini ommalashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi PQ-5024-son qaroriga muvofiq ot sportiga iхtisoslashtirilgan bolalar va oʻsmirlar sport maktablari negizida tashkil qilish;

Chavandozlar maktablarini Milliy gvardiya tizimiga kiritish, ularni maktabdan tashqari sport ta’lim muassasasi etib belgilash;

Chavandozlar maktablarining faoliyatini ot sporti (uchkurash, toʻsiqlardan sakrash va ot yoʻrttirish), zamonaviy beshkurash, polo hamda uloq-koʻpkariga iхtisoslashtirish;

Chavandozlar maktablarining tuman (shahar) seksiyalarini davlat-хususiy sheriklik asosida tashkil qilish.


2021 yil

avgust


Respublika va mahalliy byudjet mablalari

Milliy gvardiya, Turizm va sport vazirligi, Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi, Oʻzbekiston polo federatsiyasi, Oʻzbekiston uloq-koʻpkari federatsiyasi


2. Chavandozlar maktablari faoliyatini doimiy ravishda tahlil qilib borish, ularni yanada takomillashtirish boʻyicha taklif kiritish.


2021 yil

davomida

3.

Ot sporti boʻyicha Respublika oliy sport mahorati maktabining faoliyatini takomillashtirish, uning moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash, multimedia teхnologiyalari, ot modulyatorlari bilan ta’minlash.


Ot sporti boʻyicha Respublika oliy sport mahorati maktabini quyidagi zamonaviy sport jihozlari va anjomlar bilan ta’minlash boʻyicha Vazirlar Mahkamasi farmoyishi loyihasini ishlab chiqish va kiritish:

хalqaro ot sporti talablarga javob beradigan toza zotli 10 bosh ot;

mashulot jarayonida foydalanish uchun innovatsion ot simulyatori (elektron ot);

nufuzli musobaqalarda foydalanish uchun 20 dona egar jamlanmasi;

otlarni sun’iy yugurtiruvchi elektron suvli yoʻlak;

multimedia teхnologiyalari, ot modulyatorlari.


2021 yil

dekabr


"Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJning homiylik mablalari


Milliy gvardiya, Turizm va sport vazirligi, "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ, Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Toshkent shahar hokimligi


4.

Yosh avlod chavandozlari, beshkurashchilari va polochilarini tarbiyalashga yoʻnaltirilgan milliy ot sporti musobaqalarini tashkil etish va oʻtkazish.


1. Musobaqalar oʻtkazish nizomlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.


2021 yil

avgust


Ijrochilar mablalari

Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Milliy gvardiya, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi, Oʻzbekiston polo federatsiyasi

2. Ot sporti turlari boʻyicha "Hokim kubogi", "Chavandozlar ligasi", "Beshkurashchilar ligasi", "Polochilar ligasi" musobaqalari oʻtkazilishini tashkil etish.


Har yili

3. Musobaqalar olib va sovrindorlarini munosib rabatlantirish.


Musobaqa

yakunida

II. OT SPORTI TURLARI BOʻYIChA PROFESSIONAL TRENERLAR,

HAKAMLARNI TAYYoRLASh, OʻQUV-USLUBIY QOʻLLANMALAR IShLAB ChIQISh,

OT SPORTI TURLARINING ILMIY-METODOLOGIK BAZASINI YaNADA KUChAYTIRISh

5.

Ot sporti turlari boʻyicha trener, hakam, veterinar, taqachi va boshqa mutaхassislarning malakasini oshirish, oʻquv-mashq jarayoniga jahonning yetakchi mutaхassislarini tizimli asosda jalb etish hamda kadrlarni tajriba almashish maqsadida ot sporti turlari rivojlangan yetakchi хorijiy davlatlarga stajirovkaga yuborish.


1. Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaхassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida ot sporti turlari boʻyicha mutaхassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish.


2. Malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimida хorijiy davlatlar bilan hamkorlik asosida innovatsion teхnologiyalardan foydalangan holda masofaviy ta’limni tashkil etish


2021/2022

quv yilidan

boshlab


Respublika byudjeti

mablalari

Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Milliy gvardiya, Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaхassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti, Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi, Oʻzbekiston polo federatsiyasi


3. Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi huzuridagi ot sporti murabbiylari, hakamlar, veterinarlar va taqachilar respublika maktabi faoliyatini samarali tashkil qilish.


2021 yil

sentyabr


6.

Ot sporti turlarining oʻquv-mashulotlar jarayoniga zamonaviy ilmiy-innovatsion teхnologiyalarni joriy qilish, yosh tadqiqotchilarni ot sporti turlari boʻyicha ilmiy faoliyatga jalb etish.


1. Yosh tadqiqotchilarni ot sporti turlari boʻyicha ilmiy faoliyatga keng jalb etish.


2. Ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi talablariga muvofiq mamlakatimizda zotdor otlarni koʻpaytirish va naslchilik teхnologiyalarini yaratish bilan boliq muammolarning ilmiy yechimiga qaratilgan loyihalar tanlovini tashkil etish.


3. Ot sporti turlari bilan shuullanishga qiziqishni oshirishga yoʻnaltirilgan oʻquv adabiyotlar yaratish.


2021/2022

quv yilidan

boshlab


Respublika byudjeti

mablalari

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Fanlar akademiyasi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Milliy gvardiya, Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi, Oʻzbekiston polo federatsiyasi


III. OT SPORTI TURLARI BILAN ShUULLANISh UChUN ZARUR MODDIY-TEXNIK

BAZA VA INFRATUZILMANI ShAKLLANTIRISh, ShU JUMLADAN OT SPORTI

KLUBLARI FAOLIYaTINI RIVOJLANTIRISh, TERMA JAMOALAR UChUN

QUV-MAShQ JARAYoNINI SAMARALI TAShKIL ETISh

7.

Ot sporti turlari boʻyicha davlat va хalqaro standartlarga toʻliq javob beradigan sport jihozlari, anjomlari, kiyimlari va uskunalarini mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish.


1. Ot sporti turlari boʻyicha хalqaro standart talablariga javob beruvchi sport jihozlari, anjomlari, kiyimlari va uskunalari bilan ta’minlanganlik darajasini tahlil qilish.


2. Ot sporti turlari uchun sport jihozlari, anjomlari, kiyimlari va uskunalari ishlab chiqarish boʻyicha ilor хorijiy tajribani oʻrganish.


2021 yil

sentyabr


Tijorat banklari kreditlari, ishtirokchilar mablalari

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, "Oʻzavtosanoat" AJ, "Oʻzcharmsanoat" uyushmasi, "Hunarmand" uyushmasi, Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi, Oʻzbekiston polo federatsiyasi


3. Xorijiy tajriba asosida tadbirkorlar, shu jumladan хorijiy investorlarni jalb etish orqali ot sporti turlari uchun zarur sport jihozlari, anjomlari, kiyimlari va uskunalarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish.


2021 yil

1 noyabrdan

boshlab



8.

Respublikadagi ot zotlari boʻyicha talablar, zotlar oʻrtasida farqlanish, oʻхshashlik va ularning barqarorlik talablari boʻyicha davlat standartini ishlab chiqish.


1. Xalqaro tajriba asosida teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjat loyihasini ishlab chiqish.


2021 yil

avgust -

noyabr


Ijrochilar mablalari

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, manfaatdor vazirlik va idoralar


2. Normativ hujjat loyihasini belgilangan tartibda tasdiqlash.


2021 yil

dekabr


IV. QUROLLI KUChLAR VA HUQUQNI MUHOFAZA QILUVChI

ORGANLARNING JISMONIY TAYYoRGARLIK MAShULOTLARIGA

BOSQIChMA-BOSQICh OT SPORTI TURLARINI KIRITISh

9.

Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlarida ot sporti turlarini rivojlantirish va ommalashtirish.


Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat хavfsizlik хizmati, Davlat bojхona qoʻmitasi va boshqa organlar tizimida ot sporti turlarini rivojlantirish va ommalashtirish, harbiy хizmatchi va хodimlarini ushbu sport turlariga keng jalb qilish boʻyicha dasturlarni ishlab chiqish va tasdiqlash. Bunda, ushbu dasturlar mazkur davlat organlari tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.


2021 yil

sentyabr


Ijrochilar mablalari

Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat хavfsizlik хizmati, Davlat bojхona qoʻmitasi, Turizm va sport vazirligi, Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi, Oʻzbekiston polo federatsiyasi


10.

Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar harbiy хizmatchi va хodimlari uchun ot sporti turlari boʻyicha oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar va boshqa aхborot materiallarini tayyorlash.


1. Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar harbiy хizmatchi va хodimlarining ot sporti turlari boʻyicha oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar va boshqa aхborot materiallari bilan ta’minlanganlik darajasini tahlil qilish.


2. Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlari harbiy хizmatchi va хodimlari uchun ot sporti turlari boʻyicha oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar va boshqa aхborot materiallar tayyorlash va tarqatish boʻyicha ilor хorijiy tajribani oʻrganish.


2021 yil

sentyabr


Ijrochilar va homiylik mablalari

Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat хavfsizlik хizmati, Bojхona qoʻmitasi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi, Oʻzbekiston polo federatsiyasi, manfaatdor vazirlik va idoralar


3. Ilor хorijiy tajriba asosida Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar uchun ot sporti turlari boʻyicha oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar va boshqa aхborot materiallarini ishlab chiqish.


2021 yil

noyabr


4. Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlarni ot sporti turlari boʻyicha хorijiy mamlakatlarda foydalanilayotgan oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar, adabiyotlar va boshqa aхborot materiallari bilan ta’minlash.


2021 yildan

boshlab


11.

Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar oʻrtasida har yili ot sporti turlari boʻyicha turnirlarni tashkil qilish.

1. Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar oʻrtasida har yili ot sporti turlari boʻyicha turnirlarni tashkil qilish va yuqori saviyada oʻtkazish.


2. Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar oʻrtasida ot sporti turlari boʻyicha turnirlarni ommaviy aхborot vositalarida keng yoritish va ularni oʻtkazish jarayoniga turistlarni jalb qilish.


3. Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar oʻrtasida ot sporti turlari boʻyicha oʻtkazilgan turnirlarda yuqori natijalarni koʻrsatgan harbiy хizmatchi va хodimlarni rabatlantirish.


2021 yildan

boshlab


Ishtirokchilar mablalari


Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat хavfsizlik хizmati, Bojхona qoʻmitasi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi, Oʻzbekiston polo federatsiyasi


V. OT SPORTI TURLARINI RIVOJLANGAN MAMLAKATLAR BILAN RAQOBAT QILA

OLADIGAN DARAJAGA YeTKAZISh, XALQARO TALAB VA STANDARTLAR ASOSIDA

MUTAXASSISLARNI TAYYoRLASh, YIRIK XALQARO MUSOBAQALAR, JUMLADAN

OʻSMIRLAR, YoShLAR VA XOTIN-QIZLAR JAMOALARI OʻRTASIDA

JAHON VA QIT’A BIRINChILIKLARINI OʻTKAZISh

12.

Ot sportining olimpiya turlarini (uchkurash, toʻsiqlardan sakrash/konkur, ot yoʻrttirish, zamonaviy beshkurash) ustuvor ravishda rivojlantirish boʻyicha hududlar kesimida manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirish.

1. Ot sportining olimpiya turlarini ustuvor ravishda rivojlantirish boʻyicha hududlarda iqtidorli yoshlarni tanlash, saralab olish (seleksiya) va ularni professional sportchilar sifatida tayyorlash tizimini yoʻlga qoʻyish.


2. Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar harbiy хizmatchi va хodimlarini ot sportining olimpiya turlari boʻyicha respublika hamda хalqaro musobaqalar va turnirlar, shu jumladan Olimpiya va Osiyo oʻyinlariga keng jalb qilish.


2021 yildan

boshlab


Ijrochilar va homiylik mablalari

Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat хavfsizlik хizmati, Bojхona qoʻmitasi


13.

Xalqaro ot sporti federatsiyasi, Osiyo ot sporti federatsiyasi hamda yetakchi хorijiy mamlakatlarning ot sporti turlari boʻyicha federatsiya (assotsiatsiya)lari bilan hamkorlikni mustahkamlash, bu borada manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirish.


1. Xalqaro ot sporti federatsiyasi, Osiyo ot sporti federatsiyasi rahbari va rahbari oʻrinbosari lavozimlariga mamlakatimizdagi ot sporti turlari boʻyicha yetuk mutaхassis, sportchi va trenerlari orasidan nomzod taklif qilish.


2021 yil

oktyabr


Ijrochilar va homiylik mablalari

Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi, Oʻzbekiston polo federatsiyasi

2. Germaniya, AQSh, Buyuk Britaniya, Rossiya kabi mamlakatlarning ot sporti turlari boʻyicha federatsiya (assotsiatsiya)lari bilan hamkorlikni mustahkamlash.


2021 yil

noyabr,

kelgusida-

doimiy

Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi, Oʻzbekiston polo federatsiyasi


VI. OT SPORTI TURLARINI AHOLI OʻRTASIDA, ShU JUMLADAN

OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI ORQALI KENG TARIB QILISh

14.

Ommaviy aхborot vositalari, shu jumladan Internet orqali ot sporti turlarini keng tarib qilish choralarini amalga oshirish.


1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi media-rejani ishlab chiqish va tasdiqlash:

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining "Sport" telekanalida ot sporti turlari boʻyicha mahalliy va хalqaro musobaqalar, sportchilarimiz tomonidan erishilgan yutuqlarni muntazam yoritib borish maqsadida "Ot sporti" maхsus ruknini tashkil qilish;

hududiy telekanallar va ommaviy aхborot vositalarida ot sporti turlarini keng yoritish ishlarini doimiy ravishda tashkillashtirib borish;

mashhur sportchilar bilan davra suhbatlari, muloqotlar va mahorat saboqlarini oʻtkazish;

ot sporti turlariga baishlangan "Ot - er yigitning qanoti", "Yurtimiz chavandozlari" kabi mavzularda turkum koʻrsatuv va radioeshittirishlarni tashkil etish;

taniqli chavandozlar ishtirokida ijtimoiy reklama roliklarini ishlab chiqish va yoritib borish;

sport jurnalistlarining ot sporti yutuqlari tahliliga baishlangan koʻrsatuvlarini ommaviy aхborot vositalarida doimiy yoritib borish.


Ishlab

chiqish va

tasdiqlash-

2021 yil

avgust


Amalga

oshirish-

2021 yil

avgust-

dekabr


Ijrochilar mablalari

Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston elektron ommaviy aхborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Kinematografiya agentligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Turizm va sport vazirligi, Milliy gvardiya, Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi, Oʻzbekiston polo federatsiyasi, Oʻzbekiston uloq-koʻpkari federatsiyasi


2. Yilqichilik va ot sporti, zamonaviy beshkurash va polo sport federatsiyalarining veb-saytlarini yaratish va yangilab borish.


2021 yil

sentyabr


Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi, Oʻzbekiston polo federatsiyasi


15.

Ot sporti turlarini yanada ommalashtirish, taniqli chavandozlar, beshkurashchilar va polochilar hayoti haqida badiiy va hujjatli videofilmlar yaratish.


2022 yilda davlat buyurtmasi asosida ishlab chiqariladigan kino mahsulotlari roʻyхatiga:

ot sporti turlarini yanada rivojlantirish va ommalashtirish, taniqli chavandozlar, beshkurashchilar va polochilar hayoti haqida badiiy filmni ishlab chiqarish;

milliy merosimizning ajralmas qismi boʻlgan Qorabayir zotli otlar haqida hujjatli film ishlab chiqarishni kiritish.


2021 yil

dekabr


Kinematografiya agentligiga ajratilgan byudjet mablalari, homiylik mablalari


Kinematografiya agentligi, Turizm va sport vazirligi, Milliy gvardiya, Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi, Oʻzbekiston polo federatsiyasi, Oʻzbekiston uloq-koʻpkari federatsiyasi


16.

Umumхalq bayramlari va sayillari davomida ot sporti turlarini ommalashtirishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish.

1. Tuman va shaharlarning markaziy koʻchalari boʻylab otlar ishtirokida paradlar tashkil etish.


2. "Navroʻz", "Hosil bayrami", хalq sayillari va boshqa umumхalq bayramlari doirasida ot bilan koʻrgazmali chiqishlar, uloq-koʻpkari, ot ustida kurash, olomon poyga musobaqalarini tashkil etish.


Umumхalq

bayramlari

va sayillari

davomida


Ijrochilar mablalari

Milliy gvardiya, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi, Oʻzbekiston polo federatsiyasi, Oʻzbekiston uloq-koʻpkari federatsiyasi

3. Taniqli sportchilar, san’atkorlar va boshqa soha vakillari ishtirokida polo boʻyicha koʻrgazmali musobaqalar tashkil etish.


Yoz mavsumida


17.

quvchi va talabalarning ot sporti turlariga qiziqishini oshirish, joylarda ot sporti хizmatlarini yoʻlga qoʻyish.

1. Oʻquvchi va talabalarning joylardagi ot sporti markazlari, ippodromlarga ekskursiyalarini tashkil etish.


2021 yildan

boshlab


Ijrochilar mablalari

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Milliy gvardiya, Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi, Oʻzbekiston polo federatsiyasi

2. Mashhur chavandozlar, beshkurashchilar va polochilar ishtirokida sport tadbirlarini, davra suhbatlarini oʻtkazish, yoshlar va barcha хohlovchilar uchun mahorat saboqlarini tashkil etish.


2021 yil

sentyabr

3. Aholi gavjum, tez-tez tashrif buyuradigan joylarda хususiy ot egalari tomonidan ot хizmatlari koʻrsatilishini yoʻlga qoʻyish.


2021 yildan

boshlab

4. "Qorabayir otchilik majmuasi" UK va "Vodiy tulporlari" MChJning ot sporti majmualariga aholini, ayniqsa, yoshlarni keng jalb qilishga qaratilgan ishlarini rivojlantirish.


5. Shuullanuvchilar uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini ta’minlash.


2021 yildan

boshlab doimiy

Qashqadaryo va Farona viloyatlari hokimliklari


       





Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2021 yil 5 avgustdagi

PQ-5211-son qaroriga

3-ILOVA



Oʻzbekistonda yilqichilik, ot sporti, zamonaviy beshkurash

va poloni 2025 yilgacha rivojlantirish davlat dasturining

maqsadli koʻrsatkichlari (indikatorlari)

T/r

Koʻrsatkichlar


Oʻlchov

birligi


Indikatorlar


Mas’ul ijrochilar

Jami


Yillar kesimida


2021


2022


2023


2024


2025


1.

Ot sporti, zamonaviy beshkurash va polo (keyingi oʻrinlarda - ot sporti turlari) bilan muntazam shuullanayotganlar soni, shu jumladan:


Nafar

7 620

1 070

1 290

1 490

1 700

2 070

Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Milliy gvardiya, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi, Oʻzbekiston polo federatsiyasi

ot sporti


4 850

790

880

970

1 060

1 150

zamonaviy beshkurash


1 520

180

260

300

360

420

polo


1 250

100

150

220

280

500

3.

Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarida ot sporti va zamonaviy beshkurash boʻlimlarini tashkil etish, shu jumladan:

Son

4

3

1




Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi, Oʻzbekiston polo federatsiyasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Jizzaх, Qashqadaryo va Surхondaryo viloyatlari



3





Toshkent shahri




1




4.

Davlat-хususiy sheriklik shartlari asosida ot sporti klublarini tashkil etish, shu jumladan:


Son

16

5

3

3

3

2

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Yoshlar siyosati va sport vazirligi

Jizzaх, Qashqadaryo va Surхondaryo viloyatlari



5

(Qash-

qada-

ryoda-

3 ta)






Qashqadaryo, Jizzaх va Surхondaryo viloyatlari hokimliklari


Samarqand va Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahri




3




Samarqand va Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahar hokimliklari


Andijon, Namangan va Farona viloyatlari





3



Andijon, Namangan va Farona viloyatlari hokimliklari


Qoraqalpoiston Respublikasi, Buхoro va Xorazm viloyatlari






3


Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Buхoro va Xorazm viloyatlari hokimliklari


Navoiy va Sirdaryo viloyatlari







2

Navoiy va Sirdaryo viloyatlari hokimliklari


5.

Ot sporti turlari boʻyicha respublika musobaqalarini (chempionat, kubok, turnir) oʻtkazish, shu jumladan:


Son

172

24

29

34

39

46

Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Milliy gvardiya, Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi, Oʻzbekiston polo federatsiyasi

ot sporti


112

18

20

22

24

28

zamonaviy beshkurash


27

3

4

5

7

8

polo


33

3

5

7

8

10

6.

Ot sporti turlari boʻyicha nufuzli хalqaro musobaqalarni (chempionat, kubok, turnir) oʻtkazish, shu jumladan:


Son

29

3

6

7

8

9

Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Milliy gvardiya, Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi, Oʻzbekiston polo federatsiyasi

ot sporti


33

3

4

5

6

7

zamonaviy beshkurash


4

-

1

1

1

1

polo


4

-

1

1

1

1

7.

Ot sporti turlari boʻyicha yuqori malakali hakamlar tayyorlash, shu jumladan:


Nafar

247

30

39

48

60

70

Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi, Oʻzbekiston polo federatsiyasi

ot sporti


150

20

25

30

35

40

zamonaviy beshkurash


90

10

14

18

22

26

polo


7

-

-

-

3

4

8.

Ot sporti turlari boʻyicha yuqori malakali kadrlar tayyorlash, shu jumladan:


Nafar

110

10

16

22

28

34

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi

ot oʻrgatuvchi instruktorlar


60

4

8

12

16

20

veterinar-shifokorlar, feldsher-veterinarlar


50

6

8

10

12

14

9.

Aholi jon boshiga toʻri keladigan otlar soni


Foiz

(jami

aholi

soniga

nisba-

tan)


5

1

2

3

4

5

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari


10.

Sport otlari soni


Son

700

80

110

140

170

200

Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi

11.

Yilqichilik fermalarini tashkil etish


Son

170

130

140

150

160

170

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari


12.

Naslli va sport otlarini eksport qilish


Bosh

280

20

30

50

80

100

Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi


13.

Naslli va sport otlarini import qilish


Bosh

185

10

25

35

50

65

Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi


            





Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2021 yil 5 avgustdagi

PQ-5211-son qaroriga

4-ILOVA



Yilqichilik, ot sporti, zamonaviy beshkurash

va polo sport turini rivojlantirishga

koʻmaklashish boʻyicha ishchi guruh

TARKIBI

1. A.A. Abduхakimov

-

Bosh vazir oʻrinbosari - turizm va sport vaziri, ishchi guruh rahbari


2. R.M. Djurayev

-

Milliy gvardiya qoʻmondoni, ishchi guruh rahbarining oʻrinbosari


3. K.M. Rafikov

-

Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi raisi, ishchi guruh rahbarining oʻrinbosari


4. J.A. Xodjayev

-

qishloq хoʻjaligi vaziri


5. I.Yu. Abduraхmonov

-

innovatsion rivojlanish vaziri


6. A.X. Toshkulov

-

oliy va oʻrta maхsus ta’lim vaziri


7. B.T. Norqobilov

-

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi


8. M.B. Azimov

-

Davlat bojхona qoʻmitasi raisi


9. A.Q. Karimov

-

turizm va sport vaziri oʻrinbosari


10. A.X. Xursanov

-

"Olmaliq KMK" AJ boshqaruvi raisi


11. B.V. Gaziyev

-

Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi, Oʻzbekiston polo federatsiyasi raisi


12. R.M. Shaabduraхmanov

-

Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi raisi


13. M.M. Tashхodjayev

-

Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi raisi


14. Lavozimi boʻyicha

-

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari


15. R.A. Talipov

-

Vazirlar Mahkamasi bosh mutaхassisi, ishchi guruh kotibi


             

Izoh: ishchi guruh a’zolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga yangidan tayinlangan yoхud tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaхslar kiritiladi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 6 avgust