Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 03.08.2021 y. 488-son "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining funksional boʻlimlari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

03.08.2021 y.

N 488




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASI APPARATINING

FUNKSIONAL BOʻLIMLARI TOʻRISIDAGI

NIZOMLARNI TASDIQLASh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 10 iyundagi PQ-5143-son hamda Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari tuzilmasini tasdiqlash toʻrisida" 2021 yil 14 iyundagi 370-son qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining Nazorat va ijro intizomi boʻlimi toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining Umumiy boʻlimi toʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining Aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etish boʻlimi toʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻlimi toʻrisidagi nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi R.V. Abduqodirov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                                    A. Aripov




Vazirlar Mahkamasining

2021 yil 3 avgustdagi

488-son qaroriga

5-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini

yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari

ROʻYXATI


1. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining funksional boʻlimlari toʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida" 2019 yil 25 martdagi 248-son qarori.


2. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida" 2020 yil 23 apreldagi 250-son qaroriga ilovaning 2-bandi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 4 avgust