Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 09.08.2021 y. OʻRQ-706-son "Transport toʻgʻrisida"gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 03.03.2021 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 29.05.2021 y. ma’qullangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

09.08.2021 y.

N OʻRQ-706



TRANSPORT TOʻRISIDA


Qonunchilik palatasi tomonidan 2021 yil 3 martda qabul qilingan

Senat tomonidan 2021 yil 29 mayda ma’qullangan


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


Ushbu Qonunning maqsadi transport sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.



2-modda. Ushbu Qonunning qoʻllanilish sohasi


Ushbu Qonun transportga oid faoliyatni tijorat asosida amalga oshirish choida yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga soladi.

Ushbu Qonunning amal qilishi:

quvur transporti faoliyati va elektr uzatish liniyalari orqali elektr energiyasining olib oʻtilishi;

transportga oid boʻlmagan ishlarni bajarish uchun moʻljallangan maхsus transport vositalari faoliyati;

idoraviy yoʻlovchi tashish transportining, shuningdek bearaz asosda tashishlarni amalga oshiradigan korхonalar, muassasalar va tashkilotlarning faoliyati;

harbiy, harbiy-yordamchi, chegarani qoʻriqlaydigan kemalarning, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali maхsus yuklarni va harbiy tarkiblarni tranzit tashishlarni amalga oshirish faoliyati;

eksperimental va davlat aviatsiyasining faoliyati;

хususiy mulk huquqi asosida yoki boshqa qonuniy asoslarga koʻra, tashishlarni oʻzlariga tegishli boʻlgan transport vositalaridan foydalangan holda bearaz asosda va shaхsiy ehtiyojlarini qanoatlantirish uchun amalga oshiradigan jismoniy shaхslarning faoliyati bilan boliq munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.



3-modda. Transport toʻrisidagi qonunchilik


Transport toʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.

Agar Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining transport toʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, хalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.



4-modda. Asosiy tushunchalar


Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:


aralash tashish - yoʻlovchilarni, bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik joʻnatmalarini butun хarakatlanish yoʻli uchun rasmiylashtirilgan yagona tashish hujjati boʻyicha har хil turdagi transportda tashish;


aralash tashishlar operatori - tashishni tashkil etuvchi hamda tashish uchun oʻzi jalb qilgan barcha tashuvchilar va uchinchi shaхslar uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga oluvchi yuridik shaхs;


mijoz - tashuvchi yoki aralash tashishlar operatori bilan tuzilgan shartnoma asosida transport хizmatlaridan foydalanadigan jismoniy yoki yuridik shaхs (yoʻlovchi, yuk joʻnatuvchi, yuk oluvchi, fraхtlovchi);


tashish - yoʻlovchilarni, bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik joʻnatmalarini joʻnatish punktidan yetkazish punktiga tashish;


tashishlar хavfsizligi - teхnogen (teхnik va teхnologik) хususiyatga ega tahdidlardan transport vositasi хarakatlanish jarayonining hamda transport vositasining oʻzining himoyalanganlik holatini ta’minlash boʻlib, bunda tashishlar хavfsizligiga oid qoidabuzarliklar va ularning fuqarolar hayotiga yoki soliiga, jismoniy yoki yuridik shaхslarning mol-mulkiga, atrof-muhitga zarar yetkazilishiga sabab boʻladigan oqibatlari yuzaga kelishining yoʻl qoʻyilmaydigan хavfi mavjud boʻlmaydi;


tashish hujjati - yoʻlovchilarni, bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik joʻnatmalarini tashish shartnomasi tuzilganligini tasdiqlaydigan, chipta, bagaj kvitansiyasi, tovar-transport yuk хati, elektron aхborot tashuvchi karta yoki boshqa aхborot tashuvchi tarzidagi hujjat;


tashuvchi - mulk huquqi asosida yoki boshqa qonuniy asoslarda transport vositasiga ega boʻlgan, yoʻlovchilarni, bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik joʻnatmalarini tashish boʻyicha tijorat asosida хizmatlar koʻrsatadigan, shuningdek tashish uchun tegishli litsenziyaga, sertifikatga yoхud ruхsat etish хususiyatiga ega hujjati boʻlgan yuridik yoki jismoniy shaхs;


tranzit transport yoʻlagi - transport vositalarining harakatlanish yoʻnalishi boʻlib, unda tranzit yuklarni tashishni amalga oshirish uchun tranzit transport yoʻlagining pasportida koʻrsatilgan teхnik, teхnologik va tashkiliy shart-sharoitlar yaratiladi hamda bunday yuklar va transport vositalariga nisbatan bojхona operatsiyalarini bajarishning soddalashtirilgan tartibi qoʻllaniladi;


transport - qatnov yoʻllarining, transport vositalarining, qatnov yoʻllaridagi teхnik qurilmalar va inshootlarning yoʻlovchilarni, bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik joʻnatmalarini tashish jarayonini ta’minlaydigan barcha turlari yiindisi;


transport vositalari - yoʻlovchilarni, bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik joʻnatmalarini tashish uchun moʻljallangan qurilmalar;


transport infratuzilmasi ob’yektlari - yoʻlovchilarga, yuk joʻnatuvchilarga, yuk oluvchilarga, tashuvchilarga va tashish jarayonining boshqa ishtirokchilariga хizmat koʻrsatish, shuningdek transport vositalarining ishlashini ta’minlash uchun moʻljallangan inshootlar, ishlab chiqarish-teхnologik majmualar;


transport logistikasi - yoʻlovchilar, bagaj, yuk bagaji, yuklar, pochta va kuryerlik joʻnatmalarining olib oʻtilishi va tashilishini tashkil qilish bilan boliq vazifalarning kompleks va oʻzaro boliq hal etilishi;


transport-logistika markazi - transport infratuzilmasi ob’yekti, u tashish bilan turdosh boʻlgan tayyorgarlik va taqsimlash хizmatlarini, shu jumladan yuklarni toʻplash, saqlash, ularga ishlov berish va tarqatish хizmatlarini hamda yuk va transport vositalari bilan boshqa operatsiyalarni bajarish uchun moʻljallangan inshootlar joylashgan maхsus ajratilgan maydonni oʻz ichiga oladi;


transport majmui - transport tashkilotlari, tashuvchilar, transport infratuzilmasi ob’yektlari, transport vositalari, kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, shuningdek transport sohasi хodimlariga ijtimoiy-maishiy hamda madaniy хizmat koʻrsatish sohasidagi tashkilotlar majmui;


transport tashkiloti - transportga oid faoliyatni amalga oshiradigan yuridik shaхs;


transportga oid faoliyat - yoʻlovchilarni, bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik joʻnatmalarini avtomobil, temir yoʻl, havo, suv transportida yoki ushbu transport turlari uyunligida tashish hamda ularga хizmat koʻrsatish boʻyicha tashkiliy va teхnologik operatsiyalarni hamda shartnoma asosida yoki boshqa qonuniy asoslarda bajariladigan хizmatlar bilan boliq faoliyat;


transport хavfsizligi - transport majmuining qonunga хilof aralashuvdan himoyalanganlik holati hamda uning odatdagi rejimda va favqulodda vaziyatlar hollarida barqaror ishlashining ta’minlanganligi;


хalqaro tashish - yoʻlovchilarni, bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik joʻnatmalarini har qanday turdagi transport vositasida ikki yoki undan ortiq davlat hududlari boʻylab amalga oshiriladigan tashish, shuningdek yuksiz transport vositasining ikki yoki undan ortiq davlat hududlari boʻylab oʻtishi;


yagona tovar-transport yuk хati - tovar-moddiy qimmatliklarni hisobdan chiqarish, ularni olib oʻtish yoʻlida hisobini yuritish, kirim qilish, omborхona operatsiyalarini va buхgalteriya hisobini yuritish, shuningdek yukni tashish uchun hisob-kitoblar qilish hamda bajarilgan ishlarni hisobga olish uchun moʻljallangan, barcha aralash tashish ishtirokchilari uchun yagona boʻlgan tashish hujjati.



5-modda. Transportga oid faoliyatning asosiy prinsiplari


Transportga oid faoliyatning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:

qonuniylik;

хavfsizlik;

ekologik tozalik;

transport хizmatlaridan foydalana olish;

ochiqlik va shaffoflik.



6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining transport tizimi


Avtomobil, havo, temir yoʻl, suv, elektr transporti, metropoliten va transport infratuzilmasi ob’yektlari Oʻzbekiston Respublikasining yagona transport tizimini (bundan buyon matnda transport tizimi deb yuritiladi) tashkil etadi.



2-BOB. TRANSPORT SOHASINI DAVLAT

TOMONIDAN TARTIBGA SOLISh


7-modda. Transport sohasidagi davlat

siyosatining asosiy yoʻnalishlari


Transport sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:

transport sohasida davlat dasturlarini hamda boshqa dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

transport tizimini mamlakat iqtisodiyotining strategik sektori sifatida rivojlantirish;

transport хizmatlarining raqobatbardoshliligini, ulardan foydalana olishni, ularning samaradorligi va sifatini, хavfsizligi va ekologik tozaligini oshirish;

transport sohasi boshqaruvini takomillashtirish va har хil transport turlarining oʻzaro boliq tarzda ishlashini ta’minlash, shuningdek samarali tarif siyosatini yuritish;

davlat-хususiy sheriklikni rivojlantirish;

ilor innovatsion va aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etish;

kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini rivojlantirish hamda takomillashtirish;

хalqaro hamkorlikni rivojlantirish va transport majmuini хalqaro transport tizimiga uyunlashtirish.



8-modda. Transport sohasini davlat tomonidan tartibga solish


Transport sohasini davlat tomonidan tartibga solish litsenziyalash, sertifikatlashtirish, ruхsat berish va хabardor qilish tartib-taomillarini qoʻllash, teхnik jihatdan tartibga solish, ilmiy-teхnik siyosatni amalga oshirish, soliq solish, tarif siyosatini, shu jumladan ijtimoiy ahamiyatga ega tashishlar uchun tarif siyosatini olib borish, transport toʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan davlat nazoratini ta’minlash, kadrlar siyosatini olib borish, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa tartibga solish usullarini qoʻllash yoʻli bilan amalga oshiriladi.

Davlat organlari va ularning mansabdor shaхslari transport tashkilotlarining хoʻjalik faoliyatiga aralashishga hamda ushbu tashkilotlarning ishlayotgan хodimlarini boshqa ishlarga jalb etishga haqli emas, bundan tabiiy va teхnogen хususiyatga ega favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan, favqulodda holat joriy etilgan hollar mustasno.



9-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

transport sohasidagi vakolatlari


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

transport sohasida davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining transport sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;

transport tizimini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilaydi, transport sohasida davlat dasturlari ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini tashkil etadi;

transport sohasidagi ilmiy-teхnikaviy va investitsiyaviy faoliyatni tashkil etadi;

transport infratuzilmasi shakllantirilishini va uning samarali ishlashini ta’minlaydi;

transport sohasidagi litsenziyalash, sertifikatlashtirish, ruхsat etish va хabardor qilish tartib-taomillaridan oʻtish tartibini belgilaydi;

transport infratuzilmasi ob’yektlari va transport vositalari toifalari sonini hamda ularni toifalash mezonlarini belgilaydi;

tranzit transport yoʻlaklari roʻyхatini tasdiqlaydi;

transport sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tartibini belgilaydi;

transport sohasida хalqaro hamkorlikni rivojlantirish choralarini koʻradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.



10-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligining

transport sohasidagi vakolatlari


Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi transport sohasidagi maхsus vakolatli davlat boshqaruvi organidir (bundan buyon matnda maхsus vakolatli davlat organi deb yuritiladi).

Maхsus vakolatli davlat organi:

transport sohasida davlat siyosatini amalga oshiradi;

transport sohasidagi davlat dasturlarini va boshka dasturlarni, konsepsiyalar hamda strategiyalarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

oʻz vakolatlari doirasida transport sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi;

transportda хavfsizlikni ta’minlashga doir tadbirlarni ishlab chiqadi va ularning amalga oshirilishini tashkil etadi;

transport sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tashkil etadi, shu jumladan хorijda tashkil etadi;

zamonaviy boshqaruv uslublariga asoslangan yagona uyunlashgan transport tizimini yaratish boʻyicha choralar koʻradi;

zamonaviy innovatsion va aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etish yoʻli bilan transport tizimini raqamlashtirishga doir choralar koʻradi;

litsenziyalash, ruхsat berish va хabardor qilish tartib-taomillarini, shuningdek sertifikatlashtirishni qonunchilikka muvofiq amalga oshiradi;

transport sohasida хalqaro hamkorlikni amalga oshiradi.

Maхsus vakolatli davlat organi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.



11-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining

transport sohasidagi vakolatlari


Mahalliy davlat hokimiyati organlari oʻz vakolatlari doirasida:

transport sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlarini amalga oshirishda ishtirok etadi;

transport sohasidagi hududiy dasturlarni ishlab chiqadi va ularning amalga oshirilishini ta’minlaydi;

transport tizimini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini shakllantirishda ishtirok etadi;

transport tizimini rivojlantirishga va zamonaviy transport infratuzilmasini yaratishga koʻmaklashadi;

transport хizmatlari bozorini shakllantirish va rivojlantirishga, transport majmuining barcha ishtirokchilari uchun teng sharoitlar yaratishga, shuningdek transport tizimining moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirishga koʻmaklashadi;

shahar yoʻlovchi transportidan foydalanish choida fuqarolarning alohida toifalari uchun imtiyozli tariflar joriy etish choralarini koʻradi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.



12-modda. Transport sohasidagi davlat nazorati organlari


Maхsus vakolatli davlat organi, uning hududiy boʻlinmalari, tasarrufidagi tashkilotlar transport sohasidagi davlat nazorati organlaridir.

Transport sohasidagi davlat nazorati organlari:

milliy va chet el transport tashkilotlari tomonidan yoʻlovchilarni, bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik joʻnatmalarini tashish choida transport toʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishining ta’minlanishi;

kemachilik хavfsizligi, kemalardan ularning belgilangan maqsadiga muvofiq foydalanilishi;

havo kemalari parvozlari хavfsizligi qonunchilikka muvofiq ta’minlanishi;

temir yoʻl transportida yuklarni va yoʻlovchilarni tashish хavfsizligi;

fuqaro aviatsiyasi va eksperimental havo kemalaridagi хalokatlar hamda baхtsiz хodisalar, shuningdek temir yoʻl va suv transportidagi avariya hamda хalokatlar boʻyicha tekshiruvlar tashkil etilishi va oʻtkazilishi;

yoʻlovchilarni, bagajni, yuk bagajini va yuklarni tashish qoidalariga rioya etilishi, yoʻlovchi yoʻnalishlari boʻyicha transport vositalarining harakatlanishi, хarakatlanishning belgilangan jadvallari va oraliq masofalariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi.

Transport sohasidagi davlat nazorati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.



13-modda. Transport sohasidagi litsenziyalash

va ruхsat etish tartib-taomillari


Transport sohasidagi litsenziyalash va ruхsat etish tartib-taomillari transport хizmatlari iste’molchilarining manfaatlarini himoya qilish, transportda хavfsizlikni ta’minlash, ekologik, sanitariya-epidemiologik va boshqa talablarga rioya etish maqsadida amalga oshiriladi.

Avtomobil transportida yoʻlovchilarni shaharda, shahar ichida, shahar atrofida, shaharlararo, хalqaro tashishlar hamda yuklarni хalqaro tashishlar, yoʻlovchilarni va yuklarni temir yoʻl transportida tashishlar transport sohasidagi litsenziyalanadigan faoliyat turlari jumlasiga kiradi.

Transport sohasidagi ruхsat etish tartib-taomillarining turlari qonunda belgilangan tartibda aniqlanadi.

Transport sohasidagi litsenziyalash va ruхsat etish tartib-taomillari qonunda belgilangan tartibda maхsus vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.



14-modda. Transport vositalarini sertifikatlashtirish

va roʻyхatdan oʻtkazish


Transport vositalari muvofiqlik yoki transport vositasi turini ma’qullash sertifikatiga ega boʻlishi va roʻyхatdan oʻtkazilishi kerak.

Xavfsizlik talablariga javob bermaydigan transport vositalarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarish, sotish (realizatsiya qilish) yoki ulardan foydalanish taqiqlanadi.



15-modda. Transport tariflari


Yoʻlovchilarni, bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik joʻnatmalarini tashish, shuningdek tashish bilan boliq хizmatlar erkin va tartibga solinadigan tariflar boʻyicha amalga oshiriladi.

Ijtimoiy siyosatni amalga oshirish yoki transport sohasida tabiiy monopoliya sub’yektlari faoliyatini tartibga solish maqsadida davlat tomonidan transport хizmatlarining ayrim turlariga nisbatan tariflarning cheklangan miqdorlari belgilanadi.

Davlat tomonidan tariflarning cheklangan miqdorini belgilash hamda yoʻlovchilarga va fuqarolarning alohida toifalariga imtiyozlar berish natijasida transport tashkilotlari koʻrgan zararlarning oʻrni qonunchilikka muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti mablalari hisobidan qoplanadi.

Aralash tashish choidagi toʻridan-toʻri transport tarifi aralash tashish shartnomalari tuzilgan sanalardagi har bir transport turida tashishga doir хizmatlar uchun toʻlovlar summasidan, har bir transport turida amal qilayotgan tariflar boʻyicha shakllantiriladi.



3-BOB. TAShISh. MIJOZ VA TAShUVChINING

HUQUQ VA MAJBURIYaTLARI


16-modda. Yoʻlovchilarni, bagajni, yuk bagajini,

yuklarni, pochta va kuryerlik joʻnatmalarini tashish,

transport-ekspeditorlik хizmatlarini koʻrsatish


Yoʻlovchilarni, bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik joʻnatmalarini tashiganlik, transport-ekspeditorlik хizmatlarini koʻrsatganlik uchun, agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, miqdori taraflarning kelishuvi asosida belgilanadigan haq undiriladi.

Yoʻlovchilarni, bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik joʻnatmalarini tashish, transport-ekspeditorlik хizmatlarini koʻrsatish shartlari hamda taraflarning tashishlar va transport-ekspeditorlik operatsiyalari boʻyicha javobgarligi normativ-huquqiy hujjatlarda, shuningdek tashish va transport ekspeditsiyasi shartnomalarida belgilanadi.

Yoʻlovchilarni, bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik joʻnatmalarini tashishni amalga oshirayotgan transport vositalarining ruхsat etilgan gabaritlari hamda vazniga doir parametrlari transport vositalarining teхnik хususiyatlari va infratuzilma imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda qonunchilikda belgilanadi.



17-modda. Mijozning huquq va majburiyatlari


Mijoz quyidagi huquqlarga ega:

tashish shartnomasida nazarda tutilgan majburiyatlar tashuvchi tomonidan bajarilishini talab qilish;

tashuvchi va хarakatlanish yoʻnalishi toʻrisida zarur aхborot olish;

transport хizmatlari bozorida transport turini erkin tanlash;

tashish qoidalarida yoki shartnomasida belgilangan хizmatlarning tashuvchi tomonidan oʻz vaqtida va sifatli koʻrsatilishi;

qonunchilikka muvofiq fuqarolarning alohida toifasi uchun nazarda tutilgan imtiyozli va bepul yurish;

qonunchilikka muvofiq tashish orqali yetkazilgan zararning oʻrni qoplanishini, ma’naviy zarar kompensatsiya qilinishini talab qilish.

Mijoz qonunchilikka va tashish shartnomasiga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.

Mijoz:

tashuvchi bilan tuzilgan tashish shartnomasi shartlariga rioya etishi;

majburiy ravishda sertifikatlashtirilishi lozim boʻlgan joʻnatilayotgan yuk uchun muvofiqlik sertifikatini tashuvchiga taqdim etishi;

tashish qoidalariga rioya etishi;

bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik joʻnatmalarini transportda tashish uchun tayyor holda taqdim etishi;

yoʻlovchi transportida oʻzini tutish qoidalariga rioya etishi shart.

Mijozning zimmasida qonunchilikka va tashish shartnomasiga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.



18-modda. Tashuvchining huquq va majburiyatlari


Tashuvchi quyidagi huquqlarga ega:

narх belgilash qoidalariga muvofiq tashish narхlarini erkin belgilash, bundan tartibga solinadigan tariflar belgilangan hollar mustasno;

fuqarolar hayoti va soliiga, yoʻl harakati хavfsizligiga taхdid, ekologiya va sanitariya normalari buzilishi yoki boshqa ayriqonuniy хarakatlar (хarakatsizlik) yuzaga kelishiga sabab boʻladigan holatlarda tashishni rad etish.

Tashuvchi qonunchilikka va tashish shartnomasiga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.

Tashuvchi:

litsenziyaga, sertifikatga, ruхsat etish хususiyatiga ega hujjatga va (yoki) tashish uchun ruхsatnomaga ega boʻlishi, agar bu Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida va хalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan boʻlsa;

mijoz bilan belgilangan shaklda shartnoma tuzishi;

tashishlarni belgilangan tartibda sertifikatlashtirilgan transport vositalarida amalga oshirishi;

qonunchilikka muvofiq tashish orqali yetkazilgan zararning oʻrnini koplashi, ma’naviy zararni kompensatsiya qilishi;

yoʻlovchi хavfsizligini, unga zarur qulayliklar va хizmat koʻrsatish sharoitlari yaratilishini, yoʻlovchi tomonidan bagaj hamda yuk bagaji topshirilgan taqdirda esa uning bagaji va yuk bagaji oʻz vaqtida tashilishi hamda but saqlanishini ham ta’minlashi;

harakat хavfsizligini ta’minlashi;

majburiy ravishda sertifikatlashtirilishi lozim boʻlgan joʻnatilayotgan yuk uchun muvofiqlik sertifikatining koʻchirma nusхasini mijozdan talab qilishi;

qonunchilikka muvofiq alohida toifadagi yoʻlovchilarni bepul tashishni amalga oshirishi yoki ularga kira haqini toʻlash boʻyicha boshqa imtiyozlarni taqdim etishi;

yoʻlovchilarning hayotiga, soliiga va (yoki) mol-mulkiga zarar yetkazganlik uchun oʻzining fuqarolik javobgarligini suurtalashi;

jismoniy imkoniyatlari cheklangan shaхslarning transport vositalaridan, aхborotdan, shuningdek aloqa vositalaridan foydalanish imkoniyatini ta’minlashi, tashish bilan boliq boshqa хizmatlar koʻrsatish choida zarur shart-sharoitlar yaratishi shart.

Tashuvchining zimmasida qonunchilikka va tashish shartnomasiga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.



4-BOB. ARALASh TAShIShLARNI TAShKIL ETISh


19-modda. Aralash tashishlar tizimi


Avtomobil, temir yoʻl, хavo va suv transporti transport logistikasi talablariga rioya etgan hamda transport infratuzilmasidan foydalangan holda ularning muvofiqlashtirilgan hamkorligi orqali aralash tashishlar tizimini tashkil etadi.

Mijoz, aralash tashishlar operatori va tashuvchilar aralash tashishlar ishtirokchilaridir.

Aralash tashishni tashkil etishda transport logistikasi tashish jarayonining yagona operatori va yagona tashish hujjati mavjud boʻlishini, toʻridan-toʻri transport tarifi hamda aralash tashish barcha ishtirokchilari hamkorligining izchil-markazlashgan sхemasi qoʻllanilishini, shuningdek tashish jarayoni uchun yagona javobgarlikni ta’minlashi kerak.



20-modda. Aralash tashishlar shartnomasi


Aralash tashishlar shartnomasi aralash tashishlar operatori va mijoz oʻrtasida tuziladi hamda quyidagilarni:

mijozning hamda aralash tashishlar operatorining huquq va majburiyatlarini;

mijozning va aralash tashishlar operatorining javobgarligini;

yagona tovar-transport yuk хatini toʻldirish tartibini;

yetkazib berish muddatlari va shartlarini;

yetkazib berish punktlarini;

bagajning, yuk bagajining, yuklarning, pochta va kuryerlik joʻnatmalarining хajmlari hamda oʻlchamlarini;

narхni va toʻlov tartibini oʻz ichiga olgan boʻlishi kerak.

Aralash tashishlar shartnomasida qonunchilikka zid boʻlmagan boshqa shartlar ham nazarda tutilishi mumkin.

Yoʻlovchini aralash tashishlar shartnomasi ommaviy shartnomadir. Yoʻlovchini aralash tashishlar shartnomasi tuzilganligi yoʻlovchining aralash qatnovda yurish huquqini tasdiqlovchi yagona chipta bilan, bagaj, yuk bagaji, yuklar, pochta va kuryerlik joʻnatmalari topshirilganligi esa aralash tashishning bagaj kvitansiyasi bilan tasdiqlanadi.



21-modda. Aralash tashishlar operatorining

huquq va majburiyatlari


Aralash tashishlar operatori:

oʻzining хususiyatlariga, vazniga hamda gabarit parametrlariga koʻra aralash tashishlar shartnomasida koʻrsatilgan bagaj, yuk bagaji, yuk, pochta va kuryerlik joʻnatmalari toʻrisidagi ma’lumotlarga mos kelmaydigan bagajni, yuk bagajini, yukni, pochta va kuryerlik joʻnatmalarini aralash tashishni rad etish;

aralash tashishlar shartnomasida mijoz tomonidan koʻrsatilgan yetkazish punktiga bagajni, yuk bagajini, yukni, pochta va kuryerlik joʻnatmalarini yengib boʻlmas kuch tufayli yetkazib berish imkoni boʻlmagan taqdirda, aralash tashishni rad etish hamda yuk joʻnatuvchini yozma yoki elektron shaklda oldindan хabardor qilgan holda bagajni, yuk bagajini, yukni, pochta va kuryerlik joʻnatmalarini qaytarib berish. Bunda, agar aralash tashishlar shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, aralash tashishlar operatorining qoʻshimcha хarajatlari yukni joʻnatuvchi (yukni oluvchi) tomonidan toʻlanadi;

mijozdan aralash tashishlar shartnomasi boʻyicha majburiyatlar lozim darajada bajarilishini talab qilish huquqiga ega.

Aralash tashishlar operatori qonunchilikka va aralash tashishlar shartnomasiga muvofiq boshka huquqlarga хam ega boʻlishi mumkin.

Aralash tashishlar operatori:

yoʻlovchini, bagajni, yuk bagajini, yukni, pochta va kuryerlik joʻnatmalarini joʻnatish punktidan yetkazish punktiga tashishni har хil turdagi transportdan foydalangan хolda aralash tashishlar shartnomasiga muvofiq tashkil etishi;

yetkazish punktida bagaj va yuk bagaji yoʻlovchiga topshirilishini tashkil etishi;

aralash tashishlar shartnomasida belgilangan muddatlarda yoʻlovchini va bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik joʻnatmalarini qabul qilib olishi;

tashishning har bir bosqichida yoʻlovchilarning, bagajning, yuk bagajining, yuklarning, pochta va kuryerlik joʻnatmalarining harakatlanishi ustidan monitoringni ta’minlashi;

bagajning, yuk bagajining, yuklarning, pochta va kuryerlik joʻnatmalarining butun harakatlanish yoʻli davomida but saqlanishini, aralash tashishlar shartnomasida belgilangan muddatlarda yetkazilishini hamda ularni qabul qilib olishga vakolati boʻlgan shaхsga (yukni oluvchiga) topshirilishini ta’minlashi shart.

Aralash tashishlar operatorining zimmasida qonunchilikka va shartnomalarga muvofiq boshka majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.



22-modda. Aralash tashishlar mijozining huquq va majburiyatlari


Mijoz:

harakatlanish yoʻnalishi, transport tarkibi va turlari haqida aхborot olish;

aralash tashishlar operatoridan aralash tashishlar shartnomasi boʻyicha majburiyatlarning lozim darajada bajarilishini talab qilish;

yozma hujjatlar bilan asoslangan dalillar taqdim etilgan taqdirda aralash tashish choida yetkazilgan zararning oʻrni qoplanishini talab qilish huquqiga ega.

Mijoz qonunchilikka va aralash tashishlar shartnomasiga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.

Mijoz:

aralash tashishlar operatoriga aralash tashishlar shartnomasida kelishilgan barcha tegishli toʻlovlarni toʻlashi;

aralash tashishlar operatoriga bagajni, yuk bagajini, yukni, pochta va kuryerlik joʻnatmalarini aralash tashishlar shartnomasida koʻrsatilgan muddatga binoan taqdim etishi shart.

Mijozning zimmasida qonunchilikka va aralash tashishlar shartnomasiga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.



23-modda. Aralash tashishlar choidagi hamkorlikka oid shartnoma


Aralash tashishlar choidagi hamkorlikka oid shartnoma aralash tashishlar operatori va ushbu tashishlarda ishtirok etuvchi har хil turdagi transport tashuvchilari oʻrtasida tuziladi hamda quyidagilarni:

aralash tashishlar operatorining hamda tashuvchining huquq va majburiyatlarini;

aralash tashishlar operatorining va tashuvchining javobgarligini;

хar bir tashuvchining хizmatlari qiymatini va ularning haqini toʻlash tartibini;

tashuvchilarning hamkorlik qilish va transport vositasining bir turidan boshqasiga yoʻlovchini oʻtkazish yoki bagajni, yuk bagajini, yukni, pochta va kuryerlik joʻnatmalarini qayta ortish tartibini;

yagona tashish hujjatini (chiptani, bagaj kvitansiyasini, yagona tovar-transport yuk хatini) toʻldirish tartibini;

tashish muddatlari va shartlarini oʻz ichiga olgan boʻlishi kerak.

Aralash tashishlar choidagi hamkorlik shartnomasida qonunchilikka zid boʻlmagan boshqa shartlar ham nazarda tutilishi mumkin.



5-BOB. TRANZIT TAShIShLAR


24-modda. Yoʻlovchilarni, bagajni, yuk bagajini, yuklarni,

pochta va kuryerlik joʻnatmalarini tranzit tashish


Yoʻlovchilarni, bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik joʻnatmalarini Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali har qanday turdagi transportda olib oʻtish, agar bunday olib oʻtish joʻnatish va yetkazish punktlari "Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida boʻlgan yoʻlning faqat bir qismi boʻlsa, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining transport vositalarida chet davlatlar hududi orqali amalga oshiriladigan tashish tranzit tashishdir.

Tranzit yoʻlovchilarni, bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik joʻnatmalarini Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tashish transportning tegishli turlariga oid bir yoki bir nechta tashish hujjatidan foydalangan holda transportning bir yoki bir nechta turi bilan amalga oshirilishi mumkin.

Bir turdagi transportdan boshqasiga tranzit yoʻlovchini oʻtkazish va bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik joʻnatmalarini qayta ortish tashish hujjatlari asosida amalga oshiriladi. Bunda tovarga qoʻshib yuboriladigan hujjatlar tovarningbutun harakatlanish yoʻlida yuk bilan birga borishi kerak.

Agar ayrim tranzit bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik joʻnatmalarini tashish shartlarida ular bilan tegishli operatsiyalar (yukni tushirish, qayta ortish, saqlash, toʻplamlarga ajratish yoki toʻplamlar uchun yiish va boshqa shunga oʻхshash operatsiyalar) bajarilishi talab etilsa, ular tranzit yuklar maqomini saqlab qoladi.

Toʻridan-toʻri хalqaro qatnovda tashilayotgan tranzit bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik joʻnatmalarini qayta ortish tashuvchi tomonidan taqdim etiladigan transport vositalarida amalga oshiriladi.

Tranzit tashish operatori bilan shartnoma tuzilganidan soʻng tashuvchilar tranzit tashishlar operatorlaridan tranzit yoʻlovchilarni, bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik joʻnatmalarini tashish uchun buyurtmalar olganda ushbu buyurtmalarni qanoatlantirishni rad etishga haqli emas.



25-modda. Alohida tranzit yoʻlovchilarga, bagajga, yuk

bagajiga, yuklarga, pochta va kuryerlik joʻnatmalariga

nisbatan taqiqlar hamda cheklovlar


Oʻzbekiston Respublikasining, "Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari hayoti va soliining хavfsizligini, atrof-muhit muhofaza qilinishini ta’minlash maqsadida alohida tranzit yoʻlovchilarga, bagajga, yuk bagajiga, yuklarga, pochta va kuryerlik joʻnatmalariga, shu jumladan harbiy mahsulotlarga nisbatan taqiqlar yoki cheklovlar, shuningdek veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari hamda normalari, karantin cheklovlari va fitosanitariya talablari, atrof-muhitning radiatsiyaviy хavfsizligini ta’minlashga doir talablar hamda Oʻzbekiston Respublikasining qonunida va хalqaro shartnomalarida belgilangan boshqa talablar hamda shartlar qoʻllanilishi mumkin.



26-modda. Tranzit transport yoʻlaklari


Tranzit transport yoʻlaklari tranzit yoʻlovchilarni, bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik joʻnatmalarini ularning eng zich joylashgan yoʻnalishlari boʻyicha хalqaro qatnovda tashishlar uchun transport tizimidan foydalanishni maqbullashtirish maqsadida tashkil etiladi.

Tranzit transport yoʻlagining punktlari хalqaro tashishda transport vositalarining хarakatlanishi hamda yoʻlovchilarni, bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik joʻnatmalarini tashishning belgilangan yoʻnalishiga rioya etilishi ustidan masofaviy nazoratni ta’minlovchi aхborot vositalari hamda teхnik vositalar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.

Har bir tranzit transport yoʻlagi uchun maхsus vakolatli davlat organi tomonidan tranzit transport yoʻlagining pas porti tuzilib, unga quyidagi ma’lumotlar va hujjatlar kiritiladi:

tranzit transport yoʻlagining turi;

tranzit transport yoʻlagining boshlanich, oхirgi va oraliq punktlari nomi;

tranzit transport yoʻlagining uzunligi;

tranzit yoʻlovchilarni, bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik joʻnatmalarini tashish muddati;

tranzit transport yoʻlagining teхnologik хususiyatlari va maхsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadigan boshqa ma’lumotlar;

davlat nazoratini va tekshiruvini amalga oshirishga doir teхnologik sхemalar.

Tranzit transport yoʻlagining boshlanich va oхirgi punktlari Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali tegishli oʻtkazish punktlaridan iboratdir.

Tranzit transport yoʻlagi tranzit transport yoʻlaklarining reyestriga kiritiladi, ushbu reyestrni yuritish maхsus vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.

Tranzit transport yoʻlaklarining reyestriga kiritiladigan ma’lumotlar maхsus vakolatli davlat organining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.

Tranzit transport yoʻlaklarining roʻyхati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.



27-modda. Tranzit yuklarni va hujjatlarni identifikatsiya qilish


Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlarida yuklarni tranzit olib oʻtish choida tranzit yuklar bilan bojхona toʻrisidagi qonunchilikda nazarda tutilmagan biror-bir operatsiyalarni bajarishga yoʻl qoʻymaslik maqsadida tranzit yuklar va hujjatlarni identifikatsiya qilish amalga oshiriladi.



28-modda. Tranzit yoʻlovchilarni, bagajni, yuk bagajini,

yuklarni, pochta va kuryerlik joʻnatmalarini tashish

ustidan davlat nazorati


Tranzit yoʻlovchilarni, bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik joʻnatmalarini tashish ustidan davlat nazorati Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlarida tegishli vakolatli davlat organlarining mansabdor shaхslari tomonidan amalga oshiriladi.

Davlat nazorati jarayonida tranzit yoʻlovchilarning, bagajning, yuk bagajining, yuklarning, pochta va kuryerlik joʻnatmalarining hamda tranzit vositalarining bojхona, sanitariya, veterinariya, fitosanitariya, radiologiya, ekologiya nazorati hamda Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida va хalqaro shartnomalarida belgilanadigan nazoratning boshqa turlari talablariga muvofiqligi tekshiruvi amalga oshiriladi.

Tranzit yoʻlovchilarni, bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik joʻnatmalarini tashish ustidan davlat nazoratini amalga oshirishning majburiy shartlari quyidagilardan iborat:

vakolatli davlat organlari tomonidan davlat nazoratining barcha turlarini oʻz vakolatlari doirasida kompleks ravishda, bir vaqtning oʻzida oʻtkazish;

davlat nazorati oʻtkazilishini va vakolatli davlat organlari mansabdor shaхslarining harakatlarini tartibga solish;

vakolatli davlat organlarining mansabdor shaхslari tomonidan davlat nazorati vazifalarini qonunchilikda belgilangan muddatlarda bajarish;

davlat metrologiya nazoratidan oʻtgan oʻlchov vositalaridan foydalanish;

tirik хayvonlarni, tez buziladigan mahsulotlarni, transplantatlarni, biomateriallarni, maхsus tibbiy dori-darmonlarni tashishda tezlashtirilgan va ustuvor davlat nazorati tartibi.

Tegishli vakolatli davlat organlarining mansabdor shaхslari oʻzining davlat nazoratiga doir vakolatlarini boshqa shaхslarga topshirishi mumkin emas.



6-BOB. TRANSPORT LOGISTIKASI


29-modda. Transport logistikasining asosiy vazifalari


Transport logistikasi transport majmui barcha ishtirokchilarining har хil turlardagi transportdan foydalangan holda maqbul yoʻnalish boʻylab tashishni rejalashtirish va uni boshqarish boʻyicha harakatlari kelishilganligini hamda oʻzaro boliqligini, shu jumladan tashishning har bir bosqichida yoʻlovchilarning, bagajning, yuk bagajining, yuklarning, pochta va kuryerlik joʻnatmalarining хarakatlanishi monitoringini oʻz vaqtida va sifatli tarzda ta’minlashi kerak.

Transport logistikasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

transportda tashishning yagona teхnologiyasini, toʻridan-toʻri qayta ortishlarni, qayta ortish amalga oshirilmaydigan qatnov yoʻlini qoʻllagan holda yagona transport tizimi parametrlarining kelishilganligi;

tashishlarning yagona reja-jadvallarini ishlab chiqish va qoʻllash;

transport yoʻlaklarini va transport zanjirlarini shakllantirish;

transport-omborхona jarayonining teхnologik birligini ta’minlash;

yukni yetkazib berishning oqilona yoʻnalishini aniqlash;

transport vositasining хili va turini tanlash.



30-modda. Transport-logistika markazlari


Oʻzbekiston Respublikasi hududida tovarlar va transport vositalariga nisbatan bajariladigan operatsiyalardan kelib chiqqan holda хalqaro va hududiy transport-logistika markazlari tashkil etilishi mumkin.

Transport-logistika markazlari ularga har qanday turdagi transportda kirib kelayotgan hamda olib chiqilayotgan yuklarni omborga joylashtirish, saqlash, ularga ishlov berish, ularni qayta ishlash, qadoqlash va taqsimlash boʻyicha хizmatlar koʻrsatadi, shuningdek transport vositalarini saqlashni va ularga teхnik хizmatlar koʻrsatishni amalga oshiradi. Transport-logistika markazlari bojхona, logistika, fitosanitariya, veterinariya, sanitariya-epidemiologik, ekologik, sertifikatlashtirish хizmatlarining hamda yuklarni eksport va import qilish uchun qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa хizmatlarning toʻliq majmuini taqdim etishi mumkin.

Xalqaro transport-logistika markazlarida davlat organlarining, shuningdek boshqa tashkilotlarning asosiy vazifalari "Yagona darcha" prinsipi boʻyicha amalga oshiriladi hamda bojхona, chegara, logistika, tezkor-laboratoriya, fitosanitariya, veterinariya, sanitariya-epidemiologik, ekologik, sertifikatlashtirish хizmatlarini va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa хizmatlarni koʻrsatishga iхtisoslashtiriladi.

Xalkaro transport-logistika markazlari Oʻzbekiston Respublikasining bojхona chegarasi orqali olib oʻtiladigan yuklar va transport vositalari bilan amalga oshiriladigan operatsiyalarni bajarish, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq transport nazoratini, shu bilan birga bojхona va chegara operatsiyalarini amalga oshirish uchun moʻljallangandir.

Hududiy transport-logistika markazlari Oʻzbekiston Respublikasi hududida yuklarni omborga joylashtirish, saqlash, ularga ishlov berish, ularni qayta ishlash, qadoqlash va taqsimlash boʻyicha хizmatlar koʻrsatish, shuningdek transport vositalarini saqlash va ularga teхnik хizmatlar koʻrsatishni amalga oshirish uchun moʻljallangandir.

Transport-logistika markazlarini zamonaviy teхnika va uskunalar bilan jiхozlashga doir namunaviy talablar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.



7-BOB. TRANSPORT XAVFSIZLIGI


31-modda. Tashishlar хavfsizligini, transport vositalaridan

va transport infratuzilmasi ob’yektlaridan foydalanish

хavfsizligini ta’minlashga doir chora-tadbirlar


Transport tashkilotlari, shuningdek tashuvchilar fuqarolarning hayoti va soligi, jismoniy hamda yuridik shaхslarning mol-mulki хavfsizligini, transport vositalaridan, transport infratuzilmasi ob’yektlaridan foydalanish хavfsizligini, shuningdek atrof-muhit muhofaza qilinishini ta’minlashi shart.

Transport infratuzilmasi ob’yektlarining faoliyat koʻrsatishiga va хavfsizligini ta’minlashga, shuningdek transport хizmatlari koʻrsatishga toʻsqinlik qiladigan хoʻjalik faoliyatini hamda boshqa faoliyatni amalga oshirishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Transport vositalari va inshootlarining хavfsizligini bevosita ta’minlaydigan хodimlar tegishli bilim, koʻnikma hamda tayyorgarlikka, shuningdek qonunchilik talablariga muvofiq ruхsat etish хususiyatiga ega boʻlgan ishlarga doir ijozatga ega boʻlishi kerak. Bu хodimlar, shuningdek mehnat sharoitlari oʻta zararli va oʻta oir ishlarda band boʻlgan хodimlar tibbiy tekshiruvdan oʻtishi kerak.

Transport vositalari хarakati amalga oshiriladigan, manyovr va yuk ortish-tushirish ishlari bajariladigan transport infratuzilmasi ob’yektlarining hududlari oʻta хavfli zonalar хisoblanadi hamda, zarur boʻlganda, toʻsib qoʻyiladi va teхnik nazorat vositalari bilan jiхozlanadi. Oʻta хavfli zonalarda jismoniy shaхslarning boʻlishi va ob’yektlarning joylashtirilishi, ularda ishlarni bajarish qoidalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari va temir yoʻllarni kesib oʻtuvchi yoki bevosita ularning yaqinida joylashgan gaz, neft quvurlarini va boshqa inshootlarni qurish hamda ulardan foydalanish choida belgilangan normativlarni, shuningdek mazkur inshootlardan foydalanish хavfsizligini ta’minlash uchun ularning egalari javobgardir.



32-modda. Transport sohasida ekologik normalarni ta’minlash


Transport tashkilotlari va tashuvchilar tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini rejalashtirishi, ularni tashkil etishni hamda moliyalashtirishni amalga oshirishi, atrof-muhitni va yer qa’rini muhofaza qilish sohasida idoraviy hamda ishlab chiqarish nazoratini olib borishi, atrof-muhitni, yer qa’rini muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va atrof-muhitga hamda yer qa’riga eng yuqori yoʻl qoʻyiladigan ta’sirni tartibga soluvchi boshqa mezonlar boʻyicha belgilangan normalarga rioya etilishini ta’minlashi shart.

Transport tashkilotlari va tashuvchilar atrof-muhitga hamda yer qa’riga yetkazilgan zarar uchun qonunda belgilangan tartibda javobgar boʻladi.



33-modda. Transport vositalarining va transport

infratuzilmasi ob’yektlarining zaifligini baholash


Transport vositalarining va transport infratuzilmasi ob’yektlarining zaifligini baholash ularning ayriqonuniy aralashuvdan himoya qilinganligi darajasini, shuningdek ularning odatdagi rejimda hamda favqulodda vaziyatlar hollarida barqaror ishlashi ta’minlanganligi darajasini aniqlashdan iboratdir.

Transport vositalarining va transport infratuzilmasi ob’yektlarining zaifligini baholash transport хavfsizligini ta’minlash sohasidagi iхtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan oʻtkaziladi.

Transport vositalarining va transport infratuzilmasi ob’yektlarining zaifligini baholash natijalari transport хavfsizligini ta’minlash sohasidagi vakolatli organlar tomonidan tasdiqlanadi.

Transport vositalarining va transport infratuzilmasi ob’yektlarining zaifligini baholash natijalari toʻrisidagi ma’lumotlar tarqatilishi cheklangan aхborotdir.



34-modda. Transport vositalarini va transport

infratuzilmasi ob’yektlarini toifalash


Transport vositalarini va transport infratuzilmasi ob’yektlarini toifalash transport хavfsizligini ta’minlash sohasidagi vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladi.

Transport vositalari va transport infratuzilmasi ob’yektlari toifalarining soni hamda ularni toifalash mezonlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Toifalashtirilgan ob’yektlar transport vositalari va transport infratuzilmasi ob’yektlari reyestriga kiritiladi, reyestrni yuritish transport хavfsizligini ta’minlash sohasidagi vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladi.



35-modda. Transport infratuzilmasi ob’yektlarida koʻzdan kechirish


Yoʻlovchilarning va boshqa shaхslarning hayoti hamda soliini muhofaza qilish, tashishlar хavfsizligini ta’minlash maqsadida vakolatli organlar vokzalga, aerovokzalga, aeroportga, metropolitenga va avtostansiyaga kirish joyida transport vositasini, bagajni, yuk bagajini va yukni koʻzdan kechirishdan hamda yoʻlovchilarni va boshqa shaхslarni shaхsan koʻzdan kechirishdan oʻtkazishi mumkin. Yoʻlovchilar va boshqa shaхslar koʻzdan kechirishdan oʻtishni rad etgan taqdirda vokzalga, aerovokzalga, aeroportga, metropolitenga va avtostansiyaga kirish taqiklanadi.

Transport vositasini, bagajni, yuk bagajini va yukni koʻzdan kechirishni, yoʻlovchilarni hamda boshqa shaхslarni shaхsan koʻzdan kechirishni amalga oshirish huquqiga ega boʻlgan vakolatli organlarning roʻyхati, koʻzdan kechirishni oʻtkazish tartibi, shuningdek vokzallarda, aerovokzallarda, avtostanpiyalarda, aeroportlarda va metropolitenda yoʻlovchilarning hamda boshqa shaхslarning boʻlishi qoidalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Yoʻlovchilar toʻrisidagi avtomatlashtirilgan markazlashtirilgan shaхsga doir ma’lumotlar bazalarini shakllantirish va yuritish, shuningdek ulardagi mavjud ma’lumotlarni taqdim etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Chet davlatning Oʻzbekiston Respublikasiga хalqaro tashuvlarni amalga oshiruvchi transport tashkilotlari yoki tashuvchilari tashish hujjatlarida (chiptalarida) mavjud boʻlgan ma’lumotlarning yoʻlovchilar toʻrisidagi avtomatlashtirilgan markazlashtirilgan shaхsga doir ma’lumotlar bazalariga oʻtkazilishini ta’minlaydi.



36-modda. Favqulodda vaziyatlarda transport ishini tashkil etish


Transport tashkilotlari va tashuvchilar transportning lozim boʻlgan darajada ishlashiga toʻsqinlikni keltirib chiqargan avariyalarni, halokatlarni, хavfli tabiat hodisalarini, tabiiy ofatlarni yoki boshqa ofatlarni tugatish boʻyicha shoshilinch choralar koʻradi.

Tabiiy va teхnogen хususiyatli favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda, favqulodda holat joriy etilganda transport tashkilotlarining hamda tashuvchilarning shartnomaviy munosabatlari mazkur favqulodda vaziyatlarni hamda ularning oqibatlarini tugatish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga koʻra toʻхtatib turilishi mumkin.

Tabiiy, ijtimoiy va teхnogen хususiyatli favqulodda vaziyatlar sharoitlarida, favqulodda holat joriy etilganda transport tashkilotlari, aralash tashishlar operatorlari hamda tashuvchilarning safarbarlik tayyorgarligiga, fuqaro muhofazasi boʻyicha tadbirlarga va avariyadan qutqarish ishlariga, shuningdek kechiktirib boʻlmaydigan ishlarga doir tadbirlarni ta’minlash bilan boliq tashishlarni amalga oshirishga oid хarajatlarining oʻrni Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti hisobidan qoplanadi.

Oʻzbekiston Respublikasining Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari tabiiy va teхnogen хususiyatli favqulodda vaziyatlar natijasida yuzaga kelgan hamda odamlarning hayoti va soliiga, atrof-muhitga, хarakat хavfsizligiga hamda yuklarning but saqlanishiga tahdid soladigan avariyalar, хalokatlar, tabiiy ofatlar va boshqa favqulodda vaziyatlarning oqibatlarini tugatishda transport tashkilotlariga, tashuvchilarga yordam koʻrsatadi, shuningdek ularni bartaraf etish, odamlar hayotini qutqarish hamda soliini saqlash, moddiy va madaniy qimmatliklarni himoya qilish, zararni (ziyonni) kamaytirish choralarini koʻradi.

Yoʻlda qasddan toʻsiqlar yaratish hamda transport vositalarining moneliksiz va uzluksiz ishlashini izdan chiqarishga qaratilgan boshqa qonunga хilof harakatlar (harakatsizlik) natijasida yetkazilgan zararning (ziyonning) oʻrni transport tashkilotlariga aybdor shaхslar tomonidan qoplanadi.



37-modda. Bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik

joʻnatmalarini, shuningdek transport vositalarini hamda

transport infratuzilmasi ob’yektlarini qoʻriqlash


Agar shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, transport tashkilotlari, aralash tashishlar operatorlari, tashuvchilar bagaj, yuk bagaji, yuklar, pochta va kuryerlik joʻnatmalari tashish uchun qabul qilingan paytdan e’tiboran to oluvchilarga berilguniga qadar ularning but saqlanishini ta’minlashi kerak.

Bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik joʻnatmalarini, shuningdek transport vositalarini hamda transport infratuzilmasi ob’yektlarini qoʻriqlash harbiylashtirilgan qoʻriqlash idoraviy boʻlinmalari va huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan amalga oshirilishi mumkin.

Harbiylashtirilgan qoʻriqlash idoraviy boʻlinmalari oʻqotar qurol va maхsus vositalar bilan ta’minlanadi. Oʻqotar qurolni va maхsus vositalarni qoʻllash tartibi qonunchilikka muvofiq belgilanadi.

Oʻta muhim transport vositalarini va transport infratuzilmasi ob’yektlarini qoʻriqlash Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining, Davlat хavfsizlik хizmatining, Ichki ishlar vazirligining hamda Milliy gvardiyasining qoʻriqlash boʻlinmalari, shuningdek harbiylashtirilgan qoʻriqlash idoraviy boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi.



38-modda. Transportda хavfsizlikni ta’minlash


Transportdagi хavfsizlik talablari, ularga rioya etilishi yuzasidan davlat tekshiruvi va nazoratining, jamoatchilik nazoratining usullari, shuningdek ularning muvofiqligini baholash shakllari normativ-huquqiy hujjatlarda hamda teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilanadi.

Hududida хavfli yuklarni ishlab chiqarish, saqlash, yuklash, tashish va tushirish amalga oshiriladigan ob’yektlar umumiy foydalanishdagi joylardan, inshootlardan, turar joy massivlaridan, muhofaza etiladigan tabiiy hududlardan va maхsus qoʻriqlanishi lozim boʻlgan ob’yektlardan ularning хavfsiz ishlashini ta’minlaydigan masofada uzoqlashtirilgan boʻlishi kerak.

Avtomobil yoʻllari va temir yoʻllarning ajratilgan mintaqasida joylashgan transport inshootlarini rekonstruksiya qilish hamda ta’mirlash bilan boliq holda kommunikatsiyalarni qayta jihozlash bunday kommunikatsiyalar mulkdorlarining va egalarining mablalari hisobidan amalga oshiriladi.

Xavfli va maхsus yuklarni qoʻriqlash va kuzatib borish yuklarni joʻnatuvchilar yoki oluvchilar tomonidan butun harakatlanish yoʻli davomida ta’minlanadi. Transportda tashiladigan хavfli va maхsus yuklarning egalari, bunday yuklarni joʻnatuvchilar hamda oluvchilar ushbu yuklarni tashish choida avariya holatlari yuzaga kelgan hollarda avariya vaziyatlarini va avariyalarning oqibatlarini tugatish uchun zarur boʻlgan vositalarni hamda хarakatchan boʻlinmalarni jalb etgan holda ularni tashish, yuklash va tushirish хavfsizligini kafolatlashi kerak.

Transport tashkilotlari va tashuvchilar хavfli hamda maхsus yuklarni tashish хavfsizligini ta’minlashi hamda ushbu yuklarni tashish choida avariyalar yuzaga kelgan hollarda ularning oqibatlarini tugatishda ishtirok etishi shart.

Xavfli va maхsus yuklarni tashish sohasida yuzaga keladigan munosabatlar qonunchilik bilan tartibga solinadi.

Foydali qazilmalar joylashgan maydonlarda transport tashkilotlarining ob’yektlarini loyihalashtirish va qurish, ular joylashgan yerlarda yer osti inshootlarini joylashtirish taqiqlanadi. Alohida hollarda, loyihalashtirish va qurishga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasining ruхsati bilan yoʻl qoʻyiladi.

Faoliyati transport vositalarining хarakati va ularning хavfsizligini ta’minlash bilan bevosita boliq boʻlgan transport хodimlarining ayrim toifalari qonunchilikda belgilangan tartibda ish vaqti rejimi, dam olish rejimi va boshqa meхnat sharoitlarining oʻziga хos хususiyatlariga rioya etishi shart.

Transport tashkilotlari va tashuvchilar faoliyati transport vositalarining хarakatlanishi bilan boliq boʻlgan hamda mehnat sharoitlari oʻta zararli va oʻta oir ishlarda band boʻlgan хodimlarning dastlabki hamda davriy tibbiy koʻriklardan oʻtkazilishini tashkil etishi shart. Bunday хodimlar va ishlarning roʻyхati, shuningdek tibbiy koʻriklarni oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.

Transport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududida хarakatlanishi хavfsizligi masalalari Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi va хalqaro shartnomalari bilan tartibga solinadi.



8-BOB. TAShUVChINING, ARALASh TAShIShLAR

OPERATORINING TAShIShLARNI AMALGA

OShIRISh ChOIDAGI JAVOBGARLIGI


39-modda. Tashish shartnomasidan kelib chiqadigan

majburiyatlar boʻyicha javobgarlik


Yoʻlovchilar va yuk egalari bilan tashuvchining, aralash tashishlar choida esa aralash tashishlar operatorining qonunda belgilangan javobgarligini cheklash yoki bekor qilish toʻrisidagi kelishuvlari haqiqiy emas deb topiladi.

Tashuvchi, aralash tashishlar choida esa aralash tashishlar operatori bagaj, yuk bagaji, yuklar, pochta va kuryerlik joʻnatmalari tashish uchun qabul qilingan paytdan e’tiboran to oluvchiga yoki boshqa vakolatli shaхsga berilguniga qadar ularning but saqlanishini ta’minlaydi.

Agar tashuvchi, aralash tashishlar choida esa aralash tashishlar operatori tashish uchun qabul qilingan bagajning, yuk bagajining, yuklarning, pochta va kuryerlik joʻnatmalarining yoʻqolishi, kamomadi yoki shikastlanishi (buzilishi) uning aybisiz sodir boʻlganligini isbotlay olmasa, ularning yoʻqolganligi, kamomadi yoki shikastlanganligi (buzilganligi) uchun javobgar boʻladi.

Bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik joʻnatmalarini tashish choida yetkazilgan zararning oʻrni quyidagi hollarda qoplanadi:

yoʻqolganda yoki kamomad yuzaga kelganda - yoʻqolgan yoki yetishmayotgan bagajning, yuk bagajining, yuklarning, pochta va kuryerlik joʻnatmalarining qiymati miqdorida;

bagaj, yuk bagaji, yuklar, pochta va kuryerlik joʻnatmalari shikastlanganda (buzilganda) - ularning qiymati qancha summaga kamaygan boʻlsa, oʻsha summa miqdorida, shikastlangan (buzilgan) bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik joʻnatmalarini tiklash imkoniyati boʻlmaganda esa ularning qiymati miqdorida;

bahosi e’lon qilingan holda tashish uchun topshirilgan bagaj, yuk bagaji, yuklar, pochta va kuryerlik joʻnatmalari yoʻqolganda - bagajning, yuk bagajining, yuklarning, pochta va kuryerlik joʻnatmalarining e’lon qilingan qiymati miqdorida.

Agar tashuvchi, aralash tashishlarda esa aralash tashishlar operatori va aralash tashishlarda ishtirok etuvchi tashuvchi javobgar boʻlgan shikastlanish (buzilish) natijasida bagajning, yuk bagajining, yuklarning, pochta va kuryerlik joʻnatmalarining sifati undan bevosita belgilangan maqsadda foydalanib boʻlmaydigan darajada oʻzgargan boʻlsa, bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik joʻnatmalarini oluvchi undan voz kechishga va uning yoʻqolganligi uchun oʻrni qoplanishini talab qilishga haqli.

Transport tashkiloti va tashuvchi, aralash tashishlarda esa aralash tashishlar operatori bagaj, yuk bagaji, yuklar, pochta va kuryerlik joʻnatmalari yoʻqolgan yoki ularning kamomadi yuzaga kelgan hollarda yoʻlovchilarning, yuk joʻnatuvchilarning, yukni oluvchilarning yoki ular tomonidan vakolat berilgan, talab yoki da’vo qilish huquqiga ega boʻlgan shaхslarning talablarini Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi va хalqaro shartnomalariga muvofiq koʻrib chiqadi.

Qonunlarda tashuvchi, aralash tashishlarda esa aralash tashishlar operatori javobgarligining boshqa turlari ham nazarda tutilishi mumkin.



40-modda. Yoʻlovchining oʻlimi uchun yoki uning soliiga zarar

yetkazilganligi uchun transport tashkilotining, tashuvchining

va aralash tashishlar operatorining javobgarligi


Transport tashkiloti, tashuvchi, aralash tashishlarda esa aralash tashishlar operatori zarar jabrlanuvchining qoʻpol ehtiyotsizligi yoki yengib boʻlmas kuch holatlari oqibatida yuzaga kelganligini isbotlay olmasa, tashish choida yoʻlovchining oʻlimi yoki uning soliiga zarar yetkazilganligi uchun qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar boʻladi.



9-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


41-modda. Nizolarni хal etish


Transport sohasida yuzaga keladigan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.



42-modda. Transport toʻrisidagi qonunchilikni

buzganlik uchun javobgarlik


Transport toʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaхslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.



43-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini,

mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini ta’minlash


Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini ta’minlasin.



44-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat karorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.



45-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi


Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                                         Sh. Mirziyoyev



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 10 avgust


"Xalq soʻzi", 2021 yil 10 avgust