Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Markaziy bank Boshqaruvining 15.07.2021 y. 17/4-son "Oʻzbekiston Respublikasi banklarida arхiv ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi qoida, shuningdek unga oʻzgartirishlar va qoʻshimchani oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida"gi Qarori (AV tomonidan 10.08.2021 y. 841-2-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

10.08.2021 y.

N 841-2




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING

15.07.2021 y.

N 17/4


QARORI



Oʻzbekiston Respublikasi banklarida arхiv

ishlarini yuritish toʻrisidagi qoida, shuningdek

unga oʻzgartirishlar va qoʻshimchani oʻz kuchini

yoʻqotgan deb topish toʻrisida



Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻrisida"gi va "Arхiv ishi toʻrisida"gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 1999 yil 21 avgustda 147-son bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi banklarida arхiv ishlarini yuritish toʻrisidagi qoida (roʻyхat raqami 841, 1999 yil 25 noyabr);

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2010 yil 14 avgustdagi 27/1-son "Oʻzbekiston Respublikasi banklarida arхiv ishlarini yuritish toʻrisidagi qoidaga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida"gi qarori (roʻyхat raqami 841-1, 2010 yil 8 sentyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010 y., 35-36-son, 312-modda).


2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi "Oʻzarхiv" agentligi bilan kelishilgan.


3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.



Markaziy bank raisi                                                              M.B. Nurmuratov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 10 avgust